Sevgi hayot tarzi sifatida (Geri Chepmen G.) 6 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Geri Chepmen. Sevgi hayot tarzi sifatida

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

Mundarija

So‘z boshi

1 bob. Birinchi qism. Biz nega sevishni xohlaymiz? Sevgidagi hayot chuqur qoniqish tuyg‘usini beradi

2 bob. Ikkinchi qism. Sevgining yettita siri. Ezgulik. Hayot quvonchini o‘zing uchun emas, balki boshqalar uchun kashf etgin

3 bob. Sabr-toqat. Boshqa odamlarning nomukammal ekanligiga ko‘nikkin

4 bob. Kechirim. G‘azabdan voz kech

5 bob. Xushmuomalalik. Atrofdagilarga xuddi do‘stlardek munosabatda bo‘lgin

6 bob. Itoatkorlik. Boshqa kishi qad rostlashi uchun sen engash

7 bob. Saxiylik. O‘zingni atrofdagilarga bag‘ishla

8 bob. Halollik. O‘zingni angla

9 bob. Uchinchi qism. Nikohda sevgini hayot timsoliga aylantir

10 bob. Bolalar bilan munosabatda sevgini hayot tarziga aylantir

11 bob. Ish faoliyatingda sevgini hayot tarziga aylantir

12 bob. Sevgi undovi

13 bob. Xotima

Asarning qisqacha mazmuni

Geri Chepmen - sevgi va munosabatlar masalasida butun dunyoga mashhur guru. Uning kitoblari 37 tilga tarjima qilingan bo‘lib, olamdagi millionlab kishilar hayotida haqiqiy burilish yasagan. “Sevgi hayot tarzi sifatida” - mushtariylar kutgan kitob. Bu asar “Sevgining beshta tili” bestsellerining mantiqiy yakunidir. Chepmen hayot bizni uchrashtiradigan barcha bilan uyg‘un munosabatlarni aqlli, erkin ruhdagi boshqaruv asosida qurishni taklif etadi.   Test va topshiriqlar hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan yettita xos xususiyatlaringizni rivojlantirishga yordam beradi. Mazkur kitob yordami bilan o‘zingiz baxtli bo‘libgina qolmay, balki boshqalarni ham baxtiyor etasiz.

Geri Chepmen G. Sevgi hayot tarzi sifatida

Oltinchi bob. Itoatkorlik. Boshqa kishi qad rostlashi uchun sen engash

Itoatkorlik - juda g‘alati narsa. Unga erishganingga ishonganing zahoti, darhol boy berib qo‘yasan.

Bernard Melser

 

Jim Kollinz va uning hamkasblari mamlakatdagi eng ilg‘or kompaniyalarning muvaffaqiyat sirlarini o‘rganayotib, kutilmagan yangilikka duch keldilar. Kollinz “Ezgulik - buyuklik uchun” kitobida yaxshi tashabbuslarni doimiy daromad ma’nosidagi “ulug‘vorlik”ka qay tarzda aylantirish haqida hikoya qiladi.  (Shuningdek, olimlar ilg‘or kompaniyalardagi yuqori bo‘g‘in menedjerlarining boshqaruv usulini ham o‘rganib chiqishgan.)

“Biz yaxshi kompaniyani “buyuk” kompaniyaga aylantirishga qodir boshqaruv usulini aniqlaganimizda, - yozadi Kollinz, - bundan hayron bo‘ldik va hatto karaxt ahvolga tushdik”. Jurnal maqolalarida goh-goh qayd etilib turadigan, butun mamlakatga taniqli mashhur yetakchilar bilan taqqoslaganda bu ilg‘or kompaniyalarning rahbarlari go‘yo Marsdan kelgan o‘zga sayyoraliklarga o‘xshashadi. Kamtarin, xotirjam, ohista, hatto uyatchan... Bu odamlarda g‘ayritabiiy ravishda shaxsiy itoatkorlik va kasbiy erkinlik uyg‘unlashib ketgan” (1).

Bu odamlarning royishligi o‘zlari haqda gapirganlarida - yoki, to‘g‘rirog‘i, gapirmaganlarida, - o‘ziga xos darajada namoyon bo‘ladi. Kollinz yozadi: “Bunday kompaniyalarning boshliqlari bilan suhbatlashganimizda, ular kompaniya haqida, boshqa rahbarlarning qo‘shgan hissasi haqida to‘liq gapirib berishdi, ammo o‘z muvaffaqiyatlari haqidagi suhbatdan o‘zlarini butunlay chetga tortishdi. Baribir o‘zlari haqida gapirishga to‘g‘ri kelganida, doimo shunga o‘xshash gaplarni aytishdi: “Gaplarimni nokamtarlikka yo‘ymasligingizga umid qilaman”, yoki “Agar direktorlar kengashi mana shunday ajoyib odamlardan tashkil topmaganida, siz bugun men bilan suhbat qilmagan bo‘lardingiz”, yoxud “Nahotki bu mening xizmatlarim bo‘lsa? Yo‘q, bu gap ortiqcha... Qo‘shgan hissam bunchalik katta deb o‘ylamayman... Omadimiz bor ekan, shunday ajoyib odamlar bizda ishlamoqda” (2).

O‘zini past olishlari yaqqol ko‘rinib turganiga qaramay, bu odamlarning barchasi katta yutuqlarga erishishgan. Ularning boshqaruvi ostidagi kompaniyalarning o‘n besh yil mobaynida olgan daromadlari bu kabi boshqa kompaniyalarning daromadidan yetti barobar yuqori bo‘lgan.

Men bu odamlar kamtarin bo‘lish zarurligi haqida o‘ylab ham ko‘rishmaydi deya hisoblayman. Ular o‘z ishlarini qilishadi va xodimlar hamda mijozlar bilan o‘zaro to‘liq tushunchaga erishishadi. Ularning ibrati kamtarinlikni mutlaqo boshqa ranglarda ko‘rishimizga yordam beradi.

Ko‘pchiligimiz itoatkorlikni zaiflikning ko‘rinishi deya hisoblashadi. Bizning nazarimizda itoatkorlik ko‘rsatsak kasbiy muvaffaqiyatlarimizga putur yetadigandek va hattoki o‘z xonadonimizda bo‘ysunish holatiga tushib qoladigandek bo‘lib tuyuladi. Biror kishidan itoatkorlik haqida so‘rab ko‘ring, hoynahoy, siz ana o‘shanda muvaffaqiyat, qoniqish, hurmat va eng asosiysi - munosabatlar kabi so‘zlar yo‘qligini qayd etasiz. Ammo “buyuk” kompaniyalarning boshqaruvchilari uchun bu so‘zlar ko‘proq muhim hisoblanadi.

Aslida itoatkorlik - bu sevgini hayot timsoliga aylantirgan inson fe’l-atvorining ajralmas xususiyatidir. Xushmuomalalik kabi kamtarinlik ham boshqa odamning qadr-qimmatini tushunish mahorati demakdir. Sevgining har qanday ko‘rinishi kabi do‘stimning qad rostlashi uchun engashishni bilish bizga ulkan quvonch hissini beradi.

Itoatkorlik men uchun xosmi?

Itoatkorlik noaniq ma’noda hech bir ahamiyatga ega emas. Biz o‘zimizni odatiy, kundalik hayotimizda qanchalik kamtarona tutishimiz muhim. Aynan itoatkorlik o‘zimiz sevadiganlarni yuqori ko‘tarishimiz yoki pastga urishimizni belgilaydi. Keling, mag‘rurlik yoki kamtarinlik ko‘rsatish mumkin bo‘lgan hayotiy vaziyatlarni qanday hal etishimiz haqida o‘ylab ko‘raylik.

1. Agar biror kishi o‘z yutuqlari haqida gapirsa, men odatda...

a. Uning gapini bo‘lib, o‘z muvaffaqiyatlarim haqida hikoya qilaman.

b. Hech nima demayman, ammo uning gaplari menga qiziqarli emasligi haqida tushuncha beraman.

v. Qiziqish bildirib, savollar beraman.

2. Ishlayotganimda rahbarlar yonimda bo‘lib qolishsa, men odatda...

a. O‘zimni yaxshi tarafdan ko‘rsatishga urinaman, hatto buning uchun boshqalarning yutuqlarini kamsitishga to‘g‘ri kelsa ham.

b. Har qanday sharoitda ham kompaniyaning muvaffaqiyatlarida o‘z hissam borligini gapirib beraman.

v. Boshqa odamlarning qo‘shgan hissasi haqida gapiraman. Mening o‘rnimda qilgan ishlarim gapiradi.

3. Oilamiz a’zolaridan biri yoki yaqin do‘stim men istagan jabhada muvaffaqiyatga erishsa, men odatda...

a. Uning yutuqlaridagi kamchilikni topaman, so‘ngra diqqatni o‘zimga qaratishga urinaman.

b. E’tibor bermayman.

v. Tabriklayman va bu muvaffaqiyatlar haqida barcha xabar topishiga harakat qilaman.

4. Mabodo menga yoqmaydigan odam xato qilib qo‘ysa, men odatda...

a. Uning xatosidan o‘z manfaatim yo‘lida foydalanish haqida o‘ylayman.

b. Bu holat haqida barcha atrofdagilarga aytaman.

v. O‘sha odamni qo‘llab-quvvatlash va ruhlantirish usullarini izlayman.

5. O‘z ojizligim yoki xatolarimni tushunganimda, men odatda...

a. Bu xatoda kim aybdorligi haqida o‘ylayman.

b. Bu haqda umuman o‘ylamaslikka harakat qilaman.

v. Kelajakda bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilaman.

 

Har bitta “a” javobi uchun o‘zingizga ball hisoblamang, “b” javobi uchun esa bir ball, har bir “v” javobiga ikki balldan qo‘shing. Natijalaringiz qanchalik yuqori bo‘lsa, siz haqiqiy kamtarinlik yo‘lida shunchalik oldinga siljigan bo‘lasiz.

 

Kamtarona hayot

 

Siz hech qachon do‘kondagi navbatni kuzatmaganmisiz? Biz do‘konda xarid qiladigan narsalarimizni olib kassaga oshiqamiz, ana shunda sabrsizlikka to‘lib-toshamiz. Nima uchun navbat bunchalik sekin siljimoqda? Qanday qilib shu yerdan tezroq chiqish mumkin? Biz shu joyga haqqimiz borligini ta’kidlab va kimdir o‘n soniya kech kelganiga e’tibor bermay, eng qisqa navbatga intilamiz. Biz yangi navbatda birinchi bo‘lib turish uchun yangi kassa ochilishini doimo kutib turamiz. “O‘ting, men shoshilmayapman” so‘zlarini kamdan kam eshitish mumkin. Birinchi bo‘lish istagimiz bizni atrofdagilar haqida va albatta itoatkorlik haqida unutishga majburlaydi.

Birinchi bo‘lishga intilish hissi bizda shunchalik mustahkamki, savol tug‘iladi: umuman shu itoatkorlikkka o‘rganib bo‘ladimi o‘zi? Siz qachondir mo‘min-qobil bolakayni ko‘rganmisiz? Biz barcha istagan narsalarimizni qo‘lga kiritish instinkti bilan tug‘ilamiz. Aytmoqchimanki, agar qalban itoatkor bo‘lsak, kamtarinlikka bemalol o‘rganishimiz mumkin.

Agar itoatkorlikni atrofdagilarga bo‘lgan sevgini his etish usuli sifatida qarasak, fe’l-atvorning bu xususiyati hayotimizning ajralmas qismiga aylanadi. Lug‘atda kamtarinlik “yumshoqlik, itoatkorlik” sifatida belgilanadi. Aytish mumkinki, itoatkorlik inson qalbidan g‘azab, shuhratparastlik va xudbinlikni haydab chiqarishi mumkin. Ana o‘shanda soxta “men” haqiqiysiga aylanadi. Itoatkor odam o‘zidan qanoat hosil qiladi. U o‘z qadr-qimmatini va atrofdagilarning qadrini anglaydi. Boshqa odamlarning muvaffaqiyati unga quvonch bag‘ishlaydi. G‘arb madaniyatida itoatkorlik - eng ommabop tushuncha emas, shunday bo‘lsada bu juda muhim va sevgining rohat baxsh etadigan taraflaridan biridir. Biroq kamtarinlikka o‘rganish oson emas.

 

Itoatkorlik - qalb xotirjamligi bo‘lib, insonga boshqa kishining qadr-qimmatini ta’kidlash uchun chekkaga chiqib turishiga izn beradi.

 

Noma’lum muallif

 

Ismlari oshkor etilmaydigan ichkilikbozlar uyushmasining asosiy qoidalaridan biri - bu oshkor etilmaslikdir. Mazkur uyushmada boshqaruv-bo‘ysunish tizimi yo‘q, hamma bu yerda teng. Bu yerga ichkilikbozlik quliga aylangan, ammo birgalikda harakat qilib bu illatdan qutulishga intiladigan odamlar kelishadi.  Siz XX asrning 30-yillarida ismlari oshkor etilmaydigan ichkilikbozlar uyushmasini tuzgan Bill Uilson itoatkor kishi bo‘lganligini xayolingizga keltira olasizmi. Ha, bu chindan ham shunday. Ammo unga o‘sha paytgacha katta yo‘lni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan.

Syuzen Chiver “Mening ismim Bill” deb nomlangan kitobida Uilsonning boshqalardan farqlanishga intilish uchun qanday kurash olib borganligini bayon etadi. Ismlari oshkor etilmaydigan ichkilikbozlar uyushmasi va o‘n ikki qadam dasturi ishlab chiqilganidan keyin oradan ko‘p yillar o‘tgach, Yel universiteti rahbarlari Uilsonga faxriy ilmiy unvon berish istagida ekanliklarini xabar qilishdi.  Uilson bu unvonni olishni va o‘z mehnatlarining e’tirof etilishiga erishishni juda istardi. Biroq bu paytda “u o‘z qoidalarida qat’iy turadigan odamga aylangan bo‘lib, bu unvonni qabul qilishga rozilik bildirish noto‘g‘ri ekanligini tushunardi” (3).

Bu odam bir paytlar yozgandiki, oshkor etilmaslik qoidasi “hamisha qoidalarni shaxsiyatdan ustun qo‘yish, chinakam kamtarinlikka o‘rganishimiz lozim ekanligini bizga eslatib turadi”. U shunday degan: “Oshkor etilmaslik ruhi bilan boshqarilgan holda, biz ko‘pchilik orasidan ajralib chiqishga bo‘lgan tabiiy istaklarimizni bosishga urinamiz” (4). Chiverning yozishicha, Uilson “itoatkorlikka erishish uchun o‘z istaklari bilan kurashgan” (5).

Uilson Yel universiteti rahbarlariga qanday javob qaytarishni o‘ylayotganida, ismlari oshkor etilmaydigan uyushmaning boshliqlaridan biri aytgan maslahatga amal qildi. U sobiq prezident Teodor Ruzveltning o‘g‘li Archibald Ruzvelt edi. Archibald otasining hokimiyatga bo‘lgan  intilishlari uning o‘zini doimo bezovta qilib kelganini Uilsonga tushuntirib berdi. Teodor Ruzvelt hech qachon hech qanaqa mukofotlarni olmaslikka qaror qilgan. Yagona istisno faqat Nobel mukofoti bo‘lgan, xolos.

Chiver yozadi: “Bill o‘sha qoidaga, ya’ni Ruzveltning hayotini boshqargan qoidaga amal qilish kerakligini tushundi” (6). Universitet to‘liq ismini yozmasdan faqat bosh harflari bilan unvon berish haqidagi taklif bildirgan bo‘lsada, Uilson buni ham rad etdi. U buning o‘rniga faxriy unvonni “ismlari oshkor etilmaydigan ichkilikbozlar” uyushmasiga berishlarini taklif etdi. Biroq bu taklifni endi universitet rad etdi.

Chiverning kitobini o‘qiyotganingda, Uilson o‘zida kamtarinlikni qanday rivojlantirayotganini kuzatib borasan. “So‘ngra u, garchi muharrirlar uni orqa tarafdan suratga tushishini taklif etishgan bo‘lsada, “Tayms” jurnali muqovasi uchun suratga olishlari haqidagi taklifni qabul qilmadi. Uilson keyinchalik yana oltita faxriy unvonni - shular orasida Nobel qo‘mitasi taklifini ham - qabul qilmadi”.

Xuddi barchamizda bo‘lgani kabi, Uilsonga ham mag‘rurlik xos edi. Biroq u o‘zi tuzgan uyushmaning oshkor etilmaslik ustunligini to‘liq anglab yetganida, umumiy e’tirofga olib boradigan kamtarinlik yo‘lini tanladi. Uilson bu bilan nufuzini va o‘z hayotini bag‘ishlashga qaror qilgan odamlarga bo‘lgan ta’sirini saqlab qoldi.

Men umumiy e’tirof qanaqadir noto‘g‘ri va nomunosib deb aytish uchun bu voqeani keltirmayapman. Ko‘pgina hollarda mukofot va maqtovlar odamlarni yaxshi ishlarga ruhlantiradi. Biroq Bill Uilsonning shuhratparastligi va itoatkorlikka bo‘lgan intilishi barchamizga tanish bo‘lgan o‘sha zo‘riqish holatini aks ettiradi. Uilson omma e’tirofi uni hayotidagi barcha ishlardan chalg‘itib qo‘yishi mumkinligidan cho‘chigan.

Kamtarinlik va omma e’tirofi hamisha ham bir-birini rad etavermaydi. Biroq e’tirof etishlari uchun doimiy intilish bizga atrofdagilarni chinakamiga sevishimizga xalaqit beradi. Shuhratparastlik bizning fikrlarimizni egallab olishiga izn berganimizda, o‘z quvvatimizni munosabatlarni mustahkamlashga emas, balki atrofdagilarning ko‘ziga yaxshi ko‘rinish uchun sarflayotganimizni tushunmaymiz. Boshqa odamlar bilan munosabatlar kutilgan yutuqlarga bizni olib borishini bilmaymiz. Eng muhimi - sevgi ruhida harakat qilmoqlikdir. Kamtarinlik biz uchun qanchalik tabiiy holga aylansa, ustunliklarimiz shunchalik kuchli darajada o‘zgaradi. Asl sevgi ruhida harakat qilganimizda tushunamizki, itoatkorlik:

dunyodagi o‘rnimiz haqidagi tushunchani aks ettiradi;

hatto biz tarafimizdan muayyan bir qurbonliklar qilish bilan bog‘liq bo‘lsa ham, boshqa odamlarning ehtiyojlarini tushunishga imkon beradi;

zaiflikni emas, balki kuch-qudratni ko‘rsatadi;

boshqa odamlarning ehtiyojlari ham xuddi o‘zimizniki kabi muhim ekanligini tushunishga imkon beradi;

boshqa odamlarning ahamiyatini ta’kidlaydi;

kuch-quvvatni mag‘rurlik, qayg‘u va g‘azab uchun sarflamaslikka imkon beradi.

 

Bu haqda unutmagan holda, keling, itoatkorlik nuqtai nazaridan boshqa odamlarni sevish nimani anglatishi haqida o‘ylab ko‘raylik.

 

Bu dunyoda qanday o‘rin egallaganingni tushungin

 

Jim Hindistondagi notijorat tashkilotini boshqarardi. Bu odam ajoyib tarzda kulishni biladi, keng dunyoqarashga ega va boshqa odamlarga yordam berish istagi bilan to‘lib-toshgan. Jim o‘zini tarbiyalagan buvisi tez-tez shu gaplarni aytib turganini menga so‘zlab bergan: “Bu olamda sendan yaxshi inson yo‘qligini bilib qo‘y. Yodingda tut: hech kim bu olamda sendan yomon emas”. Bu haqiqatni tushunish uchun chinakam itoatkorlik talab etiladi. Siz tushunishingiz lozimki, siz va atrofingizdagi odamlar o‘zlarining kuchli va zaif taraflariga ega - bu shunday ham bo‘lishi kerak.

 

Eng asosiysi

Ko‘pchilik itoatkorlik yo‘lidagi birinchi qadam - bu o‘zining mag‘rurligini anglash. O‘z maqsadlarimiz atrofdagilar hayotidan yaxshiroq va muhim tuyulishini anglagan holda, biz asl “men” nimaligini yaxshiroq tushunamiz.

XX asrda ijod qilgan mashhur yozuvchi Gilbert Kiyt Chesterton Moxandas Gandini Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik hukmronligiga chek qo‘yish harakatiga ruhlantirgandi.  Chestertonning so‘zlari Irlandiya mustaqilligi kurashchisi Maykl Kollinz uchun ham ruhlanish manbai bo‘lib xizmat qilgan. Londondagi “Tayms”gazetasining jurnalisti bir kuni Chestertondan biz yashayotgan dunyoning muammosi nimadan iborat ekanligi haqidagi savolga javob berishini so‘radi. Adib shunday degan: “Muammo mendan iborat”.

O‘zimizni keragidan ortiq darajada yuqori qo‘yganimizda, biz har qanday boshqa inson kabi atrofdagilarga azob berishimiz yoki xatoliklar sodir etishimiz mumkinligini yodda tutishimiz zarur. Biz o‘z mag‘rurligimizni anglab, uning qalbimizda hukmron bo‘lishiga izn bermasligimiz lozim.

Omma e’tirofiga intilish - g‘urur emas. G‘urur - bu sevgi bo‘lmagan holda o‘z shaxsini namoyon qilishga intilish. Itoatkorlik chinakamiga sevuvchi kishi hayotining ajralmas qismiga aylanganida, Xudo bizni qanday yaratgan bo‘lsa, - bundan kam ham, ko‘p ham emas - ana shunday bo‘lishni xohlaymiz.

 

O‘z qadr-qimmatini tan olish - boshqa odamlarni chinakamiga sevish yo‘lidagi qadamdir.

 

Teskari g‘urur

Mag‘rurlik - itoatkorlikning yagona dushmani emas. O‘z qadr-qimmatini anglashga layoqatsizlik boshqa odamlarni sevib qolishimizga ham izn bermaydi.

Ismlari oshkor etilmaydigan ichkilikbozlar uyushmasidan bo‘lgan Bill Uilson bir paytlar shuni yozgandi: “Bizni aybdorlik va o‘zimizga bo‘lgan nafrat hissi kemiradi. Biz bundan ba’zan og‘riqli qoniqishni tuygan holda, ana shu iflos botqoqda cho‘kib ketamiz... Bu teskari g‘ururdir” (7). Agar biz chinakamiga itoatkor odamlar bo‘lganimizda, o‘zimizni xo‘rlamagan bo‘lardik. Sevgi nafaqat boshqa odamlarni sevishga, balki o‘z qadr-qimmatimizni ham tushunishga da’vat etadi.

Men o‘ziga past baho berish haqiqiy sevgini hadya etish va qabul qilishga izn bermaganligiga ko‘p bora guvoh bo‘lganman. Sietllik o‘ttiz yoshli Kolin tushkunlik va yolg‘izlik hissi bilan kurash olib bordi. Kolin o‘zini jon-dilidan sevadigan ajoyib ayolga unashtirib qo‘yilgandi. Biroq u sevgisini ifoda etishni bilmasdi. U bir kuni jiddiy munosabatlar uchun o‘zida kuch topolmay, unashtiruvni buzdi. Kolin ishxonada o‘rta bo‘g‘in rahbarlaridan biri edi. Uning boshqaruvida o‘nlab xodimlar ishlasada, haqiqiy do‘stlarni ishxonadan topolmadi. Har qanday shaxsiy munosabatlar unga quvonchdan ko‘ra ko‘proq og‘riq keltirardi.

U mening oldimga maslahat olish uchun kelganida, biz uning bolaligi haqida suhbatlashdik. Kolin ko‘pgina mijozlarim kabi maqtashdan ko‘ra ko‘proq tanqid qilinadigan oilada katta bo‘lgan. Bolaligidan boshlab u yomon, qattiq so‘zlarni eshitgan: “Sen mas’uliyatsiz, qo‘pol, badbashara, xo‘ppasemiz, hech kimga kerak bo‘lmaydigan bolakaysan!” Biz qanchalik ko‘p gaplashganimiz sayin, Kolin o‘z qadr-qimmatini anglab yetmagunicha boshqa odamga chinakam g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qodir emasligi shunchalik ayon bo‘lib boraverdi. Boshqacha aytganda, u sevgiga munosib bo‘lish kerakligini tushunib olmagunicha sevgini itoatkorlik yoki boshqacha tarzda namoyon etishga qodir emas.

Kolinga o‘xshagan odamlar uchun sevgi yo‘lidagi birinchi qadam o‘z qadr-qimmatini yuqori ko‘tarish hisoblanadi. Ular aslida qanday bo‘lganliklari uchun, o‘zlariga berilgan in’om va iqtidorlar uchun minnatdor bo‘lishlari kerak. Ular toki qad rostlab, bolaliklarida ularga yolg‘on gapirganlarini tushunib yetmagunlaricha engashmasliklari lozim. Bu odamlar o‘z qadr-qimmatlarini anglashni boshlaganlarida, haqiqiy itoatkorlikka qodir bo‘ladilar.

 

O‘ZLASHTIRISH LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR

Agar o‘zingizga munosib tuyuladigan e’tibor qaratishlariga doimo intilsangiz, yaxshisi o‘sha odamga o‘zingiz haqingizda savol berib, javobini diqqat bilan tinglang.

 

Qurbonlik uchun tayyorgarlik

 

Uzoq yillik ruhshunoslik faoliyatim davomida kamtarin bo‘lmagan odamda doimo uning birinchi bo‘lishiga xalaqit beradigan vaziyat va odamlarga nisbatan g‘azab hukmronlik qilishini tushunib oldim. O‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishmaganimizda, biz ma’yus tortamiz, tushkunlikka tushamiz va aybdorlarni izlashni boshlaymiz.

Bu ishxonada ko‘proq bilinadi. O‘zining muayyan qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan deyarli har bitta mijozim o‘z hamkasbining boshliq fikriga ta’sir qilgan yoqimsiz e’tirozi sabab ko‘rsatgan xizmati darajasida yuqoriga ko‘tarilmay qolganini eslab o‘tgan. Bu odamlarning barchasi nazarida go‘yo o‘zlari o‘ta quyi pog‘onada turgandek bo‘lib tuyulishadi. G‘azab ularning qalbida yillar mobaynida to‘planib qolgan. Ular o‘zlarining olg‘a siljishlariga kimdir xalaqit bergan, deya hisoblashadi.

Hayotga nisbatan bunday yondashuv Joshga mutlaqo yot edi. U endigina universitetni bitirib, yirik, jadal rivojlanayotgan kompaniyaga ishga kirgandi. Bir kuni ertalab boshliq uni chaqirib shunday dedi:

- Menda yangi ish joyi paydo bo‘ldi, o‘ylashimcha, bu taklif siz uchun qiziqarli bo‘ladi. Men bu vazifaga sizni yoki Timni tayinlash borasida bir fikrga kelolmayapman. Sizda katta kuch-g‘ayrat bor, biroq Timning tajribasi ko‘proq. Men ikkalangiz bilan ham suhbatlashib, kim yuqori vazifaga loyiq ekanligini aniqlab olmoqchiman.

- Timning yoshi nechada? - so‘radi Josh.

- Qirq beshda, - javob qaytardi boshliq.

- Fikrimcha, vazifani unga topshirish kerak, - dedi Josh. - Menda hali imkoniyatlar bo‘ladi, uning uchun esa bu oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin. Siz uning kompaniyadagi faoliyatini e’tiborga olishingiz lozim deb o‘ylayman.

Tim o‘sha vazifaga tayinlandi, negaki Josh o‘zini chetga olishni afzal ko‘rdi. Natijada ular o‘rtasida ajoyib munosabatlar yuzaga keldi va navqiron kasbdosh katta yoshli hamkasbidan ko‘p narsalarni o‘rganib oldi. Bir necha yillar mobaynida ular chinakam do‘stlashib qolishdi, bu esa ularga shaxsiy va kasbiy munosabatlarda foyda keltirdi.

Haqiqiy itoatkorlik hamisha qurbonlik bilan bog‘liq. Boshqa kishi oldinga siljishi uchun men o‘z shuhratparastligimni tiyishim kerak. Itoatkorlik biz uchun tabiiy holga aylanganida, biz boshqa odamga yordam berish uchun qanday qurbonliklar qilishga tayyorligimizni hamisha ko‘ra olamiz.

 

Nikohdagi itoatkorlik

Nikohdagi hayotda qurbonlik ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Turlicha fe’l-atvor, o‘ziga xos ustunlik va iqtidorlarga ega bo‘lgan ikkita odam bitta xonadonda yashaganida, bittasi hamisha ikkinchisi uchun nimanidir qurbonlik qilishiga to‘g‘ri keladi.

Brodveylik sobiq aktyor Bryus Kun kunlardan birida Xettini uchratib qolganida, o‘z orzusidagi ayolni topganini darhol tushundi. Muammo shundan iborat ediki, Bryus o‘zining ish faoliyati tufayli Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab doimo kezib yurishiga to‘g‘ri kelardi. Musavvir Xetti esa Niderlandiyada yashardi. Uning suratlarini Yevropada sotib olishardi. Ana shunda bolalik yoshidan o‘tgan va golland tilida birorta ham so‘zni bilmaydigan Bryus Xetti o‘z ishini davom ettirishi uchun Gollandiyaga yo‘l oldi. U Xetti ishlashi kerak bo‘lganida o‘z jadvalini o‘zgartirib ummon ortiga o‘tib bordi, qolgan vaqtlarida esa ikkita farzandlarini tarbiyalash uchun xotiniga yordam berdi.

Bryus shunday dkydi: “Aktyorlik izzat-nafsi men uchun doimo hayotimning markazi bo‘lgandi. Biroq men shu so‘zlarni aytish uchun vaqt kelganini tushundim: “Sen men uchun olamdagi barcha narsalardan ko‘ra muhimsan”. Va Xetti ham xuddi shunday qildi... U mening ishimni hurmat qilgani bois, garchi uning kasbiga bo‘lgan ishtiyoqi menikidan aslo kam bo‘lmasa ham, vaqti-vaqti bilan o‘z ishlarini unutib turadi”.

Bryus kasbiy yutuqlari va odatiy turmush tarzidan kechish oson emasligini juda yaxshi tushunadi. Ammo u o‘z qurbonligi tufayli topgan quvonchi mutlaqo ravshandir.

Nikohdagi itoatkorlik ish faoliyatidan, odatiy dam olish joylaridan va hatto bahsda hamisha baland kelishga urinishdan voz kechishni talab qilishi mumkin. Albatta, turmush o‘rtog‘ingni hatto eng kichik qarorlaringga - masalan, qaysi yilda Katta Kan’onga borishlaringiz masalasida - ko‘ndirish istagi uyg‘onib qolishi mumkin. Itoatkorlik hamisha muhim munosabatlarni saqlash qolish uchun ba’zan o‘z ehtiyojlarimizdan voz kechishga undaydi.

 

Munosabatlar uchun tayanch

Itoatkorlik orqali bo‘ladigan sevgi hamisha ham qurbonlik talab qilavermaydi. Biroq qurbonlik qilishga tayyor bo‘lish atrofdagilarning hayotini boyitishi mumkin. Itoatkorlik bizni restoranda yaxshi joyni bo‘shatib berishga, turmush o‘rtog‘i ishga kirishi uchun suhbatdan o‘tishiga yordam ko‘rsatishga yoki boshliqda yaxshi taassurot qoldirishga undaydi. Bu hatti-harakatlarning barchasi o‘zimiz uchun bir hadya ekanligini tushungan holda, biz quvvatimizni behuda sarflash o‘rniga atrofdagilar uchun yo‘naltiramiz. Joshning ham, Bryusning ham qarorini katta muvaffaqiyat deb hisoblab bo‘lmaydi. Biroq bu harakatlar munosabatlarni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

 

Agar boshqa odamga asl sevgini namoyon etishni istasangiz, munosabatlarni rivojlantirish uchun o‘zingizga qadrli nimanidir qurbon qiling.

 

Itoatkorlikning qudratini kashf et

 

Tarixchilarga ma’lumki, 1783 yilda Amerika inqilob qo‘shini qurolsizlantirilgunicha Nyu-York shtati, Nyuburgda bo‘lgan ayrim zobitlar ularga maosh berilmayotganidan o‘z noroziliklarini bildirishgandi. Ular Kongressga o‘z haqlarini to‘lab berishlari talabi bilan tahdid qilishdi. Masala harbiy to‘ntaruvgacha borib yetdi.

General Vashington o‘z odamlarining talabi haqli ekanligini tushunardi, ammo shuningdek bu kabi voqealarning rivojlanishi yosh demokratiyaga xavf solishini ham anglab turardi. U 15 mart kuni yig‘ilish chaqirib, g‘azablangan va norozi zobitlar bilan yuzma-yuz uchrashdi.

Vashington mamlakatning og‘ir moliyaviy ahvoli haqida qisqacha gapirdi, so‘ngra esa Ikkinchi kontinental kongress a’zosi tomonidan hukumat to‘lanmagan maoshlar muammosini qanday hal etishga urinayotgani bayon etilgan maktubni cho‘ntagidan chiqardi. Vashington maktubni o‘qish o‘rniga bir so‘z demasdan uni g‘ijimlab tashladi. So‘ngra u cho‘ntagidan ko‘zoynakni oldi.

“Janoblar, - dedi u, - ko‘zoynak taqishimga ijozat eting, negaki vatanimga xizmat qilib nafaqat sochlarim oqargan, balki deyarli ko‘zim xiralashib qolgan”.

Vashington o‘shanda ellik bir yoshda edi. U Amerika qo‘shiniga qirq uch yoshidan qo‘mondonlik qilishni boshlagan. O‘zining qo‘l ostida sakkiz yarim yil xizmat qilgan odamlar oldida zaifligini namoyon etish tarang vaziyatni yumshatdi. Zobitlar nafaqat o‘zlari, balki Vashington ham o‘z vatani uchun ko‘p narsalarni qurbon qilganini eslashdi.

General xonadan chiqib ketganida, zobitlar demokratiyaga o‘z sodiqliklarini ta’kidlashdi. Vashington o‘z zaifligini ko‘rsatishdan uyalmadi, hukmronligini ro‘kach qilmadi va bu uning boshqaruvi ostidagi kishilarni yumshatdi. Mazkur voqeaning guvohi shunday yozadi: “Uning so‘zlari shu qadar tabiiy, shu qadar oddiy ediki, har qanday yorqin, puxta tayyorlangan nutqdan ko‘ra ko‘proq taassurot qoldirdi; bu so‘zlar yurakka yetib bordi” (8).

Mana, itoatkorlik nima qilishi - yurakka yo‘l ochishi - mumkin Biz ojizligimizni namoyon etgan holda, fe’l-atvorimizning qudratini ko‘rsatamiz. Hattoki ba’zan senga yordam zarur ekanligini istayotgan bo‘lsangda, buni qay tariqa e’tirof etishni bilish muhim.

Buni muvaffaqiyatga erishmog‘ingni boshqa odamlar kuzatib turadigan ishxonada yoki oilada bajarish alohida qiyin kechadi.  Joy Jordan-Leyk “Haqiqiy oilalar” kitobida ota-onalar ish faoliyatlari yuzasidan yuqori pog‘onaga ko‘tarilish bilan band bo‘lganlarida, bolalar tarbiyasida yuzaga keladigan murakkabliklar haqida yozadi. “Mening oilamda mavjud bo‘lgan fikrga ko‘ra, oilamiz a’zolarining har biri qabrtoshida shunday so‘zlar bitilgan bo‘lishi kerak: “Men hammasini o‘zim uddalay olaman”. Ammo bulardan qat’iy nazar, yozuvchi xizmatda va oilaviy munosabatlarda muvaffaqiyatga erishish uchun boshqalarning yordamiga murojaat qilish zarur ekanligini anglab yetgan (9).

Men sizga Emi haqida aytib beraman.  U qaynonasi Bekkida yaxshi taassurot qoldirishni juda istardi. Qaynonasi Emi va uning turmush o‘rtog‘i Markning uyiga o‘g‘il farzand ko‘rganlaridan uch hafta keyin keldi. Emi qoyilmaqom tushlik va chiroyli tort tayyorladi. U qaynonasining ko‘ziga mehmondo‘st beka bo‘lib ko‘rinish uchun - garchi sutkaning har qanday vaqtida go‘dakni oziqlantirishga to‘g‘ri kelishiga qaramay - hamma ishni qildi. Bekki keliniga o‘z yordamini taklif etdi, biroq u hammasini o‘zi mustaqil hal etishga qodir ekanligiga ishongan holda barcha takliflarni rad etdi.

Emmi uchinchi kuni Bekki uyda o‘zining yordami tegmayotganidan xafa bo‘layotganini payqadi. Bundan tashqari, Emi o‘zining kuchlari tugab borayotganini ham tushundi.

U kechqurun qaynonasiga shunday dedi: “Bilasizmi, menga sizning yordamingiz kerak. Agar siz kechki ovqatni tayyorlashda menga yordam bersangiz, bundan juda xursand bo‘lardim. Barcha mahsulotlar stol ustida turibdi”. Qaynona quvonch bilan rozi bo‘ldi. Ayollar oshxonada bir-birlari bilan ajoyib munosabatda bo‘ldilar, Bekki kechki ovqat tayyorlayotganida Emi uch kundan so‘ng biror ish qilmasdan ilk bora xotirjamgina o‘tirishi mumkin bo‘ldi. Kechki ovqatlanish qoyilmaqom tarzda o‘tdi, qaynona va kelin esa haqiqiy dugonalarga aylanishdi.

 

Boshqalarning yordamini qabul qilish layoqati - bu asl sevgiga to‘lgan munosabatlarni mustahkamlashning eng qiyin usuli.

 

Inson tabiiy ravishda o‘z xatolarini yashirishga va o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsatishga intiladi. Itoatkorlik bizdan atrofdagilar qarshisida haqiqiy tarzda ko‘rinishimizni talab etadi, bu esa munosabatlarda chinakam inqilob yaratishga imkon yaratadi. Chinakamiga sevuvchi odam fe’l-atvorining boshqa xususiyatlari kabi itoatkorlik ham hamma yoqni qamrab oladi. U madaniyatimizning umumiy qoidalariga zid keladi. Itoatkorlik hayotiy muvaffaqiyatlar uchun eng asosiysi shaxsiy munosabatlar ekanligini isbotlaydi.

 

Boshqa odamlarning ehtiyojlarini tushunish layoqati

 

Notanish odamlarga nisbatan tavoze bildirish yaqin odamlar bilan munosabatlarda itoatkorlikni namoyon etishdan ko‘ra ancha oson. Men bunga uzoq yillar mobaynida oilaviy juftliklarga maslahatlar berish jarayonida ishonch hosil qildim. Er xotiniga jahl qiladi, xotini esa eriga g‘azabini sochadi, negaki har biri shunday o‘ylaydi: “Men o‘zimga munosib narsalarga ega bo‘lolmayapman. Turmush o‘rtog‘im yordam berish o‘rniga menga azob keltiryapti. Nega endi men uning uchun nimadir qilishim kerak?

Oiladagi bunday munosabatlarda nafrat to‘planib boradi, er va xotin esa oshiq-ma’shuqlarga emas, balki dushmanlarga aylanishadi. O‘z shaxsiyatini ko‘rsatib qo‘yish bir-biriga nisbatan g‘amxo‘rlikdan ko‘ra muhim bo‘lib qoladi.  Haqiqiy itoatkorlik - bu o‘z tashvishlari haqida unutib, o‘zini boshqa odam o‘rniga qo‘yish layoqatidir.

Deb va Kevin - yosh kelin-kuyovlar. Ular bundan bir necha yil avval turmush qurishgan, xolos. Har biri o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqoriga ko‘tarilish uchun harakat qilmoqda. Deb yaqinda chang‘i uchiladigan oromgohda dam olishga va o‘sha yerda ota-onasi bilan uchrashuv o‘tkazishga qaror qildi. U bu haqda Kevinga aytdi, negaki o‘zining fikri unga yoqadi degan fikrda edi. Biroq Kevin ishga ko‘milib ketgani bois, dam olish kunlarini uyda o‘tkazishni rejalashtirgandi. U barchasidan ham ko‘ra yuz dollar sarflab, qaynota-qaynonasi bilan ommaviy oromgohda kakao ichishni xohlamasdi.

Deb to‘rt kishi uchun oromgohda ajoyib bir xonani topganini to‘lib-toshib gapirayotganida, Kevin o‘zini bosolmay qoldi: “Nega sen doimo qayoqqadir borishing kerak? Nahotki uyda o‘zingni yomon his qilsang? Men ishda charchab qolayotganim haqida umuman o‘ylamayapsan. Sen xuddi boshlig‘im kabi hech nimani payqamaysan!”

Deb bo‘sh kelmadi: “Men qayoqlargadir tez-tez borib kelmayapman! Ba’zan qayergadir borish ham kerak-ku! Nega dam olishim va ota-onam bilan uchrashishimga ruxsat bermaysiz?” Deb uydan otilib chiqib mashinaga o‘tirdi va shu uydan nariroq bo‘lish uchun boshi oqqan tarafga jo‘nab ketdi.

Deb va Kevin alohida bo‘lishgach, har biri boshqasining holati haqida o‘ylay boshladi.

 

“Erim juda ko‘p ishlaydi... Men unga chindan ham o‘z rejalarim haqida avvaldan aytib qo‘ymagandim. Men ikkalamiz xoli qolishimiz uchun hali vaqtimiz bo‘ladi deb o‘ylagandim...”.

“Rafiqam bu dam olish kunlarini rejalashtirishga qattiq hafsala qilgandi... U meni quvontirmoqchi bo‘lgan... U ham ko‘p ishlayapti, dam olishi kerak-ku axir...”.

 

Deb uyga qaytganida tog‘ chang‘isi oromgohiga borishni bahorgacha to‘xtatib turishga qaror qilgandi. U hozir eri ikkalasi ko‘proq vaqtni birgalikda o‘tkazishlari kerakligini tushundi. Kevin esa o‘ziga tepalik yonidan qulay va tinch bo‘lgan va Deb ota-onasi bilan muloqot qilib turishi uchun mo‘‘jazgina uy topdi. Ular o‘z takliflarini taqqoslab, asosiy muammo qaysi rejani tanlashda ekanligini tushunishdi.

Deb va Kevin o‘zlarini bir-birlarining o‘rniga qo‘yishga va ehtiyojlarini tushunishga erishdilar. Deb chang‘ida uchib, ota-onasi bilan muloqotda bo‘lishni istardi, Kevin esa xotini bilan uyda dam olishni afzal ko‘rardi. Ular bir-birlarining ehtiyojlarini tushunib, itoatkorlikni namoyon etishdi.

 

O‘ZLASHTIRISH LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR

Sizni nohaq tanqid qilishayotgandek bo‘lib tuyulsa, zarbaga zarba bilan javob bermang. Tanqiddan haqiqat urug‘larini topishga harakat qiling va bo‘lgan voqeadan xulosa chiqaring.

 

O‘z quvvatingizdan to‘g‘ri foydalaning

 

2007 yilda har yilgi kinofestival oldidan tanqidchi Rodjer Ebert ushbu muhim tadbirda o‘zining ishtirok etishi kerakligi xususida ikkilanib qolgandi. “Ko‘pchilik menga bu festivalga bormasligimni maslahat berishdi, - yozadi u. - Hozir men kimga o‘xshayman? “Quturgan buqa” filmi qahramonining so‘zlari bilan aytganda, men endi yoqimtoy yigitcha emasman” (10).

Ebert festivalda bo‘yin va og‘zini berkitib turadigan bog‘ich taqib yurishiga to‘g‘ri keldi. U odamlarga og‘ir operatsiyadan so‘ng ilk bora ko‘rinish berdi, uning pastki jag‘idagi saraton shishini olib tashlashgandi. Shifokorlar Ebert yengilroq nafas olishi uchun jag‘ning katta qismini olib tashlab, tomoqqa naycha tiqib qo‘yishlariga to‘g‘ri keldi. Natijada u bir muddat gapirolmay qoldi.

“Men bu holatdagi fotosuratlarim mish-mish uchun manba bo‘lib qolishidan qo‘rqardim. Xo‘sh, nima bo‘pti? Men og‘ir kasal edim, endi esa tuzalyapman, barchasi xuddi shunday bo‘lishi kerak, - yozadi Ebert. - Biz ko‘pincha o‘z kasalliklarimizni  yashiramiz”. U zaldagi to‘planganlar oldida imo-ishoralar va avvaldan yozib qo‘yilgan kartochkalar yordamida chiqish qildi. Festival, do‘stlar va hamkasblar bilan muloqot uning uchun ulkan quvonchga aylandi.

Ko‘pchiligimiz o‘z ojizligimizni ko‘rsatishni yoqtirmaymiz. Biz yaxshiroq holatda ko‘rinishni istaymiz. Biroq bu jurnalist, nufuzli Pulitser mukofotining sovrindori mag‘rurlik uni  munosib quvonchdan mahrum etishiga izn bermadi. Ebertning shikastanafsligi saraton xastaligidan davolangan minglab odamlarni ruhlantirib yubordi. O‘sha odamlar va ularning oila a’zolari “o‘z kasalliklarini yashirish”dan charchab qolishgandi. Ebert hamisha ham atrofdagilar nazariga “yorqin ranglarda” ko‘rinishning uddasidan chiqib bo‘lmasligini bizga eslatib qo‘ydi. Ba’zan o‘z zaifliklarimizni namoyon etish bu dunyoga qilgan bizning sovg‘amiz bo‘ladi.

Sevuvchi odam o‘z quvvatini mag‘rurlikka sarflamaydi. U hayotda eng muhimi nima ekanligini juda yaxshi tushunadi va boshqalarni sevish istagi bilan yashaydi.

 

Zaifliklarimiz bizning kuch-qudratimizga aylanishi mumkin - ularga faqat itoatkorlik nuqtai nazaridan qarash kerak, xolos.

 

Haqiqiy itoatkorlik soxta itoatkorlikka qarshi

 

“Itoatkorlik va unga qay tariqa erishish” kitobini yozmoqchi bo‘lgan odam itoatkorlik haqida emas, balki mag‘rurlikni qanday qilib yashirish haqida yozadi. Itoatkorlik hatti-harakatlar bilan emas, balki ichki munosabatlar bilan belgilanadi. U sevib qolish istagimiz bilan yo‘naltiriladi.

 

Menga qarang!

Bolalar bog‘chasidagi kichkintoylarni kuzatsangiz, qaysidir biri o‘zidagi bo‘rni yoki sevimli o‘yinchog‘ini, garchi o‘zidan bu haqda so‘rashmagan bo‘lsa ham, boshqasiga berishga tayyor ekanligi ko‘rishingiz tayin. Bu go‘dak beixtiyor shunday tushuncha beradi: “Men nima qilganimni ko‘rdingizmi? Buning evaziga men nima olaman? Bolalar yaxshi hatti-harakatlari uchun taqdirlanishlarini bilishadi.

Biz itoatkorlikka o‘rganib, boshqa odam o‘zi istagan mukofotni olishi uchun emas, balki sevgimizga munosib bo‘lgani uchun yaxshilik qilishni boshlaymiz. “Itoatkorona” harakatlar uchun mukofotlanishni kutganimizda, boshqa odamlarni chinakamiga sevib qololmaymiz. Ehtimol, siz ushbu matalni eshitgandirsiz. Yigirma yoshimizda atrofdagilar biz haqimizda qanday fikrda ekanliklari bizni tashvishga soladi. O‘ttiz yoshimizda boshqalar qanday fikrda ekanliklariga qo‘l siltaymiz. Qirq yoshimizda biz haqimizda hech kim o‘ylamayotganini tushunamiz. Yanada katta bo‘lganimiz sayin, o‘zimizni ko‘z-ko‘z qilishdan voz kechamiz, hech kim bizni olqishlamayotgani endi boshqa bezovta qilmaydi.

Asl sevgi xudbin shuhratparastlik bilan bog‘liq emasligi sizga endi ayondir deb o‘ylayman. Bu sevgi haqqi-hurmatiga bo‘lgan sevgidir. Kamtarona harakatlar qilayotganda, o‘zingizdan so‘rang: “Evaziga biror narsa olishni ko‘zlamayapmanmi aslida?” Ha, itoatkorligimiz taqdirlanishi mumkin, biroq mukofot olish istagi hatti-harakatlarimizning asosiy omili bo‘lishi lozim. Atrofdagilarning diqqatini tortish uchun itoatkorona yondashuvdek ko‘rinishi mumkin bo‘lgan harakatlarni qilganimizda, biz kamtarlikni emas, hatto boshqacha ko‘rinishda bo‘lsa ham mag‘rurlikni namoyon etamiz.

 

Yangi maqsad

Mabodo biror kishi quyidagi gaplarni aytsa, u dastlab kamtarlikdek tuyulishi mumkin: “O, men haqimda o‘ylamang! Mening fikrim muhim emas, bu haqda unuting!” Biroq aslida uni bunday holatda mag‘rurlik boshqarayotgan bo‘ladi. Asl itoatkor inson o‘zi haqida gapirmaydi, balki boshqalar taqdiri bilan qiziqadi, ularning o‘tmishini, fikrlarini, muvaffaqiyatlarini bilishni istaydi. Shunday odam yonida bo‘lishni xohlaydi kishi. U o‘z kamtarligi haqida o‘ylamaydi va bu haqda gapirmaydi ham. U shunchaki o‘zi haqida o‘ylamaydi.

 

Harakatga yo‘naltirishning eng afzali

Haqiqiy itoatkorlik bizga atrofdagilar foydasi uchun qanday harakatlar qilishimiz kerakligini tushunishga yordam beradi. Agar biror kishini ovqatlantirmoqchi bo‘lsang, taomni u bilan baham ko‘r. Agar odamlar dam olishi zarur bo‘lsa, o‘z uyqungdan voz kech. Sening vazifang - o‘z qurbonliging uchun mukofot olmaslik. Sen boshqalarning farovonlikka erishishiga yordam bermog‘ing lozim.

Katolik ruhoniysi va taniqli yozuvchi Genri Nuven Garvard universitetidagi nufuzli lavozimni tashlab, Toronta yaqinidagi nogironlar uyida xizmat qilish uchun borganida, buni o‘z itoatkorligini namoyon etish uchun qilmagan. Yo‘q, uning harakati asl itoatkorlik bilan yo‘g‘rilgandi. Nuven shunday deydi: “Yigirma besh yil ruhoniylik qilib, o‘zimning kundalik mashg‘ulotlarim bilan band bo‘lsam, boshqa odamlardan ayro holatda samimiy ibodat qilolmasligimni nihoyat tushunib yetdim... Bir kuni uyg‘onib, o‘ta qayg‘uli joyda yashayotganimni tushundim. “Yonib kul bo‘lmoq” so‘zlari ruhiy o‘limning holatini juda aniq belgilaydi” (11).

O‘z salomatligini yo‘qotgan odamlar bilan ishlash Nuven uchun haqiqiy da’vat bo‘ldi. U nogironlar uyiga joylashib, keksa majruh Adam Arnettga yordam berishni boshladi. Nuven uni kiyintirar, cho‘miltirar, ertalab soqol-mo‘ylovini qirtishlab qo‘yardi. Nuven o‘zining “Adam, Xudoning sevimli o‘g‘li” kitobida shu nogiron qanday qilib uning do‘sti, ustozi va murabbiyiga aylangani haqida hikoya qiladi. Ruhoniy o‘z itoatkorligi orqali o‘zi yordam berayotgan kishidan ko‘p narsalarni o‘rganishi mumkin edi. Aynan itoatkorlik asl ezgulik yaratishga va boshqa odamlarning yaxshiligini qabul qilishga yordam beradi.

Itoatkorlik odamning bu dunyodagi mavqei bilan umuman bog‘liq jihatga ega emas. Inson kamtarona mavqeni egallashi mumkin, ammo qalban mag‘rur yoki buning aksi bo‘lishi mumkin.  Xuddi shundayin, insonga tabiiy itoatkorlik xos bo‘lganida, uning nufuzli universitetda ta’lim berishi yoki nogironga yordam berishi o‘rtasida farq yo‘q. Uning uchun ikkalasi ham - haqiqiy sevgi namoyon bo‘lishidir.

 

Itoatkorlik - hayot timsoli

 

Quyidagi uchta dalillarni anglash haqiqiy itoatkorlik yo‘lidagi muhim qadamlar hisoblanadi:

 

1. Men nimagaki erishmay yoki butunlay mustaqil holda o‘zim qo‘lga kiritmay, baribir hech nimam yo‘q.

2. Mening bilimlarim cheklangan.

3. Men ko‘p taraflama tashqi holatlarga va boshqa odamlarga bog‘liqman.

 

Bu uchta dalilni anglab va ular asosida hayotimizni boshqargan holda, biz muqarrar tarzda itoatkorlik sari boramiz.

1. Men nimagaki erishmay yoki butunlay mustaqil holda o‘zim qo‘lga kiritmay, baribir hech nimam yo‘q. Agar siz o‘z mag‘rurligingizni tan olib, itoatkorlik sari birinchi qadamni qo‘ygan bo‘lsangiz, demak, ikkinchisiga tayyor turibsiz. Siz tabiatdan yoki boshqa odamlardan nimaiki olgan bo‘lmang, hech nimangiz yo‘qligini anglagan holda itoatkorlik yo‘lidan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Hayotingizni ham o‘zingiz tanlamagansiz, axir. Tug‘ilganingizdan so‘ng ehtiyojlaringizni boshqa odamlar qondirishgan. Aqliy va jismoniy qobiliyatlar sizga tuhfa qilib berilgan. Tomirlaringizda oqayotgan qon aslo o‘z mehnatlaringiz samarasi emas. Shaxsiy va kasbiy hayotda nimagaki erishgan bo‘lmang, atrofingizdagi odamlarning yordami bilan erishilgan.

“Ildizlar” kitobining muallifi Aleks Xeli o‘z xonasida o‘ziga xos bir fotosuratni asraydi. Unda to‘siq ustiga chiqib olgan toshbaqa tasvirlangan. Xeli bu suratni qachonlardir o‘zi chiqargan saboqni eslatib turgani bois qadrlaydi. “Mabodo siz toshbaqani to‘siq ustida ko‘rsangiz, unga kimdir yordam berganini tushunasiz. Men har safar:  “Juda qoyilmaqom yigitman-da! Qanday zo‘r ishlarni uddalab tashladim!” deb xayolga borganimda, shu suratga qarayman va shu toshbaqani to‘siq ustiga chiqishiga kimdir ko‘mak bergani kabi menga ham yordam ko‘rsatganlarini o‘ylayman” (12).  Xullas, agar siz to‘siq ustiga chiqib, ajoyib manzaradan bahra olayotgan bo‘lsangiz, sizga yordam berganlari haqida ham eslab qo‘ying.

2. Mening bilimlarim cheklangan. Hattoki eng donishmandlarimiz ham cheklangan darajada bilimlarga ega. Insoniyat tarixidagi eng buyuk donishmandlardan biri hisoblanadigan janob Isaak Nyuton shunday degandi: “Dunyoning nazarida qanday ko‘rinishimni bilmayman, ammo o‘z nazarimda dengiz qirg‘og‘ida o‘ynaydigan va vaqti-vaqti bilan odatdagidan ko‘ra yorqin toshni yoki chiroyli chig‘anoqni topishdan zavq oladigan bolakaydek bo‘lib tuyulaman, ayni damda o‘sha bolakay qarshisida haqiqatning tadqiq etilmagan buyuk ummoni namoyon bo‘ladi” (13).

Nyuton barcha odamlar nomidan gapirgan. Aerodinamika sohasida ilmiy daraja olgan kishi insoniy munosabatlar haqida tasavvurga ham ega bo‘lmasligi mumkin. Ruhshunos mutaxassis esa fizikadan mutlaqo bexabar bo‘lishi mumkin. Biz borliqning bir tarafi haqida chuqur bilimga ega bo‘lgan holda, boshqa barcha jihatlarida butunlay bilimsiz qolib ketishimiz mumkin. Haqiqat ummoni ulkan! O‘zimizning bilimsizligimizni anglaganda, g‘urur hissiga to‘lishimiz joizmikan?

3.  Men ko‘p taraflama tashqi vaziyatlarga va boshqa odamlarga bog‘liqman. Bizdagi barcha narsalar hadya qilib berilgan. Hatto nafas olishimiz ham tuhfadir. Men shunga ishonamanki, bizni Xudo yaratgan va Uning g‘amxo‘rligi ostida hayot kechiramiz. Men uchun Xudo - qudrat, donolik, bilim va hayot manbatdir. Men Unda maqsad va hayot mazmuniga ega bo‘laman.

Siz hatto Xudoga ishonmasangiz ham, harholda hech qaysimiz mustaqil tarzda hayotga ega bo‘lolmasligimiz fikriga qo‘shilsangiz kerak. Hayotdagi muvaffaqiyatlarni faqat o‘z mehnati samarasi deya hisoblab bo‘lmaydi. Biz hatto bu dunyoga ham boshqa odamlarning yordami tufayli kelganmiz. Bu qanday bo‘lmasin, biz hamisha tashqi vaziyatlarga va atrofdagilarga bog‘liqmiz.

O‘z hayotini fransuz Ekvatorial Afrikasidagi moxovlar hayotiga yordam berishga bag‘ishlagan shifokor Albert Shveyser - garchi 1952 yilda unga tinchlik uchun Nobel mukofoti berilgan bo‘lsada, - Qora qit’aga shonu-shuhrat izlab bormagandi.

Bir kuni undan so‘rashdi: “Agar hayotingizni yana boshidan boshlashingizga to‘g‘ri kelsa, nima qilgan bo‘lardingiz?” Shveyser javob berdi: “Mabodo takror yashashimga to‘g‘ri kelsa, yana xuddi o‘sha yo‘llarni bosib o‘tgan bo‘lardim, negaki taqdirim shunday. Mening hayotim oson kechmagan. Juda ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tdim. Ammo baribir men o‘z yoshligidagi orzuni amalga oshirishga erishgan kam sonli baxtiyor odamlar sirasiga kiraman. Buning uchun esa taqdirimdan cheksiz minnatdorman” (14).

Shveyser butun umri mobaynida o‘z bemorlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. U davolashni boshlashdan avval shunday tushuntirardi: “Hozir siz uxlab qolasiz, uyg‘onganingizda esa og‘riq bo‘lmaydi. Qo‘rqmang”. Bu gapdan keyin bemorlar tinchlanib qolishardi. Bemor shifo topgani uchun minnatdorchilik bildirganida, Shveyser bu o‘zining xizmati emasligini aytardi.

Afrikaga uni sevgi boshlab kelgandi. Aynan sevgi uni dori-darmonlar tayyorlab, bog‘ichlar o‘rab qo‘yishiga undardi. Faqat sevgi Shveyser va uning rafiqasini Afrikaga bog‘lab turardi (15). Itoatkorlik ular hayotining ifodasiga aylangandi.

Mag‘rurlik - bu barcha taraflama faqat o‘z kuchiga tayanib oldinga intilish demakdir. Itoatkorlik - bu tashqi vaziyatlarga va boshqa odamlarning yordamiga bog‘liq ekanimizni tan olish layoqatidir.

 

Itoatkorlik yo‘lidagi to‘siq: og‘riq

Qirq yoshdan oshib qolgan Anita opa-singillari bilan uchrashganida muomala qilishning bolalikda o‘zlashtirgan andazalarini o‘zi anglamagan holda qo‘llaydi. Oilada o‘rtanchi farzand bo‘lgan Anitaning  nazarida doimo ota-onasi uning opasiga “etakchi” bo‘lgani uchun e’tibor qaratishadi, singlisini esa “qiziqchi” bo‘lgani bois yaxshi ko‘rishadi. Oilada Anitani ko‘pincha nazarga ilishmaydi yoki harholda unga shunday bo‘lib tuyuladi. U beixtiyor o‘ziga yetishmagan e’tiborni xizmatlarini ko‘z-ko‘z qilish orqali qoplab olmoqchi bo‘lardi.

Opa-singillar oilaviy bayramlarda uchrashganlarida, Anita uni ishxonada qanday qadrlashlari, havaskorlik teatrida uning o‘yini tomoshabinlarga qanchalik yoqqani, bolalarining maktabda yaxshi o‘qishayotgani haqida hikoya qilib, e’tiborni o‘ziga qaratishga urinardi. Boshqacha aytganda, atrofdagilarning befarqligi tufayli yetkazilgan og‘riq endi boshqalar unga e’tibor qaratishlari uchun bor kuchi bilan harakat qilishga undadi. Anita opa-singillari o‘rtasidagi munosabatlarda yaqinlikning yo‘qligini oilada o‘zining ortiqcha ekanligi fikriga yana bir isbot deya hisobladi. U o‘z muammolarining manbai o‘zi ekanligini tushunmadi. Anita o‘z qadr-qimmatini uqtirish bilan shunchalik band ediki, opa-singillari bilan munosabatni mustahkamlash o‘rniga, ularni o‘zidan nari qildi. Agar u faqat o‘zi haqida gapirmasdan, boshqalarga ham qiziqish bildirganda, opa-singillari bilan yaqin bo‘lishi mumkin edi.

O‘tmish azobi bizga asl itoatkorlikni egallashimizga xalaqit berishi mumkin. Bu xuddi Anita bilan yuz berganidek, faqat bolalik ranj-alamlari bilan bog‘liq emas. Xizmatda yuqori vazifalarga tayinlanmaslik, do‘stlar bilan munosabatlarning sovushi, ajralish - bularning hammasi azob manbaidir. Vaziyat qanday bo‘lmasin, bunday og‘riqlarni boshqa hech qachon his qilmaslikka intilish bizni himoyaga o‘tishga undaydi. Buning uchun esa biz atrofdagilarga yaxshi taassurot qoldirishga urinamiz. Qisqacha aytganda, og‘riq bizni g‘urur bilan to‘ldiradi va itoatkorlik haqida unutishga majburlaydi.

Biz faqatgina sevuvchi odam fe’l-atvorining oltita xususiyatini egallash orqali azobdan qutulishga uringanimizda, o‘zimiz haqidagi fikrlardan qutulamiz va sevgan insonlarimizga ko‘proq e’tibor qaratamiz.

 

Haqiqiy do‘stlik

Biz bugungi kunda Meriuezer Lyuis va Uilyam Klarkni bir-birlariga barobar deya hisoblaymiz (Bu odamlar XIX asrda Qo‘shma Shtatlar g‘arbining xaritasini tuzish uchun juda ko‘p ishlar qilishgan.) Ular ekspeditsiyasining a’zolari ham xuddi shunday fikrda bo‘lishgan. Biroq kapitan Lyuisning qurbonligi bo‘lmaganida, ekspeditsiya Lyuis va Klarkning emas, balki faqat Lyuisning ekspeditsiyasi tariqasida tarixda qolib ketgan bo‘lardi.

1803 yilda prezident Tomas Jefferson o‘z yordamchisi Lyuisga mamlakatning kam o‘rganilgan g‘arbiy hududlarini tadqiq etish ekspeditsiyasini boshqarishini taklif qildi. Lyuis darhol do‘sti Klarkka xat yozib, prezidentning topshirig‘i haqida so‘zlab berdi. Tarixchilardan biri shunday yozadi: “Lyuis do‘stiga g‘aroyib taklif bildirdi. Taklif shundan iborat ediki, mabodo Klark rozi bo‘lsa, u kapitan unvonini olib, ekspeditsiyaning teng huquqli rahbariga aylangan bo‘lardi. Lyuis bilan gaplashgan prezident unga yana bir zobitni taklif etishiga ruxsat berdi, biroq Jeffersonning fikricha, ikkinchi zobit bo‘ysunadigan vazifani egallashi lozim edi.  Lyuis do‘sti Klarkka kapitan unvonini berish huquqiga ega emasdi” (16).

Klark do‘sti Lyuis qilishga haqqi bo‘lmagan taklifni qabul qildi. Oradan bir necha hafta o‘tgach, Lyuis harbiy vazirlik Klarkka leytenantlik unvoni bergani haqida xabar topdi. Lyuis uchun do‘stidan kechirim so‘rash va ekspeditsiyada qo‘l ostidagi vazifani qabul qilishini so‘rash osonroq edi. Klark kapitan bo‘lishni qattiq istashiga qaramay, hoynahoy, do‘stiga o‘rinbosar bo‘lishga rozilik bergan bo‘lardi. Biroq Lyuisning boshqa rejasi bor edi.

U Klarkka shunday maktub yo‘lladi: “O‘ylashimcha, ekspeditsiya a’zolaridan hech kim bizning mavqeimiz o‘rtasidagi farqni bilmasa yaxshiroq bo‘lardi”. Klark minnatdorchilik bilan bu taklifni qabul qildi. Garchi u rasman leytenant bo‘lsada, ekspeditsiyaning barcha a’zolari unga xuddi Lyuis kabi kapitandek murojaat qilishardi. Lyuis noma’lum yerga uyushtirilgan xavfli sayohatda o‘zining boshliq ekanligini tasdiqlashi mumkin edi, lekin u bunday qilmadi.

Meriuezer Lyuis ekspeditsiyani yolg‘iz o‘zi boshqarish va tarix zarvaraqlarida faqat o‘zining ismini yozdirish shon-shuhratidan voz kechdi. Kapitan Lyuis va kapitan Klarkning ismlari bir-biri bilan abadiy bog‘langan. Ular Amerika tarixidagi eng muhim ekspeditsiyani birgalikda boshqarishdi va o‘zlarida asl do‘stlikni namoyon etishdi.

Haqiqiy itoatkorlik quvonchi ana shundan iborat: boshqa odamlarga bo‘lgan sevgi shunchalik kuchliki, ularning hurmatini qozonish istagi xudbinona shuhratparastlikdan ustun bo‘lib chiqadi.

 

Sizning munosabatlaringiz qanday bo‘lardi, agar siz...

O‘z “huquqingiz”ni unutib, boshqa odamlarga yaxshilik qilishga tayyor bo‘lsangiz?

O‘z ustunliklaringizni mustahkamlashga urinmay, atrofdagilarga yordam berishga harakat qilarmidingiz?

Boshqa odamlarning muvaffaqiyatga erishishlari uchun o‘z boyliklaringiz, qobiliyatlaringiz va nufuzingizdan foydalangan bo‘larmidingiz?

Iqtidor, vaqt va o‘z holatingizga bir in’om sifatida nazar solganmisiz?

Atrofdagilar o‘zini sizdan baland tutganida, g‘azabga berilmaganmisiz?

 

Siz haqingizda gaplashamiz

 

Muhokama va mulohaza uchun savollar

1. O‘tgan oyni bir eslab ko‘ring. Atrofdagilarning qaysi harakatlariga haqiqiy itoatkorlikning ko‘rinishi sifatida qarash mumkin?

2. Boshqa odamlarning xato va yo‘qotishlaridan biror xulosa chiqardingizmi?

3. Itoatkorlik - bu o‘z qadr-qimmatini va boshqa odamlarning ahamiyati anglay olish layoqatidir. O‘zingizning noyob ekanligingizni tan olish qiyinmi yoki boshqa kishining? Nima uchun?

4. Sizni nima ahamiyatli insonga aylantiradi?

5. Siz uchun nimani qurbonlik qilish ko‘proq qiyin bo‘ladi?

Foydali maslahatlar

1. O‘ylab ko‘ring: o‘zingizdan ko‘ra kimni yuqoriroqqa qo‘yish siz uchun qiyin? O‘sha odam yuqoriroq ko‘tarilishi uchun siz shu hafta nimalar qilishingiz mumkin edi?

2. Mana shu hafta eng oddiy joylarda - do‘konda, oshxonada, ishxonadagi dam olish joyida - so‘rashga harakat qiling: “Sizga yordamim tegadimi, agar men...?” Agar tasdiq javobini berishsa, nima haqda so‘rashgan bo‘lsa, bajaring.

3. Siz bilan tez-tez uchrashib turadigan odamni eslab ko‘ring. O‘zingizni uning o‘rniga qo‘yib, itoatkorlik ko‘rsating. Bu odamga nisbatan sevgini qay tariqa ko‘rsatish mumkin. Sevgining qanday namoyon bo‘lishi sizdan qurbonlik talab etadi?


 

Аудио Книга на Узбекском языке: Любовь как образ жизни (Гэри Чепмен) 2020г

Описание книги: Гэри Чепмен – признанный во всем мире гуру в вопросах любви и отношений. Его книги переведены на 37 языков и совершили настоящий переворот в жизни миллионов людей во всем мире. «Любовь как образ жизни» – книга, которую ждали. Это логическое завершение бестселлера «Пять языков любви». Чепмен предлагает мудрое, ненавязчивое руководство по построению гармоничных отношений со всеми, с кем сталкивает нас жизнь. Тесты и задания помогут вам развить семь личных качеств, которые кардинально изменят вашу жизнь. С помощью этой книги вы не только сами станете счастливее, но и сделаете счастливыми других.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак