Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis
ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.
MUNDARIJA
So‘zboshi
1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida
1.01. Inson tabiati qonuni
1.02. Ba’zi e’tirozlar
1.03. Qonunning haqiqiyligi
1.04. Qonun ortida nima yashiringan?
1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor
2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?
2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar
2.02. Bostirib kirish
2.03. Hayratomuz muqobillik
2.04. Mukammal tavba qiluvchi
2.05. Amaliy xulosa
3-kitob. Masihiycha xulq-atvor
3.01. Axloqning uch qismi
3.02. Asosiy fazilatlar
3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari
3.04. Axloq va psixoanaliz
3.05. Jins sohasidagi axloq
3.06. Masihiycha nikoh
3.07. Kechirish
3.08. Eng katta gunoh
3.09. Sevgi
3.10. Umid
3.11. Ishonch
3.12. Ishonch (davomi)
4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar
4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi
4.02. Xudo uch qiyofada
4.03. Zamon va zamondan tashqarida
4.04. Foydali infeksiya
4.05. Qaysar qalayi askarlar
4.06. Ikki eslatma
4.07. Tasavvur
4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?
4.09. Bu qanchaga tushadi
4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat
4.11. Yangi odamlar
2-KITOB.
MASIHIYLAR NIMAGA ISHONISHADI?
2.5. AMALIY XULOSA
Masih mukammal taslim bo‘lish va itoat etishdan o‘tdi; U Xudo bo‘lgani uchun bular mukammal edi; U Odam bo‘lgani uchun bular taslim bo‘lish va itoat etish edi. Masihiylik e’tiqodi agar biz qaysidir tarzda Masihning tavozesi va azobi tarafdori bo‘lsak, biz, Uning o‘lim ustidan g‘alabasi ishtirokchilari bo‘lishimizni va o‘limdan so‘ng yangi hayotga ega bo‘lishimizni bayon qiladi. Mana shu yangi hayotda biz mukammal bo‘lamiz va mukammal baxtli mavjudotlar bo‘lamiz. Biroq, buning hammasi Uning ta’limotiga ergashishga urinishlarimizdan kattaroq narsani nazarda tutadi. Odamlar, ko‘pincha, evolyutsiyaning odamdan ancha yuqori turuvchi yangi mavjudotlar paydo bo‘ladigan bosqichi qachon kelishini so‘rashadi. Lekin masihiylik nuqtai nazaridan bu bosqich boshlangan. Insonning yangi turi Masihda yuzaga kelgan; hayotning unda boshlangan yangi shakli bizga ekilgan bo‘lishi zarur.
Qanday qilib bu yangi hayotga erishsa bo‘ladi? Siz bilan biz ilgari o‘z hayotimizga uning odatdagi shaklida qanday ega bo‘lganimizni eslang. Biz o‘z roziligimizsiz uni boshqalardan, ota-onamizdan va boshqa barcha ajdodlarimizdan o‘z ichiga rohat, og‘riq va xavfni olgan qiziqarli jarayon vositasida meros qilib olganmiz. Bunday jarayonni hech qachon o‘zingiz o‘ylab topa olmagan bo‘lardingiz. Ko‘pchiligimiz bolaligimizda bu jumboqni uzoq yillar davomida yechishga urinamiz. Bolalarning ba’zilari ularga bu jarayon haqida so‘zlab berishganida, avvaliga ishonishdan bosh tortadi va men ularni qoralay olmayman, haqiqatan ham, bu juda g‘alati jarayon. Uni rejalashtirgan O‘sha Xudo yangi hayot - Masihdagi hayot tarqalishi jarayonini ham rejalashtirgan; biz esa bu jarayon ham g‘alati ekanligiga tayyor turishimiz zarur. Jinsiy aloqani yaratganida Xudo biz bilan maslahatlashmagan. Najot topish yo‘llarini yaratganida ham U biz bilan maslahatlashmagan.
Uchta narsa Masihning hayotini bizda tarqatadi: cho‘mdirilish, imon va turli masihiylar har xil ataydigan – qutlug‘ kechlik, muqaddas birlik (messa), non sindirish. Bu uchalasi, hech bo‘lmaganda, odatdagi usullarga tegishli. Masih va Uning hayoti bu amallardan birisiz (yoki undan ko‘prog‘i) tarqalayotgan holatlar bo‘lishi mumkin emas demayapman. Bu alohida holatlarga chuqurroq kirib borish uchun vaqtim yetarli, boz ustiga men ular bilan yetarlicha tanish emasman. Biror odamga Edinburgga qanday yetib olishni bir necha daqiqa tushuntirishga urinsangiz, unga poyezdga o‘tirishni maslahat berasiz. To‘g‘ri, u o‘sha yerga paroxod yoki samolyotda yetib olish mumkin, lekin siz buni deyarli tilga olmaysiz. Eslatilgan uchta narsadan eng muhimi qaysi ekanligi haqida men hech narsa demayapman. Mening metodist do‘stim ko‘proq imon to‘g‘risida gapirishimni va qolgan ikkisi haqida kamroq gapirishimni xohlab qoladi. Lekin men bunga berilib ketmayman. Sizga masihiylik ta’limotini o‘rgatadigan har qanday odam har uchalasidan foydalanishingizni aytadi. Ayni paytda bu biz uchun yetarli.
Shaxsan men bu uch narsa qanday qilib yangi hayot yo‘lboshlovchilari bo‘lishi mumkinligini ko‘rmayapman. Lekin jismoniy rohat va dunyoga yangi odam kelishi o‘rtasidagi qandaydir bog‘liqlikni tushunib yetish oson emas. Biz voqelikni boricha qabul qilishdan boshqa ilojimiz yo‘q. U qanday bo‘lishi mumkin ekanligi va biz undan nima kutishimiz mumkin bo‘lgani haqida adoqsiz mulohaza yuritishdan foyda yo‘q. Garchi nega bu shunday bo‘lishi zarurligini ko‘rmayotgan bo‘lsamda, aslida shunday ekanligiga nega ishonishimini sizga ayta olaman. Nima uchun Masih Xudo bo‘lganiga (hozir ham shunday) ishonishimga to‘g‘ri kelganini men tushuntirib o‘tdim. U O‘z shogirdlariga yangi hayot aynan shu yo‘l bilan o‘tishini o‘rgatgani esa tarixiy dalil. Boshqacha qilib aytganda, Masihning obro‘siga tayanib, men bunga ishonaman. “Obro‘” degan so‘zdan qo‘rqib ketmang, iltimos. Birovning obro‘siga tayanib ishonish faqat siz biror narsaga u haqda o‘zingiz ishonchga mutlaqo loyiq deb hisoblagan odamingiz aytgani uchun ishonishingizni anglatadi, xolos. Siz ishonadigan narsalarning to‘qson to‘qqiz foizi obro‘ga ishonishga asoslangan.
Men Nyu-York deb atalgan joy borligiga ishonaman. O‘zim uni hech qachon ko‘rmaganman. Men uning mavjudligini mavhum dalillar bilan isbotlay olmayman. Ishonchga loyiq odamlardan uning mavjudgigini eshitganim uchun, uning borligiga ishonaman. Oddiy odam olimlarning ta’kidi, ularning obro‘siga tayanib, quyosh tizimiga, atomlarga, evolyatsiya va qon aylanishiga ishonadi. Bizning tarix sohasidagi ma’lumotlarimiz aniq bo‘lib, ularni biz obro‘siga ishongan tarixchilarning ta’kididan boshqa qayerdan ham olardik? Axir, hech birimiz Normand istilolari yoki Napoleonning Vaterloodagi mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lmaganmiz-ku! Hech birimiz xuddi matematikada teoremalar isbotlangani kabi bu tarixiy voqealarni isbotlab berolmaymiz. Biz bu dalillarga shunchaki, ularga guvoh bo‘lan odamlar o‘z yozuvlarini qoldirib ketgani uchun ishonamiz; boshqacha qilib aytganda, biz ularga o‘sha yozuvlar va mualliflarining obro‘siga tayanib, ishonamiz. Ba’zilar dindagi obro‘ haqida bahslashib, uni inkor qilgani kabi, boshqa sohalardagi obro‘larga qarshi bo‘lgan odam ham umrinig oxirigacha johil bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lardi.
Meni o‘zingiz Masihga taqlid qilishga urinishingizning qandaydir o‘rnini bosuvchi sifatida, cho‘mdirilish, imon va muqaddas birlikni targ‘ib qilayapti, deb o‘ylamang, iltimos. Siz tabiiy hayotingizni o‘z ota-onangizdan olgansiz. Bu agar siz uni saqlab qolishni istamasangiz, u baribir sizda qoladi, degan gap emas. O‘z beparvoligingiz tufayli yoki o‘z joningizga qasd qilib, undan ajralib qolishingiz mumkin. Siz hayotingizni oziqlantirishingiz, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishingiz shart. Lekin bunda hamisha kimdandir, boshqa birovdan olgan hayotni yaratmaganingiz, balki faqat saqlab qolayotganingizni esda tuting. Xuddi shu tarzda, agar masihiy Masihcha hayotni saqlab qolish uchun ma’lum say’-harakatlar qilmasa, uni yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Lekin Yer yuzida qachonlardir yashagan eng yaxshi masihiy ham o‘z kuch-g‘ayrati bilan o‘zi hech qachon erisha olmagan hayotni faqat oziqlantiradi va himoya qiladi, xolos. Bundan amaliy xulosalar kelib chiqadi. Toki, sizning tabiiy hayotingiz tanangizda ekan, u mazkur tanani ta’minlash va uning me’yordagi vazifalarini tiklashga ko‘p ko‘maklashadi. Biror joyingizni kesib olsangiz, kesilgan joy bitib ketadi; agar tana o‘lik bo‘lsa, hech qachon bunday bo‘lmaydi. Tirik tana shikastlanishlarga mahkum, ammo ma’lum darajada u o‘zini ta’mirlashga qodir. Xuddi shunda masihiy ham hech qachon noto‘g‘ri ish qilmaydigan odam emas; bu tavba qilishga, ruhan jur’atli bo‘lishga va har bir yiqilishdan so‘ng, hammasini qaytadan boshlashga qodir odam, chunki uning ichida Masih hayoti amal qiladi: ana shu uni har doim tiklaydi (ta’mirlaydi), Masihning O‘zi o‘tgan ko‘ngilli o‘limga o‘xshash narsadan yana va yana (ma’lum bir darajagacha, albatta) o‘tish layoqatini beradi.
Mana shuning uchun masihiylar yaxshi bo‘lishga intilayotgan boshqa odamlardan farq qiladi. O‘z intilishlari bilan bu odamlar, agar Xudo bor bo‘lsa, Unga yoqishdan umidvor bo‘lishadi, ularning fikriga ko‘ra, agar U bor bo‘lmasa, ular hech bo‘lmaganda, boshqa yaxshi odamlarning ma’qullashiga erishishdan umidvor bo‘lishadi. Masihiy esa o‘zi qilayotgan hamma yaxshi amallar uning ichida yashayotgan Masihcha hayotdan kelib chiqadi, deb hisoblaydi. U biz yaxshi bo‘lganimiz uchun Xudo bizni yaxshi ko‘radi, deb o‘ylamaydi, lekin Xudo bizni sevgani uchun yaxshi qilib qo‘yadi, deb o‘ylaydi; xuddi issiqxona tomi yaltiragani uchun quyoshni o‘ziga tortmagani, aksincha unga quyosh nuri tushib turgani uchun yaltiragani kabi.
Yana ba’zi narsalarni aniqlashtirib berishimga ruxsat eting. Masihiylar o‘zida Masihning hayoti borligini aytishayotganida, ular biror aqliy yoki axloqiy narsani nazarda tutmaydi. Ular “Masihda bo‘lish” yoki ularda “Masihning borligi” haqida gapirishayotganida, bu ular shunchaki Masih haqida o‘ylayotgani yoki Unga taqlid qilishga urinayotganlarini anglatmaydi. Ular haqiqatan ham Masih ular orqali harakat qilayotganini, hamma masihiylar birgalikda Masih ular orqali harakat qiladigan yagona organizmni namoyon qilishini, biz Uning barmoqlari, mushaklari, tanasining hujayralari ekanimizni nazarda tutishadi.
Ehtimol, bu bir-ikki narsaning izohi bo‘lishi mumkin. Nima uchun yangi hayot faqat imon kabi aqliy, ruhiy xatti-harakatlar vositasida o‘tib qolmay, balki biz tanamiz orqali qo‘shilgan cho‘mdirilish va qutlug‘ kechlik kabilar vositasida o‘tadi? Bu xatti-harakatlarning hammasi orqali faqat g‘oyani o‘tkazishgina nazarda tutilmagan; balki bu qandaydir biologik yoki g‘ayribiologik dalil sifatida eslatiladi. Odamni sof ruhiy mavjudot qilishni Xudo hech qachon niyat qilmagan. Mana shu bois, biz yangi hayotga kirishimiz uchun, U non va vino kabi moddiy narsalardan foydalanadi. Bu bizga qandaydir oddiy va ruhiy emasdek tuyulishi mumkin. Lekin Xudo bunday deb o‘ylamaydi. U taomni yaratdi. U materiyani yaxshi ko‘radi. U shuni yaratdi.
Men uchun yana bir narsa jumboq edi. Faqat Masih haqida eshitish va Unga ishonish imkoniga ega bo‘lganlargina bu yangi hayotga erisha olishi dahshatli adolatsizlik emasmi? Lekin boshqa odamlar bilan nima qilishini Xudo bizga aytmagan. Hech kim Masih orqali bo‘lganidan boshqacha tarzda najot topa olmasligini biz bilamiz, ammo faqat Uni taniganlargina U orqali najot topa olishi mumkinligi bizga aytilmagan. Xullasi kalom, toki sizni chetda qolib ketganlarning taqdiri qiziqtirayotgan ekan, mabodo o‘zingiz o‘sha yoqda bo‘lib qolsangiz, bundan yomoni yo‘q. Masihiylar Masihning organizmi bo‘lib, U shu orqali harakat qiladi. Uning tanasiga har qanday qo‘shimcha U ko‘proq ish qilishiga imkon beradi. Agar siz chetda qolib ketgan odamlarga yordam berishni istasangiz, o‘zingizning jajji hujayrangizni butun Koinotda ularga yordam berishga qodir bo‘lgan Masihning tanasiga biriktirishingiz zarur. Mehnat unumdorligini oshirishga urinib, qo‘ldagi barmoqni kesib tashlash juda g‘alati.
Ehtimol tutilgan boshqa e’tiroz quyidagidan iborat. Nega Xudo dushman bosib olgan hududga yashirincha kirib boradi va shaytonni yengish uchun o‘ziga xos bir maxfiy jamoat tuzadi? Nega U hududni egallash uchun kuch bo‘lib kelmaydi? Balki, U yetarlicha kuchli emasdir? Masihiylar esa U kuch bo‘lib keladi ham, deb hisoblashadi, faqat qachon ekanligini biz bilmaymiz. Lekin biz nega U hayallayotganini fahmlashimiz mumkin. U biz ko‘ngilli ravishda Uning tarafiga o‘tishimizga imkon bermoqchi. Men siz bilan biz to ittifoqchi davlatlarning qo‘shinlari Germaniyani bosib olgunicha kutib turgan va faqat shundan keyin o‘zi sizning tarafingizda ekanligini e’lon qilgan o‘sha fransuzga cheksiz hurmat bildirgan bo‘lardik, deb o‘ylamayman.
Xudo bu dunyoni istilo qiladi. Lekin Xudodan bizning dunyomiz ishlariga oshkor va bevosita aralashishini so‘rayotgan odamlar bu sodir bo‘lsa, nimalar ro‘y berishini tushunish-tushunmasligini bilish menga qiziqarli. Chunki bu oxirzamon bo‘ladi. Muallif sahnaga chiqib kelishi spektakl tugaganini bildiradi.
Xudo bu dunyoni zabt etmoqchi; biroq ko‘z o‘ngingizda butun boshli bu moddiy Koinot erib, yo‘q bo‘layotganida siz Uning tarafida ekaningizni aytishdan sizga ne foyda? Siz o‘ylab ko‘rmagan, kim uchundir o‘ta go‘zal, boshqalar uchun esa xuddi shunday dahshatli nimadir yo‘lida uchragan hamma narsani yakson qilib, bizning dunyomizga kiradi va hech birimizda hech qanday imkoniyat qolmaydi. O‘sha paytda Xudo yashirincha kirib kelmaydi; bu misli ko‘rilmagan shunday hodisa bo‘ladiki, har bir mavjudotda yoki cheksiz sevgi yoki chidab bo‘lmas dahshat uyg‘otadi. Biroq qaysi tomonda ekanlikni tanlashga o‘shanda juda kech bo‘ladi. Tik turib qolishning iloji qolmaganda, siz yotmoqchi ekanligingizni gapirish bema’nilik. Bu tanlov vaqti bo‘lmaydi; bu biz ongli ravishda yoki anglamay turib bo‘lsa ham, kimning tarafini olishni tanlaganimiz aniq bo‘lib qoladigan paytdir.
Hozir, bugun, ayni paytda bizda hali to‘g‘ri tanlov qilishga imkon bor. Bu imkoniyatni berish uchun Xudo taraddudlanib turibdi. Biroq bu mangu davom etmaydi. Biz buni yo qabul qilishimiz yoki rad etishimiz shart.
Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)
К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.
Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.
И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».
Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.
Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.
«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.
Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.
То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).