Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Жинсий зўрланиш - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchilik
Enn hikoyasi 1-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Enn hikoyasi 2-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Enn hikoyasi 3-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Mualliflar haqida
O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT
Enn kabi odam o‘tmishda boshidan o‘tkazgan kechinmalarining oqibatlari bilan kurashayotganda og‘riq va qayg‘uni boshdan kechirishi odatiy hol. Bolaligida u jismoniy, psixologik va emotsional zo‘ravonliklarga duch kelgan va uzoq yillar davomida o‘z dardini ichida yashirgan. Endi esa o‘tmish voqealari uning xotirasida qayta jonlanganida, iffatning yo‘qolishidan xavotirlanib, bu darddan xalos bo‘lolmayapti. Qayg‘u jarayoni bir necha haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin va besh bosqichni o‘z ichiga oladi. U bir necha haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin va besh bosqichni o‘z ichiga oladi. Bu jaryon hammada har xil o‘tadi va uni bir xil o‘tkazgan hech bo‘lmaganda kamida ikkita odamni topish qiyin; bosqichlar birin–ketin o‘tishi va yana qaytishi mumkin. Ammo, ehtimol, agar siz jinsiy zo‘ravonlikni boshdan kechirgan bo‘lsangiz, sizning munosabatingiz Enn bilan bir xil bo‘lishi mumkin.
Birinchi bosqich – bu rad etish. Ba’zida bu siz bilan sodir bo‘lishi mumkinligiga ishonishdan bosh tortasiz. Siz o‘zingizning dahshatli siringizni saqlab, yillar davomida ushbu bosqichda qolishingiz mumkin. Enn uchun bu bosqich bir necha yil davom etdi, u bobosi unga nima qilgani haqida kimgadir aytishdan bosh tortdi. Rad etish – bu sizning miyangiz boshingizga tushgan baxtsizlikni yengishga harakat qiladigan usullardan biri: "Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas".
Ikkinchi bosqich – g‘azab. Bunday vaziyatlarda o‘zingizga ko‘p savollar berib, nega bunday bo‘ldi, degan savolga javob topa olmaganingiz uchun g‘azablanishingiz mumkin. Siz zo‘ravonlik va sharmandalikni boshdan kechirdingiz va bu sizga juda adolatsiz tuyuladi. Sizning g‘azabingiz bobosi va buvisi bilan qolishga majbur bo‘lgan Enn kabi fojiaga olib kelgan holatlarga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Yoki Xudo bunga yo‘l qo‘ygani uchun Undan g‘zabldnishingiz ham mumkin. Va hatto o‘zingizdan ham g‘zablanishingiz mumkin, chunki sodir bo‘lgan voqea uchun qandaydir tarzda siz aybdor ekanligingizga shubha qilasiz.
Uchinchi bosqich – bu vaziyatni yoki uning oqibatlarini o‘zgartirishi uchun Xudo bilan kelishishga harakat qilish. Siz hatto Xudo bilan shartnoma tuzib, agar U sizning xotiralaringizni o‘chirib tashlasa va sizni og‘riqdan xalos qilsa, hayotingizni o‘zgartirishga va’da berishingiz mumkin. Xudo bilan kelishuvga erishmoqchi bo‘lganingizda, vaziyatni o‘zgartirish va/yoki o‘tmishdagi xatolaringizni tuzatish istagi sizga turtki berishi mumkin.
To‘rtinchi bosqich – depressiya, o‘tmishni o‘zgartirish mumkin emasligini tushunganingizda boshlanishi mumkin. Bu siz bilan sodir bo‘lgan voqeadan juda katta qayg‘u va umidsizlik hissi. Depressiya qo‘rquv, ishonchsizlik va tashvish bilan birga bo‘lishi mumkin, bu esa zo‘ravon bilan qayta uchrashish haqidagi fikrdan kelib chiqadi. O‘ta yolg‘izlik hissi depressiyaning yana bir ko‘rinishidir. O‘tmishingizni yashirish uchun siz hech kim bilan bo‘lishmasdan hamma narsani ichingizda saqlashingiz mumkin va shu bilan o‘zingizni sizga yordam beradiganlarning yordamidan mahrum qilishingiz mumkin.
Va nihoyat, oxirgi, beshinchi bosqich – qabul qilish. Vaqt o‘tishi bilan, qayg‘uning boshqa bosqichlari asta–sekin o‘tishi bilan, siz yo‘qotishingiz haqiqat ekanini tan ola boshlaysiz va uning oqibatlarni ham qabul qilasiz. Ammo bu bosqich asosiy bo‘lganida ham, siz inkor qilish, g‘azab, tushkunlikka tushib qolishingiz mumkin. Biroq, asta–sekin ularning namoyon bo‘lishi minimal bo‘ladi, chunki sizni Xudo, siz boshdan kechirgan hamma narsani sizning foydangizga aylantirish uchun harakat qilayotganiga ishonch tuyg‘usi bilan to‘ldiradi (qarang: Rim 8:28).
Masihiy maslahatchilari odatda qayg‘uning ushbu besh bosqichi – jinsiy zo‘ravonlikka nisbatan bo‘lgan odatiy va sog‘lom reaksiya ekanligiga qo‘shilishadi. Ba’zi hollarda, ularni muvaffaqiyatli o‘tish uchun bir necha hafta yoki hatto bir necha oy kerak bo‘ladi. Bu davrda boshdan kechirgan his–tuyg‘ular yoki paydo bo‘ladigan fikrlar siz uchun mutlaqo yangi yoki juda kuchli bo‘lishi mumkin. Shu sababli sizda shubha bo‘lishi mumkin va siz bilan hammasi yaxshimikin degan savol tug‘ilishi mumkin. Xavotir olmang, siz hayotingizdagi eng qayg‘uli voqealarga mutloqo odatiy munosabatdasiz.
Jinsiy zo‘ravonlikning oqibatlarini bartaraf etishda sizning eng yaxshi ittifoqchilaringizdan biri – vaqtdir. "Vaqt davolaydi" degan eski iborada haqiqat bor. Fojia ustidan g‘alaba qozonish uchun vaqt kerak bo‘ladi, buni qabul qiling. Fikrlaringiz va his–tuyg‘ularingizning labirintidan o‘tib olish uchun sizga vaqt kerak. Ular haqida tajribali masihiy ustozlar va do‘stlar bilan gaplashish uchun vaqt kerak. Haftalar o‘tishi bilan sizning qayg‘ularingiz asta–sekin kamayadi va siz odatiy hayotga qaytasiz. Vaqt siz uchun ishlasin va og‘riq bilan qayg‘u tez o‘tib ketishini kutmang.
Enn bobosi unga nima qilgani haqida gapirganda, Xizer va Jenni unga tasalli berishdi. Biroq, unga (shu jumladan sizga ham) zo‘ravonlik azobini yengish uchun nafaqat tasalli kerak edi… Yana ikkita muhim jihat bor.
Birinchidan, siz qo‘llab–quvvatlanishga muhtojsiz. Tasalli va qo‘llab–quvvatlash o‘rtasidagi farq nima? Odamlar qayg‘uingizni hissiyot bilan bo‘lishganlarida sizga kerakli tasalli beradilar va amalda sizga yordam berganda qo‘llab–quvvatlashadi. "Bir–biringizning yukingizni ko‘taring va shu orqali Masihning qonunini bajaring" (Galat. 6:2) Kalom amriga amal qiladigan odamlarning yordami sizga kerak bo‘ladi.
Misol uchun, Jenni Ennga qimmatli maslahatlar berib, ota–onasi bilan gaplashganda yonida bo‘lishni taklif qilib, uni qo‘llab–quvvatladi va Xizer uning yonida bo‘lishga va’da berdi. Odamlar, shuningdek, turli xil kundalik ishlarda sizga yordam berishsa yoki boshqa yo‘l bilan sizning shifolanishingizga e’tibor berishingiz uchun yukingizni yengillashtirganda sizni qo‘llab–quvvatlashadi.
Siz boshqalarning yordamiga e’tibor bermaslik yoki hatto rad etish vasvasasiga tushishingiz mumkin. Siz buni o‘zingiz hal qila olaman deb o‘ylashingiz mumkin yoki muammolaringiz bilan boshqalarni bezovta qilishni xohlamaysiz. Biroq, shubhalaringizni bir chetga surib qo‘ying. Xudo biladi, ba’zida hayotimizda boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘lgan davrlar bo‘ladi, shuning uchun Galatiyaliklarga maktubdagi so‘zlar (6:2) Muqaddas Kitobda mavjud. Odamlar sizga yordam berishlariga va ularga minnatdor bo‘lishlariga imkon bering. Bu Xudo ushbu vaqtlarda siz uchun O‘zining g‘amxo‘rligini ko‘rsatadigan usullardan biridir.
Agar sizga amaliy yordam kerak bo‘lsa, lekin hech kim sizga taklif qilmasa–chi? Bu holda o‘zingiz yordam so‘rang. Muammoingizni ishonchli do‘stingiz, yoshlar yetakchisi yoki jamoat xizmatchisi bilan bo‘lishib, yordam so‘rashning yomon joyi yo‘q. Misol uchun, agar Jenni va Xizer Ennni ota–onasi bilan suhbat chog‘ida yonida bo‘lishni taklif qilmaganlarida, u ulardan o‘zi buni so‘rashi mumkin edi. Aksariyat hollarda odamlar yordam berishni xohlashadi, lekin nima qilishni bilishmaydi. Sizga nima kerakligini aniq aytib berish orqali ularni qo‘llab–quvvatlashga yordam bering.
Ikkinchidan, sizga dalda kerak. Boshqa odam sizni xursand qilish uchun biror narsa qilsa, buni tushunasiz. Jenni va Xizer Enndan u o‘zini qanday his qilayotganini so‘rashganida, uni quchoqlab, u bilan birga ibodat qilishganida, Ennining ruhi ko‘tarilib ketardi. Kelgusi haftalar va oylar davomida ularning telefon qo‘ng‘iroqlari, otkritkalari, "Dadil bo‘l, biz sen bilanmiz!" degan so‘zlari Ennga juda yordam beradi. Bunday rag‘batlantirish amaliy yordam kabi kuchli ko‘rinmasligi mumkin, ammo bu ham juda zarur.
Agar sizga kerakli daldani olmayotgan bo‘lsangiz, hech narsaga qaramay, so‘rang. Sizdan xavotirda bo‘lgan kishiga: «Iltimos, meni quchoqlang» yoki «Men bilan bir muddat qoling», deyish tabiiy.
Jenni Ennga Xudo uning hayotiga aralashuvi haqidagi maslahati sizga ham tegishli. Xudo sizni hukm qilmaydi yoki kimdir sizni haqorat qilgani uchun sizga yomon munosabatda bo‘lmaydi. U sizni yaxshi ko‘radi va siz bilan sodir bo‘lgan voqeadan afsusdadir. Xudo sizga rahm–shafqatini ko‘rsatishni va og‘riqlaringizni engillashtirishni xohlaydi. Va U bunga qodirdir.
Agar siz har kuni ibodat va Muqaddas Kitobni o‘qishga vaqt ajratmayotgan bo‘lsangiz, buni hozir boshlash vaqti keldi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: "Xudoga yaqinlashinglar, shunda U sizga yaqinlashadi..." (Yoqub 4:8). Xudoga yaqinlashish va Uning sizga yaqinlashishiga yo‘l qo‘yishning yagona yo‘li – ibodat qilish va Uning Kalomini o‘qishdir. Misol uchun, har kuni Zaburni o‘qishni boshlang va keyin Xudoga nima deb o‘ylayotganingizni va his qilayotganingizni ayting. Undan sizga kuch berishini so‘rang. U buni qiladi, chunki u sizni sevadi va sizga yordam berishni xohlaydi.
Jinsiy zo‘ravonlikni shifolashdagi muhim qadam bu haqda ota–onangizga aytib berish va ulardan yordam qabul qilishdir. Bu oson bo‘lmasligi mumkin, lekin Enn tez orada bilib oladiganidek ota–onangiz bilan dardingizni bo‘lishish ularga shifo jarayonida sizni qo‘llab–quvvatlash imkoniyatini berishni anglatadi.
Книга на Узбекском языке: Сексуальное насилие (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
Эта книга о сексуальном насилии.
Четырнадцатилетняя Энн Кэссиди больше не может хранить свою страшную тайну. Кошмары, воспоминания, чувство вины... Ему нужно с кем-то поделиться этим. Признание того, что она подверглась сексуальному насилию, приносит облегчение, но не облегчает причиненную боль. Что ему делать?