Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 30 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.8.  MASIHIY BO‘LISH OSONMI?

Avvalgi bobda biz qanday qilib "Iso Masihga burkanish" yoki o‘zini Xudoning O‘g‘li sifatida tasavvur qilish va kun kelib haqiqatdan ham shu maqom va darajaga erishish mumkinligi haqida suhbatlashgandik. Sizga chin ko‘ngildan va xolisona aytishim mumkinki, bu masihiyning keyingi sinfga o‘tish uchun shug‘ullanishi lozim mashg‘ulot yoki o‘zi xos mashq emas. Mazkur g‘oyada masihiylik mohiyati va mazmuni mujassam topgan. U bundan boshqasini taklif qilmaydi. Sizga uning odatiy ahloq va ezgulikdan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib bergim keladi.

Masihiy mavqeiga erishishdan avval hammamiz quyidagicha tasavvurlar girdobida yashaymiz. Biz turfa orzu-havaslarimiz, rang-barang istaklarimizdan iborat "Men"imizni boshlang‘ich nuqta sifatida olamiz. Keyin esa bu olamda "ahloq" yoki "xulq-atvor qoidalari" yoki "jamiyat manfaatidan kelib chiqib" kabi tushunchalar ham borligini va ularning ham bizning "Men"imizga qo‘yadigan alohida talablari mavjudligini anglab yetamiz. Ana shu tushunchalar va shaxsiy orzu-havaslarimiz o‘rtasida nizo borligiga imon keltiramiz. "Yaxshi odam bo‘lish" deganda shu talablarga yon berishni tushunamiz.  Bizning "Men" amalga oshirishni xohlaydigan ayrim narsalar, boshqacharoq aytganda, "zulm" sifatida talqin qilinishiga guvoh bo‘lamiz. Nima ham qilardik, ulardan voz kechishga to‘g‘ri kelarkan. Bizning "Men" bajarishni istamaydigan narsalar esa, aksincha, "ezgulik" deb atalarkan va ularga ham rioya qilishga majburiyat sezarkanmiz. Lekin yelkamizga ortilgan hamma talablarni ado etganimizdan keyin bechora "Men"imizning shaxsiy orzu-havaslarga ham vaqti qolishidan umidvor bo‘lib yashayveramiz. O‘z hayotimiz bilan umrguzaronlik qilish, shirin niyatlarimizni ro‘yobga chiqarish va g‘alabalarimiz mevasidan rohatlanishga ulguradigandek yuraveramiz. Ochig‘ini aytganda, biz soliqni o‘z vaqtida to‘laydigan halol odamga o‘xshaymiz. U soliqlarni vijdonan to‘lab boradi va shu bilan birga, qolgan pulining farovon hayot kechirishga yetishidan umid qiladi.  Bularning barchasi boshlang‘ich nuqta sifatida oddiy "Men"imizni qabul qilganimiz oqibatidan kelib chiqadi.

O‘ylay-o‘ylay, ikki tomonga ketgan yo‘l boshiga yetib kelamiz. Yo "yaxshi odam bo‘lish"ga urinmay qo‘yamiz yoki tom ma’noda baxtsiz kimsalarga aylanib qolamiz. Nimaga? Chunki (adashmang!) siz zimmangizga yuklanayotgan hamma talablarni bajarishni istayotgan bo‘lsangiz, bilingki, shaxsiy "Men"ingizning o‘zi uchun yashashga na vaqti, na kuchi, na ehtiyoji qolmaydi.  Vijdoningiz ovoziga qanchalar ko‘p quloq solsangiz, u sizdan yana ham ko‘prog‘ini talab qiladi. Shu tariqa, tabiiy "Men"ingiz har qadamda to‘siqlarga duch kelaverib, bezib qoladi, nola qiladi, ochlikdan faryod chekadi, mashaqqatlar yukidan ikki bukilib, yerga chapishib qoladi. Uning e’tirozlari ham kun sayin kuchayib boraveradi. Oqibatda siz yo "yaxshi" bo‘lishga urinishni to‘xtasiz yoki o‘zlarining aytishicha, "boshqalar uchun yashaydigan"lardan biriga aylanasiz. Qizig‘i, ular "o‘zgalar baxtu-saodati yo‘lida" ekanini e’tirof qilishsada, negadir hamisha hammadan norozi yurishadi, tinimsiz vaysashadi, nima uchun "boshqalar" ularning o‘zini qurbon qilayotgani va bu yo‘ldagi cheksiz azoblarini sezmayotganidan ozurda bo‘lishadi. Kun kelib, shunaqangi mavjudotga aylanasizki, atrofingizdagilarning sizga chidashi ulkan sinovga aylanadi. Undan ko‘ra, sizning timsolingizda kibrga berilgan xudbinni ko‘rish afzalroq tuyulib qoladi.

Masihiylik boshqa yo‘lni taklif qiladi. Bu yo‘l ham qiyin, ham osondir. Iso Masih aytadi: "Hammasini Menga bering. Menga sizning misqolcha vaqtingiz, miqdorli pulingiz yoki mehnatingiz kerak emas. Men sizning tabiiy "Men"ingizga azob berish uchun emas, uni o‘ldirgani kelganman. Yarimta chora-tadbir bu masalada ko‘makdosh bo‘lolmaydi. Men u shoxni, keyin bu shoxni kesgani kelmadim. Men daraxtni qo‘porib tashlashni istayman. Men tishni egovlash yoki unga toj qo‘yishni yoxud bo‘shlig‘ini to‘ldirishni xohlamayman. Men O‘zim uchun sug‘irib tashlashni istayman. Menga o‘z "Men"ingizni itoat bilan topshiring, bokira orzu-havaslar, illatli istaklar – hammasini bering. Evaziga yangi "Men" hadya qilaman. Amalda Sizga O‘zimni, O‘zligimni tuhfa etaman va Meniki sizniki bo‘lib qoladi".

Bu o‘zimiz uddalamoqchi bo‘lgan narsalarga nisbatan ham mashaqqatli, ham oson yo‘l. Umid qilamanki, Iso Masihning o‘zi masihiylik yo‘lini ba’zan juda qiyin, ba’zida juda oson  deya ta’riflaganini anglab yetdingiz.  U "o‘z xochingni ko‘tarib yur" deb aytadi va bu murojaat nomsiz-nishonsiz konslagerdagi azobli o‘limga chaqiriqdek jaranglaydi. Lekin keyingi lahzadayoq U deydi: “Axir, Mening bo‘yinturug‘im qulay, yukim yengildir.” Anglash qiyin emas: unisi ham, bunisi ham adolatli.

O‘qituvchilar o‘quv yili oxirida hammadan ko‘p shijoat bilan o‘qiydigan ilmi tolib sinfning eng yalqov vakili ekanini ta’kidlashadi. Ular haq va bu hazil emas. Agar siz ikki talabaga  biron-bir geometriya nazariyasini isbotlashni topshirsangiz, shu zahoti ishga kirishgani vazifa mohiyatini tushunishga harakat qiladi. Yalqovi esa uni shunchaki va quruq yodlashga kirishadi, zero, ayni paytda bu kamroq mashaqqat talab qiladi. Lekin olti oy o‘tib, ular imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaganda, yalqov talaba tirishqoq tengdoshi bir necha daqiqada va zavq bilan uddasidan chiqadigan ish uchun son-sanoqsiz va  azobli soatlarini sarflashga majbur bo‘ladi. Oxir-oqibatda, yalqov ko‘proq mehnat qiladi.

Yoki shu vaziyatga boshqa tomondan ham qarab ko‘raylik. Jang maydonida yoki toqqa ko‘tarilishda kuch va jasorat talab qiladigan muayyan harakatlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Lekin oxirida aynan shu urinishlar barqaror xavfsizlik omili bo‘lib xizmat qiladi. Agar shunday qilmasangiz, bir necha soat o‘tar-o‘tmas, ulkan xatar ostida qolasiz. Qo‘rqoqlarcha harakat xavf-xatarning kattasiga yetaklaydi.

Masihiylikda ham shunday. O‘zingizni, orzu-havaslaringiz va hamma tashvishlaringizni Iso Masih qo‘liga butkul topshirish dahshatli va imkonsiz vazifadir. Lekin bu o‘zimizcha qiladigan sa’y-harakatlarimizga nisbatan oson kechadi. Zero, biz, ta’bir joiz bo‘lsa, "o‘zligimizni" saqlab qolishni istaymiz, shaxsiy baxt-saodatni hayotimiz mazmuni deb bilamiz va undan voz kechmaymiz, shu bilan birga, "yaxshi" insondek tasavvur uyg‘otishga ishtiyoqmandmiz. Biz aqlimiz va shuurimizning boylik haqida orzulari, sharafparastlarga xos rejalari, rohat va farog‘atga intilishlariga to‘sqinlik qilmaymiz, shunga qaramay, o‘zimizni halol, pok va kamtardek tutishga urinamiz. Vaholanki, bularning bari Iso Masih ruju qo‘yishdan qaytargan xususiyatlardir. U aytdi: tikanakdan uzum, yantoqdan anjir o‘smaydi. Chim sepilgan daladan bug‘doy yig‘olmaysiz. O‘t-o‘lanni muntazam o‘rib turmasangiz, uni kalta saqlolmaysiz. Lekin shunda ham bu dala sizga bug‘doy bermaydi. Tuproqdan g‘alla olish uchun uni isloh qilish kerak; chuqur haydab, qaytadan urug‘ qadash lozim bo‘ladi. Masihiylik hayotining asl muammosi, uning odamlar, odatda, duch kelishni kutmagan joyda paydo bo‘lishining sababi ham shunda. U erta tongda, uyqudan ko‘z ochgan lahzamizda yuzaga keladi. Yangi kun bilan bog‘liq hamma istaklarimiz bizga yirtqich hayvonlardek tashlanishadi. Har tongdagi ilk majburiyatimiz ularni shunchaki quvib solishdir; biz boshqa ovozga quloq tutishimiz, boshqa nuqtai nazarni qabul qilishimiz va qalbimizni yanada ulug‘vor, yanada qudratli va yanada halovatli hayot oqimi to‘ldirishiga imkon berishimiz kerak. Kunni shu tarzda o‘tkazamiz: biz o‘zimizning tabiiy injiqlikligimiz  va hissiyotlarimizni jilovlaymiz, shamollardan himoyalangan qo‘rg‘onga kirib boramiz.

Avvaliga,  ruhiyatning shunday halovatli holatiga yetishgach, uni atigi bir necha daqiqa saqlab turishni uddalaysiz xolos. Lekin ana shu sanoqli daqiqalarda jismoniy va ma’naviy olamimiz uzra yangi hayot nafasi ufurishni boshlaydi, chunki biz Unga shu evrilishlar uchun izn berdik. Faqat sirtni qoplaydigan moyli bo‘yoq bilan rang berilgan jismga singib ketadigan bo‘yoq o‘rtasida farq bor. Iso Masih hech qachon mavhum va xayoliy jumlalardan og‘iz ochmagan. "Barkamol bo‘linglar" der ekan, U aynan shuni nazarda tutgan.  U bizning to‘la-to‘kis davolanishimizni istagan. Bu mashaqqatli; lekin biz orzu qilgan murosaga erishmoq undan ham qiyin, aytish mumkinki, imkonsiz ishdir. Tuxumning polaponga aylanish jarayoni, ehtimol, qiyin kechar, lekin u tuxum bo‘laturib, qushdek uchishni istasa, mana bunisining mashaqqati bisyor. Biz ham tuxumga o‘xshaymiz. Lekin umrbod oddiy va tartibli tuxum maqomida qololmaymiz. Yo po‘stloqni yorib, tashqariga chiqishimiz kerak, yoki palag‘da bo‘lish hukmimizdir.

Endi avval aytgan fikrimni takrorlashga izn bersangiz: aynan shu so‘zlar masihiylikning qalbidir; undan boshqa hech nima yo‘q. Ular taajjubga solishi, ajablantirishi ham mumkin. Jamoatning ta’lim berish, yangi inshootlar barpo qilish, missionerlik faoliyati, ibodat marosimlarini o‘tkazish kabi ko‘plab tashvishlari borligi kunday ravshan. Davlatning ham mudofaa, siyosat, iqtisodiyot va boshqa masalalar yuzasidan qiladigan ishlari yetarlicha ekani oydindir. Lekin aslini olganda, bu yumushlar mazmuni biz o‘ylagandan ko‘ra soddaroq. Davlat shu hayotda inson bolasi farovonligini ta’minlash va himoya qilish uchungina mavjud. Kamin ro‘parasida suhbatlashib o‘tirgan er-xotin, pivo barida qarta o‘ynayotgan do‘stlar, xonasida kitob o‘qiyotgan yoki bog‘da mehnat qilayotgan inson – davlat shular va shu kabilarni muhofaza qilish uchungina yashaydi. Hamma qonunlar, parlamentlar, armiyalar, sud, politsiya, iqtisodiyot shu maqsadlarga hizmat qilsa va himoyalashni uddalasagina mazmun kasb etadi. Yo‘qsa, bularning bari vaqt va mablag‘ni sovurish bilan yakunlanadi, xolos.

Jamoat masalasiga kelsak, u odamlarni Iso Masih tomon chorlash, izdoshlaridan kichik Masihlarni shakllantirish uchungina kerak. Agar shunday qilmasa, ibodatxona, ruhoniy zoti borki - hammasi, missionerlik tashkilotlari, va’z-ma’ruzalar borki -barchasi, hatto Muqaddas Kitobning o‘zi ham vaqtni behuda xarjlashdan boshqasi emasdir. Xudo aynan shu maqsadda insonga aylandi. Bilasizmi, balki, Koinot ham xuddi shu maqsad yo‘lida yaratilgandir?! Muqaddas Kitobda uning Iso Masih uchun bunyod etilgani va hammasi U bilan birlashish lozimligi aytilgan. O‘ylanmanki, hech birimiz bu ishning Koinot miqyosida qanday amalga oshishini tasavvur ham qilolmasak kerak. Biz Yerdan millionlab kilometr olisdagi manzillarda nimalar yashashini (agar u tomonlarda nimadir mavjud bo‘lsa, albatta) bilmaymiz. Shu Yer  sayyorasining o‘zida odam bolasidan boshqasining taqdiri qanday kechishidan bexabarmiz. Ammo biz nimani kutgandik? Bizga loyihaning bevosita o‘zimizga daxldor qismi ko‘rsatilgan xolos. Ba’zida boshqa mavjudot va jismlarning kelajagini tasavvur qilib ko‘rishni yoqtiraman. Nazarimda, aqliy darajasi yuqori hayvonlar qaysidir ma’noda inson bilan yaqinlashadi, bu ularga bo‘lgan muhabbat bilan izohlansa kerak, qolaversa, odam bolasining Yer yuzida mavjudligi va uning turish-turmushi shu jonivorlarni anchagina insoniylashtirgan (amalda shunday bo‘lyapti ham). Men, hatto, inson foydalangani sayin va ularni qadrlashni boshlagach, jonsiz narsalar va o‘simliklarning ham odamzodga talpinishi zamiridagi mohiyatni anglagandekman. Agar boshqa olamlarda ham ongli mavjudotlar yashaganida, ular o‘z dunyosida xuddi shu ishlarni amalga oshirishi mumkin edi. Balki, ongli mavjudotlar  Masihga burkangach, Uning bag‘riga boshqalarni ham tortar?! Buning qanday ro‘yobga chiqishini bilmayman, farazlarim bilan o‘rtoqlashishim mumkin xolos.

Bizga faqat insonlarning Masihda uyg‘unlashishi haqida aytilgan; Koinotning yosh shahzodasi tomonidan O‘z Otasiga bermoqchi bo‘lgan sovg‘aning ajralmas qismiga aylanishimiz, sovg‘a esa Uning O‘zi va biz Unda ekanimiz eslatilgan. Biz shuning uchun yaratilganmiz. Injilda U bilan va Unda birlashganimizda tabiatdagi ko‘p narsalar o‘zining ibtidoiy mohiyatiga qaytishi to‘g‘risida g‘alati, hayajonga soladigan ishoralar bor. Qo‘rqinchli tush tugaydi; tong otadi.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак