Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 9 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


2-KITOB.

MASIHIYLAR NIMAGA ISHONISHADI?

2.4. MUKAMMAL TAVBA QILUVCHI

Shunday qilib, biz qo‘rqinchli muqobilga to‘qnash kelamiz. Bu odam U O‘zini kim deb atayotgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs yoki aqldan ozgan, vosvos yoxud yanada yomonrog‘i. U jinni ham, jin ham emasligi menga mutlaqo tushunarli. Tegishlicha, bu qanchalik g‘aroyib va qo‘rqinchli bo‘lmasin, men U Xudo bo‘lgani va hali ham shunday ekanligini tan olishga majburman. Xudo dushman bosib olgan bu yerga inson qiyofasida tushdi.

U buni qaysi maqsadda amalga oshirdi? Qaysi ish haqqi-hurmati uchun keldi? Albatta, o‘rgatish uchun. Ammo siz Yangi Ahdni yoki har qanday masihiylik kitobini ochsangiz, hamisha ularda boshqa nimadir haqida, ya’ni aynan Uning o‘limi va qayta tirilishi haqida gapirilayotganini aniqlaysiz. Mutlaqo ravshanki, masihiylarning nazarida aynan shu eng muhimidir. Ular U Yerga kelishining bosh maqsadi azob tortish va o‘lishdan iborat, deb hisoblashadi.

Masihiy bo‘lgunimga qadar, masihiylar, avvalambor, Uning o‘limi haqidagi qandaydir nazariyaga ishonishlari kerak, degan tasavvurda edim. Unga ko‘ra, Xudo odamlarni Uni tashlab ketishgani va buyuk isyonchining tarafini olgani uchun jazolashni istagandi, lekin Xudo odamlarni kechirishi uchun Masih ko‘ngilli ravishda jazo olmoqchi bo‘ldi. Hozir hatto bu nazariya endi menga avvalgidek unchalik noaxloqiy va ahmoqona tuyulmasligini tan olishim zarur. Lekin gap bunda emas. Keyinroq men na bu, na shunga o‘xshash boshqa nazariya masihiylikning mohiyatini ifodalamasligini ko‘rdim.

Masihiylik e’tiqodining markaziy g‘oyasi bo‘lmish Masihning o‘limi qandaydir tarzda bizni Xudoning nazdida oqlagani va bizga boshidan boshlash imkonini berganidadir. Bunga qanday erishilgani boshqa masala. Bu borada  ko‘p mulohazalar bor. Lekin mana shu fikr to‘g‘ri ekanligiga hamma masihiylar qo‘shilishadi. Men sizga o‘zim o‘ylayotganlarimni aytaman. Barcha ongli odamlar agar charchasangiz va och qolsangiz, yaxshi taom sizga foyda berishini bilishadi. Ovqatlanish, hamma vitaminlar va proteinlar haqidagi o‘sha zamonaviy nazariyaning xuddi o‘zi emas. Hali nazariyalar paydo bo‘lishidan ancha ilgariyoq, odamlar ovqatlanishgan va shundan so‘ng o‘zini yaxshi his qilishgan, agar qachonlardir nazariyalarni unutib yuborishsa ham, odamlarga bu xuddi ilgarigidek ovqatlanishiga xalaqit bermaydi. Masihning o‘limi haqidagi nazariyalar masihiylik emas. Ular faqat uning harakati mexanizmini tushuntirishga urinadi. Ularning muhimlik darajasi haqida hamma masihiylar bir xil fikrda emas. Mening ingliz jamoatim yagona to‘g‘risi sifatida ulardan birortasida turishimni qat’iy talab qilmaydi. Rim jamoati ancha ilgari ketadi. Lekin menimcha, har qanday barcha tushuntirishlardan ko‘ra, mohiyat cheksiz muhim va tushuntirish butunlay to‘liqlikka da’vo qila olmaydi, degan fikrga qo‘shiladi. Lekin shu kitobning so‘zboshisida aytib o‘ganimdek, men bor-yo‘g‘i oddiy taqvodorman, mazkur savol esa bizni juda uzoqqa olib ketadi. Takrorlayman, sizga faqat o‘zimning shaxsiy nuqtai nazarimni bayon qila olaman, xolos.

Unga ko‘ra, siz qabul qilishingizni so‘rayotgan narsa, nazariya emas. Ko‘pchiligingiz, shubhasiz, Jins yoki Eddingtonning asarlarini o‘qigansiz. Ular atom yoki shunga o‘xshash narsani tushuntirmoqchi bo‘lsa, shunchaki sizga buning bayonini berishadi, shu asosda sizning miyangizda qandaydir tafakkur qiyofasi paydo bo‘ladi. Keyin esa, ular sizni bu aslida olimlar haqiqatan ham ishonayotgan qiyofa emasligiga ishontirishadi; ular esa matematik formulalarga ishonishadi. Ko‘rgazmali suratlar faqat siz bu formulani tushunib olishingiz uchun beriladi. Aslida bu ko‘rgazmalar formulalar to‘g‘ri bo‘lgan ma’noda to‘g‘ri emas. Ular voqelikni aks ettirmaydi, balki u haqda qandaydir yaqinlashgan tushuncha beradi. Ularning maqsadi faqat sizga yordam berishdan iborat, agar ular sizga yordam bermasa, ularni tashlab yuborishingiz mumkin. Atomning mohiyatini rasmlarda berib bo‘lmaydi, uni faqat matematik formulalarda ifodalash mumkin.

Masihiylik bilan ham xuddi shu narsa sodir bo‘ladi. Biz Masihning o‘limi insoniyat tarixidagi boshqa dunyoga tegishli bo‘lgan va tasavvurimizga sig‘maydigan nimadir bizning dunyomizda o‘zini namoyon qilgan nuqta ekanligiga ishonamiz. Toki, biz rasmlarda atomlarni tasvirlay olmas ekanmiz, Masihning o‘limi va qayta tirilishi vaqtida haqiqatan ham nima ro‘y berganini o‘z tasavvurimizda chizib berishga, albatta,  qodir emasmiz. Buning ustiga, agar biz bularning hammasini tushuna olishimizni anglasak, shu dalilning o‘zi mazkur hodisa – umuman, o‘zini namoyon qilayotgan yetib bo‘lmas, qo‘l yetmas, narsalarning tabiat ustida turuvchi va xuddi chaqmoq zarbasidek, shu tabiati ichiga kira oluvchi narsa emasligidan dalolat berardi.

Siz bunday deyishingiz mumkin: "Toki buni tushunishga qodir bo‘lmasak, bizga ne foyda?" Javob berish juda oson bo‘lgan savol. Odam  qanday qilib organizm oziq moddalarini o‘zlashtirishini tushunmagan holda, taomni yeb bitirishi mumkin. Odam Masihning ishi o‘zida ishlayotganini tushunmay turib, Masih qilgan ishlarni qabul qilishi mumkin. Odam toki Masihni qabul qilmagunicha, uni tushunishga hatto yaqinlasha olmasligi turgan gap.

Masih biz uchun xochga tortilgani, Uning o‘limi bizning gunohlarimizni yuvgani va U o‘lib, o‘limning “nish”ini sug‘urib olgani aytilgan. Bu formula. Bu masihiylik. Bunga ishonish zarur. Masihning o‘limi buni qanday qilib yuzaga chiqara olgani haqidagi har qanday nazariyalar, mening fikrimcha, ikkilamchi: ular toki bizga yordam bermasa, shunchaki ulardan hech bir ziyonsiz voz kechish mumkin bo‘lgan chizmalar va diagrammalar bo‘lib, hatto yordam berganida ham, o‘zlari xizmat qilayotgan mohiyat bilan ularni adashtirib yubormaslik lozim. Shunga qaramay, bu nazariyalarning ba’zilari ularni ko‘rib chiqishimizga arziydi.

Biz ko‘p eshitadiganimiz ulardan birini men eslatib o‘tdim: Xudo bizni kechirdi, chunki Masih biz uchun jazo olishga o‘z ixtiyori bilan rozi bo‘ldi. Bir qarashda bu nazariya o‘ta ahmoqona ko‘rinadi. Toki, Xudo bizni kechirishga tayyor ekan, nega U avvalroq shunday qilmagan? Boshqalarning aybi uchun aybsizni jazolashning ma’nosi nimada? Agar ishni bizning huquqshunoslik tizimimiz nuqtai nazaridan qarab chiqsak, men bunda hech qanday ma’no ko‘rmayapman. Lekin boshqa nuqtai nazardan qarasak, biz ma’no ko‘ramiz: mablag‘i bor bo‘lgan kimdir to‘lov qobiliyati bo‘lmagan boshqa kishi uchun to‘lovni amalga oshirayapti.

Yoki boshqa bir misol: odam o‘z aybi bilan baloga yo‘liqadi va u bunng uchun to‘lov to‘lashiga to‘g‘ri keladi, lekin tor moliyaviy ma’noda emas, balki so‘zning ko‘proq umumiy ma’nosida. Yaxshi do‘stdan boshqa kim ham uni jardan olib chiqardi?

Odam o‘z aybi bilan qanday jarga tushdi? Nima uchun u bu yerga tushib qoldi, o‘zi? Odam hammasini o‘z ixtiyoriga binoan qilmoqchi, o‘zini go‘yoki u o‘zidan boshqa hech kimga tegishli bo‘lmagandek tutmoqchi bo‘ldi: boshqacha qilib aytganda, qulagan odam shunchaki to‘g‘rilanish va yaxshilanishga muhtoj bo‘lgan nomukammal mavjudot emas: u qurolini tashlashi kerak bo‘lgan isyonchidir. Qurolni tashlash, taslim bo‘lish, uzr so‘rash, to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketganimizi tan olish, hammasini yana boshidan boshlash – mana biz o‘z jarimizdan chiqa oladigan yagona yo‘l. Masihiylar aynan shu tan olishni, so‘zsiz taslim bo‘lishni, oxirigacha ortga qaytishni tavba qilish, deb aytishadi. Bu jarayon unchalik ham yoqimli emas. Bu shunchaki o‘z holatiga ko‘nikishdan ko‘ra murakkabroq. Tavba qilish - biz ming yillar davomida o‘zimizda o‘stirib kelayotgan kibr va o‘z xohishimizdan vozkechish demakdir. Tavba qilish o‘zingning bir qismingni o‘ldirish, o‘limga o‘xshash nimanidir boshdan kechirishni anglatadi. Tavbaga kelish uchun haqiqatan ham yaxshi odam bo‘lish zarur. Mana shu yerda qiyinchilikka duch kelamiz. Faqat yomon odam tavbaga muhtoj; faqat yaxshi odamgina chindan tavba qilishi mumkin. Siz qanchalik yomon bo‘lsangiz, tavbaga shunchalik muhtojsiz, ammo shunga qaramay, siz unga moyilsiz. Faqat mukammal odam mukammal tavbaga kela oladi. Biroq bunday odam tavbaga muhtoj emas.

Esda tuting, tavba qilish ixtiyoriy itoatkorlik va o‘limga o‘xshash narsa bo‘lib, bu sizni qaytarib olishdan oldin Xudo sizdan talab qilayotgan va agar istasa sizni bundan xalos qiladigan narsa emas. Tavba haqida gapirganda, men faqat sizga Xudoga qaytish nima ekanligini tasvirlab berayapman. Agar siz Xudodan barcha tavbalarsiz sizni qaytarib olishini so‘raydigan bo‘lsangiz, u holda sizni ortga qaytarib o‘tirmay, qaytib borishingizga imkon berishini so‘rayotgan bo‘lasiz. Bunaqasi ketmaydi.

Shunday qilib, biz tavbadan o‘tishimiz kerak. Lekin tavbani zarur qiluvchi bizning ichimizdagi yovuzlik, ayni paytda, bizni tavba qilish layoqatimizdan mahrum qiladi. Agar Xudo bizga yordam bersa, shu muammoni hal qila olamizmi? Ha, lekin bu ishda Xudoning yordamini qanday tushunamiz? Shubhasiz, bizga yordam berish uchun Xudo vujudimizga, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zining bir qismini kiritganligini nazarda tutayapmiz. U O‘zining mulohaza layoqatidan ozginasini bizga vaqtincha berib turadi va biz o‘ylashni boshlaymiz; U vujudimizga O‘z sevgisidan ozgina kiritadi va shunda biz bir-birimizni seva olamiz. Siz bolaga yozishni o‘rgatayotganingizda, u bilan birga harf tushirish uchun, uning qo‘lini ushlab turasiz: uning qo‘li harflarni tushiradi, chunki buni siz yozayapsiz. Xudo yaxshi ko‘rgani va fikrlagani hamda bu jarayonlarni boshqara turib bizning qo‘limizni O‘z qo‘llarida ushlab turgani uchun, biz sevamiz va fikrlaymiz. Agar siz bilan biz qulamaganimizda edi, bu xotirjam suzish bo‘lgan bo‘lardi. Lekin afsuski, biz hozir O‘z tabiatidan kelib chiqib, Unga, Xudoga begona bo‘lgan ishda: taslim bo‘lish, azoblanish, itoat qilish, o‘lishda bizga Xudo yordam berishiga muhtojmiz. Xudoning tabiatida ushbu taslim bo‘lishga mos keladigan hech bir narsa mavjud emas. Demak, bizga hammasidan ko‘ra ko‘proq zarur bo‘lgan yo‘l “Xudoning rahbarligida” bo‘lish, O‘z tabiatidan kelib chiqib, Xudo bu yo‘ldan aslo yurmagan. Xudo faqat O‘z tabiatida bor bo‘lgan narsanigina baham ko‘rishi mumkin. Lekin bizdan talab qilinayotgan narsa Uning tabiatida mavjud emas..

Endi Xudo odamga aylandi, deb taxmin qilaylik; bizning azob chekish va o‘lishga qodir bo‘lgan insonlik tabiatimiz Xudo tabiati ila bir shaxsda birlashdi, deb faraz qilsak, bunday shaxs bizga yordam bera olarmidi. Xudo-odam O‘z irodasini bo‘ysundira olgan bo‘lardi, azoblanishi va o‘lishi mumkin bo‘lardi, chunki U – odam; butun bu jarayonni U mukammal ado etgan bo‘lardi, chunki U – Xudo. Siz bilan biz agar faqat Xudo bu jarayonni bizning ichimizda sodir etgandagina biz butun boshli bu jarayondan o‘tgan bo‘lardik; lekin buni Xudo faqat insonga aylanibgina sodir eta oladi – bizning o‘lim orqali o‘tishga urinishlarimiz faqat biz, odamlar Xudoning o‘lishida ishtirok etsakkina bo‘ladi, xuddi bizning fikrlashimiz faqat Uning tafakkuri ummonidagi bir tomchi bo‘lgani tufayli samarali bo‘lgani kabi; lekin agar Xudo o‘lmasa, biz uning o‘lishida ishtirok eta olmaymiz; U esa to odam bo‘lmagunicha o‘la olmaydi. Mana U bizning qarzlarimizni qaysi ma’noda to‘layapti va U umuman azoblanmasligi kerak bo‘lgan holda, bizning o‘rnimizga azob chekayapti.

Men qanday qilib ba’zi odamlar agar Iso xuddi odam bo‘lgani darajada Xudo bo‘lganda, Uning azoblari va o‘limi shu odamlarning nazarida o‘z qimmatini yo‘qotardi, deb shikoyat qilishganini eshitganman, chunki ular “bu Uning uchun juda ham yengil va oson” deyishadi. Boshqa odamlar (va mutlaqo adolatli tarzda) bunday noshukurlikni qoralashi mumkin. Biroq meni o‘zlari guvohlik berayotgan narsani tushunmasliklari hayratga soladi. Bir tomondan, shunday deyayotgan odamlar, o‘zlaricha haq. Ehtimol, ular hatto o‘z dalillarining kuchiga yetarlicha baho bermayotgandirlar. Mukammal itoat, tortilgan azoblar, mukammal o‘lim Iso uchun nafaqat oson edi, chunki u Xudo, bu narsalar balki U Xudo bo‘lgani uchun ham zarur bo‘lgandir. Ayni paytda, shuning uchun Uning tavozesini, azoblarini va o‘limini qabul qilmaslik g‘alati emasmi? O‘qituvchi bola uchun harflar yozishi mumkin, chunki o‘qituvchi katta odam va yozishni biladi. Albatta, bu harflarni yozish unga oson. Faqat shuning uchun ham u bolaga yordam bera oladi. Agar bola bunday qilish “kattalarga oson”, degan asosda uning yordamini rad etsa va unga yozishni o‘zi ham yozishni bilmaydigan (shu bois, “adolatsiz” ustunlikka ega bo‘lmagan) boshqa bola o‘rgatishini kutib o‘tirsa, o‘rganish uncha ham tez bo‘lmaydi. Agar men tezoqar oqimda cho‘kayotgan bo‘lsam, bir oyog‘i bilan qirg‘oqda turgan odam menga qo‘l cho‘zishi mumkin va bu mening hayotimni qutqarib qoladi. Men jahlim chiqishi va joniqib havo yutib “Yo‘q, bu adolatdan emas! Sizda ustunlik bor! Siz bir oyog‘ingiz bilan yerda turibsiz!” deyishim mumkinmi? Bu imtiyoz, agar xohlasangiz, uni “adolatsiz” deb nomlang, u menga yordam ko‘rsata olishining yagona shartidir. Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, uni o‘zingizdan ko‘ra kuchliroq odamdan so‘ramaysizmi, axir?

Masihiylar gunohni yuvish, deb aytadigan narsaga mening o‘z qarashim mana shundan iborat. Biroq bu bor-yo‘g‘i yana bir ko‘rgazmali surat ekanligini esdan chiqarmang.

Iltimos, buni gunohni yuvishning o‘zi bilan adashtirmang. Agar mening misolim, mening ko‘rgazmali suratim sizga yordam bermasa, hech ikkilanmay uni tashlab yuboring.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак