911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 6 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ота-онанинг ажралиши - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаOta-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Jessikaning hikoyasi. 1-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Jessikaning hikoyasi. 2-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Jessikaning hikoyasi. 3-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Jessikaning hikoyasi. 4-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Og‘riqli vaziyatni boshdan kechirganingizda, sizda uchta ehtiyojlar paydo bo‘lishi mumkin. Ularni qondirishda sizga Jenni kabi ruhiy ustozlar va Natali kabi masihiy do‘stlar yordam berishi mumkin. Siz ushbu ehtiyojlardan xabardor bo‘lishingiz va boshqalarga ularni qondirishga yordam berishingiz juda muhimdir.

Sizga tasalli kerak. Ota-onangiz ajrashayotganini bilganingizda, tasalli olishga ehtiyojingiz paydo bo‘ladi. Jessika ota-onasining ajrashishi haqida xabar berganida, Jenni aynan shunday qildi. Biz uchun og‘ir paytlarda, eng katta yengillik boshqalarning bu og‘riqni biz bilan baham ko‘rishidan keladi. Xudo bizni boshqa odamlar orqali yupatadi. Havoriy Pavlus shunday deb yozgan edi: “Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga, har turli tasallining manbai bo‘lgan Xudo - marhamatli Otaga hamdu sanolar bo‘lsin! Har xil azob–uqubatlarga uchraganimizda, Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz." (2Kor. 1:3-4). Tasalli - o‘zini tutib turish va ruhini cho‘ktirmaslikka da’vat etish emas. Tasalli - bu odamlarda nima uchun muammolar borligini tushuntirishga urinish emas. Tasalli - Xudo hammasini nazorat ostida ushlab turgani haqidagi "to‘g‘ri" so‘zlar to‘plami emas. Bularning barchasi o‘z vaqtida foydali bo‘lishi mumkin, ammo bu bizning tasalliga bo‘lgan ehtiyojimizni qondirmaydi.

Bizga asosan odamlar og‘rig‘imizni his qilishlari va biz bilan birga qayg‘urishlari tasalli beradi. Iso do‘sti Lazar vafot etganida tasalli xizmatini ko‘rsatdi (qarang: Yuh. 11-bob). Iso Lazarning opa-singillari Maryam va Martaning uyiga kelganida, ular bilan birga yig‘lab yubordi (qarang: Yuh. 11:33-35). Va buni esda tutish juda muhim, ayniqsa keyin nima qilganini nazarda tutsak: esingizda bo‘lsa U Lazarni tiriltirdi (qarang: Yuh. 11:38-44).

Nega Iso yuragi ezilgan Maryam va Martaga: "Yig‘lama, Lazar tez orada hayotga qaytadi", demadi? Chunki o‘sha paytda ular qayg‘usini o‘rtoqlashadigan odamga muhtoj edilar. Iso ular bilan yig‘lab, tasalliga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirdi. Va keyin U mo‘‘jiza yaratdi va ularning qayg‘usini quvonchga aylantirdi.

Agar biz qayg‘u paytida yolg‘iz emasligimizni bilsak, uni boshimizdan o‘tkazish biz uchun yengilroq bo‘ladi. Havoriy Pavlus bizga shunday deb o‘rgatgan: "Xursand bo‘lganlar bilan xursand bo‘linglar va yig‘laganlar bilan yig‘langlar" (Rim 12:15). Siz qayg‘uda bo‘lganingizda, odamlar sizni yupatishni, sizni kuchli bo‘lishga undashni yoki nima uchun muammo yuz berganini tushuntirishni istab, tasalli berishga harakat qilishlari mumkin. Shubhasiz, bu odamlar sizga g‘amxo‘rlik qilishadi va qo‘lidan kelganicha harakat qilishadi. Lekin ular haqiqiy tasalli nima ekanligini bilmasliklari mumkin. Shunda sizga haqiqiy tasalli beradigan Jenni Shou kabi kimdir oldingizda bo‘lib qolishga umid bog‘lashingiz kerak. Kimdir siz bilan kuyinganda, qayg‘urganda hattoki yig‘laganda, siz Xudoning g‘amxo‘rligini o‘zingizda his qilasiz. Jennining o‘zini tutishi -  bu og‘ir vaziyatlarda ko‘rsatilgan chinakam tasallining yaxshi namunasidir.

Siz qo‘llab-quvvatlashga muhtojsiz. Sizga yordam kerak. Jessika ota-onasining ajrashishini boshidan o‘tkazgan paytda u tasallidan ko‘proq nimagadir muhtoj edi. Unga yordam kerak edi. Tasalli va qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi farq nimada? Odamlar qayg‘ularingizni his-tuyg‘ulari bilan baham ko‘rganlarida sizga kerakli tasalli beradilar va sizga amaliy yordam berganlarida, qo‘llab-quvvatlaydilar. Kundalik hayotning qiyinchiliklari og‘ir vaqtlarda ham saqlanib qoladi. Biroq, do‘stingiz ularni bajarish uchun shunchaki kuchga ega bo‘lmasligi mumkin. U amrga amal qiladigan kishining yordamiga muhtoj: "Bir-biringizning og‘irliklaringizni ko‘taringlar va shu tariqa Masihning qonunini bajaringlar" (Galat. 6:2).

Jenni Jessikani qo‘llab-quvvatlab, uni uchrashishga taklif qildi va unga fikrlar hamda his-tuyg‘ular labirintini tushunishga yordam berdi. Shuningdek, u o‘zining his-tuyg‘ulariga qanday munosabatda bo‘lishi kerakligi haqida Muqaddas Kitobga asoslangan amaliy maslahatlar berdi. Shuningdek, u Natali bilan do‘stiga Jessika hozir o‘zi bajara olmaydigan kundalik vazifalarni bajarishda yordam berish uchun kelishib oldi.

Odamlar taklif qilayotgan yordamni e’tiborsiz qoldirish yoki hatto rad etish vasvasasiga tushishingiz mumkin. Siz buni o‘zingiz hal qila olaman deb o‘ylashingiz mumkin yoki muammolaringiz bilan boshqalarni bezovta qilishni xohlamaysiz. Biroq, shubhalaringizni bir chetga surib qo‘ying. Xudo biladiki, hayotimizda boshqalarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan paytlarimiz bor, shuning uchun Galatiyaliklarga maktubdagi so‘zlar (6:2) Muqaddas Kalomga kiritilgan. Odamlarning sizga yordam berishlariga imkon bering va ulardan minnatdor bo‘ling. Bu Xudo ushbu vaqtlarda siz uchun O‘zining g‘amxo‘rligini ko‘rsatadigan usullardan biridir.

Agar sizga amaliy yordam kerak bo‘lsa-yu, lekin hech kim yordam bermasa-chi? Bunday holda yordamni o‘zingiz so‘rang. Muammoingizni ishonchli do‘stingiz, yoshlar guruhining xizmatkori yoki jamoat cho‘poni bilan bo‘lishish va yordam so‘rashning yomon joyi yo‘q. Misol uchun, agar Jenni Nataliga qo‘ng‘iroq qilmaganida, Jessikaning o‘zi do‘stidan yordam so‘rashi mumkin edi. Aksariyat hollarda odamlar yordam berishni xohlashadi, ular nima qilishni bilishmaydi. Sizga nima kerakligini aniq aytib berish orqali ularga sizni qo‘llab-quvvatlashga yordam bering.

Sizga dalda kerak. Tasalli va qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, sizga dalda kerak. Boshqa odam sizni xursand qilish uchun biror narsa qilsa, dalda olishingiz mumkin. Jessika uchun Jennining qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta xabarlari va shunchaki u uchun qilayotgan ibodati dalda bo‘ldi. Jessikani uning ahvolini ko‘rish uchun qilingan Natalining tashrifi ruhlantirdi. Bunday dalda berish amaliy yordam kabi kuchli ko‘rinmasligi mumkin, ammo bu xuddi shunday zarur.

Va yana, agar siz kerakli dalda olmayotgan bo‘lsangiz, so‘rang. Sizdan xavotirda bo‘lgan odamga "Iltimos, meni quchoqlang" yoki "Bir muddat men bilan qoling" deyish odatiy holdir.

Sizni sevadiganlardan oladigan tasalli, qo‘llab-quvvatlash va dalda sizning ruhiy holatingizni sezilarli darajada yaxshilaydi.

Endi Jessika ota-onasi ajrashish haqida e’lon qilganidan keyin bir oy ichida u bilan sodir bo‘lgan o‘zgarishlar haqida o‘zi gapirib beradi.


Книга на Узбекском языке: Развод родителей (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о трудностях, которые переживает подросток при разводе родителей.

Когда пятнадцатилетняя Джессика Инграм услышала, что ее родители разводятся, она поняла - с этого момента ее жизнь изменится навсегда. Что делать, когда кажется, что вместе с распадом семьи рушится весь твой мир?

Авторы предлагают библейскийответ на вопрос, что можно сделать в подобной ситуации. Если ты столкнулся с такой бедой, то из этой книги ты узнаешь, как справиться с ее последствиями и адаптироваться к переменам.

А если у тебя есть друг, который, подобно Джессике, переживает из-за развода родителей, то в этой книге ты найдешь практические советы, как утешить, поддержать и ободрить его.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак