911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 2 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Низолар - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаNizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchiliklar 

Kenning hikoyasi. 1–qism

Oylab korish uchun vaqt

Kenning hikoyasi. 2–qism

Kenning hikoyasi. 3–qism

Oylab korish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Ota-onangiz bilan bo‘lgan munosabatlaringiz Kenning oilasidagi holatga o‘xshaydimi? Sizningcha, ular bilan har bir sababga ko‘ra janjallashasizmi? Daldadan ko‘ra ko‘proq tanqidni eshitasizmi? Ota-onangiz tashqi ko‘rinishingizdan, xulq-atvoringizdan norozimilar? Ularga xonangiz, tinglaydigan musiqangiz, do‘stlaringiz, sinfdoshlaringiz va umuman siz qiladigan hamma narsa yoqmaydimi? Ular xatolaringizni osongina payqaydilarmi va to‘g‘ri harakatlaringizni, yaxshi ishlaringizni qiyinchilik bilan ko‘rishadimi yoki umuman nazarga olishmaydimi? Sizning tortishuvlaringiz ko‘pi janjal bilan tugaydimi? Sizningcha, ular sizning birodarlaringiz va opa-singillaringiz bilan ko‘proq qiziqishadi deb o‘ylaysizmi? Sizni chinakam sevish-sevmaslik haqida bir necha bor o‘ylab ko‘rganmisiz?

Ba’zi oilalarda otalar va bolalar o‘rtasidagi ziddiyat shu qadar chuqurki, u haqiqiy urushga aylanib ketadi: ota-onalar bolalarning himoyasi va g‘amxo‘rligi, uy-joy, tibbiy yordam, ta’lim va shu kabi asosiy huquqlarini e’tiborsiz qoldirishadi. Kaltak va yomon so‘zlar (so‘kishlar) boshqa dalillarning o‘rniga ishlatiladi. Bunday oilalarda bolalar hayoti va sog‘lig‘iga tahdidlarni oldini olish uchun ota-onalari tomonidan jismoniy, jinsiy yoki ruhiy zo‘ravonliklardan saqlanishlari kerak.

Biroq, Kenning oilasida bo‘lganidek, boshqa oilalarda ota-onaning bolaga e’tiborsizligi qonun chegarasidan chiqmaydi. Kenning ota-onasi masihiylardir, ular o‘g‘lining va qizning barcha muhim ehtiyojlarini qondiradilar, ularga nisbatan jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik qilmaydilar. Shunga qaramay, ular o‘z farzandlarining boshqa, unchalik aniq bo‘lmagan ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirishda aybdor bo‘lishlari mumkin. Ehtimol, xuddi shunday holat sizning oilangizda ham sodir bo‘layotgandir. Ota-onangiz sizning xavfsizligingizni, qulay yashash sharoitlari bilan ta’minlaydi va sizning jismoniy farovonligingizga g‘amxo‘rlik qiladilar. Ammo sizlar qiyinchilik bilan o‘zaro til topishasiz, aftidan, siz o‘zingizni sevimli va tushunilgan ekaningizni his qilish uchun kuniga uch mahal ovqatdan va boshpanadan tashqari boshqa muhim narsalar kerakligini ular anglashmaydi.

Hayotingizdagi boshqa bir muhim munosabatlar haqida nima deyishingiz mumkin? Ular Kenning Todd bilan “do‘stligi”ga o‘xshamaydimi? Bugun siz ajralmas do‘stsiz, ertaga esa janjallashib, bir-biringizga begona yoki hatto dushman bo‘lib tuyulasizmi?

Shunday qilib, siz ota-onangiz, do‘stlaringiz yoki boshqa odamlar bilan janjallashganda buning sababi deyarli har doim bir xil. Bu sizning hissiy ehtiyojlaringizni e’tiborsiz qoldirishlaridir, shuning uchun ziddiyat kuchayadi.

Uchta asosiy jihatni tushunishingiz juda muhimdir.

  • Birinchidan, odamlar nima uchun sizga e’tibor bermasligini bilishingiz foydali bo‘ladi.
  • Ikkinchidan, siz boshqa odamlar tomonidan e’tiborsiz qolgan hayotingizning ehtiyojlarini aniqlashingiz kerak bo‘ladi.
  • Uchinchidan, ota-onalaringizga yoki do‘stlaringizga ehtiyojlaringiz haqida qanday gapirish kerakligini tushunish juda muhimdir.

 

Ushbu kitob sizga bunda yordam beradi.

Birinchidan, ota-onalar nima uchun ehtiyojlaringizni umuman bilmasligi haqida gapiraylik. Mukammal ota-onalar mavjud emas. Kattalar ko‘plab hayotiy masalalarni hal qilishlari va qo‘shimcha ravishda farzandlarini tarbiyalashlari kerakdir. Oiladagi, ishdagi, muammolar va moliyaviy majburiyatlar va boshqa tashvishlar ko‘plab ota-onalarga farzandlariga e’tibor berishiga to‘sqinlik qiladi. Ota-onalar farzandlarining ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirishining ko‘p sabablari bor. Quyida keltirilgan sabablarning bir yoki bir nechtasi bilan yuzma-yuz kelishgani tufayli ota-onangiz sizga yetarlicha e’tibor bermasliklari mumkin.

Moliyaviy qiyinchiliklar. Ko‘pgina ota-onalar har kuni qiyin mehnat bilan oziq-ovqatga, farzandlariga va xarajatlarni to‘lash uchun ko‘p mehnat qilishadi. Bolalari bu haqida hatto bilishmaydi. Ota-onaning faqat bittasi bo‘lgan oilalarda o‘z farzandlari uchun juda oz vaqt ajratib, kun ko‘rish uchun ikkita ishda ishlashlari kerak bo‘ladi. Ko‘pgina oilalarda ota-onalari to‘liq ish kuni ishlashadi. Moliyaviy tashvishlar shu qadar charchatishi mumkinki, ota-onalarda farzandlari uchun yetarlicha kuch qolmaydi.

Hayotning shiddatli tezligi. Ota-onalar ko‘pincha biznes bilan shu qadar band bo‘ladilarki, ularning ba’zi muhim ishlari tugallanmay qoladi. Ishdagi martabalari, jamoa, jamoat ishlari ularning ko‘p vaqtini talab qilishi mumkin. Aslida, bolalarining ishlari - sport bilan shug‘ullanishi, maktabdagi vazifalari, musiqa darslari, yozgi lagerlari, jamoatdagi tadbirlari va shunga o‘xshash narsalar - bu faqat ularning kun tartibiga qo‘shimcha bo‘lib qoladi. Ota-onalar shu qadar band bo‘lib qoladilarki ular eng muhim narsani - o‘zlarining bolalariga diqqatli bo‘lishni unutib qo‘yadilar.

Oilaning buzilishi. Ajralish va yolg‘izlik - inson uchun katta ruhiy zarbadir. Ba’zan ota-onalardan birining yelkasiga ikki kishi tomonidan olib borilishi kerak bo‘lgan mas’uliyat yuki tushadi. Qo‘shimcha moliyaviy yuk, yangi ish yoki maktab, yangi munosabatlar - bularning barchasi yolg‘iz qolgan ota-onani chalg‘itadi va bolaga e’tibor berish qiyinroq bo‘ladi.

Katta oila. Ba’zi bolalar ko‘p bolali katta oilalarda o‘sishadi, shu sababli ota-onalarga har bir bolaga yetarlicha e’tibor va g‘amxo‘rlik qilishlari qiyin bo‘ladi.

Egotsentrizm. Agar ota-onalar faqat o‘z manfaatlari bilan yashashsa ular o‘z farzandlariga qiziqish bildirmaydilar. Mansab pog‘onalaridan ko‘tarilish yoki moddiy farovonlikka erishish - ular uchun ustuvor vazifa bo‘lib, yuqoriroq va balandroq ko‘tarilishadi, u yerdan bolalarning his-tuyg‘ulari va istaklari umuman ko‘rinmaydi.

Ota-ona bo‘lish uchun tajribaning yetishmasligi. Ba’zi ota-onalar farzandlarining ehtiyojlarini qanday qondirishni bilishmaydi. Ular noto‘g‘ri tarzda ota-ona vazifalari faqat jismoniy va moddiy yordamdan ibodat deb hisoblashadi.

 

Ehtimol, ota-onangiz sizni va sizning turmush tarzingizni ataylab rad etishmaydi. Ehtimoldan yiroq emas, balki ularga keltirilgan ba’zi sabablar muammolaringizni tushunishiga xalaqit beradimi?

Shunga o‘xshash sabablar, ehtimol, do‘stlaringiz va boshqa odamlar bilan bo‘lgan mojarolaringiz markazida bo‘lishi mumkin. Aksariyat do‘stlar hissiy tajribangizga qiziqish bildirishmaydi, chunki ular o‘z hayotlari bilan juda band, o‘zlariga e’tibor berishadi, ehtimol, ular istashmaydi yoki do‘stlarini qanday qo‘llab-quvvatlashni bilishmaydi.

Kenning o‘qishiga yaqinlari bilan ziddiyatli munosabatlar haqida tashvishlanish salbiy ta’sir ko‘rsatdi. U ota-onasining ko‘magi va ishtirokiga juda muhtoj edi. Bunday qiyinchiliklar sizning kundalik hayotingizga qanday ta’sir qiladi? Odamlarning bir-birlari bilan til topisha olmasliklari ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi. Ehtimol, quyidagilardan birontasi sizga tanish bo‘lib tuyular.

  • Siz o‘zingizni kerakli va foydali inson deb his qilmaysiz.
  • Xuddi Ken singari, siz ham maktabga bo‘lgan qiziqishingizni yo‘qotgan bo‘lishingiz mumkin, natijada maktabdagi baholaringiz pasayib ketdi.
  • Sizga befarq bo‘lmagan odamlardan e’tibor bo‘lmaganidan va qabul qilinmaganingizdan axloqiy va ma’naviy qadriyatlarning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan odamlar bilan yaqinlashasiz.
  • Sizda boshqa odamlar bilan munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirishda qiyinchiliklar tug‘iladi.
  • Siz ota-onangizga quloq solmaysiz yoki do‘stlaringizning e’tiborini jalb qilish yoki ularning e’tiboridan chetda qolganingiz sababli jazolash uchun xafa qilasiz.
  • O‘zaro munosabatlarda yaqinlik, do‘stona issiqlik yoki g‘amxo‘rlikning etishmasligi sizni spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalarni iste’mol qilishga majbur qiladi.
  • Jinsiy faoliyat orqali siz yetishmayotgan yaqinlikka bo‘lgan ehtiyojingizni qondirasiz.

 

Siz qanday qilib boshqa odamlar bilan munosabatlarni yaxshilashga va nizolarning salbiy oqibatlarini yengishga harakat qilyapsiz? Ken Meyers to‘g‘ri qaror qabul qildi. U Dag Shouga ishongan do‘sti va masihiy ustozga murojaat qildi hamda unga muammolari haqida gapirib berdi. Mojarolar bilan bog‘liq turli xil his-tuyg‘ularni boshdan kechirayotgan bo‘lishingiz mumkin. Siz tushkunlikka tushishingiz, umidsizlik, yolg‘izlik, qo‘rquv va hatto g‘azabni his qilishingiz mumkin. Siz sodir bo‘lgan vaziyatdan yig‘lashingiz va oxir-oqibat his-tuyg‘ularga berilib hissiy bo‘shliqni his qilasiz. Yoki sodir bo‘layotgan hodisalar tufayli ota-onangizga yoki do‘stlaringizga va hatto Xudoga g‘azablanasiz.

Ushbu his-tuyg‘ular va tashvishlarning barchasi odatiy va tabiiy ekanligini anglash kerak: Xudo sizni shunday yaratgan. His-tuyg‘ularingiz ichki klapanga o‘xshaydi, u orqali yurak og‘rig‘ingiz chiqadi. Ularni tushunish va ular bilan kurashish muhimdir. Albatta, ularni ifoda etishning sog‘lom va nosog‘lom usullari bo‘lishi mumkin.

Ken, o‘z muammolarini hal qilishga urinib, Dagning oldiga kelib, o‘z kechinmasini va ​​qayg‘usini aytib berdi, u o‘sha payt davolanish sari birinchi qadamni qo‘ydi. Ushbu qaror Isoning so‘zlarida aks etadi: «Yig‘layotganlar baxtlidir, chunki ular tasalli topadilar» (Mat. 5:4). Yig‘lash – bu jarayonda ruhiy og‘riq ichdan tashqariga chiqadi. O‘z og‘rig‘ingizni ichingizda ushlamang. Odamlar sizga hamdard bo‘lishlari uchun ular bilan dardingizni baham ko‘ring. Bu siz uchun Xudoning marhamati va davolanishingizning boshlanishi bo‘ladi. Ushbu bosqichda turli tuyg‘ularni boshdan kechirish juda muhim (va foydali).

His-tuyg‘ularingizni ifoda etishingiz va yaqinlaringizdan tasalli olishingiz shart. Ken o‘z kechinmasini Dagga aytib berdi. Dag Kenga achinib, uning qayg‘usiga hamdard bo‘ldi. Biz ruhiy og‘riqni boshdan kechirayotgan davrlarda, eng katta yordam - boshqalar bu og‘riqni biz bilan baham ko‘rishdan kelib chiqadi. Xudo boshqa odamlar orqali bizga tasalli beradi. Havoriy Pavlus shunday deb yozgan edi: «Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga, har turli tasallining manbai bo‘lgan Xudo - marhamatli Otaga hamdu sanolar bo‘lsin! Har xil azob-uqubatlarga uchraganimizda, Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz» (2Kor 1:3-4).

Tasalli nima? Ehtimol, birinchi navbatda, tasalli nima emasligini ko‘rib chiqish foydalidir. Tasalli - bu ruhni cho‘ktirmaslikka va tushkunlikka tushmaslikka chaqiruv emas. Tasalli - bu odamlar nima uchun muammolarga duch kelayotganini tushuntirishga urinish emas. Tasalli - bu Xudo hamma narsani nazorat ostida ushlab turadigan «to‘g‘ri» so‘zlar to‘plami emas. Bularning barchasi o‘z vaqtida foydali bo‘lishi mumkin, ammo bu bizning tasalliga muhtoj ehtiyojimizni qondirmaydi.

Bizga asosan tasalli beradigani shuki, - odamlar bizning dardimizni his qilishlari va biz bilan qayg‘urishlaridir. Iso do‘sti Lazar vafot etganida tasalli berish xizmatini namoyish etdi (qarang: Yuh. 11). Iso Lazar, Maryam va Martaning uyiga kelganida, ular bilan birga yig‘ladi (qarang: Yuh. 11:33-35-oyatlar). Va U keyinchalik nima qilganini yodda tutish juda muhimdir: U Lazarni tiriltirdi (qarang: Yuh. 11:38-44-oyatlar).

Nega Iso yuragi ezilgan Maryam va Martaga shunchaki: «Yig‘lama, Lazar yaqinda hayotga kaytadi», deb aytmadi? Chunki o‘sha paytda ular qayg‘usiga sherik bo‘ladigan odamga muhtoj edilar. Iso ular bilan yig‘lab ularning tasalliga bo‘lgan ehtiyojini qondirdi. Va keyin mo‘‘jiza yaratdi va ularning qayg‘usini quvonchga aylantirdi.

Biz azob chekishda yolg‘iz emasligimizni bilsak, biz uchun osonroq bo‘ladi. Havoriy Pavlus shunday yozgan: «Sevinayotganlar bilan birga sevininglar, yig‘layotganlar bilan birga yig‘langlar» (Rim 12:15). Qayg‘uda bo‘lganingizda, odamlar sizga dalda berishadi, kuchli bo‘lishingizga undashadi yoki muammo nima uchun ro‘y berganini tushuntirish orqali sizni yupatishga urinishadi. Shubhasiz, bu odamlar sizga g‘amxo‘rlik qiladilar va sizga yaxshilik qilishni xohlaydilar. Ammo ular haqiqiy tasalli nima ekanligini bilmasligi mumkin. Umid qilamanki, Dag Shou singari kimdir sizni chindan ham yupatishi va tasalli berishi mumkin. Biror kishi siz bilan birga azob chekayotgan bo‘lsa, qayg‘ursa yoki hatto siz bilan yig‘lasa siz shu paytda Xudoning g‘amxo‘rligini his etasiz. Dag Shouning xatti-harakatlari qiyin sharoitlarda haqiqiy tasalli berishning yaxshi namunasidir.

Shunday qilib, yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun birinchi qilishingiz kerak bo‘lgan narsa, bu sizning yukingizni siz bilan baham ko‘radigan va qayg‘uradigan inson bilan bo‘lishishdir. Bu Dag Shou kabi yoshlar yetakchisi, sizning ruhoniyingiz yoki ustozingiz, ishonchli masihiy do‘stingiz bo‘lishi mumkin. Biroq, muammoni hal qilish uchun nafaqat qayg‘ungizni aytib tasalli olishingiz lozim bo‘ladi, bunga esa Ken Meyers tez orada ishonch hosil qiladi.


Книга на Узбекском языке: Конфликты, конфликты (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

Цель книги "Конфликты, конфликты" - помочь наладить такую связь с другими, которую предназначил для нас Бог.

Данная книга использует стратегию "читай и практикуй", поэтому вы сможете оказать "помощь 911" человеку, который борется с подобными проблемами в современном мире.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак