Sevgi hayot tarzi sifatida (Geri Chepmen G.) 4 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Geri Chepmen. Sevgi hayot tarzi sifatida

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

Mundarija

So‘z boshi

1 bob. Birinchi qism. Biz nega sevishni xohlaymiz? Sevgidagi hayot chuqur qoniqish tuyg‘usini beradi

2 bob. Ikkinchi qism. Sevgining yettita siri. Ezgulik. Hayot quvonchini o‘zing uchun emas, balki boshqalar uchun kashf etgin

3 bob. Sabr-toqat. Boshqa odamlarning nomukammal ekanligiga ko‘nikkin

4 bob. Kechirim. G‘azabdan voz kech

5 bob. Xushmuomalalik. Atrofdagilarga xuddi do‘stlardek munosabatda bo‘lgin

6 bob. Itoatkorlik. Boshqa kishi qad rostlashi uchun sen engash

7 bob. Saxiylik. O‘zingni atrofdagilarga bag‘ishla

8 bob. Halollik. O‘zingni angla

9 bob. Uchinchi qism. Nikohda sevgini hayot timsoliga aylantir

10 bob. Bolalar bilan munosabatda sevgini hayot tarziga aylantir

11 bob. Ish faoliyatingda sevgini hayot tarziga aylantir

12 bob. Sevgi undovi

13 bob. Xotima

Asarning qisqacha mazmuni

Geri Chepmen - sevgi va munosabatlar masalasida butun dunyoga mashhur guru. Uning kitoblari 37 tilga tarjima qilingan bo‘lib, olamdagi millionlab kishilar hayotida haqiqiy burilish yasagan. “Sevgi hayot tarzi sifatida” - mushtariylar kutgan kitob. Bu asar “Sevgining beshta tili” bestsellerining mantiqiy yakunidir. Chepmen hayot bizni uchrashtiradigan barcha bilan uyg‘un munosabatlarni aqlli, erkin ruhdagi boshqaruv asosida qurishni taklif etadi.   Test va topshiriqlar hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan yettita xos xususiyatlaringizni rivojlantirishga yordam beradi. Mazkur kitob yordami bilan o‘zingiz baxtli bo‘libgina qolmay, balki boshqalarni ham baxtiyor etasiz.

Geri Chepmen G. Sevgi hayot tarzi sifatida

To‘rtinchi bob. Kechirim. G‘azabdan voz kech

 

 

Kechirim - bu bir martalik harakat emas, balki odamlarga nisbatan doimiy munosabatdir.

 Martin Lyuter King-kichik

 

2006 yilning 2 oktyabrida Charlz Karl Roberts Pensilvaniya shtati, Nikel-Maynsdagi maktabga kirib beshta qizni otib o‘ldirdi, so‘ngra esa o‘ziga o‘q uzdi. Uning qilmishi butun mamlakatni karaxt ahvolga solib qo‘ydi. Ammo fojeadan bir necha soat o‘tgach, Robertsning qo‘shnilari uning xotini va uchta bolasining oldiga hamdardlik bildirib kelishlari odamlarni yanada ko‘proq karaxt vaziyatga tushirdi.  Ular qotilga nisbatan yomon munosabatda emasliklarini va uni o‘z oilalariga hamda jamiyatlariga qabul qilishga tayyor ekanliklari haqida ochiq tushuncha berishdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qo‘shnilar Robertsning dafn marosimiga kelishdi va uning xotini hamda bolalariga yordam tariqasida pul yig‘ishdi.

Bu odamlar amishilar diniy sektasiga tegishli ekanlar. Gap adolat yoki qotilga nisbatan shafqat ko‘rsatish haqida bo‘lmasin, kechirim - bu uyushmaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ular uchun sevgi - bu hayot timsolidir.

 

Kechirim - bu halollik, hamdardlik va bizga azob bergan odam bilan munosabat o‘rnatishga ongli ravishda tayyorlik demakdir.

 

Zo‘ravonlik, garchi u o‘z-o‘zidan dahshatli bo‘lsada, zamonaviy madaniyatning ajralmas qismiga aylangan. Kechirim bizning aqidalarimizga qarama-qarshi turadi. U bizni zaiflashtiradi. Agar o‘ldirilgan o‘quvchilarning yaqinlari qalbi  Roberts oilasiga nafrat va qasos o‘ti bilan to‘lganida edi, odamlar ularni juda yaxshi tushungan bo‘lishardi. Biroq Pensilvaniyalik amishilar faqat kechirim tufayligina shifo topish mumkin ekanligini bilishardi.

Balki siz bilan bizga bunday dramatik vaziyatlarda kimnidir kechirishga to‘g‘ri kelmas. Biroq vaziyat qanday bo‘lmasin, kechirim sevuvchi odam fe’l-atvorining yettita asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Agar biz sevgiga erishishni istasak, kechirishni o‘rganishimiz zarur. Biz eng katta azobni ham, oila a’zolarining mayda-chuyda harakatlarini ham, noto‘g‘ri hisob-kitob qilgan do‘kondagi sotuvchini ham kechirishimiz lozim. Bizga yetkazilgan alam qanchalik bo‘lmasin, kechirim yarashuvni izlashga bizni undaydi. Ana shunda insoniy munosabatlar hayotimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni boshlaydi.

 

Men qanchalik yaxshi darajada kechirishni bilaman

 

1. Kimdir meni xafa qilganida, men odatda...

a. Bu odam kechirim so‘ramagunicha, u bilan gaplashmayman.

b. Hech nimaga e’tibor bermay yashashda davom etaman.

s. O‘sha odamga ko‘nglimdagilarni aytaman.

 

2. Mabodo yaqin insonim meni kechirishdan voz kechsa, men...

a. Jahlim chiqadi va ketib qolaman.

b. Bu meni bezovta qilmayotgandek o‘zimni tutaman.

s. Unga o‘zim doimo kechirishga tayyor ekanligimni aytaman.

 

3. Menga yetkazilgan alamlar haqida o‘ylaganimda, men...

a. Qanday og‘riq berganini o‘sha odamga eslataman.

b. Bunday narsalar haqida o‘ylamaslik afzal ekaniga o‘zimni ishontiraman.

s. G‘azabdan qutulishga urinaman va quvvatimni boshqa fikrlarga qarataman.

 

4. Xatoga yo‘l qo‘yganimda, men odatda...

a. Bu mening aybim emasligini tushuntiraman.

b. Xatolarimni tahlil qilib, bundan xafa bo‘laman.

s. Xafa qilgan insonimning oldiga borib kechirim so‘rayman.

 

5. Meni noto‘g‘ri ish tutganlikda ayblashganda, men...

a. O‘zimni himoya qilib, boshqa birovni ayblayman.

b. Suhbat mavzusini o‘zgartiraman.

s. Xatolarimni tan olib, kechirim so‘rayman.

 

Siz “a” javobini qanchalik ko‘p tanladingiz? Bu sizga kimdir azob berganidan so‘ng g‘azabingiz qo‘zg‘aydigan vaziyatlarga ko‘proq mos tushadigan javob bo‘lsa kerak. Siz g‘azab o‘zingizga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini anglab olganingiz ma’qul. Agar siz aksariyat hollarda “b” javobini tanlagan bo‘lsangiz, munosabatlarda ixtiloflardan qochishni afzal ko‘rasiz - hatto bunday vaziyatda siz va boshqa odam o‘rtasidagi to‘siq qolsa ham. Mazkur bobning vazifasi - nega qarama-qarshilik, kechirim va xalos bo‘lish, ya’ni “s” javobi chinakamiga sevuvchi odam uchun bunchalik muhim ekanligini tushuntirishdan iborat.

 

Adolatga nisbatan ishtiyoq, sevish qobiliyati

 

Men shunday so‘zlarni aytgan bir erkakni eslayman: “Men xotinim va uning xushtoridan o‘ta g‘azabda edim. Men ularning ikkalasi ham menga va bolalarimga yetkazgan azoblari uchun tovon to‘lashlarini istardim”. Biz ezgulik va yovuzlikni qay tarzda tushunishimiz nuqtai nazaridan qaralganda, bu kabi his-tuyg‘ular mutlaqo tabiiydir. Odamlar - ahloqan tuzatib bo‘lmaydigan mavjudotlar hisoblanishadi. Biz adashganimizda, ichki ovozimiz bizga shunday deydi: “Bu noto‘g‘ri. Kimdir buning uchun to‘lov qilishi kerak”.

Haqiqiy sevgining qayta shakllanadigan qudrati insonni adolatga bo‘lgan chanqoqligidan mahrum etmaydi. Va bu nega biz adolatga qanday qilib bo‘lmasin intilishimizni oydinlashtirib beradi. Inson sevish va sevimli bo‘lish uchun yaratilgan. Bizning qarorlarimizni tabiatning mutloq muayyan qonunlari boshqaradi, adolatga ishtiyoq esa insoniy tabiatning o‘ziga xosdir.

 

Haqiqiy kechirim faqat adolat va sevgi bilan uyg‘unlikda bo‘lishi mumkin.

 

Ayni vaqtda har birimiz sevgi orqali kechirishga qodirmiz. Bu har qanday munosabatlarda yuz berishi mumkin. Ko‘pchilik bolalar o‘z ota-onalarini yaxshi ko‘rishadi, negaki ichki ovozlari ularga aytib turadi: “Ota-onalar o‘z bolalarini yaxshi ko‘rishlari kerak, bolalar esa ota-onalarini yaxshi ko‘rishlari lozim”. Ko‘pchilik odamlar qo‘shnilarini, hamkasblarini va hatto begona odamlarni ham o‘z bilganlaridek yaxshi ko‘rishadi. Adolat va sevgi o‘rtasidagi muvozanat har qanday munosabatlarda doimo sezilib turadigan zo‘riqishni hosil qiladi. Eshiting-a, sudda hukm o‘qilayotganda odamlar nima deyishadi:

“Bu hukm adolat qonunlarini buzadi”.

“Bu ayol tegishli jazosini oldi”.

“Fikrimcha, shartli muddat - to‘g‘ri qaror, negaki u birinchi marta qonunni buzgan va qilmishidan chuqur afsus chekayotganga o‘xshaydi”.

Bizning sevgiga to‘la hayot kechirishimiz qiyin, negaki bu holda yetkazilgan azobni his qilib turgan paytimizda ham bizga  o‘tkazganlarni kechirishimiz kerak. Xotini boshqa erkak bilan ketib qolgan bir kishi shunday dedi: “Oradan uch oy o‘tgach xotinim qaytib keldi va dahshatli xatoga yo‘l qo‘yganini, nikohimizni saqlash istagida ekanini aytdi. Qachondir uni kechirishim mumkin deb o‘ylamagandim. Albatta, bu darhol yuz bergan emas. Biroq uning samimiy gapirayotganini anglab, kechirish uchun o‘zimda kuch topdim. Men mag‘rurlikka botmay, sevimli kishimdan mahrum bo‘lmaganim uchun juda xursandman”.

 

Men kechirimni tanlayman

Viktoriya Ruvoloning g‘azablanishi uchun barcha asoslar bor edi. Prokuror aytganidek, unga qarshi qilingan jinoyat shunchalik dahshatli ediki, hatto eng og‘ir jazoni ham yetarli deb bo‘lmasdi.

O‘n sakkiz yoshli bezori yigirma funtli muzlatilgan kurkani Viktoriya mashinasining old oynasiga zarb bilan urganidan so‘ng, ayol zo‘rg‘a jon saqlab qoldi. Viktoriyaning yuzi qonli balchiqqa aylangandi. O‘sha yigit og‘aynisi bilan o‘g‘irlangan kredit kartasi orqali kurkani sotib olgandi. “Ular shunchaki ko‘ngilxushlik uchun do‘konma-do‘kon yugurib, duch kelgan narsani sotib olaverishdi” (1). Viktoriyaning yuzini o‘z holiga qaytarish operatsiyasi o‘n soat davom etdi. U koma holatida bir oy kasalxonada yotdi. So‘ngra esa bir necha oy ko‘niktirish kurslariga qatnadi.

Ammo Viktoriya tuzalgani zahoti bezorilar bilan muntazam aloqada bo‘lishni davom ettirdi. Ayol ularni kechira oldi. Sud zalida qatnashganlar o‘sha yigit “jabrlanuvchining oldiga ehtiyotkorona kelib kechirim so‘zlarini shivirlab aytganida” hayratga tushdilar: “Shunday bo‘lganidan juda afsusdaman”. Viktoriya o‘rnidan turib o‘z sitamkorini quchoqladi. Ikkalasi ham yig‘lashdi. Viktoriya yigitchaning boshini va yelkasini siypab qo‘ydi. Shu yerda o‘tirganlar ayolning gaplarini eshitishdi: “Hammasi yaxshi. Men faqat kelajakda o‘z hayotingni to‘g‘ri boshqarishingni istayman”. Sudya, prokuror va muxbirlar ko‘z yoshlarini tiya olishmadi” (2).

Hukm o‘qilganida, Viktoriya sudyadan uni yumshatishlarini so‘radi. Ayol advokatga murojaat qildi: “Garchi qo‘rquv va azobni boshdan kechirishimga to‘g‘ri kelgan bo‘lsada, men baxtsizligimda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Men bundan minnatdorman... Qalbimda qasos tuyg‘usi yo‘q. Men bu yigitchaning uzoq muddatga qamalishi menga yoki jamiyatga biror foyda keltirishiga ishonmayman”.

Shu tariqa, yigirma besh yil umrini qamoqda o‘tkazishi mumkin bo‘lgan bezori bor-yo‘g‘i yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi. Viktoriya Ruvologa so‘z berilganida, u yigitchaga shunday dedi: “Men ko‘rsatilgan hamdardlik va yumshatilgan jazo seni halol hayotga undashiga chin qalbdan umid bildirib qolaman. Agar bu, halol inson va mas’uliyatli bo‘lishingga yordam bersa, yaqinlaring va butun jamiyat sen bilan faxrlanadigan hayotni senga bersa, men to‘liq qanoat hosil qilgan bo‘laman, azob-uqubatlarim behuda ketmagan bo‘ladi”.

Viktoriya uzoq muddatli qamoq jazosi bu holda mutlaqo adolatli bo‘lishini juda yaxshi tushunardi. U jurnalistlarga shunday degandi: “Mening qasosim nimaga olib kelgan bo‘lardi?” Xudo menga ikkinchi imkoniyatni berdi, men shunchaki undan foydalandim, xolos” (3). Viktoriya adolatdan ko‘ra kechirimni ancha muhim va zarur deya hisobladi.

Viktoriya Ruvoloning tutgan yo‘li bizga kechirim hayotni o‘zgartirishi mumkin ekanligini eslatib turadi. Viktoriyaning qarindoshlaridan biri shuni qayd etgandi: “U o‘sha yigitchaga nisbatan o‘zini xuddi onasidek tutdi. U shunday dedi: “Men sening inson bo‘lishingni istayman”. Yigitcha javob qaytardi: “Men inson bo‘laman, men albatta inson bo‘laman...” (4).

 

Kechirim bizga nima uchun kerak

Sud zalida va kundalik hayotda ham kechirim yuqori o‘ringa qo‘yilmaydi. Lekin bu insoniy munosabatlarning o‘ta muhim tarafidir. Buning ikkita sababi bor:

 

1. Odamlar aslida erkindirlar. Ular sevishlari, shuningdek, nafratlanishlari ham mumkin. Ana shu erkinlik tufayli biz goho noto‘g‘ri qarorlar qabul qilamiz va noto‘g‘ri yo‘ldan harakatlanamiz. Ana shunda biz o‘zimizga ham, atrofimizdagilarga ham og‘riq keltiramiz.

2. Insoniy munosabatlarda kechirim hayotiy zaruriyatdir, negaki “sevadi yoki nafratlanadi”tariqasida erkin qaror qabul qilishni deyarli hamisha insoniy xudbinlik hal etadi. Biz ko‘proq o‘zimizga nima yaxshiroq bo‘lishi haqida o‘ylaymiz. Biz soxta “men”ning ovoziga bo‘ysunib, hatto boshqa odamlar hisobidan xudbin qarorlar qabul qilamiz. Inson tabiati shunday. Insoniyat tarixi shunday. Televizion dasturlar va gazeta maqolalari shunday. Bunga misol tariqasida umumiy miqyosdagi fojealarni va biz bilan ro‘y beradigan fojeali holatlarni keltirishimiz mumkin. Bularning hammasi - dahshatli xudbinlikning ko‘rinishlaridir. Agar uylarimizning devorlari jismoniy va hirsiy zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan, qadr-qimmatni pastga uradigan shunchalik qattiq so‘zlarni ayta olganida edi, matbuotda bu mavzularning yoritilishiga hojat qolmagan bo‘lardi!

 

Hayot biz uchun - bu boshqalarga og‘riq yetkazish va buni o‘zimiz ham his qilish imkoniyatidir. Murakkab vaziyatlarda kechirim bo‘lmasa biz faqat adolatning o‘zi bilan qolamiz. Agar bugungi kunda barchaga adolat bilan yondashilsa, aholining katta qismi hayotini qamoqxonada o‘tkazishi kerak bo‘lardi. Siz chindan ham hatti-harakatlaringizni adolat nuqtai nazaridan baholashlarini istaysizmi? Javob juda oddiy: biz o‘zimizning xudbin tabiatimizdan kelib chiqqan holda erkin harakat qilishimiz mumkin bo‘lsa, sevgiga to‘la hayotni qanday olib borish mumkin?

Har birimizda shaxsiy xudbinligimizni yengib o‘tish va boshqa odamlarga yaxshilik qilib yashash imkoniyati bor. Bu esa bizga azob berganlarni kechirishimiz lozim ekanligini anglatadi. Ammo adolatsizlikka e’tibor berish shart emas deya hisoblamang. Adolat tuyg‘usi sevgi buyurmagan harakatlarni kamsitishimizga izn bermaydi. Agar shunday bo‘lmaganida, dunyoda yovuzlik hukmronlik qilgan bo‘lardi. Biroq sevgi va adolat o‘rtasidagi muvozanatda sevgi katta kuchga ega bo‘lishi mumkin. Kechirim - bu adolatni talab qilish emas, balki sevishga tayyor bo‘lishlikdir. O‘zimizning asl “men”imiz bilan o‘zaro kelishuvda yashab, biz adolatdan ko‘ra kelishuvga va birlashuvga yanada kuchliroq intilamiz.

 

Kechirishni o‘rganamiz

 

Keling, biz asl sevgi boshqaruvida kechirishni boshlaganimizda nimalar yuz berishini ko‘rib chiqaylik. Eng avvalo, bizga nisbatan aka-ukamiz, opa-singlimiz, do‘stimiz yoki turmush o‘rtog‘imiz tomonidan bizga ko‘rsatilgan nohaqlikni e’tirof etishimiz kerak.  Biz azobdamiz, biz g‘azablanganmiz, negaki bizga nisbatan adolatsizlik qilganlarini his etamiz. Bunday vaziyatda javob harakatimiz ma’lum: bizga ozor yetkazgan odamni ayblashimiz lozim. “Ayblash” so‘zi “tushuncha berish”, “salbiy harakatlarga e’tiborni tortish”ning yaqqol ma’nosini beradi. Qisqacha aytganda, biz o‘sha odam sodir etgan nohaqlikni unga eslatishimiz kerak. Albatta, bu kabi suhbatlarni olib borishdan avval tinchlanib olish lozim. Asl sevgi biror kishi bizga qanchalik azob bergan bo‘lmasin, unga nisbatan hurmat ko‘rsatishimizni talab etadi. Biz insonni yaxshi ko‘rganimizda, u bilan yumshoq, do‘stona ohangda gaplashamiz. Biz uni kechirishga tayyormiz. Bizning munosabatlarimizga hech nima soya solmasligi uchun yoqimsiz suhbatlar ham o‘tkazamiz.

O‘z navbatida boshqa odamning o‘z xatosini tan olishi va kelajakda bu kabi xatoliklar qilmaslikka hozirlanishi juda yaxshi bo‘lardi. Aynan shu bois yoqimsiz suhbatlar o‘tkazamiz, negaki faqat ana shu holdagina to‘liq va samimiy kechirim berilishi mumkin. Biz o‘z g‘azabimizni unutib, o‘sha inson bilan avvalgi, iliq munosabatlarni tiklaymiz. Biz o‘zaro ishonchni tiklash jarayonini boshlaymiz. Biz boshqa odamning ruhiy o‘sishdan to‘xtab qolishiga, o‘rtamizdagi yaxshi narsalarni buzishiga, azob va umidsizlik tuyg‘ulari hatti-harakatlarimizda ustun bo‘lishiga izn bermaymiz. Bunday kechirim bu jarayonda nafaqat biz, balki bizga azob berganlar ham ishtirok etishini talab qiladi.

 

Bizga azob bergan kishining ishtirokisiz haqiqiy kechirimga erishib bo‘lmaydi.

 

Kechirimning chegaralari

 

Ko‘chirim barcha munosabatlarimizning tabiiy qismiga aylanib borgani sayin, biz quyidagilarni anglab olishimiz lozim.

Kechirim - og‘ir mehnat Eri uydagi oxirgi pullarni  qimorxonada yana yutqazib qo‘ygach, ayol ko‘z yoshlarini oqizib so‘radi: “Menga shunchalik azob berganidan so‘ng uni qanday qilib kechirishim mumkin? Unga faqatgina yordam bermoqchi bo‘lganimda, meni qanday qilib aldashi mumkin? Men juda azobdaman!” Vaqt o‘taverdi, biroq eri qimor o‘ynashni bas qilib xatolarini tan olganida, ruhshunosga murojaat qilib o‘zini tiklash dasturidan o‘tganida, ayol uni kechirish uchun o‘zida kuch topdi. Ayol oradan besh yil o‘tgandan so‘ng menga shunday dedi: “Bu mening hayotimdagi eng og‘ir, ammo eng yaxshi qarorim bo‘ldi. Uni tashlab ketmaganimdan juda xursandman!”

Kechirim shafqatsizlik va adolatsizlikning barcha oqibatlari haqidagi xotiralarni o‘chirib tashlamaydi. Yosh otalik paytimda uyda bolalar bilan juda kam vaqt o‘tkazardim. Barchamiz yig‘ilganimizda men ularni so‘kardim, tanqid qilardim, kamsitardim va umuman sevgini juda kam namoyon etardim. Oradan bir necha yillar o‘tdi va bolakaylarim o‘smirlarga aylanishdi. Ular meni kechirishdi, deya taxmin qilaylik. Ularning kechirimlari o‘tmishning barcha qalb jarohatlarini davolay olmaydi. Kechirim menga boy berilgan imkoniyatlarni qaytarmaydi - men axir bolalarimni yaxshi ko‘rishim, ular bilan o‘ynashim, sevgilarini his qilishim mumkin edi. Kechirim kelajakdagi munosabatlarni yaxshilash imkoniyatlarini ochadi. Umid qilamanki, vaqti kelib bolalarim ularga men beixtiyor yetkazgan jarohatlarni davolay olishadi. Kechirim - bu ana shunday davolashlar uchun asosdir.

Kechirim bir lahzaning o‘zida ishonchni tiklash imkonini bermaydi. Turmush o‘rtog‘idan aziyat chekkan ayol uning o‘z aybiga iqror bo‘lganini eshitib va hatti-harakatlaridagi o‘zgarishlarni qayd etib kechirishi mumkin. Ammo qilingan xiyonat ishonchni barbod etadi. Ishonchni faqat uzoq va samimiy davom etadigan urinishlar bilan tiklash mumkin. Kechirim bizga vaqt o‘tib munosabatlarni yana ishonchli qilish imkoniyatini beradi.

 

Faqat kechirimning o‘zigina ishonchni tiklamaydi, lekin kechirimsiz ishonchni tiklab bo‘lmaydi.

 

Kechirim qayg‘uli xotiralarni o‘chirib tashlamaydi. Biz hayotimizda yuz beradigan barchasini eslab qolamiz. Azobli voqealar takror-takror yodimizga tushaveradi. Va biz xotiralar girdobida yana o‘sha og‘riqni his qilamiz. Biz kechirishga qaror qilib, o‘z fikr-tuyg‘ularimizni e’tirof etamiz va bizni ranjitgan odamni - bugun - yana sevib qolish uchun o‘zimizda kuch topamiz. Adiba Anna Lamott shunday yozadi: “Kechirim hammamizga o‘tmishni o‘zgartirish umidini beradi”. Biz o‘zimizni asl sevgi bilan boshqargan holda, kelajakka e’tibor qaratamiz va eski, o‘tib ketgan xafagarchiliklar bizni qiynashiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz ranj-alam to‘sig‘ini buzib, munosabatlarni tiklaymiz. Biz o‘zimizni ranjitgan odamni kechirganimiz zahoti sevgi azob va xafagarchiliklar haqidagi xotiralarni yuvib yuboradi”.

 

Farqlarni anglash

 

“Biz o‘ttiz besh yildan buyon nikohdamiz, - deydi Geyl, - va bu yillar g‘uborsiz o‘tgan emas. Biroq biz Don bilan bir-birimizni hanuz sevamiz. Birgalikda bo‘lish ikkalamizga ham yoqadi. Ba’zan hammasidan ko‘proq odamning odatlarini tushunish menga qiyindek tuyuladi. Agar o‘zim bu haqda so‘ramasam, Don deyarli hech qachon meni bag‘riga bosmaydi. U vaqt o‘tayotganini mutlaqo sezmaydi va biz doimo hamma yoqqa kechikib boramiz. U chiqindilarga toqat qilolmaydi va men ovqatni tayyor qilib bo‘lgan zahoti oshxonani tozalashga tashlanadi. U mendagi ko‘p odatlarni o‘zgartirishni xohlashini ham bilaman. Ochig‘ini aytganda, biz hali ham birgalikda yashashni o‘rganayapmiz”.

Uzoq yillar mobaynida Geyl va Don bir-birlariga ko‘pincha yon berib keldilar. Ular turmush qurganlari zahoti o‘zaro mojarolari hamisha uydagi tozalik bilan bog‘liq edi. Geyl tuflisini yo‘lak o‘rtasida bemalol qoldirishi, kitob-qog‘ozlarni oshxona stoli ustiga tashlab qo‘yishi yoki kiyimlarini polga uloqtirishi mumkin edi. Don Geylning betartibligini nafaqat payqadi, balki bundan karaxt ahvolga tushdi.  U hamisha chinakamiga batartib ayolga uylanishni orzu qilgandi. Geyl esa Don o‘zining sevgisini jismoniy tegish va so‘zlar bilan juda kam ifoda etishidan qiynalardi. U tez-tez shunday hazil qilardi: “Men seni sevaman. Agar boshqacha bo‘lib qolsa, senga bu haqda xabar beraman”.

Geyl va Don o‘ttiz besh yillik birgalikdagi turmushdan so‘ng ham o‘zlaridagi barcha zaifliklarga qaramay, hamon bir-birlarini o‘rganishda davom etishmoqda. Don uydagi betartiblikka ancha sabrli munosabat bildiradigan bo‘ldi. Geyl tozalik bilan ko‘proq shug‘ullanishga urinadi, negaki ayol bu bilan eriga sevgisini ko‘rsatayotganini tushunadi. Ayol eri uning mashinasini tuzatayotganida yoki kechki ovqat tayyorlashga kirishganida, shu tariqa, o‘z sevgisini namoyon etayotganini qayd etib qo‘yadi. Va aynan shu bois Don xotiniga nafaqat bayram kunlari, balki odatiy kunlarda ham gul olib kelishga harakat qiladi.

G‘azablanish kechirim va uzr so‘rashlikka olib bormaydi. Jahlning qo‘zg‘ashi odam o‘z harakatini o‘zgartirishi yoki hatti-harakati maqbul hisoblanishi mumkin bo‘lgan muzokaralarga olib bormaydi. Xuddi shundayin shaxsiy ixtiloflar ham kechirimga olib bormaydi. Bir kishi tabiatan o‘ta tashkilotchi bo‘lishi, boshqasi esa birdaniga qizishib ketadigan odam bo‘lishi mumkin. Agar bunday odamlar birgalikda yashasalar yoki ishlasalar, ular o‘rtasida zo‘riqish muhiti yuzaga kelishi mumkin. Uni suhbat, tushunish va farqlarni anglash orqali bartaraf qilish mumkin. Kechirimning bu o‘rinda daxli yo‘q.

Albatta, farqni anglash anchayin murakkab. Jahlning qo‘zg‘alishi ba’zan qattiq va yoqimsiz so‘zlarga ko‘chadi. Shunday hol yuz berganida, kechirim so‘rash lozim. Nikohdagi hayotidan yoki do‘stligidan baxtiyor bo‘lgan har qanday inson biladi: sevgi - bu o‘z hatti-harakatlaring boshqa odamga azob keltirayotganini tushunganing bois ko‘p marotaba kechirim so‘rashni bilish demakdir. Don va Geyl mayda kamchiliklarni kechirishga tayyorlik asl sevgi yo‘lidagi muhim qadam ekanligini tushunishadi.

 

O‘ZLASHTIRISH LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR

Kichik xatoliklarni kechiring va hatto ahamiyatsiz kamchiliklar uchun uzr so‘rang.

 

Sizga kechirim zarur bo‘lganida...

 

Agar o‘sha qotilni bolaligida sevganlarida va kechirganlarida edi, Pensilvaniyadagi otishma balki yuz bermagan bo‘lardi. Roberts o‘limi oldidan yigirma yil muqaddam his qilgan azoblar xotirasi uni ta’qib etayotganini yozib qoldirgan.

Har holda, biz Robertsning so‘zlari qanchalik haqiqat ekanligini, bolaligida olgan qalb jarohatlari qay darajada bo‘lganligini va mudhish oktabr kunida uni bunday harakatga qay tariqa undagani haqida hech qachon bilolmaymiz. Biz bilamizki, kechirim - u hadya etilgan yoki qabul qilingan bo‘lmasin - shifo keltirib, hayotni o‘zgartiradi. Chinakamiga sevish uchun biz - hatto boshqalarni kechirayotgan paytda ham - o‘zimizni kechirishimiz lozim.

Agar siz boshqa odamni xafa qilgan yoki azob bergan bo‘lsangiz, birinchi bo‘lib o‘zingiz yarashishga urinib ko‘ring. Agar siz darhol kechirim so‘ramagan bo‘lsangiz va o‘sha odam qilingan kamchilikni eslatib qo‘yganida, har qanday harakatdan ko‘ra o‘z xatongizni tan olib, kechirim so‘rashingiz aqlli ish bo‘lardi.

Agar o‘z mas’uliyatingizni boshqalarga ag‘darishga o‘rgangan bo‘lsangiz, xatolaringizni tan olishni yoqtirmasangiz, sizdan o‘z hatti-harakatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingizni qat’iy iltimos qilaman. Kechirim so‘rashni istamaslik oddiygina xatoni siz va boshqa odam o‘rtasidagi o‘tib bo‘lmas to‘siqqa aylantiradi. Paydo bo‘lgan har bir to‘siq esa yolg‘izlikka olib boradi. Kechirim o‘zingizning shifo topishingiz uchun ham, boshqalarning baxtiyorligi uchun ham zarur.

Chinakamiga sevuvchi odam boshqa kishini ranjitib qo‘yganida yo‘l qo‘ygan xatosi uchun mas’uliyatni tan olishga, noto‘g‘ri hatti-harakatlardan voz kechib, kechirim so‘rashga tayyor bo‘ladi. Ana shunda munosabatlar tiklanadi. Xatolarni tan olishlar, harakatlar o‘zgarishi va kechirimlar bo‘lmagan uzoq muddatli munosabatlar mavjud emas. Yaxshi munosabatlarga ega bo‘lish uchun mukammal inson bo‘lish aslo shart emas. Faqatgina shaxsiy xatolarni borligicha qabul qilish kerak, xolos.

 

Uzoq davom etadigan munosabatlar kechirimsiz bo‘lmaydi.

 

Kechirim so‘rashdan bo‘yin tovlaydiganlarni ham seving...

 

Agar sizga azob bergan odamga o‘z ranj-alamlaringiz haqida aytsangiz, bu odam xatosini tan olib, kechirim so‘rashi ehtimolga yaqin. Biroq hamisha ham shunday bo‘lavermaydi. Ba’zan odamlar sizning da’volaringizni rad etib, o‘zlarini kamsitilgan his etishadi. Agar o‘zingizdagi ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligiga va suhbatdoshingizga “isbot” ko‘rsatishga ishonsangiz, u o‘zining xatolarini tan olishga majbur bo‘ladi. Ammo shu bilan birgalikda u o‘z hatti-harakatlarini o‘zgartirmoqchi emas. Bunday vaziyatda asl sevgi bizga o‘zimizni boshqacha tutishga va fikrlashga buyuradi.

 

O‘ZLASHTIRISH LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR

Agar sizga azob bergan odam kechirim so‘rashni istamasa yoki uzr so‘ray olmasa ham, siz unga qarshi g‘azabingizdan qutulishingiz mumkin.

 

1. Xalos bo‘lmoq

Jeymi fitnes-markazda ikki yil ishlaganidan so‘ng  markaz xo‘jayini pullarni o‘g‘irlaganini va uni doimo aldab kelgani ma’lum bo‘ldi. Xo‘jayin o‘z bolaligi, oilasi va moliyaviy sharoiti haqida mutlaqo boshqa gaplarni aytgandi. Jeymining kelgusida fitnes-markaz bilan va uning egasi bilan shaxsiy munosabatlar o‘rnatish orzusi barbod bo‘ldi. Jeymi ishongan odam unga xiyonat qildi. Ayol u bilan hatto xotirjam gaplasha olmasdi, negaki markaz egasi yolg‘on gapirishda davom etardi. Ana shu paytda Jeymida saraton xastaligi qayd etildi. Ayol davolanishni og‘ir o‘tkazdi, boz ustiga ishdagi zo‘riqish ham ortdi.

“Dastlab men qattiq g‘azablandim, - deydi u. - So‘ngra davolanish jarayonlaridan birida shunday fikrga keldim, ya’ni bunday paytda jahl menga mutlaqo kerak emas. Men o‘zimdagi shishlarga hujum qilayotgan dori-darmonlar g‘azabimga qarshi ham ta’sir qiladi degan qarorga keldim. Men deyarli jisman g‘am-qayg‘u tanamni tark etayotganini his qildim”.

Garchi Jeymi zal egasining hatti-harakatlaridan hanuzgacha azob cheksada, u vaziyatni xotirjam va qayg‘usiz tarzda qayta tahlildan o‘tkaza oldi. U o‘ziga yetkazilgan yomonlikdan ko‘ra sevgining kuchli bo‘lishi mumkinligini tushundi. Kimdir sizga azob berib, kechirim so‘rashdan bosh tortsa, asosiy muammo uni kechirishda emas, balki og‘riq va g‘azabdan qutulish mahoratingizga bog‘liq bo‘ladi. Agar inson o‘z xatolarini tan olib, hayotini yaxshi tarafga o‘zgartirsa, uni kechirishingiz mumkin. Agar u shunday qilmasa, qilgan hatti-harakatlarining oqibati - siz mutlaqo ishtirok etmasangiz ham - uning hayotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. G‘azabdan qutulish - kechirish degani emas. Sizni xafa qilganlar bilan yarashishingiz shart emas. Siz shunchaki ruhan va qalban ozod bo‘lishingiz, doimo qanday bo‘lishni istagan bo‘lsangiz, ana shunday inson bo‘lishingiz kerak.

Men chinakam masihiy tariqasida hamisha odamlarga Xudoga - adolatli va sevuvchi Xudoga murojaat qilishlarini maslahat beraman. Bilaman, Xudo o‘z xatolarini tan olib, kechirim so‘raydiganlarni hamisha avf etishga tayyor. Men qasosga ishonmayman, negaki menga azob berganlarni Xudoning O‘zi hukm qiladi deya hisoblayman. Mana endi men sizlarni ikkinchi qadam sari olib keldim.

 

2. Iqror

Azob va g‘azabdan qutulish yo‘lidagi ikkinchi qadam - bu yuzaga kelgan vaziyatda o‘z xatosiga iqror bo‘lishdir. Mabodo sizni ranjitgan bo‘lsalar, jahlingiz chiqishiga asos bor. Siz g‘azabni his qilishingiz kerak. Biroq g‘azab qalbingizda hokim emas, balki mehmon bo‘lishi kerak, xolos.  G‘azab, hatto sizni ranjitgan odam yarashmoqchi bo‘lsa ham ixtiloflarga undaydi. Qalbingizda g‘azabni o‘stirsangiz, alam va nafrat tuyg‘usini his qilasiz. Bunday hissiyotlar inson qalbiga halokatli ta’sir ko‘rsatadi va hatto zo‘ravonlikka olib borishi mumkin.

 

G‘azab qalbingizda hokim emas, balki mehmon bo‘lishi kerak, xolos.

 

Biz hammamiz ranjitilgan xodimlar ishxonalariga qaytib boshliq yoki hamkasblarini o‘ldirganlari haqida o‘qiganmiz. Qolaversa, ko‘pincha bizni xafa qilganlarga ayblov javobi bilan tashlanamiz. O‘zimizni azob va g‘azabimiz ixtiyoriga topshirib, biz soxta tuyg‘ularni his etamiz. Hatto hissiyotlarimizni boshqarish uchun o‘zimizga yordam kerak bo‘lganida, ba’zan bizni do‘stlarimiz yoki qarindoshlarimiz xafa qilib qo‘yishadi.  Azob va g‘azabni bosishga layoqatsiz ekanligimizni tan olish bizni yanada kattaroq xafagarchiliklardan ozod qiladi.

 

3. Yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish mahorati

Uchinchi qadam o‘ta jiddiy. Siz yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarishingiz kerak. Biz tabiatan o‘zimizga yaxshilik qilganlarga nisbatan yaxshimiz. Bizni sevganlarni biz ham sevamiz. Ammo sevgi hayot timsoliga aylanganida, mezonlar yuqori darajaga ko‘tariladi. Biz hatto o‘zimizga azob berganlarni ham sevishimiz zarur.

Mijozlarimdan biri, Eliza, bolalikda onasi bilan birga jamoatda o‘tirishganida yuzi bilan onasining po‘stiniga teginishni tez-tez xohlab turganini menga aytib bergandi. Qizaloq yumshoq mo‘ynaga teginish hissini yoqtirardi. Va u onasining yaqinida o‘tirmoqchi bo‘ldi. Lekin ona mo‘ynaning bulg‘anmasligi uchun qizchasi uning yaqinida o‘tirishini butunlay ta’qiqlardi.

Eliza ulg‘aygach, bolaligidayoq paydo bo‘lgan o‘sha rad etilganlik va azob tuyg‘usini ko‘p yillar mobaynida sarhisob qilishga urindi. U onasi bilan shu haqda gaplashmoqchi bo‘lganida, ona har safar mavzuni boshqa yoqqa burib yuborardi.

Otasi vafot etganida, Eliza onasining hech kim bilan o‘z qayg‘usini baham ko‘rishni istamayotganini payqadi. Eliza dafn marosimida onasining jamoatdagi birinchi o‘rindiqda yolg‘iz o‘tirganini ko‘rib, yoniga kelib o‘tirdi va quchoqladi. Keksa ayol biror so‘z aytmay qizining yelkasiga suyanib ko‘zlarini yumdi. Eliza uchun bu qalb og‘rig‘idan shifo topadigan hal qiluvchi damlar bo‘ldi. U onasiga o‘zini boladek his qilishi va bolaligida o‘zi mahrum bo‘lganlarini his etishiga izn berdi. Eliza o‘zini shunchaki bilmasdi, xolos. U o‘ziga og‘riq bergan odamga hamdardlik bildirganida, o‘zida asl sevgi yashayotganini tushundi.

 

4. O‘z azoblaridan foydalanish mahorati

Agar sizni ranjitgan odam uzr so‘rashdan bosh tortsa, siz ichki og‘riqni yengillashtirish uchun yuqorida bayon etilgan uchta muhim qadamdan foydalanishni o‘rganib olishingiz zarur. Sizga azob berganlarga nisbatan g‘azab tuyg‘usidan xalos bo‘lganingizda, o‘sha vaziyatda yo‘l qo‘ygan kamchiliklaringizni tushunib yeting va sizni ranjitgan odamni sevib qolishga urining. Ana o‘shanda siz o‘zingizni erkin his qilasiz, uyg‘unlikda yashashda davom etasiz, vaqt va o‘z quvvatingizdan amaliy foydalana olasiz.

Agar uni nogiron qilgan yigitga bo‘lgan g‘azabidan qutulmaganida, Viktoriya Ruvolo qasos olishdan voz kechishiga ishonmagan bo‘lardim. Uning azoblari va kechirimi shuni ko‘rsatadiki, inson nafaqat boshqalarga og‘riq berishi, balki g‘azabdan xalos bo‘lib, vaqtini va quvvatini atrofdagilarga yordam berish uchun yo‘naltirishi mumkin.

Kechirim yo‘lidagi to‘siq: qo‘rquv

Yarashish yo‘llarini izlash kerak yoki kerak emasligi haqida fikr yuritayotganda, yo‘lingizda uchraydigan qo‘rquvni bartaraf qilishingiz lozim.

Bizga azob bergan odam uzr so‘rashdan bosh tortadi.

Bizni ranjitganlarini e’tirof etishimizga to‘g‘ri keladi.

Yuzaga kelgan vaziyatda o‘z aybimizni ham tan olishimizga to‘g‘ri keladi.

Bunday qo‘rquvlarni tan olganimizda, bizni ranjitgan odamni kechirishimiz uchun quyidagi tartibda munosabat bildirishimiz mumkin:

Hattoki boshqa odam uzr so‘rashni va yarashishni istamasa, biz baribir o‘z g‘azabimizdan qutulishimiz mumkin.

Noziklik - munosabatlarning juda muhim qismidir. Agar bizga azob berganlarini e’tirof etsak, boshqa odamlar o‘zlari sababchi bo‘lgan xafagarchilikni tan olishlari mumkin.

Tan olish bizni kechirimning qudratiga o‘rgatadi. Sevuvchi odam uchun bu uning hayotining ajralmas qismidir.

Biz o‘zimizni kechirishga qaratilgan hatti-harakatlarni boshqa odamga bog‘lay olmaymiz. Mabodo kechirim imkoniyati bo‘lsa, chinakamiga sevuvchi kishi undan albatta foydalanadi.

 

Qo‘rquv - bu kechirim yo‘lidagi to‘siq, ammo u sevgi kabi qudratli emas. Bizni xafa qilganlarni sevgan holda qo‘rquvdan xalos bo‘lamiz, bu esa bizga to‘laqonli ravishda uyg‘un munosabatlardan rohatlanishimizga imkon beradi.

 

Qanday qilib kechira oladigan inson bo‘lish mumkin?

 

Kortni har o‘quv yilining oxirida hamisha o‘g‘lining o‘qituvchilariga tushlik hozirlab berardi. Biroq Xanterga ikkinchi sinfda saboq bergan Kuper xonim bilan munosabatlar murakkab tus olgandi. Xanter yil bo‘yi maktabga borishni istamadi, negaki Kuper xonim serzarda bo‘lib, tezda jahli chiqaverardi.  Kortni o‘qituvchi ayolning og‘ir fe’l-atvori o‘g‘liga va boshqa bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deya hisoblardi. Kortni maktab direktoriga bir necha bora murojaat qilganiga qaramay, Kuper xonim o‘z harakatlarini o‘zgartirmadi va Kortni o‘g‘lini haddan ziyod erkalayotganini doimo ta’kidlab turdi.

Kortni o‘g‘lining hayotini buzib, o‘z aybini tan olmayotgan bu ayolga bo‘lgan g‘azabidan xalos bo‘lishga urindi. Ammo u o‘quv yilining oxirida Kuper xonim uzluksiz bel og‘rig‘idan azoblanayotgani, oilaviy turmushi o‘nglanmayotgani va ishlari juda ko‘pligidan xabar topdi. Shu bois Kortni qovurma jo‘jalar va kartoshka bo‘tqasi tayyorlangan haqiqiy bayramona tushlik uyushtirib, Kuper xonimni ham taklif etdi. Kortni stolni tuzab, Xanterni barcha bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan samimiy xohishlari uchun mehmonlariga minnatdorchilik bildirdi. U shunday murakkab vaziyatlarda Kuper xonim o‘zining yaxshi jihatlarini namoyon etganini va bu yil faqat uning uchun og‘ir kechmaganini aytib o‘tdi.

Kortni hukm qilishga emas, balki tushunishga, adolatli jazoni talab qilishga emas, balki mehr-shafqat ko‘rsatishga tayyor edi. U - kechirishni biladigan inson. Bunday odam og‘ir suhbatni birinchi bo‘lib boshlashi va o‘zini ranjitgan odamni kechirishi mumkin. Biroq, bu uning o‘ziga yetkazilgan ranj-alamni jimgina ichiga yutib, g‘azabga tushmaydi degani emas. U shunchaki o‘z quvvatini ixtilofni davom ettirishga emas, balki yarashuv uchun yo‘llaydi.

Qanday qilib kechiradigan odam bo‘lish mumkin?

 

Birinchi qadam: o‘zingizni kechiring

Men uzoq yillar mobaynida qilgan xatolarini uchun o‘zlarini doimo ich-ichdan kemirib yuradigan odamlarni uchratganman. Ammo o‘z-o‘zini qiynash hech bir yaxshilikka olib bormaydi. Agar siz o‘zingizga quyidagi gaplarn ta’kidlab tursangiz, hech qanday yaxshilikka erisholmaysiz, ya’ni: “Buni men qilganimga ishongim kelmaydi. O‘ta ahmoq bo‘lgan ekanman. Qanday qilib shunchalik loqayd bo‘ldim-a? Men o‘zim uchun eng aziz bo‘lgan odamga azob berdim. Bilmadim, bu qilmishim uchun o‘zimni kechira olarmikanman”. Ha, bu o‘z aybini anglash. Biroq biz kechirimga erishganimiz zahoti, bu so‘zlar keraksiz bo‘lib qoladi. O‘tmish xatolarini va u bilan bog‘liq qalb og‘riqlarini yodga olgan holda, boshqalar sizni kechirgani kabi, siz ham xuddi shunday tarzda o‘zingizni kechirishingiz lozim.

 

Ikkinchi qadam: munosabatlardagi o‘z xatolaringiz uchun kechirim so‘rang

O‘z xatolarimizni ochiqchasiga tan olish bizga munosabatlarni rivojlantirish uchun kechirim muhim ekanligi haqidagi tushuncha beradi.  Bir yigit menga shunday degandi: “Menga doimo atrofimdagilar o‘ta e’tibor qaratishlari kerak emasdek tuyulardi. Men ko‘p yillar mobaynida irqchilik mavzusidagi latifalar aytardim va o‘zim yuqori baholaydigan afroamerikalik hamkasbim bunday hazillar unga qanchalik yoqmasligini aytmagunicha, bu haqda o‘ylab ko‘rmagandim. Men xuddi uyqudan uyg‘onib ketgandek bo‘ldim. Men uning oldida, so‘ngra butun bo‘lim oldida kechirim so‘radim. Endi esa so‘z va harakatlarim boshqa odamlarga qanday ta’sir qilishiga katta e’tibor qarataman. Men ko‘proq kechirim so‘raydigan bo‘ldim”.

Siz doimo o‘zgarib borasiz. Siz ba’zan atrofdagilarga azobli bo‘ladigan so‘zlar aytib, harakatlar qilishingizga hayron qolarli emas. Bu so‘z va harakatlar sevgi ruhi bilan yo‘g‘rilmagan. Kechirim so‘rashga tayyorlik - kechirishni biladigan odamga aylanish yo‘lidagi muhim qadam.

Kechirim...

Siz noto‘g‘ri harakatlaringiz uchun zimmangizga mas’uliyat olishga tayyor ekanligingizni ko‘rsatadi: “Men nohaq edim”.

Afsuslanishni ko‘rsatadi: “Harakatlarim sizga azob berganidan afsusdaman. Qilmishimga pushaymonman”.

Yetkazilgan zararni qoplashga tayyorlikni ko‘rsatish: “Xatolarimni to‘g‘rilash uchun nima qilishim mumkin?

 

O‘z hatti-harakatlarini o‘zgartirishga samimiy tayyorgarligini ko‘rsatish: “Bu boshqa qaytarilmaydi”.

Kechirim haqidagi iltimosni ko‘rsatadi: “Meni kechirishingiz mumkinmi?” (5).

Kechirim so‘raganingizda va o‘zingiz ham kechirganingizda, yarashish quvonchini his etasiz. Boshqa kishi sizni kechirishdan bosh tortganida, rad etilganlik azobini his qilasiz. Bunday hissiyotlar sizdan uzr so‘raganlarni siz kechirishingizga undaydi.

 

Uchinchi qadam: Boshqalarni chinakamiga sevishni o‘rganing

Boshqalarni kechirishga o‘rganganimizda, agar bizni ranjitgan odam o‘z harakatini o‘zgartirmasa, ana shu holat biz uchun hammasidan qiyin kechadi. Biroq chinakamiga sevuvchi odam har qanday vaziyatda ham kechirishga tayyor. Bunday sevgini kundalik vaziyatlarda o‘rganasan. Sizning yondashuvingiz boshqa odamga avvalgi munosabatlarni tiklashga doimo tayyor ekanligingizni ko‘rsatadi. Asl sevgi bu jarayon qanchalik vaqtni olmasin, sizni kechirimga da’vat etadi.

 

“Yovuzlik o‘tmishni o‘zgartira olmaydi”.

 

1991 yilning 21 sentabr kuni Londonda Maykl Uotson va Kris Yubenk o‘rtasida match o‘tkazilganida, boks olami kutishdan qotib qolgandi. O‘rta vazn toifasida chempionlik unvoniga ega bo‘lish taqdiri hal bo‘layotgandi. Uotson jahon chempioni bo‘lishni orzu qilardi. U boksdagi yuksalishi shiddat bilan rivojlangandi. Unda hamma narsa bor edi - “tez yurar mashinalar, qimmatbaho kiyim-kechaklar va qizlar”. Ammo o‘n birinchi raundning oxirida Yubenk Uotsonni deyarli o‘ldirib qo‘yadigan zarbani berdi. Hakam o‘n ikkigacha sanadi, lekin Uotson koma holatiga tushgandi. U mana shu holatda qirq kunni o‘tkazdi. Uning tomirlarida qon tiqilib qolganligi tufayli tanasining bir qismi falaj ahvolga tushgandi.

Uotson koma holatidan chiqqach, hozirgi ahvoliga aslo ko‘nika olmayotganini haqida yozgandi. U so‘ngra Yubenk qanday qiynalayotgani va bu voqea boshqalarga qanday ta’sir qilayotgani haqida o‘yladi. “Yovuzlik o‘tmishni o‘zgartira olmaydi, - shunday fikrga keldi u va kelajakka e’tiborini qaratishga qaror qildi. - Agar Krisga meni qanday ahvolga tushirgani uchun g‘azablansam, o‘zimni barbod qilishim mumkin edi. Men uni kechirdim”. Maykl qalban va jisman shifo topib, yangi kuchga ega bo‘ldi. “Men mutlaqo boshqa odamga aylandim. Shunday bo‘lish o‘zimga yoqadi. Qalbimda haqiqiy sevgi yashamoqda”.

Biz odamlarni kechirganimizda, nomukammal olamda yashayotgan nomukammal odamlar ekanimizni tan olamiz. Ba’zan puxta o‘ylangan va yomonlik maqsadida qilingan hatti-harakatlarni kechirishimizga to‘g‘ri keladi, lekin ko‘plab hollarda xafagarchiliklarimiz odamga xos oddiy zaifliklar bilan bog‘liq bo‘ladi... Oshxonani tozalashni yoqtirmaydigan ayol yoki davolash jarayonida xatoga yo‘l qo‘ygan shifokor haqidagi voqealarni eslab ko‘ring.

Bizga azob berishganida, darhol aybdorni topib olgimiz keladi. Biroq amalda barcha ishtirokchilarning aybdorlik darajasini va barcha vaziyatlarning ahamiyatini aniqlashning iloji yo‘q. Ba’zan munosabatlar yaxshi tarafga o‘zgarishga muhtoj ekanligini va munosabatlarning yomonlashuviga insoniy zaiflik sababchi ekanini tushunish lozim, xolos. Buni tan olganingizda, mana shu dalilni boshqa odam ham anglab olishiga turtki berasiz. Ba’zan qilmagan aybimiz uchun kechirim so‘rash juda qiyin bo‘ladi. Ammo chinakam sevgi o‘zimiz azob bergan kishilarni ham, bizga azob bergan boshqalarni ham kechirimga chorlaydi. Munosabatlarni tiklashga kuch-quvvatimizni sarflab, biz kelajakda chinakamiga sevishga o‘rganamiz.

2003 yilda Maykl Uotson London marafonida ishtirok etdi... U finishga yugurish boshlanganidan olti kundan keyin yetib keldi. Kris Yubenk final bosqichida unga hamrohlik qilib bordi (6).

 

Qalbingni ozod qil

 

Unga nisbatan shilqimlik hali besh yoshida boshlangandi. U qattiq jismoniy og‘riqdan azob chekdi. Otasi xiralik bilan jinsiy yaqinlikka undab, o‘ldirish bilan tahdid qilardi. Ota-onasi ajralishdi, ammo Keti o‘n besh yoshga to‘lganida o‘gay otasi shilqimlik qilishni boshladi. O‘z otasi ham, o‘gay otasi ham qizaloq bilan yolg‘iz o‘zlari ko‘ngilxushlik qilishmasdi - ular boshqalarni ham taklif etishardi.

Keti uzoq yillar davomida uni zo‘rlashganlarini bilardi, ammo otasi u bilan nimalar qilganini eslay olmasdi. Psixoterapiya jarayonida o‘z otasi unga bolaligida qanday dahshatli azob berganini tushuna boshladi. Ba’zan g‘azabi hamma narsadan ustun kelardi.  Psixoterapevtik seanslardan so‘ng u soatlab ovqatlana olmasdi. Ammo u o‘z his-tuyg‘ularini anglab olishni istardi, negaki o‘tmishdagi xo‘rliklardan ozod bo‘lishi zarur edi.

Keti o‘zini go‘yo hech nima bo‘lmagandek tutadigan otasi bilan bitta shaharda yashardi. Keti uni bolaligida azoblagan kishiga bo‘lgan g‘azabidan qutulishga takror va takror urinib ko‘rdi. Va mana, uning nafrati susaydi hamda fikrlar va his-tuyg‘ularning yangicha ozodligiga erishdi.

Otasida saraton xastaligining so‘nggi bosqichi aniqlanganida, Keti uning yolg‘izlikda jon berishini istamadi. U ikki yil mobaynida otasini shifokorlarga olib bordi va kasalxonada yotganida xabar olib turdi, kasallik esa uning tanasini tobora kemirib borardi. Umurtqa operatsiyasidan so‘ng otasining uzoq yashamasligi ma’lum bo‘ldi. Keti soatlab kasalxonada navbatchilik qildi, otasini sevgi ila parvarish qildi, garchi qizining yonginasida o‘tirganini ko‘pincha payqamasa ham Keti otasi bilan suhbat qurdi.

Ota bir kuni xotiralariga ko‘milib, mashinasini qanday sozlagani, maktabda do‘stlari bilan qanday o‘ynagani va... Ketini qanday zo‘rlaganini esladi. U nima haqda gapirayotganini anglamagan holda, o‘sha dahshatli voqeani mayda-chuyda tafsilotlarigacha aytib berdi. Keti kun bo‘yi o‘z bolaligining dahshatlari haqidagi voqealarni eshitdi. Buni tinglashga toqat qilib bo‘lmaganida, u uyiga jo‘nab ketdi.

“Men uning palatasiga yana qaytish-qaytmasligimni bilmasdim, - deydi Keti. - Biroq men unga toza sevgimni taklif etoldim. Men uning qalbini qutqarishim mumkin edi”.

Keti qattiq qalb azoblaridan qiynalgan holda, o‘ttiz olti soatdan so‘ng kasalxonaga qaytib keldi. Bu azobni u doimo kasal to‘shagida ko‘radigan erkak yetkazgandi: u tungi dahshatlarida paydo bo‘lardi. U Ketining nikohini buzdi, bolalar bilan munosabatini barbod qildi, Xudoni sevishiga xalaqit berdi. Biroq Keti allaqachon g‘azabdan qutulishga ahd qilgandi.

“U mening otam va men uni yaxshi ko‘raman. Biz bilan o‘tmishda nimalar bo‘lganini men tushunmayman. Men faqatgina uni hozir yaxshi ko‘rishimni bilaman”.

O‘sha kuni otasi Ketiga yomon biror gap aytmadi. “Shokolad yegim kelyapti, - dedi u qiziga. - Bir bo‘lak shokolad uchun borimni bergan bo‘lardim”. Umurtqa shishidan falaj holatga tushgan va dahshatli og‘riqlardan adoyi tamom bo‘lgan ota to‘rt kundirki qattiq ovqat qabul qilolmasdi.

“Ota, men sizga shokolad olib kelaman, - Keti shu zahotiyoq javob qaytardi. U qandolat do‘koniga borib, bir funt shokolad sotib oldi.

Keti kasalxonaga qaytib, otasining yoniga o‘tirdi va shokoladning mayda bo‘lakchalari bilan oziqlantira boshladi. U boshini yostiqqa tashlab jilmaydi. Keti azoblanayotgan odamga quvonch keltirganidan baxtiyor edi.

Keyingi haftada otasi jon berdi. Otasi hayotining so‘nggi daqiqalarida faqat Keti uning yonida bo‘ldi. Qiz unga alla aytib, ozgina bo‘lsada uni tinchlantirishga urindi.

Otasi qizidan baribir kechirim so‘ramadi. Ota o‘tmish azoblaridan xalos bo‘lmadi, Keti esa bu azob o‘zini ham qiynayotganini rad etmadi. Biroq otasi unga muhtoj bo‘lganida, qiz kechirishni afzal ko‘rdi. U garchi bunda ma’no yo‘qdek tuyulsada, mehr-shafqat ko‘rsatdi. Garchi otasi haqli jazoga loyiq bo‘lsada, qiz sevgi ko‘rsatishni afzal ko‘rdi. Ketining qalbi kechirim uchun ochiq edi.

 

Sizning munosabatlaringiz qanday bo‘lardi, agarda siz...

G‘azab va sevgi o‘zaro muvofiq kelmaydigan hissiyotlar ekaniga ishonganingizda?

Qalbingizda ranj-alamni to‘plamay, yarashuv sari birinchi qadamni qo‘yganingizda?

Turli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni, kechirishni va g‘azabdan ozod bo‘lishni bilganingizda?

Boshqa odam sizni kechirishi uchun o‘z xatolaringizni tan olganingizda?

Sizga azob berganlarni chinakamiga sevganingizda va kechirimni hayotingizning ajralmas qismiga aylantirganingizda?

 

Siz haqingizda gaplashamiz

 

Muhokama va mulohaza uchun savollar

1. Viktoriya Ruvolo uni o‘ldirib qo‘yay degan odamni kechirdi va qilgan jinoyati uchun jazoni yumshatishni so‘radi. Nima deb o‘ylaysiz, bu to‘g‘ri harakatmi? Nima uchun?

2. Sizning kundalik hatti-harakatlaringiz adolatga yoki sevgiga intilayotganingizni ko‘rsatadimi? Nima uchun?

3. Kimdir yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarganiga guvoh bo‘lganmisiz? Bunday harakatlar odamlarga qanday ta’sir qiladi?

4. O‘tgan haftada kimdir sizga azob berganini yoki noqulaylik keltirganini eslab ko‘ring. Siz bunga qanday munosabat bildirdingiz? Javob harakatingiz asl sevgini qay tariqa aks ettirdi? Agar bularning barchasi takror yuz bersa, nimalar qilgan bo‘lardingiz?

5. Biror kishi xatolaringizni ko‘rsatganida, javob munosabatingiz qanday bo‘ladi?

6. O‘zingiz boshqa odam oldida kechirim so‘rashga to‘g‘ri kelgan vaziyatni eslab ko‘ring. Bunday paytda kechirim haqida nimalarni bilib oldingiz?

7. Biz uzr so‘rashdan bosh tortadigan odamni sevish qolish yo‘lidagi to‘rt qadam haqida gapirgandik:

a. G‘azabdan qutulish.

b. O‘z xatosini tan olish.

s. Yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarishni bilish.

d. O‘z azoblaridan foydalanish mahorati.

Siz uchun ushbu qadamlardan qaysi biri qiyinroq? Nima uchun?

Foydali maslahatlar

1. Sizga boshqa odam yetkazgan ranj-alamni eslang. Bu dilsiyohlik o‘zaro munosabatlaringizda to‘siq hisoblanadi. Siz shu odamni kechirishga tayyormisiz? U bilan gaplashish va yarashish uchun qanday qadamlar qo‘yishingiz mumkin?

2. O‘ylab ko‘ringchi, o‘zingiz ham boshqa birovni xafa qilmaganmisiz? Yetkazilgan ranj-alam munosabatlaringizda to‘siq bo‘lmaganmi? O‘z xatoingizni tan olish va kechirim so‘rashingiz uchun nimalar qilish kerak?

3. O‘z xatosini tan olishni xohlamaydigan yoki tan olishga qodir bo‘lmagan biror kishini eslab ko‘ring. Unga nisbatan g‘azabdan qutulish uchun nimalar qilish lozim?


 

Аудио Книга на Узбекском языке: Любовь как образ жизни (Гэри Чепмен) 2020г

Описание книги: Гэри Чепмен – признанный во всем мире гуру в вопросах любви и отношений. Его книги переведены на 37 языков и совершили настоящий переворот в жизни миллионов людей во всем мире. «Любовь как образ жизни» – книга, которую ждали. Это логическое завершение бестселлера «Пять языков любви». Чепмен предлагает мудрое, ненавязчивое руководство по построению гармоничных отношений со всеми, с кем сталкивает нас жизнь. Тесты и задания помогут вам развить семь личных качеств, которые кардинально изменят вашу жизнь. С помощью этой книги вы не только сами станете счастливее, но и сделаете счастливыми других.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак