Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 26 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.4. SAMARALI INFYEKSIYA

Men ushbu bobni sizdan ushbu sahnani aniq tasavvur qilishingizni so‘rash bilan boshlayman: stolda ikkita kitob bor, biri ikkinchisining ustida. Ko‘rinib turibdiki, uning ustidagi kitobni pastdagi kitob ko‘tarib turibdi. Faqat pastki kitob tufayli, kitobning yuqori qismi stol yuzasida emas, undan besh santimetr balandlikda turibdi. Keling, pastki kitobni “A”, yuqoridagi kitobni “B” deb belgilab olamiz. "A"ning holati, "B"ning o‘rnini ta’minlaydi. Bu aniq, shunday emasmi? Endi tasavvur qiling (albatta, bu haqiqatda sodir bo‘lishi mumkin emas, lekin bu tasvirlash uchun yordam beradi, tasavvur qilaylik) ikkala kitob ham abadiy shu holatda turgan. Bunday holda, "B"ning o‘rni har doim "A" holatiga bog‘liq edi, ammo "A"ning o‘rni "B" holatidan oldin mavjud emas edi. Boshqacha qilib aytganda, bu holatda natija sababdan keyin yuzaga kelmaydi, odatda sodir bo‘ladigani kabi: avval siz bodring yeysiz, keyin esa oshqozoningiz bezovta bo‘ladi. Ushbu qoida har doim ham ishlamaydi. Bir muddat sabr qilsangiz va nima uchun buni muhim deb o‘ylayotganimni tushunasiz.

Bir necha sahifalar oldin men Xudo uchta Shaxsdan tashkil topgan zot, lekin shunga qaramay yagona Zot ekanligini aytdim (va olti kvadratdan iborat, lekin bitta shakl  bo‘lgan kubni taxminiy misol sifatida keltirdim). Ammo men bu Shaxslarning bir-biri bilan qanday bog‘langanligini tushuntirishga harakat qilganim sari, ulardan biri boshqalardan oldin mavjud bo‘lgandek tuyuladi. Men bu taassurot uchun sabab bo‘lgan so‘zlarga murojaat qilishim kerak. Bu Uch Birlikdagi birinchi shaxs Ota, ikkinchi Shaxs O‘g‘il deb ataladi. Birinchisi Ikkinchini dunyoga keltiradi yoki hosil qiladi, deymiz: biz buni yaratilish emas, balki tug‘ilish deb ataymiz, chunki U O‘ziga o‘xshash zotni hosil qiladi. Bunday holda, yagona mos keladigan so‘z "Ota"dir. Ammo, afsuski, bu so‘z, inson otasi o‘z o‘g‘lining paydo bo‘lishidan oldin bo‘lgani kabi, U ham ilgariroq mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Aslida esa, bunday emas. Bu yerda "oldin" yoki "keyin"ga joy yo‘q. Shuning uchun men buni tushunib olish juda muhim deb o‘ylayman: bir narsa boshqa narsaning manbai yoki sababi bo‘lishi va undan oldin mavjud bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. O‘g‘il, Otasi borligi uchun mavjud; lekin bu mavjudlikda O‘g‘il tug‘ilishidan oldingi davr bo‘lmagan. Yaxshisi bunga, shu tarafdan qarash to‘g‘ri bo‘ladi. Men sizdan ikkita kitobni tasavvur qilishingizni so‘radim. Ehtimol, ko‘pchiligingiz shunday qildingiz, qandaydir tasavvur harakatini bajarib, sizning ko‘z oldingizda hayoliy surat paydo bo‘ldi. Aniq-ki, u natija yoki oqibat emas, balki sabab bo‘lgan. Lekin bu siz avval tasavvur qildingiz va keyin bu rasm paydo bo‘ldi degani emas. Sizning tasavvuringiz ishga tusha boshlagan paytda, u hayoliy tarzda ko‘z o‘ngingizda paydo bo‘ldi. Bu vaqt davomida sizning tasavvuringiz uni sizning ko‘z oldingizda ushlab turdi. Biroq tasavvur harakati va surat bir vaqtda vujudga keldi va bir vaqtning o‘zida to‘xtadi. Agar abadiy yashaydigan Kimdir bo‘lsa va U o‘z tasavvurida bir xil mavjudotni abadiy tasavvur qilsa, unda qandaydir hayoliy tasvir doimiy ravishda yaratiladi va u ham shunday abadiy bo‘ladi.

O‘ylaymanki, biz Otadan doimiy taralayotgan O‘g‘il haqida, chiroqdan yorug‘lik yoki olovdan issiqlik yoki boshdan fikr taralishi kabi o‘ylashimiz kerak. U Otaning ifodasidir, Ota aytmoqchi bo‘lgan so‘zidir va abadiyatda Ota o‘z Kalomini aytmagan davr hech qachon bo‘lmagan. Nima bo‘layotganini payqadingizmi? Bu yorug‘lik va issiqlik misollarining barchasi Ota va O‘g‘il ikki shaxs emas, balki ikkita borliq ekanligi haqidagi taassurot qoldiryapti. Shubhasiz, Yangi Muqaddas kitobi bizga beradigan Ota va O‘g‘ilning surati, biz uni almashtirishga harakat qiladigan har qanday tasvirlardan ko‘ra aniqroqdir.

Va bu holat qayta va qayta Muqaddas Kitobda aytilganlardan chetlashishingiz bilan sodir bo‘ladi. U yoki bu narsani yaxshiroq tushunish uchun, matndan bir zum uzoqlashish ba’zida juda o‘rinli bo‘ladi. Ammo keyin unga qaytish zarur. Xudo, O‘zini qanday tasvirlashni har birimizdan ko‘ra yaxshiroq biladi. U Ota va O‘g‘il o‘rtasidagi munosabatni biz o‘ylab topgan narsa sifatida emas, balki Birinchi va Ikkinchi Shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar sifatida tasvirlash kerakligini biladi. Eng muhimi, bu sevgiga to‘la munosabatlardir. Ota O‘g‘lidan quvonch topadi, O‘g‘il Otani sadoqat bilan yaxshi ko‘radi. Davom etishdan oldin, ushbu so‘zlarning katta ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor bering.

Turli xil odamlarga masihiylarning ushbu iborasini takrorlash yoqadi: “Xudo sevgidir”. Ammo ular bu so‘zlar, faqat Xudo kamida ikkita Shaxsni o‘z ichiga olgandagina  ma’nogo ega bo‘lishini sezmaydilar. Axir, Sevgi - bu bir shaxs boshqasiga nisbatan his qiladigan tuyg‘u. Agar Xudo bir shaxsda mavjud bo‘lsa, bu dunyoni yaratishdan oldin sodir bo‘lgan. U sevgi bo‘la olmas edi. Ko‘rinib turibdiki, "Xudo sevgidir" deganda, odamlar butunlay boshqacha narsani, ya’ni "Sevgi - bu Xudo" deb tushunishadi. Ular bizning sevgi tuyg‘umiz qanday va qayerda paydo bo‘lishidan va qanday natijalarga olib kelishidan qat’iy nazar, unga eng katta hurmat bilan qarash kerak deb hisoblashadi. Balki ular haqdir; ammo masihiylar "Xudo sevgidir" degan so‘zni butunlay boshqacha tushunishadi. Ular sevgining jonli, jo‘shqin quvvati Xudoda abadiy ishlaydi va u hamma narsaning asl manbai ekanligiga ishonishadi.

Ehtimol, masihiy va boshqa barcha dinlar o‘rtasidagi eng asosiy farq shundadir: Xudo muqim mavjudot emas va hatto oddiy shaxs ham emas. Bu jo‘shqin, doimiy jonlanib turuvchi quvvat, hayot, deyarli dramatik, raqsga (iltimos, meni hurmatsizlik qilyapti deb o‘ylamang) o‘xshaydi. Ota va O‘g‘il o‘rtasidagi jipslik shu qadar tirik va haqiqiyki, bu birlik yagona Shaxsning o‘zidir. Bilaman, bu deyarli aqlga sig‘maydiganday tuyuladi, lekin bunga quyidagicha qarang. Bilasizki, odamlar klub yoki uyushmada yig‘ilishganda, oila yoki klub yoki ittifoqning “ruhi” deb atalmish narsa paydo bo‘ladi. Odamlar bu ruh haqida gapirishadi, chunki ular birlashganida, tarqoq bo‘lgan vaqtda ularga xos bo‘lmaydigan, o‘zgacha xulq-atvor rivojlanadi (Bu jamoaviy xulq-atvor, albatta ular alohida bo‘lgandagi xulq-atvordan yaxshiroq yoki yomonroq bo‘lishi mumkin). Qanday bo‘lmasin, odamlarning bunday birlashuvi, go‘yo jamoaviy shaxsni vujudga keltiradi. Bu, albatta, so‘zning tom ma’nosidagi shaxs emas, balki shaxsning bir ko‘rinishidir. Ammo Xudo va biz o‘rtamizdagi farqlardan biri ham shunda. Ota va O‘g‘ilning birlashgan hayotidan yaraladigan narsa - Shaxsiyatdir. Uchbirlikning uchinchi shaxsi, bu Xudo. Professional, ilohiyot tilida bu Uchinchi Shaxs Muqaddas Ruh yoki Ilohiy Ruh deb ataladi. Agar sizning U haqidagi tasavvuringiz, Uchbirlikning dastlabki ikki Shaxslari haqidagi tasavvurdan ko‘ra noaniq va tushunarsizroq bo‘lsa, xavotir olmang va hayron bo‘lmang. Menimcha, buning mutlaqo tushunarli sababi bor. Masihiy hayotingiz davomida siz odatda Unga qaramaysiz. Lekin U doimo siz orqali harakat qiladi. Agar siz Otani oldingizda “qayerdadir” turgan Zot deb hisoblasangiz va O‘g‘ilni sizning yoningizda bo‘lib, ibodat qilishga yordam beradigan va sizni Xudoning yana bir o‘g‘liga aylantirishga harakat qiladigan kimdir deb hisoblasangiz, uchinchi Shaxsni ichingizdagi yoki orqangizda deb tasavvur qilishingiz kerak. Ba’zi odamlar uchun Uchinchi shaxsdan boshlash va undan boshlab teskari tarafga qarab yurish osonroq bo‘lishi mumkin: Xudo bu sevgi va bu tuyg‘u odamlar orqali, ayniqsa masihiylarning butun birlashuvi orqali ta’sir etadi. Ammo bu sevgi ruhi, abadiyatdan boshlab, Ota va O‘g‘il o‘rtasidagi ilohiy sevgidir.

Bularning hammasi biz uchun qanday ahamiyatga ega? Dunyodagi eng muhim ahamiyatga. Bu dramaning hammasi yoki Uchbirlikning hayot tarzi har birimizda o‘ynalishi kerak. Yoki (agar qarama-qarshi tomondan qarasak) har birimiz bu hayot tarziga yaqinlashishimiz, dramada o‘z o‘rnimizni egallashimiz kerak. Biz loyiq bo‘lgan baxtga, boshqa yo‘l bilan erishib bo‘lmaydi. Har bir yaxshi narsa, yomonlik kabi, tashqi ta’sir ta’sirida bo‘ladi. Agar siz isinishni istasangiz, olovga yaqinroq kelishingiz kerak. Agar ho‘l bo‘lishni istasangiz, suvga tushishingiz kerak. Agar siz quvonch, kuch, tinchlik, abadiy hayotga intilsangiz, shu narsalarni jam qilgan narsaga yaqinlashishingiz yoki hatto uning ichiga kirishingiz kerak. Quvonch, kuch, tinchlik, boqiylik, agar Xudo xohlasa, har kimga berishi mumkin bo‘lgan mukofotlar emas. Bu haqiqatning markazida jo‘sh urayotgan, eng katta quvvat va go‘zallik manbai. Agar siz uning yonida bo‘lsangiz, undan sachragan tomchilar sizga yetib boradi; aks holda quruq qolasiz. Agar inson Xudo bilan birlashgan bo‘lsa, qanday qilib u abadiy yashamasligi mumkin? Va qanday qilib Xudodan ajralgan odam so‘lib, o‘lmasligi mumkin? Biroq, u Xudo bilan qanday bog‘lanishi mumkin? Qanday qilib siz bilan biz, uchbirlik hayotga birlasha olamiz?

Ikkinchi bobda tug‘ilish va yaratilish haqida aytganlarimni eslaysizmi? Biz Xudo tomonidan tug‘ilmaganmiz, biz faqat U tomonidan yaratilganmiz; tabiiy holatimizda biz Xudoning o‘g‘illari emas, shunchaki haykallarmiz. Bizda zoe yoki ilohiy hayot yo‘q; bizga faqat bios xos, yoki muqarrar ravishda yo‘q bo‘lib ketish va o‘lim tomonga harakat qiladigan biologik hayot mavjud. Masihiylik taklif qilayotgan narsaning mohiyati shunda-ki: agar biz Xudoning irodasiga qarshilik qilmasak, Masihning hayotida qatnasha olamiz. Va agar sodir bo‘lsa, biz yaratilgan emas, balki tug‘ilgan, doimo mavjud bo‘lgan va doimo mavjud bo‘ladigan hayotning sheriklariga aylanamiz. Masih Xudoning o‘g‘li. Agar biz Uning hayotiga kirsak, biz Xudoning bolalariga aylanamiz. Biz Otani U sevganidek sevamiz va Muqaddas Ruh bizda ham yashay boshlaydi. Masih bu dunyoga inson bo‘lib, Uning O‘ziga xos bo‘lgan hayotning yuqori shaklini boshqa odamlar orasida tarqatish uchun keldi. Men buni “samarali infeksiya” deb atayman. Har bir masihiy, kichik Masihga aylanishi kerak. Ayni mana shu haqiqiy “masihiy bo‘lishni” anglatadi.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак