Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis
ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.
MUNDARIJA
So‘zboshi
1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida
1.01. Inson tabiati qonuni
1.02. Ba’zi e’tirozlar
1.03. Qonunning haqiqiyligi
1.04. Qonun ortida nima yashiringan?
1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor
2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?
2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar
2.02. Bostirib kirish
2.03. Hayratomuz muqobillik
2.04. Mukammal tavba qiluvchi
2.05. Amaliy xulosa
3-kitob. Masihiycha xulq-atvor
3.01. Axloqning uch qismi
3.02. Asosiy fazilatlar
3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari
3.04. Axloq va psixoanaliz
3.05. Jins sohasidagi axloq
3.06. Masihiycha nikoh
3.07. Kechirish
3.08. Eng katta gunoh
3.09. Sevgi
3.10. Umid
3.11. Ishonch
3.12. Ishonch (davomi)
4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar
4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi
4.02. Xudo uch qiyofada
4.03. Zamon va zamondan tashqarida
4.04. Foydali infeksiya
4.05. Qaysar qalayi askarlar
4.06. Ikki eslatma
4.07. Tasavvur
4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?
4.09. Bu qanchaga tushadi
4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat
4.11. Yangi odamlar
1-KITOB.
YAXShILIK VA YOMONLIK – OLAMNI TUSHUNISH KALITI SIFATIDA
1.3. QONUNNING HAQIQIYLIGI
Endi men birinchi bo‘limning oxirida aytganlarim, insonga xos bo‘lgan ikkita qiziqarli xususiyatga qaytaman. Birinchisi shundan iboratki, odamlarga ular ma’lum bir xulq-atvor qoidalariga, boshqacha qilib aytganda, halol o‘yin yoki axloq qoidalariga yoxud tabiiy qonunga rioya qilishlari lozim deb o‘ylash xosdir.
Ikkinchisi shundan iboratki, aslida odamlar bu qoidalarga rioya qilishmaydi. Kimdir nega men narsalarning bu holatini g‘alati deb aytayotganimni so‘rashi mumkin. Balki bu sizga dunyodagi eng tabiiy ahvol bo‘lib tuyulishi mumkindir. Balki, siz meni inson zotiga nisbatan juda qattiqqo‘l deb o‘ylayotgandirsiz. Oxir-oqibatda, siz men yaxshilik va yomonlik qonuni buzilishi deb aytayotganimni, shunchaki inson tabiati mukammal emasligidan dalolat beradi, deyishingiz mumkin. Aslini olganda, men nima uchun odamlardan mukammalikni kutayapman, o‘zi? Agar men biz, nazarimizda odamlar o‘zini qanday tutishi lozim bo‘lganidek o‘zimizni tutmayotganligimizda qanchalik aybdorligimizni aniq hisoblab chiqishga uringanimda, ana shunday munosabat to‘g‘ri bo‘lar edi. Lekin mening niyatim bundan iborat emas. Hozirgi paytda ayb masalasi meni umuman qiziqtirmaydi: men haqiqatni topishga harakat qilayapman. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqanda esa, nomukammallik, ya’ni o‘zimiz qanday bo‘lishimiz lozim bo‘lganidek emasligimiz haqidagi g‘oyaning o‘ziyoq ma’lum bir oqibatlarga olib keladi.
Biror jism, masalan, tosh yoki daraxt qanday bo‘lsa, shundayligicha mavjud va u boshqacha bo‘lishi kerakligi haqida gapirishdan ma’no yo‘q. Agar siz toshdan bog‘da bezak ishlarida foydalanmoqchi bo‘lsangiz, albatta, tosh “noto‘g‘ri” shaklda yoki sizga yetarlicha soya tashlamayotgani uchun mana bu “yomon daraxt” deb aytishingiz mumkin. Lekin bunda siz faqat bu tosh yoki anavi daraxt maqsadingizga mos kelmayotganini nazarda tutasiz. Ularni buning uchun ayblamaysiz, agar hazil sifatida shunday qilmasangiz, albatta. Siz ob-havo yoki tuproq tufayli daraxtingiz shunchaki boshqacha bo‘la olmasligini bilasiz. Shunday ekan, u xuddi “yaxshi” daraxt kabi tabiat qonunlariga bo‘ysungani uchun “yomon”.
Bundan nima kelib chiqishini payqadingizmi? Bundan kelib chiqadiki, odatda biz tabiat qonuni deb aytganimiz, masalan, daraxtning shakllanishiga tabiiy sharoitlarning ta’sirini, ehtimol, shu so‘zning asl ma’nosida qonun deb ayta olmaymiz. Chunki yerga tushayotgan toshlar hamisha tortishish qonuniga bo‘ysunadi deganda, biz mohiyatan, “toshlar hamisha shunday qiladi”, degan gapni anglaymiz. Rostdan ham siz, toshni qo‘ldan chiqarib yuborishganida, u to‘satdan yerga qarab uchishga buyruq olganini eslab qoladi deb o‘ylamaysiz-ku. Siz shunchaki, tosh haqiqatan ham yerga tushishini nazarda tutasiz. Boshqacha qilib aytganda, siz bu dalillar ortida dalillarning o‘zi bilan birga, nimadir yashiringani, haqiqatan ham sodir bo‘ladiganidan farqli ravishda, qandaydir qonun yashiringaniga qat’iy ishonmaysiz.
Toshlar va daraxtlarga nisbatan tabiat qonunlari tabiatda nimalar bo‘lishini qayd etadi, xolos. Lekin siz tabiiy qonunga murojaat etsangiz, nimagadir, butunlay boshqa bir narsaga duch kelasiz. Bu qonun, so‘zsiz, “odam degan mavjudotlar haqiqatan ham qiladigan ishni” anglatmaydi, chunki, avval aytganimdek, ko‘pchilik bu qonunga oxirigacha bo‘ysunmaydi va hech birimiz unga to‘liq bo‘ysunmaymiz. Tortishish qonuni agar toshni otib yuborsa, u nima qilishi haqida sizga aytib beradi; axloq qonuni esa odam degan mavjudot nima qilishi va nima qilmasligi zarurligi haqida gapiradi. Boshqacha qilib aytganda, siz odamlar bilan ish ko‘rganingizda, qayd qilinishi lozim bo‘lgan oddiy dalillar bilan birga, dalillardan ustun turuvchi yana nimagadir, qo‘shimcha ravishda paydo bo‘lgan qandaydir kuchga to‘qnash kelasiz. Qarshingizda dalillar turibdi (odamlar o‘zini mana bunday tutayapti). Ammo qarshingizda yana nimadir bor (ular o‘zlarini mana bunday tutishlari lozim edi). Qolgan Koinotga kelganda (odamdan tashqari) aytish mumkinki, dalillardan boshqa hech narsaga zarurat yo‘q. Elektronlar va molekulalar o‘zlarini ma’lum bir tarzda tutishadi, bundan ma’lum natijalar paydo bo‘ladi va shu bilan, ehtimol, hammasi tugaydi (ammo, men bu bosqichda bizda mavjud bo‘lgan dalillar shundan guvohlik beradi, deb o‘ylamayapman). Biroq odamlar o‘zlarini ma’lum bir tarzda tutishadi va shubhasiz, shu bilan hech narsa tugamaydi, chunki ular o‘zini boshqacha tutishlari zarurligini siz bilasiz. Buning hammasi shunchalar g‘alatiki, odamlar buni u yoki bu darajada tushuntirishga harakat qilishadi. Masalan, biz shunday izoh o‘ylab topishimiz mumkin: odam o‘zini hozir tutayotganidek tutmasligi zarur deb bayon qilayotganingizda, xuddi tosh bilan bo‘lgani kabi ahvolni nazarda tutasiz, ya’ni uning shakli noto‘g‘ri ekanligini aytayotganingizda, aynan o‘sha odamning xatti-harakati sizga noqulaylik tug‘dirayotganini nazarda tutasiz. Biroq bunday tushuntirish mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lardi. Birinchi bo‘lib kelgani uchun poyezdning burchagidagi joyni egallagan odam va ortingizga o‘girilib turganingizda shu joydan sizning portfelingizni olib tashlab, bu joyga suqilib kirgan odam ham sizga bir xil noqulaylik tug‘dirdi. Lekin siz ikkinchi odamni ayblaysiz, birinchisini esa yo‘q. Kimdir tasodifan meni chalib yuborsa, tinchlanib olgunimcha, balki bir necha lahza jahlim chiqar. Lekin kimdir qasddan menga chalib yubormoqchi bo‘lsa, hatto u buni eplay olmasa ham, qattiq g‘azablanaman. Ayni paytda birinchi odam menga noqulay lahzalarni keltirdi, ikkinchisi esa yo‘q.
Ba’zan o‘zim yomon deb hisoblaydigan xatti-harakat menga shaxsan umuman ziyon keltirmaydi, hatto aksincha ham bo‘lishi mumkin. Urush vaqtida har bir tomon raqibi tomonidagi sotqinning xizmatlaridan foydalanishdan quvonadi. Biroq uning xizmatlaridan foydalana turib, hatto bunga to‘lov to‘lasada, ikkala tomon ham sotqinga xuddi ablah odamga qaragandek qaraydi. Shuning uchun siz boshqa odamlarning xatti-harakati siz uchun foydali ekanligi mezonidan kelib chiqib, boshqa odamlarning xulq-atvorini vijdonli xulq-atvor deb belgilashingiz mumkin emas. O‘zimizning vijdonli xulq-atvorimizga kelganda esa, shuni aytish mumkinki, bizning hech birimiz u bizga foyda keltiradigan xulq-atvor sifatida qaramaydi, deb o‘ylayman. Uch funt olishingiz mumkin bo‘lgani holda, o‘ttiz shilling bilan qanoatlanishni o‘zini vijdonli tutish deb hisoblash mumkin; bu o‘qituvchini aldash oson bo‘lib turgan bir paytda. uy vazifasini halol bajarish; bu yaxshi ko‘rgan qizining zaifligidan foydalanish o‘rniga uni o‘z holiga qo‘yish; o‘z xavfsizligi haqida qayg‘urib, tahlika bor joydan qochib ketmaslik; o‘z va’dasini esdan chiqarib yuborish osonroq bo‘lgani holda, so‘zining ustidan chiqish; hatto boshqalarning nazdida ahmoq bo‘lib ko‘rinsangda, haqiqatni aytishdir.
Ba’zi odamlar garchi ayni paytda, ayni shu odamga vijdonli xulq-atvor aniq foyda keltirmaydi deb aytishsada, u oxir-oqibatda umuman insoniyatga foyda keltiradi. Demak, bunda hech qanday jumboqli narsa yo‘q. Odamlar, oxir-oqibatda, sog‘lom fikrga ega bo‘lishadi. Ular faqat har bir kishi halol o‘yin olib boradigan jamiyatdagina baxtli bo‘lishlari yoki o‘zini xavfsizlikda his qilishlari mumkinligini tushunishadi. Aynan shuning uchun ular o‘zlarini vijdonlilarcha tutishga harakat qilishadi. Xavfsizlik va baxtning siri faqat alohida odamlar va guruhlar tomonidan ham, butun boshli xalqlar tomonidan ham bir-biriga nisbatan halol, adolatli va olijanob munosabatda ekanligi shubha tug‘dirmaydi, albatta. Bu esa dunyodagi eng muhim haqiqatlardan biridir. Shunga qaramay, biz yaxshilik va yomonlik muammosiga o‘z yondashuvimizni shu bilan izohlashga urinsak, undagi zaif joylarni fosh qilamiz.
Agar biz “Nega men xudbin bo‘lmasligim kerak?”, deb so‘rasak va “Chunki bu jamiyat uchun yaxshi”, degan javobni olsak, buning ortidan yangi savol paydo bo‘lishi mumkin: "Bordi-yu, bu menga shaxsan hech qanday foyda bermasa, nega endi men jamiyat uchun nima yaxshi ekanligi haqida o‘ylashim kerak" Ammo bu savolga faqat bitta javob bo‘lishi mumkin: "Chunki sen xudbin bo‘lmasliging shart". Ko‘rayapsizki, biz nimadan boshlagan bo‘lsak, shunga qaytib keldik. Biz haqiqat bo‘lgan narsani qayd etamiz, xolos. Agar odam sizdan nimaning sharafiga futbol o‘ynashadi deb so‘rasa, “gollar urish uchun” degan javob muvaffaqiyatli bo‘lish dargumon. Chunki gol urishda o‘yinning sababi emas, o‘yinning o‘zi mavjud. Sizning javobingiz shunchaki “futbol bu futbol” degan ma’noni anglatgan bo‘lardi va bu, shubhasiz, to‘g‘ri, lekin shu haqda gapirish lozimmi?
Xuddi shu kabi, agar odam o‘zini vijdonli tutishning ma’nosi nima, deb so‘rasa, unga “Jamiyatga foyda keltirish uchun”, deb javob berishdan ma’no yo‘q. Chunki “jamiyatga foyda keltirish”ga urinish, boshqacha qilib aytganda, xudbin, o‘zini yaxshi ko‘radigan bo‘lmaslik (chunki jamiyat, pirovardida, “boshqa odamlar”ni anglatadi) vijdonli, beg‘araz odam bo‘lish demakdir.
Chunki beg‘arazlik vijdonli xulq-atvorning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shunday qilib, siz amalda vijdonli xulq-atvor bu vijdonli xulq-atvordir demoqdasiz. Xuddi shu tarzda siz “Odamlar beg‘araz bo‘lishlari shart” degan bayonotda muvaffaqiyat bilan to‘xtashingiz mumkin bo‘lardi.
Aynan shu yerda men ham to‘xtamoqchiman. Odamlar beg‘araz, adolatli bo‘lishlari shart. Bu ular beg‘araz yoki ularga beg‘araz bo‘lish yoqadi degani emas; bu ular beg‘araz bo‘lishlari shart deganidir. Tortishish kuchi qonuni og‘ir ob’ektlarning qulashi dalilini qayd etgani kabi, axloq qonuni yoki tabiiy qonun inson xulq-atvori dalilini shunchaki qayd etib qo‘ya qolmaydi. Boshqa tomondan, bu tabiiy qonun shunchaki o‘ylab topilgan narsa emas, chunki biz uni yoddan chiqara olmaymiz. Bordiyu, uni esdan chiqarib qo‘yadigan bo‘lsak, odamlar haqida o‘ylayotgan va gapirayotgan gaplarimizning katta qismi bema’nilikka aylanardi. Bu shunchaki boshqa odamlar o‘zlarini bizga qulay bo‘ladigan tarzda tutishlari haqidagi biz istagan bayonot emas. Chunki yomon yoki nohalol xulq-atvor deb atalmish narsa biz uchun noqulay bo‘lgan xatti-harakatga unchalik ham va har doim ham mos kelavermaydi. Ba’zan u, aksincha, bizga qulaydir. Tegishlicha, yaxshilik va yomonlikning bu qoidasi yoki tabiiy qonun yoxud boshqacha nomlashimizdan qat’iy nazar, bizga bog‘liq bo‘lmagan holda, ob’ektiv mavjud bo‘lgan qandaydir haqiqiylik bo‘lsa kerak.
Biroq bu qoida yoki qonun shu so‘zning odatdagi ma’nosidagi ob’ektiv dalil emas, masalan, bizning xulq-atvorimiz dalili kabi. Bu esa bizni qandaydir boshqa voqelik haqidagi, mazkur muayyan holatda inson xulq-atvorining odatdagi dalili ortida qandaydir butunlay aniq, ular ustidan hukmronlik qiladigan qonun yashiringan, uni hech birimiz tuzmagan va shunga qaramay, u har birimizga ta’sir o‘tkazadi, degan fikrga olib boradi.
Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)
К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.
Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.
И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».
Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.
Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.
«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.
Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.
То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).