911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 3 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Жинсий зўрланиш - (2 қисм) Китоб Ўзбек тилидаJinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Jinsiy zorlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) Ozbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Enn hikoyasi 1-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Enn hikoyasi 2-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Enn hikoyasi 3-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


ENN HIKOYASI. 2–QISM

– Enn, kechagi uchrashuvimizdan keyin o‘zingni qanday his qilding? – Jenni Shou Enn va Xizerning qarshisidagi to‘shakda o‘tirib ular bilan suhbatlashardi. Dala hovlida ular bilan birga yashaydigan qizlar o‘sha paytda ko‘lda suv chang‘isida uchishayotgandilar.

– Bu turli xil tuyg‘ularning aralashmasi edi, – deb javob berdi Enn. – Bir necha marta o‘tmishdagi yoqimsiz xotiralar to‘satdan esimga tushib ketdi  va ular bilan birga – o‘sha his–tuyg‘ular, bilasizmi – axloqsizlik, qo‘rquv, uyat. Ammo, boshqa tomondan,  men kechagi suhbatimizni esladim va kimdir mening boshimdan o‘tganlarni bilganidan xursand bo‘ldim. Men o‘zimni g‘amgin fikrlardan chalg‘itishga va diqqatimni yoqimli narsaga qaratishga harakat qildim. Bir–ikki marta yig‘lagim kelganida, yaxshi narsalarni o‘ylashga harakat qildim.

– Senga og‘riq keltirgan narsadan imkon qadar tezroq qutulishga urinma, – dedi Jenni muloyimlik bilan. – Hozir qila oladigan eng yomoni shuki – bu senga nima bo‘lganini inkor etish, yoki unutishga urinish, yoki shunchaki his–tuyg‘ularni bostirishdir. Va eng yaxshisi – dalillarni tan olish, his–tuyg‘ularingni tan olish va ifoda etish hamda boshqalardan yordamni qabul qilishdir. O‘ylaymanki, agar ota–onang bunga qarshi bo‘lmasa, masihiy maslahatchisi bilan gaplashish senga foyda keltirishi mumkin...

Enn o‘zini, uni elektr toki urgan insonga o‘xshatdi.

– Ota–onam?! Bu haqda ota–onamga aytmaysiz–ku, to‘g‘rimi?

Jenni uning qo‘lini mehr bilan ushlab oldi.

– Bu sen uchun qiyin bo‘lishi mumkin, lekin ota–onangga nima bo‘lganini aytib berishing kerak. Bu shifolanishing uchun muhimdir.

– Ammo onam bilan nima bo‘lishini tasavvur ham qila olmaysiz? Axir, bobom uning otasi–ku.

– U ham tasalli, qo‘llab–quvvatlash va daldaga muhtoj bo‘lishi mumkin, – deb tushuntirdi Jenni. – Ammo u seni yaxshi ko‘radi va ishonchim komilki, u senga, hatto o‘ziga og‘ir bo‘lsa ham, og‘riqni yengishda yordam berishni xohlaydi.

Enn kuchli hayajonni his qildi.

– Bu haqda ota–onamga qanday aytaman?

– Shanba kuni uyga ketishdan oldin buni muhokama qilishimiz mumkin, – dedi Jenni. – Va ota–onang bilan suhbat davomida men sen bilan bo‘lishim mumkin, albatta agar xohlasang.

– Men ham, – dedi Xizer. – Agar senga yordam kerak bo‘lsa.

Ennining tashvishi yo‘qolmadi, lekin u sezilarli darajada kamaydi.

– Haqiqatan ham sizlar ushbu suhbatda ishtirok etishni istaysizmi?

– Men senga yordam berishdan xursand bo‘laman, – dedi Jenni.

– Bunday qiyin damlarda yolg‘iz qolishingni xohlamayman, – deya qo‘shimcha qildi Xizer. – Agar sen bilan bo‘lishimni xohlasang, men yoningda bo‘laman.

Ennining ko‘zlari yoshlandi.

– Buni qilish men uchun juda qiyin bo‘ladi, – dedi u. – Har qanday yordamni qabul qilaman.

Xizer dugonasini mahkam quchoqladi.

Jenni keyin dedi:

– Enn, har qanday vaziyatda ham, eng muhim yordam manbasiga murojaat qilishing kerak. Bu manba Xudoning O‘zi. U seni, sen jinsiy zo‘ravonlikka uchraganing uchun noloyiq deb hisoblamasligini bilishingni istayman. Bu sening aybing emasligini U biladi. U sendan, sen bobong bilan qilgang muomalang uchun g‘azablanmaydi, yoki sendan ko‘ngli qolmaydi. Xudo senga qanday munosabatda bo‘lishini bilishingni xohlayman. Qani, Muqaddas Kitobingizni olingchi, – dedi u ikkala qizga.

Enn va Xizer Muqaddas Kitoblarini chiqarishdi va Jenni ularning har biridan bittadan oyat o‘qishni so‘radi.

– Enn, sening oyatingda Xudo sening dardingga qanday munosabatda bo‘lishi haqida gapiradi. Iltimos, Ishayo kitobining oltmish uchinchi bobidagi to‘qqizinchi oyatni o‘qi.

Enn ovoz chiqarib o‘qidi:

– Ular qiynalganlarida, U ham azob chekdi, Egamizning farishtasi ularni qutqardi. Sevgisi, shafqati tufayli Uning O‘zi ularni qutqardi. Egamiz ularni ko‘tarib, azaldan opichlab yurardi.

– Farzandlari qiynalganlarida Xudo nima qiladi? –  deb so‘radi Jenni.

– U ham azob chekadi – deb javob berdi Enn.

– Xo‘sh, qanday his–tuyg‘ularni boshdan kechirayotganingni bilib, U senga qanday munosabatda bo‘ladi, Enn?

– Men g‘amgin va qayg‘udaman, menimcha, U ham g‘amgin va qayg‘uda.

Jenni Ennga yaqinlashib egildi.

– Va bunga qanday munosabatdasan?

Enn o‘yladi.

– Agar U men buni boshimdan kechirayotganim uchun qayg‘urayotgan bo‘lsa, men Uning uchun muhimligimni his qilyapman. Bu U haqiqatan ham men bilan nima sodir bo‘layotganini bilishini va meni sevishini anglatadi.

– To‘g‘ri, Enn. U sen haqingda hamma narsani biladi. Yillar davomida bobong seni qanchalar azoblaganini biladi. Va bu senga og‘riq keltirgani uchun Unga ham og‘riq keltiradi. Bu oyat buni eslab qolishingga yordam beradi.

– Mening oyatim ham juda dalda beruvchidir, – dedi Xizer.

Jenni bosh irg‘adi.

– Iltimos, bizga Matto Xushxabarining o‘n birinchi bobidan yigirma sakkizinchi oyatni o‘qib bergin.

“Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman”.

Jenni Ennga qaradi.

– Shu yillar davomida o‘zing bilan olib yurgan o‘sha dahshatli “sir” tufayli o‘zingni “holdan toygan va og‘ir yuk ostida qolgandek" his qilyapsanmi?

– Ha, men o‘zimni aynan shunday his qilyapman.

– Iso sen kabi odamlarga nima taklif qiladi?

Enn Xizerning Muqaddas Kitobiga qaradi, keyin Jenniga qaradi.

– "Men sizlarga orom beraman", – deb javob qildi u zo‘rg‘a sezilarli tabassum bilan.

– Men sening e’tiboringni qaratmoqchi bo‘lgan yana bir joy bor, Enn. Bu Ibroniylarga to‘rtinchi bob, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi oyatlar.

Xizer ixtiyoriy ravishda ovoz chiqarib o‘qishni boshladi va Enn uning Muqaddas Kalomdan o‘qishiga ergashdi.

“U ojizliklarimizga hamdard bo‘la oladi. Axir, U biz kabi har tomonlama sinalgan, lekin bizga o‘xshab gunoh qilmagan. Kelinglar, inoyatli Xudoyimizning taxtiga jasorat bilan yaqinlashaylik. Shunda U bizga marhamat ko‘rsatadi, Uning inoyati zarur vaqtda bizga yordam beradi”.

– Xudo nafaqat mening dardimni his qiladi va tasalli beradi, balki U menga yordam berishi mumkin, – dedi Enn.

– Buni tushunish juda muhim, Enn, – dedi Jenni. – Xudo senga ushbu qiyin davrni yengishingga yordam berishni istaydi. Shuning uchun, his–tuyg‘ularingni yengish uchun qila oladigan eng yaxshisi shuki – Xudo bilan chuqurroq munosabatlarni rivojlantirish va Unga tayanish, Undan kuch va yordam olishdir.

Enn boshini quyi soldi.

– Men bu borada hamma narsadan yiroqman. Men ibodat qilish va Muqaddas Kalomni o‘qishga ko‘proq vaqt ajratishim kerakligini his qilyapman.

– To‘g‘ri, Enn, – dedi Jenni. – Bu juda ko‘p yordam beradi.

Keyin uchalovi Enn ota–onasiga o‘z boshidan kechirganlari haqida qanday va qachon aytib berishini muhokama qilishdi. Jenni va Xizer unga hamrohlik qilishga va’da berishdi. Bu Ennini biroz tinchlantirdi, lekin u hali ham ota–onasi, ayniqsa onasi bu dahshatli xabarga qanday munosabatda bo‘lishidan xavotirda edi.

Enn hammasi shu yerda tugashini xohlardi. U nihoyat o‘zining dahshatli sirini mehribon do‘stlari bilan baham ko‘rdi va ulardan tasalli olganidan keyin o‘zini ancha yaxshi his qildi. Nega endi u hozirning o‘zida shifo topa olmaydi, dardidan qutula olmaydi? Jenni unga bu uzoq jarayon bo‘lishini aytdi va Enn uning haqligini bilar edi. Axir, sinish yoki jarrohlikdan davolanish uchun vaqt kerak bo‘lsa, qalb jarohatidan shifo topish uchun ham vaqt kerak albatta… Yaxshi xabar shunda ediki, u bu shifo topish yo‘lida yolg‘iz o‘zi yurishi shart emas edi. Va buning uchun u Jenni va Xizerdan shubhasiz uzoq vaqt davomida minnatdor bo‘ladi.


Книга на Узбекском языке: Сексуальное насилие (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

Эта книга о сексуальном насилии.

Четырнадцатилетняя Энн Кэссиди больше не может хранить свою страшную тайну. Кошмары, воспоминания, чувство вины... Ему нужно с кем-то поделиться этим. Признание того, что она подверглась сексуальному насилию, приносит облегчение, но не облегчает причиненную боль. Что ему делать?



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак