Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 2 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


1-KITOB.

YAXShILIK VA YOMONLIK – OLAMNI TUSHUNISH KALITI SIFATIDA

1.2. BA’ZI E’TIROZLAR

Toki bu ikki dalil asos ekan, ilgarilashdan oldin uni mustahkamlash uchun to‘xtab olishim lozim. Men olgan xatlardan ba’zilari tabiiy qonun yoki axloq qonuni yoxud vijdonli xulq-atvor qoidasi nima ekanligini tushunishi qiyin bo‘lgan ko‘p odamlar borligidan guvohlik beradi.

Bu xatlarda, masalan, men quyidagilarni o‘qiyman: "Siz axloq qonuni deb atayotganingiz shunchaki bizning poda sezgimiz bo‘lib, xuddi boshqa sezgilarmiz kabi rivojlanmaganmi?"

Nima ham derdim, inkor qilmayman, bizda poda sezgisi bo‘lishi mumkin; lekin bu aslo men axloq qonuni deb aytayotgan narsa emas. Xoh ona mehri bo‘lsin yoki jinsiy sezgi yoxud ochlik hissi bo‘lsin, o‘zimizda sezgi uyg‘onishi nima ekanligini hammamiz bilamiz. Bunday sezgi siz ma’lum bir tarzda harakat qilishni juda istayotganigizni anglatadi. Albatta, ba’zan biz boshqa odamga yordam berishga kuchli istak sezamiz va shubha yo‘qki, bunday istak bizda poda sezgisi tufayli paydo bo‘ladi. Lekin yordam berish istagini his qilish quyidagini sezishning xuddi o‘zi emas: xohlaysanmi, yo‘qmi sen yordam berishing shart. Siz xavfda qolgan odamning yordam so‘rab qichqirayotganini eshitdingiz, deb taxmin qilaylik. Ehtimol, bunda ikkita istakni his qilarsiz: biri unga yordam berish (o‘zingizning poda sezgingiz tufayli) va boshqasi xavfdan uzoqroq bo‘lish (o‘zini asrash sezgi tufayli). Biroq bu ikki sezgiga qo‘shimcha ravishda, siz o‘zingizdagi uchinchi sezgini aniqlab olasiz, uchinchi sezgi sizni yordam berishga undayotgan sezgiga quloq solishingiz lozimligini va qochib ketish istagingizni bosishingiz shartligini aytadi. Ikki sezgi o‘rtasida hukm chiqarayotgan, qaysi sezgiga ergashish, qaysini esa bosib turishni hal qilayotgan ushbu turtki o‘z-o‘zicha ulardan biri bo‘lishi mumkin emas. Xuddi shu asosga ko‘ra, siz ayni paytda qaysi klavishni bosishingiz kerakligini ko‘rsatayotgan nota sahifasi shu klavishlardan biri bo‘lishi mumkin emasligini ayta olasiz. Axloq qonuni qaysi musiqani chalishimizni aytib turadi, sezgilarimiz esa – klavishlar kabi, xolos.

Axloq qonuni - shunchaki sezgilarimizdan biri emasligini ko‘rsatishning yana bir usuli mavjud. Agar ikki sezgi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lsa va ongimizda shulardan boshqa hech narsa bo‘lmasa, u holda kuchliroq bo‘lgan sezgi g‘alaba qozonishi aniq. Ammo biz bu qonunning ta’sirini ayniqsa kuchli his qilib turgan paytlarimizda, u biz o‘sha ikki sezgidan aksincha zaifroq bo‘lganiga ergashishimiz lozimligini aytib turgandek bo‘ladi, go‘yo. Siz, ehtimol, cho‘kayotgan odamga yordam berishdan ko‘ra, o‘z xavfsizligingizni tahlikaga qo‘ymaslikni ko‘proq istayotgandirsiz; lekin shunga qaramay, axloq qonuni sizni cho‘kayotgan odamga yordam berishga undaydi. Ko‘pincha, u bizga shunday deb turishi bor gap emasmi: o‘zingning to‘g‘ri turtkingni faollashtirishga, bu turtki o‘zining tabiiy holatidan ko‘ra kuchliroq bo‘lishiga harakat qil.

Bu bilan shunday demoqchimanki, ko‘pincha biz o‘zimizdagi poda sezgini rag‘batlantirishga ehtiyoj sezamiz, buning uchun ezgulik qilishga jasoratimiz yetishiga o‘z tasavvurimiz va tuyg‘ularimizni uyg‘otamiz. Albatta, o‘zimizda yaxshi amal qilishga ehtiyojni rag‘batlantirar ekanmiz, beixtiyor ravishda harakat qilmaymiz. Ichimizda: “Sendagi poda sezgisi uxlayapti. Uni uyg‘ot”, deb turgan ovozning o‘zi poda sezgiga tegishli emas.

Bu masalaga uchinchi tomondan nazar tashlash mumkin. Agar axloq qonuni sezgilarimizdan biri bo‘lganida edi, biz vijdonli xulq-atvor qoidasi bilan hamisha muvofiqlikda bo‘lgan, ichimizdagi ma’lum bir turtkini ko‘rsata olardik. Lekin biz o‘zimizda shunday turktini topolmaymiz. Bizning hamma turtkilarimiz orasida axloq qonuni hech qachon bosib qo‘yish uchun asosga ega bo‘lmagan va u rag‘batlantirishiga hech qachon to‘g‘ri kelmagan birorta ham turtki yo‘q. Bizning sezgilarimizdan ba’zilari, misol uchun ona mehri yoki vatanparvarlikni – to‘g‘ri, yaxshi, lekin jinsiy yoki jangovarlik sezgini yomon deb hisoblash xato bo‘lar edi. Shunchaki ona mehri yoki vatanparvarlik hissini tiyib turishdan ko‘ra, jinsiy yoki jangovarlik sezgini bosib qo‘yish lozim bo‘lgan holatlarga hayotda ko‘proq duch kelasan.

Boshqa tomondan, onaning o‘z farzandiga bo‘lgan mehrini va insonning o‘z vataniga muhabbatini tiyib turish lozim bo‘lgan holatlar uchrab turadi; aks holda, bu boshqa ota-onalar farzandlariga va boshqa mamlakatlarning xalqlariga nisbatan adolatsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lardi. Qat’iy qilib aytganda, yaxshi turtkilar va yomon turtkilar degan tushunchalar yo‘q. Yana pianino bilan bog‘liq misolga qaytamiz. Klaviaturada to‘g‘ri va noto‘g‘ri degan har xil klavishlar yo‘q. Qaysi paytda qanday nota chalinganiga qarab, u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri eshitiladi. Axloq qonuni qandaydir alohida sezgi yoki uskunalarning qaysidir to‘plami emas. Bu sezgilarimizni yo‘naltirab turadigan, ularni atrofdagi hayot bilan moslashtiradigan qandaydir bir narsa (buni olijanoblik yoki to‘g‘ri xulq-atvor deb nomlayvering).

Darvoqe, bu jiddiy amaliy ahamiyatga ega. Inson qodir bo‘lgan eng xavfli narsa, bu unga xos bo‘lgan tabiiy turtkilardan qaysisinidir tanlab olishi va unga hamisha, nima qilib bo‘lsada, rioya qilishidir. Biz qandaydir mutlaq mo‘ljal sifatida amal qiladigan bo‘lsak, bizni iblislarga aylantirib qo‘ya oladigan birorta ham sezgi mavjud emas. Siz butun insoniyatga bo‘lgan sevgi sezgisini hamisha xavfsiz deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo xato qilasiz. Agar adolatni mensimay qo‘ysangiz, “insoniyat manfaati yo‘lida” shartnomalarni buzasiz va sudda yolg‘on ko‘rsatmalar berasiz, bu esa oxir-oqibatda, sizning shafqatsiz va xiyonatkor odam bo‘lishingizga olib keladi.

Ba’zi odamlar o‘z xatlarida menga shunday savol berishadi: "Balki, siz axloq qonuni deb aytayotganingiz aslida jamoaviy bitim bo‘lib, biz olgan ma’rifat tufayli erishgan yutug‘imizdir?" Menimcha, bunday savol ba’zi narsalarni noto‘g‘ri tushunishdan paydo bo‘ladi. Bu savolni berayotgan odamlar agar biz ota-onalardan yoki o‘qituvchilardan nimanidir o‘rgangan bo‘lsak, u holda o‘sha “nimadir” albatta insonning kashfiyoti ekanligidan kelib chiqishadi. Biroq umuman bunday emas. Biz maktabda ko‘paytirish jadvalini o‘rganamiz. Tashlandiq orolda yolg‘iz o‘zi katta bo‘lgan bola bu jadvalni bilmaydi. Lekin bundan ko‘paytirish jadvali bor-yo‘g‘i odamlar o‘zlari uchun kashf qilgan, odamlar orasidagi qandaydir bitim, agar odamlar istaganida uni boshqacha tarzda kashf qilgan bo‘lishi mumkin bo‘lardi, degan gap kelib chiqmaydi. Men boshqa hamma narsani o‘rganganimiz kabi, vijdonli xulq-atvor qoidalarini ota-onamizdan, o‘qituvchilardan va kitoblardan o‘rganamiz, degan fikrga to‘liq qo‘shilaman. Biroq biz o‘rganadiganlarning faqat bir qismigina shunchaki shartli kelishuvlar bo‘lib, ular haqiqatan ham o‘zgartirilishi mumkin; masalan, bizni yo‘lning o‘ng tomonidan yurishga o‘rgatishadi, lekin biz chap tomon bo‘ylab harakatlanishdan ham xuddi shu tarzda muvaffaqiyatli foydalanishimiz mumkin. Matematik qoidalar esa boshqa gap. Ularni o‘zgartirish mumkin emas, chunki ular asl, ob’ektiv mavjud haqiqatlardir.

Masala tabiiy qonun qoidalarning qaysi toifasiga kirishidadir. U ham ko‘paytirish jadvali tegishli bo‘lgan toifaga kirishi haqida so‘z yurituvchi ikkita sabab bor. Dastlabkisi, birinchi bobda aytganimek, turli mamlakatlar va turli davrlarda axloq masalalariga turlicha yondashuv mavjudligiga qaramay, bu farqlar sezilarli emas. Bu farqlar, umuman, ba’zi odamlar tasavvur etganchalik katta emas. Har doim va hamma yerda axloq haqidagi tasavvurlar aynan bir qonundan kelib chiqqan. Shu bilan birga, ko‘cha harakati yoki kiyim bichish qoidalariga o‘xshash oddiy (yoki shartli) kelishuvlar bir-biridan istalgancha farq qilishi mumkin.  

Ikkinchi sabab quyidagicha. Siz turli xalqlarning ruhiy tushunchalaridagi bu farqlar to‘g‘risida o‘ylayotganingizda, bir xalqning axloqi boshqa xalqnikidan yaxshiroq (yoki yomonroq) degan o‘y xayolingizga kelmaydimi? Ba’zi o‘zgartirishlar uning yaxshilanishiga ko‘maklashmaydimi? Agar yo‘q bo‘lsa, unda albatta, axloqning hech qanday taraqqiyoti bo‘lmaydi. Chunki taraqqiyot shunchaki o‘zgarishlarni emas, balki yaxshi tomonga o‘zgarishni anglatadi. Agar axloq kodekslaridan hech biri boshqasidan to‘g‘riroq yoki yaxshiroq bo‘lmasa, u holda madaniyatli jamiyatning axloqini yovvoyilarnikidan yoki masihiylarning axloqini natsistlarnikidan ustun qo‘yishdan hech qanday ma’no bo‘lmasdi. Aslida hammamiz, albatta, bir axloq boshqasiga qaraganda yaxshiroq, to‘g‘riroq ekanligiga ishonamiz. Islohotchilar deb nomlangan, o‘z davrining axloqiy tushunchalarini o‘zgartirishga uringan odamlar axloqiy tamoyillarning ahamiyatini o‘zlarining yaqinlaridan ko‘ra yaxshiroq tushunganlariga biz ishonamiz. Nima ham derdik, bu yaxshi. Biroq, siz bir axloq kodeksi boshqasidan yaxshiroq deb bayon qilayotgan paytingizda, xayolan ularga qandaydir andazani ilova qilasiz va bu kodeks narigisiga qaraganda shu andazaga ko‘proq mos tushadi, degan xulosaga kelasiz.

Ammo sizga qandaydir ikki narsaning o‘lchovi bo‘lib xizmat qilayotgan andazaning o‘zi ularning ikkalasidan farqlanib turishi zarur. Mazkur holatda siz shu tariqa bu axloq kodekslarini qandaydir chin axloq bilan solishtirasiz, bu bilan  odamlar nima deb o‘ylashlaridan va ba’zilarining g‘oyalari boshqalarinikiga qaraganda, ushbu chin adolatga ko‘proq mos kelishidan qat’iy nazar, chin adolatni haqiqatan mavjudligini tan olasiz. Yoki keling, shu narsaga boshqa tomondan qaraylik. Toki sizning axloqiy tushunchalaringiz natsistlarnikiga qaraganda to‘g‘riroq ekan, u holda qandaydir chin axloqiy me’yor bo‘lishi shart va bu u yoki bu qarashlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi o‘lchovi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Nega sizning Nyu-York haqidagi tushunchalaringiz menikiga qaraganda to‘g‘ri yoki aksincha noto‘g‘ri bo‘lishi mumkinligining sababi shundaki, Nyu-York haqiqatdan mavjud bo‘lib, har qanday kishi u haqda nima deb o‘ylashidan qat’iy nazar, u mavjuddir. Agar har birimiz “Nyu-York” deb gapirganimizda, “men tasavvur qilgan shahar”ni nazarda tutadigan bo‘lsak, qanday qilib bizlardan birimizning tasavvurimiz boshqamiznikidan to‘g‘riroq bo‘lishi mumkin? Unda kimningdir haqligi yoki adashganligi to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Xuddi shundayin, agar vijdonli xulq-atvor qoidasi “ushbu xalq ma’qullagan hamma narsa”ni nazarda tutadigan bo‘lsa, o‘z baholashlarida bir xalq boshqasiga qaraganda adolatliroq ekanligini ta’kidlashdan, dunyo axloqan yaxshilanishi yoki yomonlashishi haqida gapirishdan ma’no qolmasdi.

Shunday qilib, men garchi odamlarning vijdonli xulq-atvor haqidagi tushunchalari o‘rtasidagi farq ko‘pincha bizni shubhalanishga majbur qilsada, haqiqiy axloq qonuni o‘zi umuman bormi yoki yo‘qmi, degan xulosaga kelishim mumkin, biz bu farqlar haqida o‘ylanishga moyilligimiz dalili u borligini isbotlaydi.

Yakunlashimdan oldin yana bir nechta so‘z aytishimga ijozat bersangiz. Men eslatib o‘tilgan qarama-qarshiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatgan odamlarni uchratganman, chunki ular axloqiy tushunchalar va ba’zi dalillarni tushunish yoki ular haqidagi tasavvurlar o‘rtasidagi farqni ko‘rishmasdi. Masalan bir odam menga: “Bundan uch yuz yil avval Angliyada jodugarlarni o‘ldirishardi. Bu siz tabiiy qonun yoki vijdonli xulq-atvor qoidasi deb aytayotgan tushunchaning namoyon bo‘lishi edimi?” deb aytdi. Lekin bugungi kunda biz ular ular mavjudligiga ishonmasligimiz sababli ularni o‘ldirmayapmiz-ku. Agar biz ishonganimizda, haqiqatan ham atrofimizda qalbini iblisga sotgan va buning evaziga undan g‘ayritabiiy kuch olgan, bu kuchdan o‘z qo‘shnilarini o‘ldirish yoki aqldan ozdirish yoxud yomon ob-havo chaqirish uchun foydalanayogan odamlar bor deb o‘ylaganimizda, agar kimdir o‘lim hukmiga munosib bo‘lsa, bu o‘shalar, ya’ni yovuz xoinlar ekanligiga hammamiz so‘zsiz rozi bo‘lardik. Ushbu holatda axloqiy tamoyillarda farq yo‘q: farq faqat shu dalilga qanday qarashdadir.

Jodugarlarga ishonmasligimiz holati, inson bilimlari sohasidagi katta taraqqiyotdan dalolat berar: o‘zimiz ishonmay qo‘ygan jodugarlar ustidan hukm chiqarishni axloq jabhasidagi taraqqiyot deb qarash mumkin emas. Siz agar bir odam o‘z uyida sichqonlar yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, qopqonlar qo‘yishni bas qilganini bilsangiz, uni insonparvar deb atamagan bo‘lardingiz-ku.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак