Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ота-онанинг ажралиши - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchilik
Jessikaning hikoyasi. 1-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Jessikaning hikoyasi. 2-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Jessikaning hikoyasi. 3-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Jessikaning hikoyasi. 4-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Mualliflar haqida
O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT
Ajralish - dunyodagi har qanday tilda, ayniqsa, ajrashgan ota-onalarning farzandlari uchun eng achinarli so‘zlardan biridir. Bu muammo ajdodlarimizdan ko‘ra bugungi kunda ko‘plab odamlarga ta’sir qiladi. 20-asrning o‘rtalarida Qo‘shma Shtatlarda nikohlarning taxminan 25 foizi ajralishlar bilan yakunlangan bo‘lsa, 1960-yillarga kelib bu raqam 50 foiz va undan ko‘proqqa ko‘tarilgan. Maktabingizdagi bolalarning yarmi ota-onasi ajrashgan yoki birga yashamaydigan oilalarda o‘sayotgan bo‘lishi mumkin. Va, ehtimol, siz ulardan biri bo‘lganingiz uchun bu satrlarni o‘qiyotgandirsiz.
Ajralish juda og‘riqli, chunki u hayotingizning poydevorini erta buzadi. Ota-onalar ojiz kichkintoy uchun sevgi va xavfsizlikning asosiy manbaidir. Oila Xudoning rejasiga ko‘ra shunday tashkil etilishi kerak. Va bu bola o‘smir bo‘lganida ham, u ma’lum bir mustaqillikka erishganida ham, ikkala ota-onasi bor bo‘lgan oila, hamon unga xavfsizlik hissini beradi. Ammo ota-onalarning ajrashishi natijasida oila buzilib ketganda, bu tuyg‘udan mahrum bo‘lgan bola uchun, Jessika Ingram kabi o‘z his-tuyg‘ularini tartibga solish va yengish juda qiyin.
Agar ota-onangiz ajrashgan yoki alohida yashayotgan bo‘lsa, siz turli his-tuyg‘ularni boshdan kechirishingiz mumkin. Turli vaqtlarda siz g‘azab, xijolat, uyat, aybdorlik, achchiqlik, qo‘rquv, chalkashlik, tushkunlik yoki yolg‘izlikni his qilishingiz mumkin. Bu siyqasi chiqan va hatto ahmoqona tuyulishi mumkin, lekin siz his qilayotgan narsalarni his qilasiz. Va, ehtimol, bu bilan hech narsa qila olmaysiz. Biroq, siz tuyg‘ularingizni yaxshiroq tushunishingiz va shunga mos ravishda ular bilan kurashishni o‘rganishingiz mumkin. Tajribali va ruhan yetuk masihiy do‘stingizga tuyg‘ularingiz haqida aytib berib, bo‘lishish foydali bo‘lishi mumkin. Natali Jessikaga maslahat berganidek, siz yoshlar yetakchisi, xizmatkor yoki jamoatingizning boshqa kattalar a’zosidan tasalli, qo‘llab-quvvatlash va dalda so‘rashingiz kerak.
Ota-onangiz ajrashayotgani haqidagi xabarga munosabatingiz qanday? Quyidagi so‘zlar sizning his-tuyg‘ularingizni aks ettiradimi?
Men bunga ishonmayman va bu haqda gapirishni xohlamayman. Haqiqatan ham hech narsa bo‘lmagandek munosabatda bo‘lish, yoki o‘zingizga otangiz va onangiz bu ishni oxirigacha olib borishmaydi, deb aytish tabiiy. Jessikaning ukasi Mark, ota-onaning hech qanday muammosi yo‘qligiga o‘zini ishontirishga harakat qilyapti. Rad etishning yana bir turi - yo‘q bo‘lgan ota-onani mukammallashtirish (idealizatsiya). Yoki tashvishingizni yashirish uchun sodir bo‘layotgan vaziyatlar haqida gapirish davomida quvnoqlik va beparvolikni ko‘rsatishdir. Yana Jessika kabi munosabatda bo‘lishingiz mumkin, ya’ni bu mavzu haqida gapirishdan bosh tortishingiz mumkin. Rad etish - qiyin vaziyatni yengishning keng tarqalgan, ammo nosog‘lom usulidir.
Men uyalaman va xijolat tortaman. Uyat va sharmandalik ham ota-onaning ajrashishiga tez-tez uchraydigan reaksiyalardir. Jessika singari, siz ham do‘stingizga oilangizda nimalar bo‘layotganini aytishdan juda uyalishingiz mumkin. Sizningcha, ajralish sizning oilangizda ishlar yaxshi emasligini isbotlaydi va ota-onangizning bir-biriga munosabatidan uyalishingiz va xijolat bo‘lishingiz mumkin. Siz, masalan, ota-onadan biri endi oilada yashamasligi va yangi turmush o‘rtoqni topgan bo‘lishi mumkinligi haqida tashvishlanishingiz mumkin. Shu sababli, jamoatingizning cho‘poni yoki a’zolari sizni va oilangizni hukm qilib, bunga norozi bo‘lishadi deb o‘ylashingiz mumkin. Ajralish qanchalik ayanchli bo‘lmasin, esda tutishga harakat qiling: siz va oilangiz bunga loyiq emassiz.
Men o‘zimni aybdor his qilyapman. Sizni ham, Jessika singari, xatti-harakatingiz ota-onangizning ajrashishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin degan fikr bezovta qilishi mumkin. Sizning itoatsizligingiz, yomon baholaringiz, jilovsiz fe’l-atvoringiz, aka-ukangiz yoki opa-singilingiz bilan janjallashishingiz yoki ota-onangizga mehringizni ko‘rsata olmaganingiz uchun, siz ularni ajralishayotganliklari uchun qandaydir javobgarlikni his qilishingiz mumkin. Ehtimol, ular (yoki boshqa kattalar) ajralishlariga sizning xatti-harakatlaringiz sabab bo‘lganiga ishora qilgan bo‘lishi mumkin. Aybdorlik tuyg‘usi vaziyatni tuzatish istagini keltirib chiqarishi mumkin. Biroq, siz oilaning qulashi, shuningdek, uning birlashishi uchun javobgar emasligingizni tushunishingiz lozim.
Men g‘azabni va xafa bo‘lganimni his qilyapman. Ota-onangizning ajrashishidan g‘azablanishingiz mumkin, chunki bu oilaviy hayotni buzadi va tartib bo‘lgan joyda tartibsizlikni keltirib chiqaradi. Siz ota-onangizdan ajralishni istamaganingiz uchun g‘azablangan bo‘lishingiz mumkin. Va o‘zingizni tashlab ketilgandek his qilishingiz olovni yanada kuchaytiradi. Bundan tashqari, siz to‘liq oilalarda o‘sgan do‘stlaringizdan farqlanganingiz uchun achchiqlanishingiz va xafa bo‘lishingiz mumkin. Yana, siz ota-onangiz o‘rtasidagi janjalning qurboni bo‘lishingiz mumkin. Ajralishning jismoniy va moliyaviy yuki ham sizni g‘azablantirishi mumkin. Qanday bo‘lmasin, kimgadir his-tuyg‘ularingiz haqida aytib berishingiz va ularni qanday qilib to‘g‘ri yengish haqida maslahat olishingiz kerak.
Men xavotir va qo‘rquvni his qilyapman. Ota-onalarning muammolariga tabiiy va umumiy reaksiya qo‘rquv va xavotirdir. Siz hozir qayerda yashashingiz, o‘qishingiz yoki ta’tilingizni o‘tkazishingiz haqida tashvishlanishingiz mumkin. Boshqa oila a’zolari, do‘stlari va jamoatingiz a’zolarining mumkin bo‘lgan reaksiyalari sizni qo‘rqitishi mumkin. Siz ota-onadan biri va uning barcha qarindoshlari sizni tark etishidan qo‘rqishingiz mumkin. Jessikaning g‘azabi va qo‘rquvi uning ishtahani yo‘qotishiga, dahshatli tushlar va terining qichishishiga olib keldi. O‘z qo‘rquvlaringizni tan olishingiz va ularni ota-onangiz va jamoat cho‘poni bilan bo‘lishishingiz juda muhimdir.
Men yengil tortganimni his qilyapman. Boshqa barcha his-tuyg‘ularga qo‘shimcha ravishda, onangiz va otangiz ajrashayotganidan biroz yengillik his qilishingiz mumkin. Bu holat sizning berahm odam ekanligingizni va ularga nisbatan rahm-shafqatingiz yo‘qligini anglatmaydi. Shunchaki, siz: “Ularning doimiy janjalidan ko‘ra boshqa hamma narsa yaxshiroq”, deb o‘ylayotgandirsiz. Ehtimol, ajralish sizni, ota-onaning biri tomonidan haqoratlanish va zo‘ravonligidan qutqaradi deb o‘ylashingiz mumkin. Biroq, siz boshdan kechirayotgan yengillik hissi ota-onangizni inkor etish yoki ulardan qasos olish shakli emasligiga ishonch hosil qiling.
Men o‘zimni sevilmagan, qadrsiz va rad etilgandek his qilyapman. Ota-onangizning nikohi buzilgani - sizni sevmasliklarini anglatadi deb o‘ylashingiz mumkin. Siz shunday deb o‘ylayotgandirsiz: “Dadam va onam o‘z muammolarini hal qilishga harakat qilishlari uchun meni loyiq emas deb o‘ylashadi”. O‘zingizni siz bilan birga yashamaydigan ota-onangiz tomonidan tashlab ketilgan his qilishingiz mumkin. Shuningdek, siz boshqa oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz yoki jamoatingiz a’zolari sizga past nazar bilan qarashayotgandek his qilishingiz mumkin. Shubha va rad etish hissi sizni bezovta qilishi mumkin. Bu haqda ota-onaga, yoshlar yetakchisiga yoki jamoat cho‘poniga ayting. Ular sizga ajralish sizning qadr-qimmatingizni aks ettirmasligini va ota-onangiz sizni sevmasligini anglatmasligini tushunishingizga yordam berishsin.
Men g‘amni, ezilayotganimni va tushkunlikni his qilyapman. Siz hozir boshdan kechirayotgan tuyg‘ularingiz, yaqini vafot etgan kishining his-tuyg‘ulariga o‘xshaydi. Ajrashgan ikkala ota-ona ham tirik, ammo bu holatda og‘riq kam emas. Ba’zida siz tushkunlikka tushishingiz mumkin. Siz o‘zingizni dangasa, befarq va hech narsa qilishni xohlamasligingizni his qilishingiz mumkin. Asablaringiz tarang, siz har qanday sababga ko‘ra portlashga tayyorsiz. Kuchli his-tuyg‘ular siz kutmagan paytda sizni qamrab olishi mumkin. O‘z his-tuyg‘ularingizni ifoda etish yoki ularga nima sabab bo‘lganini tushunish qiyin bo‘lishi mumkin. Qayg‘u - faqat umidsizlikka aylanmasagina bu kabi vaziyatda me’yor va sog‘lom javobdir.
Men o‘zimni ojiz va umidsiz his qilyapman. Ota-onangiz bilan ajrashish sizni tushkunlikka solishi mumkin, chunki siz buning oldini olish uchun hech narsa qila olmaysiz. Siz ajralish sababini yo‘q qilish orqali vaqtni orqaga qaytara olmaysiz va o‘tmishni o‘zgartira olmaysiz. Va siz ota-onalarning qaroriga ta’sir ko‘rsata olmaysiz, ularning munosabatlarini tiklay olmaysiz. Bu vaziyatning qayg‘uli haqiqati sizni ojiz va umidsiz his qilishiga olib kelishi mumkin. Va agar e’tiboringizni salbiy tomonlarga qaratishda davom etsangiz, o‘zingizni yomonroq va yomonroq his qilasiz. Siz qila olmaydigan narsalarga emas, balki his-tuyg‘ularingizni yengish uchun nima qilishingiz mumkinligiga e’tibor qaratish muhimdir.
Men o‘zimni menga nisbatan xiyonat qilingan va yolg‘iz qolgandek his qilaman. Ota-ona ajrashgandan keyin o‘zini begona va yolg‘iz his qilish odatiy hol. O‘zingizni ota-onangiz sizga xiyonat qilgandek his qilishingiz mumkin. Siz shunday deb o‘ylashingiz mumkin: "Men nimani boshdan kechirayotganimni hech kim tushunmaydi, hech kim his-tuyg‘ularimni bilmaydi". Siz jamoatingizdan, do‘stlaringizdan, ayniqsa ota-onasi hali ham birga bo‘lganlardan uzoqlashishni istashingiz mumkin. Va hatto sizga Xudo sizni tashlab ketgandek tuyulishi mumkin. Bu kabi his-tuyg‘ular sizni odamlardan uzoqlashishga majbur qilishi mumkin, xuddi Jessika va kompyuter o‘yinlariga kirib, o‘zini boshqalardan tortgan Mark kabi. Ushbu davrda yolg‘iz qolish istagiga qaramay, o‘z his-tuyg‘ularingiz haqida sizni sevadiganlar bilan - ota-onangiz yoki murabbiylaringiz bilan gaplashishingiz shart.
Siz qanday his-tuyg‘ularga ega bo‘lishingizdan qat’iy nazar, Xudo bu haqda bilishiga va U sizga g‘amxo‘rlik qilishiga amin bo‘lishingiz mumkin. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Ko‘ngli cho‘kkanlarga Egamiz yaqindir, Ruhan ezilganlarni U qutqaradi” (Zab. 33:19); "Ezilgan ko‘ngillarga U shifo beradi, Ularning yaralariga malham qo‘yadi...." (Zabur 146: 3). Rabbiy nafaqat siz bilan azob chekadi, balki sizga tasalli berishni, ruhiy jarohatlaringizni davolashni istaydi. Barcha tashvishingizni Xudoga topshiring, chunki U hamisha sizga g‘amxo‘rlik qiladi. (qarang: 1 Butr. 5:7).
Oilangizdagi vaziyat qayg‘uli bo‘lishi mumkin, ammo umidsiz emas. O‘z his-tuyg‘ularingizni birov bilan baham ko‘rish va ibodatga vaqt ajratish orqali siz oilangizda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga moslasha olasiz. Agar umidsizlik sizni qamrab olganini his qilsangiz, sukut va yolg‘izlikda azoblanmang. Jessika kabi sizga yordam bera oladigan odam bilan gaplashing.
Книга на Узбекском языке: Развод родителей (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
В этой книге речь пойдет о трудностях, которые переживает подросток при разводе родителей.
Когда пятнадцатилетняя Джессика Инграм услышала, что ее родители разводятся, она поняла - с этого момента ее жизнь изменится навсегда. Что делать, когда кажется, что вместе с распадом семьи рушится весь твой мир?
Авторы предлагают библейскийответ на вопрос, что можно сделать в подобной ситуации. Если ты столкнулся с такой бедой, то из этой книги ты узнаешь, как справиться с ее последствиями и адаптироваться к переменам.
А если у тебя есть друг, который, подобно Джессике, переживает из-за развода родителей, то в этой книге ты найдешь практические советы, как утешить, поддержать и ободрить его.