Sevgi hayot tarzi sifatida (Geri Chepmen G.) 10 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Geri Chepmen. Sevgi hayot tarzi sifatida

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

Mundarija

So‘z boshi

1 bob. Birinchi qism. Biz nega sevishni xohlaymiz? Sevgidagi hayot chuqur qoniqish tuyg‘usini beradi

2 bob. Ikkinchi qism. Sevgining yettita siri. Ezgulik. Hayot quvonchini o‘zing uchun emas, balki boshqalar uchun kashf etgin

3 bob. Sabr-toqat. Boshqa odamlarning nomukammal ekanligiga ko‘nikkin

4 bob. Kechirim. G‘azabdan voz kech

5 bob. Xushmuomalalik. Atrofdagilarga xuddi do‘stlardek munosabatda bo‘lgin

6 bob. Itoatkorlik. Boshqa kishi qad rostlashi uchun sen engash

7 bob. Saxiylik. O‘zingni atrofdagilarga bag‘ishla

8 bob. Halollik. O‘zingni angla

9 bob. Uchinchi qism. Nikohda sevgini hayot timsoliga aylantir

10 bob. Bolalar bilan munosabatda sevgini hayot tarziga aylantir

11 bob. Ish faoliyatingda sevgini hayot tarziga aylantir

12 bob. Sevgi undovi

13 bob. Xotima

Asarning qisqacha mazmuni

Geri Chepmen - sevgi va munosabatlar masalasida butun dunyoga mashhur guru. Uning kitoblari 37 tilga tarjima qilingan bo‘lib, olamdagi millionlab kishilar hayotida haqiqiy burilish yasagan. “Sevgi hayot tarzi sifatida” - mushtariylar kutgan kitob. Bu asar “Sevgining beshta tili” bestsellerining mantiqiy yakunidir. Chepmen hayot bizni uchrashtiradigan barcha bilan uyg‘un munosabatlarni aqlli, erkin ruhdagi boshqaruv asosida qurishni taklif etadi.   Test va topshiriqlar hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan yettita xos xususiyatlaringizni rivojlantirishga yordam beradi. Mazkur kitob yordami bilan o‘zingiz baxtli bo‘libgina qolmay, balki boshqalarni ham baxtiyor etasiz.

Geri Chepmen G. Sevgi hayot tarzi sifatida

O‘ninchi bob Bolalar bilan munosabatda sevgini hayot tarziga aylantir

Farzandlaringizni kim bo‘lib yetishib chiqishini xohlamang, hamisha ular uchun - hayotda ham, suhbatda ham, - namuna bo‘lishga intiling.

Lidiya G. Sigurni

 

Mening oldimga Jonatan va Erika kelishdi. Ularning turmush qurganlariga ikki yil bo‘lgandi. Men juda yaqindan bo‘lmasada, harholda ularni bilardim. Ularning ismlarini o‘z ro‘yxatimda ko‘rganda o‘ylanib qoldim: “Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas”. Men bu juftlikda oilaviy muammo yo‘qligiga umid qilgandim va Jonatan shunday so‘zlarni aytganida yoqimli hayratga tushdim: “Biz hozirgina Erikaning homilador ekanligini bildik va ota-ona bo‘lishning qanaqa ekanligi haqida hech nima bilmasligimizni tushundik. Men unchalik yaxshi bo‘lmagan oilada ulg‘ayganman, Erika ham xuddi shunday. Biz farzandimizning shunday muhitda ulg‘ayishini istamaymiz. Biz o‘yladikki, balki siz qanday qilib yaxshi ota-ona bo‘lish haqida foydali maslahatlar berarsiz”.

Men bo‘lajak ota-onalarning bunday istagidan xursand bo‘lib, ularga shunday dedim: “Ota-onaning bolasi uchun qiladigan eng asosiy vazifasi - ularni sevish va boshqa odamlarni sevishga o‘rgatishdan iboratdir. Agar go‘dak o‘zini yaxshi ko‘rishlarini his qilsa, u o‘zini bexatar sezadi va ota-onasidan quvonch bilan o‘rganadi. Agar u ota-onasining sevgisini his qilmasa, deyarli qarshilik ko‘rsatishni boshlashi, ularning saboqlarini mensimaslikni va tartib-intizom qoidalarini buzishni boshlashi mumkin”.

“Bizga bu tanish deb o‘ylayman, - dedi Jonatan. - Erika ham, men ham ota-onalarimiz bizni yaxshi ko‘rishlarini his etgan emasmiz. Otam uydan chiqib ketganida men besh yoshda edim. Hozirgacha bu haqda eslash men uchun og‘ir. Erikaning otasi uydan ketmagan, lekin u xotiniga nisbatan juda qattiqqo‘l bo‘lib, qiziga o‘ta tanqidiy munosabat bilan yondashgan. Mana nima uchun biz bunchalik tashvish chekyapmiz. Biz ota-onalarimizga nisbatan his qilgan kechinmalarni bolalarimiz ham boshdan kechirishlarini istamaymiz”.

“Sizlarda bunaqa bo‘lmasa kerak, - men Jonatanni tinchlantirdim. - Eng avvalo, bir-biringizni chinakamiga sevishingizni yodda tuting”. So‘ngra esa bolalarga bo‘lgan sevgi haqida suhbatlashdik, negaki men ota-onaning sevgisi oilada eng muhim jihat deya hisoblayman.

Har bir ota-ona hayotining goh u, goh bu damlarida sayohat qilish, yangi ishga joylashish yoki uydan tashqarida ko‘proq vaqt o‘tkazishni istayotgani haqida o‘ylab qoladi. Ammo endi uning bolasi bor va u buni o‘ziga ravo ko‘rolmaydi. Bunday fikrlar mutlaqo tabiiy, ammo biz xudbinlikning asl sevgidan ustun kelishiga izn bersak, go‘dak buni shu zahotiyoq his etadi. Boshqa taraflama olganda, biz xonadonimizda uyg‘un munosabatlar qurishga e’tibor qaratsak, bola sevgimizni o‘ziga singdirib oladi.

Agar sizda farzandlar bo‘lsa, bu holda ota-onalik majburiyati xudbinlik haqida o‘zimiz istagandan ham ko‘ra tezroq unutishga turtki berishini juda yaxshi bilasiz. Biroq asl sevgini ham ular juda tez uyg‘otishadi. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan eng chuqur quvonchlarni hadya etadi.

 

Farzandni rostakamiga sevgan holda unda chinakamiga sevuvchi odam fe’l-atvorining barcha yettita xususiyatlarini tarbiyalash - bu ota-ona hal etishi lozim bo‘lgan eng asosiy vazifa.

 

Men qanchalik yaxshi ota yoki onaman?

Keyingi haftada chinakamiga sevuvchi odam fe’l-atvorining quyidagi xususiyatlarini o‘z farzandingizga (bolalaringizga) qanchalik yaxshi namoyon etganingizni noldan o‘ngacha bo‘lgan tizim asosida baholang. Kitobni o‘qishda davom etayotganda, o‘zingizning kuchli va zaif taraflaringizni unutmang.

 

_____ Mehribonlik

 

_____ Sabr-toqat

 

_____ Kechirim

 

_____ Xushmuomalalik

 

_____ Itoatkorlik

 

_____ Saxovat

 

_____ Halollik

 

Musiqali voqea

 

Yosh ona Juliya yaqinda yetti yoshli o‘g‘ilchasi bilan bo‘lib o‘tgan bir hodisani so‘zlab berdi. U buning misolida chinakamiga sevuvchi odam fe’l-atvorining yettita xususiyati yaxshi ota-ona uchun ahamiyatli ekaniga ishonch hosil qildi.

Juliyaning o‘g‘li Kaleb bir necha hafta mobaynida onasiga maktabdagi musiqa mashg‘ulotlari haqida hikoya qilib berdi. Unga maktab spektaklida musiqaning zarbli qismlarini ishonib topshirishgani juda-juda yoqdi. Spektakl qo‘yiladigan kun ham yaqinlashib qoldi. Juliya ish vaqtida chiqib borolmasligini xavotir bilan tushundi. U o‘g‘liga spektakldan bir kun avvalgi asosiy tayyorgarlikka borishini, ammo spektakl vaqtida otasi ishtirok etishini aytdi. Kaleb bunga rozi bo‘lgandek tuyuldi.

Biroq Juliya asosiy tayyorgarlik vaqtida musiqa o‘qituvchisi Xorner xonim bolalar ustidan nazoratni asta-sekin yo‘qotib borayotganini payqadi. Musiqa asboblar o‘z vaqtida chalinmasdi, bolalar pala-partish kuylashardi. Shovqin, kulgi va gap-so‘zlar yanada balandroq yangray boshladi. Juliya Xorner xonimning ko‘ngli cho‘kkanini ko‘rdi. U atrofdagi betartiblik Kalebga yomon ta’sir qilayotganini payqadi. Uni o‘qituvchining ovozidagi jahl ham tinchlantirmasdi.

“Men hammaga darhol o‘z joyiga o‘tirishlarini buyuraman!” - Xorner xonim oxir-oqibat baqirib yubordi.

Ana shu paytda Kaleb zaldan yugurib chiqib ketdi.

Juliya o‘g‘lining ortidan yugurdi. U bolasining kichik favvora oldida o‘kirayotganini ko‘rdi. Juliya uning yoniga tiz cho‘kib shunday dedi: “Sizlar hali ko‘p shug‘ullanishlaringiz kerak, to‘g‘rimi?”

“Buning hammasini ko‘rgani ko‘zim yo‘q! - hayqirdi Kaleb. - Xorner xonimni ko‘rishni istamayman! Barabanlarni yomon ko‘raman! Menga baqirishlarini yomon ko‘raman! Endi u yoqqa boshqa qaytmayman!”

O‘g‘lining harakatlari Juliyaning qalbini larzaga soldi. U bolasiga qichqirib yubormaslik uchun o‘zini zo‘rg‘a tiyib qoldi. U ayni vaqtda bolani uyga olib ketmoqchi bo‘ldi, negaki o‘g‘li uyda tinchlanib, o‘zini bexavotir his qilishi mumkin edi. “Men uni haddan tashqari serhissiyot qilib tarbiyalabman, - xayolga botdi u. - Uni bunday holatlarga tayyorlashim kerak”.

Biroq Juliya butunlay boshqa gaplarni aytdi: “Kaleb, men sening tuyg‘ularingni tushunib turibman, biroq kap-katta odam o‘zini bunday tutmasligi kerak. Bizga yomon bo‘lganida, atrofdagi hammani ayblayvermaymiz, axir”. Juliya bir necha daqiqa mobaynida tayyorgarlik chog‘ida nimalar bo‘lganini o‘g‘liga tushuntirdi. Ayol barchaga og‘ir bo‘lganini aytdi. “Ammo biz qaytishimiz kerak. Xorner xonim va boshqalar qanchalik jon kuydirishdi. Sen juda zo‘r mashg‘ulot o‘tading”.

Oxir-oqibat, Juliya o‘g‘lini o‘qituvchi va boshqa ota-onalarning qiziquvchan nigohlari ostida zalga qaytishiga ko‘ndirdi. U shundan demoqchi edi: “Kaleb o‘zini noxush sezyapti, shu bois odatdagidan ko‘ra unga bugun qiyin kechyapti. Uning qalbi shunaqa nozik”. Biroq u sukut saqladi va zalning o‘zi o‘tirgan burchagidan o‘g‘liga dalda bergandek bosh irg‘adi.

Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi, biroq kechqurun o‘g‘lining yana jazavasi qo‘zg‘adi.

“Men u yerga bormayman!” - Kaleb qichqirgancha xona bo‘ylab o‘yinchoqlarini uloqtirdi. Juliya asosiy kurash hali oldinda ekanligini tushunib turardi. U xonada o‘g‘lining yoniga o‘tirib, uning xotirjam bo‘lishini kuta boshladi.

“Bugun og‘ir kun bo‘ldi, - dedi u, - lekin men buni uddalashingni bilaman, o‘g‘lim. Barabanlarni chalishni qanchalik yoqtirganliging esingdami? Balki hammasi sen xohlagandek bo‘lmagandir, ammo agar borsang, keyinchalik bundan o‘zing xursand bo‘lishingga ishonaman”.

“Lekin o‘sha yoqqa borishni boshqa istamayman! Hatto o‘zingiz ham o‘sha yerga borishni xohlamayapsiz-ku! Siz doim menga yoqmagan ishlarni qilishga majburlaysiz! - Bolakay jim qoldi va onasiga ko‘zlarini qisgancha qarab qo‘shimcha qildi: - Men sizni yomon ko‘raman!”

Juliya qiyinchilik bilan o‘zini bosib oldi. “Menga shunday munosabatda bo‘lishingdan afsusdaman. Lekin hammasi bunday emas. Garchi men sening onang bo‘lsamda, bunday so‘zlar menga azob berishini nahotki bilmasang? Biz suhbatni davom ettirishimizdan avval sen kechirim so‘rashing lozim”.

Kaleb bexos aytib yuborgan gaplaridan o‘zi hayron qolgandek tuyulardi. “Kechiring, onajon”, - g‘udurladi u. Juliya hech qanday javob qilmadi. Bolakay unga qarab, endi balandroq tovushda aytdi: “Kechiring, onajon”.

“Rahmat, - dedi Juliya. - Kaleb, men muhim qarorga kelganimni senga aytmoqchiman. Men chindan ham ertangi tomoshada ishtirok etishingni xohlayman. Men janob Keytsga ertaga ishga borolmasligimni aytdim. Ammo men zalda bo‘lamanmi-yo‘qmi, sen Xorner xonimga bergan va’dangni bajarishing juda muhim. Sen myuziklda ishtirok etishing zarur. Bu to‘g‘ri va haqqoniy bo‘ladi”.

Kaleb onasiga shubha bilan qarab qoldi. Ular yana biroz suhbat qilishdi va bolakay ertasi kuni spektaklga borishga rozi bo‘ldi.

Juliya xonadan chiqish oldidan shunday dedi: “Kaleb, biz yana bir narsani muhokama qilib olishimiz kerak. Sen ertangi spektaklda ishtirok etishga rozi bo‘lding va men sen bilan faxrlanaman. Ammo sen yana shu haqda gap ochsang yoki ertaga injiqlik qilishni boshlasang, senga bir hafta kompyuter o‘ynashni ta’qiqlayman. Meni tushundingmi?”

Kaleb jimgina bosh irg‘adi.

Juliya ertasi tongda o‘g‘lining maktabga jo‘nayotganini yengil tin olib kuzatdi. Bola ma’yus qiyofada edi, ammo u shikoyat qilmadi. Juliya bolasiga hech qayoqqa bormasligi mumkinligini aytishni juda xohladi. Biroq spektakldan so‘ng o‘g‘lining baxtiyor qiyofasini ko‘rganida, bu gapni aytmaganidan o‘zi quvondi. Kalebning yuzi g‘urur va quvonchdan yorishib turardi. U spektaklda ajoyib tarzda ishtirok etdi va bundan juda mamnun edi.

 

Mehribonlik

Keling, endi bu vaziyatni chinakamiga sevuvchi odam fe’l-atvorining yettita xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil qilib ko‘raylik Juliya ularni o‘g‘liga nisbatan qanday namoyon etdi? Eng avvalo, garchi bolakay qattiq jahllangan bo‘lsada, ayol Kaleb bilan do‘stona va xotirjam ohangda gaplashdi. Bizga qichqirganlarida, biz ham baland ohanglarda gapirgimiz keladi. Yaxshi ota-ona kundalik hayotda qiladigan eng oddiy ish bola bilan xotirjam va sokin gaplashishdir. Bolaga faqat birgina holatda qichqirish mumkin: u ko‘chaga yugurib chiqib, mashina ostiga tushib qolishi mumkin bo‘lganida. Ammo qichqiriq sevuvchi ota-ona uchun maqbul hayot tarzi bo‘lishi mumkin emas. Bunga oson ko‘nikish mumkin, lekin siz qichqirig‘ingiz bola qalbida uzoq saqlanib qoladigan xafagarchilik tug‘dirishini tushunishingiz lozim.

Juliya Kalebning his-tuyg‘ulari adolatli ekanligini tan olish va tushunish borasida ham mehribonlik ko‘rsatdi. U bolasiga qichqirmadi va so‘zsiz bo‘ysunishni talab etmadi. U bolaning tuyg‘ulari o‘qituvchidan shunchaki xafa bo‘lishdan ko‘ra ancha chuqur ekanligini tushundi. Juliya o‘g‘li bilan gaplashish uchun vaqtini ayamadi. Garchi bu voqelarning barchasiga o‘qituvchining noo‘rin hatti-harakatlari katta darajada sababchi bo‘lgan bo‘lsada, Juliya Xorner xonim bilan xotirjam va do‘stona suhbat qurib, o‘g‘liga yaxshi ibrat ko‘rsatdi.

Agar biz farzandlarimizning yaxshi insonlar bo‘lib ulg‘ayishini istasak, ularga ibrat ko‘rsatishimiz lozim. Qizining po‘stin kiyishiga mehribonlik ila yordam berayotgan ota uni boshqa odamlarga yordam berishga o‘rgatadi. Qo‘pollik va keskinlik bola qalbiga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Xushmuomalalik va mehribonlik bola qalbini boyitadi.

 

Sabr-toqat

Sabr-toqat - har bir ota-ona egallashi lozim bo‘lgan hayotiy muhim xususiyat. Ikki yoshli qizalog‘imiz paypog‘ini kiyishini kutib turamizmi yoki o‘n yetti yoshli o‘g‘limiz mana bir necha oydirki biz bilan gaplashmayotganiga chidashga urinamizmi, baribir, biz takror va takror bolalarimiz o‘sib-ulg‘ayib borayotganini o‘zimizga eslatib turishimiz lozim.

Ko‘plab ota-onalar uchun kichik yoshdagi bolalariga nisbatan sabrli bo‘lish osonroq. Bola yurishni o‘rganganida, biz uning oldida turib shunday deymiz: “Qani, kichkintoy, oldimga kelgin. Sen yurishni bilasan. Qani, kelaqol!” Bolakay kichkina qadam tashlab yiqiladi. Xo‘sh, biz nima qilamiz? Biz unga: “Eh, lapashang, seni qara-yu! Nega yurishni bilmaysan-a?!” deb aytmaymiz-ku. Bunday gaplar o‘rniga biz hayqiramiz: “Barakalla! Bo‘laqol, yana bir marta!” Va nima yuz beradi? Go‘dak o‘rnidan turib, yana harakat qiladi.

Farzandimiz kattaroq bo‘lgani sayin sabr-toqatning buyuk qudrati haqida unutib qo‘yamiz. Xuddi Kalebga o‘xshab bolalarimiz bir xil muammolarga takror-takror to‘qnash kelishaveradi. Xo‘sh, ular qachon o‘rganishadi? Yoki bu bizning aybimizmi? O‘sha bir xil mazmundagi gaplarni qaytarishimizga qanchalik tez-tez to‘g‘ri keladi?

Ota-onalik munosabatlarida sabr-toqat vaqtni talab etadi. Biz javobgarlikni qabul qilishimiz kerak. Biz bolalarimizni urinishlari uchun maqtashimiz va ulg‘ayishning keyingi bosqichiga qanday o‘tishlariga o‘rgatishimiz lozim. Juliya buning uddasidan chiqdi. U o‘g‘liga va’daning ustidan chiqishni o‘rgatdi, uning intilishlari muhimligini e’tirof etdi va o‘g‘liga ancha qiyin tuyulgan ishlarni bajarishi uchun dalda berishga erishdi. U o‘g‘liga o‘zi bilan tuyg‘ularini baham ko‘rishi uchun vaqtini ayamadi.

Bolalar yaxshi harakatlar hayot uchun foydali, yomonlari esa uni og‘ir qilishini asta-sekinlik bilan tushunib boradilar. Sabrli ota-ona o‘z farzandini chinakamiga yaxshi ko‘radi.

 

Kechirim

Juliya bir necha daqiqa mobaynida o‘zini noqulay his qildi. O‘hli unga qichqirib, yomon ko‘rishini ta’kidladi. Juliya esa uni kechirishga tayyorligini namoyish etdi. U o‘g‘liga azob chekayotganini aytdi hamda uning harakatlari nima uchun noto‘g‘ri va nojoiz ekanligini tushuntirdi. So‘ngra esa o‘g‘liga uning kechirim so‘rashi lozimligini aytdi. Kaleb uzr so‘raganida, onasi uning kechirimini qabul qildi va suhbat davom etdi.

Kechirim ota-onalar bolalaridan tartib-intizomga bo‘ysunishlarini talab etishlari shart emas degan ma’noni anglatmaydi.  Katta yoshdagilar bilan munosabatda bo‘lgani kabi, kechirim so‘z va hatti-harakatlarimiz oqibatlarini bartaraf etmaydi. Bola salbiy harakatlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishini tushunishi lozim. Kechirim munosabatlar saqlanishi va rivojlanishiga imkon beradi.

Sevuvchi ota-onalar kechirim - ikki yoqlama harakat qilsa bo‘ladigan yo‘l ekanligini tushunishadi. Bola uzr so‘raganida biz uni kechiramiz. Ammo o‘zimiz ham unga nohaq yondashadigan bo‘lsak, uzr so‘raymiz. Ayrim ota-onalar bolalaridan uzr so‘rashni yoqtirishmaydi. Ularning nazarida, kechirim so‘raganlaridan so‘ng bola ularni kamroq hurmat qiladigandek bo‘lib tuyuladi. Aslida esa barchasi aksincha ro‘y beradi. Ota-ona bolasidan uzr so‘raganida, bola ularga katta hurmat bilan yondashishni boshlaydi. Bolakay buning misolida har qanday munosabatlarda kechirim so‘rash zarurligini tushunadi, kechirim esa munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashning eng yaxshi usulidir.

 

Xushmuomalalik

Juliya Kalebga xushmuomalalikning oddiy qoidasini namoyon etdi. U hatto eng murakkab vaziyatlarda ham “rahmat” va “marhamat” kabi sehrli so‘zlarni aytish zarurligini ko‘rsatdi. Eng muhimi esa, u bolasi jahllanganida g‘azabga berilmay, unga o‘z hurmatini namoyon etdi.

Bolani muloyimlikning oddiy qoidalariga o‘rgatish kerak. U katta yoshga yetganidan so‘ng o‘zini qanday tutishni o‘zi tushunib olaveradi deb o‘ylamang. Sevuvchi ota-onalar bolalariga ham xuddi do‘stlariga hurmat bilan yondashgandek munosabatda bo‘lishadi. Juliya o‘z hurmatini yo‘qotmadi, lekin Kalebga uning hurmatga munosib ekanligini, farzandining his-tuyg‘ulari xuddi o‘ziniki kabi muhimligini ko‘rsatishga erishdi. Xushmuomalalik onaga murakkab vaziyatda sevgini namoyon etishiga yordam berdi.

 

Itoatkorlik

Bolalar tarbiyasi haqidagi kitoblarda “itoatkorlik” so‘zi kamdan kam uchraydi. Bizning nazarimizda, ota-onalar nufuzga ega bo‘lib, itoatkorlik ular nufuzini mustahkamlashga aslo muvofiq kelmaydi. Biroq sevgi ruhi singdirilgan asl itoatkorlik va hurmat-e’tibor hamisha qadr-qimmatga ega bo‘ladi. Biz bolaning ulg‘ayishiga yordam berish uchun ba’zan o‘z manfaatlarimizdan voz kechishimizga to‘g‘ri keladi.

Juliya o‘g‘lining darajasiga qadar- ham jisman, ham ruhan, - o‘zini past olganligini eslang. U o‘g‘liga yordam kerak ekanligini bilgan. Aslida bolaning harakati uning izzat-nafsiga tekkandi. U boshqa ota-onalar oldida noqulay bo‘ldi, ammo bunday vaziyatda boshqa odamlarning fikri o‘zi uchun muhim emas degan qarorga keldi. Uning uchun eng asosiysi bolasining tarbiyalash edi. Ayol farzandi o‘zi va boshqalarga qanday yondashishi zarurligini o‘z misolida ko‘rsatdi.

Itoatkorlik bizni ko‘pgina ota-onalar ilinib qoladigan tuzoqdan qochishga undaydi. Men aybdorlik tuyg‘usi haqida gapiryapman. Agar siz mukammal ota yoki ona ekanligingizni bilishni xohlasangiz, men javob beraman. Siz mukammal emassiz. Biroq agar siz o‘z zaifliklaringizga yopishib olsangiz, farzandingizni sevish uchun vaqtingiz qolmaydi.

Agar Juliya o‘g‘lini tarbiyalashda o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolar haqida haddan ziyod ko‘p o‘ylaganida, Kalebni hech qachon chinakamiga sevolmagan bo‘lardi. Biroq u itoatkorlik bilan bola uchun eng muhim bo‘lgan jihatlarga o‘z e’tiborini qaratdi. Juliya o‘sha voqeadan so‘ng atrofdagilarning jahli chiqishi bilan bog‘liq vaziyatlarga Kalebni qanday qilib yaxshiroq tayyorlash haqida o‘ylay boshladi. Itoatkorlik bolaning noto‘g‘ri harakatlari uchun unga mas’uliyat yuklamagan holda ota-onalik qobiliyatlarini rivojlantirishga tayyorlikni anglatadi.

 

Itoatkorlik o‘zining ojiz tomonlariga bog‘lanib qolmasdan, buni tan olishga tayyorlikni anglatadi.

 

Saxovat

Ota-onalik saxovati xonadoningizda chaqaloq tug‘ilganidan boshlab bir umr davom etadi. Sevgi hayot tarziga aylanganida, saxovat ota-ona qalbining eng tabiiy boyligiga aylanadi.

Juliya o‘g‘li u bilan o‘z tuyg‘ularini baham ko‘rishi va to‘g‘ri qarorga kelishi uchun o‘z vaqtini ayamadi. U Kalebga boshqa odamlar manfaati uchun ba’zan o‘zimiz uchun zarur nimanidir qurbon qilishimizga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. U spektaklga kelish uchun o‘z ishini qurbon qildi. Kaleb ham muayyan qurbonlik keltirdi - u o‘zi xohlamagan ishni bajardi.

Saxovat biz bolalarimizga ular istagan barcha narsani berishimiz kerakligini anglatmaydi. Juliya o‘g‘liga nisbatan “saxovat” ko‘rsatib ishdan javob so‘radi, lekin u xudbinlarcha yo‘l tutishi ham mumkin edi.

Kundalik hayotda bolaga qachon “yo‘q” deb aytish kerakligini belgilash qiyin. Bunday vaziyatda inson o‘zidan so‘rashi foydaliroq: “Men o‘zimni o‘ylab bolamga rad etayapmanmi yoki chinakamiga sevuvchi odam fe’l-atvorining yettita xususiyatini namoyon qilyapmanmi?”

 

Rostgo‘ylik

Farzandlarga aslo haqiqatning achchiq hapdorisini shirin qilib berish shart emas. Juliya Kalebga: “Bu senga albatta yoqadi” yoki “Xorner xonim menga aytdiki, agar sen chiqish qilmasang, u bundan qattiq xafa bo‘ladi” kabi so‘zlarni aytishni istardi. Ona kichik bir oppoq yolg‘on bilan bolasini tezda ko‘ndirishi mumkin edi, biroq bu hech bir tarzda ona va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlashga xizmat qilmas hamda Kalebga haqiqat qanchalik muhim ekanligini ko‘rsata olmasdi. Haqiqat shundan iborat ediki, bolaning chiqishi boshqalarga yoqmay qolishi mumkin edi. Qolaversa, o‘qituvchini ham o‘zi tashkil etgan spektakl qanday o‘tishi qiziqtirardi, xolos. Kaleb inson o‘z zimmasiga olgan majburiyatini, hatto bunday qilish o‘ziga yoqmasa ham, bajarishiga to‘g‘ri kelishini tushunishi kerak edi. Va bolakay va’dani bajarish chuqur ichki qoniqish hissini berishini tushundi. Juliya Kaleb unga azob berganini ochiq e’tirof etdi. Bola gap bilan boshqa odamni jarohatlash mumkinligini tushunishi zarur edi.

Agar siz qizingizning konsertiga borishni unutib qo‘yib, tirbandlikda qolib ketganingizni aytsangiz, yoki o‘g‘ilchangiz bilan birga o‘ynashdan toliqib, kimgadir qo‘ng‘iroq qilishingiz zarurligi aytib ayyorlik qilsangiz, bu bilan o‘zingizni himoya qilish uchun bolaga ba’zan haqiqatni yashirish mumkinligi haqida g‘ira-shira tushuncha bergan bo‘lasiz. Siz - bolangiz bu olamda cheksiz ishonadigan birinchi odaisiz. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni yolg‘on asosida qurib bo‘lmaydi.

Bernard Shou bir paytlar shunday yozgandi: “Eng tarbiyali bolalar - o‘z ota-onalarini qanday ekanliklarini ko‘rib ulg‘aygan bolalardir. Munofiqlik ota-onalikning asosiy burchi hisoblanmaydi”. Sevuvchi ota-onalar o‘z xatolarini yashirish yoki noqulay vaziyatdan chiqish uchun yolg‘on gapirishmaydi. Ularning uydagi va uydan tashqaridagi so‘zlari, hatti-harakatlari birgina hissiyot - asl sevgi hissiyoti - bilan yo‘g‘rilgan.

 

Sevgining kuchi

 

Elizabet Stoun farzandli bo‘lish, - “vujudingdan tashqarida yana bir yurakka ega bo‘lish” bilan barobar ekanligini yozgandi. Bolalar bizni nima achchiqlantirishini, nima xursand qilib, nima xush yoqishini juda yaxshi bilishadi. Ular har kuni o‘z tabiatlarining yaxshi yoki yomon taraflarini ko‘rsatishadi, yoki, to‘g‘rirog‘i, biz ularga bu xususiyatlarini namoyon etishlariga izn beramiz. Har qanday munosabatlarda bo‘lgani kabi, bizning harakatlarimiz bolaning so‘z va hatti-harakatlariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Sevgi hayot tarziga aylanganida, farzandlarimizning baxt-saodati va boshqa insonning qalbida sevgi gullab-yashnayotganini ko‘rganda his etiladigan chuqur qoniqish tuyg‘usi biz uchun eng asosiysi bo‘lib qoladi (1).

 

Siz haqingizda suhbatlashamiz

 

Muhokama va mulohaza uchun savollar

1. Sizning hozirgidek ota-ona bo‘lishingizga bolaligingiz qanday ta’sir ko‘rsatgan?

2. Siz o‘z sevgingizni bolangizga qanday namoyon etasiz? Nima uchun?

3. Bolangizga sevgi ko‘rsatishingiz siz uchun qachon og‘irroq kechadi?

4. Bolangizga nisbatan so‘z va hatti-harakatlaringizda o‘zingizni aybdor sezsangiz, o‘zingizni qanday tutasiz?

Foydali maslahatlar

1. Bolangiz bilan bo‘ladigan odatiy kelishmovchilikni eslang. Chinakamiga sevuvchi odam fe’l-atvorining yettita xususiyatlari bilan o‘zingizni qanday tutish mumkin deb o‘ylaysiz? Bu xususiyatlarni birin-ketin tahlil qiling. Ular kelajakda sizning hatti-harakatlaringizni qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.

2. Quyida keltirilgan savollarni bolangiz bilan birgalikda muhokama qilishga tayyormisiz? Uning javoblarini jiddiy qabul qilishga qodirmisiz? (Bir haftada bittadan savolni muhokama qilishlaringizni maslahat beraman.)

a. Senga yordam berish uchun nimalar qilishim mumkin?

b. Qanday qilib yaxshiroq ota yoki ona bo‘lishim mumkin?

v. Bu oyda seni nimalarga o‘rgatishim mumkin?

g. Senga nisbatan munosabatda men nimalarni bas qilishim kerak?

 


 

Аудио Книга на Узбекском языке: Любовь как образ жизни (Гэри Чепмен) 2020г

Описание книги: Гэри Чепмен – признанный во всем мире гуру в вопросах любви и отношений. Его книги переведены на 37 языков и совершили настоящий переворот в жизни миллионов людей во всем мире. «Любовь как образ жизни» – книга, которую ждали. Это логическое завершение бестселлера «Пять языков любви». Чепмен предлагает мудрое, ненавязчивое руководство по построению гармоничных отношений со всеми, с кем сталкивает нас жизнь. Тесты и задания помогут вам развить семь личных качеств, которые кардинально изменят вашу жизнь. С помощью этой книги вы не только сами станете счастливее, но и сделаете счастливыми других.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак