Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 22 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


3-KITOB.

MASIHIYCHA XULQ-ATVOR

3.12. ISHONCH (DAVOMI)

Men bu suhbatni nimadan boshlashimga har bir kishi alohida e’tibor berishini xohlardim. Men esa ogohlantirishdan boshlayman. Agar bu bob sizga qiziqarli tuyulmasa, bu bobda hech qachon sizda paydo bo‘lmagan savollarga javob berishga urinayotgandek tuyulsa, uni oxirigacha o‘qimang. Gap shundaki, masihiylikda to masihiy bo‘lib ulgurguningizcha tushunish mumkin bo‘lgan narsalar bor. Lekin to o‘zingiz yo‘lning bir qismini bosib o‘tmaguningizcha tushuna olmaydigan narsalar ham oz emas. Garchi bir qarashda bunday tuyulmasada, ular sof amaliy narsalardir. Ular xuddi yo‘nalishlarni ko‘rsatgandek, chorrahalarni belgilagandek va siz imon yo‘lida uchratadigan to‘siqlar haqida ogohlantirgandek bo‘ladi. Tabiiyki, ular hali chorrahaga yetmagan va to‘siqqa urinib ketmagan odamga hech narsadan darak bermaydi. Har gal siz masihiy adabiyotida shaxsan  o‘zingiz uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan bayonotlarga duch kelganingizda, ular ustida bosh qotirib o‘tirmang. Ularning yonidan o‘tib keting. Bu nima ekanligini siz to‘satdan tushunadigan kun keladi, balki yillar o‘tib buni tushunib olarsiz. Ehtimol siz bularni juda erta tushunganingizda, sizga zarar yetkazarmidi.

Buning hammasi, albatta, har qanday odamga qarshi bo‘lgani kabi, menga qarshi gap bo‘ladi. Balki men o‘zim ham oxirigacha tushunmagan narsani tushuntirishga urinayotgandirman. Shuning uchun men ta’limotimizning nozik tomonlarini yaxshi biladigan masihiylardan mening aytganlarimni diqqat bilan kuzatib borishini  va yo‘l qo‘ygan xatolarimni ko‘rsatishlarini so‘rayman. Boshqalardan esa men aytayotganlarimni ular uchun foyda keltirishi mumkin bo‘lgan haqiqatning qandaydir zarrasi sifatida tan olishlarini iltimos qilaman, bunda haq ekanligimga o‘zim ham to‘liq ishonchda emasligimni eslataman.

Men ishonch haqida bu so‘zning ikkinchi, ancha yuqori ma’nosida gapirishga harakat qilayapman. Men hozirgina uni anglab olishga urinish  odam masihiycha fazilatlarga rioya qilish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilganidan va o‘zi uchun buning iloji yo‘qligini ko‘rganidan so‘ng yuzaga kelishini aytdim: agar u hatto bunga muvaffaq bo‘lganida ham, u Xudoga faqat busiz ham Unga tegishli bo‘lgan narsani berganinini anglashidan oldin ro‘y bermasdi. Boshqacha qilib aytganda, o‘zining mutlaqo barbod bo‘lganini bilganidagina bu ro‘y beradi.

Yana bir marta qaytarishimga ijozat bering: Xudo uchun bizning ahvolimiz emas, harakatlarimiz hammasidan muhimroq. U biz alohida turdagi yoki sifatdagi mavjudotlar, ya’ni aynan azalda U biz qanday bo‘lishimizni qismatimizga yozgandek  bo‘lishimizni, ya’ni ma’lum bir tarzda U bilan bog‘liq mavjudotlar bo‘lishimizni  istaydi. “Hamda ma’lum bir tarzda bir-birimiz bilan bog‘liq bo‘lgan” deb qo‘shib qo‘yish shart emas, chunki ikkinchisi birinchisidan kelib chiqadi. Agar sizda Xudo bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda barcha qavmdoshlaringiz bilan so‘zsiz to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu xuddi g‘ildirakning kegaylari kabidir: agar ular vtulkaga to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, u holda bir-biriga nisbatan simmetrik joylashgan bo‘ladi. Toki odam Xudoni undan ma’lum tekshiruv vazifasini bajarishni talab qilayotgan imtihon oluvchidek yoki bitimning tomonlaridan biridek deb o‘ylarkan, Xudo bilan munosabatlarda ikki tomonlama talab qo‘yish mumkin deb hisoblarkan, Xudo bilan to‘g‘ri munosabatlar haqida gapirishga hali erta. U hali o‘zi kimligiyu, Xudo kimligini tushunmapti.

Odam toki o‘zining butunlay barbod bo‘lganini fahmlamas ekan, Yaratuvchi bilan to‘g‘ri munosabatga kirisha olmaydi. Men “fahmlash” deganimda, u o‘zining barbod bo‘lgani haqidagi so‘zlarni boshqalar ketidan to‘tiqushdek takrorlashini emas, haqiqatan ham buni fahmlashini nazarda tutayapman. Albatta, qandaydir diniy ta’lim olgan bola ham tez orada biz Xudoga allaqachon tegishli bo‘lmagan narsani Unga taklif qila olmasligimizni, hatto o‘zimiz uchun nimanidir olib qolib, shuni ham Unga berishga qodir emasligimizni takrorlashni o‘rganib oladi. Biroq men odam o‘zining shaxsiy tajribasida buning hammasi haqiqat ekanligiga amin bo‘ladigan chin kashfiyotni nazarda tutayapman. Lekin Xudoning qonuniga amal qilishga layoqatsizligimizni fahmlash bizga faqat unga rioya qilishga eng qat’iy urinishlar evaziga berilgan bo‘lib, biz unga amal qilishga layoqatsiz ekanligimizga o‘zimiz ishonch hosil qilamiz. Toki biz haqiqiy say’-harakatlar ko‘rsatmas ekanmiz, qalbimizning tub-tubida agar keyingi gal bor kuchimiz bilan intilsak, nihoyat gunohsiz bo‘la olamiz, deb umid qilib turamiz. Shunday qilib, bir tomondan, Xudoga qaytish bizdan ruhiy kuch-g‘ayrat, haddan ortiq urinishlarni talab qiladi; lekin ikkinchi tomondan, ko‘zlagan maqsadimizga bizni bu urinishlar olib bormaydi. Biroq ular hayotiy muhim lahzaga olib keladi, o‘sha lahzada biz “Sen buni qilishing shart, chunki o‘zim bunday qiladigan ahvolda emasman”, degan so‘zlar bilan Xudoga murojaat qilamiz. Men esa sizdan o‘zingizga: “Men shu lahzaga yetdimmi?” degan savolni bermasligingizni iltimos qilaman. O‘sha daqiqa kelayaptimikan, degan o‘yda o‘z tuyg‘ularingizni titkilamang. Bu sizni noto‘g‘ri yo‘lga boshlagan bo‘lardi. Chunki sizning hayotingizda qandaydir muhim hodisalar bo‘lsa, aynan ular ro‘y berayotgan lahzada ko‘pincha biz buni anglamaymiz. Odam har bir daqiqada o‘ziga: “Xudoga shukr, men o‘sayapman!” deb turmaydiku. U ko‘proq faqat ortiga o‘girilib qarab, haqiqatan ham o‘sganligini payqashga qodir. Siz xuddi shu tamoyildagi harakatlarni oddiyroq narsalarda kuzatishingiz mumkin. Uyqu kelishini sabrsizlik bilan kutayotgan odam ko‘pincha uxlay olmaydi. Men hozir gapirayotganlarim ham xuddi havoriy Pavlus yoki Bunyan bilan ro‘y bergan yashin chaqnashiga o‘xshab, har kim bilan ham sodir bo‘lavermasligi mumkin.

Bu shunchalik asta-sekin ro‘y berishi mumkinki, odam bu sodir bo‘lganining na soatini va hatto na yilini ko‘rsata oladi. Biz bilan sodir bo‘lgan narsa ahamiyatga ega, biz nimani boshimizdan kechirayotganimiz emas. Bu o‘zgarish o‘z kuchiga ishonishdan istalgan natijaga erisha olmasganlik uchun hafsala pir bo‘lib, hamma narsani Xudoning ixtiyoriga tashlab qo‘yadigan holatga o‘tishda namoyon bo‘ladi.

Bilaman, “Xudoning ixtiyoriga berish” jumlasi ba’zilarni adashtirib qo‘yishi mumkin. Shunga qaramay, ayni paytda bu so‘zlarni aytmaslik mumkin emas. Masihiy uchun bu so‘zlar hamma narsani Masihga ishonib topshirishni anglatadi; ularda qay bir tarzda Masih biz bilan O‘zi tug‘ilganidan tortib xochga tortilguniga qadar amalga oshirgan itoatkorlikni baham ko‘rishidan umidvorlik ifodalanadi. Bu so‘zlarda Masih odamning zaifliklarini davolab, kamchiliklarini to‘g‘rilab, degan ma’noda O‘ziga ko‘proq o‘xshash qilishiga umid yangraydi. Masihiycha tilda gapirganda, Xudoning O‘g‘li biz bilan O‘zining tabiatini baham ko‘radi va bizni bu ilohiy o‘g‘illika aloqador qiladi. Men IV kitobda bu so‘zlarning mazmunini chuqurroq tahlil qilishga urinaman.

Shunday qilib, Iso Masih bizga qandaydir muhim narsa taklif qilmoqda va boz ustiga, hammasi tekinga. Qaysidir ma’noda masihiycha hayot bu mutlaqo istisno taklifni qabul qilishdan iborat. Lekin qiyinchilik, biz qilgan va qilishimiz mumkin bo‘lgan narsalarning hammasi, mohiyatan, hech nima emas. Lekin bizning tashvishlarimizni to‘liq Isoga yuklash umuman harakat qilishdan, urinishdan to‘xtashni anglatmaydi. Unga ishonish U aytib turgan hamma ishni qilish demakdir. Agar biror kishiga ishonaman desangizu, uning gaplariga quloq tutmasangiz bundan nima ma’no bor? Shunday qilib, agar siz haqqatan ham Unga to‘liq ishonch bildirsangiz, Unga bo‘ysunishga harakat qilasiz. Lekin endi siz boshqachasiga, hech narsadan tashvishlanmay harakat qilasiz. Siz Uning aytganlarini bajarasiz, najot topishingiz uchun emas, balki U sizni qutqara boshlagani uchun. Siz boshqacha yashab, boshqacha harakat qila boshlaysiz: o‘z xulqingiz uchun osmonga tushish mukofotidan umidvor bo‘lib emas, balki ichingizda allaqachon osmon yorug‘ligining zaif shu’lasi yolqinlana boshlagan uchun.

Masihiylar ko‘pincha masihiyni nima Ota uyiga olib borishi haqida bahslashadilar: ezgu ishlarmi yoki Masihga ishonchmi? Bunchalik qiyin mavzuga qo‘l urishga haqqim borligiga unchalik ishonchim komil emas, lekin menga bu haqda bahslashish qaychidagi qaysi tig‘ muhim deb so‘rash bilan barobardek tuyuladi. Faqat eng jiddiy ruhiy kuch-g‘ayrat barcha say’-harakatiniz besamar ekanligini va faqat Masihga ishonchgina sizni bunday lahzada tushkunlikdan qutqarishga qodir ekanini aniq tushunishga yordam beradi. Oqibatda bu ishonch sizni albatta ezgu ishlar qilishga olib keladi.

Haqiqatga ikkita parodiya bor bo‘lib, o‘tmishda ba’zi masihiylar buning tarafdori edi va boshqa masihiylar tomonidan esa qoralangan edi. Ehtimol, agar biz bu parodiyalar ustida o‘ylab ko‘rsak, bizga haqiqatning o‘zi aniq bo‘lar.

Qoralangan g‘oyalardan biri quyidagidan iborat edi: "Eng muhimi yaxshi amallar. Yaxshi amaldan yaxshirog‘i xayriya. Xayriyaning eng yaxshi shakli pul sadaqa qilishdir. Jamoatdan boshqa kimga ham sadaqa qilgan yaxshiroq? Shunday ekan, 10 000 funt bering, shunda u sizning hamma ishingiz yaxshi bo‘lishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi". Bu bema’nilikka quyidagi e’tiroz tug‘ilishi turgan gap "Osmonni sotib olish mumkindek bo‘lib tuyulgan tasavvur ta’sirida qilingan yaxshi ishlar hech qaysi nuqtai nazardan yaxshi emas. Bular bor-yo‘g‘i savdo bitimi". Boshqa adashish quyidagida mujassamlashgan: "Faqat ishonch ahamiyatga ega. Tegishlicha, agar sizda ishonch bo‘lsa, harakatlaringiz va qilmishlaringiz rol o‘ynamaydi. Xohlaganingizcha gunoh qilavering do‘stim,  ko‘ngilxushlik qiling va hayotdan zavqlaning, Masih esa buning hammasi  mangulikda bo‘lishingizda aks etmasligi haqida qayg‘uradi". Bu bema’ni g‘oyaga e’tiroz bildirarkanmiz, shunday deymiz: "Agar siz Masihga ishonch deb atayotgan narsa sizni U aytayotgan narsaga sal bo‘lsada diqqat qilishga majbur etmasa, unda bu ishonch emas. Sizda Unga na ishonch, na e’tiqod bor, qandaydir bilimlarni aytmasak ".

Ishlar yaxshimi yoki ishonchmi degan muammoni Muqaddas Kitob bu ikki tushunchani bitta alohida ajoyib jumlaga birlashtirib, hal qiladi. Birinchi qismida biz o‘qiymiz: “...qo‘rquv va titroq bilan shunday yashanglarki, najot topganingiz yorqin ko‘rinib tursin” (Flp. 2:12), bu xuddi hammasi bizga va bizning yaxshi ishlarimizga bog‘liqdek tuyuladi; lekin xuddi shu gapning ikkinchi qismida aytiladi: “Zotan, Xudo O‘zini xushnud qiladigan ishlarni qilishingiz uchun sizlarga kuch va xohish beradi” (Flp. 2:13) va buni Xudo biz uchun hamma narsani qiladi, biz esa hech narsa qilmaymiz, degan ma’noda tushunish mumkin. Masihiylikda aynan shu taraddud (dilemma) bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi.

Ba’zan men ham o‘zimni boshi berk ko‘chadagidek his qilaman, lekin bu meni hayron qoldirmaydi. Ko‘rayapsizmi, biz hozir ikki xil sharhlash nazaridan turib, sharhlashning iloji bo‘lmagan narsani tushunishga urinayapmiz, ya’ni aynan: o‘zaro kelishib harakat qilishganida, Xudo nima qiladi va odam nima qiladi. Xayolan biz buni avvalambor ikkita odam birga ishlab, “u mana bu ishni qildi, ana u esa bunisini” deb aytish mumkin bo‘lgan holat bilan taqqoslaymiz. Lekin bunday taqqoslash joiz emas. Chunki Xudo odam emas. U bizning ichimizda ham, tashqarida ham harakat qiladi. Hatto bu vaziyatda kim nima ish qilganini tushunishga muvaffaq bo‘lsak ham, inson tili bunday tushunchalarni ifodalashga qodir emas, deb o‘ylayman.

Har holda buni ifodalashga urinarkan, turli jamoatlar har xil narsalarni gapiradi. Shunisi ajoyibki, ulardan yaxshi ishlarning muhimligini alohida ta’kidlaydiganlari ishonchning muhimligini aytadi; ishonchga alohida ahamiyat beradiganlari esa yaxshi ishlarning zarurligini qat’iy ta’kidlashadi. Bu men ayta oladiganlarimning hammasi, menimcha.

Menimcha, barcha masihiylar quyidagida mening fikrimga qo‘shilishadi: garchi birinchi qarashda, masihiylik butulay axloq, burch va qoidalarga rioya qilish, ayb va fazilatlarni sharhlashdan iboratdek bo‘lib tuyulsada, u bizni yanada uzoqroqqa, bularning barchasi hududidan nariga yetaklaydi. Inson unda hazillashib aytganini hisobga olmasa, hech kim bunday narsalar haqida gapirmaydigan boshqa mamlakat shu’lasini ko‘radi. U mamlakatda har bir kishi, xuddi ko‘zgu quyosh nuriga to‘yingani kabi, biz yaxshilik deb aytadigan narsaga to‘lgan bo‘ladi. Lekin u yerda hech kim buni yaxshilik deb atamaydi. Umuman buning nomi yo‘q. Shunchaki u haqda o‘ylashmaydi. U yerda hamma bu kelib chiqadigan manba bilan juda band. Lekin biz yo‘l bizning dunyomiz sarhadlaridan nariga ketadigan sohaga yaqinlashdik. Garchi ko‘pchilikning ko‘zlari mening ko‘zlarim ko‘rayotganlaridan uzoqroqni ko‘rishga qodir bo‘lsada, hech kimning ko‘zi bunchalik olislarni ilg‘amaydi.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак