Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Яқин инсоннинг вафот этиши - (4 қисм) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchiliklar
Chadning hikoyasi. 1–qism
Oylab korish uchun vaqt
Chadning hikoyasi. 2–qism
Oylab korish uchun vaqt
Chadning hikoyasi. 3–qism
Oylab korish uchun vaqt
Chadning hikoyasi. 4–qism
Oylab korish uchun vaqt
Mualliflar haqida
CHADNING HIKOYASI. 4–QISM
Shanba kuni ertalab to‘qqiz yarimda Dag Chadni olib ketish uchun keldi. Oxirgi marta ular bir oydan ko‘proq vaqt oldin, Chadning onasi va ukasining o‘limidan bir oz oldin avtodromga borishgan edi. Dag o‘tgan hafta ishi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etgandi, shuning uchun u darhol so‘radi:
– Qandaysan, Chad?
Chad, Dag har doimgidek, bu savolni unga berishini bilardi.
– Ha, hammasi yaxshi. Albatta, men onamni juda sog‘inyapman va ba’zida juda xafa bo‘laman, lekin men bu jarayonning bir qismi ekanligini tushunaman. Menga qayg‘uning turli bosqichlari haqida aytib berganingizdan juda xursandman. Agar men bu haqda bilmaganimda, men g‘azablanganimda yoki Xudo bilan savdolashmoqchi bo‘lganimda, menda nimadir noto‘g‘ri deb o‘ylashim mumkin edi.
Chad ustoz bilan boshqa his–tuyg‘lari bilan ham o‘rtoqlashdi, shundan so‘ng Dag so‘radi:
– Bet qanday? Uning ahvoli yaxshimi?
Chad chuqur nafas oldi.
– Aytish qiyin, u hozir kollejda. U haftasiga bir marta qo‘ng‘iroq qiladi, lekin u hech qachon onam yoki Metti, yoki baxtsiz hodisa haqida gapirmaydi. Men u uchun ibodat qildim va o‘rgatganingizdek tasalli berishga harakat qildim, lekin menimcha, Bet hali ham tushkunlikda va tushkunlik bilan qanday kurashishni bilmaydi.
Dag bosh irg‘adi.
– Ba’zilarga dardini yengish va tasalli olish juda qiyin. Faqat u uchun ibodat qilishni davom ettirgin va unga yordam berish yo‘llarini qidirgin. Jenni va men ham shunday qilamiz.
– Rahmat.
Dag avtodromga olib boradigan magistral yo‘lga chiqib, keyin so‘radi:
– Sen boshdan kechirgan rad etish, g‘azab va tushkunlik davridan o‘tishda senga nima ko‘proq yordam berdi?
Chad bir dam o‘ylanib qoldi.
– Ikki narsa. Birinchisi, umid. Ishonchim komilki, onam, Metti va Rob bilan jannatda uchrashaman. Men Muqaddas Kitobdagi bu oyatlarni bolaligimdanoq yodlaganman, lekin oxirgi ikki hafta mobaynida ular men uchun alohida ma’noga ega bo‘ldi. Odamlar qanday qilib Masih bilan bo‘lish va yaqinlarini qayta ko‘rish umidisiz yashashi mumkinligini tushunmayapman! Va, ikkinchisi, siz kabi men bilan doim birga bo‘lgan odamlar. Men Robni sog‘inganimda, jamoatdan yaqin do‘stlarim men bilan vaqt o‘tkazishadi. Va agar gaplashgim kelsa, ular ham siz kabi meni tinglashga tayyor. Bu hammamizni juda yaqinlashtirdi.
– Albatta, Muqaddas Kitob o‘rgatganidek, odamlar bir-birlariga dalda berishganida, bu ularni yaqinlashtiradi.
– Dadam esa juda ajoyiblar! Ba’zan ular men bilan o‘tirib, o‘zimni qanday his qilayotganimni so‘raydilar. Ba’zida esa ikkalamizga ham hech narsa deyishning hojati yo‘q – quchoqlashib yig‘laymiz. Qanday qilib bilmayman, lekin bu bizning dardimizni yengillashtiradigandek. U bilan men hozir har qachongidan ham yaqinmiz.
– Chad, bu juda ajoyib-ku.
– Va nima bo‘layotganini bilasizmi? Ba’zida men onam, Metti va Rob haqida o‘ylayman va men avvalgidek og‘riqni his qilmayapman. Men ularni juda sog‘indim, lekin hozir, men ular bilan birga bo‘lgan vaqtimiz uchun minnatdorman. Ishonchim komilki, umid va boshqalarning tasallilari, shuningdek, vaqt, natijada, hatto eng chuqur jarohatlarimni ham davolayapti – dedi Chad.
– Kamida ikkita sababga ko‘ra, buni eshitganimdan xursandman, – dedi Dag. – Birinchidan, Xudo senga qiyin paytda yordam berganidan xursandman. Ikkinchidan esa... men sen bilan Marti Keller haqida gaplashmoqchiman.
– Marti Keller haqida? Bu yoshlar guruhimizga kelgan yangi bolami?
– Ha o‘sha. Marti va uning oilasi o‘tgan oydan beri bizning jamoatga kelishyapti.
Chad yelkasini qisdi.
– Men uni deyarli tanimayman.
– Men ham, – deb javob berdi Dag. – Ammo cho‘pon O’Nil bugun ertalab menga qo‘ng‘iroq qildi va Martining bobosi kecha insultdan kutilmaganda vafot etganini aytdi. Marti juda tushkunlikka tushgan, ular juda yaqin edilar.
– Qanday achinarli... – Chad xo‘rsinib qo‘ydi. – Menimcha, Marti aynan hozir tasalliga muhtoj.
– Men ham shu haqda o‘ylayapman, – dedi Dag va jim bo‘lib qoldi.
Dag nima demoqchi bo‘lganini tushunish uchun Chadga ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi. U Dagga qaradi va jilmayib qo‘ydi.
– Xo‘sh, balki Martining uyiga bir necha daqiqaga kirib o‘tarmiz? Men unga ozgina bo‘lsada tasalli bera olardim.
Dag javoban jilmayib qo‘ydi.
– Aynan shu narsa Korinfliklarga ikkinchi maktubning birinchi bob, uchinchi va to‘rtinchi oyatlarda yozilgan – Xudo bizga bergan tasalli bilan, boshqalarni yupatishimiz haqida.
– Ha, men ham buni esladim, – dedi Chad. – Xo‘sh, keling, o‘zimizning bo‘ynimizga tasalli xizmatini olaylik.
– Biz allaqachon o‘sha yerga ketyapmiz, – deb javob berdi Dag, mashinani Kellerlar uyi tomon burib.
Книга на Узбекском языке: Смерть близкого человека (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
В этой книге речь пойдет о том, как пережить смерть близкого человека.
Пятнадцатилетний Чад Роджерс никогда раньше не испытывал таких страданий. В одночасье он потерял младшего брата, мать и лучшего друга Роба. Он знает, что должен найти выход и продолжать жить, когда тех, кого он любил, больше нет. Но как?
Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, как пережить потерю близкого человека. Если ты столкнулся с такой бедой, то из этой книги ты узнаешь, как справиться с ее последствиями, принять свершившееся и жить дальше.
А если у тебя есть друг, который, подобно Чаду, переживает смерть близкого человека, то в этой книге ты найдешь практические советы, как утешить, поддержать и ободрить его.