Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF
Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF
- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob
Mundarija
Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)
I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar
II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish
III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?
IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak
V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!
VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»
VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish
Xotima
11-BOB
Noz-karashma qilishmi yoki qilmaslikmi?
Donolarning soʻzlari ularga hurmat keltiradi, nodonlarning soʻzlari esa oʻzlarini halok qiladi. Ularning soʻzlari ahmoqlik bilan boshlanib, gʻirt telbalik bilan tugaydi,
Voiz 10:12-13
Koʻpchilik yoshlar "faqat noz-karashma qilsam," bu bilan hech kimga zarar etkazmayman, deb oʻylashadi. Lekin aslida shundaymi? Nahotki, bu shunchaki ermak va begʻubor oʻyin boʻlsa?
Alisiya, Reychel va Diana ham shunday deb oʻylashardi... faqat malum vaqtgacha. Tajriba ularga tannozlik obroʻsizlantiruvchi va hatto xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkinligini oʻrgatdi. Ularning noz-karashmasi qayerga olib borganini bilganingizda, ular bilan kelishasizmi-yoʻqmi, koʻramiz.
Mayli qara, lekin qoʻlingni tekkizma!
Bir kuni kechqurun, yoshlar guruhining mashgʻulotlaridan soʻng, hamma tarqalgach, Alisiya bir bola bilan noz-karashma qila boshladi. Garchi u "shunchaki" noz-karashma qilayotgan boʻlsa-da, aftidan, yigitning niyati qatiy edi va u oʻzini dadil tutdi: uni devorga bosib, bagʻriga bosdi va oʻpa boshladi. U qoʻrqib ketdi va qochib qutulishga muvaffaq boʻldi. Alisiya olingan saboqni quyidagicha xulosalaydi:
"Bolaga (unda gormonlar ishlab chiqarilayotgani hisobiga) noz-karashma qilish istagim xavfli va mutlaqo kulgili boʻlmagan tajribaga aylandi!"
Reychel oʻrta maktabni bitirib, kichkina, ammo yoqimli restoranga ofitsiant boʻlib ishga kirganida ham xuddi shunday boʻlgandi. U yerdagi barmen "Mel Gibsonga oʻxshardi" va u bilan noz-karashma qilganda, u oʻzini juda jozibali his qilardi. Reychel uning etiborini jalb qilish uchun jozibali kiyinardi va uning mukofoti uning "jinsiy jozibador" ekanligi haqidagi maqtovli soʻzlari edi. U qizga mashinada sayr qilishni taklif qilmaguncha, bularning barchasi oʻyinga oʻxshardi.
"Avvaliga biz biroz suhbatlashdik, keyin u sayr qilishni xohlaysizmi, deb soʻradi. Men bunday qilish kerak emasligini his qildim, lekin uning hafsalasini pir qilishdan shunchalik qoʻrqdimki, rozi boʻldim. U meni yonilgʻi quyish shoxobchasi ortidagi xiyobonga olib bordi va oʻpa boshladi. Men undan toʻxtashni soʻradim, lekin u buni iloji yoʻqligini aytdi, chunki men uni aqldan ozdirish uchun hamma narsani qilib boʻlgandim. Garchi u meni hatto echintirmagan boʻlsa-da, bu men uchun juda ogʻriqli zarba boʻldi. Oxir-oqibat, undan va yoqimsiz xotiralardan uzoqroq boʻlish uchun ishdan boʻshadim."
Diana oʻn toʻrt yoshdaligida qishki oromgohga borganida, ular doʻstlari bilan oʻgʻil bolalarning etiborini tortish uchun oʻyin boshladilar. Oʻn sakkiz yoshli bir yigit darhol unga xushomad qila boshladi. Bu unga juda yoqardi. Diana ota-onasi yigit bilan bunday munosabatlarni maqullamasliklarini tushunardi, lekin ular uning oromgohda nima bilan shugʻullanganini hech qachon bilishmaydi, agar bilishmasa, xafa ham boʻlishmaydi, deb hisoblardi.
Biroz vaqt oʻtgach, u bola oʻzini dadilroq tuta boshladi, bu, albatta, meni xavotirga solishi kerak edi, lekin oʻshanda men bunga ahamiyat bermadim. U tez-tez menga qoʻl tegizib qoʻyardi; umumiy yigʻilishlarda doim yaqinroq oʻtirardi, qoʻllarimiz va oyoqlarimiz bir-biriga tegib turardi. Bazan meni tizzasiga, oʻziga qarab oʻtqazib qoʻyardi. Men oʻzimni noqulay his qilardim, chunki bularning hammasi menda qandaydir gʻalati hayajon uygʻotardi. Keyin u menga har xil shahvoniy ishoralar qila boshladi, oxirgi kuni esa menga mahkam yopishib oldi va qoʻllarini sekin orqamdan pastga qarab yurgizib, orqamdan qisdi. Men xafa boʻldim, lekin hech narsa deyishga jurat etmadim, chunki oʻz xatti-harakatim bilan uni shu darajaga olib kelgandim."
Alisiya, Reychel va Diana tannozlik unchalik beozor koʻngilxushlik emasligini va oʻz huzur-halovati uchun erkak ehtiroslari bilan oʻynashish mumkin emasligini tushunishdi. Qizlar xatti-harakatlari bilan yoshlarga ishqiy yoki jismoniy munosabatlarga qiziqayotganliklarini koʻrsatdilar. Garchi Alisiya, Reychel va Diana yigitlar ularga tikilib qarashlari uchun ataylab hamma narsani qilishgan boʻlsa-da, ular hech qanday jismoniy aloqani xohlashmagandi. Noz-karashmaning bazi turlari yigit uchun shafqatsiz sinov boʻlishi mumkin - shu bilan birga, sizga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishga undaydi!
Agar u menga yoqsa-chi?
Siz shunday deb soʻrashingiz mumkin: "Agar men biror yigitni yoqtirsamchi? U bilan doʻstona munosabatda boʻlish va ayni paytda u senga yoqishini bildirib qoʻyish mumkin emasmi?" Mumkin, lekin faqat sharti shuki...
- xatti-harakatlaringiz va/yoki soʻzlaringiz shahvoniy mazmunga ega emas, jozibali yoki ochiqchasiga nomaqbul emas;
- uning yoshi sizning yoshingizga mos keladi;
- u erkin (uylanmagan va boshqa hech kim bilan uchrashmaydi);
- unda ruhiy xastalik yoʻq
- sizni hammadan yaxshi biladigan va hammadan koʻproq yaxshi koʻradiganlar - ota-onangiz va doʻstlaringiz bu munosabatlarga qarshi emas.
Agar siz jinsiy va hissiy iffatni saqlamoqchi boʻlsangiz, xatti-harakatlaringiz bu intilishga javob beradi. Aslida u sizni oʻziga jalb qilmayotgan boʻlsa-da, unga nisbatan qandaydir alohida qiziqish borligiga ishora qilib, yigitni chalgʻitmaysiz.
Muqaddas Kitobdan yoʻl-yoʻriq qidiramiz.
Albatta, Muqaddas Kitobda "noz-karashma" degan soʻzini uchratmaysiz, lekin bu, Xudo bu borada sukut saqlaganini anglatmaydi. U bizning soʻzlarimiz va xatti-harakatlarimiz bilan nimani ifodalayotganimizga mutlaqo befarq emas.
«...Axir, odamning dili nimaga toʻlib–toshsa, oʻsha tiliga chiqadi! Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi. Yana shuni aytib qoʻyay: sizlar aytadigan har bir bemani soʻzingiz uchun qiyomat kunida hisob berasizlar. Sizlar oʻz soʻzlaringiz asosida yo oqlanasizlar, yoki ayblanasizlar. (Matto 12:34-37)
Sizning soʻzlaringiz fel-atvoringiz va qalbingiz haqida nima deydi?
«Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochkoʻzlik hatto tilga ham olinmasin. Bular Xudoning azizlariga munosib emas. Shuningdek, orangizda beadablik, nojoʻya soʻzlaru qoʻpol hazillar ham boʻlmasin, chunki bunday qiliqlar sizlarga toʻgʻri kelmaydi. Yaxshisi, Xudoga shukur qilinglar (Efesliklar 5:3-4)
Xatti-harakatlaringizda jinsiy axloqsizlikka ishora yoʻq, deb takidlayapsizmi?
«Biz otlarni itoat ettirish uchun ogʻizlariga suvluq solamiz. Shu orqali ularning butun tanasini boshqaramiz. Mana, kemalar ham, qancha ulkan boʻlmasin va kuchli shamollar yordamida yurmasin, kichkina bir rul bilan boshqariladi. Kemachi rul yordamida kemani istagan joyga yoʻnaltiradi. Til ham xuddi shundaydir, til badanning kichkina bir uzvidir, ammo katta muammolarni keltirib chiqaradi. Qara, kichkina bir olov bepoyon oʻrmonni yondirib yuboradi! Til ham olovga oʻxshaydi. Til — uzvlarimiz orasida bir buzgʻunchi dunyo! U butun vujudimizni bulgʻaydi. U doʻzaxdan alangalanib, butun hayotimizni yondiradi». (Ëqub 3:3-6)
Agar soʻzlaringiz, fikrlaringiz, xatti-harakatlaringiz va etiqodingiz bir-biriga zid boʻlmasa va ular Xudoning Kalomiga muvofiq kelsa, demak, siz jinsiy va hissiy jihatdan yaxlit shaxs sifatida harakat qilyapsiz. Ammo Xudoning Kalomidan uzoqlashsangiz, jismoniy jihatdan qanchalik uzoqqa borishingizdan qati nazar, jinsiy yaxlitligingiz buziladi. Oyatlardan birida shunday vada bor: agar biz soʻzlarimizda Xaloskorimizning sof muhabbatini aks ettirsak, Xudo bizni Oʻz marhamati va doʻstligi bilan mukofotlaydi:
«Pokdillikni sevib, xushmuomala boʻlganga shoh doʻst boʻladi. (Hikmatlar 22:11)
Xudo sizning soʻzlaringizga befarq emas - Unga nima deyayotganingiz ham, qanday gapirayotganingiz ham U uchun muhimdir.
Soʻzlarimiz va xatti-harakatlarimiz uchun filtr
Endi siz noz-karashma nima ekanini, uning qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini, bu mashgʻulot qanchalik shafqatsiz va xavfli ekanini hamda Xudo soʻzlarimizga qanday baho berishini yaxshiroq tushunib oldingiz. Keling, soʻzlarimiz va xatti-harakatlarimiz boshqalarning manfaatlariga mos kelishi uchun qanday gapirishimiz va harakat qilishimiz kerakligini hamda "zino va har qanday nopoklik bizda hatto tilga olinmasligi" uchun nima qilishimiz kerakligini koʻrib chiqaylik.
Oʻzingizga quyidagi savollarni bering. Ular sizning soʻzlaringiz va xatti-harakatlaringiz yigitning manfaati uchun xizmat qiladimi yoki oddiy xudbinlik tufaylimi, shuni aniqlashga yordam beradi.
- Bu gaplarni aytayotganimda yoki qilayotganimda nimaga tayanaman? Oxir-oqibat, bu soʻzlar yoki xatti-harakatlar bizning umumiy foydamizga aylanadimi yoki ikkalamizga ham zarar etkazadimi?
- Bu yigit boshqa birov bilan ham uchrashib yuradimi? Agar shunday boʻlsa, uning sevgilisi u bilan bunday ohangda gaplashganimdan xafa boʻlmasmikin?
- Mening soʻzlarim uni men bilan tez-tez va yaqinroq muloqot qilishga undamayaptimi? Men unda hissiyot uygʻotmayapmanmi?
- Uni soʻzlarim yoki harakatlarim bilan hissiy ehtiyojlarim va izzat-nafsimni qondirish uchun boshqarishga harakat qilmayapmanmi?
- Agar men haqiqatan ham oʻylaganimni aytsam yoki qilmoqchi boʻlganimni qilsam, ota-onam, aka-ukalarim yoki doʻstlarim bu soʻzlar va harakatlarga qanday munosabatda boʻlishardi?
- Qiziqishim boʻlmagan yigit men bilan noz-karashma qilsa, men qanday yoʻl tutaman: bu oʻyinni qoʻllab-quvvatlab, uni masxara qilamanmi yoki ogʻzimni va uning qalbini toza saqlashni buyuradigan etiqodimga muvofiq harakat qilamanmi?
Shuningdek, sizga quyidagilarni tavsiya qilamiz:
- Sizga namoyishkorona tikilayotgan, "Hoy, qizaloq!" qabilidagi chaqiriqlar bilan murojaat qilayotgan yoshlarga etibor bermang. Oʻzingizni ularni eshitmayotgandek tuting. Ularga faqat sizning etiboringizga erishish kerak, agar (hech boʻlmasa ularni oʻz oʻrniga qoʻyish uchun javob bersangiz) - baribir ularning foydasiga ishlagan boʻlasiz. Harakatlar soʻzlardan koʻra aniqroq gapiradi. Agar ular siz tomondan zarracha etiroz bildirishmasa, siz oʻyin boshlash mumkin boʻlgan qiz emasligingizni tushunishadi va boshqa safar sizga tegajogʻlik qilishmaydi.
- Yigit bilan telefonda gaplashayotganda hech qanday shahvoniy shamalarga yoʻl qoʻymang. Amaliy tajribaga asoslangan oltin qoida - begona odamlar oldida aytolmaydigan gaplarni gapirmaslik. Tungi telefon suhbatlaridan ham saqlaning, chunki odatda bunday suhbatlar jinsiy ehtiroslarni qoʻzgʻatish xususiyatiga ega.
- Jinsiy aloqa bilan bogʻliq har qanday suhbat yoki savolni ota-onangizga yoki oʻzingiz ishongan ustozga - ruhiy etakchingizga yoʻnaltiring. Tengdoshlaringiz, ayniqsa, qarama-qarshi jinsdagilar bilan jinsiy mavzuda gaplashmang. Ular odatda jinsiy aloqa haqida sizdan koʻra koʻproq malumotga ega emas va sizni osongina chalgʻitishi mumkin. Bundan tashqari, bunday suhbatlar noz-karashma sifatida talqin qilinishi mumkin, ular sizga yoki suhbatdoshlaringizga juda hayajonli tasir koʻrsatishi va jismoniy vasvasalarga yoʻl ochishi mumkin. Bu qoidada yagona istisno - sizni toʻgʻri yoʻlga solishi va maslahat berishi mumkin boʻlgan ishonchli etakchi yoki katta dugonangiz oldida hisobot berishdir.
Ishonchli joyda panoh toping
Keyingi safar "shunchaki" noz-karashma qilmoqchi boʻlganingizda, qalb istaklaringizni ishonishingiz mumkin boʻlgan Zotni eslang, U bilan muloqot qilish nafaqat iffatingizga putur etkazmaydi, balki aksincha, uni mustahkamlaydi. Agar siz etibor va mehr berish istagingizni roʻyobga chiqaradigan munosabatlarini izlayotgan boʻlsangiz, avvalo, Masihni izlang. U sizning qalbingiz va ruhingiz quvonchiga aylanadi, vujudingizning har bir zarrasining chanqogʻini qondiradi va U bilan muloqotdan his etadiganingizdek qoniqishni dunyodagi hech bir erkak bera olmaydi.
Agar siz oʻzingizga: "Shu ham gap boʻldi-yu! Xudo bilan suhbatlashish menga hech qachon yigit bilan suhbatlashgandek zavq bagʻishlamaydi!" deyayotgan boʻlsangiz, demak, siz hali Yaratganning sevgisiga javob bermagansiz. Olamni yaratgan Xudo sizning yuragingizga sizni hayajonlantiradigan, davolaydigan, chuqurligini tasavvur ham qilolmaydigan ishqiy munosabatlarga jalb qiladigan soʻzlarni shivirlashni istaydi. Yigit: “Koʻrinishing juda goʻzal” desa, Xudo: "Har jihatdan goʻzaldirsan, sevgilim, Senda hech qanday nuqson yoʻq" (Qoʻshiqlar 4: 7.) deydi. Yigit: “Albatta, men seni sevaman!” desa, Xudo shunday deydi: "Seni mangu sevgi bilan sevdim, Senga sodiq boʻlib keldim" (Yeremiyo 31:3). Boʻlajak turmush oʻrtogʻingiz: "Senga bir umr sodiq qolaman," deyishi mumkin. Xudo esa sizga shunday deydi: "Sizlarni tashlab ketmayman, sizlarni tark etmayman”" (Ibroniylarga 13:5). U aytadiki, hatto oʻlimning oʻzi ham sizni Iso Masihdagi muhabbatidan ajrata olmaydi (Rimliklarga 8:38-39).
Xudoning oldiga shoshiling va sevimli yoki qadrdon doʻstingizga aytmoqchi boʻlgan hamma gaplaringizni Unga ayting. Qalbingizda nima boʻlsa, Uning huzuriga toʻkib soling, soʻngra qalbingiz ila Uning javobini eshiting. U sizga nafaqat Oʻzini ochib beradi, balki oʻzingizni yaxshiroq bilishga yordam beradi, haqiqiy sevgi va yaqinlikning yashirin istaklarini qondirishni oʻrgatadi. U sizning ehtiyojlaringizni sizdan koʻra yaxshiroq biladi va sizga haqiqiy hamda toʻliq lazzatlanish hissini berishni xohlaydi.
«Ey Egam, suyangan Qoyam, Qutqaruvchim! Ogʻzimdan chiqqan soʻzlar, Yurakdagi niyatlarim Senga maqul boʻlsin. Zabur 18:15








































































































































