911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 3 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Яқин инсоннинг вафот этиши - (2 қисм) Китоб Ўзбек тилидаYaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchiliklar  

Chadning hikoyasi. 1–qism

Oylab korish uchun vaqt

Chadning hikoyasi. 2–qism

Oylab korish uchun vaqt

Chadning hikoyasi. 3–qism

Oylab korish uchun vaqt

Chadning hikoyasi. 4–qism

Oylab korish uchun vaqt

Mualliflar haqida


CHADNING HIKOYASI. 2–QISM

Chad va uning otasi dam olish kunlarini deyarli kasalxonada o‘tkazishdi, uyga faqat ozgina uxlash, yuvinish va kiyimlarini almashtirish uchun kechqurun qaytishardi. Qarindoshlar, qo‘shnilar va jamoatdagi do‘stlar ularga katta yordam berishdi. Qo‘shnilar ularning ikkita itini ko‘chaga chiqarib aylantirishardi, do‘stlar esa kasalxonaga ovqat va gul olib kelishardi. Ko‘pchilik kasalxonada navbatchilik qilayotgan ota va o‘g‘ilni ko‘rgani kelishardi. Chad, ayniqsa, Dag va Jenni Shouga ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdor edi.

Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Chad atigi bir necha soatgina uxladi. Erta tongda uyg‘onib, u o‘tgan juma kunining dahshatlari shunchaki ko‘rqinchli tush bo‘lishi uchun ibodat qildi. Chad bir necha daqiqa to‘shakda yotgancha onasi, otasi va Metti uni oshxonada dasturxon atrofida kutayotganini tasavvur qildi. Ammo u oshxonada, bir finjon qahva ustida bukilib yig‘lab o‘tirgan yolg‘iz otasini ko‘rgach, yana dahshatli haqiqatga qaytdi.

Yakshanba kuni ertalab Ben va Chad jamoat yig‘ilishida qatnashishdi va keyin kasalxonaga ketishdi. Ular kelishgach, ko‘p o‘tmay, Chadning eng yaqin do‘sti Rob vafot etdi. Chad Robning ota–onasi oldiga, ularning qayg‘usiga sherik bo‘lish uchun bordi. Ular bilan birga Dag va Jenni hamda kasalxonaga jamoatdagi xizmatdan so‘ng kelgan yigitlar bor edi. Chad uchun bu katta yo‘qotish edi. U sir sifatida Dagga do‘stining o‘limida o‘zini aybdor his qilganini aytdi: "Agar men uni juma kuni kechqurun men bilan birga borishga ko‘ndirmaganimda, u mashinamizga minmagan va hozir tirik bo‘lgan bo‘lardi". Dagning g‘amxo‘rligi va sezgirligi Chadga ko‘p yordam berdi.

Yakshanba kuni tushdan keyin Ben va Chad cho‘pon O’Nil yordamida Metyuning dafn marosimini muhokama qila boshlashdi. Biroq, Ben marosimni shifokorlar Margaretning ahvoli to‘g‘risida aniqroq fikr bildirguncha qoldirishga qaror qildi. Bet, Chadning opasi, dafn marosimi haqida gapirishdan bosh tortdi. U shanba kuni kasalxonada bir necha soat davomida bo‘ldi, lekin deyarli hech qanday hislarini ko‘rsatmadi. Otasi va ukasi Margaret uchun ibodat qilishar ekan, u do‘stlari bilan shaharda qolishni istadi.

Dushanba kuni ertalab, neyroxirurg bilan suhbatdan so‘ng, Ben, o‘g‘lining oldiga keldi. Ishga ketayotib kasalxonaga kirib o‘tgan Dag u bilan qabulxonada o‘tirardi. Chad otasining yuziga diqqat bilan qaradi. Unda qayg‘u muhrlangan edi.

Ota o‘g‘lining yoniga o‘tirdi va sekin, qayg‘uli ovozda gapirdi:

– Chad, menda noxush xabar bor. Shifokor menga onang komadan chiqmasligini aytdi. U boshqa mutaxassislar bilan maslahatlashdi va ularning barchasi uning tirik qolmasligiga amin. Buni vaqt ko‘rsatadi, deyishyapti.

Chad his–tuyg‘ularini yengishga urinib, boshini quyi soldi.

– Dada, men nima deyishni bilmayman, – dedi u nihoyat.

– Hammasi yaxshi, o‘g‘lim, – deb ishontirdi otasi. – Men Betni topaman va unga bu haqda aytaman. Hammamiz keyinroq yig‘ilamiz.

Otasi ketganidan so‘ng, Chad Dag bilan bir necha daqiqa gaplashdi va ular birgalikda ibodat qilishdi. Keyin Dag kun davomida qaytib kelishini va’da qilib, ishga ketdi.

Chad onasi bilan palatada yolg‘iz qoldi. U bir necha daqiqa davomida harakatsiz tanaga diqqat bilan qarab turdi, undagi hayot sun’iy nafas olish apparati bilan ta’minlangan edi. Ayolning oqargan yuzidagi ko‘kargan joylari sariq tusli bo‘lib qolgandi. U begonadek ko‘rinardi, onasiga o‘xshamas edi.

Chad engashib onasining qulog‘iga pichirladi:

– Men o‘lishingizni xohlamayman. Men hozirning o‘zida sizni sog‘inyapman... – Onasi unga javob bera olmasligini tushunib, Chad boshini egib dedi: – Rabbim, mo‘‘jiza ko‘rsatishingni va onamga shifo berishingni istayman. Ammo agar buni qila olmasang, bu haqda menga hozir ayt. Men uni bunday ahvolda ko‘ra olmayman.

Chad butunlay holdan toygan va charchagandan stulda uxlab qoldi.

Sal o‘tib, cho‘pon O’Nil va uning ayrim yaqin do‘stlari Margaret uchun ibodat qilishga kelishdi. Biroq, Chad ularga qo‘shilishdan bosh tortdi va qabulxonada qoldi. U Dag Shouga yaqinlashdi:

– Bunday bo‘lishi mumkin emas, Dag. Faqat men bilan emas.

– Buni tushunaman. Bularning barchasi, xuddi qo‘rqinchli tush kabi, haqiqiy emasdek tuyuladi.

– Onam o‘lmasligi kerak, u o‘lmaydi! Men maktabni tugatib, kollejga borganimda, u men bilan bo‘lishi kerak. Bizning rejalarimiz juda ko‘p!.. U o‘lmasligi kerak. Bu adolatdan emas.

– Onang yoningda bo‘lmasligidan afsusdamam, Chad... – dedi Dag. – Hozir sen nimani his qilyapsan?

Chad nimalarni his qilayotgani haqida o‘ylanib qoldi.

– Men g‘azabni his qilyapman, men g‘azabdan o‘zimni tutib turolmayapman. Bu yomonmi?

Dag yosh do‘stining yelkasiga qoqdi.

– G‘azab – bu odamning keng tarqalgan oddiy javob harakatidir. Bu haqda menga aytib bergin.

– Men yuk mashinasi haydovchisidan qarama qarshi yo‘lga chiqib ketgani uchun g‘azablanyapman. Nima uchun u yerda yo‘llar juda tor? Balki onam mashinani burib olishga ulgurgan bo‘larmidi... – Chad bir oz jim turib, ko‘z yoshini artdi. – Shuningdek, men Xudodan biroz g‘azablanyapman. Nega U bunga yo‘l qo‘ydi? U mana shu baxtsiz hodisaning oldini olishi mumkin edi. Nega U buni qilmadi? Oxir–oqibat, yuk mashinasi boshqa har qanday mashinaga, bolasi bo‘lmagan odamga urilishi mumkin edi–ku.

Dag boshini irg‘adi.

– Nega bunday bo‘lganini tushunish qiyin. – U bir oz jim turib, keyin so‘radi: – Sen his qilayotgan yana boshqa narsalar haqida gaplashmoqchimisan?

Chad boshqa tomonga qaradi va hech kim eshitmasligi uchun sekingina javob berdi:

– Menimcha, onam va Metti bilan bo‘lgan voqeda mening aybim bor.

– Sening aybing? Nima demoqchisan?

Chad boshini pastga tushirdi.

– Oxirgi paytlarda men ibodatda doimiy emasdim. Agar men oilam uchun doim ibodat qilganimda, ehtimol bunday bo‘lmasmidi.

– O, Chad, – dedi Dag, – seni bunday fikrlar bezovta qilayotgani uchun juda afsusdaman...

Chad davom etdi:

– Kecha men buni Xudoning oldida tan oldim va tavba qildim. Va agar Xudo onamning hayotini saqlab qolsa, Unga itoatkor va sodiq bo‘laman, deb va’da berdim.

Shu payt eshik ochildi va Ben bilan cho‘pon O’Nil sekinlik bilan qabulxonaga kirib kelishdi. Chad boshini ko‘tardi va otasiga qarab, hammasini tushundi.

– Menimcha, men ibodatim bilan kechikdim – dedi bola.

Ben ko‘z yoshlarini tiyib, qabulxonadagi hammaga dedi:

– Margaret hozir Rabbiy bilan… Va Metyu bilan…

Qarindoshlar va do‘stlar ularni quchoqlab, tarqala boshlashdi. Aftidan ular Margaretning azob–uqubatlari tugaganidan biroz yengil tortgandek bo‘lishdi. Biroq, uning o‘n besh yoshli o‘g‘li hali ham his–tuyg‘ular bilan kurashayotgan edi.

Ketishdan oldin, Dag Chadni chetga chaqirib,

– Bunda sening aybing yo‘q – deb shivirladi yigitga qayg‘urgancha qarab. – Ammo xavotir olma, men sen bilan bo‘laman va senga buni yengishga yordam beraman.


Книга на Узбекском языке: Смерть близкого человека (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о том, как пережить смерть близкого человека.

Пятнадцатилетний Чад Роджерс никогда раньше не испытывал таких страданий. В одночасье он потерял младшего брата, мать и лучшего друга Роба. Он знает, что должен найти выход и продолжать жить, когда тех, кого он любил, больше нет. Но как?

Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, как пережить потерю близкого человека. Если ты столкнулся с такой бедой, то из этой книги ты узнаешь, как справиться с ее последствиями, принять свершившееся и жить дальше.

А если у тебя есть друг, который, подобно Чаду, переживает смерть близкого человека, то в этой книге ты найдешь практические советы, как утешить, поддержать и ободрить его.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак