911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 6 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Жинсий зўрланиш - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаJinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Jinsiy zorlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) Ozbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Enn hikoyasi 1-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Enn hikoyasi 2-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Enn hikoyasi 3-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Siz boshdan kechirgan jinsiy zo‘ravonlik haqida imkon qadar tezroq ota–onangizga aytib berishingiz va shifolanish jarayonida ulardan kerakli yordamni olishingiz shart. Agar ota–ona tomonidan zo‘ravonlik sodir etilgan bo‘lsa, ustozingiz, jamoat xizmatchisi yoki sizga nima qilish kerakligini aytadigan boshqa katta yoshli masihiy bilan gaplashing. Ushbu suhbatga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradigan ba’zi maslahatlarni berib o‘tamiz:

Ushbu suhbat davomida yoningizda yana kimdir bo‘lishini xohlaysizmi, o‘zingiz qaror qiling. Ennga ustozi Jenni Shouning ishtiroki va daldasi katta yordam berdi. Agar siz ota–onangiz bilan gaplashayotganda kimdir  yoningizda bo‘lsa, o‘zingizni dadilroq his qilishingiz mumkin. Agar muammoingizni Jenni kabi odam bilan baham ko‘rsangiz –  masalan murabbiy,  sizdan yoshi kattaroq do‘stingiz yoki jamoat xizmatkori – ular ota–onangiz bilan gaplashishga yordam berishga tayyor bo‘lishlari mumkin.

Gaplashish uchun iloji boricha tezroq vaqt ajrating. Ota–onangiz yoki murabbiyingiz bilan suhbatni uzoq vaqtga qoldirmaslikka harakat qiling. Hech narsa sizni chalg‘itmasligi uchun suhbatlashish uchun vaqt va joy toping. Siz ota–onangizga shunday deyishingiz mumkin: “Men siz bilan gaplashishim kerak. Qachon va qayerda o‘tirib suhbatlasha olamiz?”

Rostini ayting. To‘g‘ridan–to‘g‘ri suhbatingiz maqsadiga o‘ting. Siz o‘zingiz yoki suhbat davomida yoningizda bo‘lishga rozi bo‘lgan kishi, ota–onangizga (yoki murabbiyingizga) jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganingizni to‘g‘ridan–to‘g‘ri aytishingiz kerak. To‘g‘ridan–to‘g‘ri gapiring, gapni aylantirmang, aks holda hikoyangiz hamma tomonidan yanada og‘riqli  qabul qilinadi.

Yordam so‘rang. Ota–onangizga (yoki murabbiyingizga) o‘zingizni qanday his qilayotganingizni ayting. Ulardan sizga maslahat berishlarini va siz uchun ibodat qilishlarini so‘rang, shuningdek, maslahatchi yordamiga muhtoj bo‘lsangiz, buni birgalikda qaror qiling. Agar sizni haqorat qilgan shaxs hali ham tirik bo‘lsa, ota–onangiz yoki murabbiyingizdan o‘sha odam boshqalarga zarar yetkaza olmasligi uchun tegishli organlarga xabar berishga yordam berishini so‘rang.

Suhbatni ibodat bilan yakunlang. Agar ota–onangiz masihiy bo‘lsa, ulardan siz bilan birga ibodat qilishlarini so‘rang. Zo‘ravonlik oqibatlaridan shifo topadigan davrda Xudodan yo‘l–yo‘riq va yordam so‘rang.

Ota–onangizning his–tuyg‘ularini hurmat qilish va ularning maslahatlarini tinglash istagini ko‘rsatish orqali siz ko‘p oylar davomida ularning yordamiga ega bo‘lasiz. Sizning eng yaqin odamlaringiz borligini bilish sizning yelkangizdagi emotsional yukning bir qismini olib tashlashga yordam beradi.

Enn o‘zining dahshatli sirini oshkor qilgan paytdan boshlab to‘rt oy ichida uning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Uning uyatchanligi va yolg‘izlanishi asta–sekin o‘z o‘rnini o‘ziga bo‘lgan ishonchga bo‘shata boshladi. Aybdorlik, xijolat va uyat hissi yo‘qoldi va u nafaqat boshqalar bilan erkin muloqot qila boshladi, balki Xizer va Jenni o‘z vaqtida unga yordam berganidek, ularning muammolarini hal qilishda yordam bera boshladi. Siz ham jinsiy zo‘ravonlik og‘rig‘ingizdan xalos bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun siz quyidagi amallarni bajarishingiz kerak:

Buni dalildek qabul qiling: siz jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘ldingiz. Siz buni o‘zingiz tan olishingiz va yaqin do‘stingizga yoki ruhiy ustozingizga hech qanday bahona izlamasdan, sizga nima bo‘lganini ochiqchasiga aytib berishingiz kerak. Shunday qilib, siz shifo jarayonini boshlashingiz mumkin.

Zo‘ravonlik harakatini darhol to‘xtating. Agar zo‘ravonlik davom etsa, uni to‘xtatish uchun choralar ko‘ring. Bu haqda politsiyaga yoki bolalarni himoya qilish xizmatlariga, ruhiy maslahatchiga yoki jamoat xizmatchisiga xabar bering. Agar Jenni Shou kabi do‘stingiz bo‘lsa, u sizga bu qadamni qo‘yishda yordam beradi.

Javobgarlikni, buning uchun javobgar bo‘lgan insonning zimmasiga yuklang. Birovning sizga qilgan ishlari uchun o‘zingizni ayblamang. Buni qilgan kishi, qanday qilib aybni sizga yuklamoqchi bo‘lmasin, o‘z harakatlari uchun to‘liq javobgardir. Siz qurbonsiz va bu sizning aybingiz emas.

Xudoga - shifoingiz manbaiga murojaat qiling. Tan olingki, Xudo siz bilan sodir bo‘lgan voqeaga sababchi emas edi, aksincha, U sizning Najotkoringizdir, zo‘ravonlik keltirgan jarohatni shifolay oladi (qarang: Zab. 17:3–7, 27–31).

Iffatingizni yo‘qotganingizda yig‘lab olishingizga imkon bering. Sevimli do‘st yoki katta ustoz sizni qayg‘uning barcha bosqichlarida yo‘naltirishi mumkin: rad etish, g‘azablanish, Xudo bilan muzokara qilishga urinish, tushkunlik va qabul qilish. O‘z his–tuyg‘ularingizni e’tiborsiz qoldirmaslikka harakat qiling, ularni tan oling va sizni sevadigan hamda sizga g‘amxo‘rlik qilayotgan insonlarning yordami bilan yengib o‘tishni o‘rganing.

Xudo bilan muloqot qilishga intiling. Har kuni vaqtingizni Xudo bilan muloqotda o‘tkazing, ibodat qiling va Muqaddas Kitobni o‘qing. Uning kuchiga ishonishga qaror qiling, Uning Kalomiga qarab o‘rganing va hamma narsada Masihga taqlid qilib, yomon fikrlar va his–tuyg‘ularga qarshi turing (qarang: Fil. 4:4–9).

Boshqa odamlardan yordam so‘rang. Sizni sevadigan va sizga yordam berishni xohlaydiganlar, masalan, ota–ona, ruhiy murabbiy yoki jamoat xizmatchisi, yaqin do‘st, maslahatchi yoki qo‘llab–quvvatlash guruhi a’zolari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing.

Shifolash uchun vaqt kerakligini tushuning va tan oling. Jinsiy zo‘ravonlik ta’siridan shifo jarayoni og‘riqli bo‘lishi mumkin va u haftalar yoki hatto oylar davom etishi mumkin. Lekin siz tirik qoldingiz va siz bundan o‘ta olasiz va albatta Xudoning yordami bilan shifo topasiz.


Книга на Узбекском языке: Сексуальное насилие (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

Эта книга о сексуальном насилии.

Четырнадцатилетняя Энн Кэссиди больше не может хранить свою страшную тайну. Кошмары, воспоминания, чувство вины... Ему нужно с кем-то поделиться этим. Признание того, что она подверглась сексуальному насилию, приносит облегчение, но не облегчает причиненную боль. Что ему делать?



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак