Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Яқин инсоннинг вафот этиши - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchiliklar
Chadning hikoyasi. 1–qism
Oylab korish uchun vaqt
Chadning hikoyasi. 2–qism
Oylab korish uchun vaqt
Chadning hikoyasi. 3–qism
Oylab korish uchun vaqt
Chadning hikoyasi. 4–qism
Oylab korish uchun vaqt
Mualliflar haqida
O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT
Chadga uning qayg‘usida qarindoshlar va do‘stlarning tasalli berishlaridan tashqari yanada ko‘proq nimadir kerak edi. Sizga ham albatta. Shuningdek, ikkita ahamiyatli jihati bor.
Birinchidan, siz qo‘llab–quvvatlashga muhtojsiz. Tasalli va qo‘llab–quvvatlash o‘rtasidagi farq nima? Odamlar qayg‘uingizni hissiyot bilan bo‘lishganlarida sizga kerakli tasalli beradilar va amalda sizga yordam berganda qo‘llab–quvvatlashadi. "Bir–biringizning yukingizni ko‘taring va shu orqali Masihning qonunini bajaring" (Gal. 6:2) amriga amal qiladigan odamlarning yordami sizga kerak bo‘ladi.
Atrofdagilar Chad va uning oilasini qanday qo‘llab–quvvatlashgani haqida o‘ylab ko‘ring. Dag maktabga bordi va unga uy vazifasini olib keldi. Jamoat a’zolari ovqat tayyorladilar va olib keldilar, kundalik ishlarga yordam berdilar va qarindoshlarini ziyorat qildilar. Va undan ham ko‘proq odamlar dafn marosimiga kelib, oilani qo‘llab–quvvatladilar. O‘z qayg‘usiga botgan Rojerslar oilasining tashvishlar yukini kimdir doimo o‘z zimmasiga olishga tayyor edi.
Siz boshqalarning taklifini e’tiborsiz qoldirishingiz yoki hatto rad etishingiz mumkin. Siz buni o‘zingiz hal qila olasiz yoki o‘z muammolaringiz bilan boshqalarni bezovta qilishni xohlamaysiz deb o‘ylashingiz mumkin. Biroq, shubhalaringizni bir chetga surib qo‘ying. Xudo biladi, ba’zida hayotimizda boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘lgan paytlar keladi, shuning uchun Galatiyaliklarga maktubda yozilgan so‘zlar (6:2) Muqaddas Kitobdan joy olgan. Odamlar sizga yordam berishlariga imkon bering va ulardan minnatdor bo‘ling. Bu, Xudo shu paytlarda sizga bo‘lgan g‘amxo‘rligini ko‘rsatadigan usullardan biridir.
Agar sizga amaliy yordam kerak bo‘lsa, lekin hech kim sizga taklif qilmasa–chi? Bu holda o‘zingiz yordam so‘rang. Muammoingizni ishonchli do‘stingiz, yoshlar yetakchisi yoki jamoat xizmatchisi bilan bo‘lishib, yordam so‘rashning yomon joyi yo‘q. Misol uchun, agar Dag uy vazifasi uchun maktabga borishni o‘ylamaganida, Chad undan so‘ragan bo‘lardi. Ko‘p hollarda odamlar yordam berishni xohlaydilar, nima qilishni bilmaydilar. Sizga nima kerakligini aniq aytib berish orqali ularga sizni qo‘llab–quvvatlashga yordam bering.
Ikkinchidan, sizga dalda kerak. Boshqa odam sizni xursand qilish uchun nimadir qilsa, siz dalda olasiz. Dagning telefon qo‘ng‘iroqlari va Chadning ahvoli qanday ekanligini bilish uchun qilgan tashriflari Chadga dalda bo‘ldi. Yana uning oilasiga yuborilgan gular ham Chad uchun katta dalda edi. Do‘stlar va qarindoshlarning quchoqlari. Shuningdek, jamoatdagi yoshlar guruhining har bir a’zosi bir necha so‘z yozgan va Muqaddas Kitobdan parchalarni keltirgan otkritka ham juda katta dalda bo‘ldi. Bunday tasalli va dalda berish usuli, amaliy yordam kabi kuchli bo‘lmasligi mumkin, lekin bu zarur.
Agar siz muhtoj bo‘layotgan daldani olmayotgan bo‘lsangiz – so‘rang. Sizdan xavotirda bo‘lgan kishiga: “Iltimos, meni quchoqlang” yoki “Men bilan bir muddat qoling”, deyish tabiiy.
Yaqin insonidan ayrilib qayg‘uning barcha bosqichlarini bosib o‘tish uchun vaqt kerak bo‘ladi, siz baribir, boshida bo‘lganidek bo‘lmasa ham, tasalli, qo‘llab–quvvatlash, daldaga muhtoj bo‘lasiz. Dafn marosimidan so‘ng darhol hayotingiz odatiy holatga qaytadi deb o‘ylamang. Chad xotira marosimidan so‘ng o‘tgan bir oy davomida tushunganidek, yordamga muhtoj bo‘lganingizda sizga yordam qilishlari uchun do‘stlaringiz va qarindoshlaringizga imkoniyat berishingiz lozim.
Книга на Узбекском языке: Смерть близкого человека (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
В этой книге речь пойдет о том, как пережить смерть близкого человека.
Пятнадцатилетний Чад Роджерс никогда раньше не испытывал таких страданий. В одночасье он потерял младшего брата, мать и лучшего друга Роба. Он знает, что должен найти выход и продолжать жить, когда тех, кого он любил, больше нет. Но как?
Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, как пережить потерю близкого человека. Если ты столкнулся с такой бедой, то из этой книги ты узнаешь, как справиться с ее последствиями, принять свершившееся и жить дальше.
А если у тебя есть друг, который, подобно Чаду, переживает смерть близкого человека, то в этой книге ты найдешь практические советы, как утешить, поддержать и ободрить его.