Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ота-онанинг ажралиши - (1 қисм) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchilik
Jessikaning hikoyasi. 1-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Jessikaning hikoyasi. 2-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Jessikaning hikoyasi. 3-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Jessikaning hikoyasi. 4-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Mualliflar haqida
JESSIKANING HIKOYASI. 1-QISM
O‘n besh yoshli Jessika Ingram garchi onasi aniq bir narsa demagan bo‘lsa ham, bo‘lajak oilaviy suhbat nima haqida bo‘lishini bilar edi. Jessikaning opasi Karen va uning ukasi Mark ham bu haqda bilishgan edi. Nima bo‘layotganini tushunmaslik uchun butunlay ko‘r va kar bo‘lish kerak edi, bundan tashqari, aqlsiz ham. Ota va ona farzandlariga ularning alohida yashashlari yordam bermaganini va ular ajralishga qaror qilganlarini e’lon qilmoqchi edilar.
Jessika ajralish haqidagi bo‘lajak suhbat uch oy oldin ota-onasining ajralishi haqidagi suhbat kabi yoqimsiz bo‘lishiga shubha qilmadi. U sulfat kislota idishiga sho‘ng‘ib, suhbatda qatnashmaslik uchun abadiy g‘oyib bo‘lishni afzal ko‘rar edi! Albatta, tom ma’noda emas. U o‘z joniga qasd qilish irodasizlarning taqdiri ekanligini va bundan tashqari, bu gunoh ekanligini yaxshi bilardi. Ammo bu uchrashuvdan keyin hammaga hozirgidan ham yomonroq bo‘lib qolsa, butun oila bilan uchrashishdan nima foyda? Va nima uchun kechki ovqat paytida muhokama qilib, ajralishga juda ko‘p e’tibor berish kerak?
To‘shakda ko‘ndalang o‘tirgan Jessika uydagi uni ezayotgan sukunatni eshitmaslik uchun quloqchindagi musiqaning ovozini balandlatdi. Uning o‘n sakkiz yoshli opasi Karen yarim soatdan keyin, ayni bu qiyin suhbat vaqtiga ishdan uyga qaytadi. Agar Karen hozir uyda bo‘lganida, u eshiklarni qarsillatib, ko‘ziga ko‘ringan har bir odamga g‘azabini ko‘rsatgan bo‘lardi. U buni “alamini kimdandir olish” deb nomlaydi. Aprel oyida o‘sha oila kengashidan so‘ng, ota va onasi alohida yashashlarini e’lon qilishganda, u sodir bo‘layotgan voqealardan g‘azabini yashirmadi. Karen alamini birovlardan olganida, Jessika hech bo‘lmaganda biroz yengillik his qildi: sukunatga chidab bo‘lmas edi.
Ularning o‘n ikki yoshli ukasi Mark o‘z xonasida o‘tirardi. U Karenning aksi edi. Aprel oyidagi birinchi suhbatdan keyin onasi undan o‘zini qanday his qilayotganini so‘raganida, u shunchaki yelkasini qisib, kompyuter o‘yinlarini o‘ynashga ketdi. Xuddi hech narsa bo‘lmagandek. Hozir ham u, ehtimol, quloqchin orqali musiqa tinglab, kompyuterda o‘zga sayyoraliklar bilan mardonavor kurashmoqda. Jessika oilaviy inqiroz unga ham ta’sir qilganini tushundi, u shunchaki o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoldi. Jessika uning uchun qo‘rqardi: qachongacha ahvol bunday davom etar ekan?
Onasi ham uyda edi. Burchakka tiqilgancha sevgi haqida asar o‘qirdi. Jessika onasi uni xonani tozalashini yoki boshqa uy yumushlarini qilishini talab qilib tanbeh bersa, o‘zini yaxshiroq his qilar edi, deb o‘yladi. Biroq, onasining kayfiyati o‘zi va Mark bilan bir xil edi, shekilli.
Otasi, albatta, uyda yo‘q edi. Aprel oyida o‘sha suhbatdan so‘ng, onasi bilan alohida yashashlarini e’lon qilgandan so‘ng, ota uydan bir necha kilometr naridagi ijaraga olingan uyga ko‘chib o‘tdi.
Onasi kechki ovqatga pitssa olib kelishini aytdi. Jessika irg‘ib ketdi. Bu qo‘pol, shafqatsiz hazilga o‘xshaydi - hech narsa bo‘lmagandek stol atrofida o‘tirish, pitssa yeyish va shu bilan birga oilani barbod qilsa bo‘ladimi?! Jessika och emas edi. Uning uch oydan beri ishtahasi yo‘q edi. U yaxshi uxlamasdi, qichishish va dahshatli tush ko‘rishdan azob chekardi. Hammasi aprel oyida boshlandi. Agar u o‘zini, ota-onasi alohida yashashga qaror qilgandan keyin shunday his qilgan bo‘lsa, ular nihoyat ajralishsa nima bo‘ladi? Jessika bu haqda o‘ylashni ham xohlamas edi.
Musiqa uning qulog‘ida gumbirlaganida, Jessika ibodat qilishga harakat qilar edi. U deyarli bir yil oldin masihiy bo‘ldi, o‘tgan yozda yoshlar oromgohida Masihga ishondi va Uni yuragiga qabul qildi. Shu paytdan boshlab uning hayotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ibodat, Muqaddas Kitobni o‘rganish va topinish uning hayotida muhim rol o‘ynay boshladi. Biroq, bularning barchasi uning oilasiga, xususan, ota-onasiga ta’sir qilmadi. Ular jamoatga faqat ikki oyda bir marta, yoshlar musiqiy guruhida Jessika qo‘shiq kuylagan xizmatda qatnashgani uchun tashrif buyurishar edi. O‘tgan yil davomida ota va onasi bir-biridan uzoqlashishda davom etishdi, garchi Jessika ular uchun doimo ibodat qilayotgan bo‘lsa ham.
Ota-onasini yarashtirish uchun ibodat qilish unga mutlaqo umidsiz bo‘lib tuyuldi. U oilaning buzilishiga qisman o‘zini aybdor deb hisoblardi. U ko‘proq itoatkor va ota-onasiga ko‘proq yordam berishi kerak edi, ayniqsa masihiy bo‘lishidan avval. Uning qaysarligi ota-onasining birga yashashini qiyinlashtirganini bilardi. Jessika ko‘p marta yaxshi qiz bo‘lmagani uchun Xudodan kechirim so‘rar edi. Endi u asosan Mark va Karen uchun ibodat qilar edi. Va o‘zi uchun ham.
Kechki uchrashuv oilaviy kechki ovqatning o‘xshatmasi edi. Ota va Mark o‘zlariga pitssa olishib, xuddi quvnoq ziyofatda bo‘lgandek beysbol haqida gapira boshlashdi. Jessika, Karen va ularning onasi odobli ko‘rinish uchun pitssadan ozgina tishlab olishdi va likopchalarni chetga surib, jim o‘tirishdi. Ona hozir yig‘lab yuboradigandek ko‘rinar edi. Karenning ko‘zlari yonib ketdi, u portlamoqchi bo‘lgan bombaga o‘xshardi. Jessika hammasi tez orada tugashini va u xonasiga qaytishini xohlardi.
- Onangiz va men sizga bir narsa aytmoqchimiz, - dedi ota nihoyat. - Men ko‘chib kelganimdan beri muammolarimiz nafaqat hal bo‘lmadi, balki hammasi battar yomonlashib ketdi. Alohida yashash va oilaviy maslahatlar yordam bermadi. Shuning uchun biz ajrashishga qaror qildik. Bolalar, muammo sizda emas, men va onangizda ekanligini bilishingizni istaymiz. Biz barchangizni yaxshi ko‘ramiz va biz...
Karen o‘tirgan joyidan shu qadar keskin sakrab turdiki, uning stuli ag‘darilib ketdi va qulab, yog‘och polga urildi.
- Bundan mening ko‘nglim ayniyapti! - deb baqirdi u ota-onasiga. - Agar bizni chin dildan sevganingizda, bizga nisbatan bunday qilmagan bo‘lardingiz! Nega buni hal qila olmaysizlar? Sizlar harakat qilib ko‘rdingizlar deb o‘ylamayman, hatto harakat qilib ko‘rishni istamaysiz ham deb o‘ylayman!
Jessika Karendan bundan oldin hech qachon eshitmagan bir necha kuchli so‘zlar bilan o‘z gaplarini yakunlab, Karen to‘laligicha alamidan chiqib oldi. Otasi uni bir necha marta to‘xtatmoqchi bo‘ldi, lekin uning urinishlari shamolga qarshi tupirish bilan barobar edi. U samarasiz urinishlarini qoldirib, shunchaki o‘tirib, uni tingladi. Jessika bu baribir hech narsani o‘zgartirmasligini bilar edi. Onasi ko‘zlarini yumib, unsiz yig‘lardi. Mark e’tiborini pitssaga qaratdi, uning chetlarini tishlab yeya boshladi.
Karen qanchalik g‘azablansa, Jessika shunchalik g‘azab va og‘riqni his qilar edi. Karen o‘zi aytmoqchi bo‘lgan narsani so‘z bilan ifodaladi. Uning katta opasi ota va onaning ikkalasidan ham “alamini oldi”. Va Karen yig‘lay boshlaganida, Jessika o‘zining tomog‘iga bir narsa tiqilganidek his qildi va uning yonoqlaridan issiq ko‘z yoshlari oqdi. Garchi u opasi aytgan hamma narsa bilan va albatta buni qay tarzda aytgani bilan ham rozi bo‘lmasa-da, Jessika uning his-tuyg‘ularini yuzaga chiqarish qobiliyatiga hasad qildi.
Jessika uchun mangulikdek tuyulgan bir necha daqiqadan so‘ng hammasi tugadi. Ota xohlaganini aytdi, Karen portladi. Keyin ota, ular onasi bilan, kim kim bilan va qancha vaqt yashashi masalasini hal qilishayotganini tushuntirdi. Bu Jessika uchun juda ortiqcha edi. Ota, boshqa uyga ko‘chib o‘tib, bolalarni onasi bilan qoldirdi. Karen Jessikaga ularning otasi katta ehtimol bilan birortasi bilan uchrashayotganini va aniq sabablarga ko‘ra Mark yoki qizlarning u bilan yashashini xohlamasligini aytdi. Hozir ota oilada bundan ham katta bo‘linishga olib kelishi mumkin bo‘lgan narsalar haqida gapirardi.
- Balki sentabr oyida darslar boshlanganda kimdir menikiga ko‘chib o‘tishni istar? - dedi ota kenja qiziga qarab.
Jessika umuman ota-onalardan birini tanlashni xohlamasdi, lekin u stolning yarmidan ikkinchisiga sakrab o‘tadigan stol tennisi to‘piga aylanishga tayyor emas edi. Uning xonasi, buyumlari shu yerda edi va u o‘z joyi - onasi, Karen va Mark bilan ekanligini his qildi. U onasi bilan qolishni istayotganini otasiga qanday aytishni bilmas edi.
Soat yetti yarimda otasining ishi bilan bog‘liq bo‘lgan uchrashuvi bor edi, shuning uchun u yettidan ko‘p o‘tmay jo‘nab ketdi. Jessika otasini yaxshi ko‘rardi, lekin hozir u ketganidan xursand edi. Bugun u yetarlicha taassurotlar oldi. Karen onasiga stolni yig‘ishtirishga yordam berdi, Mark o‘zga sayyoraliklar bilan jang qilish uchun ketdi, Jessika esa xonasiga qaytib, quloqchinini taqib oldi.
U hozir onasi Karen bilan suhbatning tafsilotlarini muhokama qilayotganini bilar edi - ayni paytda bu Jessikaga umuman kerak emas edi. Ajralish masalasi, uning fikricha, tomosha qilingan film kabi muhokamaga qo‘yilmasdan, yakka tartibda hal qilinishi kerak. Va bu do‘stlar bilan suhbat uchun mavzu emas: “Mana, men ajoyib krossovkalar sotib oldim, ha-ya, ota-onam ajrashishmoqda.” Jessika buni bema’nilik deb hisoblardi.
Jessika to‘satdan masihiy bo‘lishning yana bir afzalligini, u ilgari tushunmagan afzallikni tushundi. Uning eng yaxshi do‘stlari jamoatda edi, jumladan, yoshlar yetakchilari Dag va Jenni Shou. Va ularning hech biri, uning oilasini bilmaganligi sababli, ular ajralish haqida aslo bilib qolishmaydi. Agar uning o‘zi bu haqda ularga aytmasa va u buni qilmoqchi emas edi. Hatto bir yil oldin uni yoshlar oromgohiga taklif qilgan va Masihga murojaat qilganida Jessika bilan birga ibodat qilgan eng yaqin do‘sti Natali Simmons, faqat ota-onasi alohida yashayotganini bilardi. Natali ajrashishlarini sir saqlashga yordam bersa yaxshi bo‘lardi – deb o‘ylar edi Jessika.
Ammo bu vaziyatda, albatta, u bu haqda bilib olishi kerak. Shunday qilib, Jessika unga aytishga qaror qildi. Va boshqa hech kimga.
- Men Natalinikiga ketdim, soat 10 da qaytaman, - dedi baland ovozda Jessika onasiga. Va onasi unga javob berishga ulgurmasdan, u velosipedga o‘tirib, uydan chiqib ketdi.
Bu yoqimli issiq yoz oqshomi edi. Jessika uydan chiqqanidan keyin o‘zini yaxshi his qildi, uydagi pitssaning hidi unga qayg‘uli suhbatni eslatardi. Endi u pitssaga hatto teginishni istamasa kerak. Do‘sti bilan birga velosipedda shahar bog‘iga yetib kelishdi va arg‘imchoqda o‘tirishdi. Jessika Nataliga kechki ovqat suhbati haqida gapirib berdi.
- Ota-onang ajrashishyaptimi? O, Jessi, juda afsusdaman!
Jessika hayratda qoldi: do‘stining so‘zlarida shunchalik samimiy hamdardlik, shunchalik mehr-muhabbat bor edi... va unda bu vaziyatni hukm qilish yoki qoralashning zarracha ishorasi ham yo‘q edi.
- Hech kimga aytma, bu sir, xo‘pmi? - dedi Jessika.
- Sirmi? Nega? Iltimos tushuntirgin.
- Men jamoatda hech kim bu haqda bilmasligini xohlayman, - deb tushuntirdi Jessika. - Endi, men senga hamma narsani aytib berganimdan so‘ng, bu haqda boshqa gaplashishni istamayman.
- Lekin nega, Jessi? – deb so‘radi Natali.
Bir lahza Jessika dugonasiga butunlay ochilish kerakmi, yo‘qmi deb ikkilanib qoldi. Nataliga eng muhim narsani aytib, u bilan oxirigacha ochiq bo‘lishga qaror qildi, garchi bu oson bo‘lmasa ham.
- Chunki... chunki... mening oilam unchalik oddiy emas, bilasanmi? Ota-onam Xudoga ishonishmaydi va ularning hozir qilayotgan ishlari mag‘rurlanish uchun asos emas. Men bu haqda hech kim bilmaslikni afzal ko‘raman.
Jessika orqaga suyanib, oyoqlarini chayqash uchun cho‘zdi. Natali ham unga ergashdi va qizlar bir necha daqiqa jimgina chayqalishdi.
Arg‘imchoq deyarli to‘xtaganda, Natali so‘radi:
- Jenni-chi? Jenni haqida nima deysan?
Jenni Shou va uning turmush o‘rtog‘i Dag jamoatda yoshlar ishini tashkil qilishda ko‘ngillilar bo‘lishgan. Ikkalasi ham o‘ttiz yoshdan oshgan. Jessika Masihga ishonganida Jenni bilan oromgohda edi va undan keyin bir necha hafta davomida Jenni unga ruhiy o‘sishiga yordam berish uchun maslahat berardi.
- Jenni-chi? - Jessika savolga savol bilan javob berdi.
- U Masihdagi katta opang-ku, o‘zing shunday deb aytgan eding, - dedi Natali. - Menimcha, sen unga uyingda nima bo‘layotganini aytib berishing kerak. U senga bu vaziyatda yordam berishi mumkin.
- Men buni o‘zim hal qila olaman, Natali. Men shunchaki buni boshqalar kabi ochiq qilishni xohlamayman ...
- Ajralish - o‘zing hal qilishing uchun jiddiylik qiladi, - dedi Natali xuddi u Jessikaning katta opasi bo‘lganidek.
- Men bu haqda senga aytgandim, shunday emasmi?
- Ha, albatta, men sen uchun ibodat qilaman, - deb ishontirdi Natali. - Men sening do‘stingman va men sening yoningda bo‘laman. Lekin o‘ylaymanki, Jenni his-tuyg‘ularingni tushunib, ularni yengishga mendan ko‘ra yaxshiroq yordam bera oladi.
- Hissiyotlar bilanmi? Oilamizda menga ular bilan ishlash shart emas. Aksincha, bu opam Karenga kerak. - Jessika Natali bilan bahslashishni istamas edi, lekin do‘sti unga nima kerakligini ko‘rsatgani Jessikaga yoqmadi, bu fikrlar juda oqilona bo‘lsa ham.
Natali bir daqiqa jim qoldi va Jessika Natali taslim bo‘ldi deb o‘yladi. Ammo u davom etdi:
- Ikki yil oldin katta akam qanday vafot etganini eslaysanmi?
- O‘shanda biz bir-birimizni deyarli tanimaganmiz. Bu baxtsiz hodisa edi, to‘g‘rimi?
Natali bosh irg‘adi.
- Uning o‘limi barchamizni hayratda qoldirdi. O‘shanda men bu muammoni hal qilishning eng yaxshi yo‘li imkon qadar tezroq normal hayotga qaytish deb o‘yladim. Va men o‘zimni engishga harakat qildim. Men qayg‘u - bu tabiiy jarayon ekanligini bilmasdim. Jenni va Dag menga his-tuyg‘ularimni tushunishga yordam berishdi.
Jessika Natalining davom ettirishini kutdi, lekin Natali jim qoldi. Uning qo‘shadigan so‘zi yo‘q edi.
“Ajralish o‘limga o‘xshaydi”, - dedi Jessikaning ichida nimadir. “Sen buni yengishing kerak, his-tuyg‘ularingni yengishingga yordam beradigan odamga ko‘nglingni ochib ichingdagini to‘kib sochishing kerak. Jenni Rabbiyda sening katta opang. Sen uning oldiga borishing kerak."
Ular yana bir necha daqiqa jim o‘tirishdi, shundan so‘ng Jessika dedi:
- Uyga ketishim kerak. Men Markdan xavotirdaman. Men u bilan bir muddat birga bo‘lishim kerak.
Ular velosipedga minishdan oldin, Natali dugonasini mahkam quchoqladi:
- Jessi, men sendan xavotirdaman. Buni boshdan kechirayotganingdan juda afsusdaman!
- Rahmat senga. Menga g‘amxo‘rlik qilganing uchun rahmat. - Jessika ham Natalini quchoqlab oldi.
U uyga shoshilmadi, u Jenni Shouga hayotidagi eng qiyin daqiqalarini aytib berishga arzishi haqida fikrlab olmoqchi bo‘ldi.
Книга на Узбекском языке: Развод родителей (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
В этой книге речь пойдет о трудностях, которые переживает подросток при разводе родителей.
Когда пятнадцатилетняя Джессика Инграм услышала, что ее родители разводятся, она поняла - с этого момента ее жизнь изменится навсегда. Что делать, когда кажется, что вместе с распадом семьи рушится весь твой мир?
Авторы предлагают библейскийответ на вопрос, что можно сделать в подобной ситуации. Если ты столкнулся с такой бедой, то из этой книги ты узнаешь, как справиться с ее последствиями и адаптироваться к переменам.
А если у тебя есть друг, который, подобно Джессике, переживает из-за развода родителей, то в этой книге ты найдешь практические советы, как утешить, поддержать и ободрить его.