Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Режалаштирилмаган ҳомиладорлик - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchiliklar
Stefanining hikoyasi. 1–qism
Oylab korish uchun vaqt
Stefanining hikoyasi. 2–qism
Oylab korish uchun vaqt
Stefanining hikoyasi. 3–qism
Oylab korish uchun vaqt
Stefanining hikoyasi. 4–qism
Oylab korish uchun vaqt
Mualliflar haqida
O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT
Ota–onangizga homiladorligingiz haqida imkon qadar tezroq aytib berishingiz va bu sizga hamda ularga qanday ta’sir qilishini ular bilan muhokama qilishni boshlashingiz kerak. Ushbu suhbatga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradigan ba’zi maslahatlar quyida berilgan.
Ushbu suhbat davomida siz bilan birga yana kimdir bo‘lishini xohlaysizmi, o‘zingiz qaror qiling. Stefaniga ustozi Jenni Shouning ishtiroki va daldasi katta yordam berdi. Agar siz ota–onangiz bilan gaplashayotganda kimdir yoningizda bo‘lsa, o‘zingizni ishonchliroq his etishingiz mumkin. Agar muammoingizni Jenni kabi kimdir bilan baham ko‘rsangiz – murabbiy, sizdan yoshi kattaroq do‘stingiz yoki jamoat cho‘poni – ehtimol ular ota–onangiz bilan gaplashishga yordam berishga tayyor bo‘lishlari mumkin.
Iloji boricha tezroq gaplashish uchun vaqt ajrating. Ota–onangiz yoki murabbiyingiz bilan suhbatni uzoq vaqt qoldirmaslikka harakat qiling. Homiladorligingiz haqida boshqalardan bilib olishlariga yo‘l qo‘ymang. Hech narsa sizni chalg‘itmasligi uchun suhbatlashishga vaqt va joy toping. Siz ota–onangizga shunday deyishingiz mumkin: “Men siz bilan gaplashishim kerak. Qachon va qayerda o‘tirib suhbatlashamiz?”
Rostini so‘zlang. To‘g‘ridan–to‘g‘ri maqsadga o‘ting. Siz o‘zingiz yoki suhbat davomida yoningizda bo‘lishga rozi bo‘lgan kishi homilador ekanligingizni ota–onaga (yoki murabbiyga) to‘g‘ridan–to‘g‘ri aytishi kerak. To‘g‘ridan–to‘g‘ri gapiring, gapni aylantirmang, aks holda sizning hikoyangiz hamma tomonidan yanada og‘ir qabul qilinadi.
Afsus va pushaymonligingizni bildiring. Siz ularning qizi bo‘lganingiz uchun, kelgusi oylarda ota–onangiz ham siz boshdan kechirgan narsalarni boshdan kechirishi kerak. Sizning xatoingiz tufayli ular duch keladigan qiyinchiliklardan afsuslanasizmi? Stefani Kuper singari ularga afsusda ekanligingizni ayting.
Variantlaringiz haqida ota–onangiz bilan gaplashing. Ularga abort qilish, turmush qurish, bolani mustaqil ravishda tarbiyalash yoki uni boshqa oilaga berish haqida nima deb o‘ylayshingizni, ayting. Bolangizni yolg‘iz (yoki agar turmush qursangiz, uning otasi bilan birga) tarbiyalash yoki homiylik ostidagi oilaga berish haqida qaror qabul qilganingizda, ulardan maslahat so‘rang va yordam so‘rang. Ota–onangiz sizga bu xabarni boshqa oila a’zolariga, bolaning otasi va ota–onasiga yetkazishda yordam berishi mumkin. Kelgusi oylarda onangiz va otangizdan yordam so‘rang.
Suhbatni ibodat bilan yakunlang. Agar ota–onangiz masihiy bo‘lishsa, ulardan siz bilan birga ibodat qilishlarini so‘rang. Homiladorlik va tug‘ish bilan bog‘liq muammolarni hal qiladigan davrda Xudodan yo‘l–yo‘riq va yordam so‘rang.
Ota–onangizning his–tuyg‘ularini hurmat qilib va ularning maslahatlarini tinglash istagini ko‘rsatish orqali siz ko‘p oylar davomida ularning yordamiga ega bo‘lasiz. Sizga eng yaqin odamlar siz tomonda ekanligini anglash Stefani bilan bo‘lgani kabi emotsional yukning bir qismini yelkangizdan olib tashlashga yordam beradi.
Книга на Узбекском языке: Незапланированная беременность (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
В этой книге речь пойдет о незапланированной беременности и тем, как справиться с этой ситуацией.
Семнадцатилетняя Стефани Купер признаётся своей лучшей подруге, что беременна. Как ей сказать об этом родителям и отцу ребенка? Что делать дальше? Будущее кажется сложным и запутанным...
Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, что можно сделать в подобной ситуации. Если ты столкнулась с проблемой нежелательной беременности, то из этой книги ты узнаешь, как решить ее наилучшим образом и что ожидает тебя в ближайшее будущее.
А если у тебя есть подруга, которая, подобно Стефани, оказалась в таком непростом положении, то в этой книги ты найдешь практические советы, как помочь ей принять правильные решения.