911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 3 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ота-онанинг ажралиши - (2 қисм) Китоб Ўзбек тилидаOta-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Jessikaning hikoyasi. 1-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Jessikaning hikoyasi. 2-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Jessikaning hikoyasi. 3-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Jessikaning hikoyasi. 4-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


JESSIKANING HIKOYASI. 2-QISM

Jessika juma kuni ertalab Jenni Shouga qo‘ng‘iroq qilishga ikkilanib, bu haqida juda ko‘p o‘yladi. Bir tomondan, u qo‘ng‘iroq qilmaslik bu ahmoqlik ekanini tushunardi: chunki ular o‘tgan yozda oromgohda uchrashgan paytdan boshlab, Jenni doimo uning yaxshi do‘sti va maslahatchisi bo‘lib kelgan. Shunga qaramay, Jessika ota-onasining ajrashishi haqida gapirishga majbur bo‘lishidan biroz xijolat tortdi. Biroq, Natali uni Jenniga qo‘ng‘iroq qilishga undadi, Jessika esa dugonasiga juda ishonardi.

Jessika nihoyat raqamni terganida va Jenni javob bermasidan oldin go‘shakni qo‘yish istagi bilan kurashganida, u to‘g‘ri ish qilayotganini tushundi. Tafsilotlarsiz Jessika ular uchrashib, juda muhim masala haqida gaplasha olishadimi deb so‘radi. Jenni ertaga tushdan keyin ular egalik qiladigan va Dag bilan ishlagan mini-bosmaxonadan ertaroq chiqib ketishi mumkinligini aytdi. Quyoshli, issiq havo kutilgan edi va Jenni daryo bo‘yida quyoshda toblanishni taklif qildi. Jessika rozi bo‘ldi va murabbiy uni taxminan soat birlarda olib ketishga va’da berdi.

Ertasi kuni ular uchrashib, daryoning qirg‘og‘iga, suvda cho‘milayotgan bolalarni ko‘rish uchun, suvga yaqin joyda, lekin shu bilan birga, ularning suhbatini boshqa hech kim eshitmasligi uchun, dam oluvchilardan uzoqroqda joylashdilar. Ular sochiqni yoyib, bir-birlariga terini quyosh nurlaridan saqlovchi kremini surtishdi.

Jessika nimadan boshlashni bilmay to‘g‘ridan to‘g‘ri:

- Ota-onam ajrashishyaptilar - dedi.

Jenni lol qoldi.

- Jessi, bo‘lishi mumkin emas! - dedi u ovozida og‘riq bilan, qo‘lini Jessikaning qo‘liga qo‘yib. - Bu haqda bilmasdim. Men hech narsa eshitmagandim.

- Bu haqda Natalidan boshqa hech kim bilmaydi, - deb tushuntirdi Jessika. - Men hech kim bilishini xohlamadim. Ammo Natali men siz bilan gaplashishim kerakligini aytdi.

- Afsusdaman, Jessi!.. Senga hozir juda qiyin bo‘lsa kerak.

Jessika ustozining so‘zlarida unga tasalli berish istagini his qildi. U muammosi haqida Jenni bilan bo‘lishishni qaror qilganidan xursand edi.

- Bizning uyimizda hozir hamma narsa boshqacha, hamma narsa... boshqacha, - dedi u.

- O, Jessika, buni eshitish naqadar achinarli... - Jenni yig‘lab yuborishga tayyordek tuyuldi va Jessika o‘zini, tomog‘iga bir narsa tiqilgandek his qildi. - Bu haqda menga aytib bermoqchi bo‘lsang, men seni tinglayman.

Jessika ota-onasi o‘rtasidagi mojaro, yaqinlashib kelayotgan ajralish haqida kimgadir aytishga qanchalik tayyor ekanligini hatto tasavvur ham qilmagan edi. Deyarli yarim soat davomida o‘z muammosi haqida Jenniga aytib, u bilan bo‘lishdi. Ularning uyida janjal, ayniqsa mushtlashishlar bo‘lmagan, deb tushuntirdi u. Agar bularning barchasi bo‘lsa, ajralish ancha xotirjam qabul qilinar edi. Onasi va otasi jimgina bir-birlaridan uzoqlashdilar. Ularning har biri birga bo‘lganlarida ham o‘z dunyosida yashaganga o‘xshardi. Otasining ko‘p vaqt talab qiladigan biznesi, golf klubi bor edi. Onasi ishqiy romanlar, seriallar va jurnallardan iborat xayolidagi dunyoda yashar edi. Va to‘satdan Jessika ota-onasining orasida shunchalik umumiylik yo‘q, ehtimol ular alohida yashashsa baxtliroq bo‘lishar edi deb o‘yladi.

U kuzgi rejalari - kim kim bilan yashashi haqida gapira boshlagan paytgacha o‘zini yig‘lashdan tutib turdi.

- Otam meni yoki Karenni u bilan yashashimizni xohlasa kerak, - dedi u ko‘z yoshlari bilan. - Va men yana hozirgacha oilani buzishni xohlamayman. Men dadamni yaxshi ko‘raman, lekin mening joyim onam Karen va Mark bilan. Men nima qilishni bilmayman. - Jessika odamlar oldida yig‘lashni xohlamadi, garchi yaqin atrofda unga e’tibor beradigan hech kim yo‘q bo‘lsa ham. U o‘zini to‘xtatmoqchi bo‘ldi, lekin Jenni uni quchoqlaganini his qilib, ko‘zlarida yoshni ko‘rib, chiday olmadi.

- Hechqisi yo‘q, Jessi, - dedi Jenni. - Senga qanchalik og‘ir ekanini bilaman. Hamma narsa shunday bo‘layotganidan juda afsusdaman. Men sen bilan. Yig‘la.

Jessika his-tuyg‘ularga erkinlik berib, yig‘lab yubordi. Birinchi marta ota-onasi ajrashgani uchun yig‘ladi.

Ko‘zlarini artayotib, Jessika, uning ichida birdaniga xuddi opasi Karendagi kabi olov yonayotganini his qildi. Ko‘z yoshlarining oqimi to‘g‘onni yorib o‘tgandek bo‘ldi va barcha his-tuyg‘ular to‘kildi.

- Nega, nega bizga bunday qilishyapti? Bu noto‘g‘ri! Bu, ayniqsa Markga nisbatan adolatsizlik! - Ukasi yolg‘iz azob chekayotgani haqidagi fikr Jessikaning ko‘z yoshlariga yana bir sabab bo‘ldi.

Jenni hamon uni quchoqlab dedi:

- Bularning barchasini boshdan kechirayotganingdan afsusdaman, chunki men seni yaxshi ko‘raman. Ammo biz buni birgalikda hal qila olamiz, men sen bilan bo‘laman.

Jenni ibodat qildi va Jessika uni haqiqatan ham katta opasidek his qildi.

Bir necha daqiqadan so‘ng ular ko‘zlarini artib, o‘zlarini tartibga keltirishdi va hatto boshqalarning nigohlarida qanday ko‘ringanliklari haqida biroz hazil qilishdi. Shundan so‘ng Jenni jiddiy ohangda dedi:

- Ajralish yaqin kishining o‘limiga o‘xshaydi. Biror kishi vafot etganida, inson qayg‘u chekadi va bu jarayon bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Oila vafot etganida, sen ham xuddi shularni his qilishing mumkin.

- Ha, Natali menga bu haqda nimadir aytdi, - dedi Jessika. –Bularning hammasi mantiqiy, lekin men bu bosqichlar qanday ekanligini bilmayman.

Bir necha daqiqa davomida Jenni Jessikaga keyingi bir necha hafta ichida duch kelishi mumkin bo‘lgan qayg‘uning besh bosqichini tasvirlab berdi. Oddiy tushuntirish Jessikaga ayni paytda unga nima bo‘layotganini anglashga yordam berdi.

Keyin Jenni so‘radi:

- Balki sen bilan yana, bir necha bor uchrashib, his-tuyg‘ularing va bu bosqichlarni qanday o‘tish haqida gaplashsak bo‘ladimi?

- Siz, men endi imonga kelganimdagidek birga nonushta qilib, Muqaddas Kitobni o‘rganish paytida muloqot qilmoqchimisiz? – dedi Jessika

- Ha, agar xohlasang, - deb javob berdi Jenni.

Jessika jilmayib qo‘ydi. Ular Jenni bilan o‘tkazgan vaqtlari unga imonini mustahkamlashga va ruhan o‘sishiga yordam berdi.

- Albatta, men xohlayman, - dedi Jessika.

Jessika va Jenni keyingi ikki shanba kuni, va agar kerak bo‘lsa, keyingi kuni uchrashishga va birga nonushta qilishga qaror qilishdi. Keyin ular suzishga ketishdi.

Ota-onasi alohida yashashayotganidan beri Jessika birinchi marta o‘zining dardi va qayg‘usi bilan yolg‘iz emasligini his qildi. Jenni keyingi haftada unga bir necha marta qo‘ng‘iroq qildi va unga dalda beruvchi elektron pochta xabarlarini yubordi. Natali ham Jessika uchun ibodat qilayotganini eslatish uchun qo‘ng‘iroq qildi yoki uyiga kirib o‘tdi. Ota-onasining ajrashish haqidagi qarori yakuniy ekanligini bilgan birinchi haftada qizga ayniqsa qiyin bo‘ldi. Va u yuzaga kelgan vaziyatga o‘ziga xos tarzda munosabatda bo‘lgan Karen va Markdan ham xavotirda edi. Jessikaga ancha yengil edi, chunki ikki yaqin odami u haqida qayg‘urayotganini va uni qo‘llab-quvvatlashini bilar edi. Va u do‘sti va ruhiy ustozidan tasalli olib, ukasi va opasiga yordam bera olishiga umid qildi.


Книга на Узбекском языке: Развод родителей (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о трудностях, которые переживает подросток при разводе родителей.

Когда пятнадцатилетняя Джессика Инграм услышала, что ее родители разводятся, она поняла - с этого момента ее жизнь изменится навсегда. Что делать, когда кажется, что вместе с распадом семьи рушится весь твой мир?

Авторы предлагают библейскийответ на вопрос, что можно сделать в подобной ситуации. Если ты столкнулся с такой бедой, то из этой книги ты узнаешь, как справиться с ее последствиями и адаптироваться к переменам.

А если у тебя есть друг, который, подобно Джессике, переживает из-за развода родителей, то в этой книге ты найдешь практические советы, как утешить, поддержать и ободрить его.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак