Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 33 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.11. YANGI ODAMLAR

Oldingi bobda men Masihning yangi odamlarni yaratishdagi ishini, oddiy otning ertaknamo qanotli otga aylantirilishi bilan solishtirdim. Men bu g‘oyat bo‘rtirilgan solishtirishdan, gap takomillashtirish yoki yaxshilash to‘g‘risida emas, butunlay to‘liq o‘zgarish to‘g‘risida ketayotganligini ta’kidlash uchun foydalandim. Tabiatda bunga eng yaqin o‘xshashlik, bu ayrim hasharotlarning ma’lum bir nur ta’sirida hayratomuz o‘zgarishlaridir. Ba’zi odamlar evolyayutsiya  shunday sodir bo‘ladi deb o‘ylashadi. Ushbu jarayonning mohiyati hisoblanmish o‘zgarishlar, koinotdan keladigan nurlar ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin (albatta, ushbu o‘zgarishlar ro‘y berishi bilanoq, “tabiiy tanlanish” xodisasi ishga tushadi: foydali o‘zgarishlarga uchragan turlar yashab qoladi, boshqalari esa yo‘q).

Ehtimol, zamonaviy inson masihiylik g‘oyasini evolyutsiya nazariyasi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqishga harakat qilsa, uni yaxshiroq tushunib yetar. Ushbu nazariyani hamma biladi (ba’zi ma’lumotli odamla buni rad etishsa ham). Har birimizga o‘z vaqtida, zamonaviy inson hayotning quyi shakllaridan, evolyutsiya sababli kelib chiqqanligi o‘qitilgan. Natijada ko‘pincha savol tug‘iladi: “Keyingi qadam qanday bo‘ladi?” Fantast yozuvchilar vaqti-vaqti bilan ushbu qadamni, qandaydir o‘ta qudratli odamni tasvirlash bilan ta’riflashga harakat qilishadi. Odatda ularning qalamidan biz bilgan odamdan ancha yoqimsiz mavjudot kelib chiqadi va uning ijodkorlari o‘z ijod mahsuliga qo‘shimcha qo‘l yoki oyoq berib, taassurotni yanada yorqinroq qilishga harakat qiladilar.

Biroq, nimaga keyingi qadam, eng murakkab tasavvur yaratishi mumkin bo‘lgan narsadan, mutlaqo farq qilishi mumkinligini o‘ylamaymiz? Aynan shunday bo‘lishi ehtimoli juda yuqori. Ming yillar oldin zirhli qoplamali, bahaybat, og‘ir mavjudotlar paydo bo‘lgan. Agar o‘sha davrda kimdir evolyutsiya jarayonini kuzatganida, u ehtimol evolyutsiya zanjirining keyingi bo‘g‘ini yanada ishonchli himoyalangan, hamda yashash uchun ko‘proq moslashgan mavjudotlar bo‘ladi deb taxmin qilgan bo‘lardi. Ammo uning taxminlari yolg‘on bo‘lib chiqardi. Kelajakning yengida yashirgan boshqa sirli qartasi bor edi, va uning sir-sinoati nihoyatda kutilmagan bo‘lib chiqdi: yengdan tishiga qurollangan maxluqlar emas, kichkina, qurolsiz, tuksiz, faqat rivojlangan miyaga ega jonzotlar chiqib kelishdi. Ular ushbu miyalari orqali butun sayyorani zabt etishlari kerak edi.

Ular nafaqat tarixdan oldingi yirtqich hayvonlardan ko‘ra ko‘proq hukmronlikka egalik qilishlari, balki bu hukmronlik turi butunlay yangicha bo‘lishi kerak edi. Keyingi qadam nafaqat boshqacha, balki umuman o‘zgacha tarzda bo‘lishi kerak edi. Evolyutsiya oqimi o‘z yo‘nalishini birdan, bizning tasavvuriy kuzatuvchimiz kutganidan tubdan boshqa tomonga burib yuborardi.

Bugun, mening nazarimda, keyingi qadam to‘g‘risidagi taxminlarda xuddi shu xato mavjud. Odamlar inson aql-zakovati qanday takomillashib borayotganini, tabiat ustidan insonning hukmronligi qanchalik oshib borayotganini ko‘rishmoqda (yoki ularga shunday ko‘rinayotgandek tuyulmoqda). Ular evolyutsiya oqimi faqat shu yo‘nalishda harakat qiladi, deb o‘ylashadi, boshqacha bo‘lishini tasavvur ham qila olmaydilar. Menga kelsak, men keyingi qadam haqiqatdan ham misli ko‘rilmagan bo‘ladi, degan fikrdan qutulolmayman; u shunday yo‘nalishda bo‘ladiki, biz bu narsani hatto tasavvur ham qila olmaymiz. Agar shunday bo‘lmasa, uni yangi qadam deb atashdan ma’no ham bo‘lmas edi. Men nafaqat o‘zgarishlarni, balki tubdan boshqa turdagi o‘zgarishlarga yo‘naltirilgan, qandaydir yangi usul qo‘llanilishini kutmoqdaman. Boshqacha qilib aytganda, evolyutsiyaning keyingi bosqichi uning chegarasidan tashqariga chiqib, o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi evolyutsiya usul sifatida, qandaydir butunlay yangicha usul tomonidan siqib chiqariladi. Va bularning barchasi sodir bo‘lganida, faqat kamchilik odamlargin buni payqashiga men hayron ham bo‘lmayman.

Agar siz suhbatni xuddi shu ruhda, ya’ni evolyutsiyaning bizga tanish tushunchasiga asoslanib davom ettirishga rozi bo‘lsangiz, demak masihiylik nuqtai nazariga ko‘ra, allaqachon yangi qadam qo‘yilgan. U haqiqatdan ham o‘zgacha juda yangi. Bu miyasi kuchli odamlarning yanada aql-idrokli odamlarga aylanish evolyutsiyasi emas; bu umuman boshqa yo‘nalishdagi o‘zgarish bo‘lib, unda Xudoning yaratgan bandalari Xudoning o‘g‘il-qizlariga aylantiriladi. Uning birinchi lahzasi 2000 yil oldin Falastinda qayd etilgan. Qaysidir ma’noda, bu o‘zgarish evolyutsiya emas, chunki u tabiiy jarayonlar tufayli yuzaga kelmaydi, balki tabiatga tashqaridan kiradi. Biroq, men ayni shu narsani kutgan edim. Biz evolyutsiya g‘oyasiga o‘tmishni o‘rganish orqali kelganmiz. Agar kelajak haqiqatdan ham o‘zida qandaydir yangi narsalarni saqlasa, unda, albatta bizning o‘tmishga asoslangan tasavvurimiz ushbu yangilikni o‘ziga sig‘dirolmaydi, ayniqsa yangi qadam, oldingilaridan nafaqat tabiatga chetdan nimadir kiritishi bilan farqlanib tursa.

  1. Yangi o‘zgarishlar, avloddan-avlodga jinsiy faollik orqali o‘tmaydi. Bunga ajablanish kerakmi? Shunday davr bo‘lgan-ki, jins tushunchasi ham mavjud bo‘lmagan, ko‘payish va rivojlanish boshqa usullar bilan amalga oshirilgan. Demak, biz shunday davr keladi-ki, jinsiy farqlanish yana yo‘qolib ketishi mumkinligini (aslida hozir ushbu narsa sodir bo‘layapti), yoki mavjud bo‘la turib, rivojlanishning asosiy yo‘li bo‘lib xizmatqilishni to‘xtatishini kutishimiz mumkin.
  2. Dastlabki bosqichlarda tirik organizmlar yangi qadam tashlashlari yoki tashlamasliklari borasida tanlash imkoniyati yo‘q yoki deyarli yo‘q bo‘lgan. Ular taraqqiyotning sub’ektlari emas, balki ob’ektlari edi. Ammo yangi qadam, ya’ni yaratilgan mavjudotlarning o‘g‘il va qizlarga aylanishi, hech bo‘lmaganda bir jihatdan faqat ixtiyoriydir. Uning ixtiyoriy bo‘lmagan tomoni shunda-ki, agar uni bizga taklif etishmaganda, o‘zimiz uni ixtiro qilishimiz, tanlashimiz imkoniyatsiz edi. Ammo, uning ixtiyoriyligi shu ma’noda-ki, bizga uni amalga oshirish taklif etilganda, undan voz kechishimiz mumkin. Biz shunday deyishimiz, orqaga tislanishimiz; oyoqlarimiz bilan yerga harakatsiz yopishib olib, yangi insoniyatga, bizsiz oldinga yurishiga yo‘l qo‘yib berishimiz mumkin.
  3. Men Masihni yangi odamning “birinchi lahzasi” deb atadim. U albatta “birinchi lahza”dan ko‘ra ko‘proq, nafaqat yangi odamlardan biri, balki yangi Inson. U barcha yangi odamlarning manbai, markazi va hayotidir. U O‘zining irodasiga ko‘ra, O‘zi yaratgan Olamga keldi, O‘zi bilan “zoe”ni, yangi hayotni olib keldi (bizning nazarimizda biz uchun yangi bo‘lgan albatta, negaki, u abadiy yashaydigan joyda Zoe doim mavjud bo‘lgan). U meros emas, men “samarali infeksiya” deb atagan vosita orqali, yangi hayotni bizga taqdim etmoqda. Yangi hayotni faqat bevosita U bilan aloqaga chiqib olish mumkin. Boshqa odamlar, Unda bo‘lish orqali yangi odamlarga aylanishmoqda.
  4. Bu qadam oldingilaridan, uning sodir bo‘lish tezligi bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, bu sayyoradagi insoniyat rivojlanishining butun davri bilan solishtirganda, masihiylikning odamlar orasida tarqalishi bir lahzalik chaqmoq chaqishiga o‘xshaydi, axir ikki ming yil Koinot miqyosida deyarli hech narsa emas (Biz xali masihiylikning avvalida ekanligimizni unutmang). Va bugungi noxush, holdan toydiruvchi ajratishlar, umid qilamizki, bu shunchaki bolalik kasalligi: bizning hali ham tishlarimiz chiqmoqda. Tashqi dunyo, shubhasiz, qarama-qarshi nuqtai nazarga ega. U bizni qarilikdan nobud bo‘layapti deb hisoblaydi. Ammo u oldin ham bir necha bor shunday o‘ylagan. Dunyo qayta-qayta shunday xulosaga keldiki, masihiylik tashqaridagi ta’qibdan, ichkaridan esa inqirozdan nobud bo‘lmoqda, u islom dinining yuksalishi, tabiiy fanlarning rivojlanishi, inqilobiy harakatlarning kuchayishi tufayli nobud bo‘lmoqda. Va har safar uning umidlari puchga chiqardi. Dastavval bu Masihning xochga tortganlarida sodir bo‘ldi: Inson yana tirildi! Qaysidir ma’noda va men bu qanday dahshatli adolatsizlik bo‘lib tuyulishini yaxshi tushunaman,  qayta tirilish o‘sha paytdan to bugungacha davom etmoqda. Ular U boshlagan ishni tinimsiz o‘ldiradilar; va har gal uning qabri ustidagi yerni tekislashganda, birdan bu ish hali tirikligi va hatto yangi joyda paydo bo‘lganligi haqida mish-mishlar ularga yetib boradi. Ular bizni yomon ko‘rishlari ajablanarli emas.
  5. Bu sharoitda xavf ancha yuqori. Rivojlanishning oldingi bosqichiga chekingan vaqtda, yaratilish, eng yomon sharoitda Yerdagi bir necha yillik hayotni yo‘qotar edi; ko‘pincha esa hatto buni ham yo‘qotmagan. Ammo yangi qadam tashlanganda, vaziyat o‘zgardi: endi biz orqaga tislanib, bahosiz va chegarasiz bo‘lgan (jiddiy ma’noda) mukofotni yo‘qotamiz, chunki hozir juda muhim davr boshlandi. Qadimdan asrlar davomida Xudo tabiatni, agar xohlasa, "xudo"ga aylanish uchun uning chegarasidan chiqa oladigan mavjudotlarni yaratish qobiliyati bo‘lgan nuqtaga yo‘naltirdi. Ular o‘zlarini tabiiy muhitdan olib chiqishga ruxsat berishadimi? Qaysidir ma’noda bu jarayon tug‘ilishning keskin davriga o‘hshaydi. Biz o‘rnimizdan ko‘tarilib, Masihga ergashmagunimizcha, tabiatning moddiy tarkibida qolamiz, biz hali ham buyuk onamizning qornida qolamiz. Uning homiladorligi uzoq davom etgan, og‘riqli va hayajonga to‘la, lekin u allaqachon o‘zining oxirgi nuqtasiga yetgan. Buyuk fursat yetib keldi. Hammasi tayyor. Shifokor shu yerda. Ammo tug‘ilish muvaffaqiyatli o‘tadimi? Shuni unutmaslik kerakki, bu tug‘ilish oddiylardan bitta muhim jihati bilan ajralib turadi. Oddiy tug‘ilish vaqtida, bola tanlash huquqidan mahrum bo‘ladi. Ushbu holatda esa tanlash imkoniyati mavjud. Qiziq, oddiy bola shunday tanlash imkoniyatiga ega bo‘lsa nima qilar edi? Ehtimol, u qorong‘u va issiqda, onasining qornidagi xavfsiz joyda qolishni afzal ko‘rardi. Albatta, unga ona qornida qolish bilan o‘z himoyasini ta’minlayotgandek tuyulardi. Agar u ona qornida qolsa va bu uning halokatli xatosi – muqarrar ravishda halok bo‘lardi.

 

Shu bois, ko‘lami tobora kengayib borayotgan yangi qadam qo‘yildi. Yangi odamlar Yerning barcha joylarida, goh u yer, goh bu yerda paydo bo‘lishmoqda. Ulardan ba’zilarini, yuqorida aytib o‘tganimdek, ajratib olish hali ham mushkul. Ammo shundaylar ham bor-ki, siz ularni juda oson tanib olasiz. Ularning ayrimlari ba’zan biz bilan uchrashib qolishadi. Hatto ularning ovozi va chehrasi ham biznikidan farq qiladi: ular kuchli, xotirjam, baxtli va yorqinroq. Ularning faolligi ko‘pchiligimiz to‘xtab qolgan joyda boshlanadi.

Ularni, men aytganimdek, tanib olish mumkin; lekin buning uchun siz aslida nimani qidirayotganingizni o‘zingiz uchun aniq belgilab olishingiz kerak. Ular, siz kitoblarda o‘qib, tasavvur qilgan dindor odamlarga o‘xshamaydilar. Ular o‘zlariga e’tiboringizni tortmaydilar. Ko‘p hollarda siz ularga mehribonlik qilyapman deb o‘ylaysiz, aslida esa ular sizga mehribonlik ko‘rsatayotgan bo‘lishadi. Ular sizni boshqa odamlarga nisbatan ko‘proq yaxshi ko‘rishadi, shu bilan birga sizga muhtojlik ham sezishmaydi. (Biz boshqalar uchun zarur, tengi topilmaydigan bo‘lish istagini yengishimiz kerak. Ba’zi ajoyib odamlar, ayniqsa ayollar uchun bu vasvasaga qarshi turish juda qiyin.) Aftidan, ular har doim hamma narsaga vaqt topadilar: ular bunga qanday erishganlariga hayron qolasiz. Ulardan birini tanib, bilib olganingizda, keyingisini tanib olish ancha oson bo‘ladi.

Va men o‘ylayman-ki (ammo men buni qayerdan bilaman?) ular bir-birlarini irqi, jinsi, sinfi va yoshidan qat’iy nazar, hatto diniy to‘siqlar ortida ham darhol va xatosiz tanib oladilar. Avliyo bo‘lish, qaysidir ma’noda, yashirin jamiyatga qo‘shilishga o‘xshaydi. Barchasiga qaramasdan, bu juda qiziqarli va maroqli. Ammo barcha yangi odamlarni, oddiy ma’noda bir xil deb o‘ylamaslik kerak. Mening bu kitobdagi ko‘pgina fikrlarim, sizda xuddi shunday taassurot qoldirishidan qo‘rqaman. Axir, yangi odam bo‘lish uchun, biz eski "men"ni yo‘qotish, "o‘zligimizdan chiqib”, "Masihga kirishimiz" lozim. Uning irodasi bizning irodamizga aylanishi kerak; Uning fikrlari bizning o‘y-xayollarimizga joylanishi kerak. Muqaddas Kitobda aytilganidek, "Biz esa Masihday fikrlay olamiz". Chunki faqat bitta Masih bor va u bizda yashashi kerak, bu degani biz hammamiz mutlaqo bir xil bo‘lishimiz kerak deganimi? Chetdan shunday ko‘rinishi aniq. Ammo umuman bunday emas.

Buni tushuntirish uchun yaxshi misollar yoki qiyoslar topish men uchun qiyin, chunki boshqa hech narsa Yaratguvchi va Uning yaratganlari kabi bir-biri bilan shu kabi munosabatda bo‘lolmaydi. Biroq, men nimani nazarda tutayotganimni sizga tushuntirishga yordam beradigan ikkita juda mukammal bo‘lmagan taqqoslashni keltirishga harakat qilaman. Butun umrini mutlaq zulmatda o‘tkazgan bir guruh odamlarni tasavvur qiling. Siz ularning oldiga borasiz va yorug‘lik qanday ekanligini tasvirlashga harakat qilasiz. Siz ularga, agar tashqariga chiqsalar, ularning har biriga bir xil yorug‘lik tushib, ular hammasi o‘sha nurni aks ettirib, ko‘zga ko‘rinadigan bo‘lishini aytasiz. Buni eshitgach, ularda quyidagicha tasavvur hosil bo‘lishi mumkin: agar biz bir xil yorug‘likni ko‘rsak va har birimiz unga bir xil munosabatda bo‘lsak (ya’ni barchamiz uni aks ettirsak), unda hammamiz bir-birimizga o‘xshash bo‘lib qolmaymizmi? Ayni paytda, siz va men juda yaxshi bilamizki, aslida yorug‘lik ularning bir-biridan qanchalik farq qilishini ko‘rsatib beradi.

Yoki siz tuzning ta’mini umuman bilmaydigan odamni uchratdingiz deylik. Siz unga ta’tib ko‘rish uchun bir chimdim berasiz va u kuchli, o‘tkir ta’mni sezadi. Keyin siz unga, mamlakatingizda hamma ovqatiga tuz solishini aytasiz. Bunga u shunday javob berishi mumkin: “Bunday holatda sizning barcha taomlaringiz bir-biridan farq qilmaydi, chunki buning ta’mi shunchalik o‘tkirki, u boshqa barcha ta’mlarni o‘ldiradi”. Ayni paytda, siz va men tuzning qanday ta’sir ko‘rsatishini juda yaxshi bilamiz. Tuxum, go‘sht yoki karamning ta’mini o‘ldirish o‘rniga, tuz uning asl mazasini yuzaga chiqaradi. (Albatta, men sizni ogohlantirganimdek, bu taqqoslash juda mukammal emas, chunki siz ovqatingizga juda ko‘p tuz qo‘shsangiz, har qanday ta’mni o‘ldirishingiz mumkin, lekin siz juda ko‘p Masihdan qo‘shib, inson shaxsiyatining o‘ziga xosligini o‘ldira olmaysiz.) Masih va bizning oramizda ham qandaydir shunga o‘xshash narsa sodir bo‘lmoqda.

Biz  qanchalik o‘z “men”ligimizni yo‘ldan chetlatib, Unga bizni nazorat qilishiga imkon bersak, shunchalik ko‘proq asl o‘zligimizga qaytamiz. U shunday boylik va xilma-xillikni o‘z ichiga olgan-ki, har biri bir-biridan juda farqli bo‘lgan, million-millionlab "kichik Masihiylar" ham Uni to‘liq ifodalash uchun yetarli bo‘lmaydi. U bizning hammamizni yaratdi. U bizni, yozuvchi romandagi qahramonlarni turli xil va rang-barang tasvirlagani kabi, siz va mening qanday bo‘lishimizni o‘ylab topdi. Shu ma’noda, bizning haqiqiy “o‘zligimiz” hali ham Unda namoyon bo‘lishni kutmoqda. "O‘zligingga qaytish" uchun Uni chetlab o‘tib, urinishning foydasi yo‘q. Qanchalik ko‘p Unga qarshilik qilsam va o‘z yo‘limda yashashga harakat qilsam, shunchalik mening naslim va tarbiyam, atrof-muhit va menda kuchayib borayotgan qo‘rquv va istaklar ustunlik qiladi. Aslida, men g‘urur bilan "o‘zligim" deb ataydigan o‘sha narsa, hodisalar, holatlar va jarayonlarning barcha oqibatlarining kesishish nuqtasi bo‘lib chiqib, buni men boshlamaganman va to‘xtatish ham mening ixtiyorimda emas. "Mening istaklarim" deb aytganlarim shunchaki tanamning jismoniy vazifalari yoki boshqa odamlarning fikrlari yoki shayton tomonidan menga zo‘rlab o‘tkazilgan. Men qornim to‘yib yedim, ichdim va yaxshi uxladim - bu men vagon bo‘limida qarshimda o‘tirgan qizga bo‘lgan bir lahzalik istakning haqiqiy manbai, shu bilan birga men soddalik bilan buni o‘zimning "nozik didim va mustaqil, o‘ta shaxsiy qarorim" deb o‘ylayman. Mening siyosiy e’tiqodim deb ataydigan narsaning asl manbai esa tashviqotdir. Tabiiy holatimda, men o‘zim deb hisoblaydigan shaxsdan ancha yiroqman. Men o‘zimning "men" deb ataydigan narsalarimning aksariyatini, tashqi sabablar bilan izohlash mumkin. Qachonki men Masihga murojaat qilganimda, o‘zimni Unga topshirganimda, Uning shaxsiga taslim bo‘lganimdagina, o‘zimning haqiqiy "men"imga ega bo‘lishni boshlayman!

Men avval aytganimdek, Xudo ko‘p shaxsiyatlarni O‘z ichiga olgan. Hozir bunga ko‘proq to‘xtalishni hoxlayman. Undan boshqa hech bir joyda haqiqiy shaxsiyatlar bo‘lmaydi. O‘zingizni Unga topshirmaganingizcha, haqiqiy “o‘zligingizni” topa olmaysiz. Bir xillik, asosan, o‘zini Masihga topshirganlarda emas, balki tabiiy odamlar orasida uchraydi. Hamma zamon va xalqlarning buyuk zolimlari va bosqinchilari naqadar zerikarli darajada bir xil ko‘rinishda; avliyolar esa naqadar xilma-xildir! Siz haqiqatan ham o‘zingizni unga topshirishingiz, afsuslanmasdan, o‘z "men"ingizdan voz kechishingiz kerak va buning evaziga Masih haqiqatan ham sizga haqiqiy "men"ni, haqiqiy shaxsiyatni beradi: ammo, siz faqat shuning uchungina Uning oldiga kelmasligingiz kerak. Agar sizni shaxsiy "men"ingiz, hozir sizni tashvishga solayotgan yagona narsa bo‘lsa, unda sizning Unga bo‘lgan yo‘lingiz hali boshlanmagan. Bu yo‘lda birinchi qadam o‘zingizni butunlay unutishga harakat qilishdir. Sizning haqiqiy yangi o‘zligingiz (Masihning shaxsiy O‘zligi, shuningdek sizniki, va u shu sababli sizniki-ki, chunki bu o‘zlik Uniki) siz Uni topishga harakat qilmaguningizcha sizga qaytmaydi. U siz Masihni qidira boshlagan vaqtingizda keladi. Bu g‘alati eshitiladi, shunday emasmi?

Ammo xuddi shu tamoyil boshqa sohalarda ham amal qiladi. Hatto jamoat hayotida ham siz ularda qanday taassurot qoldirayotganingiz haqida o‘ylashni to‘xtatmaguningizcha, haqiqatdan ham yaxshi taassurot qoldira olmaysiz. Xuddi shu qoida adabiyot va san’atda ham amal qiladi: o‘ziga xoslikka ko‘proq e’tibor bergan odam hech qachon o‘ziga xos, asl bo‘lolmaydi; va aksincha, agar siz to‘qqiz holatdan bittasida bo‘lsada haqiqatni ifodalashga harakat qilayotgan bo‘lsangiz (boshqalar buni sizdan oldin qanchalik ko‘p aytganiga qaramasdan), bunda o‘zingiz sezmagan holda o‘ziga xos tarzda ajralib tura olasiz.

Bu tamoyil yuqoridan pastgacha butun hayotni qamrab oladi. O‘zingizni baxshida eting va o‘zligingizni topasiz. Hayotingizni qurbon qiling va siz uni qutqarasiz. O‘z manmanligingizni, har kungi eng ezgu istaklaringizni va oxirida tanangizni o‘limga topshiring, borligingizning har bir qismini bering va siz abadiy hayotga ega bo‘lasiz. Hech narsani ushlab qolishga urinmang. Sizda o‘lmagan hech narsa, yo‘qdan qayta tirilmaydi. Siz "o‘zligingiz"ni qidirasiz va sizning qismatingiz faqat nafrat, yolg‘izlik, umidsizlik, g‘azab va nobudlik bo‘ladi. Ammo agar siz Masihni qidirsangiz, Uni topasiz va “shunda qolgan hamma narsa sizga beriladi”.

***


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак