Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ўз жонига қасд қилиш ҳақидаги фикрлар - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchilik
Shonning hikoyasi 1-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Shonning hikoyasi 2-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Shonning hikoyasi 3-qism
O'ylab ko'rish uchun vaqt
Mualliflar haqida
O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT
Ehtimol, Shon singari, siz ham do‘stingizning xatti-harakatlarida tashvishli narsani sezgandirsiz. Muammo nimada ekanligini aniq bilmasligingiz mumkin, lekin siz do‘stingiz o‘z joniga qasd qilishni o‘ylayotgandir deb gumon qilayotgan bo‘lishingiz mumkin. Sizning tashvishingiz o‘rinli, chunki o‘z joniga qasd qilish bugungi kunda o‘smirlar o‘limining ikkinchi sababidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili olti yarim ming o‘smir o‘z joniga qasd qiladi - bu har bir yarim soatda sodir bo‘ladi! Agar do‘stingizning xatti-harakatlarida o‘z joniga qasd qilish belgilari mavjud bo‘lsa, uning niyatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish uchun biror narsa qilish vaqti keldi.
Bu juda jiddiy muammo. Shu muammo bilan bog‘liq, uchta narsaga e’tibor qaratish lozim.
Birinchidan, ba’zi o‘smirlar haqiqatan ham o‘z joniga qasd qilishga harakat qilishadi. Agar kimdir o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan paytda siz yonida bo‘lsangiz, darhol mas’ul bo‘lgan kattalar bilan bog‘lanishingiz yoki uni klinikaga olib borish uchun tez yordam chaqirishingiz kerak. Bu odam yana buni qilishga urinmasligi uchun professional yordamga muhtoj.
Ikkinchidan, o‘smirlar o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilishlari yoki o‘z joniga qasd qilish haqida jiddiy o‘ylashlari mumkin. Agar siz o‘z joniga qasd qilish haqidagi xatni topsangiz yoki do‘stingiz o‘z joniga qasd qilishni jiddiy o‘ylayotganini bilsangiz, harakat qilishingiz kerak. Yoshlar bilan ishlaydigan jamoat xizmatchisi yoki do‘stingizning otasi yoki onasi, uni professional maslahatchiga olib borishi mumkin bo‘lgan odam bilan gaplashing. Do‘stingizni kattalarning ishonchli qaramog‘ida bo‘lmaguncha yolg‘iz qoldirmang. O‘z joniga qasd qilish tahdidini uni amalga oshirishning potensial urinish sifatida ko‘rib chiqilishi kerak.
Uchinchidan, Kevin Kolvin kabi o‘smirlar o‘z joniga qasd qilish fikrlarga ega bo‘lishi mumkin. Sizni bezovta qilishi mumkin bo‘lgan narsa, do‘stingizning harakatlarida, aynan Kevin kabi o‘z joniga qasd qilishning ma’lum belgilari ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Agar siz quyidagi savollarning kamida bir nechtasiga ijobiy javob bera olsangiz, bu do‘stingiz o‘z joniga qasd qilish ehtimoli haqida jiddiy o‘ylashga tayyor ekanini bildiradi.
- Do‘stingiz o‘lim mavzusiga, masalan, o‘lim haqida gapirish, u haqida savol berish, shu mavzuli musiqa tinglash yoki o‘lim mavzusini o‘z ichiga olgan filmlarni tomosha qilish kabi nosog‘lom qiziqishi bormi?
- Do‘stingiz o‘z narsalarini tarqatyaptimi yoki o‘limga tayyorlanayotganini ko‘rsatadigan boshqa biror narsa qilyaptimi?
- U doimo ruhiy tushkunlikni his qiladimi?
- Do‘stingizning xatti-harakatlarida to‘satdan, kutilmagan o‘zgarishlar (his-tuyg‘ularning jo‘shqinlik bilan ifodalanishi, agressiv harakatlari) bormi?
- U ko‘pincha g‘amgin, injiqmi yoki yakkalanib olib, yolg‘izlikka intiladimi?
- Do‘stingizni doim uyqu bosadimi yoki u uyqusizlikdan shikoyat qiladimi?
- U tez-tez charchaganini his qiladimi?
- U ehtiyotsiz haydash, pichoq yoki o‘qotar qurol bilan o‘ynash kabi xavfli harakatlarga moyilmi?
Garchi bularning barchasi do‘stingiz o‘z joniga qasd qilish arafasida ekanligini anglatmasa-da, bu harakatlar u o‘z joniga qasd qilishni o‘z muammolarining yechimi sifatida ko‘rib chiqayotganini ko‘rsatishi mumkin. Shondan o‘rnak olib, tashvishlaringizni ustozingiz, jamoat xizmatchisi yoki ota-onangiz bilan baham ko‘rsangiz va ular bilan keyingi qadamlarni muhokama qilsangiz, oqilona bo‘ladi. Biror narsa qilish vaqti keldi.
Ushbu xavotirli alomatlar ortida qanday muammolar bor? O‘smirni o‘z joniga qasd qilish haqida nima o‘ylatadi? Mana uni yashashdan ko‘ra o‘lim yaxshiroq degan qarorga keltirishi mumkin bo‘lgan bir necha omillar. Ulardan biri yoki bir nechtasi sizni bezovta qiluvchi do‘stingizning xatti-harakatining ildizida bo‘lishi mumkin.
Oilaviy munosabatlardagi muammolar. Do‘stingizning oilasida vaziyat qanday? U ota-onasi tomonidan begonalashtirilgan yoki rad etilganini his qiladimi? Shon Kevinning ota-onasi doimo janjallashib qolishganini va katta akalari ketishganini eslatib o‘tdi. Ajralish va to‘xtovsiz oilaviy nizolar bilan birga keladigan stress va yolg‘izlik o‘z joniga qasd qilish fikriga olib kelishi mumkin.
Depressiya. Do‘stingiz doimo tushkunlikka tushadimi? Klinik depressiya - bu odamlarga o‘z muammolariga yechim topishga xalaqit beradigan kasallik. Malakali mutaxassis yordamisiz, depressiya qurbonlari o‘z joniga qasd qilishni yagona yo‘l sifatida ko‘rishlari mumkin.
Haqiqatdan qochish istagi. Do‘stingiz, uning fikricha, umidsiz vaziyatda ekanligini his qiladimi? O‘smirlar ko‘pincha o‘z joniga qasd qilishni umidsizlik, og‘riq, jazo, xo‘rlik yoki oddiygina og‘ir psixologik va emotsional yukdan qutilishning bir usuli deb bilishadi.
Yaqin insonni yo‘qotish. Do‘stingiz ota-onanasi, yaqin do‘sti yoki sevganidan ayrilib qolganmi? Shon Kevin yaqinda do‘stining avtohalokatda vafot etganidan juda xafa bo‘lganligi haqida gapirdi. O‘z joniga qasd qilishni bunday yo‘qotishdan kelib chiqadigan chidab bo‘lmas sog‘inch va qayg‘udan xalos bo‘lish usuli sifatida ko‘rish mumkin.
Aybdorlik hissi. Do‘stingiz o‘zini aybdor his qiladimi? Ba’zida o‘z joniga qasd qilish kechirilmas xato uchun o‘zini o‘zi jazolashning bir turi sifatida qabul qilinadi.
O‘ziga e’tiborni jalb qilish yoki manipulyatsiya orqali maqsadga erishish istagi. Do‘stingiz ota-onasi yoki do‘stlari tomonidan e’tiborsiz qolgandek tuyuladimi? Bunday holda, tahdidlar yoki o‘z joniga qasd qilishga urinishlar ko‘pincha yordam chaqirig‘idan boshqa narsa emas. Ehtimol, do‘stingiz shunday demoqchidir: “Men og‘riqni his qilyapman, umidsizman. Men buni qanday hal qilishni bilmayman va menga yordam kerak. Iltimos, kimdir, menga e’tibor bering!” O‘z joniga qasd qilish tahdidi, shuningdek, ota-onalardan xohlagan narsani olish uchun ularni manipulyatsiya qilishga urinish bo‘lishi mumkin.
Qasos olish istagi. Do‘stingizni kimdir qattiq xafa qilganmi? Ba’zida qasos olish istagi yashash istagidan kuchliroqdir. O‘z joniga qasd qilish zo‘ravon uchun jazo sifatida qaralishi mumkin. Bundan tashqari, yaqin munosabatlarni buzilishi uchun qasos ham bo‘lishi mumkin.
Agar do‘stingiz, Kevin kabi, o‘z joniga qasd qilish belgilarini ko‘rsatsa, vaziyat umidsiz emas. Do‘stingizning o‘z joniga qasd qilish fikriga sabab bo‘lgan og‘riqni yengillashtirish uchun choralar ko‘rishingiz mumkin. Yordam so‘rashingiz mumkin bo‘lgan ruhiy yetuk masihiylar, Dag va Jenni kabi kattalarning ibodatlari orqali qo‘llab-quvvatlashlari va yo‘l-yo‘riqlariga ega bo‘lsangiz yaxshiroqdir. Ammo yoningizda bunday odamlar bo‘lmasa ham, Shon kabi do‘stingizga yordam bera olasiz.
Книга на Узбекском языке: Мысли о самоубийстве(Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
В этой книге речь пойдет о суицидальных мыслях и устремлениях.
Шестнадцатилетний Кевин Колвин, переживающий развод родителей, смерть близкого друга и удрученный неудачами в школе, впал в отчаяние и решил, что зря топчет землю. Неужели он серьезно обдумывает возможность самоубийства?
Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, что делать, если у твоего друга появились мысли свести счеты с жизнью. В этой книге ты найдешь практические советы.
А если ты сам погрузился в такую пучину, то, прочитав эту книгу, ты узнаешь, как разглядеть свет в конце тоннеля, и поймешь, насколько ты важен и ценен для Бога и окружающих.