911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 3 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ўз жонига қасд қилиш ҳақидаги фикрлар - (2 қисм) Китоб Ўзбек тилидаO'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Shonning hikoyasi 1-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Shonning hikoyasi 2-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Shonning hikoyasi 3-qism

O'ylab ko'rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


SHONNING HIKOYASI. 2-QISM

Kevinni birgalikda nimanidir qilishga ko‘ndirish uchun Shonga butun umr kerakdek tuyuldi. Ilgari ular velosiped haydashni yoqtirishgan, ammo Shon uchun kutilmaganda Kevin kimgadir o‘zining qimmatbaho velosipedini sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi. Shonning boshqa har qanday g‘oyasi - video o‘yinlar o‘ynash, sport zaliga yoki beysbol maydoniga borish - "Negadir borgim kelmayapti" yoki "Men charchadim" degan so‘zlar bilan kutib olindi.

Ammo Shon daryo yoqasi bo‘ylab rolikli konkida uchishni taklif qilganida, Kev qiziqish ko‘rsatdi. Quyoshli shanba kuni ertalab soat o‘nlarda, Shon Kevinni yotoqdan turg‘izish va garajda roliklar va tizzalarni himoyalovchi uskunalarni topishga yordam berish uchun uni olib kelgani bordi. Soat o‘n bir yarimda ular daryo tomon katta tezlikda harakat qilishardilar.

Kev indamay rolikda uchardi. Shon rolikda yaxshigina uchsada, do‘stiga o‘zib ketishi uchun uni oldinga qo‘yib yubordi. U Kevning g‘alati xatti-harakatining sabablarini bilish uchun Xudo unga ko‘proq rahm-shafqat va kerakli so‘zlar berishini so‘radi.

Ular yo‘lning yarmiga yetganlarida, Kev allaqachon charchagan edi. Shon biroz dam olishni va suv ichishni taklif qilganida Kev darhol rozi bo‘ldi. Ular tizzalaridagi himoya uskunasini yechib, daryo bo‘yidagi o‘rindiqqa o‘tirishdi.

- Menga qara, Kev, bu ajoyib! - dedi Shon do‘stiga bir shisha suv uzatib. - Anchadan beri bunday uchmagan edik.

- Ha, bilaman, - deb javob berdi Kev zo‘rg‘a nafas olib. U shishadan bir qultum ichdi-da, daryo tomonga tikildi. Bu vaqtda Shon do‘stini egniga ahamiyat berayotgan edi. U rangi o‘chgan qora shorti va qabriston fonida qandaydir rok guruhi tasviri tushirilgan qora eskirib ketgan futbolka kiygandi. G‘amgin yuzni qoramtir sochlar o‘rab olgan edi. Kev har doim o‘zining tashqi ko‘rinishiga katta e’tibor berar edi, hatto sport bilan shug‘ullanganda ham. Shonda do‘sti o‘ziga e’tibor qaratishni to‘xtatgandek tuyuldi.

Dag va Jenni bilan yaqinda bo‘lgan suhbatni eslab, Shon muzni yorishga qaror qildi.

- Kev, men sen bilan anchadan beri bir narsa haqida gaplashmoqchiman, - deb boshladi u ehtiyotkorlik bilan.

Kev hamon daryodan ko‘zini uzmay, hech narsa demadi. Shon davom etdi:

- So‘nggi paytlarda biz birgalikda uncha ko‘p vaqt o‘tkazmayapmiz. Hammasi yaxshimi... aytmoqchimanki, oramizda?

Kev yelka qisdi.

- Ha, o‘ylashimcha, hammasi joyida.

- Menimcha, so‘nggi paytlarda biror narsa qilishni xohlamayapsan.

- Men biroz band edim va shunchaki charchadim.

Shon ko‘p gapirayotgandek ko‘rinmaslik uchun, biroz jim turib yana davom etdi:

- Sen juda kam gap bo‘lib qolding va tushkun ko‘rinasan. Yaxshimisan?

Kev bir zum jim qoldi, keyin Shonga qaradi.

- Unchalik emas, - dedi u va uning yuzida chuqur qalb og‘rig‘i ko‘rindi.

- Men senga yordam bera olamanmi? - deb so‘radi Shon.

Kev yana daryoga qaradi, keyin boshini pastga tushirib, yerga tikildi. Nihoyat dedi:

- Ota-onamni ajrashishdan to‘xtatib, olgan ikki baholarimni to‘g‘irlash bilan bo‘lsa, mayli?!

- Ota-onang ajrashyaptimi? - hayratda baqirib yubordi Shon.

Kev sekin bosh irg‘adi.

- Onam dadamning ofisda "dugonasi" borligini bilib qoldi. Onam dadamni uydan haydab yubordi va dadam men bilan ko‘rishishni xohlamasligini aytdi. Bizning uyda haqiqiy dahshatli voqealar bo‘lyapti.

Shon qo‘lini do‘stining yelkasiga qo‘ydi.

- Kev, afsusdaman!.. Men ota-onang orasida muammolari borligini bilardim, lekin ajrashishadi deb o‘ylamagan edim... Bu juda qiyin bo‘lsa kerak.

Boshini quyi solib o‘tirgan Kev ikki marta ko‘zini pirpiratdi va burnini ishqaladi. Shon hech qachon do‘stini bunchalik g‘amgin ko‘rmagandi. U tomog‘iga nimadir tiqilganini his qildi.

- Agar bu haqda men bilan gaplashmoqchi bo‘lsang, - deb davom etdi Shon, - men seni eshitaman.

Kev unga afsus bilan qaradi.

- Bu senga kerak emas, Shon.

- Nima demoqchisan?

- Men shuni aytmoqchimanki, sen bunga kirishishing shart emas. O‘zingda ham muammolar yetarli va mening muammolarim bilan qiziqish bildirishga hojat yo‘q.

- Kev, sen va men do‘stmiz, men esa...

- Ha, biz ba’zan birgalikda velosiped yoki rolikda uchamiz, - dedi Kev. - Ammo bu muammolarimni o‘z zimmangga olishing kerak degani emas.

- Quloq sol, biz do‘stmiz, buni eslaysanmi? – deb e’tiroz bildirdi Shon. - Agar senda muammolar bo‘lsa va men yordam berish uchun biror narsa qila olsam, men buni qilishni xohlayman - hech bo‘lmaganda seni eshita olishim bilan!

Kev yana yuz o‘girdi va o‘ylayotgandek bo‘ldi. Shon indamay do‘sti uchun ibodat qildi.

-  Endi kech bo‘ldi deb qo‘rqaman... menga yordam berish uchun hech narsa qila olmaysan, - dedi Kev deyarli pichirlab.

Bu so‘zlardan Shonning yuzini sovuq ter bosdi.

- Nima demoqchisan?

- Va buning nima keragi bor? Ota-onam bir-birlaridan nafratlanadilar va menga toqat qilolmaydilar. Katta akalarim meni ishyoqmas deb o‘ylashadi. Men o‘qishni tashlab qo‘dim va barcha fanlardan faqat ikki ball olyapman. Mening eng yaqin do‘stim Tim vafot etdi va boshqalar men bilan muloqot qilishni xohlashmaydi. Sendan tashqari.

- Sen Timni sog‘inding, shunday emasmi? - deb so‘radi Shon. - O‘zingni yolg‘iz his qilayotganing meni juda xafa qiladi. O‘qishda bunday muammolar borligini bilmasdim. Afsus, Kev...

Kev og‘ir xo‘rsindi. Uning yuzida kuchli ruhiy og‘riq aks etdi.

- Bekorga yerni bosib yuribman, bundan charchadim.

Shon do‘stini tirsagi bilan biroz turtdi:

- Aslo bejiz emas. Sen - Xudoning farzandisan. Senda Xudodan bo‘lgan ajoyib in’omlar bor. Qachonki sen behuda yerni bosib yurayotgandek, bekorga yashayotganingni his qilsang, shunchaki menga qo‘ng‘iroq qilgin, men senga qanchalik yaxshi ekanligingni eslatib qo‘yaman. Hayotingda esa Xudoning yordami bilan biz yengib o‘ta olmaydigan hech narsa yo‘q. Esingda bo‘lsin, Xudo seni sevadi va men ham senda hamma narsa yaxshi deb o‘ylayman – faqatgina roliklarda uchishing yomonroq!

Kev kulib yubordi va qo‘lini Shonning yelkasiga qo‘ydi.

- Rahmat, do‘stim, - dedi u ohista, deyarli pichirlab. Bir muncha vaqt jimlikdan so‘ng, u ota-onasi aynan do‘sti vafot etganida ajrashishga qaror qilishganidan o‘zini qanchalik yomon his qilayotgani haqida aytib bera boshladi. Kevning aytishicha, bu vaqt davomida u qorin og‘rig‘idan qiynalgan va doimo uxlashni xohlardi. Va u diqqatini jamlay olmagani sababli, uning maktabdagi faolligi keskin tushib ketdi. Kev qolib ketgan mavzularni  o‘zlashtirib olishga ishonmasdi va hatto sinab ko‘rish kerak deb o‘ylamagan.

- Kev, men sen bilan ro‘y berayotganlardan juda afsusdaman. Bilaman, ota-onalar ajrashsa, bu juda qiyin... - Oldinga qarab, Shon do‘stining tizzasini urib qo‘di. - Bularning barchasini boshingdan kechirishing kerakligidan afsusdaman.

Kev Shonga akalari tomonidan rad etilganini va yolg‘izligini aytib berdi.

- Men bu qiyinligini bilaman, - deb ishontirdi Shon. - Ammo sen va men do‘stmiz va biz buni hal qila olamiz.

Keyin Shon do‘sti uchun uni faqat Xudo va Kevin eshitishi uchun sekin ibodat qildi.

Bir necha daqiqadan so‘ng, do‘stini yupatgach, Shon taklif qildi:

- Kel, yo‘lning oxiriga yetib, bir tushlik qilaylik?

 Yana Kevning ortidan ketayotib, Shon do‘stiga tasalli berish imkoniyati uchun Xudoga minnatdorchilik bildirdi. Shon, ular o‘rtasida daryo bo‘yidagi o‘rindiqda bo‘lib o‘tgan suhbat faqat boshlanishi ekanligini bilardi. Biroq, Dag va Jenni tomonidan ruhlantirilgan Shon davom etishga tayyor edi.

Do‘stlar yo‘lning oxiriga yetib, daryoning yaqinida joylashdilar. Oyoq kiyimlarini yechishib, oyoqlarini tiniq, salqin suvga botirdilar va Shon ryukzakdan olgan sendvich va chipslarni yeyishni boshladilar. Daryo yoqasidan esayotgan shabada ularga kuch, tetiklik baxsh etdi. Shon Kevning yuzi yorishganini payqadi va bunga sabab, albatta, nafaqat quyosh nuri edi.

- Quloq sol, men jiddiy gapiryapman, - dedi Shon og‘zini chipslar bilan to‘ldirib. - Men maktabingda nimalar bo‘layotganini bilmoqchiman. Sen qanchalik ortda qolding va qaysi fanlarda eng katta muammolaring bor?

Kev maktabni eslashi bilan ingrab yubordi.

- Ha, do‘stlardan nimanidir sir saqlash qiyin, - dedi u jilmayib.

- Men sening yaralaringga tuz sepmoqchi emasman, - dedi Shon, - lekin men senga biror narsada yordam berishim mumkinmi?

- Semestr tugashiga bir oy qoldi, Shon, - dedi Kev. - Dunyodagi eng tezkor kompyuter ham meni bu muammodan chiqara olmaydi.

Keyin u biologiya va adabiyotdan juda orqada qolganini va boshqa uchta fandan zo‘rg‘a muvaffaqiyat qozonganini aytdi. U ko‘plab uy vazifalarini o‘tkazib yuborganini va shuning uchun imtihonlarga tayyorlanmaganini, shuningdek, ehtimol ularni muvaffaqiyatli topshira olmasligini aytdi.

Shon diqqat bilan uni tingladi. Keyin dedi:

- Ehtimol, biz seni yuqori ballarga olib chiqa olmaymiz, ammo "uch"ga yetib olishimizga ishonchim komil. Hech bo‘lmaganda senga baho qo‘yishadi. Bu fikr senga yoqdimi?

- Baholarimni yaxshilashga yordam bermoqchimisan? — ishonmay qayta so‘radi Kev. - Lekin nima uchun? O‘qishni juda yaxshi ko‘rasanmi?

Shon jilmaydi.

- Sen hamma narsani juda yaxshi tushunyapsan. Men senga yordam bermoqchiman, shu xolos. Do‘stlar yana nima uchun kerak? Ishonchim komilki, jamoatningning boshqa yigitlari ham senga yordam berishdan xursand bo‘lishadi.

- Men uchun uy vazifamni bajarasizlarmi yoki men uchun javoblarni yozasizlarmi?

- Yo‘q, men bu haqda gapirmayapman, - deb tushuntirdi Shon. - Sinfdoshlaringga yetib olishing uchun o‘tkazib yuborgan mavzularni tushunib olishingga yordam berishimiz kerak. Va sen bilan birgalikda nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak bo‘ladi.

- Sizlar men bilan shug‘ullanasizmi?

- Aynan shunday. Men adabiyot va tarixni yaxshi bilaman. Reychel Devitt esa senga matematika va biologiya bo‘yicha yordam berishi mumkin. Bu haqda nima deb o‘ylaysan?

- Reychel... bu juda zo‘r. Men uni yoqtiraman.

Ular bir muddat jim o‘tirishdi.

- Men nima deb o‘ylashni bilmayman, - dedi Kevin sukunatni buzib. - Hech kim menga yordam taklif qilmagandi, hatto ota-onam ham, hech bo‘lmaganda Timning o‘limidan keyin ham. Menga men o‘zimning muammolarim bilan yolg‘iz qolgandek tuyulardi va ulardan qanday qilib chiqib ketish meni tashvishga solardi. Men uchun maktabda ham, uyda ham hamma narsani yaxshilash tobora qiyinlashib borardi.

- Bu o‘zgaradi, Kev, - deb ishontirdi Shon. - Sen uchun qanchalik og‘ir ekanini tushunishim uchun shuncha vaqt kerak bo‘lgani achinarli. Lekin men yordam berishni xohlayman. Bizning yoshlar guruhidagi boshqa yigitlar ham shunday qilishlarini bilaman. Jumladan, Dag va Jenni. Xo‘sh, rozimisan?

Kev jilmayib qo‘ydi.

- Ha, - dedi u nihoyat. - Albatta roziman. Rahmat... do‘stim!

Qaytish yo‘lida Kev yanada xursand va tetik ko‘rindi. U ko‘proq kuchga ega bo‘lgandek tuyuldi. Shonga do‘stini ochiq va quvnoq ko‘rish xursandchilik keltirar edi.

Shon do‘stini qo‘llab-quvvatlash va uning ishlariga qiziqishini ko‘rsatish uchun har kuni Kevga qo‘ng‘iroq qilishga yoki u bilan maktabda vaqt o‘tkazishga qaror qildi. Ob-havo imkon bersa, Shon Kevni rolliklarda uchishga taklif qilmoqchi bo‘ldi.


Книга на Узбекском языке: Мысли о самоубийстве(Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о суицидальных мыслях и устремлениях.

Шестнадцатилетний Кевин Колвин, переживающий развод родителей, смерть близкого друга и удрученный неудачами в школе, впал в отчаяние и решил, что зря топчет землю. Неужели он серьезно обдумывает возможность самоубийства?

Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, что делать, если у твоего друга появились мысли свести счеты с жизнью. В этой книге ты найдешь практические советы.

А если ты сам погрузился в такую пучину, то, прочитав эту книгу, ты узнаешь, как разглядеть свет в конце тоннеля, и поймешь, насколько ты важен и ценен для Бога и окружающих.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак