Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 25 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.3. ZAMON VA ZAMONDAN TASHQARIDA

Kitob o‘qiyotganda hech narsani o‘tkazib yubormasligimiz kerak, degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Menimcha esa, aksincha, fikrimizcha, bizga hech qanday foyda keltira olmaydigan bo‘limlar yoki boblarni o‘qimaslik kerak. Ushbu kitob davomida men bo‘lg‘usi o‘quvchilarimga shu kabi maslahatlar bilan murojaat qildim, va bu bobda ham men ba’zilar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ammo boshqalarga ataylab va keraksiz murakkablashtirilganday tuyulgan narsalar haqida gapirmoqchi bo‘lganligim sababli, maslahatimni takrorlayman: agar sizga bu bob qiziq bo‘lmasa, o‘tkazib yuboring va keyingisiga o‘ting.

Oldingi bobda men ibodatga to‘xtalib o‘tdim; va bu mavzu hali xotiramizda ekanligida, men ba’zilar duch keladigan qiyinchiliklar haqida gapirmoqchiman. Odamlardan biri menga shunday degani esimda: “Men Xudoga ishonishim mumkin, lekin U bir vaqtning o‘zida Unga murojaat qilayotgan bir necha yuz million odamni tinglay olishi, mening aqlimga sig‘maydi”. Men, ko‘pchilik odamlar ushbu nuqtai nazarga qo‘shiladi, degan xulosaga keldim.

Keling, buni aniqlab olishga harakat qilamiz. Avvalo, butun murakkablik, aftidan, "bir vaqtning o‘zida" degan so‘zda ekanligiga e’tibor berish kerak. Agar Xudo cheksiz vaqtga ega bo‘lsa, U cheksiz sonli murojaatchilarni, faqat ular birma-bir Unga kelishsagina tinglay olishini, ko‘pchiligimiz osonlikcha tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, hamma gap, Xudo cheksiz ko‘p muammolarni, bir vaqtning o‘zida qanday hal qilishini tushuna olmaslikda ekan.

Xo‘sh, agar bu siz va menga bog‘liq bo‘lganida, hal qilib bo‘lmas masala bo‘lar edi. Bizning hayotimiz, birin-ketin o‘tayotgan zamon orqali namoyon bo‘ladi. Ikkinchisi paydo bo‘lishidan oldin, birinchi davr yo‘qoladi, va u o‘z ichiga juda kam voqealarni oladi. Mana zamon nima degani. Albatta biz siz bilan bu tartibni tabiiy deb bilamiz, o‘tmish, hozirgi davr va kelajakning ketma-ketligi, bu faqat Yerga va unda yashovchi bizlarga tegishli emas, balki barcha borliqqa ta’lluqli ob’ektiv voqealik. Biz butun koinot va hatto Xudoning O‘zi ham xuddi siz va men kabi, o‘tmishdan kelajakka doimiy harakat qiladi deb hisoblaymiz. Ayni paytda, zamonaviy ilm-fan, buni shunday emasligini biladi. Ba’zi narsalarning zamondan tashqarida mavjudligi haqida, birinchi bo‘lib teologlar gapira boshladilar. Vaqt o‘tib, bu g‘oyani faylasuflar, bizning davrimizda esa olimlar qo‘llab-quvvatlashdi.

Ehtimol. Xudo zamondan tashqarida yashaydi. Uning hayoti birin-ketin keladigan daqiqalardan iborat emas. Agar millionta odam tungi soat o‘nda Unga ibodat qilsa U, biz “soat o‘n” deb ataydigan vaqt kesimining o‘zida, ularning barchasini tinglashi shart emas. Bu lahza va olam yaratilishidan boshlab har bir lahza Uning uchun cheksiz hozirgi damdir. Ishonsangiz, samolyot qulayotgan vaqtda Unga murojaat qilayotgan uchuvchining iltijosini tinglash uchun, Uning ixtiyorida cheksiz abadiyat bor.

Men bilaman, buni tasavvur qilish mushkul. Keling, bu fikrni ushbu misol bilan tushuntiraman. Faraz qiling, men qissa yozmoqdaman. Men yozaman “Meri ishini chetga surdi. Shu vaqtda eshik taqilladi.” Faraz qilinayotgan dunyoda yashayotgan Meri uchun, ishni surish va eshik taqillashi orasida vaqt oralig‘i mavjud emas. Ammo men, Merini o‘ylab topgan muallif ushbu faraz qilingan dunyoda yashamayman. Birinchi va ikkinchi jumla orasida men, Meri to‘g‘risida o‘ylab uch soat o‘tirishim mumkin.

Men u to‘g‘risida xuddi u kitobdagi yagona qahramondek uzoq o‘ylashim, hoxlaganimcha u to‘g‘risida mulohaza qilishim mumkin; ammo bunga ketkazgan vaqtim Meri yashayotgan dunyo uchun haqiqiy emas (qissa syujeti davom etayotgan vaqt uchun). Bu, albatta, mukammal tavsif emas, lekin u biroz aniqlik kiritishi mumkin.

Bizning koinotimizda hayot harakat qiladigan vaqt oqimi, xuddi muallifining ijodiy jarayonida hikoyadagi xayoliy vaqtning oqimi unga ta’sir qilishi kabi, Xudoda yoki Uning harakatlarining maromi va ketma-ketligida aks etadi. Xudo har birimizga cheksiz e’tiborini qaratishga qodir. U biz bilan odamlarning juda ulkan ommasi kabi bilan muomala qilishi shart emas. Uning uchun siz alohida, o‘ziga xos shaxssiz, go‘yo siz U tomonidan yaratilgan yagona tirik mavjudotsiz. Masih o‘lganida, U xuddi har birimiz dunyoda yagona insondek, har birimiz uchun o‘ldi.

Mening tavsifim, men tushuntirmoqchi bo‘lgan g‘oyaga to‘liq mos kelmaydi va buning sababi quyidagicha. Muallif bir zamon oqimini (hikoyada bo‘layotgan) faqat boshqa, haqiqiysiga kirish uchun tark etadi. Xudo, menimcha, umuman zamon bilan yashamaydi. Uning hayoti biznikiga o‘xshab, lahzama-lahza, tomchilab o‘tmaydi. Unda hali 1940 yil tugamagan; va allaqachon 1990 yil boshlangan. Axir, Uning hayoti – bu Uning O‘zi.

Agar siz vaqtni biz sayohat qilishga majbur bo‘lgan to‘g‘ri chiziq sifatida tasavvur qilsangiz, unda Xudoni chiziq chizilgan butun bir sahifa sifatida tasavvur qilishingiz kerak. Biz bu chiziqning alohida nuqtalariga birma-bir yaqinlashamiz; biz "B" ga yetishdan oldin "A" ni tark etishimiz kerak, va "B" ni ortda qoldirmasdan oldin "V" ga erisha olmaymiz. Xudo yuqoridan yoki tashqaridan yoki hamma joydan butun chiziqni O‘zida mujassam qiladi va uni butun borligicha ko‘radi.

Bu g‘oyani tushunish, shunisi bilan e’tiborga loyiq-ki, uning yordamida masihiylikdan zohiriy qiyinchiliklar olib tashlanadi. Masihiy bo‘lishimdan oldin, meni taajjubga solgan asosiy narsalar quyidagicha edi. Masihiylarning ta’kidlashicha, hamma joyda mavjud bo‘lgan va butun koinotni harakatga keltiradigan abadiy Xudo bir mahal odam bo‘lgan. U go‘dakligida yoki uxlayotganida, Koinot nima bo‘lgan?, deb so‘radim men. Qanday qilib bir vaqtning o‘zida, U hamma narsani biladigan Xudo, va shogirdlaridan: “Menga kim tegdi?” deb so‘raydigan odam bo‘lishi mumkin? Ko‘rib turganingizdek, bu yerda ham zamon bo‘yicha savollar ko‘p: “U go‘dak bo‘lgan vaqtda”, “Qanday qilib U bir vaqtning o‘zida”. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, men Masihning Xudo sifatidagi hayoti vaqt ichida o‘tadi va Uning Falastindagi odam-Isoning hayoti, mening hayotimdagi qisqa davr bo‘lgan - harbiy xizmatim kabi, vaqt ichidan olingan qisqa oraliq deb taxmin qilardim. Katta ehtimol bilan, ko‘pchilik bu haqda xuddi shunday o‘ylaydi.

Biz Xudoni zamon ichida yashayotganini,  Uning yerdagi insoniy hayoti hali kelajakda  bo‘lganida tasavvur qilamiz. Keyin biz Uni ushbu hayotda ko‘ramiz. Keyin bizga U, xuddi O‘zining yerdagi hayotiga o‘z o‘tmishiga nazar tashlashi mumkin bo‘lgandek ko‘rinadi. Ammo, aslida, bizning bu tasavvurlarimizning haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q bo‘lishi mumkin. Biz Masihning Falastindagi inson sifatidagi hayotini, Uning makon va vaqtdan tashqarida mavjud bo‘lgan Xudo sifatidagi hayoti bilan hech qanday vaqt nisbatida o‘zaro bog‘lay olmaymiz. Mening fikrimcha, Xudo haqidagi abadiy haqiqat shundaki, Masihning insoniy tabiati - o‘ziga xos zaifligi, johilligi va uyquga muhtojligi bilan qandaydir tarzda, Uning butun ilohiy hayotiga kiritilgan. Xudodagi bu insoniy hayot, bizning nuqtai nazarimizda, dunyo tariximizdagi ma’lum bir davrdir (Rabbimiz tug‘ilgan yilidan Uning xochga mixlanishigacha).

Biz ushbu davrni, Xudoning tarixida ham Uning ma’lum davri deb hisoblaymiz. Ammo Xudoda tarix yo‘q. Tarixga ega bo‘lish uchun, U boshidan oxirigacha juda o‘zgacha haqiqiy . Zero, tarixga ega bo‘lish haqiqiy borliqning bir qismini yo‘qotish (chunki tarix, hayotimizning bizdan o‘tmishga sirg‘alib ketgan qismidir) va hozircha uning boshqa bir bo‘lagiga vaqti kelgunga qadar erisha olmaslik (chunki u hali kelajakda) demakdir. Darhaqiqat, bizda hozirgi zamonning kichik bir zarrasidan boshqa hech narsa yo‘q, xatto u ham biz bu haqda gapirishni boshlashimiz bilan yo‘qoladi. Rabbim, Xudo ham xuddi shunday deb o‘ylashimizdan O‘zing asra. Hatto biz ham abadiylikda, bunday parhezdan xalos bo‘lishga umid qilishimiz mumkin.

Agar siz Xudoni zamon ichida yashaydi deb o‘ylasangiz, sizda boshqa bir qiyinchilik tug‘iladi. Xudoga ishongan har bir inson, ertangi kunga niyat qilgan maqsadlarimizni Xudo bilishiga ham ishonadi. Ammo, agar U nima qilishimni bilsa, bu mening teskarisini qilishim uchun erkim o‘zimda bo‘lmasligini anglatmaydimi?

Bu yerda yana qiyinchilik, Xudo borligi va U ham biz kabi zamon hukmiga ko‘ra O‘zini namoyon qilishi haqidagi taxmindan kelib chiqadi; yagona farq shundaki, U kelajakni ko‘ra oladi, biz esa yo‘q. Xo‘sh, agar shunday bo‘lganida, agar Xudo bizning harakatlarimizni oldindan ko‘ra olsa, qanday qilib ularni qila olmasligimizni tushunish juda qiyin bo‘lar edi. Ammo tasavvur qiling, Xudo zamon hukmidan tashqarida. Bunday holda, biz "ertaga" deb ataydiganimiz, Unga xuddi biz "bugun" deb ataydiganimiz kabi birday ko‘rinadi. Uning uchun hamma narsa “hozir” kabi bo‘ladi. U kecha nima qilganimizni eslab o‘tirmaydi; U buni hozirda aniq ko‘radi, chunki biz uchun “kecha” qaytarilmas darajada yo‘qotilgan o‘tmish, Uning uchun esa bu hozirgi haqiqiy voqelikdir. U biz "ertaga" qiladigan narsalarni oldindan bilmaydi; U faqat biz ularni qanday qilishimizni ko‘rib turadi. Biz uchun “ertaga” hali kelmagan, lekin U hozir “ertaga” ichida. Biz hozir o‘z harakatlarimizni tanlashda erkin emasligimiz hech qachon xayolimizga kelmaydi, chunki Xudo bizning nima qilayotganimizni bilib turadi. Qaysidir ma’noda, biz buni bajarmagunimizcha, U nima qilayotganimizni bilmaydi; lekin boshqa tomondan, biz ularni qachon bajarsak, Uning uchun bu vaqt xuddi "hozir" bo‘layotgan kabi bo‘ladi.

Buni fahmlash menga juda katta yordam berdi. Agar bu sizga yordam bermasa, uni yodingizdan chiqaring. Bu g‘oya, masihiylikning dono vakillari unga amal qilganliklari ma’nosida, to‘liq masihiylikka xosdir va unda masihiylikka zid bo‘lgan hech narsa yo‘q. Ammo siz buni Muqaddas Kalomda yoki jamoat aqidalaridan topa olmaysiz. Va siz buni umuman qabul qilmasdan yoki bu haqda o‘ylamasdan ham, mukammal masihiy bo‘lishingiz mumkin.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак