Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 20 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


3-KITOB.

MASIHIYCHA XULQ-ATVOR

3.10. UMID

Umid ilohiy fazilatlardan biri. Mangulik haqidagi doimiy mulohazalar voqelikdan qochish emas (ba’zi zamondoshlarimiz shunday deb hisolashadi), balki uni amalga oshirish masihiyning zimmasidagi vazifadir. Bu biz bugungi dunyoning holati haqida tashvishlanmasligimiz lozim degani emas. Tarixni o‘qir ekansiz, aynan bugungi dunyomizning rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan masihiylar kelgusi dunyo haqida boshqalardan ko‘ra ko‘proq o‘ylaganini ko‘rasiz. Rim imperiyasining masihiylikka kirishini boshlab bergan havoriylarning o‘zi, O‘rta asr madaniyatini yaratgan buyuk insonlar, qul savdosini yo‘qotishga erishgan ingliz xushxabarchilari, bularning hammasi  aynan o‘y-fikri osmon bilan band bo‘lgani uchun Yer yuzida iz qoldirganlar. Faqat masihiylar boshqa dunyo haqida kamroq o‘ylaganlari sari, ularning bu dunyodagi ta’siri zaiflashib ketgan. Osmonni nishonga olsangiz, yerni ham mo‘ljalga olasiz; yerni nishonga olsangiz, hech qayerni mo‘ljalga ololmaysiz! Bu qoida g‘alati tuyuladi, lekin biz boshqa sohalarda ham shunga o‘xshashlariga duch kelamiz. Masalan, salomatlik buyuk in’om, lekin siz uni tashvishlaringiz ob’ekti qilib olishingiz bilan, u sizga xuddi  me’yordagiday emas bo‘lib tuyula boshlaydi. Ish, ko‘ngilxushliklar, toza havo, mazali taom haqida ko‘poq o‘ylasangiz, buning evaziga salomatlikni olishingiz ehtimoli katta. Yana bir narsa: agar butun fikrlarimiz tamaddunimizni takomillashtirishga yo‘nalgan bo‘lsa, biz uni qutqarib qololmaymiz. Buning uchun qandaydir boshqa narsa haqida o‘ylash va bu boshqa narsani xohlash (yanada ko‘proq darajada) kerak. Aksariyatimiz “osmon”ni xohlashimiz juda qiyin, faqat o‘lib ketgan qarindoshlarimiz bilan uchrashish istagini hisobga olmaganda. Nega bu bizga qiyinlik qilishining bir sababi, bunga o‘rgatilmaganligimizdir. Bizning butun maorif tizimimiz ongimizni mana shu dunyoga yo‘naltiradi. Boshqa sababi bunday istak paydo bo‘lganida, biz uni shunchaki tanimasligimizdir. Haqiqatan ham o‘z qalbining tubiga boqishni o‘rgangan odamlarning ko‘pchiligi shuni bilgan bo‘lardi: ular istayotan va juda kuchli xohlayotgan narsaga bu dunyoda erishib bo‘lmaydi. Bu yerda istagimiz bizga va’da qilayotgan narsalar ko‘p, lekin bu va’dalar hech qachon bajarilmaydi. Birinchi muhabbat yoki qandaydir dengiz ortidagi mamlakat haqidagi o‘smirlarcha ehtirosli muhabbat, biz ishga kirishayotandagi to‘lqinlansh,  bizni chuqur qiziqtirayotgan narsalar na uylanish, na sayohat, na ilmiy izlanishlar bilan qondiriladi. Men omadsiz nikohlar, muvaffaqqiyatsiz ta’tillar yoki yuzaga chiqmagan ilmiy mavqelarni nazarda tutmayapman. Men eng muvavaffaqiyatlilari haqida gapirayapman. Dastlabki paytda, orzumiz ushalishi ostonasida  turganida, go‘yoki humoni uning yorqin patidan ushlab olgandek bo‘lamiz, ammo keyingi lahzada u bizning qo‘limizdan chiqib ketadi. Menimcha, nima haqida gapirayotganimni hammangiz tushunayapsiz. Ayol ajoyib xotin bo‘lishi, mehmonxonalar va manzaralar juda soz bo‘lishi, kimyo esa - g‘aroyib ish bo‘lishi mumkin, lekin buning hammasi mavjud bo‘lgani holda, nimadir bizdan chetda qolib ketaveradi. Bunga nisbatan ikkita noto‘g‘ri munosabat va bitta to‘g‘ri munosabat bor.

  1. Ahmoqning munosabati. U hammani va hamma narsani ayblaydi. Unga agar hayotini boshqa ayol bilan bog‘laganida yoki qimmatroq sayohatga chiqqanida, u hammamiz izlaydgan o‘sha sirli narsani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladigandek tuyulaveradi. Zerikayotgan, hafsalasi pir bo‘lgan boy odamlarning aksariyati shu tipga kiradi. Ular nihoyat mana shunisi haqiqiyligiga umidini yo‘qotmay, butun umri davomida bir ayoldan boshqasiga o‘tadi (ajrashishlar va yangi nikohlarni rasmiylashtirib), bir qit’adan boshqasiga o‘tadi, ishqibozliklarini o‘zgartiradi, biroq tushkunlik ularni albatta quvib yetadi.
  2. Xomxayolni yo‘qotgan sog‘lom fikrlovchi kishining munosabati. U tez orada bu umidlarning hammasi quruq orzu ekan, degan xulosaga keladi. Albatta, yosh paytingizda siz buyuk kutishlarga to‘la bo‘lasiz. Lekin mening yoshimgacha yashab ko‘ring, quyosh nuri shu’lasini quvishni bas qilasiz. Shu bilan u xotirjam tortadi va hayotdan juda ko‘p narsa kutmaslikni o‘rganadi va uning ichida sirli olisliklar haqida shivirlayotgan tovushni o‘chirishga urinadi. Muammoga bunday yondashish, albatta, birinichisidan yaxshiroq va odamga ko‘proq baxt keltiradi, odamning o‘zi esa jamiyatga kamroq o‘ng‘aysizlik keltiradi. Odatda u yoshlarga homiylarcha, bepisand qarashga moyil bo‘lgan, sipo odamga aylanadi. Lekin umuman olganda, hayot uning uchun ancha bir tekis kechadi. Agar bizga abadiy yashash lozim bo‘lmaganida, bu eng yaxshi yo‘l bo‘lardi. Bordiyu, cheksiz baxt mavjud bo‘lib, bizni qayerdadir kutib turgan bo‘lsachi? Agar odam haqiqatan ham quyosh nurini tutib ololsachi? U holda o‘zimizning sog‘lom fikrimiz bilan biz o‘zimizda bu baxtdan lazzatlanishni o‘ldirganimizni juda kech (o‘limdan so‘ng darhol) bilib qolishimiz juda qayg‘uli bo‘lardi.
  3. Masihiyning munosabati. Masihiy shunday deydi: "Hech bir tirik narsa qondirish mumkin bo‘lmagan istaklar bilan tug‘ilmaydi. Go‘dak och qoladi, lekin oziq-ovqat mana shu ochlikni qondirish uchun. O‘rdakcha suzishni xohlaydi: marhamat, suv uning ixtiyorida. Odamlar boshqa jinsga mayl bildiradi; buning uchun jinsiy yaqinlik bor. Agar men o‘zimda bu dunyoda biror narsa qondira olmaydigan istak topsam, hoynahoy, buni men boshqa olam uchun yaratilganim bilan izohlash mumkin. Agar Yer yuzidagi birorta ham lazzat menga chin qoniqish keltirmasa, bu qandaydir aldamchi ibtido Koinotga xos degani emas. Balki, yerdagi rohatlar to‘ymas istaklarni qondirishga mo‘ljallanmagan, balki uni qo‘zg‘atib, meni olislarga, haqiqiysi yashirin joyga chorlayotgandir. Agar shunday bo‘lsa, men bir tomondan, Yerdagi marhamatlarga noshukrlik bildirib, hech qachon tushkunlikka tushmasligim kerak, boshqa tomondan esa, men ularni boshqa narsa, nusxa yoki aks-sado yoxud ularning nomukammal in’ikosi, deb qabul qilmasligim lozim. Men o‘zimda haqiqiy mamlakatimga bo‘lgan, o‘lmay turib erisha olmaydigan bu tushunarsiz intilishni saqlashim zarur. Men u qor ostida yashiringanini yoki boshqa tomonga borishni tasavvurimga sig‘dira olmayman. Bu mamlakatga yetish va boshqalarga u yoqqa yo‘l topishiga ko‘maklashish istagi hayotimning maqsadiga aylanishi shart".

 

Butun abadiylikni arfa chalib o‘tkazishni xohlamasliklarini aytib, osmon haqidagi masihiycha umid ustidan kulayotgan odamlarga e’tibor berishdan ma’no yo‘q. Bu odamlarga, agar ular kattalar uchun yozilgan kitoblarning ma’nosini tushuna olmasa, u holda bu kitoblar haqida fikr yuritmasliklari ham kerak, deb javob berish zarur. Tavrot va Xushxabardagi hamma qiyofalar (arfalar, gulchambar, oltin) shunchaki ifodalab bo‘lmaydigan narsalarni ifodalashga urinish. Ko‘p odamlar uchun (hamma uchun emas) musiqa dunyomizning jazava va cheksizlik hissini beradigan hodisasi bo‘lgani bois, musiqa asboblari Muqaddas Kitobda esga olinadi. Gulchambarlar va tojlar mangulikda Xudo bilan birlashgan odamlar U bilan Uning sharafi, kuchi va quvonchini baham ko‘rayotganini ko‘rsatadi. Oltin (chunki bu metall zanglamaydi) osmonning zamonga bo‘ysunmasligi va uning o‘zgarmas qadri ramzidir. Bu ramzlarni bevosita ma’noda tushungan odamlar shu tarzda Masih bizga xuddi kaptarlardek bo‘lishimiz shartligini aytganida, U biz tuxum qo‘yishimiz zarurligini nazarda tutgan, deb o‘ylashi mumkin.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак