911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 4 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ўз жонига қасд қилиш ҳақидаги фикрлар - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаO'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Shonning hikoyasi 1-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Shonning hikoyasi 2-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Shonning hikoyasi 3-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Shon va Kevinning misolida, siz tushkun va umidsiz ahvolda bo‘lgan do‘stingiz bilan o‘zingizni qanday tutishingiz kerakligi haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz mumkin. Agar do‘stingiz xuddi shunday umidsizlikka tushsa, unda umidsizlik alomatlarini ko‘rinsa, siz ham Dag va Jenni Shonga bergan maslahatiga amal qilishingiz mumkin. Sizning yondashuvingiz Shonnikidan biroz farq qilishi mumkin, lekin do‘stingizga yordam berishda kamida to‘rtta muhim qadamni qo‘yishni unutmang.

Biroq, birinchi navbatda, sizni ogohlantiraman. O‘z joniga qasd qilish fikrlari va ularni qo‘zg‘atadigan omillar juda jiddiy. Shon avval Dag va Jenni bilan maslahatlashgani oqilona edi. Siz hatto o‘zingizga ishonsangiz ham ota-onangiz, murabbiyingiz yoki jamoatingiz xizmatchilaridan maslahat, dalda va ibodat yordamini so‘rasangiz, donolik bilan harakat qilgan bo‘lasiz. Agar bu vaziyatda o‘zingizga ishonmayotgan bo‘lsangiz, ruhan yetuk masihiydan yordam so‘rang. Va agar biron bir bosqichda do‘stingiz siz unga bera oladiganingizdan ko‘proq narsaga muhtojligini tushunsangiz, yordam so‘rab jamoat xizmatchisiga murojaat qiling.

Do‘stingizga g‘amxo‘rlik ko‘rsating. O‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan odamlar o‘zlarini yolg‘iz his qilishadi. Ular faolmi yoki yo‘qmi va ijtimoiy doirasi qanchalik keng bo‘lishidan qat’iy nazar, ular ko‘pincha ularga g‘amxo‘rlik qiladigan, ularga vaqtini sarflaydigan va ularni qadrlaydigan odamning yetishmasligidan aziyat chekishadi. Kevin Kolvin bunga yorqin misoldir. Oiladagi muammolar tufayli u o‘zining foydasizligi va tashlab ketilganligini his qildi. Do‘sti Tim vafotidan keyin u o‘zini juda yolg‘iz his qildi. Buning natijasida uning maktabdagi bilim o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari pasayganida, Kev do‘stlari undan qanday uzoqlashganini ko‘rdi, ular endi u bilan uchrashmaslikka harakat qilishdi. Kevin kabi o‘zini yolg‘iz va sevilmagan his qiladigan kishi “behuda yashayotgan”ini osongina o‘ylashi mumkin.

Yolg‘izlik tufayli umidsizlik hissi bilan kurashayotgan odamga bera oladigan eng muhim yordam bu siz uning yonida bo‘lishingizdir. O‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan har bir kishi boshqalar bilan ochiq, ishonchli munosabatlarga muhtoj. Shon va Kevin anchadan beri do‘st bo‘lishgan, lekin Kevinning muammolari uni yolg‘izlatib qo‘ydi. Dag va Jenni Shonga munosabatlarini chuqurlashtirishda javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni maslahat berdi. Agar siz haqiqatan ham do‘stingizga o‘z joniga qasd qilish fikridan xalos bo‘lishga yordam berishni istasangiz, uning do‘stlik va sevgiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun sizga ko‘p vaqt va kuch kerak bo‘ladi.

Bu yerda do‘stingizga, u o‘zini yolg‘iz his qilmaslikka yordam beradigan, shuningdek qanday g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha ba’zi maslahatlar keltirilgan:

 

  1. Do‘stingizga g‘amxo‘rlik qiling. O‘z joniga qasd qilishni o‘ylayotgan odamga yordam berishning eng yaxshi usuli - bu unga qiziqish va qayg‘urishni ko‘rsatishdir. Shon Kevin uchun qayg‘urishini ko‘rsatib, Dag va Jenni bilan bog‘lanib, unga qanday yordam berish haqida maslahat so‘radi. Agar do‘stingiz azob chekayotganini bilsangiz, u haqida qayg‘uring, shunda siz aniq harakatlarga o‘tishingiz mumkin.
  2. Do‘stingiz bilan vaqt o‘tkazing. Azob chekayotgan insonlar uchun sevgi bu eng avvalo VAQTDIR. Masalan, Shon Kevin bilan rolikli konkida uchib, suhbatlashishga vaqt ajratdi. O‘zaro munosabatni mustahkamlash uchun do‘stingiz bilan vaqt o‘tkazishga imkoniyat qidiring.
  3. Do‘stingiz bilan aloqada bo‘ling. Do‘stingizga, hatto biron bir umumiy ish bilan band bo‘lmasangiz ham, uning ahvolini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilish, unga g‘amxo‘rlik qilishingizni ko‘rsatadi.
  4. Do‘stingiz uchun ibodat qiling. Xudodan munosabatlaringizni qanday qurishni va do‘stingizning sevgi va qabul qilishdagi ehtiyojlarini qanday qondirishni ko‘rsatishini so‘rang.
  5. Do‘stingizga u Xudoning farzandi ekanligini eslating. O‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan odamlar Xudo oldida o‘zlarining qadr-qimmatini yo‘qotadilar. Agar do‘stingiz masihiy bo‘lsa, unga Xudo uni juda sevishini va qadrlashini eslating. Agar u masihiy bo‘lmasa, u Xudo suratida yaratilganini va Masih u uchun o‘lganligi haqida aytib bering. Do‘stingizga Xudoning nazarida uning qadr-qimmatini ko‘rsatish yo‘llarini qidiring.
  6. Do‘stingizga umid berishga harakat qiling. Yer yuzida behuda yashayapman deb o‘ylagan Kevin umidini yo‘qotdi. Aksariyat o‘smirlar o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylayotganlarida, ular o‘z hayotini va yuzaga kelgan muammolarni oqilona baholay olishmaydi. Bunday odamdalarda umid uyg‘otishning eng yaxshi usuli - ularni fikrlari noto‘g‘ri ekaniga ishontirishga harakat qilish o‘rniga, his-tuyg‘ularga e’tibor qaratishdir. Shon qayg‘usini baham ko‘rish va unga tasalli berish orqali Kevinga umid baxsh etdi. Do‘stingizning umidi tiklangandagina, uning noto‘g‘ri tushunchalari bilan kurashish vaqti keladi.
  7. Do‘stingiz bilan gaplashing. Shon Kevin bilan gaplashadigan hech kimi yo‘qligini aniqladi. G‘amga botgan va tushkunlikka tushgan ko‘plab o‘smirlar o‘z muammolari va tashvishlarini ota-onalari bilan muhokama qila olmasligidan shikoyat qiladilar. Do‘stingizni uning hayoti va duch kelgan qiyinchiliklari haqida gaplashishga taklif qiling. Uning fikrini hurmat qiling, bahsli bo‘lsa ham, qoralash va tanqid qilishdan qoching. Do‘stingiz g‘amxo‘rlik qiluvchiga o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda etishi juda muhimdir.

 

Do‘stingiz bilan munosabatlaringizni chuqurlashtirishga harakat qilayotib, u o‘z joniga qasd qilish fikrlaridan xalos bo‘lishi uchun yana uchta muhim qadamni qo‘yishi unutmang:

Azoblanayotgan do‘stingizga tasalli bering. Eng muhimi, Kevinga o‘z vaziyatida tasalli kerak edi. Shuning uchun ham daryo bo‘yidagi o‘rindiqda o‘tirishganida, Shon unga qanchalik qiyin va og‘ir ekanini tushunganini aytdi. Iso shunday degan: “Yig‘layotganlar baxtlidir, chunki ular tasalli topadilar” (Matto 5:4). Yig‘lash - ruhiy og‘riqdan xalos bo‘ladigan jarayon. Kevin Shonning ehtiyotkor, xushmuomalalik bilan bergan savollariga javob berarkan, uyi va maktabidagi og‘riqli vaziyatni eslaganida “yig‘lab yubordi”. U o‘zini yomon his qilayotganini tan olganida, Shon u bilan dardini baham ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Isoning so‘zlariga ko‘ra, Shon Kevinga tasalli berganida, u “baxtli” bo‘ldi. Tasalli orqali Xudo azob chekayotganlarni marhamatlaydi va bu ular uchun chuqur og‘riq, umidsizlik va yolg‘izlikdan shifolanishning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Agar do‘stingiz azob chekayotgan va o‘z joniga qasd qilishni o‘ylayotgan bo‘lsa, u bilan uning og‘rig‘i va qayg‘usini baham ko‘rishga harakat qilganingizda, bu u uchun eng katta tasalli bo‘ladi. Xudo bizni boshqa odamlar orqali yupatadi. Havoriy Pavlus shunday deb yozgan edi: “Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga, har turli tasallining manbai bo‘lgan Xudo - marhamatli Otaga hamdu sanolar bo‘lsin! Har xil azob–uqubatlarga uchraganimizda, Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz." (2 Kor. 1:3-4). Tasalli – o‘zini tutib turish va ruhini cho‘ktirmaslikka da’vat etish emas. Tasalli – odamlarda nima uchun muammolar borligini tushuntirishga urinish emas. Tasalli - Xudo hammasini nazorat ostida ushlab turgani haqidagi "to‘g‘ri" so‘zlar to‘plami emas. Bularning barchasi o‘z vaqtida foydali bo‘lishi mumkin, ammo bu bizning tasalliga bo‘lgan ehtiyojimizni qondirmaydi.

Bizga asosan odamlar og‘rig‘imizni his qilishlari va biz bilan birga qayg‘urishlari tasalli beradi. Iso do‘sti Lazar vafot etganida tasalli xizmatini ko‘rsatdi (qarang: Yuh. 11). Iso Lazarning opa-singillari Maryam va Martaning uyiga kelganida, ular bilan birga yig‘lab yubordi (qarang: Yuh. 11:33–35). Buni esda tutish juda muhim, ayniqsa Iso keyin nima qilganini nazarda tutsak: esingizda bo‘lsa U Lazarni tiriltirdi (qarang: Yuh. 11:38-44).

Nega Iso yuragi ezilgan Maryam va Martaga: "Yig‘lama, Lazar tez orada hayotga qaytadi", demadi? Chunki o‘sha paytda ular qayg‘usini o‘rtoqlashadigan odamga muhtoj edilar. Iso ular bilan yig‘lab, tasalliga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirdi. Va keyin U mo‘‘jiza yaratdi va ularning qayg‘usini quvonchga aylantirdi.

Agar biz qayg‘u paytida yolg‘iz emasligimizni bilsak, uni boshimizdan o‘tkazish biz uchun yengilroq bo‘ladi. Havoriy Pavlus bizga shunday deb o‘rgatgan: "Xursand bo‘lganlar bilan xursand bo‘linglar va yig‘laganlar bilan yig‘langlar" (Rim 12:15). Siz qayg‘uda bo‘lganingizda, odamlar sizni yupatishni, sizni kuchli bo‘lishga undashni yoki nima uchun muammo yuz berganini tushuntirishni istab, tasalli berishga harakat qilishlari mumkin. Shubhasiz, bu odamlar sizga g‘amxo‘rlik qilishadi va qo‘lidan kelganicha harakat qilishadi. Lekin ular haqiqiy tasalli nima ekanligini bilmasliklari mumkin. Kevinni emotsional jihatdan tushunishga harakat qilgan Shon Kevinga kerakli yordamni berib, unga chinakam tasalli berdi.

Siz azob chekayotgan do‘stingizni xuddi shunday yupata olasiz. Uning dardi va qayg‘usini baham ko‘ring. Unga qo‘lingizni qo‘ying, quchoqlang yoki yelkangizda yig‘lashga ruxsat bering. Unga: "Men senga qanchalik qiyinligini bilaman", "Buni boshdan kechirayotganingdan juda afsusdaman" kabi so‘zlarni ayting. Uning his-tuyg‘ularini baham ko‘rmaguningizcha, Muqaddas Kitobdagi maslahat va nasihatlarni bermay turing. Mana bu Kalomiy ma’nodagi tasallidir.

Do‘stingizga yordam bering. Tasalli berishdan tashqari, do‘stingiz yordamga ham muhtoj. Tasalli va qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi farq nimada? Siz do‘stingizning qayg‘usiniga sherik bo‘lib buni his-tuyg‘u orqali ifodalaganingizda unga kerakli tasallini bergan bo‘lasiz, unga amaliy yordam berganingizda esa qo‘llab-quvvatlagan bo‘lasiz. Kundalik hayotning qiyinchiliklari og‘ir vaqtlarda ham saqlanib qoladi. Biroq, do‘stingiz ularni bajarish uchun shunchaki kuchga ega bo‘lmasligi mumkin. U "Bir-biringizning og‘irliklaringizni ko‘taringlar va shu tariqa Masihning qonunini bajaringlar" (Galat. 6:2) amriga amal qiladigan kishining yordamiga muhtoj.

Kevinga nafaqat tasalli, balki maktabdagi fanlarni o‘zlashtirishni yaxshilash uchun aniq yordam kerak edi. Shon Kevinni qo‘llab-quvvatlab, unga bo‘shliqni yopish va baholarini yaxshilashga yordam berdi. Shon Kevinni boshqa yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkin edi, masalan, xonasini tozalashda yordam berish, unga yarim kunlik ish topish, jamoatga olib borish va boshqalar.

Qanday qilib azob chekayotgan do‘stingizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin? Uning kayfiyatini kuzatib boring va savollar bering. Agar siz u hozir nima qilayotganini bilsangiz, yordamingizni taklif qiling, agar bilmasangiz, u uchun nima qila olishingizni so‘rang. Do‘stingizni taniganlardan unga yordam berishlarini so‘rang. Qo‘llab-quvvatlashingiz uning yukini yengillashtiradi va unga ko‘rsatgan e’tiboringiz emotsional inqirozni yengishga imkon beradi.

Do‘stingizga dalda bo‘ling. Biz boshqa odamni xursand qilish uchun biror narsa qilsak, unga dalda bo‘lamiz. Shon Kevin bilan roliklarda uchib, u bilan gaplashgandan so‘ng, vaqti-vaqti bilan unga qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildi, shunda Kevin uni eslab, u uchun ibodat qilganini bilardi. Bu amaldagi dalda hisoblanadi.

Do‘stingiz tasalli va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgani kabi, unga dalda ham kerak. Mana bir necha amaliy maslahatlar:

  • Do‘stingizga qayg‘urayotganingizni va u uchun ibodat qilayotganingizni aytib, otkritka yoki elektron pochta xabarini yuboring.
  • Do‘stingizga qo‘ng‘iroq qiling va shunday deng: “Salom! Men sen haqingda nima deb o‘ylayotganimni bilishingni xohlayman."
  • Tashabbusni o‘z qo‘lingizga oling va uni birgalikda tushlik yoki qahva ichishga taklif qiling. E’tiboringizni uning his-tuyg‘ulariga qarating.
  • Agar do‘stingiz sport tadbirida qatnashayotgan bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashingizni ko‘rsatish uchun tadbirga tashrif buyuring.
  • Umumiy do‘stlaringizni, ular sizga qo‘shilishni so‘rang va birgalikda do‘stingizni qo‘llab-quvvatlang.

 

So‘z va amalda ifodalangan tasalli, qo‘llab-quvvatlash va daldangiz do‘stingizga u yolg‘iz emasligini doimo eslatib turadi. O‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylayotgan odam esa uni sevishlarini va unga g‘amxo‘rlik qilinayotganini anglab yetsa, o‘ziga va hayotiy vaziyatiga butunlay boshqacha ko‘z bilan qaray boshlaydi.

Ushbu muhim qadamlarni qo‘yish, tasalli berish va qo‘llab-quvvatlash orqali - siz do‘stingizga - inson sifatida uning ahamiyati va qadr-qimmatini tushuntira olasiz. Shon daryo bo‘yida Kevin bilan suhbatidan bir necha hafta o‘tgach, bunday imkoniyatga ega bo‘ldi.


Книга на Узбекском языке: Мысли о самоубийстве(Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о суицидальных мыслях и устремлениях.

Шестнадцатилетний Кевин Колвин, переживающий развод родителей, смерть близкого друга и удрученный неудачами в школе, впал в отчаяние и решил, что зря топчет землю. Неужели он серьезно обдумывает возможность самоубийства?

Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, что делать, если у твоего друга появились мысли свести счеты с жизнью. В этой книге ты найдешь практические советы.

А если ты сам погрузился в такую пучину, то, прочитав эту книгу, ты узнаешь, как разглядеть свет в конце тоннеля, и поймешь, насколько ты важен и ценен для Бога и окружающих.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак