Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis
ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.
MUNDARIJA
So‘zboshi
1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida
1.01. Inson tabiati qonuni
1.02. Ba’zi e’tirozlar
1.03. Qonunning haqiqiyligi
1.04. Qonun ortida nima yashiringan?
1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor
2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?
2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar
2.02. Bostirib kirish
2.03. Hayratomuz muqobillik
2.04. Mukammal tavba qiluvchi
2.05. Amaliy xulosa
3-kitob. Masihiycha xulq-atvor
3.01. Axloqning uch qismi
3.02. Asosiy fazilatlar
3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari
3.04. Axloq va psixoanaliz
3.05. Jins sohasidagi axloq
3.06. Masihiycha nikoh
3.07. Kechirish
3.08. Eng katta gunoh
3.09. Sevgi
3.10. Umid
3.11. Ishonch
3.12. Ishonch (davomi)
4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar
4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi
4.02. Xudo uch qiyofada
4.03. Zamon va zamondan tashqarida
4.04. Foydali infeksiya
4.05. Qaysar qalayi askarlar
4.06. Ikki eslatma
4.07. Tasavvur
4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?
4.09. Bu qanchaga tushadi
4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat
4.11. Yangi odamlar
3-KITOB.
MASIHIYCHA XULQ-ATVOR
3.7. KECHIRIM
Oldingi boblardan birida poklik masihiycha fazilatlar ichidagi eng kam tanilganligini aytgandim. Lekin haq bo‘lganimga ishonchim komil emas. Aytaylik, poklikdan ham kamroq tanilgan fazilat bor. U “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving”, degan qoidada ifodalanadi. Masihiycha nasihat “o‘zgani” va “dushmaningiz” tushunchasini o‘zida mujassam etgani uchun keng tarqalmagan... Shunday qilib, biz o‘z dushmanlarimizni kechirishdek o‘ta og‘ir majburiyatga kelayapmiz.
Har bir odam kechirish juda soz, degan fikrga qo‘shiladi, toki kechirish aynan uning o‘zidan kelib chiqishi shart bo‘lib, o‘zi kechirish yoki kechirmaslik muqobili oldida qolmagunicha. Qanday qilib urush yillarida ana shunday vaziyatda qolganimizni eslaymiz. Odatda bu haqda eslatishning o‘zi g‘alayon qo‘zg‘aydi, bunga sabab odamlar shu fazilatni o‘ta yuksak va qiyin deb hisoblashida emas. Yo‘q, shunchaki bunday kechirish ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmasdek tuyulishida, bu haqdagi fikrning o‘ziyoq ularga yoqmaydi. "Bunday suhbatlardan ko‘nglimiz ayniydi", bayonot berishadi, ular. Sizlarning yarmingiz mendan bunday deb so‘rashga tayyorsiz: "Mabodo yahudiy yoki polyak bo‘lganingizda gestapoga qanday munosabatda bo‘lardingiz?"
O‘zim ham shuni bilishni xohlardim. Xuddi shu tarzda agar oldimda, azoblanib o‘lish kerakmi yoki e’tiqodimdan voz kechish kerakmi, degan savol ko‘ndalang bo‘lsa, nima qilishim kerakligini bilishni istardim. Axir, masihiylik menga har qanday holatda ham imonimdan kechmaslikni bevosita aytib turibdi. Bu kitobda men sizga nima qila olishim mumkinligini aytmoqchi emasman, men o‘ta kam narsa qila olaman. Men sizga masihiylik nimadan iboratligini ko‘rsatishga urinayapman. Uni men o‘ylab topganim yo‘q. Uning naq negizida quyidagi so‘zlarni topayapman: "Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin". Bu yerda kechirish bizga qandaydir boshqa shartlarda berilishiga hech qanday shama yo‘q. Bu so‘zlar agar biz kechirmasak, bizni ham kechirishmasligini mutlaqo yaqqol ko‘rsatadi. Bu yerda ikkita yo‘l yo‘q. Xo‘sh, nima qilishimiz kerak?
Nima qilishni sinab ko‘rmaylik, hammasi qiyin bo‘ladi. Lekin menimcha, biz ikki narsa qila olamiz va ular bizning qiyin vazifamizni yengillashtiradi. Matematikani o‘rganishga kirishar ekansiz, differensial hisobdan emas, oddiy qo‘shishdan boshlaysiz. Xuddi shu tarzda, agar biz haqiqatan ham kechirishni o‘rganishni istasak (hammasi esa aynan bizning istagimizga bog‘liq), hoynahoy, gestapoga qaraganda boshqa biror yengilroq narsadan boshlashimiz lozim. Masalan, o‘tgan haftada biror ish qilgani yoki biror narsa degani uchun er yoki xotinimiz yoxud ota-onamiz yoki bolalarimiz yoxud yaqin qo‘shnimlarimizni kechirish. Ehtimol, bu sizning diqqatingizni qamrab olar. Shundan so‘ng “o‘zgani o‘zingizni sevgandek seving” degani nimani anglatishini tushunib olishimiz zarur. Xo‘sh, men o‘zimni qanday sevaman?
Mana hozir, bu haqda o‘ylab ko‘rganimda, o‘zimga nisbatan alohida mehr va sevgi yo‘qligini tushundim. Hatto o‘zimning o‘z hamjamiyatimni har doim ham yoqtiravermayman. Demak, “o‘zgani... seving” so‘zi, ko‘rinishidan, “unga nisbatan muloyim bo‘l” yoki “uni jozibador deb bil” degan gapni anglatmaydi. Alalxusus, xuddi shunday bo‘lishi kerak, chunki qanchalik urinmang, biror kishiga nisbatan muloyimlikni his qilishga o‘zingizni majburlay olmaysiz. Men o‘zimga nisbatan yaxshi munosabatdamanmi? Nima ham derdim, ba’zi daqiqalarda shunday deb qo‘rqaman (va so‘zsiz u mening eng yomon daqiqalarimdir). Lekin men o‘zimni buning uchun sevmayman; o‘zimni yoqimli yigit deb hisoblaganim uchun emas. Aslida hammasi aksincha, ya’ni aynan: o‘zimga nisbatan sevgi meni, mohiyatan, o‘zimni yoqimli yigit deb o‘ylashga majbur qiladi. Tegishlicha, yoqimli odamlar deb hisoblamaganimiz holda, dushmanlarimizni ham sevishimiz mumkin. Bu buyuk yengillashish. Chunki juda ko‘pchilik o‘z dushmanlarini kechirish, aslida ular haqiqatan ham yomon ekanligi hammaga ayon bo‘lgani holda, oxir-oqibatda, ular unchalik ham yomon odam emasligini tan olish, deb o‘ylaydi.
Yana bir qadam olg‘a bosaylik. Ongim yorishgan lahzalarda men o‘zimni nafaqat yoqimsiz odam deb hisoblayman, balki shunchaki jirkanch odam deb qolaman. O‘zim sodir qilgan ba’zi narsalarni dahshat bilan eslayman. Demak, aftidan, dushmanlarimning ham ba’zi qilmishlaridan nafratlanishimga yo‘l qo‘yiladi. Mana, masihiy ustozlar tomonidan allaqachon aytilgan so‘zlar yodimga tushayapti: "Sen yomonlikdan nafratlanishing kerak, uni sodir qilgan kishidan emas". Yoki boshqasi: "Gunohni yomon ko‘rish, gunohkorni emas”. Uzoq vaqt men bu farqlarni ahmoqona va o‘ylab topilgan deb hisoblab keldim; qanday qilib bir odam qilayotgan narsani yomon ko‘rib, uning o‘zini yomon ko‘rmaslik mumkin? Lekin keyinroq yillar davomida bir kishiga, ya’ni aynan o‘zimga nisbatan shunday munosabatda bo‘lganimni tushundim. O‘zimning qo‘rqoqligim yoki aldamchiligim yoxud xasisligimni qanchalik yomon ko‘rishimga qaramay, o‘zimni sevishda davom etardim va bu menga unchalik qiyin bo‘lmagandi. O‘zimni sevganim uchun amalda o‘zimning yomon xislatlarimdan nafratlangandim. Aynan shuning uchun o‘zim qilayotgan narsalar, o‘zimning qanday ekanligim dilimni juda siyoh qilardi. Binobarin, masihiylik shafqatsizlik yoki sotqinlikka bo‘lgan nafratimizni zarracha bo‘lsada kamaytirishga undaymaydi. Biz bulardan nafratlanishimiz kerak. Ular haqida aytgan birorta ham so‘zimizni qaytib olmasligimiz kerak. Lekin masihiylik biz ularni xuddi o‘zimizning qusurlarimizni yomon ko‘rganchalik yomon ko‘rishimizni, ya’ni biror kishi shunday qilganiga afsuslanishimizni va u qachonlardir, qayerdadir tuzalib, yana odam bo‘lishiga umid qilishimizni istaydi.
O‘zingizni quyidagicha tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Faraz qilaylik, siz gazetadan razil va iflos shafqatsizliklar haqida o‘qiyapsiz. Ertasi kuni xabar e’lon qilinib, unda kecha chop etilgan voqea, ehtimol, haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmasligi aytiladi. Yengillik sezasizmi: "Xudoga shukr, ular men o‘ylaganchalik ablah emas ekan". Yoki hafsalangiz pir bo‘lib, hatto kechagi yozilgan odamlar ashaddiy yaramas deb o‘ylashdan rohatlanish haqqi-hurmati dastlabki farazda qolasizmi? Agar odamni ikkinchi tuyg‘u qamragan va u shu yo‘ldan oxirigacha boradigan bo‘lsa, bu yo‘l uni iblisning tuzog‘iga olib boradi, deb qo‘rqaman. Aslida u qora narsa yana ham qoraroq bo‘lishini istayapti-da.
Bu tuyg‘uga erkinlik berishimiz bilan, qandaydir vaqt o‘tib, kulrang, keyin esa oq ham qoraga aylanishini xohlab qolamiz. Oxir-oqibatda bizda hamma narsani, Xudoni, do‘stlarimizni va o‘zimizni ham qora rangda ko‘rish istagi paydo bo‘ladi. Keyin uni bostirib bo‘lmaydi. Tiyiqsiz nafrat muhiti bunday qalbni mangu yutib yuboradi.
Yana bir qadam olg‘a bosishga urinib ko‘ramiz. “O‘z dushmaningni sev”, degani biz uni jazolamasligimiz kerakligini anglatadimi? Yo‘q: chunki men o‘zimni yaxshi ko‘rishim, nima qilib bo‘lsada, o‘zimni loyiq bo‘lgan jazodan, to o‘lim jazosigacha bo‘lgan jazodan qutqarishm shart degani emas. Agar siz qotillik qilgan bo‘lsangiz, masihiylik tamoyiliga binoan, hukumatga taslim bo‘lishingiz va hatto o‘limgacha bo‘lgan qadahni tatib ko‘rishingiz kerak. Faqat shunday xulq-atvorgina masihiylik nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lardi. Shu bois, menimcha, jinoyatchini o‘limga hukm qilarkan, masihiy hakam mutlaqo haq va jang maydonida dushmanni o‘ldirarkan, masihiy askar ham haq. Urushdan ancha oldin, o‘zim masihiy bo‘lganimdan beri o‘zim ham, to bugunga qadar mana shu fikrdaman. Mashhur “O‘ldirma” amri noto‘g‘ri tarjimada berilgan. Gap shundaki, yunon tilida “o‘ldirmoq” fe’li tarzida tarjima qilinadigan ikkita so‘z bor. Lekin ulardan biri haqiqatan ham shunchaki “o‘ldirish”ni anglatsa, ikkinchisi “qotillik sodir etish”ni anglatadi. Masihning bu amri iqtibos keltiriladigan, Matto, Mark va Luqo bayon etgan har uchala Xushxabarda ham aynan “qotillik sodir etish”ni anglatuvchi so‘z ishlatiladi. Qadimgi ibroniy tilida ham shunday farq mavjudligini menga aytishdi. "O‘ldirish" har doim ham “qotillik sodir etish”ni anglatavermaydi, xuddi jinsiy aloqa har doim ham xiyonatni anglatmagani kabi. Jangchilar Yahyo Cho‘mdiruvchidan nima qilishlari lozimligini so‘rashganida, qo‘shinni qoldirib ketishlari lozimligiga umuman shama ham qilmadi. Isoning O‘zi ham, masalan, Rim yuzboshisi bilan uchrashganda, bunday ish qilmadi. Bor kuchi bilan ezgu ishni himoya qilishga tayyor turgan masihiy ritsar qiyofasi masihiylikning buyuk qiyofalaridan biridir. Urush jirkanch va men garchi u to‘liq adashayapti deb hisoblasam ham, samimiy patsifist (tinchlik tarafdori)ni hurmat qilaman. Men tushuna olmaydiganlarim bugungi kunimizda uchrayotgan yarim patsifistlardir, ular odamlarga agar jang qilishga majbur bo‘lsalar, go‘yoki buni majburlikdan qilishayotganidan uyalishayotganini yashirmay, jang qilaverishsin, deb uqtirishga urinmoqda. Bunday uyalish ko‘pincha masihiylardan bo‘lgan yosh harbiylarni o‘zlarining huquqi bo‘lgan va mardlikning tabiiy yo‘ldoshidan, ya’ni aynan tetiklik, shodlik va samimiylikdan mahrum qiladi.
Ko‘pincha o‘zimcha o‘ylab qolaman, agar men birinchi jahon urushi vaqtida xizmat qilayotganimda, men va qandaydir yosh nemis bir vaqtning o‘zida bir-birimizni o‘ldirib qo‘yganimizda va darhol o‘limdan so‘ng uchrashganimizda, nima bo‘lardi?. Bilasizmi, ikkalamizdan qay birimiz xafagarchlik, gina yoki hech bo‘lmaganda xijolatni his qilishimizni tasavvvur qila olmayman. Menimcha, biz shunchaki bo‘lib o‘tgan voqeaning ustidan kulgan bo‘lardik.
Kimdir bunday deyishini tasavvur qila olaman: "Agar odamga dushmanning xatti-harakatlarini qoralash va jazolashga, hatto o‘ldirishga ruxsat berilsa, masihiycha axloq va oddiy insoniy nuqtai nazar o‘rtasida nima farq bor?" Farq bor va bu ulkan farq. Yodda tuting: biz, masihiylar, odam abadiy yashashiga ishonamiz. Shuning uchun faqat bizning ichki “men”imizdagi o‘sha mitti qashqalargina ahamiyatga ega, ular oxir-oqbatda inson ruhini yo jannatiy yoki do‘zaxiy mavjudotga aylantirishadi. Zarur bo‘lsa, biz o‘ldirishimiz mumkin, lekin yomon ko‘rishimiz va nafratga to‘lishimiz mumkin emas. Kerak bo‘lsa, jazolashimiz mumkin, biroq bundan rohatlanmasligimiz zarur. Boshqacha qilib aytganda, biz ichimizga chuqur in qurgan dushmanlik, xafa qilganlik uchun qasos olishga intilishni o‘ldirishimiz kerak. Har qanday odam hozirning o‘zidayoq bu tuyg‘ularini bartaraf qilishi mumkin demoqchi emasman. Bunday bo‘lmaydi.
Men quyidagini nazarda tutayapman: kunma-kun, yilma-yil, butun umrimiz davomida bu his o‘zini bildirib, qalbimizning tubida g‘imirlay boshlaganda biz unga zarba berishimiz shart. Bu og‘ir, lekin umidsiz ish emas. Hatto o‘ldirganimizda yoki jazolaganimzda ham, dushmanga xuddi o‘zimizga munosabatda bo‘lganimiz kabi munosabatda bo‘lishimiz, ya’ni u bunchalik yaramas bo‘lmasligini istashimiz, u tuzalishiga umid bildirishimiz shart. Qisqasi, biz unga yaxshilik tilashimiz kerak. Biz o‘z dushmanlarimizni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini aytayotganida Muqaddas Kitob mana shuni nazarda tutadi: dushmanlar alohida mehr ko‘rsatmagan holda va agar ular yoqimli odamlar bo‘lmasa, yoqimli kishilar ekanligini aytmagan holda, ularga yaxshilik tilashimiz shart.
Ha, bu mehr uyg‘otuvchi biror narsasi bo‘lmagan odamlarni ham yaxshi ko‘rish demakdir. Lekin, boshqa tomondan, har birimizda sevgi va zo‘r muhabbatga loyiq biror narsa bormi? Yo‘q, biz o‘zimizni faqat o‘zimiz ekanligimiz uchun sevamiz. Xudo esa bizga har bir odamning ichki “men”ini sevishni qismat qilib qo‘ygan, xuddi “men”imizni sevganimiz kabi va xuddi shu bois. Bizning holatimizda esa bu sevgi qanday ish berishini ko‘rsatish uchun U bizga tayyor namuna bergan (biz unga ergashishimiz shart). O‘z misolimizdan foydalanib, biz sevgi qoidasini boshqa odamlarning ichki “men”iga ko‘chirishimiz kerak. Agar Xudo bizni aynan shunday sevishini esga olsak, balki, uni o‘zlashtirish bizga oson bo‘lar: o‘z fikrimizga ko‘ra, biz ega bo‘lgan yoqimli, jozibali sifatlar uchun emas, shunchaki biz odamlar bo‘lganimiz uchun. Shu bilan birga, to‘g‘risini aytganda, bizning yaxshi ko‘radigan narsamiz yo‘q. Chunki biz nafratga shunchalik to‘yinishga qodirmizki, undan voz kechish, ichishni yoki chekishni tashlashdan ko‘ra oson emas.
Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)
К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.
Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.
И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».
Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.
Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.
«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.
Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.
То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).