Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Яқин инсоннинг вафот этиши - (3 қисм) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchiliklar
Chadning hikoyasi. 1–qism
Oylab korish uchun vaqt
Chadning hikoyasi. 2–qism
Oylab korish uchun vaqt
Chadning hikoyasi. 3–qism
Oylab korish uchun vaqt
Chadning hikoyasi. 4–qism
Oylab korish uchun vaqt
Mualliflar haqida
CHADNING HIKOYASI. 3–QISM
Juma kuni ertalab jamoatda Margaret va Metyu Rojersni xotirlash marosimi rejalashtirilgan edi. Otasining roziligi bilan Chad bir hafta maktabga bormaslikka qaror qildi. Bu unga otasi, Bet va boshqa qarindoshlari bilan birga motam tutishga vaqt berdi, ularning aksariyati boshqa shtatlardan kelishgan edi.
Chad jamoatdagi do‘stlaridan olgan yordamidan hayratda edi. U Dagga o‘qishdan qolib ketgan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirdi va Dag maktabga bordi, Chadning barcha o‘qituvchilari bilan uchrashdi va ulardan uy vazifasini oldi. Dag muammoni hal qildi va Chad kuniga bir necha soat darslar bilan chalg‘ishini foydali deb topdi.
Cho‘pon O’Nil ularga ovqat tayyorlash haqida qayg‘urmaslikni aytdi. Har kuni kechqurun jamoatdan bir oila Rojerslarga va ularning uyida bir hafta davomida qolgan qarindoshlariga issiq ovqat va oziq–ovqat olib kelardi. Hatto bir nechta oilalar ularning qarindoshlarini qabul qilish istagini bildirishdi. Va har doim kimdir kundalik masalalarda yordam berishga tayyor edi. Dag va Jenni Shou Chad oilasiga kerakli yordamni olishlari uchun qo‘lidan kelganini qildilar.
Qo‘llab–quvvatlashdan tashqari, Chad doimo boshqalardan daldani his qilardi. Har kuni ularga gullar olib kelinar, sevgi va g‘amxo‘rlik so‘zlari yozilgan o‘nlab otkritkalar yuborilardi. Ko‘pchilik ularga o‘z sevgilarini va hamdardliklarini bildirib qo‘ng‘iroq qilishardi. Chad, ayniqsa, o‘z jamoatining yoshlar guruhi a’zolaridan katta otkritkani olganidan xursand edi. Unda har bir do‘sti bir necha so‘z yozgan, imzo chekkan va Muqaddas Kalomdan oyat keltirgan edi.
Biroq, qo‘llab–quvvatlash va e’tiborga qaramay, Chad ba’zida o‘zini juda tushkun his qilardi.
– Men yotishdan oldin o‘zimni juda yomon his qilyapman, – deb bo‘lishdi u payshanba kuni kechqurun Dag bilan. – Onam chiroqni o‘chirishimdan oldin gaplashish va ibodat qilish uchun oldimga kelardi. Men uni chindan ham sog‘indim.
Ular kafeda o‘tirishdi va sharbat ichishdi – Dag Chad o‘zini qanday his qilayotganini bilish uchun suhbatga taklif qilgandi. Chad bir muddat uydan chiqqaniga ancha yengil tortdi.
– Chad, onang oldingga boshqa kelmasligidan juda afsusdaman, -dedi Dag unga hamdardlik bildirib.
Chad sharbatni ichdi va davom etdi.
– Menimcha, siz aytgan tuyg‘ularni men go‘yoki aylanada yurgandek qayta–qayta boshdan kechirayapman. Gohida qayg‘uni his qilyapman, gohida g‘azabni...
– Chad, hammasi joyida, bu jarayonning bir qismi, – dedi Dag.
– Men Betdan biroz xavotirdaman – dedi Chad bir oz qovog‘ini solib. – U hatto hozirgacha yig‘lamadi hamda onam va Metti bilan bo‘lgan voqealar haqida umuman gapirishni xohlamaydi. U ko‘p vaqtini do‘stlari bilan yoki xonasida yolg‘iz o‘tkazadi. Men u uchun qila oladigan biror narsa bormi?
– Xayolimga ikkita narsa keladi, – deb javob berdi Dag. – Birinchidan, unga iloji boricha tasalli bergin. U va onang vaqtni qanday o‘tkazganligini o‘ylab ko‘rgin...
– Ular Internet orqali muloqot qilishardi, – dedi Chad. – Ular haftasiga bir necha bor o‘zaro elektron pochta xabarlarini yuborishardi.
– Yaxshi, bu holda sen unga: “Bet, sen onam bilan avvalgidek muloqot qila olmasligingdan afsusdaman, bu sen uchun qanchalik muhim bo‘lganini bilaman” deb aytishing mumkin.
– Men yotishdan oldin onam bilan gaplashishni sog‘indim deganimda, siz ham menga tasalli berganingizdek, men ham unga tasalli berishim kerak.
– To‘g‘ri! – Dag bosh irg‘adi. – Agar sen Betning onang va ukang haqida o‘ylab, qayg‘urayotgan lahzalarini eslasang, unga bu borada ham tasalli bergan bo‘lasan.
– Men buni qila olaman deb o‘ylayman, – dedi Chad. – Chunki u va men ko‘p narsalarni bir xil tarzda boshdan kechirganimizga aminman.
– Yana sen u uchun ibodat qilishing mumkin, – dedi Dag. – Xudodan unga kerakli dalda va tasalli olishiga yordam berishini so‘ra. Aynan shu uchun biz Jenni bilan ibodat qilyapmiz. Va biz har kuni sen uchun ibodat qilyapmiz, Chad.
Chad stakan ichidagi muzni aralashtirdi.
– Rahmat, – dedi u. – Mening ishlarim bilan qiziqishingiz men uchun katta ahamiyatga ega. Siz va Jenni yuborgan pochta otkritkasi uchun ham rahmat. Oxirgi hafta davomida biz dadam bilan juda yaqin bo‘lib qoldik, lekin men uchun siz ham men bilan birga bo‘lishingiz juda muhim.
Dag bosh irg‘adi.
– Imonlilar oilasi aynan shunday bo‘lishi kerak, to‘g‘rimi?
Tabassum bilan Chad rozi bo‘ldi.
Ertasi kuni ertalab, Chad yaqinlashib kelayotgan dafn marosimi g‘amgin va qiyin o‘tishidan qo‘rqib uyg‘ondi. Biroq, u xato qildi. Chad va qarindoshlari o‘tirgan qatorlarda ko‘z yoshlari ko‘p edi. Ammo cho‘pon O’Nil bu xizmatni Xudoni ulug‘lash va Chadning onasi va ukasiga bergan hayoti uchun Unga minnatdorchilik sifatida o‘tkazdi. Va’z va madhiyalarning so‘zlari Chadni, hatto fojeali sharoitlarda ham Xudo - ezgu va rahmli ekaniga ishontirdi. Hatto qabristonda o‘tkazilgan qisqa marosimda ham cho‘pon O’Nil o‘liklarning tirilishini eslatganida, umid va ishonchga to‘lgan so‘zlar bor edi.
Xizmatdan so‘ng, jamoat binolarining birida kechki ovqat uyushtirildi, unga hamma kelishi mumkin edi. Ikki soat davomida Chadning atrofidagi odamlar unga mehr-muhabbat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatdilar. Ammo muloqot tugashi va hamma tarqala boshlashi bilan u qandaydir xavotirni his qildi. Oilaning ko‘p qismi ertaga jo‘nab ketadi, Bet esa yakshanba kuni kollejga qaytadi. Margaret va Metyu vafotidan keyin Chad va uning otasi birinchi marta yolg‘iz qoladilar. Va Chad buni qanday bo‘lishini bilmas edi.
Книга на Узбекском языке: Смерть близкого человека (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
В этой книге речь пойдет о том, как пережить смерть близкого человека.
Пятнадцатилетний Чад Роджерс никогда раньше не испытывал таких страданий. В одночасье он потерял младшего брата, мать и лучшего друга Роба. Он знает, что должен найти выход и продолжать жить, когда тех, кого он любил, больше нет. Но как?
Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, как пережить потерю близкого человека. Если ты столкнулся с такой бедой, то из этой книги ты узнаешь, как справиться с ее последствиями, принять свершившееся и жить дальше.
А если у тебя есть друг, который, подобно Чаду, переживает смерть близкого человека, то в этой книге ты найдешь практические советы, как утешить, поддержать и ободрить его.