Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 5 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


1-KITOB.

YAXShILIK VA YOMONLIK – OLAMNI TUSHUNISH KALITI SIFATIDA

1.5. BIZDA TASHVISHLANISH UCHUN ASOS BOR

Men oxirgi bobni axloq qonuni yordamida moddiy Olamdan tashqarida bo‘lgan kimdir yoki nimadir bizga yaqinlashib kelayapti, degan fikr bilan tugatdim. Shu bandga yetganimda, sizdan ba’zilaringiz ma’lum bir xavotir sezdingiz, degan gumondaman ham. Hatto meni siz bilan yomon hazil qildi, falsafaga o‘xshatish uchun diniy “nasihat”ni tirishqoqlik bilan niqoblab chiqibdi, deb o‘ylagan bo‘lishingiz ham mumkin. Balki, meni nimadir yangi narsa aytishga urinayapti, deb o‘ylaguningizga qadar eshitishga tayyor edingiz; lekin toki “yangi” narsa shunchaki din bo‘lib chiqqan ekan – bo‘pti, dunyo buni sinab ko‘rgan va siz vaqtni ortga qaytara olmaysiz, degan fikrga keldingiz. Agar orangizda kimdir shunday tuyg‘ularni boshdan kechirayotgan bo‘lsa, bunday odamga uch narsani aytmoqchiman.

Birinchisi, vaqtni orqaga qaytarish borasida. Agar men soat ko‘rsatkichlarini surib qo‘yish kerak deganimda, hazillashayapti deb o‘ylagan bo‘larmidingiz? Chunki soat noto‘g‘ri yurayotgan bo‘lsa, bunday chora ko‘pincha oqilona bo‘ladi-ku. Lekin soatlar va ularning ko‘rsatkichlari bilan misolni bir chetga qo‘yib turaylik. Hammamiz taraqqiyotga intilamiz. Biroq taraqqiyot siz erishmoqchi bo‘layotgan joyga, nuqtaga yaqinlashishingizni anglatadi. Agar biz boshqa tomonga burilib ketsak, olg‘a intilish bizni maqsadga yaqinlashtirmaydi. Bunday holatda 180 darajaga burilish va to‘g‘ri yo‘lga qaytish taraqqiyot bo‘lardi; orqaga burilgan odam esa eng taraqqiyparvar kishi bo‘lardi. Arifmetika bilan shug‘ullanganimizda, hammamiz bunga ishonch hosil qilgan bo‘lardik. Agar men boshidanoq qo‘shish amalini noto‘g‘ri bajargan bo‘lsam, buni qanchalik tez tan olsam, hammasini boshidan boshlash uchun shunchalik tez ortga qaytgan, to‘g‘ri javobni shunchalik tez topgan bo‘lardim. Eshakdek qaysar bo‘lish, o‘z xatosini tan olmaslikda hech qanday taraqqiyot yo‘q.

Agar siz dunyoning hozirgi holati haqida o‘ylab ko‘radigan bo‘lsangiz, insoniyat buyuk xato qilayotgani sizga mutlaqo tushunarli bo‘ladi. Biz hammamiz noto‘g‘ri yo‘ldamiz. Toki shunday ekan, hammamiz ortga qaytishimiz zarur. Ortga qaytish bu - olg‘a borishning eng tez yo‘lidir.

Ikkinchisi: mening mulohazalarim hali hech ham diniy “nasihat” emasligini e’tiborga olib qo‘ying. Biz biror muayyan dinning Xudosiga, buning ustiga masihiylik dini Xudosiga hali juda uzoqmiz. Biz faqat axloq qonunidan tashqarida bo‘lgan kimgadir yoki nimagadir yaqinlashdik, xolos. Biz hozircha na Muqaddas Kitobga, na Jamoatda gapiriladigan narsalarga yuzlanganimiz yo‘q; shunchaki o‘z kuchimiz bilan o‘sha sirli “Kimdir” haqida biror narsa bila olish-olmasligimizni tushunishga harakat qilayapmiz. Shu yerda men butunlay oshkora qilib bir narsani aytmoqchiman: biz aniqlab oladigan narsa bizga xuddi karaxtlik kabi ta’sir qiladi. O‘sha “Kimdir” haqida ikkita dalil guvohlik beradi.

Birinchisi, U yaratgan Koinot. Agar Koinot U haqdagi yagona dalil bo‘lsa, Koinotni kuzatishdan biz U, ya’ni sirli “Kimdir” buyuk ijodkor, degan xulosaga kelishimiz kerak edi (chunki Koinot haqiqatan ham juda go‘zal). Lekin ayni paytda biz U odamlarga nisbatan shafqatsiz va dushmanlarcha kayfiyatda ekanligini tan olishga majbur bo‘lardik (chunki Koinot tabiiy qo‘rquv uyg‘otadigan juda xavfli joydir).

U mavjudligini ko‘rsatadigan ikkinchi dalil, U bizning ongimizga joylashtirgan axloq qonunidir. Mana shu ikkinchi dalil, birinchisiga qaraganda ancha ahamiyatli, chunki u bizga ichki tusdagi axborot beradi. Koinotni kuzatishdan olganingizdan ko‘ra, siz axloq qonunidan Xudo haqida ko‘proq narsalarni bilib olasiz, xuddi biror odam haqida u qurgan uyni tomosha qilib olganingizdan ko‘ra, uning gapirgan gaplarini tinglashdan ko‘proq narsa olganingiz kabi.

Mana shu ikkinchi dalilga asoslanib, biz ko‘rinib turgan Koinotdan tashqaridagi Zot odamlarning to‘g‘ri xulq-atvorda bo‘lishidan, ularning “halol o‘yini”dan, beg‘arazligi, jasurligi, chin imoni, halolligi va to‘g‘riso‘zligidan juda manfaatdor, degan xulosaga kelamiz. Shu jihatdan biz masihiylik va boshqa ba’zi dinlarning “Xudo mehribon” degan ta’kidiga qo‘shilishimizga to‘g‘ri keladi. Lekin keling, shoshilmaylik. Axloq qonuni U marhamatli, rahmli, mehribon deb aytishimizga hech qanday asoslar bermaydi.

Axloq qonunida hech qanday marhamatlilik sezilmaydi. U xuddi olmos kabi qattiq. U to‘g‘ri yo‘llardan borishni buyuradi va bu buyruqqa amal qilish qanchalik og‘riqli, xavfli yoki mushkul ekanligi haqida umuman qayg‘urmayotgandek tuyuladi. Agar Xudo xuddi shu axloq qonuni kabi bo‘lsa, uning mehribonligi dargumon.

Bu bosqichda biz “mehribon” Xudo deganda, kechirishga qodir bo‘lgan Xudoni tushunishimizni aytib o‘tirishdan ma’no yo‘q. Chunki faqat shaxsgina kechirishga layoqatli. Lekin Xudo shaxs deb ta’kidlashga hali haqqimiz yo‘q. Hozircha biz axloq qonuni ortida yashiringan kuch boshqa biror narsaga o‘xshashdan ko‘ra, aqlga ko‘proq o‘xshaydi, degan xulosaga keldik. Ammo bu hali shu kuch shaxs bo‘lsa kerak, degani emas. Agar bu shunchaki qiyofasiz, hissiz ong bo‘ladigan bo‘lsa, ehtimol, undan yordam yoki marhamat so‘rashdan ma’no yo‘q, xuddi noto‘g‘ri hisoblaganingiz uchun karra jadvalidan uzr so‘rashingizdan ma’no bo‘lmagani kabi. Bunday holatda noto‘g‘ri javob naqd turibdi. Shuningdek, agar Xudo shunday bo‘lsa, U qiyofasiz mutlaq ezgulik bo‘lsa, U sizga yoqmaydi va siz Unga e’tibor qilmoqchi emassiz, deb gapirishdan ham foyda yo‘q. Buning foydasi yo‘q, chunki sizning bir qismingiz o‘sha Xudo tarafida va Uning inson shafqatsizligi, ochko‘zligi, nohalolligi va g‘arazgo‘yligini qoralashiga chin dildan qo‘shilmoqda. Siz, balki Uning shu gal rahmliroq bo‘lishini istagandirsiz. Lekin qalbingizning tubida agar Koinotdan tashqarida turgan kuch noma’qul xatti-harakatni so‘zsiz fosh qilmasa, bu kuch yaxshilik bo‘lmay qolishini anglab turibsiz. Boshqa tomondan, biz bilamiz: agar mutlaq yaxshilik mavjud bo‘lsa, u siz bilan biz qilayotgan ishlarning ko‘p qismidan nafratlanishi shart.

Mana biz qanday dahshatli, noiloj ahvolda ekanmiz. Agar Koinotni mutlaq yaxshilik boshqarmayotgan bo‘lsa, pirovardida, bizning barcha say’-harakatlarimiz bekor ketadi. Bordiyu, har holda, mutlaq haqiqat boshqarayotgan bo‘lsa, u holda biz har kuni uning jig‘iga tegayotgan bo‘lamiz va ertaga bugungidan ko‘ra oz bo‘lsada yaxshiroq bo‘ladiganga o‘xshamayapmiz. Shunday qilib, bu holatda ham umidsiz bir ahvoldamiz. Biz mana shu yaxshiliksiz yashay olmaymiz va ayni paytda unga muvofiq yashay olmayapmiz.

Xudo bizning yagona taskinimiz bo‘lib, ayni paytda hech narsa bizda U kabi qo‘rqinch uyg‘ota olmaydi: biz Unga ko‘proq muhtojmiz va Undan ko‘proq bekinishni istayapmiz. U bizning ehtimol tutilgan eng yaqin ittifodoshimiz, biz esa o‘zimizni Uning dushmaniga aylantirib olganmiz. Ba’zi odamlarni tinglash, shuningdek, mutlaq yaxshilik bilan yuzma-yuz kelish ham rohatning o‘zginasi. Bu odamlar yaxshilab o‘ylab ko‘rishsa bo‘lardi: ular hali ham din o‘yinini o‘ynashmoqda. Dunyodan ustun bo‘lgan yaxshilik o‘zi bilan yo buyuk yengillik yoki buyuk xavfni olib keladi, bunisi endi siz unga qanday munosabatda bo‘layotganingizga bog‘liq. Siz bilan biz esa noto‘g‘ri munosabatda bo‘lib kelayapmiz.

Endi men uchinchi bandga keldim. Meni haqiqatan ham qiziqtirayotgan mavzuga yaqin kelishim uchun bu aylanma yo‘lni tanlar ekanman, sizni kalaka qilmoqchi emasman. Bu yo‘lni mana qaysi sababga ko‘ra tanladim: men yuqorida bayon qilgan dalillar bilan oldindan tanishmagan odamlar uchun masihiylik haqidagi har qanday suhbat ma’nosizdir. Masihiylik odamlarni gunohidan o‘tish uchun tavba qilishga chaqiradi. O‘zida tavba qilish uchun bunday narsalarni payqamagan va kechirimga muhtoj ekanligini his qilmayotgan odamlarga masihiylikning aytadigan gapi (mening bilishimcha) yo‘q. Xuddi axloq qonuni ortida turgan kuch mavjud ekanligini va shu qonunni buzganingiz va bu qonunga nisbatan o‘zingizni noto‘g‘ri tutganingizni anglaganiniz kabi, axloq qonuni haqiqatan ham mavjud ekanligini anglaganingizdan keyingina, darhol masihiylik siz uchun ma’no kasb eta boshlaydi.

Kasalligingizni bilganingizda shifokorning maslahatiga amal qilasiz. Ahvolingiz butunlay noilojligini anglaganingizda, masihiylar nima haqida gapirayotganini tushuna boshlaysiz, chunki ular bizning holatlarimizga izoh taklif qilishayapti: biz bir vaqtning o‘zida yaxshilikni yomon ko‘rishimiz va uni sevishimiz qanday ro‘y bergani. Ular qanday qilib Xudo axloq qonuni ortida turgan qiyofasiz ong va ayni paytda Shaxs bo‘lishi mumkinligini tushuntirishni taklif qilishmoqda. Ular sizga qonunning biz bajarishimiz iloji bo‘lmagan talablari noiloj bajarilgani, odamni Xudoning hukmidan qutqarish uchun Xudoning O‘zi qanday qilib odamga aylanganini aytishmoqda. Bu ko‘hna tarix bo‘lib, agar siz unga chuqurroq kirishni istasangiz, shubhasiz, mendan ko‘ra bilimliroq bo‘lgan odamlarga murojaat qiling. Sizdan iltimos qiladigan bor narsam – masihiylik javoblar taklif qilayotgan dalillarning yuziga qarang. Bular esa – qo‘rqinchli dalillardir. Men boshqa biror quvonchliroq narsa aytishni istardim, ammo o‘zim haqiqat deb hisoblagan narsani aytishim shart. Albatta, men masihiylik dini, oxir-oqibatda, tasavvur qilib bo‘lmas taskin manbai ekanligiga qo‘shilaman. Ammo bu din taskindan boshlanmadi. U men yuqorida bayon qilgan xavotir va g‘ulg‘uladan boshlanadi va xavotir bosqichin aylanib o‘tib, bu tasalliga kelishga urinish, hech ma’noga ega bo‘lmagan bo‘lardi. Xuddi urushdagi, boshqa vaziyatlardagi kabi dinda ham: faqat taskinni izlasang, xotirjamlik (taskin)ga erishishning iloji yo‘q. Mana agar siz haqiqatni izlaydigan bo‘lsangiz, balki oxir-oqibatda xotirjamlikka erisharsiz; bordiyu, hamma qidirishlaringiz xotirjamlikka qaratilgan bo‘lsa. Siz uni ham, haqiqatni ham topa olmaysiz. Bor-yo‘q topganingiz bu quruq gaplar hamda yo‘lning boshida sizga haqiqatdek bo‘lib tuyuladigan mulohazalar bo‘ladi, xolos, yo‘lning oxirida esa sizni noiloj tushkunlik kutib turadi. Ko‘p jihatdan biz urushdan avvalgi kelishilgan xalqaro siyosat haqidagi xomxayol orzulardan qutulib bo‘ldik. Dinda ham ulardan xalos bo‘lish vaqti keldi.

 

 

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак