Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 21 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


3-KITOB.

MASIHIYCHA XULQ-ATVOR

3.11. ISHONCH

Bu bobda men siz bilan masihiylar nimani ishonch deb atashlari haqida gaplashmoqchiman. Shunisi ayonki, “ishonch” so‘zi ular tomonidan ikki xil ma’noda yoki ikki bosqichda ishlatiladi; men ularning har birini navbat bilan ko‘rib chiqaman. Birinchi holatda bu so‘z masihiylikning aqidalarini qabul qilish yoki tan olishni anglatadi. Ancha oddiy.  Lekin odamlarni o‘ylantirib qo‘yadi, hech bo‘lmaganda meni o‘yga solgan: shu ma’noda masihiylar ishonchni fazilat sifatida ko‘rib chiqishadi. Esimda, nega, qaysi asosga ko‘ra u fazilat bo‘lishi mumkin, qandaydir bayonotlar to‘plamini qabul qilish yoki qabul qilmaslikda biror axloqiylik yoki axloqsizlik bo‘lishi mumkinmi, deb savol berishdan to‘xtamasdim? Har bir sog‘lom fikrlovchi odam har qanday bayonotni uni qabul qilishni xohlashi yoki xohlamasligi bois emas, balki buning foydasiga ishlovchi dalillar shu odamga qoniqarli tuyulgani yoki tuyulmagani sababli qabul qiladi yoki rad etadi, derdim. Agar u o‘ziga taqdim etilgan dalillar qanchalik ishonchli ekanligini baholashda xato qilsa, bu uning yomon odam ekanligini anglatmaydi. Balki unchalik aqlli emasdir. Bordiyu, dalillarni ishonchli emas deb hisoblay turib, u har holda hech narsaga qaramay, ishonishga urinsa, bu shunchaki ahmoqlik bo‘lardi.

Nima ham derdim, men bugun ham shu nuqtai nazardaman. Biroq o‘shanda men ko‘p odamlar hali ham ko‘rmayotgan bir narsani ko‘rmagandim. Men agar inson ongi bir safar nimanidir haqiqat sifatida tan olgan bo‘lsa, o‘sha “nimadir” toki odatdagi nuqtai nazarni qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy sabab paydo bo‘lmagunicha, o‘z-o‘zidan unga haqiqat bo‘lib hisoblanadi, degan fikrda edim. Aslida men inson ongi butunlay mantiq tomonidan boshqariladi, deb hisoblardim. Lekin bunday emas. Masalan, aqlim bilan, aniq dalillar asosida og‘riqni qoldiruvchi vositalar menda bo‘g‘ilish keltirib chiqarmasligi va tajribali jarroh butunlay uxlab qolmagunimcha operatsiya qilishni boshlamasligiga ishonchim komil. Ammo bu meni operatsiya stoliga yotqizishganida va yuzimdagi o‘sha dahshatli iqobni his qilganimda, xuddi go‘dak kabi meni vahima qamrab olishi dalilining o‘rnini bosolmaydi. Nafasim qaytib qoladi, ongim butunlay o‘chguniga qadar meni kesishni boshlashadi, degan o‘y xayolimga keladi. Boshqacha qilib aytganda, men anesteziya (og‘riq qoldirish)ga ishonchimni yo‘qotaman. Bu ishonch sog‘lom aqlga qarshi kelgani uchun ro‘y bermaydi. Aksincha, bu sog‘lom fikrga asoslanadi. Men tasavvurim va hislarim tufayli ishonchimni yo‘qotaman. Bir tomondan, ishonch va ong o‘rtasidagi, ikkinchi tomondan, hislar va tasavvur o‘rtasidagi jang.

Siz bu haqda o‘ylab ko‘rganingizda, xayolingizga ko‘p misollar keladi. Odam ishonchli dalillar asosida uning tanish qizi juda yolg‘onchi ekanligini, u sirlarni saqlay olmasligini va unga ishonish mumkin emasligini biladi. Lekin shu odam uning yonida bo‘lsa, uning ongi shu qiz haqidagi bu axborotga ishonishdan to‘xtaydi va u “Balki bu gal bu qiz boshqacha bo‘lar”, deb o‘ylay boshlaydi hamda unga aytish mumkin bo‘lmagan gaplarni aytib qo‘yib, yana o‘zini o‘ng‘aysiz holatga soladi. Uning tuyg‘ulari va hissiyotlari haqiqat bo‘lgan narsaga ishonchini buzdi.

Yoki boshqa misolni oling: o‘g‘il bola suzishni o‘rganayapti. U agar inson tanasini qo‘llab-quvvatlashsiz suvda qoldirsa, u albatta suv tagiga ketmasligini aqlan juda yaxshi tushunadi: u o‘nlab suzayotgan odamlarni ko‘rgan. Biroq yo‘riqchi qo‘lini olib, suvda aynan uning o‘zini qoldirsa, bu bolakay shunga ishonadimi? Yoki u to‘satdan ishonchini yo‘qotib, qo‘rqqanidan suv tagiga ketadimi?

Masihiy bilan ham taxminan shunday  bo‘ladi. Agar kmningdir ongi ishonchli dalillar bosimi ostida unga aksini aytib turgan bo‘lsa, kim bo‘lmasin, o‘sha odamdan  Masihni qabul qilishini so‘ramayman. Ishonch bunday kelmaydi. Lekin faraz qilaylik, sog‘lom aql tovushi, tag‘in dalillar bosimi ostida, masihiylik foydasiga dalolat beradi. Keyingi bir necha hafta ichida nima sodir bo‘lshini aytib bera olaman. Siz yomon xabarlar oladigan yoki ko‘ngilsizlikka duch keladigan yoxud o‘zingiz ishonayotgan narsaga ishonmayotgan odamlarni uchratib qoladigan payt keladi va shu zahotiyoq qarama-qarshi hislar uyg‘onadi va ishonchga hujum boshlaydi. Yoki sizda ayolni qo‘lga kiritish yoki yolg‘on aytishni istab qoladigan yoxud izzat-nafsga berilgan daqiqa keladi yoki unchalik halol bo‘lmagan yo‘l bilan pul topishga tasodif tug‘iladi, qisqasi, mana shu masihiycha e’tiqod degan narsaning hammasi uydirma bo‘lsa, qulay bo‘lgan bo‘lardi, deydigan paytingiz kelib qoladi. Ana shunda istaklar yana ishonchga hujum uyushtiradi. Men siz masihiylikka qarshi yangi mantiqiy dalillarga duch keladigan onlar haqida gapirmayapman. Bunday dallilar yoki dalillarning yuziga qo‘rqmay tik qarash kerak, lekin gap bu haqda emas. Men odamning masihiycha e’tiqodiga hissiyot va kayfiyat qarshi turadigan holatlar haqida gapirayapman.

Ishonch - men bu so‘zni hozir qo‘llayotgan ma’noda, kayfiyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ong bir gal rozi bo‘lgan e’tiqodda turish san’atidir; chunki odam qanday nuqtai nazarni qabul qilgan bo‘lishidan qat’iy nazar, uning kayfiyati o‘zgarib turadi. Buni shaxsiy tajribamdan bilaman. Endi, men masihiy bo‘lganimdan so‘ng, menda vaqti-vaqti bilan masihiycha haqiqat menga unchalik ishonchli bo‘lib ko‘rinmaydigan holat bo‘lib turadi. Lekin ateist bo‘lgan paytlarimda, aksincha, ba’zan masihiylik menga juda ishonchli bo‘lib tuyulgan kayfiyatda ham bo‘lganman. Bizning haqiqiy “men”imizga qarshi hislarimiz va kayfiyatimiz ko‘targan bunday isyondan har qanday holatda ham qochib bo‘lmaydi. Mana shuning uchun ham, ishonch shunchalik zarur. Toki kayfiyatlaringizni boshqarishni o‘rganmas ekansiz – toki ularga joyini ko‘rsatib qo‘ymas ekansiz, siz na e’tiqodli masihiy, na e’tiqodli ateist bo‘lib qola olasiz. Siz e’tiqodi ob-havoga yoki ovqat hazm qilish tizimiga bog‘liq bo‘lgan, abadiy ikkilanuvchi mavjudot bo‘lib qolaverasiz. Tegishlicha, odam o‘zida ishonch odatini rivojlantirishi shart.

Bu yo‘nalishdagi birinchi qadam kayfiyatlaringiz hamisha o‘zgarib turishini tan olish. Keyin. Agar siz bir gal masihiylikni qabul qilgan bo‘lsangiz, keyingi qadamingiz har kuni ma’lum muddat ongli ravishda uning asosiy aqidalariga qaytib turish haqida g‘amxo‘rlik qilishdir. Mana shunig uchun ham, kundalik ibodatlar, diniy kitoblarni o‘qish va jamoatga qatnash masihiylik hayotining shunchalik ajralmas qismini tashkil etadi. Biz o‘zimiz ishonadigan narsa haqida doimiy eslatmaga muhtojmiz. Na masihiycha e’tiqod, na boshqa har qanday e’tiqodlar inson ongida o‘z-o‘zidan musstahkamlanib qolmaydi. Ularni oziqlantirib turish zarur. Masihiylikka ishonchini yo‘qotgan yuz kishini oling va ulardan qanchasi ong dalillari ta’siri ostida o‘z e’tiqodini o‘zgartirganiga qiziqib ko‘ringchi? Shunda siz ko‘pchiligi shunchaki, o‘zining sustligi bois, masihiylikdan chetlashganini ko‘rasiz.  

Hozir esa men ishonch haqidagi masalaning kengroq ma’nosiga o‘tmoqchiman va bu men ish ko‘rgan hamma narsalar ichida eng og‘iridir. Avvaliga orqaga, itoatkorlik masalasiga qaytishim kerak. Men itoatkorlik sari birinchi qadam insonga xos bo‘lgan kibrni tan olishda deb aytganim esingizdami? Ikkinchi qadam hayotga masihiycha fazilatlarni joriy qilishga jiddiy urinishda. Buning uchun bir hafta yetarli emas, u juda qisqa - xo‘jako‘rsinga ketadigan vaqtdir. Buni olti hafta davomida amalga oshiriga harakat qiling. Bu vaqt davomida, butunlay pastga, hatto o‘zingiz boshlagandan ham quyiga qulab, o‘zingiz haqingizda ba’zi haqiqatni bilib olasiz. Toki haqiqatan ham yaxshi bo‘lishga urinmas ekan, biror odam o‘zining qanchalik yomonligini bila olmaydi.

Bugungi kunda go‘yoki yaxshi odamlar vasvasa nima ekanligini bilishmaydi, degan ahmoqona tushuncha kenga tarqalgan. Bu g‘irt yolg‘on. Faqat vasvasaga qarshi turishga harakat qilayotganlargina, u qanchalik kuchli ekanligini bilishadi. Nemis armiyasiga taslim bo‘lganingizda emas, unga qarshi jang qilganingizdagina, bu armiyaning qanchalik kuchli ekanini tushundingiz. Siz yerga yotib olganingizda emas, balki shamolga qarshi borganingizdagina, shamolning qanchalik kuchliligini bilib olasiz. Besh daqiqadan so‘ng vasvasaga berilgan odam u bir soatdan keyin qanday bo‘lishi haqida tasavvurga ega bo‘lmaydi. Mana shuning uchun ham, yomon odamlar yomonlik nima ekanligi haqida juda kam bilishadi. Ular eng boshida vasavasaga har doim yon beraverib, bundan himoyalanishgan. Agar biz ichimizdagi yomonlikka qarshi turishga harakat qilmasak, hech qachon uning turtkisi kuchini bilmaymiz. Masih Yer yuzidagi vasvasaga bo‘yin egmagan yagona odam edi, shuning uchun U vasvasani bor bo‘y-basti bilan bilgan insondir.

Tegishlicha, masihiycha faizlatlardan chekinmaslikka jiddiy uringanimizda biz o‘rganadigan asosiy narsa – u bilan kelishib yashashga qodir emasligimizdir. Xudo bizga xizmatlarimiz uchun yaxshi baho olishimiz mumkin bo‘lgan o‘ziga xos imtihon taklif qilayapti, deb o‘ylashdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. O‘z zimmamizga olgan majburiyatlarimizni bajarishimiz mumkin bo‘lgan va shu tariqa Xudoni shunchaki U adolat haqqi hurmati O‘z majburiyatlarini bajarishga majbur bo‘lgan ahvolga solish mumkin bo‘lgan bitim haqidagi taxminlar ham yo‘qoladi.

Menimcha, masihiy bo‘lguniga qadar Xudoga qandaydir noaniq ishongan har bir kishining xayoliga shunga o‘xshash imtihon yoki bitim haqidagi fikr kelgan. Lekin toki odamlar masihiy bo‘lib boraverarkan, ular bu g‘oya ishlab ketmasligini anglay boshlaydilar. Shunda ba’zilar masihiylikning o‘zi muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘lgan, degan qarorga kelishadi va undan qaytishadi. Shunisi ayonki, bu odamlar Xudoni qandaydir sodda deb o‘ylashadi. Lekin U, so‘zsiz, hamma narsani yaxshi biladi. Masihiylikning vazifalaridan biri aynan bizga yuqorida eslatilgan tasavvurlarning tagi puchligini ko‘rsatishdadir. Xudo xuddi Uni qarzdor qilib qo‘ya olmaganimiz kabi, biz bu imtihonda o‘tish balli to‘plashimiz mumkin emasligini ko‘radigan lahzani kutmoqda.

Keyin boshqa kayfiyat keladi. Siz ega bo‘lganingiz har bir qobiliyat: qo‘l-oyoqlaringiz bilan harakat qilish yoki fikrlash qobiliyatining hammasi Xudo tomonidan berilgan va agar hayotimizning har bir lahzasini istisnosiz Unga bag‘ishlasak ham, Xudoga u yoki bu darajada Uning o‘ziga tegishli bo‘lgan narsadan boshqa hech vaqo bera olmaymiz. Biz Xudo uchun nimadir qilayotgan yoki Unga nimadir berayotgan odam haqida gapirayotganimizda, bu xuddi kichkintoy bola otasining yoinga kelib: “Dada, sovg‘a olishim uchun menga pul bering” degani kabidir. Buning hammasi juda yoqimli va to‘g‘ri. Lekin faqat ahmoqgina bunday bitimda ota yutadi, deb o‘ylashi mumkin. Faqat odam shu ikki kashfiyotni qilgandagina, Xudo haqiqatan ham uning ustida ishlashga kirishishi mumkin. Faqat shundan keyingina bu odam uchun haqiqiy hayot boshlanadi. Odam uyg‘onadi....

Mana shu barcha tushuntirishlardan so‘ng biz ikkinchi ma’nodagi ishonch haqida suhbatga o‘tishimiz mumkin.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак