911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 1 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Жинсий зўрланиш - (1 қисм) Китоб Ўзбек тилидаJinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Jinsiy zorlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart) Ozbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Enn hikoyasi 1-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Enn hikoyasi 2-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Enn hikoyasi 3-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


ENN HIKOYASI. 1–QISM

Yo‘lakda qadam tovushlarini eshitgan qizcha qo‘rquvdan qotib qoldi. U bobosi va buvisining uyidagi mehmonlar uchun hozirlangan yotoqxonasida yolg‘iz edi va u karavot tagiga yashirinsa yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylardi. Biroq, u eshik tutqichining burilishini ko‘rgach, juda kech ekanligini tushundi. Qiz, uni hech kim topolmasin, degan umidda ko‘rpani boshiga tortib, pastga sirg‘anib tushdi.

Uning xonaga kirganini eshitdi.

– Quyoncham, bu men, bobongman, – deb pichirladi u. – Buving qattiq uxlab yotibdi va biz yashirin o‘yinimizni o‘ynashimiz mumkin.

U bukchayib olib, juda kichkina bo‘la olmaganidan yoki umuman g‘oyib bo‘lolmaganidan afsuslandi. U bobosining “maxfiy o‘yinlari”ni yoqtirmasdi. Bobosi unga yoqmagan joyiga teginardi, lekin qiz bu haqda hech kimga aytolmasdi, chunki bobosi bu “sir” ekanligini aytdi. Qolaversa, u shunday yomon ishlar qilgani uchun o‘zi ham muammoga duch kelishidan qo‘rqardi.

Qiz xona eshigi yopilganini eshitdi.

– Chiq, quyoncham, – pichirladi bobo.

Bobosining qo‘li karavot tagida uni paypaslaganda, u battar xijolat tortdi.

– Bugun o‘ynamaylik, bobo, – dedi qiz, bobosi sekin ko‘rpani uning ustidan olayotganida. – Iltimos, kerak emas.

– Yo‘q, quyoncham, bugun o‘ynashimiz kerak, – dedi bobosi aldamchi mehrli ovozda. Uning qo‘llari uni ushlab olishga harakat qildi.

Qiz imkoni boricha bukchayib oldi.

– Yo‘q, bobo, kerak emas! Yo‘q, yo‘q, bobo, iltimos!...

 

– Uyg‘on! – Enn kimdir uning yelkasidan ushlab silkitganini sezdi. – Sen dahshatli tush ko‘ryapsan, Enni, uyg‘on. – Ovoz bobosiga emas, uning do‘sti Xizerga tegishli edi.

Xizer uni silkitardi va Enn nihoyat uyg‘ondi. Qorong‘i edi. Enn to‘satdan u hozir yozgi jamoat oromgohda ekanligini esladi. U va Xizerdan tashqari uychada yana to‘rtta qiz bor edi. Ularning ustozi Jenni Shou ham u yerda edi.

Enn yengil tortib chuqur nafas oldi. U endi bu dahshatli tushdagidek olti yoshda emas, balki o‘n to‘rt yoshda edi va u bobosi bilan emas, balki yoshlar oromgohidagi do‘stlari bilan edi. Biroq, qo‘rqinchli tushdan uyg‘onib, tog‘da joylashgan uyning salqinligiga qaramay, Enn terga botgandi va uning yuragi ko‘kragidan otilib chiqmoqchi bo‘lgandek qattiq ura boshladi.

– Enn, yaxshimisan? – pichirlab so‘radi Xizer. – Sen tushingda: "Yo‘q, bobo, yo‘q!" deb, qichqirding, go‘yo sening biror joying qattiq og‘riyotgandek.

Qorong‘uda Enn dugonasining chehrasini zo‘rg‘a ajrata oldi.

– Hechqisi yo‘q, Xizer, – dedi u. – Bu shunchaki yomon tush edi. Hammasi yaxshi.

– Go‘yoki bobong seni bolta yoki boshqa narsa bilan quvayotgandek qimirlab qichqirding, – davom etdi Xizer pichirlab.

– Seni uyg‘otganimdan afsusdaman, – dedi Enn tushni muhokama qilishdan qochib. – Umid qilamanki, men boshqalarni uyg‘otib yubormadim?

– Xavotir olma, – deb ishontirdi Xizer. – Hamma qotib uxlab yotibdi.

Enn Kassidi Xizer Uellsni eng yaxshi do‘st deb hisoblardi. Xizer uning opasidek edi, g‘amxo‘r, har doim yordam berishga tayyor edi. Ular beshinchi sinfda Ennning onasi uni masihiy o‘rta maktabiga yuborganida do‘st bo‘lishdi. Bu qaror Enn uchun g‘alati tuyuldi, chunki uning oilasida hech kim jamoatga bormagan, ammo natijada hammasi yaxshi bo‘lib chiqdi.

O‘rta maktabda o‘qishni boshlsgach, Enn hayotida muhim bo‘lgan ikki kishini uchratdi. Birinchidan, u sinfdoshi Xizer Uells bilan do‘stlashdi, keyin esa yakshanba kuni xizmatda u Iso Masihga imon keltirdi. Bu oktabr oyida sodir bo‘ldi va o‘sha paytdan yakshanba kunlari u Xizer bilan jamoatga borardi, ular bir–birlariga opa–singildek bo‘lib qolishdi.

– Xo‘sh, qanday tush ko‘rgan eding? – so‘rashni davom ettirdi Xizer.

Enn unga javob berishni xohlamasdi. U bu tushni ko‘p marta ko‘rgan edi va har safar tushidan keyin o‘zini iflos va yomon his qilardi. U bu shunchaki yomon tush emas, balki dahshatli xotira ekanligini bilardi.

– Hech narsa, – deb javob berdi Enn, haqiqatni gapirmayotganini tushunib. –  Kel uxlaymiz.

– Bobong bilan muammoga duch keldingmi, Enni? – Xizer tinchlana olmadi. – Bu haqida ibodat qilsam bo‘ladimi?

Enn dugonasining juda qadrlagan fazilatlardan biri – uning har qanday muammoni hal qilish uchun ibodat qilishga tayyorligi edi.

– Bobom ikki yil oldin vafot etdi, – deb javob berdi u.

– O, kechir, iltimos, men shunchaki o‘yladimki... – Xizer nima deyishni bilmas edi.

– Hechqisi yo‘q, Xizer, uxlaylik. Ertaga ertalab bizda ibodat vaqti bo‘ladimi?

– Ha, albatta, nonushtadan keyin.

– Yaxshi. Xayrli tun, – pichirladi Enn. – Rahmat senga.

– Xayrli tun.

Xizer tezda uxlab qoldi, uning bir maromda nafas olishi eshitildi, lekin Enn uxlay olmadi. “Men senga to‘liq haqiqatni aytmadim, Xizer, – deb pichirladi Enn o‘ziga o‘zi. – Bobom bilan hech qanday muammom yo‘q, u allaqachon vafot etgan. Lekin u menga nima qilganini hech kimga aytmaganman. Men juda uyalaman va bu haqda kimgadir aytishga qo‘rqaman. Va men bu xotiralardan qutulolmayapman. Ehtimol, bu men sen bilan ibodat qilishni xohlagan mavzudir.

Ertalab nonushta paytida Jenni Shou uychasi ketma–ket uchinchi marta eng toza uy mukofotini qo‘lga kiritdi. Xizer Uells, har doimgidek, uni eng baland ovoz bilan tabrikladi va olqishladi, Enn, har doimgidek, orqada turdi. Ko‘pchilik qizlarning do‘st ekanligiga ishonishmasdi, ular juda har xil edilar. Xizer hissiyotli va ochiqko‘ngil edi, Enn esa tortinchoq va jim edi. Biroq, Xizer Ennini hech qachon chetda qoldirmadi va bu Enn o‘zining eng yaxshi do‘stidagi qadrlagan yana bir fazilat edi.

Nonushtadan so‘ng Enn va Xizer ibodat soatini o‘tkazishdi va ular o‘zlarining sevimli, kesilgan katta daraxtning ustida o‘tirishdi. Muqaddas Kitobni ochishdan oldin Enn tungi qisqa suhbatlaridan keyin unga tinchlik bermayotgan mavzuga qaytdi.

– Boshlashimizdan oldin, men sendan kechirim so‘ramoqchiman.

– Nima uchun? – Xizer qiziqish bilan boshini ko‘tardi.

Enn asabiylashib xoda ustida qimirlab o‘tirdi: bu haqda gapirish unga qiyin edi.

– Kecha senga bobom bilan hech qanday muammom yo‘qligini aytdim.

– Ha, chunki u ikki yil oldin vafot etgan, shundaymi?

– Aslida, men senga to‘liq haqiqatni aytmadim.

– Uning o‘limi haqidami?

– Yo‘q, muammolar haqida.

– Bobong bilan muammolaringiz bo‘lganmi? Dahshatli tushingning sababi shumi?

Yomon tushni eslatib, Enning umurtqasidan sovuq yugurdi. U boshini quyi soldi, sandalining uchi bilan qarag‘ay ignalarini harakatga keltirdi. Nihoyat u dedi:

– Bu haqda hech kimga aytmaganman, hatto ota–onamga ham.

Xizer dugonasini qo‘lidan ushladi. Gapirish uning uchun qanchalik og‘ir ekanini tushungandek bo‘ldi.

– Enni, xavotir olma, men sen bilanman, – deb ishontirdi u. – Agar xohlasang, menga aytishing mumkin.

– Hammasi to‘rt yoshligimda boshlangan. Yiliga bir necha marta ota–onam dam olish kunlari meni bobom va buvimnikiga olib borishar edilar. Buvim do‘konga borganida yoki uxlab yotganida, bobom... u menga... yomon ishlar qildi... – Uyatdan, Enn ko‘z yoshlarini ushlab turolmadi. – U... mening… tegindi tushunyapsanmi… va meni… unga teginishga majbur qildi. U menga bu haqda hech kimga aytmaslikni buyurdi, men esa boshqalarga buni aytmadim. Lekin men doim dahshatli tushlar ko‘raman.

Dugonasining yelkasiga boshini qo‘ygan Enn o‘ziga ko‘z yoshlar to‘kishga ruxsat berdi. Xizer dugonasini quchoqlab, o‘zi ham yig‘lay boshladi.

– Bechora Enni... – dedi u g‘amgin ovoz bilan. – Men nimalarni boshdan kechirganingni bilmasdim. Men juda afsusdaman!

Yana bir daqiqa ular birga o‘tirib yig‘lashdi.

– Bu qancha vaqt davom etdi? – deb so‘radi Xizer, ular nihoyat ko‘z yoshlarini artishganlarida. 

– Taxminan uch yil, – deb javob berdi Enn. – Keyin bobom og‘ir kasal bo‘lib qoldilar. U qariyalar uyida edi va ikki yil oldin vafot etdi. Men ota–onamga hech narsa demadim, – deb davom etdi u, – buning uchun meni urishishlaridan qo‘rqardim. Men bunda o‘zim aybdorman deb o‘ylardim.

– Enni, sen o‘shanda bola eding–ku, – dedi Xizer. – Hamma narsaga bobong aybdor. Bolalar bilan bunday ishlarni qilish mumkin emas.

– Nima uchun sodir bo‘lgan voqea uchun o‘zimni aybdor his qilyapman?

Xizer bir oz o‘ylanib qoldi:

– Men senga nima deyishni bilmayman, lekin balki Jenni bilar?

Jenni Shou oromgohda ularning ruhiy ustozi edi.

Jenni va uning turmush o‘rtog‘i Dag qizlar boradigan jamoatda yoshlar bilan ishlaydigan ko‘ngillilar edilar. Ikkalasi ham Jennini Masihdagi katta opalari deb hisoblashardi.

– Jenniga bu haqda ayta olishimga ishonchim komil emas, – dedi Enn qovog‘ini solib.

– Menga qo‘rqinchli tushlaring va bobong haqida gapirganing yaxshi, – dedi Xizer do‘stiga. – Men sen bilan bo‘laman va sen uchun ibodat qilaman. Menimcha, buni qanday hal qilish haqida Jenni bilan maslahatlashsang yaxshiroq bo‘lardi. Biz birgalikda u bilan gaplashishimiz mumkin.

Enn titrab ketdi. Biroq, u Xizerning haqligini his qildi. Qizlar yoshlar guruhiga qatnasha boshlaganidan beri Jenni Shou ularga ruhiy quvvat manbai bo‘ldi.

– Ehtimol, uning vaqti bo‘lmas, – dedi Enn zaif ohangda qarshilik ko‘rsatishga harakat qilib.

– Sen shunchaki u bilan gaplashishga tayyor ekanligingni aytgin, – dedi Xizer. – Qolganini o‘zim hal qilaman.

Enn Xizerga o‘zining dahshatli sirini ochish qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu bilan u o‘zini yaxshi his qildi. Xizer dugonasining gaplarini tinglab, u bilan birga yig‘lab olganidan so‘ng, yelkasidan og‘ir yukni biroz olgandek bo‘ldi. Va agar Jenni bilan gaplashib Enni o‘zini yanada yaxshi his qilsa, u buni qilishga tayyor edi.

– Yaxshi, – dedi u. – Jenni bilan gaplashishga roziman, faqat men bilan bo‘lsang.

Xizer dugonasiga dalda berib jilmayib qo‘ydi.

– Albatta! Biz do‘stmiz–ku.

Xizer Jennidan tushlikdan so‘ng bo‘sh vaqtida ular bilan suhbatlashishni so‘radi va Jenni rozi bo‘ldi. Hamma ot minib uchayotgan paytda ular uychada uchrashishdi.

Enn Xizerning qo‘lidan ushlab, Jenniga bolaligidagi dahshatli tushlarini ko‘rishiga sabab bo‘lgan noxush voqealari haqida gapirib berdi. Jenni uni dahshatli tafsilotlarga kirishga majburlamasdan, ko‘p savollar berdi. Enn gapirganda, u o‘zini yig‘lashdan tuta olmadi, lekin Xizer va Jenni u yerda edilar va uni qo‘llab–quvvatladilar.

– Hammasi joyida, yig‘lab ol, Enn, – deya dalda berdi Jenni.

– Sen yig‘lab olishing kerak. Biz sen bilanmiz.

Xizer va Jenni ham ko‘z yoshlarini to‘kishdi. Hissiyotlar so‘nganida, Jenni:

– Boshingga tushgan voqeaning, bobong bilan bo‘lgan “yashirin o‘yinlarning” ham nomi bor. Nima demoqchi ekanimni tushunyapsanmi, Enn? – dedi.

Enn Jenni nimani nazarda tutayotganini tushundi. Biroq, u javob berishga ikkilandi, chunki bu juda dahshatli, juda jirkanch edi... Nihoyat u bosh irg‘adi.

– Unda bobong senga nima qilganini ayt, – debi Jenni.

Enn uchun bu so‘zlar taqiqlangandek tuyuldi – la’nat kabi, u ularni aytishni xohlamas edi. Va shunga qaramay, Jenni uni muloyimlik bilan yetaklaganida u buni qildi:

– Bobom... meni zo‘rladi.

– To‘g‘ri, Enn, – dedi Jenni. – Buni tushunishing muhim. Ota–onalar, bobo–buvilar va boshqa kattalar senga g‘amxo‘rlik qilishlari va himoya qilishlari kerak. Boshqa paytlarda bobong qanchalik mehribon va g‘amxo‘r bo‘lib tuyulishi muhim emas, lekin u o‘zini qondirish uchun senga nisbatan qilgan ish – jinsiy zo‘ravonlik edi. Va bu jinoyat, Enn. Agar bobong hozir tirik bo‘lganida va xuddi shunday qilishda davom etganida, men politsiyaga yoki bolalarni himoya qilish xizmatiga xabar berishingni talab qilgan bo‘lardim. Bu juda jiddiy.

– Ammo buning uchun men qisman aybdorman deb o‘ylayman va o‘zimni aybdor his qilyapman, – dedi Enn ko‘z yoshlarini ushlab. – Bobom men juda chiroyli ekanimni aytardi.

Jenni sekin bosh chayqadi.

– Bu sening aybing emas, Enn. U senga nima degani muhim emas, o‘zingni qanday his qilayotganing muhim emas, bu sening aybing emas.

Jennining so‘zlari Ennga yengillik keltirdi, go‘yo uning yelkasidan yana bir katta yuk olib tashlangandek.

– Bu mening aybim emas, – deb takrorladi u.

– To‘g‘ri, – dedi Jenni jilmayib. – Va shuni bilishingni xohlayman: men sen bilan, bu haqda aytib berib, hozir ko‘rsatgan jasorating uchun faxrlanaman. Va men senga bu dahshatli qalb jarohatidan shifo topishingga yordam bermoqchiman.

– Shifo topishimga? – Enn hayron bo‘lib qayta so‘radi. – Ammo bu juda uzoq vaqt oldin bo‘lgandi!

– Men buni senga hozir tushuntiraman, – dedi Jenni. – Aytaylik, sen qo‘lingni sindirding, lekin bu haqda hech kimga aytmading va shifokorga bormading. Keyin nima bo‘lar edi?

– Xo‘sh, ehtimol, qo‘l shifo topardi, lekin suyaklar noto‘g‘ri o‘sgan bo‘lar edi, – Enn taxmin qila boshladi. – Yoki umuman tuzalmagan bo‘larmidi ...

– To‘g‘ri, – dedi Jenni. – Sen bilan ham shunga o‘xshash narsa bo‘lgan. Sen bolaligingda bobongning noma’qul harakatlari tufayli psixologik jarohatlangansan. Ehtimol, vaqt o‘tishi bilan sening qalbing qisman shifo topgandir. Ammo endi Xudo, seni sevganlarning yordami bilan, hali ham og‘riqli narsalarni davolay oladi.

– Endi men tushundim, – dedi Enn.

– Shuning uchun, shuni bilishingni istayman: men senga yordam berish uchun yoningda bo‘laman. Menga ishonishing mumkin, Enn.

– Menga ham, – dedi Xizer.

Jenni soatiga qaradi.

– Ketish vaqti bo‘ldi: endi jamoaviy o‘yinlar vaqti. Agar ikkalangiz qarshi bo‘lmasangiz, ertaga shu yerda uchrashmoqchiman. Hali gaplashadigan ba’zi mavzular bor.

– Men qarshi emasman, – dedi Enn.

Xizer ham rozi bo‘ldi.

Jenni ketishdan avval Enn uchun ibodat qildi. Kun davomida Enn ichida qandaydir quvonch va yengillikni his qildi. U hayotining eng qorong‘u sahifasini ochdi, lekin uning uchun juda muhim bo‘lgan ikki kishi uni hali ham sevishar edi va undan voz kechishmadi. Enn hayotida yangi bob boshlanayotganini his qildi.


Книга на Узбекском языке: Сексуальное насилие (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

Эта книга о сексуальном насилии.

Четырнадцатилетняя Энн Кэссиди больше не может хранить свою страшную тайну. Кошмары, воспоминания, чувство вины... Ему нужно с кем-то поделиться этим. Признание того, что она подверглась сексуальному насилию, приносит облегчение, но не облегчает причиненную боль. Что ему делать?



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак