Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 29 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.7. TASAVVUR

Keling, ushbu bobni ikkita misol, to‘g‘rirog‘i, sizni o‘ylab ko‘rishga chorlaydigan ikkita hikoya bilan boshlaylik. Ulardan biri barchangiz o‘qigan “Alvon gul” ertagidir. Bu ertakda qiz qandaydir bir sabab tufayli mahluqqa turmushga chiqishi kerak edi. Va u shunday qildi ham. Lekin u, birinchi navbatda mahluqning sevgisiga ishondi, uning mehrini o‘zida his etdi va o‘z sevgisi bilan javob qaytarishga harakat qildi. U mahluqni xuddi u inson bo‘lgani kabi o‘pganida, uning ko‘z o‘ngida mahluq haqiqatan ham go‘zal yigitga aylandi va ular sevgi hamda hamjihatlikda yashay boshlashdi.

Boshqa bir hikoyada esa, niqob kiyishga majburlangan odam haqida gap boradi. Bu niqobda u niqobsiz yurgandan ko‘ra ancha jozibaliroq ko‘rinardi. U niqobni bir necha yil kiyishga majbur bo‘ldi va nihoyat uni yechgach, uning yuzi niqob shakliga kirganini ko‘rdi. U haqiqatan ham chiroyli bo‘lib qoldi. Avvaliga soxta bo‘lgan go‘zallik keyinchalik haqiqatga aylandi.

O‘ylaymanki, bu ikkala hikoya (albatta, majoziy ma’noda) men ushbu bobda nima haqida gaplashmoqchi ekanligimni ko‘rsatib berishi mumkin. Hozirgi kungacha men Xudo kim ekanligini va U nima qilgani haqidagi haqiqatlarni tasvirlashga harakat qildim. Hozir esa men amaliy savolga o‘tmoqchiman: biz nima qilishimiz kerak? Ilohiyotning biz uchun nima keragi bor? Ehtimol, biz buni hoziroq his qilarmiz. Agar sizga shu yergacha o‘qishga qiziqishingiz yetarli bo‘lgan bo‘lsa, umid qilamanki, sizda yana bir qadam oldinga tashlash, ya’ni ibodat qilish uchun yetarli qiziqish bor. Nima desangiz ham, Xudovand bizga o‘rgatgan ibodatning so‘zlarini takrorlaysiz.

U qanday boshlanishi esingizdami? "Bizning osmondagi Otamiz". Endi esa siz bu so‘zlarning ma’nosini bilasiz. Ular siz o‘zingizni Xudoning O‘g‘li o‘rniga qo‘yganligingizga aniq dalildir. Boshqacha qilib aytganda, siz Masihni kiyimini kiyib, o‘zingizni Masih deb tasavvur qilasiz. Bu so‘zlarning ma’nosini anglaganingizda esa, siz haqiqatan ham Xudoning o‘g‘li emasligingizni tushuna boshlaysiz. Siz umuman O‘g‘il kabi emassiz, Uning manfaatlari Otaning manfaatlari va irodasi bilan mutlaqo bir xil. Siz o‘ziga xos qo‘rquv, umid, ochko‘zlik, hasad va mag‘rurlikdan tashkil topgan bir kesakchasiz. Va bularning barchasi, sizning butun borlig‘ingiz o‘limga mahkum. Shunday qilib, siz Masihga o‘xshamoqlik jasoratini qo‘lga olishingiz g‘azablantiradigan takabburlikdan boshqa narsa emas. Ammo, qanchalik g‘alati tuyulmasin, U bizga aynan shunday yo‘l tutishni buyurgan.

Nima uchun? O‘zingni umuman boshqa mavjudot qilib ko‘rsatishning nima keragi bor? Biroq, inson darajasida ham, siz bilganingizdek, ikki xil riyokorlik bor: yomon va yaxshi. Birinchi holda, odam kimnidir aldamoqchi bo‘ladi: masalan, u sizga yordam berish o‘rniga, o‘zini yordam berayotgandek qilib ko‘rsatadi. Ammo ikkinchi, foydali riyokorlik turi qandaydir haqiqiy narsaga olib keladi. Masalan, siz  X  bilan do‘stona munosabatda bo‘lishni xohlamaysiz, lekin do‘stona munosabat ko‘rsatishingiz kerakligini bilasiz; bu holatda, o‘zingizni haqiqatdagidan ham yaxshiroq tutganingiz ma’qul. Va bir muncha vaqt o‘tgach, siz X ga nisbatan avvalgidan ko‘ra ko‘proq moyillikni his qilasiz. Buni hammamiz bilamiz. Ko‘pincha biror narsaning haqiqatini boshdan kechirishning yagona yo‘li - bu uni allaqachon boshdan kechirgandek harakat qilishdir. Shuning uchun ham o‘yinlar bolalar uchun juda muhim. Axir, ular doimo kattalarga taqlid qilib, urush-urush yoki sotish o‘yinini o‘ynashadi. Ammo har safar ularning mushaklari qattiqlashib, zehnlari o‘tkirlashadi, shuning uchun, ularning kattalarga taqlid qilishlari haqiqatda o‘sishga yordam beradi.

Bundan tashqari, siz o‘zingizga ongli ravishda: "Men o‘zimni Masih deb tasavvur qilayapman", deb aytganingizda, siz o‘zingizning bu "riyokorligingizni" qanday qilib unchalik ro‘yirost bo‘lmasligini, uni haqiqatga bir oz bo‘lsa-da yaqinlashtirishni darhol his qilasiz. Agar siz haqiqatan ham Xudoning o‘g‘li bo‘lganingizda, xayolingizga ham keltirmaydigan narsalar haqida o‘ylayotganingizni sezib qolasiz. Xo‘sh, bu o‘y-hayollarni yo‘qotishga harakat qilib ko‘ring. Yoki to‘satdan siz ibodat qilish o‘rniga, dasturxonga o‘tirishingiz, onangizga xat yozishingiz yoki oshxonaga borib, xotiningizga idishlarni yuvishda yordam berishingiz kerakligini tushunib qoldingiz. Bu holatda o‘rningizdan turib ichki ovozingiz aytganini bajaring.

Nima bo‘layotganini ko‘ryapsizmi? Masihning O‘zi, Xudoning O‘g‘li, inson (siz va men kabi) va Xudo (Uning Otasi kabi Xudo) sizning yoningizda va hozirning o‘zidayoq tasavvuringizni haqiqatga aylantirmoqda. Va bu, faqat sizning vijdoningiz sizga nima qilish kerakligini aytadi degan fikrni ifodalaydigan katta gaplar emas. To‘g‘ridan-to‘g‘ri vijdoningizdan so‘rasangiz, birgina javob olasiz. Agar esingizda bo‘lsa, o‘zingizni Masih deb tasavvur qilayotganingizda, javob boshqacha bo‘lgan edi. Vijdoningiz sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yomon deb aytmaydigan ko‘p narsalar bor (ayniqsa ular haqida o‘ylaganingizda), lekin agar siz Masihga jiddiy taqlid qilmoqchi bo‘lsangiz, ularni darhol rad qilasiz. Chunki o‘shanda siz nafaqat nima yaxshi va nima yomonligi haqida o‘ylaysiz, balki bu Odamdan samarali infeksiyani yuqtirib olishga harakat qilasiz. Bu ma’lum qoidalarga rioya qilishdan ko‘ra portret yaratishga o‘xshaydi. Qizig‘i shundaki, ma’lum bir jihatlarda bu qoidalarga rioya qilishdan ko‘ra qiyinroq, ammo boshqa bir jihatdan bu juda oson.

Xudoning haqiqiy O‘g‘li siz bilan birga bo‘ladi. U sizni O‘ziga o‘xshash mavjudotga aylantira boshlaydi. Ta’bir joiz bo‘lsa, U sizga O‘zining hayot tarzi va fikrlarini "singdirishni" boshlaydi, Ungagina xos bo‘lgan “zoe”ni quyishni boshlaydi. U qalayi askarchani tirik odamga aylantira boshlaydi. Va, albatta, sizning hali ham qalayli qismingiz bunga qarshilik qilaveradi.

Ba’zilaringiz hech qachon bunday narsalarni boshdan kechirmaganingizni payqashingiz mumkin. Siz shunday deyishingiz mumkin: "Men aslo ko‘rinmas Masih menga yordam berayotganini his qilmaganman, lekin odamlar menga tez-tez yordam berishardi". Shu o‘rinda, birinchi jahon urushi davridagi bir ayolning “Bizning oilamiz non taqchilligiga parvo qilmaydi, biz haligacha faqat qovurilgan burda non yeymiz”, degan latifani esga oldim. Agar sizda non bo‘lmasa, unda qovurilgan burda non ham bo‘lmaydi. Agar Masih yordam bermaganida, sizga odamlar ham yordam bermagan bo‘lar edi. U bizga turli yo‘llar bilan, biz "diniy hayot" deb ataydigan hodisalar doirasida ham ta’sir qiladi. U tabiat orqali, tanamiz orqali, kitoblar orqali, ba’zan bir qarashda masihiylarga qarshi bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan kechinmalar orqali ta’sir qiladi. Odati bo‘yicha jamoatga borgan yigit chin dildan masihiy ta’limotiga ishonmasligini anglab yetsa va jamoatga borishni to‘xtatsa, agar unga ota-onasining rayiga qarshi chiqish istagi emas, balki halol bo‘lish istagi sabab bo‘lsa, demak, Masihning ruhi unga avvalgidan ham yaqinroq bo‘lishi mumkin.

Lekin eng muhimi, Uning Ruhi bir-birimiz bilan muloqot qilish orqali ta’sir qiladi. Odamlar yaqinlariga Masihning ko‘zgu yoki "tashuvchilaridir". Ba’zan ular buni o‘zlari ham tushunib yetishmaydi. "Samarali infeksiyani" uni yuqtirib olmaganlar tomonidan ham yuqishi mumkin. Masalan, menga masihiylikka kirishimga o‘zlari masihiy bo‘lmagan odamlar yordam berishdi. Lekin, odatda, Uni biladiganlar Unga boshqalarni olib boradilar. Mana shuning uchun ham jamoatning, Uni bir-biriga ochib beradigan barcha masihiylarning yig‘indisining roli juda muhim. Masihga ergashgan ikki masihiyda masihiylik ular Unga yolg‘iz ergashgandan ko‘ra ikki emas, balki o‘n olti marta ko‘proq bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ammo unutmangki, emizikli go‘dak uchun, onasini tanimasada uni emishi, bu tabiiy hol. Xuddi shunday bizga yordam beradigan odamni ko‘rish va balki uning orqasida turgan Masihni ko‘rmaslik ham tabiiydir. Biroq, biz emizikli go‘dak bo‘lib qolmasligimiz lozim. Biz olg‘a yurib, kim bizga yordam yuborayotganini tushunishimiz kerak. Buni ko‘rmaslik va tushunmaslik aqlsizlik bo‘lardi. Shunda biz odamlarga tayanishimiz kerak bo‘lar edi; va bu ertami-kechmi katta umidsizlikka olib keladi. Hatto ularning eng yaxshilari ham xato qiladi; va hammaga o‘lim muqarrar. Bizga yordam berganlarning har biriga minnatdor bo‘lishimiz, ularni hurmat qilishimiz va sevishimiz kerak, lekin hech qachon u dunyodagi eng yaxshi, eng dono inson bo‘lgan taqdirda ham hech bir insoniy mavjudotga to‘liq va tanxo tayanib qolmasligimiz kerak. Siz qumdan juda ko‘p chiroyli narsalarni yasashingiz mumkin; faqat uning ustiga uy qurishga urinmang.

Endi esa biz Yangi Ahdda doimo nima deyilganini ko‘ra boshlaymiz. U "qayta tug‘ilgan" masihiylar haqida, "Masih kiyimini kiygan" odamlar haqida gapiradi; Masihning "bizda tasvirlangani", "Masihning ongini" egallashi haqida. Bularning barchasi, xuddi odam Platon yoki Marksni o‘qib, ularning g‘oyalarini gavdalantirishga harakat qilganidek, masihiylar Masih aytganlarini o‘qib, hayotga tadbiq qilishga harakat qilishlari kerak degan g‘oyani ifodalash uchun murakkab metafora degan fikrdan darhol voz keching. Turli xil shakldagi, lekin doimo Yangi Ahdda uchraydigan fikr, ko‘proq narsani anglatadi: haqiqiy Masih bu yerda, hozir, siz ibodat qilayotgan xonada, siz uchun nimadir qilmoqda va u siz bilan birga. Va bu ikki ming yil oldin vafot etgan xushro‘y odam haqida emas, balki xuddi siz bilan bir xil darajadagi tirik Odam haqida, lekin Xudo dunyoni yaratganida qanday bo‘lsa, xuddi shunday darajada. Va endi bu tirik Xudo-odam sizning oldingizga keladi va sizning eng samimiy, ichki "meningiz" ustida ishlay boshlaydi, sizdagi eski "men"ni o‘ldiradi va uni O‘zi ega bo‘lgan boshqasi bilan almashtiradi. Avvaliga bir necha daqiqaga. Keyin uzoqroq muddatga. Va nihoyat, agar hamma narsa yaxshi bo‘lsa. U sizni abadiy butunlay boshqa turdagi mavjudotga, yangi kichik Masihga, o‘ziga xos tarzda, o‘z qobiliyatlariga mutanosib ravishda, Xudoga xos bo‘lgan bir xil hayotga ega bo‘lgan mavjudotga aylantiradi, Xudoning qudratini, Uning quvonchini, bilimini va boqiyligini baham ko‘radi... Bir muncha vaqt o‘tgach, biz yana ikkita ixtiro qilamiz.

1) Biz nafaqat gunohkor harakatlarimizni, balki gunohkorligimizni ham seza boshlaymiz. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, biz nafaqat nima qilayotganimizdan, balki kimligimizdan ham xavotirlana boshlaymiz. Bu biroz murakkab tuyuladi va men o‘zimning shaxsiy misolimdan foydalanib, xuddi shu fikrni yanada aniqroq ifodalashga harakat qilaman. Kechki ibodatga tayyorgarlik ko‘rganimda va kun davomida qilgan barcha gunohlarimni eslashga harakat qilsam, o‘nta holatdan to‘qqiztasida yaqinimga bo‘lgan sevgi amrining buzilishi aniq bo‘ladi: men g‘azablandim, yoki qo‘rslik qildim yoki masxara qildim, yoki suhbatni uzib qo‘yib baqirdim va g‘azablandim. Va darhol xayolimda bir bahona paydo bo‘ladi: meni g‘azablantirishdi; men bilan kutilmaganda gaplashishdi; jahlim chiqqanda kelib qolishdi; fikrlarimni jamlab olishga vaqtim yo‘q edi. Bularning barchasi yengillashtiruvchi holat bo‘lib xizmat qiladi: agar men buni ongli ravishda, o‘ylab ko‘rib amalga oshirganimda, mening xatti-harakatlarim bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi.

Boshqa tomondan, odamning jahli chiqqanda qilgan har bir harakati uning aslida kim ekanligiga eng yaxshi isbotdir. Jahlni bostirish vaqti yetmasdan tildan qochgan narsa asl mohiyatni ochib beradi. Agar yerto‘lada kalamushlar bo‘lsa, u yerga kutilmaganda kirgandagina, ularni ko‘rishingiz mumkin. Lekin ularni kutilmagan hodisa keltirib chiqarmaydi; u faqat o‘z vaqtida qochishga to‘sqinlik qiladi. Xuddi shunday, kutilmagan hodisalar yoki bahonalar meni asabiylashtiradigan narsa emas; u faqatgina mening jahldorligimni ochib beradi. Kalamushlar doimo yerto‘lada yashaydi, lekin agar siz u yerga qichqiriq va shovqin bilan kirsangiz, ular chiroqni yoqishingizdan oldin yashirinib olishadi.

Shubhasiz, qalbimning yerto‘lasida qarama-qarshilik va qasoskorlik kalamushlari doimo mavjud. Bu yerto‘la mening ong osti irodamdan tashqarida. Men ma’lum darajada o‘z xatti-harakatlarimni nazorat qila olaman, lekin o‘z temperamentimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqara olmayman. Bizning qandayligimiz harakatlarimizdan muhimroq bo‘lsa-chi; agar bizning harakatlarimiz (asosan) bizning kimligimizni ko‘rsatadigan darajada muhim bo‘lsa, demak, men boshdan kechirayotgan o‘zgarishlarni harakatlarim bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu yaxshi amallarga ham tegishli. Men ularning ko‘pini yaxshi niyat ta’sirida qildimmi? Necha marta ular mening jamoatchilik fikridan qo‘rqishim yoki yaxshi tomonlarimni ko‘rsatish istagimning natijasi bo‘lgan? Ularning qanchasi o‘jarlik yoki ustunlik tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lib, boshqa sharoitlarda meni yomon ishlar qilishga olib kelishi mumkin edi? Lekin men o‘zimda to‘g‘ridan-to‘g‘ri axloqiy kuchlar yordamida yangi stimullarni uyg‘otish imkoniyatiga ega emasman. Masihiylik yo‘lida bir necha qadam tashlaganimizdan so‘ng, qalbimizdagi barcha zarur o‘zgarishlar faqatgina Xudo tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini tushuna boshlaymiz. Va bu bizni bir narsaga olib keladiki, mening ko‘rsatuvimda hozirgacha narsalarning haqiqiy holatini to‘g‘ri aks ettirmagan.

2) Mening so‘zlarimdan shunday taassurot paydo bo‘lishi mumkinki, biz hamma narsani o‘zimiz qilamiz. Aslida, barcha o‘zgarishlar biz tomondan emas, balki Xudo tomonidan amalga oshiriladi. Hech bo‘lmaganda, biz U bizdagi amalga oshiradigan o‘zgarishlarga qarshilik qilmaymiz. Qaysidir ma’noda, hatto biz emas, balki tasavvurni ishlatadigan Xudo, deb ayta olasiz. Darhaqiqat, Xudo O‘zining oldida ochko‘z, ezma va bo‘yin egmaydigan insonni ko‘radi. Lekin U shunday deydi: “Tasavvur qiling, bu oddiy mavjudot emas, balki Bizning o‘g‘limiz. Bu mavjudot Isoga o‘xshaydi, chunki Iso ham insondir, chunki U Insonga aylangan. Keling, tasavvur qilaylik, insonning ruhi ham Masihga o‘xshaydi va biz unga haqiqatdek munosabatda bo‘lamiz, garchi aslida bunday bo‘lmasa-da, lekin bizning tasavvurimiz haqiqatga aylanganini tasavvur qilamiz”.

Xudo bizga kichkina Masihga qaragandek qaraydi; Masih bizni Unga aylanishimizga yordam beradi. Tasavvurdagi Xudoning hayoliy o‘yinlari g‘oyasi bir qarashda g‘alati tuyuladi. Lekin bu haqiqatan ham g‘alatimi? Yuqori darajadagi mavjudotlar o‘zidan pastdagilarni shunday tarbiyalamaydimi? Ona bolani haqiqatan ham tushunishni boshlashidan ancha oldin uni tushungandek gaplashib, gapirishga o‘rgatadi. Biz itlarimizga xuddi odamdek muomala qilamiz. Shuning uchun ular oxir-oqibat "deyarli odam"ga aylanishadi.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак