Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 7 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


2-KITOB.

MASIHIYLAR NIMAGA ISHONISHADI?

 

2.2. BOSTIRIB KIRISH

Shunday qilib ateizm o‘ta jo‘n. Lekin men sizga boshqa juda oddiy g‘oyai ko‘rsataman. Men buni “suvda eritib, aralashtirilgan masihiylik” deb atayman. Bu g‘oyaga ko‘ra, osmonda yaxshi, mehribon Xudo yashaydi va hammasi ko‘ngildagidek bormoqda. Gunoh va do‘zax haqidagi barcha qo‘rqituvchi ta’limotlarga shunchaki ahamiyat berilmaydi.

Oddiy dinni izlashdan ma’no yo‘q. Oxir-oqibatda, oddiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar yo‘q. Ba’zan ular oddiy ko‘rinadi, masalan, men atrofida o‘tirgan stol; ammo olim kishidan stol nimadan yasalgani, o‘sha barcha atomlar, ulardan aks etadigan va mening ko‘rish asab tolalarimga ta’sir etib, ko‘zimga tushadigan nur to‘lqinlari va bu mening miyamga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida so‘rab ko‘ring. Shunda biz “stolni ko‘rish” deb ikki og‘iz so‘zda ifodalayotganimiz jarayon sirli va murakkab hodisalarning chatishib ketishini o‘z ichiga olishini ko‘rasiz, bu hodisalar shunchalik murakkabki, qachonlardir ularing oxirigacha yetishingiz dargumon. Bola ibodat qiladigan bo‘lsa, bu juda oddiy ko‘rinadi. Agar bu sizni to‘la qondirsa, shu yerda nuqta qo‘yishga tayyorsiz, tamom-vassalom. Biroq agar siz bunda to‘xtay olmasangiz, hozirgi dunyo esa odatda hech narsaning oldida va hech qachon bunchalik osonlikcha to‘xtamaydi, agar siz davom etishni istasangiz va aslida nima bo‘ladi, deb so‘rayversangiz, qiyinchiliklarga tayyorlaning. Agar biz o‘ta oddiydan ko‘ra kattaroq narsani izlaydigan bo‘lsak, “kattaroq narsa” oddiy emasligidan shikoyat qilish ahmoqlik bo‘lardi.  

Biroq, juda ko‘p hollarda, ongli yoki ongsiz ravishda, masihiylikni buzish istagidan kelib chiqib, aqlli odamlar bunday ahmoqona mulohazalarga jalb qilinadi. Odatda ular masihiylikning olti yoshli bolaga mo‘ljallangan naqllaridan birini olib, shunga hujum boshlashadi. Siz masihiylikni ma’lumoti bor, yoshi katta odamlar e’tiqod qiladigan ta’limotini ularga tushuntirishga urinsangiz, ular sizning gaplaringizdan boshi aylanib ketayotgani, buning hammasi o‘ta murakkabligi va agar haqiqatan ham Xudo mavjud bo‘lsa, U dinni “oddiy” qilishi mumkinligi, chunki oddiylik juda yaxshi ekanligi haqida shikoyat qila boshlashadi.

Bunday odamlar bilan munosabatda hushyor bo‘lish lozim, ular har bir daqiqada mavzuni o‘zgartirishadi va faqat sizning vaqtingizni olishadi, xolos. “Xudo dinni oddiy qilgan bo‘lardi”, degan fikrga e’tibor qiling, go‘yoki xuddi din Xudoning mutlaqo o‘zgarmas dalillar va Uning O‘z tabiati haqida bizga yuborilgan vahiysi emas, balki Xudo ixtiro qilgan biror narsadek.

Ob’ektiv voqelik faqat murakkabligi bilan ajralib turadi; u, mening kuzatuvlarimga qaraganda, ko‘pincha g‘alati ko‘rinadi ham. U qandaydir o‘ng‘aysiz, tushunarsiz, xullas, biz istaganimizdek emas. Masalan, siz Yer va boshqa sayyoralar quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga kelganingizda, sizda, tabiiyki, hamma sayyoralar xuddi shu qoida asosida yaralgan, degan taxmin paydo bo‘ladi: misol uchun, bir-biridan teng masofada: yoki ularning hammasi bir o‘lchamda yoxud quyoshdan uzoqlashishiga qarab kattalashadi yoki kichrayadi. Aslida esa siz sayyoralarning na hajmida, na ular orasidagi masofada marom(ritm)ni ham, ma’noni (sizga tushunarli bo‘lgan) ham topa olmaysiz; ularning ba’zilarida bittadan, boshqasida to‘rtta, yana birida ikkita yo‘ldoshi bor, ba’zilarida birorta ham yo‘q, sayyoralardan biri esa xalqa bilan o‘ralgan. Shunday qilib, ob’ektiv voqelik biz yecha olmaydigan jumboqlarni o‘z ichiga yashirgan. Mana men nima uchun masihiylikka kelganimning sabablaridan biri. Bu siz o‘ylab topa olmaydigan dindir. Agar masihiylik sizga Koinotning o‘zimiz har doim kutgan izohini taklif qilganida, dinni o‘zimiz ixtiro qilib qo‘ygan bo‘lardik, degan o‘ydaman. Ammo bu din kimningdir ixtirosiga o‘xshamasligi bor gap-ku. Real, ob’ektiv mavjud bo‘lgan narsalarga tegishli bo‘lgan nozik o‘zgarishlar masihiylikka xos. Shunday ekan, bolalarcha falsafadan, o‘ta oddiy javoblarga ishtiyoqdan voz kechaylik. Biz to‘qnash kelayotgan muammo oddiy emas va oddiy javobni kutib o‘tirmaslik kerak.

Bu muammo nimadan iborat, o‘zi? Shunisi ayonki, Koinotda yomonlik aniq va ma’nosiz narsalar ko‘p, lekin ayni paytda bu haqda biladigan mavjudotlar, ya’ni bizning o‘zimiz bormiz. Bu dalillar yig‘indisiga nisbatan faqat ikkita nuqtai nazar ma’lum. Ulardan biri masihiylik bo‘lib, bu - yo‘lidan adashgan, ammo xotirasida o‘zi yurishi kerak bo‘lgan yo‘lni saqlab qolgan yaxshi dunyo, deydi. Ikkinchisi dualizm deb atalgan nuqtai nazar bo‘lib, butun dunyoda bo‘layotgan hamma narsaning ortida ikkita bir qiymatli va mustaqil bo‘lgan kuch, yaxshilik va yomonlik turadi hamda bizning Olamimiz ular tugallanmas urush olib borayotgan  jang maydoni, deb taxmin qiladi. Shaxsan men masihiylikdan keyin, dualizm eng insoniy va ongli faraz deb hisoblayman.

Yaxshi va yomon bo‘lgan bu ikki kuch yoki ikki ruh yoki ikki xudo mutlaqo mustaqil. Ikkalasi ham mangulikda yashaydi. Birortasi boshqasini yaratmagan, birortasi ham Xudo deb nomlanishda imtiyozli huquqqa ega emas. Shunisi ayonki, ulardan har biri o‘zini yaxshi, boshqasini esa yomon, deb hisoblaydi. Biri nafrat va shafqatsizlikni, boshqasi sevgi va rahmdillikni yaxshi ko‘radi va har biri o‘z nuqtai nazarida mustahkam. Ulardan birini yaxshilik kuchi, boshqasini esa yomonlik kuchi deb aytayotganimizda, nimani nazarda tutayapmiz? Bu bilan biz negadir bu kuchlardan birini afzal ko‘rishimizni aytamiz, masalan, olma sharobidan ko‘ra pivoni ustun ko‘rganimiz kabi yoki bu kuchlar o‘zi haqida nima deb o‘ylashidan yoki biz, odamlar ular haqida nima deb o‘ylashimizdan qat’iy nazar, ulardan biri haqiqatan ham noto‘g‘ri va o‘zini yaxshilik deb o‘ylab, shubhasiz xato qilayapti, degan fikrda bo‘lamiz. Agar biz birinchi kuch shunchaki ko‘proq yoqadi, degan gapni nazarda tutsak, u holda, yaxshilik va yomonlik haqida gapirishdan umuman voz kechishimiz kerak. Chunki “yaxshilik” bizga yoqish-yoqmasligidan qat’iy nazar, ustun ko‘rishimiz lozim bo‘lgan nimanidir anglatadi. Agar “yaxshilik” biz uning tarafini olish fikriga borganimiz uchungina yaxshilik bo‘lsa, u o‘zining nomiga munosib bo‘lmasdi. Shunday ekan, biz shu kuchlardan biri ob’ektiv “yomonlik, boshqasi esa ob’ektiv “yaxshilik” ekanligini tan olishimiz shart.

Biroq siz buni tan olgan lahzada, butun Koinotda harakat qilayotgan ikki kuchga uchinchisini, qandaydir qonunni yoki andazani yoxud yaxshilik qoidasini qo‘shgan bo‘lasiz, ikki kuchdan biri bunga rozi bo‘ladi, narigisi esa yo‘q. Lekin u bilan tortishishi bois, bu andaza yoki uni o‘rnatgan Zot bizning shu ikki kuchimizdan tashqarida va har ikkalasidan ancha yuksaklikda bo‘ladi. Mana shu qonun yoki Zot haqiqiy, chin Xudo bo‘ladi. Aslida, so‘z yuritayotganimiz bu kuchlarni yaxshilik va yomonlik deb nomlarkanmiz, biz ulardan biri haqiqiy, oliy Ilohiyot bilan to‘g‘ri munosabatda, boshqasi esa Unga qarshi ekanligini nazarda tutamiz. Xuddi shu narsaga boshqa yo‘l bilan kelish mumkin. Agar dualizm to‘g‘ri bo‘lsa, yomonlik kuchi yomonlikni borligicha sevadi. Lekin biz yomonlikni u shunchaki yomonlik bo‘lgani uchun yaxshi ko‘radigan biror kishini bilmaymiz. Amaliyotda shafqatsizlikka duch kelganimizda, biz yomonlik kuchiga uning asl ko‘rinishida juda yaqin kelamiz. Odamlar ikkita sababga ko‘ra shafqatsizlikni namoyon qilishadi: ular yoki sadist bo‘lgani uchun, ya’ni buzuqliklari tufayli shafqatsizlikdan rohatlanishadi yoki namoyon qilishgan shafqatsizligi evaziga istalgan pul, hokimiyat, xavfsizlik olishdan umid qilishadi. Ammo pul, rohat, hokimiyat, xavfsizlik o‘z-o‘zicha yaxshidir. Odamlar ularni noto‘g‘ri usullar, nohalol yo‘l bilan yoki haddan orttiq miqdorda olishga uringanida yomonlik boshlanadi.

Shunday yo‘l tutadigan odamlar o‘ta buzuqdirlar. Lekin gap bu haqda emas. Aytmoqchimanki, yomonlik, agar unga sinchiklab nazar solsangiz, deyarli har doim yaxshi maqsadlarga olib boradigan iflos yo‘l bo‘lib chiqadi. Siz yaxshilikning haqqi-hurmati uchun mehribon bo‘lishingiz mumkin; lekin yomonlikning haqqi-hurmati uchun yovuz bo‘la olmaysiz. Siz mehribonlik qilish uchun jo‘shib turmaganingizda ham, bu qilmish sizga rohat bag‘ishlamayotganida ham, shunchaki yaxshilik qilish to‘g‘ri ekanligi bois, siz yaxshi xatti-harakat qilishingiz mumkin. Lekin hozirgacha hech kim faqat shafqatsizlik qandaydir noto‘g‘ri ekanligi bois, shafqatsiz qilmish sodir etmagan. Shafqatsizlik faqat rohatlanish yoki foyda keltirganidagina, odamlar shafqatsiz bo‘lishadi. Boshqacha qilib aytganda, yomonlik faqat yomonlik bo‘lgani uchungina, gullab-yashnashi mumkin emas. Ayni paytda yaxshilik faqat yaxshilik bo‘lgani uchun ham, gullab-yashnashi mumkin. Ta’bir joiz bo‘lsa, yaxshilik o‘z-o‘zicha mavjud, ayni paytda yomonlik buzilgan yaxshilikdir. Yomon deb aytishdan avval, yaxshi bo‘lish kerak.

Biz sadizmni jinsiy buzuqlik deb ataymiz; lekin jinsiy buzuq bo‘lishdan oldin, siz me’yordagi jinsiy mayl haqida tushunchaga ega bo‘lishingiz zarur; me’yordan kelib chiqib, uni tushuntirib bera olganingiz uchun ham, siz buzuqlikni tanib ola bilasiz; biroq buzuqlikdan kelib chiqib, me’yoriylikni tushuntirib bera olmaysiz. Bundan yaxshilik kuchiga teng bo‘lgan va yaxshilik kuchi yaxshilikni sevgan darajada, yomonlikni sevgan yomonlik kuchi haqidagi tushuncha sarobdan boshqa narsa emasligi kelib chiqadi. Yomonlik kuchi iflos bo‘lishi uchun, u avvaliga yaxshi narsani tilashi, keyin esa unga noto‘g‘ri yo‘llar bilan intilishi kerak; yomonlik kuchi buzib ko‘rsatishi uchun asosi yaxshi bo‘lgan niyatlarni his qilib olishi lozim. Lekin o‘zi buzishi mumkin bo‘lgan yaxshilikka intilishlar va yaxshi turtkilarni yomonlik kuchi faqat yaxshilikdan olishi mumkin. Toki shunday ekan, yomonlik kuchi hech narsaga tobe bo‘lishi mumkin emas. U yaxshilik kuchi hukmron bo‘lgan va yoki shu kuch tomonidan yoxud har ikkalasidan ustun turgan boshqa bir kuch tomonidan yaratilgan dunyoning bir qismidir..

Bu mulohazani bir oz soddalashtirishga urinib ko‘raylik. Yo‘ldan ozishi uchun, yomonlik kuchi mavjud bo‘lishi va ong hamda xohish-irodaga ega bo‘lishi zarur. Lekin tiriklik, ong va xohish-iroda o‘z-o‘zicha yaxshilikdir. Shunday qilib, yomonlik kuchi hamma narsani yaxshilik kuchidan olishi zarur edi; hatto yomon bo‘lish uchun ham, yomonlik kuchi zarur bo‘lgan barcha narsani o‘zining muxolifidan qarzga olishi yoki o‘g‘irlashiga to‘g‘ri keladi. Masihiylik nima uchun hamisha shayton, bu - beobro‘ bo‘lgan farishta, deb uqtirishi endi sizga tushunarliroq bo‘layaptimi? Bu shunchaki bolalar uchun ertak emas. Bu - yomonlik azaldan bor va mustaqil bo‘lgan bir narsa emas, balki zararkunanda ekanligidan dalolat beruvchi tub haqiqatdir. Yomonlik mavjud bo‘lishi uchun o‘z kuchini yaxshilikdan olib turadi. Yomon odamni faol yovulikka undaydigan hamma narsa, o‘z-o‘zicha yomonlik emas, yaxshilikdir: qat’iyat, aql, chiroy va xullas tiriklik. Agar qat’iy o‘lchov bilan yondashsa, mana - nima uchun dualizm ishlamay qoladi.

Lekin chin masihiylik (suvda eritib aralashtirilgan masihiylikdan farqli ravishda) dualizmga o‘ylaganlaridan ko‘ra, ko‘proq yaqin degan fikrdaman. Yangi Ahdni birinchi marta jiddiy o‘qib chiqqanimda, bir narsa, ya’ni aynan u yerda Koinotdagi o‘lim, kasallik va gunoh ortida turgan qudratli yovuzlik kuchi haqida juda ko‘p gapirilishi meni lol qoldirdi. Ammo masihiylikning (dualizmdan farqli ravishda) fikriga ko‘ra, bu yomonlik kuchi Xudo tomonidan yaratilgan bo‘lib, avvaliga yaxshi bo‘lgan, faqat keyin u noto‘g‘ri yo‘lga kirgan.

Masihiylik dualizmning Koinot urush holatida degan fikriga qo‘shiladi. Lekin masihiylik bu urush tobe kuchlar orasidagi urush deb hisoblamaydi. Masihiylik bu fuqarolik urushi, isyon ekanligi va siz bilan biz Koinotning isyonchilar bosib olgan qismida yashayotganimizni ta’kidlaydi.

Mana, bu dunyo nima ekan - bosib olingan hudud. Masihiylik esa, qanday qilib bu hududga adolatli shoh tushgani, aytish mumkinki, hech kimga bildirmay tushgani va bizni zimdan qarshilik qilishga chorlagani haqidagi hikoyadir. Sizning jamoatga borganingiz, aslida o‘z do‘stlaringizdan radiouzatgich orqali maxfiy xabar olayotganingizdir. Shuning uchun ham, dushman jamoatga borishingizga jahd bilan qarshilik qiladi. U bizning takabburligimiz, yalqovligimiz, aqliy bema’niligimizni qitiqlaydi. Balki kimdir mendan so‘rar: "Mabodo, bizning ma’rfatli zamonamizda shoxlari, tuyoqlari va boshqa hamma narsalari bo‘lgan eski oshnamiz, shaytonni yana bizga tanishtirish niyatida emasmisiz?" Bunga ma’rifatli zamonning nima aloqasi borligini tushunmayman va shoxlar va tuyoqlar kabi tafsilot meni unchalik qiziqtirmaydi. Lekin qolgan boshqa narsalarga nisbatan shunday javob bergan bo‘lardim: "Ha, men aynan shunday qilmoqchiman". Uning tashqi ko‘rinishi haqida menga biror narsa tanish deb ta’kidlamayapman. Agar kimdir uni yaxshiroq tanib olmoqchi bo‘lsa, o‘sha odamga shunday deyman: "Tashvishlanmang, agar haqiqatan ham u bilan yaqinroq tanishmoqchi bo‘lsangiz, albatta tanishib oling. Bu sizga yoqish-yoqmasligi esa boshqa masala".  

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак