Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ўз жонига қасд қилиш ҳақидаги фикрлар - (3 қисм) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchilik
Shonning hikoyasi 1-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Shonning hikoyasi 2-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Shonning hikoyasi 3-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Mualliflar haqida
SHONNING HIKOYASI. 3-QISM
Shon va Kevin maktabdan Dag Shouning uyigacha yetti kvartal uzoqlikdagi yo‘lni bosib o‘tishlari kerak edi. Ular yurib ketayotib, Shon mamnuniyat bilan Kevin ikki hafta oldingi paytlariga qaraganda hozir roliklarda ancha yaxshi uchayotganini ta’kidladi. Shon do‘stiga tashqi ko‘rinishi haqida hech narsa aytmadi, lekin Kevinning yorqin kiyimlari uning o‘ziga bo‘lgan munosabati o‘zgarganini ko‘rsatdi.
Shanba kungi sayrdan bir necha kun o‘tgach, Kevin Shon gumon qilgan narsani tan oldi:
- Sen meni aqldan ozgan deb o‘ylashing mumkin - dedi u ular birgalikda voleybol o‘yinini tomosha qilishyotganda. - Lekin men umuman yashashim kerakmi deb o‘ylay boshlagan edim. Men o‘zimni shunchalik yomon his qilar edimki, bu holatimni o‘lim bilan taqqoslaganda u dahshatli narsaga o‘xshamasdi».
Shon Kevinni tinchlantirib, uni aqldan ozmaganiga ishontirdi. Va bir necha kundan keyin Shon Kevinga yoshlar guruhining ustozi Dag Shou bilan uchrashishni va u bilan oiladagi muammolar haqida gaplashishni taklif qildi. Kevin, Shon u bilan borsagina borishga rozi bo‘ldi. Uchrashuv bugun, maktabdan keyin bo‘lishi kerak edi.
Dag Shon va Kevin bilan uyining eshigi oldida uchrashdi. U rafiqasi Jenni bilan birgalikda mini-bosmaxonani boshqaradi va yigitlar bilan uchrashish uchun bugun atayin ishdan erta jo‘nab ketgandi. Ular uyga kirganlarida, Dag muzlatgichdan uchta kola shishasini chiqarib, divanga o‘tirishni taklif qildi.
Dagning xushmuomala va ehtiyotkorlik bilan berilgan savollariga javob berar ekan, Kevin ota-onasining yaqinlashayotgan ajrashish jarayoni, yolg‘izligi, maktabdagi muammolari haqida gapirdi va o‘z joniga qasd qilish fikri borligini aytib o‘tdi. Shon do‘stidan bu haqda gapirish unga qanchalik qiyinligini tushungan holda, samimiyligi uchun minnatdor bo‘ldi.
- Sen va men bir narsada kelishib olishimizni xohlayman, Kevin, - dedi Dag dalda beruvchi tabassum bilan. - Sen men, Shon va barcha yoshlar guruhimizdagi yigitlar uchun juda qadrlisan. O‘z joningga qasd qilish xayolingga kelganida darhol menga qo‘ng‘iroq qilishingni va’da berishingni istardim. Va men, o‘z navbatida, qachon menga qo‘ng‘iroq qilsang, men sen bilan albatta gaplashaman, deb va’da beraman. Sen bunday kelishuvga rozimisan? - Dag Kevinga qo‘l uzatdi.
Shon Kevinga u bunga qanday munosabatda bo‘lishini bilmay qaradi. Nihoyat do‘sti dedi:
- Dag, men uchun qilmoqchi bo‘lganlaringizni juda qadrlayman. Men boshqa o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylayman deb hisoblayman. Ammo bu sodir bo‘lsa, sizga qo‘ng‘iroq qilishga va’da beraman. Rahmat.
Kevin Dag bilan qo‘l berib ko‘rishdi, u ham keyingi bir necha hafta davomida u uchun har kuni ibodat qilishga va’da berdi.
Keyin Dag Mukaddas Kitobni oldi:
- O‘ylaymanki, biz "Xudo bizni qanday ko‘radi" mavzusida qisqa Kalom darsini o‘tkazsak bo‘ladi. Biz o‘zimizni Xudo bizni ko‘rgandek ko‘rganimizda, biz U uchun va boshqa odamlar uchun qanchalik muhim ekanligimizni tushuna boshlaymiz.
Shon va Kev Muqaddas Kitoblarini chiqarib olishdi.
- Yeremiyo payg‘ambar kitobining o‘ttiz birinchi bobini oching, - dedi Dag. Yigitlar kerakli joyni topdilar. - Shon, uchinchi oyatni o‘qi.
Shon tomog‘ini qirib o‘qiy boshladi:
- Uzoqdan Rabbiy menga zohir bo‘lib, dedi: abadiy sevgi bilan Men seni sevdim va shuning uchun senga inoyat qildim.
Dag so‘radi:
- Xo‘sh, bu oyat bo‘yicha Xudo bizni qanday ko‘radi?
Shon Kevinga javob berish uchun imkoniyat yaratishni o‘ylab jim turishga qaror qildi.
- U bizni sevadi, shuning uchun menimcha, U bizni sevgiga loyiq ko‘radi.
- To‘g‘ri, Kev, - dedi Dag tabassum bilan. - Xudo seni sevgiga loyiq ko‘radi. U seni abadiy sevgi bilan sevadi. U seni nima qilsang ham, hayoting qanchalik baxtsiz bo‘lmasin, muammolaring qanchalik jiddiy bo‘lmasin, qancha xato yoki gunoh qilgan bo‘lsang ham seni sevadi. Xudo seni sevishdan to‘xtamaydi... hech qachon to‘xtamaydi.
Dag Kalomdan Xudoning sevgisi haqida gapiradigan yana bir qancha oyatlarni keltirdi. Kevin ayniqsa Ishayo payg‘ambar kitobidagi "Mana, men seni qo‘llarimga yozib qo‘ydim..." (49:16) oyatidan hayratda qoldi:
- Iye, Xudo bizni shunchalik yaxshi ko‘radiki, qo‘llariga ismlarimizni tatuirovka qildi! Uning sevgisi bunchalik kuchli deb o‘ylamagandim.
Shon va Dag jilmayishdi.
Keyin Dag ularga Ibtido (1:27), Rimliklarga maktub (8:3-5), Butrusning birinchi maktubi (1:18-19) va Efesliklarga maktubni (2:10) o‘qishni taklif qildi. Dag so‘rashdan oldin Kev javob berdi:
- Biz Xudo uchun juda muhimmiz. U bizni O‘zining suratida yaratdi, biz farishtalardan shunchaki bir oz pastroqmiz. U O‘z O‘g‘lini bizning gunohlarimiz uchun o‘lishga yubordi. U bizni O‘zining ijodi deb ataydi. U bizni mo‘l-ko‘l marhamatlashni istaydi. Bu esa biz U uchun ayniqsa qadrli ekanligimizni anglatadi.
Quyidagi oyatlarda Muqaddas Ruh haqida so‘z borardi va oxirida Kev Filippiliklarga maktubdan ovoz chiqarib o‘qidi: "Menga kuch beradigan Iso Masihning madadi bilan har narsani qila olaman" (4:13).
Bu safar Dagning savoliga Shon javob berdi:
- Bu oyatlar bizga Xudoga foydali bo‘lishimiz mumkinligini aytadi. U bizga in’omlar va qobiliyatlarni berdi. U bizda yashash uchun Muqaddas Ruhni yubordi va U bizga bergan kuchdan foydalanib, bizni Unga xizmat qilishga chaqiradi.
Dag ma’qullab bosh irg‘adi.
- Biz mukammal emasmiz va ba’zida o‘zimizni hech narsaga yaramaydigandek his qilamiz. Biroq, Xudo bizni juda boshqacha ko‘radi, chunki Uning Muqaddas Ruhi bizda yashaydi. Korinfliklarga ikkinchi maktubning beshinchi bob o‘n to‘qqizinchi oyatida aytilishicha, U bizga Xushxabar tarqatish xizmatini ishonib topshirgan. Xudo biz kabi mukammal bo‘lmagan insonlarga boshqalarni O‘ziga olib kelishni ishongani ajoyib emasmi!
- Men bu haqda hech o‘ylamaganman, - dedi Kev hayron bo‘lib.
Dag Kevga murojaat qildi:
- Komil, qudratli Xudoyimiz seni qadrli, foydali va mehrga loyiq deb bilishini tushunib olgach, o‘zingni qanday his qilyapsan?
Kevin bir necha soniya o‘yladi va keyin javob berdi:
- Bir tomondan, Xudo menga unchalik e’tibor bilan qaramagandek tuyuladi, chunki men o‘zimni sevgiga loyiq, Unga qadrli va foydali deb bilmayman. Ammo, boshqa tomondan, Xudo meni shunday deb hisoblagani uchun bu men uchun katta sharaf ekanligini his qilaman.
- Seningcha, kim seni qandayligingni yaxshiroq biladi: Xudomi yoki o‘zingmi? - Shon undan so‘radi.
Kev bir oz o‘yladi va uning yuzida tabassum paydo bo‘ldi.
- Bu provokatsion savol, Shon. Xudodan ko‘ra yaxshiroq biladi, deb kim ayta oladi?
Shon va Dag kulib yuborishdi, keyin Dag dedi:
- Men shu haqida gapiryapman, Kev. Xudo xato qilmaydi va Uning ko‘zlari o‘tkirdir. Agar U seni sevgiga loyiq, qadrli va foydali deb ko‘rsa - Muqaddas Kitobda aytilishicha, U seni chindan ham shunday ko‘radi - demak, sen shundaysan. To‘g‘rimi?
Kev jilmayib, yelka qisdi.
- To‘g‘ri.
Dag ikkalasiga ham murojaat qilib, dedi:
- Men ishonamanki, Xudo biz o‘zimizni U bizni qanday ko‘rsa, shunday ko‘rishimizni xohlaydi. Shunday qilib, biz hayot qiyinchiliklarini yengish uchun kuchga ega bo‘lamiz. Agar biz Xudo bizni sevishini, bizni qadrlashini va bizdan O‘z maqsadlari uchun foydalanishni xohlashini bilsak, biz mutlaqo hamma narsani yengishimiz mumkin.
Kev birdan jiddiylashdi.
- Hatto oilaning parchalanishini hammi? Hatto yaqin do‘stning dahshatli o‘limini hammi?
Dag uning qo‘lini ushladi.
- Nima deb o‘ylaysan, Kev? - so‘radi u tushungancha unga qarab.
Kev do‘sti va ustozining mehribon chehralariga qaradi.
- Ha, - dedi u nihoyat. - Menimcha, Xudo menga bularning barchasini yengishimga yordam beradi, chunki men sevgiga loyiqman, Uning nazarida qadrli va foydaliman. Menimcha, muammolarimdan qochish yaxshi fikr emas, chunki Xudo meni yaxshi deb hisoblaydi.
- O‘ylashimcha, sen mutlaqo haqsan, Kev, - deb javob berdi Dag. - Xudo seni yaxshi deb hisoblaydi. Biz ham.
Книга на Узбекском языке: Мысли о самоубийстве(Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
В этой книге речь пойдет о суицидальных мыслях и устремлениях.
Шестнадцатилетний Кевин Колвин, переживающий развод родителей, смерть близкого друга и удрученный неудачами в школе, впал в отчаяние и решил, что зря топчет землю. Неужели он серьезно обдумывает возможность самоубийства?
Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, что делать, если у твоего друга появились мысли свести счеты с жизнью. В этой книге ты найдешь практические советы.
А если ты сам погрузился в такую пучину, то, прочитав эту книгу, ты узнаешь, как разглядеть свет в конце тоннеля, и поймешь, насколько ты важен и ценен для Бога и окружающих.