Har bir qizning vasvasasi (Shennon Etridj) 10 bob


Книга для девушек на Узбекском языке

Har bir qizning vasvasasi (kitobi SKACHAT LOTIN) .PDF

Ҳар бир қизнинг васвасаси (китоби SKACHAT) .PDF

- ayollar hayoti va ichki kurashi haqida kitob


Mundarija

Djosh Makdauelldan soʻzboshi
Bagʻishlovlar va minnatdorchiliklar
Ota-onalarga
Kirish soʻzi (Stiven Arterbern)

I-qism: Vasvasangizni tushunish
1. Oʻzimizga haqiqatni aytishga jazm etamiz
2. Boshida aytilgan rejaga qaytib
3. Iffatli va oriyatli hayot
4. Vasvasalarimizni kuchaytiruvchi afsonalar

II-qism: Oʻz-oʻzini halok qilishdan saqlanish
5. Jinsiy aloqaga nisbatan istagimizni kuchaytirganimizda
6. Koʻzgu doʻstimizga aylanganida
7. Haqiqatga taqqoslanib
8. Buzuq doirani uzish

III-qism: Boshqalarni vasvasaga tushirmaslik
9. Hukmronlik qilishga tashna boʻlganimizda
10. Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?
11. Noz-karashma qilish yoki qilmaslik?

IV-qism: Oʻz ongingizni himoya qilish
12. Ong jangida gʻolib chiqish
13. Davolovchi ochlik
14. OAV va u bilan qanday kurashish kerak

V-qism: Oʻz qalbingizni himoya qilish
15. His-tuygʻular bilan kurashda gʻolib chiqish
16. Ketish mumkin!
17. Ehtiyotkorlik bilan harakatlanish
18. Qayerda toʻxtashni bilish!

VI-qism: Oʻz tanangizni himoya qilish
19. Oʻz tanangiz ustidan gʻolib kelish
20. «Texnik» bokiralik
21. “Tormozsiz” jinsiy aloqa
22. «Axir bir-birimizni sevamiz!»

VII-qism: Muhabbatni kerakli joydan izlang
23. Sizga kerak boʻlgan Zot
24. Unga kerak boʻlgan qiz boʻlish
25. Isoga oshiq boʻlish 

Xotima 


10-BOB

Taassurot uygʻotish uchun kiyinamizmi?

... Rabbimiz Iso Masihga burkaninglar​ va bashariy tabiatingizning ehtiroslarini qondirishni​ hatto xayolingizga ham keltirmanglar.

Rimliklar 13:14

 

Gurmanlar uchun telekoʻrsatuvlarda siz oshpazlardan taomni toʻgʻri tortish muvaffaqiyatning yarmini taminlashini koʻp marta eshitgandirsiz. Etibor bering: bu juda adolatli, nafaqat ovqatga nisbatan, balki tanangizga nisbatan ham. Biz bu haqda ilgari ham gapirgan edik, endi esa, bu juda muhim boʻlgani uchun, yana takrorlaymiz: siz odamlarni oʻzingizga shunday munosabatda boʻlishga oʻrgatasiz, boshqacha boʻlishi mumkin emas. Siz ularga sizni hurmat qilish yoki qilmaslikni oʻrgatasiz. Qanchalik istamasangiz ham, sizning kiyinish uslubingiz - xoh qoʻzgʻalishni keltirib chiqaradigan tana qismlarini kamtarona yashirish, xoh "boshqa joyi yoʻq" yalangʻoch boʻlish boʻlsin - atrofdagilarga siz haqingizda malum bir malumotni uzatadi. Bizga ishonmasangiz - tengdoshlaringizga ishoning.

Bir radioeshittirishda kamtar boʻlish qanchalik muhimligi haqida gapirganimdan soʻng, Kristi ismli yigirma yoshli qiz menga shunday deb xat yozdi:

 

                              "Birinchi marta yozgi masihiy oromgohda tarbiyachi boʻlib ishlay boshlaganimda, men oʻzimga yigitlar bilan hech qanday munosabatda boʻlmaslikka vada berdim va butun etiborimni kottejdagi qizlar bilan ishlashga qaratdim. Ularga yoqishni, meni yaxshi qiz deb hisoblashlarini juda-juda istardim. Shu maqsadda yoshlar modasining "soʻnggi chiyillashi"ga koʻra kiyinishni boshlaganim... beldan pastroq kamarli tor jinsi shimlar, kalta shortilar, tasmali spagetti maykalar yoki etarlicha kalta va tor, shu bilan birga, notoʻgʻri kiyinayotganim haqidagi ayblovlardan qochish uchun etarlicha uzun topiklar. Kechqurunlari qizlarimni oʻqitardim, hammamiz bu mashgʻulotlarni intiqlik bilan kutardik va juda zavqlanardik.

 

Men oʻz maqsadimga erishdim: qizlar meni chindan ham qadrdon dugona sifatida qabul qilishdi, lekin shu bilan birga men bazi erkak tarbiyachilarning etibori va hayratiga sazovor boʻldim. Men bunga xotirjam munosabatda boʻlishga va bu yigitlarni jiddiy qabul qilmaslikka qaror qildim. Ular esa meni suv toʻpponchalaridan oʻqqa tutishar, elkamdan oshxonaga sudrab borishar, boʻynimga muz parchalari va shunga oʻxshash narsalarni tashlashardi. Ulardan meni tinch qoʻyishlarini iltimos qildim, lekin iloji boricha qatiyroq va keskinroq gapirishga harakat qilsam-da, soʻzlarimni quloqlariga olishmadi.

Shunda men katta tarbiyachilardan biriga, bolalar menga yoʻl berishmayapti, shuning uchun xotirjam ishlay olmayapman, deb shikoyat qildim. U qoʻlimni ushlab, mehribonlik bilan dedi: "Kristi, sening harakatlaring soʻzlardan koʻra balandroq gapiradi. Garchi sen bolalarning etiborini tortmoqchi boʻlmasang-da, ular seni bunday kiyinganingda payqamasliklari mumkin emas. Agar sen miyasida faqat oʻyin-kulgi boʻlgan engiltak oʻsmir qizga oʻxshasang, oʻgʻil bolalar seni oʻyinchoq deb qabul qilishadi! Keyingi yili oromgohda uzunroq shortik va ichiga tiqilgan koʻylak kiyib yurardim. Bolalar menga unchalik yopishib olishmadi, shuning uchun qizlarim bilan bemalol shugʻullanaverardim. Bu safar oromgohdan butunlay boshqacha kayfiyatda ketayotgan edim!

 

Kristini tabriklaymiz: u oʻzining kiyinish uslubi atrofdagilarning unga boʻlgan munosabatiga tasir qilishini tushuna oldi, odamlar unga munosib hurmat bilan munosabatda boʻlishlari uchun u garderobini oʻzgartirdi.

Oʻzini koʻz-koʻz qilishdan charchab, maktabga yangi qiyofada kelganida Roz ham xuddi shunday saboq olgandi.

 

- "Oʻn olti yoshga kirgan boʻlsangda, yigiting haligacha yoʻq" degan maqolni bilasizmi? Bu deyarli men haqimda edi, farqi shundaki, men oʻsha paytda allaqachon oʻn sakkizga kirgan va oʻrta maktabni tugatayotgan edim. Men nuqul: "Menga nima boʻlgan oʻzi?" deb oʻylardim. Men hech qachon hech kim bilan uchrashmaganman va hech kim meni uchrashuvga taklif qilmagan. Yigitlar meni payqashmasdi, koʻrishsa ham, faqat "doʻst sifatida" koʻrishardi.

Shunday qilib, pul yigʻib, oʻzimga kalta qora yubka, ustidan qora shaffof bluzka kiyiladigan tasmali qora mayka va tizzagacha tushadigan qora etik sotib oldim. Ertasi kuni sochlarimni tepaga koʻtarib, odatdagidan koʻra yorqinroq boʻyanib, lablarimni yaltiroq lab boʻyogʻi bilan boʻyab qoʻydim. Avvaliga oʻzimni biroz noqulay his qildim va hatto ustimdan futbolkamni kiyib oldim, lekin bundan butun tasir yoʻqoldi, shuning uchun uni echishga majbur boʻldim. Koʻchada ketayotib, orqamda odamlar fohishaga oʻxshaydi, deb pichirlashayotganini eshitdim. Qalbimning qayeridadir men ularning fikriga qoʻshildim, lekin baribir menga etibor qaratishdi, axir men aynan shunga intilayotgan edim-ku! Kun oxirida yoʻlakdan ketayotgan edim, bir yigit toʻxtatdi. U men bilan gaplasha boshladi va beixtiyor elkamni, qoʻllarimni silay boshladi. Men qoʻlimni boʻshatib, darhol toʻxtating, desam, u: "Nima gap oʻzi? Sen shuni xohlamaganmiding?” - dedi Shundagina qanday ahmoqlik qilganimni tushundim... Yoʻq, men buni xohlamagandim.

Mendan nafratlanishlarini emas, balki meni payqashlarini va hurmat qilishni boshlashlarini orzu qilgandim. U yigitdan qutulishim bilan darhol kiyinish xonasiga yugurdim va futbolkamni kiyib oldim."

Roz va Kristi oʻzlarining achchiq tajribalaridan shunga amin boʻldilarki, biz odamlarning bizga boʻlgan munosabatiga, shu jumladan kiyinish uslubiga oʻzimiz ohang beramiz. Sizga munosib hurmat bilan munosabatda boʻlishlarini istasangiz, davomini oʻqing.

 

Dunyoviylikdan muqaddaslikka

Bir kuni savdo markazidan oʻtib ketayotib, ulkan maketdagi elonga koʻzim tushdi - bu "Eberkrombi-end-Fitch" yoki bunday rasmlar kamdan-kam uchraydigan "Viktoriya siri"da emas, balki biz bolalar bilan odatda xarid qilish uchun boradigan "Ji-Si-Penni"da edi. Elonda orqasidan suratga tushgan qiz tasvirlangan edi. U kalta topik kiygan, jinsi shimini beligacha tushirib olgan, shimining belidan yuqorirogʻigacha bogʻichli ichki kiyim kiyib olgandi. Men mulohaza yurita boshladim: "Bu, albatta, ichki kiyimni reklama qilishga ijodiy urinish... Darhaqiqat, qizni faqat tasmali ichki kiyimda suratga olishning iloji yoʻq edi - unga jinsi kiyishga toʻgʻri kelgan..."

            Oradan oʻttiz daqiqa oʻtib, qahvaxonada oʻtirganimizda, stol yonidan yoshgina qizcha oʻtib qoldi - toping-chi, u qanday kiyingan edi? - mutlaqo toʻgʻri: kalta topik va belida jinsi shim kiygan, belida tasmali ichki kiyim magʻrur turardi. Men shunday deb oʻyladim: Demak, bu soʻnggi urf ekan-da... Albatta, bu oqimning jamoatga sizib kirishi xayolimga ham kelmagandi. Ammo oradan ikki-uch hafta oʻtib, jamoatda koʻzlarimga ishonmadim: oʻsha yerdagi yoshlar guruhidagi qizlardan biri yuqorida aytilgan standartga toʻliq mos ravishda kiyingan ekan!

Kamtarona kiyinish qariyalar kiyimini kiyish degani emas. Albatta, bu tufayli tanlovingiz biroz qisqaradi, lekin qurbonlik bunga arziydi. Agar siz boradigan doʻkonlarda kamtarona kiyimlar assortimenti kam boʻlsa, ariza yozing va uni menejerga taqdim eting. Mahalliy savdo markazimizga mingdan ortiq imzolar qoʻyilgan shunday petitsiya topshirganimizda, u yerdagi menejerlar oʻsmirlar modasi boʻyicha maslahat qoʻmitasini tashkil etishdi va endi bizning fikrimizga quloq solishmoqda, chunki bu ular uchun biznesni kengaytirishni anglatadi.

Mari

 

 

Ochigʻini aytganda, yosh choʻponlar koʻpincha: "Qizlar yoshlar guruhiga darsga borayotib, qanday qilib bu qadar behayo kiyinishlariga hayron qolaman! Nahotki ular jmoatda ekanliklarini tushunishmasa? Nahotki ular oʻgʻil bolalarni bu narsa hayajonga solishini bilishmasa? Nahotki ular bunday kiyinish uslubini koʻrgan odamlarda ular haqida notoʻgʻri taassurot uygʻotishini bilishmasa?"degan oʻy-fikrlardan qiynaladilar. Afsuski, juda koʻp yosh ayollar haqiqatan ham buni anglamaydilar, agar anglagan boʻlsalar ham, baribir, etiborni jalb qilish istagi (hatto nosogʻlom boʻlsa ham!) ularda sogʻlom fikrning dalillaridan ustun keladi.

 

Ammo iffatli ayol boʻlishni istasangiz, oʻzingizni boshqacha tuta boshlaysiz. Siz doʻstlaringizni sizni "shirin konfet" yoki oʻtkir his-tuygʻularni qoʻzgʻatish uchun oʻyinchoq sifatida emas, balki sizga munosib hurmat bilan munosabatda boʻlishga oʻrgatasiz. Erkaklar nigohini oʻzingizga qaratganingizda, sizni kiyinishingiz tufayli emas, balki oʻzingizni ishonch va qadr-qimmat bilan tutishingiz tufayli qiziqishayotganini bilib olasiz. Sizning ichki goʻzalligingizga maftun boʻlgan yigit, ehtimol ajoyib munosib er boʻlib chiqar. Sizlar qanday kiyinishni bilish uchun Xudoning Kalomiga murojaat qilasizlar va oʻz avlodingiz uchun poklik hamda kamtarlik namunasi boʻlasizlar.

 

Muqaddas Kitobdan yoʻl-yoʻriq izlaymiz

Albatta, Muqaddas Kitobda kamtarona kiyinish qoidalari toʻplami yoʻq, ammo bu savolga javob izlayotganda, biz doimo Masihning buyrugʻiga murojaat qilishimiz mumkin, u yaqinimizni oʻzimizni sevgandek sevishni buyuradi (Matto 22:39).

Tasavvur qiling: dugonamiz maktabdagi bal oldidan ozish uchun parhezga oʻtirganini bilasiz. Yana sizga malumki, agar u ozib ketmasa, bal koʻylagi unga torlik qiladi va oqshom uning uchun rasvo boʻladi. Siz oʻzingiz yomon shirinxoʻrsiz, buning ustiga qamishdek noziksiz, qomatingizni qanday qilib saqlab qolish haqida bosh qotirib oʻtirishingizning hojati yoʻq, lekin siz doʻstlar davrasida shirinliklar eyishni yaxshi koʻrasiz.

 

Shuning uchun, xarid qilish uchun savdo markaziga borganingizda, har safar dugonangizni dolchinli mazali rulet bilan mehmon qilishga koʻndirasiz. Bundan tashqari, uyingizda har doim kremli asosga ega qarsildoq pechene zaxirasi bor, shuning uchun har kuni ertalab maktabda siz albatta dugonangizni ushbu shirinlik bilan mehmon qilasiz. Siz bu xatti-harakatlarni doʻstona deb oʻylaysizmi yoki xudbinlik debmi?

Endi boshqa holat: yoshlar ayol gavdasini, ayniqsa, yarim yalangʻoch holatini koʻrganda hayajonga tushishi sizga malum (agar shu paytgacha bu haqiqatni oʻzlashtirmagan boʻlsangiz, "Har bir yigitning kurashi" kitobini oʻqib chiqishingizni tavsiya etamiz!). Bundan tashqari, yosh masihiylar jinsiy ehtiyojni qoʻzgʻatadigan narsalardan koʻzlarini olib qochishga harakat qilishadi. Xoʻsh, endi ayting-chi, agar siz bularning hammasini bila turib, shunday kiyim kiysangiz-u, u sizning nozik qomatingiz va oftobda qoraygan teringizni oxirigacha yalangʻoch qilib koʻrsatsa, sizning xatti-harakatlaringizni doʻstona deb atash mumkinmi?

 

 

 

Agar kalta koʻylak kiygan boʻlsangiz, pastki qismiga uzunroq mayka kiyib koʻring. Birinchidan, bu juda chiroyli va zamonaviy koʻrinadi, ikkinchidan, shu tariqa siz belingizni yopasiz va u harakat qilganingizda ochilib qolmaydi.

Bet

 

Ertalab kiyinayotganda, bu ishga vazminlik bilan yondashishga harakat qiling. Oʻzingizdan shunday deb soʻrang: bu kiyim yaqinimga boʻlgan muhabbatimni koʻrsatadimi? U mening akalarim uchun qoqilib yiqiladigan toshga aylanmaydimi?

Garchi Muqaddas Kitobda qanday kiyinish haqida aniq koʻrsatmalar boʻlmasa-da, unda nima kiyish kerakligi haqida aytilgan. Mana bazi misollar:

 

«Shahvatparastlik va fisq–fujurga berilmaylik,​ janjalkashlik va hasadgoʻylik qilmaylik,​ aysh–ishrat va ichkilikbozlik bilan emas,​ kunduzga yarasha,​ odob bilan kun kechiraylik. Rabbimiz Iso Masihga burkaninglar​ va bashariy tabiatingizning ehtiroslarini qondirishni​ hatto xayolingizga ham keltirmanglar». Rimliklarga 13:13,14 (kursiv meniki - Sh.E.)

 

Shunga koʻra, rahm–shafqat,​ mehribonlik,​ kamtarlik,​ muloyimlik​ va sabr–toqatni zeb–ziynat qilib taqib olinglar. … Va nihoyat muhabbatga burkaninglar,​ chunki mehr–muhabbat mukammal ahillikka etishtiradi». Kolosaliklar 3:12-14 (kursiv meniki. - Sh.E.)

 

Koʻrib turganimizdek, Muqaddas Kitobda na yalangʻoch bel, na ichki kiyim haqida hech narsa deyilmagan! Aksincha, Xudo bizni Isoga taqlid qilishga, kamtarlikka, rahmdillikka, yaxshilikka, muloyimlikka, sabr - toqatga va sevgiga oʻrgatmoqda. Siz: "Men bularning hammasi bilan maktabga bora olmayman-ku!" dersiz. Olib bora olasiz! Faqat bunda oddiy kiyim-bosh haqida unutmang!

Xoʻsh, Muqaddas Kitobdagi maslahatlarni qanday qoʻllashimiz mumkin? Davomini oʻqiymiz.

 

Shkafni tartibga keltiraylik

Bugungi kunda tanani yalangʻochlash odatiy hol hisoblanib, ichki kiyimlar ustki kiyimga aylanib, ayollar kiyimidagi intim buyumlar endi hech qanday intimlik kasb etmayotgan bir paytda, ehtimol, garderobimizni qayta koʻrib chiqish vaqti kelgandir. Nima kiyib, nima kiymaslikni oxir-oqibat faqat siz hal qilasiz, lekin biz sizga kiyimingiz, ular orasida yurishingiz, egilishingiz, choʻzilishingiz atrofdagilarga qanday tasir qilishi haqida aytib berish orqali yordam bermoqchimiz.

Quyidagi savollar roʻyxati yordamida kiyimlaringizdagi har bir buyumni baholay olasiz. Tasdiqlovchi javob shuni anglatadiki, bu buyumni garderobingizdan chiqarib tashlaganingiz maqul.

 

Bluzka va maykalar

●       Agar koftangiz tugmachalar bilan qadalsa, halqalar orasidagi boʻshliqlarda tanangiz koʻrinadimi?

●       Engashganingizda yoki tepangizda kimdir turganida koʻkraklaringiz orasidagi oʻyiq koʻzga tashlanadimi?

●       Sizda lifchigi koʻrinib turadigan darajada shaffof bluzkalar bormi?

●       Engsiz bluzkalaringiz yoki maykalaringiz bormi (ular ostidan lifchik kiymaysiz, chunki tasmalari koʻrinib turadi)?

●       Belingiz va orqangizni ochiq qoldiradigan yoki qoʻllaringizni boshingiz uzra koʻtarganingizda yuqoriga koʻtariladigan bluzka yoki maykalaringiz bormi?

●       Sizda qoʻzgʻatuvchi mazmundagi yozuvli maykalar bormi (masalan, "jinsiy aloqa" yoki "noz-karashma")?

 

 

Jinsi va shim

  • Jinsi shimingiz tormi (choʻntagidagi tangaga tushirilgan yozuvlar bilinadigan darajadami)?
  • Shimingizdagi "chaqmoq"ni qadash uchun yotib, qorningizni ichga tortishingizga toʻgʻri keladimi?
  • Siz jinsi shimingizni orqa tomondan ichki kiyimingiz koʻrinadigan darajada past kiyganmisiz?
  • Orqa choʻntagingizda yozuvlar yoki rasmlar tushirilgan shimingiz bormi (ular nigohni dumbaga qaratadilarmi)?

 

 

 

Yubka va shortilar

  • Qoʻllaringizni tanangiz boʻylab pastga tushiring va yubkangizning etagi yoki shortigingizning cheti bosh barmogʻingiz tirnogʻining uchiga etadimi yoki yoʻqligini tekshiring.
  •  Oynaga orqa oʻgirib, qoʻllar bilan oyoq barmoqlarini olish uchun egiling. Bunda sizning jinsiy azolaringiz yoki ichki kiyimingiz koʻrinadimi?
  • Oʻtirganingizda yubkangiz tizzangizdan ancha yuqori koʻtariladimi?
  • Oʻtirganingizda oyoqlaringizni chalishtirib oʻtirishga majbur qiladigan va shunda ichki kiyim yoki sonning ichki qismi koʻrinmaydigan yubkangiz bormi?
  •  Old, orqa yoki yon qirqimlari oyoqlarni haddan tashqari baland ochib turadigan yubkalaringiz bormi?

 

Ichki kiyim

  • Agar siz tasmali ichki kiyim kiygan boʻlsangiz, oʻtirganingizda yoki oldinga egilganingizda uning belbogʻi tashqariga chiqib turadimi?
  •  Ayniqsa, siz yoqtiradigan, toʻrli tasmali bluzkalar bilan birga kiyilganda chiroyli turadiganlifchigingiz bormi?

Kalta tor mayka va jinsi shim kiygan qizni koʻrganingizda, masihiylik ideallarida diqqatni jamlash qiyin. Men ayollarni qoralashni istamayman, chunki oʻzimiz ham gunohdan xoli emasmiz. Lekin men qizimning behayo kiyinishini va boshqa yigitlar oldida oʻz jozibasini koʻz-koʻz qilishini istamasdim. Men oʻz tanlaganimni, u esa meni hurmat qilishini istayman, toki biz u bilan turmush qurmagunimizcha, u menga uning tanasiga hirs qoʻyishimga yoʻl qoʻymasin.

Kertis


               Agar barcha kiyimlaringiz bu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa, ishonchingiz komil boʻlsin: siz kamtarona kiyinasiz. Fazilat, hayo va viqor libosiga burkanib, bunga loyiq boʻlgan yoshlarda taassurot uygʻotasiz!

«Libosi — quvvat,​ sharaf, u kelajakka qarab quvonadi». Hikmatlar 31:25

 

 



AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
YouTube.com/@UzAudioKitob

Audiokitoblar Uzbek tilida

Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz
@audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


MakDonaldning sharhlari kitob
Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/




Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Har bir qizning vasvasasi kitobi haqidagi fikrlar    911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак