Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis
ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.
MUNDARIJA
So‘zboshi
1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida
1.01. Inson tabiati qonuni
1.02. Ba’zi e’tirozlar
1.03. Qonunning haqiqiyligi
1.04. Qonun ortida nima yashiringan?
1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor
2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?
2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar
2.02. Bostirib kirish
2.03. Hayratomuz muqobillik
2.04. Mukammal tavba qiluvchi
2.05. Amaliy xulosa
3-kitob. Masihiycha xulq-atvor
3.01. Axloqning uch qismi
3.02. Asosiy fazilatlar
3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari
3.04. Axloq va psixoanaliz
3.05. Jins sohasidagi axloq
3.06. Masihiycha nikoh
3.07. Kechirish
3.08. Eng katta gunoh
3.09. Sevgi
3.10. Umid
3.11. Ishonch
3.12. Ishonch (davomi)
4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar
4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi
4.02. Xudo uch qiyofada
4.03. Zamon va zamondan tashqarida
4.04. Foydali infeksiya
4.05. Qaysar qalayi askarlar
4.06. Ikki eslatma
4.07. Tasavvur
4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?
4.09. Bu qanchaga tushadi
4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat
4.11. Yangi odamlar
3-KITOB.
MASIHIYCHA XULQ-ATVOR
3.9. SEVGI
Oldingi bobda men to‘rtta bosh fazilat va uchta ilohiy fazilatlar borligini aytdim. Ilohiy fazilatlarga ishonch, umid va sevgi kiradi. Ishonch haqida men oxirgi ikki bobda gapiraman. Sevgi haqida biz yettinchi bobda suhbatlashdik, lekin u yerda men butun diqqatni sevgining kechirish qobiliyatida ifodalangan tomoniga qaratdim. Hozir men ba’zi narsalarni qo‘shmoqchiman.
Sevgi tuyg‘ular holati emas, aniqrog‘i xohish-iroda holati bo‘lib, biz uni o‘zimizga nisbatan tabiiy bo‘lgan va uni boshqalarga tarqatishni o‘rganishimz zarur bo‘lgan holat sifatida qabul qilamiz.
“Kechirim” bobida shaxsning o‘ziga muhabbati biz o‘zimizga yoqishimizdan dalolat bermasligini aytdim. U biz o‘zimizga yaxshilik tilashimizni anglatadi. Xuddi shu tarzda masihiycha muhabbat bizni ulardan zavqlanishga majbur qilmaydi. Ba’zi odamlar bizga yoqishi, boshqalari esa yoqmasligi mumkin. Bizning xush ko‘rishlarimiz va yoqtirmasliklarimiz gunoh ham emas, fazilat ham emas, xuddi, aytaylik, taomga munosabatimiz kabi. Bu shunchaki dalil. Moyilliklarimiz va yoqtirmasliklarimizni hayotga qanday tatbiq etayotganimiz esa yo gunoh yoki fazilat bo‘lishi mumkin.
Ma’lum bir odamlarni xush ko‘rishimiz shafqatli bo‘lishimizni yengillashtiradi. Tegishlicha, biz o‘zimizdagi odamlarni sevishdek tabiiy xislatimizni rivojlantirishimiz kerak (xuddi jismoniy mashqlar yoki sog‘lom, tabiiy taomlarga moyilligimizni rag‘batlantirganimiz kabi), faqat sevgi shunda ekanligi uchun emas, balki bu bizga sevishimida yordam bergani uchun. Boshqa tomondan, ba’zi odamlarni yoqtirishimiz boshqa odamlarga bo‘lgan mehrimizga ta’sir ko‘rsatmasligini, bizni adolatsiz xatti-harakatga undamasligini doim kuzatib borishimiz lozim. Chunki bizning moyilligimiz o‘zimiz moyil bo‘lgan odamga bo‘lgan sevgimiz bilan nizolashgan hollar ham bo‘lib turadi. Masalan, onaning haddan ortiq muhabbati o‘z farzandiga nisbatan tabiiy muloiyimligi natijasida farzandini taltaytirib yuborishi mumkin: o‘g‘li yoki qiziga bo‘lgan qizg‘in tuyg‘usini (buni anglamagan holda) u farzandining kelajakdagi eson-omonligi hisobiga qondiradi.
Lekin garchi boshqalarni tabiiy xush ko‘rishni o‘zimizda rag‘batlantirish lozim bo‘lsada, bu o‘z qalbimizda sevgini rivojlantirishimiz uchun biz o‘zimizda xush ko‘rishni har tomonlama o‘t oldirishimiz zarurligini anglatmaydi. Ba’zi odamlarga sovuq temperament berilgan. Ehtimol, ularning baxti shundadir; lekin bu ovqat hazm qilishdagidan katta bo‘lmagan gunohdir. Biroq bunday temperament ularni sevish majburiyatidan xalos qilmaydi. Hammamiz uchun mavjud bo‘lgan qoida, juda aniq: yaqiningizni sevish-sevmasligingizni o‘ylayverib vaqtingizni yo‘qotmang; o‘zingizni xuddi uni sevgan kabi tuting. Shunday qila boshlashimiz bilanoq, biz buyuk sirlardan birini ochamiz: odamga nisbatan xuddi uni sevgandek munosabatda bo‘larkanmiz, biz asta-sekin unga mehr qo‘yib boshlaymiz. O‘zimizga yoqmagan odamga zarar yetkaza turib, bundan u bizga tobora ko‘proq yoqmay qolayotganini payqaymiz; unga nisbatan biror mehribonlik ishorasini ko‘rsatsak, uni yomon ko‘rishimiz bir qadar kamayganligini his qilamiz. Lekin bu qoidadan bitta istisno bor. Agar siz yaxshi qilmishni Xudoga yoqish va sevgi qonuniga rioya etish uchungina emas, balki mohiyatan o‘zingiz yoqimli, kechirishni eplaydigan odam ekanligingizni namoyish qilish, muruvvat ko‘rsatgan odamingiz o‘zini sizdan qarzdordek his qilishga majburlash uchun sodir etgan bo‘lsangiz va undan minnatdorchilik kutayotgan bo‘lsangiz, kelajakda hoynahoy, hafsalangiz pir bo‘ladi. Chunki odamlar ahmoq emas. Agar nimadir ko‘z-ko‘z qilish maqsadida amalga oshiriladigan bo‘lsa, odamlar buni darhol payqashadi.
Lekin har gal boshqa birovga faqat u ham Xudo yaratgan (xuddi siz bilan biz kabi) odam ekanligi va xuddi o‘zimizga tilaganimiz kabi unga ham omonlik tilaganimiz uchungina yaxshilik qilganimizda, biz uni sal ko‘proq yaxshi ko‘rishni o‘rganamiz. Yoki hech bo‘lmaganda, uni yaxshi ko‘rishimiz kamayib qolmaydi.
Mana shunday qilib, garchi o‘ta hissiyotga beriluvchanlar uchun masihiycha sevgi qandaydir ishtiyoqsiz bo‘lib tuyulsa ham va u jo‘shqin yaxshi ko‘rish va nozik tuyg‘ulardan farq qilsa ham, oxir-oqibatda masihiycha sevgi aynan xush ko‘rish va muloyimlikka olib keladi. Masihiy va dunyoviy odam o‘rtasidagi farq dunyoviy odamga faqat xush ko‘rish, masihiyga esa faqat sevgi xosligida emas. Bu farq dunyoviy odam o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlrga yaxshi munosabatda bo‘lishida. Masihiy esa har bir kishiga nisbatan yaxshi bo‘lishga intiladi va u shunday qila borgani sari, odamlar, hatto avvaliga o‘zi xayolan ham iliq hislar tuymagan kishilar ham unga tobora ko‘proq yoqayotganini payqaydi. Xuddi shu ruhiy qonun teskari amal ham qiladi. Nemislar, ehtimol, avvaliga yahudiylarni yomon ko‘rganligi uchun ularga yomon munosabatda bo‘lishgan. Keyinroq nemislar yahudiylarni ta’qib qilgani va o‘ldirgani uchun ularni tobora yomon ko‘ra boshlashdi. Siz odamga nisbatan qanchalik shafqatsiz munosabatda bo‘lsangiz, unga nisbatan shunchalik ko‘p nafrat tuyaverasiz. Undan qanchalik nafatlanganingiz sayin, tobora ko‘proq shafqatsizlik qilaverasiz. Noilojlik xalqasi yopildi.
Yaxshilik ham, yomonlik ham geometrik rivojlanishda o‘sib boradi. Mana shuning uchun ham siz bilan biz har kuni qabul qiladigan kichik qarorlar shunchalik muhim ahamiyatga ega. Siz bugun qilgan, arzimas bo‘lib tuyulgan yaxshi ish - bir necha oylar o‘tib, siz ilgari yetishib bo‘lmaydigandek tuyulgan marralar va g‘alabalar sari intiladigan strategik nuqtani egallashdir. Arzimas bo‘lib tuyulgan istakka yoki g‘azabga yon bosish esa dushman boshqa paytda xayolingizga kelmaydigan hujumni boshlashi mumkin bo‘lgan tog‘dagi marra yoki bog‘lovchi stansiya yoxud istehkomni boy berishga olib keladi.
Ba’zi mualliflar “sevgi” tushunchasidan nafaqat odamlar orasidagi masihiycha sevgini, balki Xudoning odamga hamda odamning Xudoga sevgisini ifodalashda foydalanadilar. Xudoga bo‘lgan sevgi borasida tashvishlanish odamlarga xos bo‘lgan xususiyat. Odamlarga ular Xudoni sevish shartligi aytilgan. Lekin ular o‘zlarida bu tuyg‘uni topa olmayaptilar. Ular o‘zlarini hamisha xuddi Xudoni sevgan kabi tutishlari shart. Bu tuyg‘ularni o‘zingizda zo‘riqib namoyon qilishga urinmang. O‘zingizga savol bering: "Xudoni sevishimga ishonchim komil bo‘lganida, nima qilgan bo‘lardim?" Javobini topgach, uni hayotga tatbiq eting. Umuman, Xudoning bizga bo‘lgan sevgisi bizning Unga bo‘lgan sevgimizdan ko‘ra xavfsizroq mulohaza mavzusidir. Hech kim doimiy sodiqlikni boshdan kechirishi mumkin emas. Hatto shunday qila olganimizda ham, bu Xudo bizdan eng ko‘p istayotgani emas. Xudoga nisbatan ham, odamga nisbatan ham masihiycha sevgi - xohish-iroda xatti-harakatidir. Xudoning irodasiga amal qilishga urinar ekanmiz, biz Uning amrini bajaramiz: "Egangiz Xudoni... seving". Agar lozim topsa, Uning O‘zi bizga sevgi hissini beradi. Biz bu hisni o‘z kuch-g‘ayratimiz bilan o‘zimizda ishlab chiqara olmaymiz va huquqiy jihatdan bizga tegishli bo‘lgan qandaydir tuyg‘u sifatida uni talab qilmasligiimiz kerak. Lekin biz buyuk bir haqiqatni esda tutishimiz lozim: hislarimiz paydo bo‘ladi va yo‘qolib turadi. Uning bizga bo‘lgan muhabbati o‘zgarmas. Bu muhabbat gunohlarimiz yoki loqaydligimiz tufayli kamayib qolmaydi va shuning uchun U nima bo‘lishidan va bu Unga qanchaga tushishidan qat’iy nazar, bizni gunohdan davolashdagi qat’iyatida zaiflashmaydi.
Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)
К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.
Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.
И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».
Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.
Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.
«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.
Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.
То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).