911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 2 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Яқин инсоннинг вафот этиши - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаYaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchiliklar  

Chadning hikoyasi. 1–qism

Oylab korish uchun vaqt

Chadning hikoyasi. 2–qism

Oylab korish uchun vaqt

Chadning hikoyasi. 3–qism

Oylab korish uchun vaqt

Chadning hikoyasi. 4–qism

Oylab korish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Chad tushunganidek, yaqin qarindoshining yoki do‘stining o‘limini boshdan kechirish nihoyatda og‘riqli va qiyin. Ehtimol siz ham shunga o‘xshash tajribaga ega bo‘lgandirsiz. Bu ota–onangizdan biri, saraton kasalligidan vafot etgan bobongiz yoki buvingiz, avtohalokatda vafot etgan yaqin do‘stingiz, uyg‘onmaslik uchun uxlab qolgan ukangiz yoki singlingiz bo‘ladimi, yoki sizga yaqin bo‘lgan boshqa odammi, – bu juda og‘riqli. O‘limni, ayniqsa u to‘satdan va kutilmaganda sodir bo‘lganida, masalan, Metyuning avtohalokatdagi o‘limiga o‘xshab yoki zo‘ravonlik natijasida yurak xurujidan sodir bo‘lsa, boshdan kechirish qiyin va buni qabul qilish oson emas.

Agar siz yaqin kishining o‘limiga duch kelgan bo‘lsangiz, Chad hikoyasining birinchi qismida, sizga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir nechta fikrlarga e’tibor qaratish lozim.

Birinchidan, bunday holat sodir bo‘lganda, siz turli his–tuyg‘ularni boshdan kechirishingiz mumkin: qayg‘u, umidsizlik, qo‘rquv va hatto g‘azabni ham. Hayotingizda hech qachon yig‘lamagandek yig‘lashingiz mumkin. Siz emotsional bo‘shliqni his qilishingiz mumkin. Siz vaziyatdan, vafot etgan va sizni yolg‘iz qoldirgan kishidan, yoki uning o‘limida aybdor deb hisoblagan odamdan (yoki odamlardan) va hatto bunga yo‘l qo‘ygan Xudodan g‘azablanishingiz mumkin. Ushbu his–tuyg‘ularning barchasi odatiy va tabiiy ekanligini tushunish juda muhim: Xudo sizni shunday yaratdi. Sizning his–tuyg‘ularingiz o‘rnatilgan klapanga o‘xshaydi, u orqali yurak og‘rig‘i chiqadi. Ularni tushunish va ularga dosh bera olish muhim. Albatta, ularni ifoda etishning sog‘lom va nosog‘lom usullari bo‘lishi mumkin.

Dag va Jenni Chadga bergan oddiy maslahat mutlaqo to‘g‘ri edi: his–tuyg‘ularingizni ichingizga yutmang, ularni tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ying. Va ular Chadning yonida bo‘lishdi va u bilan yig‘lashdi. Bu munosabat Isoning so‘zlarida aks etilgan: "Yig‘layotganlar baxtlidir, chunki ular tasalli topadilar" (Matto 5:4). Yig‘lash – bu, yurak og‘riqlar tashqariga chiqib ketadigan jarayon. Og‘riqni o‘zingizda saqlamang, boshqalar bilan baham ko‘ring, shunda ular sizga hamdard bo‘lishadi. Bu siz uchun Xudoning marhamati va shifoning boshlanishi bo‘ladi. Bu bosqichda har xil hissiyotlarni boshdan kechirish juda muhim (va foydali).

Ikkinchidan, yaqin qarindoshingiz yoki do‘stingiz vafotidan keyingi birinchi soatlarda siz hammasidan ko‘ra ko‘proq tasalliga muhtojsiz. Shuning uchun Dag va Jenni Chad va uning otasi bilan bo‘lish uchun darhol kasalxonaga yetib kelishdi. Biz yurak og‘rig‘ni his qilayotgan paytimizda, bu og‘riqni biz bilan boshqalar ham his qilayotgani bizga eng katta yengillik keltiradi. Xudo bizga boshqa odamlar orqali tasalli beradi. Havoriy Pavlus shunday deb yozgan edi: "Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga, har turli tasallining manbai bo‘lgan Xudo — marhamatli Otaga hamdu sanolar bo‘lsin! Har xil azob–uqubatlarga uchraganimizda, Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz." (2 Kor. 1:34).

Tasalli o‘zi nima? Ehtimol, birinchi navbatda nima emasligini ko‘rib chiqish foydali bo‘ladi. Tasalli – bu o‘zingizni ushlab turishga va ruhingizni yo‘qotmaslikka da’vat etish emas. Tasalli bu nima uchun odamlarning muammolari borligini tushuntirishga urinish emas. Tasalli – bu, Xudo hammasini nazorat qilyapti kabi "to‘g‘ri" so‘zlar to‘plami emas. Bularning barchasi o‘z vaqtida foydali bo‘lishi mumkin, lekin bu bizning tasalliga bo‘lgan ehtiyojimizni qondirmaydi.

Bizga asosan odamlar bizning og‘rig‘imizni his qilishlari va biz bilan birga qayg‘urishlari tasalli beradi. Iso do‘sti Lazar vafot etganida tasalli xizmatini ko‘rsatdi (qarang: Yuh. 11). Iso Lazarning opa–singillari Maryam va Martaning uyiga kelganida, ular bilan birga yig‘lab yubordi (qarang: Yuh. 11:33–35). Va buni esda tutish juda muhim, ayniqsa keyin nima qilganini nazarda tutsak: esingizda bo‘lsa U Lazarni tiriltirdi (qarang: Yuh. 11:38–44).

Nega Iso yuragi ezilgan Maryam va Martaga: "Yig‘lama, Lazar tez orada hayotga qaytadi", demadi? Chunki o‘sha paytda ular qayg‘usini o‘rtoqlashadigan odamga muhtoj edilar. Iso ular bilan yig‘lab, tasalliga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirdi. Va keyin U mo‘‘jiza yaratdi va ularning qayg‘usini quvonchga aylantirdi.

Agar biz qayg‘u paytida yolg‘iz emasligimizni bilsak, uni boshimizdan o‘tqazish biz uchun yengilroq bo‘ladi. Havoriy Pavlus bizga shunday deb o‘rgatgan: "Xursand bo‘lganlar bilan xursand bo‘linglar va yig‘laganlar bilan yig‘langlar" (Rim 12:15). Siz qayg‘uda bo‘lganingizda, odamlar sizni yupatishni, sizni kuchli bo‘lishga undashni yoki nima uchun muammo yuz berganini tushuntirishni istab, tasalli berishga harakat qilishlari mumkin. Shubhasiz, bu odamlar sizga g‘amxo‘rlik qilishadi va qo‘lidan kelganicha harakat qilishadi. Lekin ular haqiqiy tasalli nima ekanligini bilmasliklari mumkin. Shu payt yoningizda Dag Shou singari sizga chindan ham tasalli beradigan inson bo‘lishiga umid qilamiz. Kimdir siz bilan birga azoblaringizni tushunib, qayg‘u chekayotganida, hatto yig‘layotganda, siz Xudoning g‘amxo‘rligini his qilasiz. Dag va Jenning xatti–harakatlari og‘ir va fojeali sharoitlarda haqiqiy tasalli berishning yaxshi namunasidir.

Biroq, Chad Rojers yaqinda shuni bilib oladiki, yaqin kishining o‘limini boshdan kechirish boshqa ko‘plab jihatlarni ham o‘z ichiga oladi.


Книга на Узбекском языке: Смерть близкого человека (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о том, как пережить смерть близкого человека.

Пятнадцатилетний Чад Роджерс никогда раньше не испытывал таких страданий. В одночасье он потерял младшего брата, мать и лучшего друга Роба. Он знает, что должен найти выход и продолжать жить, когда тех, кого он любил, больше нет. Но как?

Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, как пережить потерю близкого человека. Если ты столкнулся с такой бедой, то из этой книги ты узнаешь, как справиться с ее последствиями, принять свершившееся и жить дальше.

А если у тебя есть друг, который, подобно Чаду, переживает смерть близкого человека, то в этой книге ты найдешь практические советы, как утешить, поддержать и ободрить его.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак