Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 0 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис ) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


SO‘ZBOSHI

Ushbu kitobda so‘z yuritilgan gaplar bir qator radoeshittirishlar uchun material bo‘lib xizmat qildi, keyinchalik esa “Radio suhbatlar” (1942), “Masihiycha xulq-atvor” (1943) va “Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida” (1944) deb nomlangan uchta alohida qismlarda chop etildi. Bosma variantda men mikrofonga aytilganlariga bir necha qo‘shimchalar qildim, lekin qolganlarida matnni o‘zgarishlarsiz qoldirdim. Radiodagi suhbat, menimcha, o‘qib eshittirilgan ocherkdek yangramasligi kerak, u aynan samimiylikka to‘lgan suhbat bo‘lishi zarur. Shuning uchun men suhbatlarimda odatda gaplashganimda qo‘llaydigan barcha qisqartmalar va suhbatlashish jumlalaridan foydalandim. Bosma variantda men bu qisqartmalar va suhbat iboralarini tikladim. Radiodagi suhbatda men u yoki bu so‘zning ahamiyatini ovozim ohangi bilan ta’kidlagan barcha o‘rinlarni bosma nashrda kursiv harflar bilan ajratib chiqdim. Hozir bu og‘zaki nutq bilan yozma san’atning noxush birikishi borasida men yo‘l qo‘ygan xato, deb hisoblashga moyilman. So‘zlab beruvchi ma’lum o‘rinlarni ta’kidlash va ajratib ko‘rsatish uchun o‘z ovozining ohangidan foydalanishi zarur, chunki suhbat janrining o‘zi shuni talab qiladi, ammo yozuvchi xuddi shu maqsadlarda kursiv harflardan foydalanmasligi kerak. U boshqa, o‘z vositalariga ega bo‘lib, asosiy so‘zlarni ajratib ko‘rsatish uchun shu vositalardan foydalanishi shart.

Bu nashrda men qisqartmalarni olib tashladim va shu kursivlar uchragan gaplarni qayta ishlab, hamma kursivlarni almashtirib chiqdim, bunda radiosuhbatlarga xos bo‘lgan o‘sha “tanish” va oddiy ohangga zarar yetkazmadim, deb umid qilaman. Qayerdadir men qo‘shimcha kiritdim yoki ba’zi joylarni o‘chirib tashladim; bunda men dastlabki variant, aniqlashimcha, boshqalar tomonidan noo‘rin tushunilganidan kelib chiqdim, o‘zim ham suhbat mavzusini o‘n yil oldingidan ko‘ra, endi yaxshiroq tushuna boshlagandekman, go‘yo.

O‘quvchilarni ogohlantirib qo‘ymoqchimanki, men ikki masihiy “mazhablari” o‘rtasida ikkilanayotganlarga hech qanday yordam taklif qilmayman. Siz mendan kim bo‘lishingiz: anglikan jamoati yoki metodistlik jamoati tarafdori, presviterian yoki Rim katolik jamoati a’zosi bo‘lishingiz kerakligi borasida maslahat ololmaysiz. Bu masalani men ataylab nazardan qochirdim (hatto yuqorida keltirilgan ro‘yxatni ham shunchaki alifbo tarzida berdim). Men o‘z nuqtai nazarimni sir tutmayman. Men Angliya jamoatining mutlaqo oddiy a’zosiman, o‘ta “martabali” ham, o‘ta “past tabaqali” ham emasman va umuman, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, har qanday narsada ham haddan ortiq emasman. Bu kitobda kimnidir o‘zimning nuqtai nazarimga jalb qilmoqchi emasman.

Masihiy bo‘lgan paytimdan boshlaboq, imonga kelmagan yaqinlarimga ko‘rsatishim mumkin bo‘lgan eng yaxshi, ehtimol yagona bo‘lgan xizmatim, bu barcha zamonlarda deyarli hamma masihiylar uchun umumiy va yagona bo‘lgan imonni tushuntirish va himoya qilish deb hamisha hisoblab kelganman. Shu dunyoqarash bilan o‘lishim uchun sabablarim yetarlicha.

Avvalambor, masihiylarni (har xil mazhablarga) ajratib qo‘yadigan masalalar ko‘pincha yuqori diniy ta’limot yoki hatto jamoat tarixining alohida muammolariga taalluqli bo‘lib, bu masalalarni professional mutaxassislar ko‘rib chiqishi uchun qoldirish lozim. Bunday tubsizlikda mening nafasim qaytgan bo‘lardi va boshqalarga yordam berishdan ko‘ra, ko‘proq o‘zim yordamga muhtoj bo‘lib qolardim.

Ikkinchidan, menimcha, bu bahsli masalalar bo‘yicha tortishuvlar masihiylik oilasiga begona odamni jalb qilishi dargumonligini tan olishimiz kerak. Bu masalalarni yozma yoki og‘zaki muhokama qilar ekanmiz, biz uni o‘zimizga jalb qilishdan ko‘ra, ko‘proq masihiy jamoatidan qo‘rqitib qo‘yamiz. Dunyoqarashlardagi bizning kelishmovchiliklarimizni bir Xudo borligi va Iso Masih Uning yagona O‘g‘li ekanligiga imon keltirib bo‘lganlarning ishtirokidagina muhokama qilishimiz lozim.

Nihoyat, menda bu bahsli masalalarni muhokama qilishga, masihiylikning yoki Bakster aytganidek, “oddiy” masihiylikning mohiyatini himoya qilishga qaraganda, ko‘proq iste’dodli mualliflar jalb qilingan, degan taassurot paydo bo‘ldi. O‘zim eng ko‘p muvaffaqiyat bilan xizmat qila olishim mumkin, deb hisoblagan soham, shunday xizmatga ko‘proq muhtoj ekan. Tabiiyki, men aynan shu yoqqa yo‘l oldim.

Eslashimcha, mening vajlarim va mayllarim aynan shunga yo‘nalgandi  va odamlar ba’zi bahsli masalalarda mening sukutimdan uzoqni ko‘zlab xulosa chiqarmasalar, xursand bo‘lardim.

Misol uchun, bunday sukut saqlash, umuman, mening payt poylayotganimni anglatmaydi. Garchi, ba’zan bu aynan shunday bo‘lsada. Masihiylarda ba’zan, menimcha, javobi yo‘q savollar paydo bo‘lib turadi. Ko‘rinishidan, men hech qachon javobini ololmaydigan savollar ham uchraydi: hatto men bu savollarni eng qulay ko‘rinishda bersam ham, bir gal, boshqa bir buyuk savol beruvchi olgan javobni olishim mumkin: "Buning senga nima keragi bor? Ortimdan yur!". Biroq men mutlaqo aniq nuqtai nazarga ega bo‘lgan boshqa savollar ham bor bo‘lsada, bu savollar bo‘yicha ham sukut saqlayapman. Chunki men “mening dinim” deb atashim mumkin bo‘lgan nimanidir bayon qilish maqsadida emas, balki masihiylikning mohiyatini tushuntirish uchun yozayapman, bu mohiyat shundan iboratki, u men tug‘ilgunimcha qanday holatda bo‘lsa, shunday turibdi va u menga yoqish-yoqmasligiga bog‘liq emas.  

Ba’zi odamlar men Xudoning marhamatiga sazovor bo‘lgan Bibi Maryam haqida, faqat Bokira homilador bo‘lgani va Masihning tug‘ilishi bilan bog‘liq narsani gapirganim dalilidan asossiz xulosalar chiqarishadi. Ammo buning sababi ayon. Agar men sal ko‘proq gapirsam, bu meni darhol o‘ta ziddiyatli qarashlar sohasiga olib kirgan bo‘lardi. Shu bilan birga, nasronyilikdagi boshqa hech bir bahsli masala ushbu masala kabi o‘ta nozik yondashuvga muhtoj emas. Rim katolik jamoati bu masaladagi o‘z tasavvurlarini nafaqat barcha samimiy diniy e’tqodlarga xos bo‘lgan shiddat bilan himoya qiladi, balki (tabiiyki) shunday qizg‘in himoya qiladiki, bunda odam o‘z onasi yoki sevgilisini unga tahdid solayotgan xavfdan himoya qilgandagi kabi ritsarlik tuyg‘usi namoyon bo‘ladi. Ularga johil va hatto bid’atchi bo‘lib ko‘rinmaslik uchun, ularning fikriga qo‘shilmaslik juda ham mushkul. Aksincha, protestantlarning shu masaladagi qarama-qarshi e’tiqodlari ildizi monetizm asoslariga borib taqaladigan tuyg‘ulardan kelib chiqadi. Radikal protestantlarga Yaratuvchi va yaraluvchi o‘rtasidagi (qanchalik muqaddas bo‘lmasin) farqning o‘zi xavf ostiga qo‘yilgandek bo‘lib ko‘rinadi; shunday qilib, ko‘pxudolilik qayta tug‘iladigandek. Biroq ularning nazdida bid’atchidan ham ko‘ra yomonroq, ya’ni aynan majusiy bo‘lib qolmaslik uchun, ularning fikriga qo‘shilmaslik ham juda qiyin. Toki masihiylikning mohiyati haqidagi kitobni halok qiladigan biror mavzu bo‘lsa, toki Bibi Maryamning o‘g‘li Xudo ekanligiga hali ham ishonmaganlar uchun o‘qishga mutlaqo befoyda kitob ekanligiga olib keladigan biror mavzu bo‘lsa, bu aynan shu mavzudir.

G‘alati vaziyat paydo bo‘ladi: bu masalalarda mening sukut saqlashimdan siz hatto ularni muhim deb hisoblashim yoki hisoblamasligim haqida xulosa ham chiqara olmaysiz. Gap shundaki, ularning muhimligi haqidagi savolning o‘ziyoq bahsli masalalarga kiradi. Masihiylarning fikrlari turlicha bo‘ladigan bandlardan biri, ularning qarama-qarshiligi muhimmi, degan gapdadir. Turli mazhablardagi ikki masihiy bahslasha boshlaganida, ko‘pincha, qoida tariqasida, ulardan biri so‘raydi: bu masala shunchalik ham muhimmi?; bunga boshqasi javob beradi: "Muhimmi? Albatta, bu eng muhim ahamiyatga ega!"

Buning hammasi men qanday turdagi kitob yozishga uringanimni tushuntirish uchun aytildi, umuman, o‘zimning maslaklarimni yashirish yoki ular uchun javobgarlikdan qochish uchun emas. Aytib o‘tganimdek men ularni sir saqlamayman. Tobi tog‘aning iborasi bilan aytganda: "Ular ibodatlar to‘plamida yozib qo‘yilgan".

Xavf shunda ediki, masihiylik niqobi ostida men faqat anglikan jamoatiga yoki (bundan ham yomonrog‘i) o‘zimga xos bo‘lgan narsalarnigina bayon qilishim mumkin edi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun, men bu yerda ikkinchi kitob bo‘lgan narsaning dastlabki variantini to‘rt nafar turli ruhoniyga (anglikan, metodist, presviterian va Rim katolik jamoati) yuborib, ulardan tanqidiy taqriz so‘radim. Metodist meni imon haqida yetarlicha so‘zlamagan, katolik esa gunohni yuvishni tushuntiradigan nazariyalarning kam ahamiyatliligi to‘g‘risidagi masalada ancha uzoqqa ketib qolgan, degan qarorga keldi. Qolgan narsalarda biz beshovimiz bir-birimizning fikrimizga rozi bo‘ldik. Boshqa kitoblarimni men bunday tekshiruvdan o‘tkazmadim, chunki ular masihiylar o‘rtasida qarama-qarshi fikrlarni keltirib chiqarganida ham, bu turli mazhablar orasidagi emas, balki alohida shaxslar va maktablar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘lardi.

Bu tanqidiy sharhlar yoki o‘zim olgan ko‘plab xatlarga ko‘ra xulosa qilishim mumkinki, boshqa jihatlarda qanchalik xato bo‘lsa ham, hech bo‘lmaganda bir narsada, ya’ni umum e’tirof etgan masihiylik haqida tushuncha berishda muvaffaqiyat qozondi. Shunday qilib, bu kitob, ehtimol, agar biz barcha bahsli masalalarni bir chetga surib qo‘ysak, bizga faqat mavhum va qon to‘kmay erishiladigan Muqaddas Masihiy E’tiqodi qoladi, degan nuqtai nazarni yengishda ma’lum yordam beradi. Aslida Muqaddas Masihiylik E’tiqodi qandaydir ijobiy narsagina emas, balki boshqa barcha masihiy bo‘lmagan diniy e’tiqodlardan hatto masihiylik ichidagi eng jiddiy bo‘linish hollari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan tubsizlik orqali ajratib qo‘yilgan uzil-kesillik hamdir. Agar men birlashish ishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam bera olmagan bo‘lsam ham, nima uchun biz birlashishimiz kerakligini aniq ko‘rsatib bera oldim, degan umiddaman. To‘g‘ri, men jamoatlarning ishonchi komil a’zolarining o‘z e’tiqodlarimdan farq qiladigan diniy sabrsizligiga tez-tez duch kelavermadim. Dushmanlik asosan ham anglikan jamoati, ham boshqa mazhablarning oraliq guruhlariga mansub bo‘lgan odamlardan, ya’ni qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, biror jamoatning fikri bilan unchalik hisoblashib o‘tirmaydigan odamlardan kelib chiqadi. Bu holat menga taskin bo‘lib tuyuldi. Chunki har bir jamoatning asl farzandlari jamlangan markazlari bir-biriga ta’limot bo‘yicha bo‘lmasa ham, ruhan chin yaqindirlar. Bu esa har bir jamoatning markazida fikrlardagi ziddiyatlarga, temperamentdagi farqlarga, o‘zaro ta’qiblar haqidagi xotiralarga qaramay, nimadir yoki aynan bir ovozda gapirayotgan Kimdir turganidan dalolat beradi.

Bu mening ta’limot borasidagi sukutlarimga taalluqli bo‘lgan narsalarning hammasi. Axloq masalalari haqida so‘z boradigan uchinchi kitobda ham men ba’zi holatlar bo‘yicha sukut saqlaganman, lekin bu boshqa sababga ko‘ra. Hali birinchi jahon urushi vaqtida oddiy askar bo‘lib xizmat qilib yurganimdayoq, shtablarning xavfsiz joylarida o‘tirib olib, front chizig‘idagilar uchun chaqiriqlar va ko‘rsatmalar chiqarayotgan odamlarni yoqtirmay qolgandim. Natijada men o‘zim duch kelmagan vasavasalar haqida ko‘p gapirishga moyil emasman. Menimcha, barcha gunohlar vasvasasiga birday berilgan odam bo‘lmasa kerak. Shunday holat ro‘y berganki, odamlardan o‘yinchilar yasaydigan o‘sha turtki mening yaratilishimda vujudimga solinmagan; shunisiga shubha yo‘qki, buning uchun men o‘zimda bshqa ijobiy turtkilar ham yo‘qligi bilan to‘lov to‘layapman, bu turtkilar bo‘rttirib yoki buzib ko‘rsatilishi orqali odamni qimor o‘yini yo‘liga itargan bo‘lardi. Shu bois, men o‘zimni qaysi qimor o‘yinini o‘ynasa bo‘ladi, qaysisini o‘ynamaslik kerak degan maslahat berish borasida bilimdon deb hisoblay olmayman: agar yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan qimor o‘yinlari umuman mavjud bo‘lsa ham, bu haqda shunchaki mening xabarim yo‘q. Shuningdek, men homiladan saqlanish vositalari to‘g‘risidagi masalani ham chetlab o‘tdim. Men ayol emasman, hatto uylanmaganman va ruhoniy ham emasman. Shuning uchun men o‘zim xoli bo‘lgan og‘riq, xavf va sarflar bilan bog‘liq masalada qat’iy nuqtai nazarda bo‘lishga haqli emasman, deb hisoblayman; bundan tashqari, meni bunga majbur qiladigan cho‘ponlik lavozimiga ega emasman.

Chuqurroq e’tirozlar ham bo‘lishi mumkin, ular mening masihiylik so‘zini tushunishim borasida bildirilgan edi, men bu so‘z bilan masihiylikning umum e’tirof etgan aqidalari tarafdori bo‘lgan odamni nazarda tutaman. Odamlar menga savol berishadi: "Kimsiz o‘zi, kim masihiy, kim masihiy emasligini belgilaydigan?" Yoki: "Bu aqidalarga ishona olmaydigan ko‘plab odamlar shu aqidalarga ishonadiganlardan ko‘ra ko‘proq chin masihiy, Masihning ruhiga yaqinroq bo‘lishlari mumkin emasmi?" Bu e’tiroz qaysidir ma’noda juda to‘g‘ri, juda rahmdil, juda ruhiy, juda tuyg‘un. Biroq barcha foydali xususiyatlarga ega bo‘lgani holda, u befoydadir. Biz tilshunoslik kategoriyalarini jazosiz qo‘llayveraolmaymiz, chunki muxoliflarimiz bizdan shuni kutib turibdi. Men buni boshqa ancha ahamiyatsiz so‘zni qo‘llash misolida tushuntirib berishga harakat qilaman.

"Jentlmen" so‘zi dastlab o‘z gerbi va yer mulkiga ega bo‘lgan aniq bir odamni anglatardi. Siz biror kishini jentlmen deb ataganingizda, unga xushomad qilgan emas, balki dalilni qayd etgan bo‘lardingiz. Agar birov haqida u jentlmen deb aytsangiz, bu haqorat emas, shunchaki axborot bo‘lardi. O‘sha davrlarda, misol uchun Jon yolg‘onchi va jentlmen deyish qarama-qarshi ma’no bermasdi; hech bo‘lmaganda, bu bugungi kunda biz agar Jeyms ahmoq va fan magistri deb aytganimiz kabi ancha ziddiyatli eshitilmasdi. Lekin keyin shunchalik aniq, yaxshi niyatda, shunchalik chuqur tushunib va sezgirlik bilan (shunga qaramay, ularning so‘zlari foydali axborotga ega emasdi) aytgan odamlar paydo bo‘ldi: "Axir, jentlmen uchun uning gerbi va uning yeri muhim emas, balki u o‘zini qanday tutishi muhim. Albatta, asl jentlmen o‘zini jentlmenga munosib tutadigan odamdir, shunday emasmi? Demak Jonga qaraganda, Edvard ko‘proq jentlmendir". Bunday deganlar yaxshi niyatni ko‘zlashgandi. O‘z gerbiga ega bo‘lgandan ko‘ra, halol, xushmuomala va jasur bo‘lish ancha yaxshiroq. Lekin bu aynan bir narsa emas. Bundan ham yomoni hamma ham bu fikrga qo‘shilishni istayvermaydi. Chunki ”jentlmen” so‘zi bu yangi, olijanob ma’noda odam haqidagi axborot bo‘lishdan to‘xtaydi va shunchaki o‘sha odamga maqtovga aylanib qoladi: biror odamni jentlmen emas, deyish uni haqorat qilish demakdir. So‘z ifodalash vositasi bo‘lmay qolganida, u endi haqiqiy axborot manbasi bo‘lmay qoladi: so‘z faqat so‘zlovchining munosabatidan guvohlik beradi. ("Yaxshi" taom faqat u shuni aytayotgan odamga yoqishini anlatadi.) “Ulug‘vorlik” kasb etgan hamda o‘zining avvalgi aniq va ob’ektiv ma’nosidan “tozalangan” "jentlmen" so‘zi uni so‘zlayotgan odamga kim haqida so‘z borayotgan bo‘lsa, o‘sha odam yoqishidan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Natijada "jentlmen" so‘zi foydasiz so‘zga aylanib qoldi. Shusiz ham bizda ma’qullashni ifodalaydigan so‘zlar ko‘p edi, shu bois, bu maqsadda biz unga muhtoj emasdik: boshqa tomondan, agar kimdir (misol uchun, tarixiy ishda) bu so‘zdan uning eski ma’nosida foydalanishni istasa, izohlardan foydalanmay turib, buni amalga oshira olmaydi, chunki bu so‘z endi o‘zining dastlabki ma’nosida ishlatish uchun yaramaydi.

Shunday ekan, bir kun kelib, odamlarga “masihiy” so‘zini ulug‘lash yoki fazilatini oshirirshga yoxud  ularning gapiga qaraganda, chuqurroq ma’no kasb ettirishga imkon bersak, bu so‘z ham tez orada o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Birinchidan, masihiylarning o‘zi bu so‘zni birorta ham odamga nisbatan ishlata olmay qoladi. Bu so‘zning eng chuqur ma’nosida kim Masihga yaqin ekanligi yoki emasligini biz hal qila olmaymiz. Biz odamlar qalbidagi kechinmalarni o‘qiy olmaymiz. Biz hukm chiqara olmaymiz, hukm chiqarish bizga taqiqlangan. Masihiy so‘zining tub ma’nosida qaysidir odam masihiy ekanligi yoki emasligini ta’kidlash biz tomonimizdan qilingan xavfli bir havaskorlik bo‘lib qolgan bo‘lardi. Lekin shunisi ayonki, biz foydalana olmaydigan so‘z foydasiz bo‘lib qoladi. Imonga kelmaganlar borasida aytganda esa, ular, shubhasiz, bu so‘zni uning “takomillashgan” ma’osida qo‘llashga tayyor turishadi. Ularning nutqida bu so‘z shunchaki maqtovga aylanib qoladi. Kimnidir masihiy deb atar ekan, ular u yaxshi odam ekanligini nazarda tutishadi, xolos. Lekin bu so‘zni shunday qo‘llash tilni boyitmaydi, chunki bizda allaqachondan beri “yaxshi” so‘zi mavjud. Bu orada “masihiy” so‘zi o‘zi hozir xizmat qilayotgan haqiqatan ham foydali bo‘lgan maqsadda ishlatish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Shu tariqa biz bu so‘zning dastlabki, aniq ma’nosiga amal qilishimiz zarur. Ilk bor Antioxiyadagi “shogirdlar”, ya’ni havoriylarning ta’limotini qabul qilganlar masihiylar deb atalgan (Hav. 11, 26). Shubhasiz, bu ta’limotdan o‘zi uchun eng ko‘p foyda ola bilganlar shunday atalgan. Albatta, bu nom havoriylarning ta’limotini qabul qilish-qilmaslik borasida ikkilanganlarga joriy etilmagan, balki yuksak ruhiy ma’noda “Masihning ruhiga ancha yaqin” bo‘lganlarga tatbiq etilgan. Bu marhamat yoki axloq masalasi emas. Bu shunchaki so‘zni gap nima haqida borayotganini hammaga tushunarli bo‘lishi uchun ishlatish masalasi, xolos. Agar masihiylik ta’limotini qabul qilgan odam shunga nomunosib turmush kechirsa, u masihiy emas degandan ko‘ra, uni yomon masihiy deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.

Biror o‘quvchining xayoliga xuddi bu yerda masihiylikning “mohiyati” mavjud masihiylik jamoatlarining aqidalariga qandaydir muqobil sifatida taklif qilinayapti degandek fikr kelmaydi, deb umid qilaman. Go‘yoki kimdir uni kongregatsionalizm yoki yunon pravoslav jamoati yoki boshqa har qandayining ta’limotidan ustun ko‘radigandek bo‘lmasin. Ko‘proq masihiylikning “mohiyati”ni eshiklari bir necha xonalarga ochiladigan zalga qiyoslash mumkin. Agar biror kishini bu zalga olib kirishga erisha olsam, maqsadimga yetgan bo‘laman. Lekin yoqib qo‘yilgan kaminlar, stullar va taom zalda emas, balki xonalardadir. Bu zal yashash joyi emas, balki u yoki bu eshikdan kirish mumkin bo‘lgan kutish joyidir. Hatto xonalardan eng yomoni ham (qanday bo‘lishidan qat’iy nazar) yashash uchun ko‘proq mos keladi. Deyarli ishonch bilan o‘zlari taqillatishi lozim bo‘lgan eshikni darhol tanlab oladigan boshqalarga qaraganda, ba’zi odamlar bu zalda ko‘proq qolish o‘zlari uchun foydaliroq ekanligini to‘g‘ri his qilishadi. Bunday farq nimadan kelib chiqishini bilmaymanu, lekin Xudo hech kimni bu zalda o‘sha odamning manfaatlari talab qilganidan ortiq ushlab turmasligiga ishonchim komil. Nihoyat o‘z xonangizga kirganingizda, uzoq kutaningiz sizga ma’lum foyda keltirganini ko‘rasiz, aks holda siz bu foydani olmagan bo‘lardingiz. Lekin siz bu dastlabki bosqichga qo‘nalg‘a deb emas, kutish deb qarashingiz shart. Siz yorug‘lik haqida ibodat qilishda davom etishingiz shart; albatta, hatto zalda bo‘lganingizda ham, butun uy uchun umumiy bo‘lgan qoidalarga rioya qilishga urinishingiz shart. Bundan tashqari, siz qoplamasi yoki bo‘yalishi bo‘yicha o‘zingizga qaysi eshik ko‘proq yoqayotganiga qaramay, qaysi eshik haqiqiyligini so‘rashingiz shart. Oddiyroq qilib aytganda, siz o‘zingizdan: “Menga bu xizmat yoqadimi?” deb so‘ramasligingiz kerak, lekin “Bu ta’limotlar to‘g‘rimi? Tabarruklik shu yerda yashaydimi? Vijdonim shu yerga yo‘l ko‘rsatayaptimi? Mening bu eshikni taqillatishni istamasligim kibrimdan yoki  shunchaki ta’bimdan yoxud muayyan eshik qorovulini shaxsan yoqtirmasligimdan kelib chiqayaptimi?” deb so‘rashingiz kerak.  

Siz o‘z xonangizga kirganingizdan so‘ng, boshqa eshikka kirganlarga va hali zalda kutib turganlarga nisbatan olijanob bo‘ling. Agar ular sizning dushmanlaringiz bo‘lsa, sizga ular uchun ibodat qilish buyurilganini yodda tuting. Bu butun uy uchun umumiy bo‘lgan qoidalardan biridir.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак