Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis
ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.
MUNDARIJA
So‘zboshi
1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida
1.01. Inson tabiati qonuni
1.02. Ba’zi e’tirozlar
1.03. Qonunning haqiqiyligi
1.04. Qonun ortida nima yashiringan?
1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor
2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?
2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar
2.02. Bostirib kirish
2.03. Hayratomuz muqobillik
2.04. Mukammal tavba qiluvchi
2.05. Amaliy xulosa
3-kitob. Masihiycha xulq-atvor
3.01. Axloqning uch qismi
3.02. Asosiy fazilatlar
3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari
3.04. Axloq va psixoanaliz
3.05. Jins sohasidagi axloq
3.06. Masihiycha nikoh
3.07. Kechirish
3.08. Eng katta gunoh
3.09. Sevgi
3.10. Umid
3.11. Ishonch
3.12. Ishonch (davomi)
4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar
4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi
4.02. Xudo uch qiyofada
4.03. Zamon va zamondan tashqarida
4.04. Foydali infeksiya
4.05. Qaysar qalayi askarlar
4.06. Ikki eslatma
4.07. Tasavvur
4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?
4.09. Bu qanchaga tushadi
4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat
4.11. Yangi odamlar
2-KITOB.
MASIHIYLAR NIMAGA ISHONISHADI?
2.1. XUDO HAQIDAGI QARAMA-QARSHI TUSHUNCHALAR
Mendan masihiylar nimaga ishonishini sizga so‘zlab berishimni iltimos qilishdi. Men hikoya qilishni ular nimaga ishonmasliklari kerakligidan boshlayman. Agar siz masihiy bo‘lsangiz, qolgan boshqa dinlar boshidan oxirigacha noto‘g‘riligiga ishonishga majbur emassiz. Agar siz ateist bo‘lsangiz, dunyoning hamma dinlari asosida bitta ulkan xato yotishiga ishonishingizga to‘g‘ri keladi. Agar siz nassoniy bo‘lsangiz, hamma dinlar, jumladan eng g‘alatilari ham, zarracha bo‘lsada, haqiqatga ega deb o‘ylashda erkinsiz. Men ateist bo‘lgan vaqtimda, insoniyat ko‘pincha o‘zi uchun eng muhim bo‘lgan masalada adashganiga o‘zimni ishontirishga urinardim; masihiy bo‘lganimdan so‘ng, men narsalarga ancha liberal nuqtai nazardan qarash layoqatiga ega bo‘ldim. Lekin masihiy bo‘lish masihiylik boshqa dinlar bilan qarama-qarshi bo‘lgan hamma o‘rinlarda haq, boshqa dinlar esa adashadi, degan shubhaga boradi, degani emasdir. Xuddi arifmetikada bo‘lganidek: masalaning faqat bitta to‘g‘ri yechimi bo‘lishi mumkin, qolgan hammasi noto‘g‘ri; lekin noto‘g‘ri yechimlardan ba’zilari boshqalariga qaraganda, to‘g‘risiga yaqinroqdir.
Insoniyat ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: qandaydir Xudoga yoki xudolarga ishonadigan ko‘pchilik va Xudoga umuman ishonmaydigan kamchilik. Masihiylik, tabiiyki, ko‘pchilikka tegishli bo‘lib, u zamonaviy G‘arbiy Yevropa materializmiga qarshi bo‘lgan qadimgi rimliklar, zamonaviy yovvoyilar, stoiklar, platonchilar, hindular, musulmonlar va sh.k.lar bilan bir tarafdadir.
Ammo Xudoga ishonadigan odamlar orasida bo‘linish bor. Ana endi men shu masalaga o‘taman. Bu odamlar qanday xudolarga ishonishiga borib taqaladi. Bu yerda juda farqlanib turadigan ikkita yondashuv bor. Ba’zilar Xudo yaxshilik va yomonlikning ustida turadi deb o‘ylashadi. Biz, odamlar bir narsani yaxshi, boshqasini yomon deb ataymiz. Ammo ba’zilarning fikriga ko‘ra, “yaxshi va yomon” tushunchasi faqat bizning, insoniy nuqtai nazarimizdan kelib chiqqandagina mavjud. Bunday odamlar shunday deyishadi: donolikka to‘lib borganingiz sari, sizda biror narsani yaxshi yoki yomon deb atash istagi tobora kamayib boraveradi; siz hammaning yaxshi yoki yomon tomonlari borligini va bu yerda biror narsani o‘zgartirishning iloji yo‘qligini ko‘rasiz. Natijada bu odamlar siz ilohiy nuqtai nazarga kelishingizdan ancha oldin yaxshi va yomon o‘rtasidagi har qanday farq izsiz yo‘qoladi, deb o‘ylashadi. Biz saraton xastaligini yomon deb aytamiz, deyishadi ular, chunki u odamni o‘ldiradi; lekin jarrohning muvaffaqiyatli aralashuvini xuddi shu tarzda omad deb aytishimiz mumkin, chunki u saraton xastaligini o‘ldiradi, deyishadi. Hammasi nuqtai nazarga bog‘liq.
Boshqa qarama-qarshi nuqtai nazar shundan iboratki, Xudo yaxshi va adolatli ekanligi mutlaqo aniq, qaysi tomoning tarafini olish unga befarq emas, U sevadi va nafratni yomon ko‘radi hamda biz o‘zimizni boshqacha emas, belgilanganidek tutishimizni istaydi. Xudo yaxshi va yomonning sarhadlaridan tashqarida turishi haqidagi bu ikki tasavvurning birinchisi panteizm deb ataladi. Buyuk pruss faylasufi Gegel shu g‘oya tarafdori edi; tushunishimcha hindular ham shuni yoqlaydi. Xudoga nisbatan qarama-qarshi qarash yahudiylar, musulmonlar va masihiylarga xosdir.
Panteizm va masihiylik o‘rtasida Xudo haqidagi tasavvurlardagi bu farqdan keyin odatda boshqasi keladi. Panteistlar, qoida tariqasida, aytish mumkinki, xuddi siz o‘z tanangizni ilhomlantirganingizdek, Xudo Olamni ilhomlantirishiga ishonishadi; Olam deyarli Xudoning o‘zi ekanligiga va agar shunday bo‘lmaganida, U mavjud bo‘lmasligiga va Olamda Xudoning bir qismi borligiga ishonishadi. Masihiylik mutlaqo boshqa g‘oya tarafdori. Masihiylar xuddi odam surat yoki musiqa yaratgani kabi Xudo Koinotni o‘ylab topgan va yaratgan, deb hisoblashadi. Surat rassomning o‘zi emas va agar suratlarini yo‘q qilishsa, rassom o‘lmaydi, deb hisoblashadi. Siz aytishingiz mumkin: "U o‘zining bir qismini mana shu suratga kiritgan", lekin shunday deyayotganingizda, bu asarning butun go‘zalligi va mazmuni uning miyasida tug‘ilganini nazarda tutasiz. Uning suratda aks etgan mahorati, uning boshi va qo‘llariga xos bo‘lgan daraja uning o‘ziga tegishli emas.
Umid qilamanki, endi siz panteizm va masihiylik o‘rtasidagi farq, shubhasiz, o‘z ortidan boshqa farqni keltirib chiqishini ko‘rayapsiz. Agar siz yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi farqni jiddiy qabul qilmasangiz, unda Koinotdagi hamma narsa Xudoning bir qismi, degan xulosaga osongina kelasiz. Agar siz ba’zi ishlar va narsalar haqiqatan ham yomon, shu bilan birga Xudo yomon bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblayotgan bo‘lsangiz, bunday nuqtai nazar siz uchun o‘ng‘ay emas. Bunday holatda siz Xudo va dunyo bir narsa emasligiga ishonishingiz zarur. Biz dunyoda kuzatayotgan ba’zi narsalar Uning irodasiga qarshi. Saraton xastaligi yoki xarobalar haqida panteist shunday deyishi mumkin: "Agar siz Xudo nuqtai nazaridan ko‘ra olganingizda edi, bu Xudo ekanligini tushungan bo‘lardingiz". Masihiy shunday javob beradi: "Naqadar xunuk bema’nilik!". Chunki masihiylik jangovor dindir. Masihiylik Xudo makon va zamon, jazirama va sovuqlik, barcha ranglar va barcha ta’m tuyg‘ulari, hamma hayvonlar va o‘simliklar dunyosini yaratgan va xuddi yozuvchi syujetni o‘ylab topgani kabi, Xudo buning barchasini o‘ylab topgan, deb hisoblaydi. Lekin masihiylik, bundan tashqari, shunday deb hisoblaydi: Xudo yaratgan ko‘pchilik Xudo belgilab bergan yo‘ldan adashgan va Xudo aynan biz adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishimizni talab qiladi va juda qattiq talab qiladi.
Albatta, bu o‘z ortidan juda jiddiy masalani yetaklab keladi. Agar dunyo haqiqatan ham Xudo tomonidan yaxshi, adolatli qilib yaratilgan bo‘lsa, nega noto‘g‘ri yo‘lga burilib ketgan? Ko‘p yillar davomida men masihiylar nima deb javob berayotganini tinglashni shunchaki inkor qilib keldim, chunki shunday mulohaza qilardim: "Siz nima deyishingiz, qanday dalillardan foydalanishingizdan qat’iy nazar, shunchaki dunyo ongli kuch tomonidan yaratilmaganini tan olish oson va yengilroq emasmi? Balki sizning barcha dalillaringiz ayon bo‘lgan narsadan qochishga shunchaki murakkab urinishdir?" Shunda men boshqa bir qiyinchilikka duch keldim.
Xudo borligiga qarshi mening dalilim Olam menga o‘ta shafqatsiz va adolatsiz bo‘lib tuyulganiga borib taqalardi. Biroq adolat va adolatsizlik haqidagi g‘oyaning o‘zi qanday qilib mening xayolimga keldi? Agar odam to‘g‘ri chiziq haqida tushunchaga ega bo‘lmasa, u biror chiziqni qiyshiq deb ayta olmaydi. Men Olamni adolatsiz deganimda, uni nima bilan solishtirgandim? Agar bu dunyoda hamma narsa boshdan-oyoq yomon va mazmunsiz bo‘lsa, nega endi u holda bu “Hamma narsa”ning bir bo‘lagi bo‘lgan mening o‘zim, bunchalik jahd bilan g‘azablanayapman? Odam suvga tushganida o‘zini ho‘l bo‘lgan deb his qiladi, chunki odam suvda yashovchi hayvon emas: baliq o‘zini ho‘l bo‘ldim deb his qilmaydi. Men, bu faqat mening hissiyotim deb aytib, albatta, adolatlilik hissimning ob’ektiv muhimligidan voz kechishim mumkin. Lekin agar shunday qilsam, unda mening Xudoga qarshi dalilim ham yo‘qqa chiqqan bo‘lardi, chunki bu dalil dunyo mening nuqtai nazarimdagina emas, balki haqiqatan ham adolatsizligiga tayangan.
Shunday qilib, Xudo yo‘qligini, butun ob’ektiv borliq mazmunsiz ekanligini isbotlashga urinishning o‘zi, hech bo‘lmaganda, ob’ektiv voqelikning qandaydir qismi mening adolatlilik g‘oyam ma’noga ega, degan fikrga yo‘l qo‘yishimga meni majbur qildi. Demak ateizm o‘ta jo‘n g‘oya bo‘lib chiqayapti. Chunki agar Olam ma’nosiz bo‘lsa, biz hech qachon u bema’no ekanligini fosh qila olmagan bo‘lardik; xuddi agar Koinotda nur bo‘lmaganida va tegishlicha ko‘zlari bor mavjudotlar bo‘lmasligi lozim bo‘lganida, biz hech qachon o‘zimizni qorong‘ulik o‘rab turganini fosh qila olmaganimizdek.
Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)
К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.
Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.
И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».
Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.
Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.
«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.
Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.
То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).