911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 3 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Низолар - (2 қисм) Китоб Ўзбек тилидаNizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchiliklar 

Kenning hikoyasi. 1–qism

Oylab korish uchun vaqt

Kenning hikoyasi. 2–qism

Kenning hikoyasi. 3–qism

Oylab korish uchun vaqt

Mualliflar haqida


KENNING HIKOYASI. 2-QISM

Kenga ko‘pincha va’z paytida diqqatini jamlashi qiyin bo‘lar edi, lekin bugungi kunda bu unga undanda ko‘p qiyinchilik tug‘dirdi. Ken ota-onasi va singlisi Hillari bilan birga o‘tirar ekan, boshqalar ularni barkamol masihiy oila deb hisoblashgani haqida qayg‘uli kinoya bilan o‘ylardi. Ammo Ken uchun bu oila umuman mavjud emas edi. Ota-onasi ko‘p jihatdan uni cheklab qo‘ygan qamoqxona nazoratchilari kabi edi. U jazo muddatini o‘tab, 18 yil o‘tgach erkinlikka chiqishini kutardi. Qiziq, Dag ota-onasi va Todd bilan bo‘lgan munosabatlariga ta’sir qilarmikan, deb o‘ylardi Ken.

Ertalab ibodat oxirida Ken yakshanba maktabining bo‘sh xonasida Dag bilan uchrashdi. Ken ota-onasiga Dag bilan uchrashishi kerak bo‘lgan sababni aytmadi, u faqat Dag u bilan gaplashmoqchi ekanini aytdi. Ota-onasi Kenni tush paytida olib ketishlarini aytib, qolishiga ruxsat berishdi. «Ehtimol ular Dag men bilan xulq-atvorim haqida gaplashadi deb umid qilishmoqda». Ken surbetlasha boshladi.

- O‘tgan haftadagi suhbatimizdan beri uyda ishlar qanday kechmoqda, Ken? - savoldan boshladi Dag.

Ken yelkasini qisdi:

- Menimcha, hech narsa o‘zgargani yo‘q. Aftidan bu oilaning a’zosi emasman. Men ular bilan yashayman, ularning uyida uxlayman, lekin otam va onam ular yoqtirmagan ishlarini qilmagunimcha meni payqamaydilar va har hafta norozilik uchun ko‘p sabablarni topadilar.

- Ha, sen ota-onang senga o‘zing xohlagancha munosabatda bo‘lishmasligini aytganding, - dedi Dag. - Biz gaplashgandan beri men sen uchun ibodat qilaman, chunki men sen uchun juda xavotirlanaman.

- Rahmat - Ken boshini egdi. Dagning ibodatlari va xavotir qilishlari yigit uchun muhum edi va ko‘proq narsani anglatardi u buni so‘zlar bilan ifodalab berolmasdi. - Menga bergan eslatmangiz uchun rahmat aytaman. Bu yordam berdi.

- Men senga bir nechta savol bermoqchiman, Ken, - davom ettirdi Dag. - Bu sening muammolaring qanday paydo bo‘lganini va oilang hamda do‘sting bilan munosabatlarni yaxshilashga yordam berishini tushunishga imkon beradi.

Ken: "Yaxshi, so‘ravering", deb boshini irg‘adi.

- Ota-onangga ovqatlanishni xohlayotganingni aytganmisan? Tushlikka nima bor deb so‘raganmisan?

Ken Dagning nega bunday savollar berayotganini tushunmay, hayratdan qoshlarini ko‘tardi.

- Albatta, haftada besh martagacha. Nima uchun...

Dag unga gapini tugatishga imkon bermay quyidagi savolni berdi:

- Ota-onang sen uchun doim ovqat tayyorlashadimi?

- Bu, tabiiyku - dedi Ken, uning muammosiga oziq-ovqat qanday aloqasi bo‘lishi mumkinligini tushunmay, hayratda qolib. - Agar ular tushlik yoki kechki ovqatga kelishmasa, men ovqatni muzlatgichdan topa olaman. Buni nega so‘rayapsiz?

- Sendan yana bir narsani so‘rashga ijozat ber, shunda sen tushunib yetasan deb o‘ylayman, - dedi Dag. - Ota-onangga o‘zingni keraksiz his qilayotganingni aytganmisan? Senga hech bo‘lmasa o‘n besh daqiqa vaqt ajratishlarni so‘raganmisan?

Ken Dagga diqqat bilan qaradi. Dag unga aytishga toqat qilaolmayotgan sirga ega bo‘lgan odamga o‘xshardi.

- Yo‘q, hech qachon, - deb javob berdi nihoyat Ken. - Sizningcha, ota-onasi bilan shu tarzda gaplashadigan bolalar bormi? Bunday bo‘lmaydi.

Dag yana gapirishni davom etdi.

- Ammo sen och bo‘lganingda, ulardan ovqat haqida so‘rashdan qo‘rqmaysanku, to‘g‘rimi?

- Ha.

- Unday bo‘lsa, nega sen boshqa ehtiyojlaring haqida gapira olmaysan va ota-onangdan sen bilan suhbatlashishni iltimos qila olmaysan?

Ken javob bermasdi, chunki u nima deyishini bilmas edi. U hech qachon ota-onasiga o‘zining his-tuyg‘ulari haqida gapirishga harakat qilmagandi.

Shubhasiz, Dag javob kutmagan edi, shuning uchun u davom etdi:

- Ken, agar ota-onang shunchaki o‘tirib, sening hayotingga qiziqish ko‘rsatib, ular seni tinglashsa munosabatlaring yaxshiroq bo‘lishi mumkin bo‘lardi.  

Ken aql bovar qilmaydigan fikrga jilmayardi. Dag yana so‘rashni davom ettirdi.

- O‘zingni qanday his qilarding, agar ular sening yaxshi xatti-harakatingni payqashib, to‘g‘ri ish qilganing uchun seni maqtashsa?

Ken kulib yubordi.

- Men ularning kayfi baland deb o‘ylardim.

Dag ham kulib yubordi.

- Ammo jiddiy gaplashsak, agar ota-onang senga kerakli tarzda g‘amxo‘rlik qila boshlasa, ular bilan munosabatlaring yaxshi bo‘larmidi? Ular seni sevganini his qilarmiding?

Ken darhol javob berdin:

- Albatta, lekin...

Dag qo‘li bilan to‘xtab tur degan ishora qildi:

- Agar ularga aytmasang, ota-onang g‘amxo‘rlikka muhtoj ekanligingni qanday bilishadi? - U javobni kutib o‘tirmadi. - Senda hammada bo‘lganiday ma’lum istaklar va his-tuyg‘ular mavjudir. Sen ota-onangga ovqatlanishni xohlayotganingni aytasan va ular senga ovqat berishadi. Ishonaman, agar sen ularga e’tibor va roziligingga muhtoj ekanligingni aytsang, ular seni qo‘llab-quvvatlashadi, chunki ular seni chin dildan sevishadi.

Ken biroz vahimaga tushdi:

- «Agar sen ularga... aytsang» nima degani?

- Demoqchimanki, sen ota-onang bilan birga o‘tirasan, muammolaringni tushuntirib berasan va ulardan yordam so‘raysan. Bu haqda Todd bilan ham gaplash. Unga munosabatlaringizda nima yetishmayotganini aytib berishing kerak.

Ken o‘rnidan turib xonada yura boshladi.

- Men ota-onam bilan gaplasha olamanmi, bilmayman, - dedi u hayajonlanib.

- Ishonchim komil, gaplasha olasan - dedi Dag, uning ovozida qat’iyatli ishonch bor edi. - Agar xohlasang, men ushbu suhbat davomida yoningda bo‘lishim mumkin.

Ken to‘xtab qoldi:

- Balki siz mening o‘rnimga ota-onam bilan gaplashishingiz mumkin?

- Men sen bilan birga ota-onang bilan gaplashaman, - deb to‘g‘irladi uni Dag. - Va keyin sizlar bilan birga sening aniq muammolaring va ularni qanday hal qilishing haqida ibodat qilaman.

Kenga bunga ishonish qiyin edi:

- Siz buni haqiqatan ham men uchun qila olasizmi? - Ishonmay, hayajon bilan so‘radi Ken.

- Faqat sen buni xohlasang, - dedi Dag. - Va ota-onang bilan suhbatdan so‘ng, sen Toddga nima deyishni bilib olasan.

- Ajoyib, bu zo‘r bo‘lardi! - dedi Ken xo‘rsinib, yengil tortib.

Keyingi qirq daqiqada Dag Kenga ota-onasi bilan bo‘lgan munosabatlari keskinlashib borayotgan sohalarni aniqlashga va kuzatuvlarini qog‘ozga yozishga yordam berdi. Muhokama ularga Kenning uyda qondirilmaydigan uchta hissiy ehtiyojlarini aniqlashga yordam berdi. Keyin ular birgalikda Xudodan Kenning ota-onasi bilan samarali suhbat qurishda yordam berishini iltijo qilishdi.

Otasi Kenning izidan kelganida, Dag birozdan keyin ularnikiga tashrif buyursa e’tiroz bildirmaydimi, deb so‘radi. «Ken va men siz bilan gaplashmoqchiman», dedi u do‘stona.

Janob  Meyers bunga qarshi emasligini aytdi.

Ken yo‘lda biron so‘z demasdan uyiga ketardi. U yaqinlashib kelayotgan suhbatdan asabiylashardi, shuningdek, ishlari yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid qilardi.

O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Kenga nafaqat yoshlar yetakchisining tasallisi kerak edi. Balki uning ota-onasi va do‘sti bilan bo‘lgan nizolarni hal qilish juda muhim edi. Biroq, bu sizlar uchun ham zarurdir. Yana ikkita muhim nuqta bor.

Birinchidan, sizga yordam kerak. Tasalli va qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi farq nimada? Odamlar sizning qayg‘uingizni hissiy jihatdan baham ko‘rishganda sizga kerakli tasalli berishadi, agar amaliy yordam berishsa - qo‘llab-quvvatlaydilar. Siz uchun amrlarga rioya qiladigan odamlarning yordami kerak: «Boshingizga g‘am-tashvish tushganda, bir–biringizni qo‘llab–quvvatlanglar. Shunday qilsangizlar, Masihning amrlarini bajargan bo‘lasizlar» (Gal 6:2).

Dag Shou Kenni qanday qo‘llab-quvvatlaganiga e’tibor bering. Dag tasalli berishdan tashqari, Kenga aniq harakatlar to‘g‘risida o‘ylashga yordam berdi va keyin ota-onasi bilan suhbatlashishni taklif qildi. Sizga nafaqat mojaro holati tufayli paydo bo‘lgan qayg‘u va og‘riqni baham ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan odam, balki mojaroni hal qilishda sizga yaxshi maslahat beradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan kishi kerak.

Boshqalar tomonidan taqdim etilayotgan yordamni e’tiborsiz qoldirishga yoki hatto rad etishga moyil bo‘lishingiz mumkin. Siz buni o‘zingiz hal qila olasiz deb o‘ylayshingiz mumkin, yoki o‘z muammolaringiz bilan boshqalarni bezovta qilishni xohlamaysiz. Ammo, shubhalarni bir chetga surib qo‘ying, Xudo bizning hayotimizda ba’zida boshqalarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan davrlar bo‘lishini biladi, shuning uchun Galatiyaliklarga maktubda (6:2) aytilgan so‘zlar Muqaddas Kitobda yozilgan. Odamlar sizga yordam berishlariga imkon bering va ularga minnatdor bo‘ling. Bu Xudo ushbu davrlarda sizga g‘amxo‘rligini ko‘rsatadigan usullardan biridir.

Agar sizga amaliy yordam kerak bo‘lsa, lekin sizga hech kim uni taklif qilmasa nima qilish kerak? Unda o‘zingiz so‘rang. O‘zingizning muammoingizni ishonchli do‘stingiz, yoshlar yetakchisi yoki jamoat xizmatkori bilan baham ko‘rishda va yordam so‘rashda hech qanday yomon joyi yo‘q. Ko‘pgina hollarda, odamlar yordam berishni xohlashadi, lekin ular nima qilishni bilishmaydi. Sizga kerakli yordam haqida aniq aytib berish orqali, ular sizni qo‘llab-quvvatlashlariga yordam bering.

Ikkinchidan, sizga dalda kerak. Siz buni boshqa odam ko‘nglingizni ko‘tarishi uchun biron bir narsa qilganida qabul qila olasiz. Dagning Ken uchun ibodat qilishga tayyorligi, ustozning ilhomlantiruvchi so‘zlari, eslatmasi uni rag‘batlantirdi. Va, albatta, uning uyidagi mojaroni hal qilish uchun amaliy choralar ko‘rishga rozi bo‘lganligi. Bunday dalda, masalan, amaliy yordam kabi samarali bo‘lmasligi mumkin, ammo bu juda muhim.

Shuningdek, agar kerak bo‘lgan daldani olmasangiz, iltimos qilib so‘rang. Sizdan xavotirda bo‘lgan kishiga: “Iltimos, meni quchoqlang” yoki “Men bilan bir oz qoling”, deyish tabiiydir.

Ken uning muammolarini hal qilish uchun amaliy choralar ko‘rish mumkinligini anglab yetti. Odamlar bilan til topishmasangiz, ularni qiyin fe’l-atvorga ega deb o‘ylaysiz. Bu qisman haqiqat bo‘lib chiqishi mumkin, ammo vaziyatga chuqurroq qarash ham kerak. Dag Kenga ba’zi masalalar hal etilmaganda ziddiyat hollar yuzaga kelishini ta’kidladi. Va bunday savollar jamiki odamlarda paydo bo‘ladi. Bizda jismoniy ehtiyojlarimiz bor: oziq-ovqatda, dam olishda, xavfsizlikda. Ruhiy ehtiyojlarimiz ham mavjud: biz kechirimga muhtojmiz, Xudo bilan munosabatlarda, ayb va sharmandalikdan xalos bo‘lishimiz ham muhim. Shuningdek, hissiy ehtiyojlarimiz ham bor: sevgida, himoyada va o‘zimizni kerakli his qilish.

Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, uyalmang va xijolat bo‘lmang; Xudo bizni shunday ehtiyojlar bilan yaratdimi, demak Xudoda ularni qondirish uchun yo‘llari bor. Filippiliklarga maktubning 4 bob 19 oyatida shunday deyilgan: “Xudoyim O‘zining ajoyib boyligi bilan Iso Masih orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi”. Ushbu oyat uchta aniq dalilni ochib beradi: 1) Xudo sizga nima kerakligini biladi; 2) Xudo sizning ehtiyojlaringizni qondirishni xohlaydi; 3) Xudo Iso Masih orqali shon-sharafdagi boyligi bo‘yicha ehtiyojlaringizni qondira oladi.

Xudo ba’zi ehtiyojlarni siz bilan muloqot qilish jarayonida zudlik bilan qondiradi. Rabbiy barcha ehtiyojlar qondiriladigan manbadir va U sizga kerakli hamma narsani mo‘l-ko‘l berishni xohlaydi. Ammo U boshqa odamlar orqali ham ishlaydi. Hayotingizning ushbu bosqichida ota-onangiz bilan bo‘lgan munosabatlar hissiy ehtiyojlaringizni qondirishning asosiy usuli hisoblanadi. Shuningdek, u boshqa oila a’zolaridan, jamoat rahbarlaridan, do‘stlaridan ham foydalanishi mumkin. Biroq, ehtiyojlaringizni, shu jumladan his-tuyg‘ularni qondirish uchun Xudo tomonidan ishlatiladigan asosiy vosita - ota-onangizdir.

Sizning hissiy ehtiyojlaringiz qanday? Ken singari siz ham bu savolga qanday javob berishni bilmasligingiz mumkin. Ehtimol ota-onangiz yoki do‘stlaringiz hissiy ehtiyojlaringizni qondirishmayotgandir, chunki ular sizga nima kerakligini bilishmaydi. Ammo muammolaringiz haqida gaplashsangiz, munosabatlaringiz qanday o‘zgarishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘ring! Ularni ota-onangiz bilan baham ko‘ring, otangiz va onangiz bilan jang qilish o‘rniga, ular bilan muloqot qilishni boshlang, shunda siz ehtiyojlaringiz qanday qondirilishini ko‘rasiz. Endi, xuddi shu harakatlar qanday qilib siz va ba’zi do‘stlaringiz o‘rtasidagi nizolarni hal qilishga yordam berishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.

Odatda, bizning oltita asosiy ehtiyojlarimiz, munosabatlarda qondirilmaydi. Bu e’tiborda, ijobiy bahoda, tasdiqlashda, qabul qilinishda, hurmat va mehrga bo‘lgan ehtiyojimizdir. Xudo bizni shunday yaratdi va bu ehtiyojlarni qondirishda yordam berish uchun bizga ota-onalarni va do‘stlarni berdi. Odatda, odamlar o‘rtasidagi ziddiyat yuqoridagi ehtiyojlar aniqlanmagan yoki aniq ifoda etilmagan hollarda yuzaga keladi. Axir, agar biz ota-onamizga ovqat yeyishni xohlaganimizda, oziq-ovqat kerakligini aytsak, unda nima uchun ularga hissiy ehtiyojlarimiz haqida aytmas ekanmiz?

Ushbu oltita muhim ehtiyojlar to‘g‘risida o‘qiyotganingizda, ularning ikkitasini yoki uchtasini o‘zingiz uchun aniqlagan bo‘lishingiz mumkin. Ehtimoldan xoli emas, sizning eng o‘tkir hissiy muammolaringiz ular bilan bog‘liq bo‘lsa. Bu haqda sizga ota-onangiz bilan suhbatlashishingiz foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.

 

E’TIBOR. Bizning e’tiborimizga bo‘lgan ehtiyojimiz, kimdir bizning dunyomizga qiziqish bilan kirib kelsa, kim ekanligimizni va nima qilayotganimizni tushunishga harakat qilganligida qondiriladi. Agar siz quyidagi bayonotlarning kamida bir nechtasi bilan rozi bo‘lsangiz, unda siz yaqin odamlardan yetishmayotgan e’tiborga muhtojsiz.

  • Ota-onam yoki do‘stlarim meni hech qachon tinglashmaydi.
  • Ota-onamda yoki do‘stlarimda men uchun vaqt yetishmaydi.
  • Ota-onam yoki do‘stlarim ko‘pincha meni payqashmaydi.
  • Ota-onam kamdan-kam hollarda men bilan shug‘ullanishadi.
  • Do‘stlarim hech qachon men xohlagan narsani qilishni xohlashmaydi.
  • Ota-onam men ishtirok etadigan (konsertlar, o‘yinlar va boshqa) tadbirlarga deyarli hech qachon qatnashmaydi.

 

IJOBIY BAHO. Boshqalar bizni maqtasa yoki qilgan ishimiz uchun minnatdorchilik bildirsa, biz o‘zimizni qadrlanganligimizni sezamiz. Quyidagi gaplarni o‘qing, agar bu siz haqingizda bo‘lsa, unda sizga maqtov va ijobiy baho kerak.

  • Uyda biron bir ish qilganimda, ota-onam buni kamdan-kam payqashadi.
  • Ota-onam mening yomon xatti-harakatim haqida ko‘p gapirishadi, lekin yaxshi tomonlarini deyarli eslatib o‘tirishmaydi.
  • Ota-onam yoki do‘stlarim mening yaxshi fazilatlarim haqida xabardorlar deb o‘ylamayman.
  • Ota-onam va do‘stlarim men o‘zimni omadsizdek his qilishga undaydilar.

 

QABUL QILINISH. Boshqalar bizning individualligimiz hamda nomukammalligimizni tushunganlarida va lekin, baribir bizni yaxshi ko‘rishsa biz o‘zimizni qabul qilingan deb his qilamiz. Qabul qilinganlikni his qilmagan kishi o‘zi va yaqinlari haqida quyidagilarni aytishi mumkin.

  • Ota-onam va do‘stlarim men ular xohlagan narsani qilsamgina menga g‘amxo‘rlik qilishadi.
  • Ota-onam men ulardan farq qilganligimni qabul qila olmaydilar.
  • Ba’zida o‘zimni oilamiz a’zosi kabi his qilmayman.
  • Ota-onam yoki do‘stlarim menga hech narsaga tushunmaydigan odam kabi murojaat qilishadi.
  • Agar men noto‘g‘ri ish qilsam, ota-onam yoki do‘stlarim meni kechira olmaydilar.

 

HURMAT. Bizning hurmatga bo‘lgan ehtiyojimiz boshqa odamlar tomonidan qadrlanishini va hurmat qilinishini his qilganimizda qondiriladi. Agar sizga hurmat ko‘rsatishmasa, unda siz quyidagi bayonotlarda o‘zingizni taniysiz.

  • Men o‘zimni ota-onam yoki do‘stlarim meni doimo masxara qiladigandek his qilamam.
  • Uyda mening hech qanday huquqim yo‘q.
  • Men o‘zimni ota-onam yoki do‘stlarim menga ishonmaydigandek his qilaman.
  • Otam va onam menga kichkina bola kabi munosabatda bo‘lishadi.
  • Ota-onam har doim mening harakatlarim va so‘zlarimning to‘g‘riligini tekshirishadi.

 

BOG‘LIQLIK. Ushbu ehtiyoj jismoniy yaqinlik va mehrli so‘zlar orqali qondiriladi. Bolalar va ota-onalar o‘rtasida mehr-muhabbat yo‘qligi quyidagi bayonotlarda aks etadi.

  • Menimcha, ota-onam akamga/singlimga mendan ko‘ra yaxshiroq munosabatda bo‘lishadi.
  • Men ota-onamga yoki do‘stlarimga yaqinroq bo‘lishni xohlardim.
  • Ota-onam meni sevishlarni kamdan-kam aytishadi.
  • Ota-onam kamdan-kam hollarda meni quchoqlashadi yoki o‘pishadi.
  • Men ota-onamdan yoki do‘stlarimdan yetarlicha mehr olmayman.
  • Bilaman, ota-onam meni yaxshi ko‘rishadi, lekin ba’zida ularning sevgisini his qilib bo‘lmaydigan muomala qilishadi.

 

Sizning munosabatlaringizda ushbu oltita ehtiyojning qaysi biri qondirilmayapti? Ibodat qiling va buni ota-onangiz yoki do‘stlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Qanday qilib o‘z ehtiyojlaringizni birgalikda qondirishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.

Shuni yodda tutish kerakki, har kimning hissiy ehtiyojlarini qondiradigan munosabatlar - bu ikki tomonlama yo‘ldir. Shuningdek, sizning ota-onangiz va do‘stlaringiz ham e’tiborga, minnatdorchilikda, ma’qullashda, qabul qilinishda, hurmatga va mehrga muhtoj bo‘lishi mumkin. Aslida, Siz bu faqat sizga kerak deb o‘ylamasligingiz kerak. Bu ehtiyojlarni qondirish va munosabatlaringizni yanada yaxshilash uchun bir-biringizga yordam berishning ko‘p usullari mavjud.

Muammoni hal qilishda qanday yondashuvni tanlaysiz? Ota-onangizga yoki do‘stlaringizga his-tuyg‘ularingizni qanday aytib bermoqchisiz? Ken Meyers buni ustozi va do‘sti Dag Shou yordamida amalga oshirmoqchi. Sizchi?


Книга на Узбекском языке: Конфликты, конфликты (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

Цель книги "Конфликты, конфликты" - помочь наладить такую связь с другими, которую предназначил для нас Бог.

Данная книга использует стратегию "читай и практикуй", поэтому вы сможете оказать "помощь 911" человеку, который борется с подобными проблемами в современном мире.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак