911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 4 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Режалаштирилмаган ҳомиладорлик - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаRejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchiliklar 

Stefanining hikoyasi. 1–qism

Oylab korish uchun vaqt

Stefanining hikoyasi. 2–qism

Oylab korish uchun vaqt

Stefanining hikoyasi. 3–qism

Oylab korish uchun vaqt

Stefanining hikoyasi. 4–qism

Oylab korish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISh UChUN VAQT

Stefani homiladorligini bilgach, boshiga tushgan muammoni yengish uchun shunchaki tasallidan ko‘proq narsa kerak. Sizga ham. Yana ikkita muhim jihat bor.

Birinchidan, qo‘llab–quvvatlashga muhtojsiz. Tasalli va qo‘llab–quvvatlash o‘rtasidagi farq nimada? Odamlar qayg‘ularingizni his–tuyg‘ulari bilan baham ko‘rganlarida sizga kerakli tasalli beradilar va sizga amaliy yordam berganlarida, qo‘llab–quvvatlaydilar. Kundalik hayotning qiyinchiliklari og‘ir vaqtlarda ham saqlanib qoladi. Biroq, siz ularni bajarish uchun shunchaki kuchga ega bo‘lmasligingiz mumkin. Siz "Bir–biringizning og‘irliklaringizni ko‘taringlar va shu tariqa Masihning qonunini bajaringlar" (Galat. 6:2) amriga amal qiladigan kishining yordamiga muhtojsiz.

Jenni va Keyt Stefanini qanday qo‘llab–quvvatlagani haqida o‘ylab ko‘ring. Ular unga oldida turgan savollarni hal qilishga yordam berishdi. Zarur bo‘lganda shifokorga olib borishni taklif qilishdi. Ular unga homiladorlik paytida va tug‘ruqdan keyin o‘qishlarida yordam berishga va’da berishdi. Ular, shuningdek, agar u bolani berishga qaror qilsa, farzand asrab olish agentliklari bilan ishlashda yordam berishga va’da qilishdi. Jenni va Keyt Stefaniga nafaqat hissiy, balki amaliy yordam berishlariga ishontirishdi.

Siz boshqalarning yordamini e’tiborsiz qoldirish yoki xatto rad etish vasvasasiga tushishingiz mumkin. Siz buni o‘zingiz hal qila olaman deb o‘ylashingiz yoki muammolaringiz bilan boshqalarni bezovta qilishni xohlamasligingiz mumkin. Biroq, shubhalaringizni bir chetga suring. Xudo biladi, ba’zida hayotimizda boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘lgan davrlar bo‘ladi, shuning uchun Galatiyaliklarga maktubdagi so‘zlar (6:2) Muqaddas Kitobga kiritilgan. Odamlar sizga yordam berishlariga imkon bering va ulardan minnatdor bo‘ling. Bu Xudo ushbu vaqtlarda siz uchun O‘zining g‘amxo‘rligini ko‘rsatadigan usullardan biridir.

Agar sizga amaliy yordam kerak bo‘lsa-yu, lekin hech kim sizga yordam bermasa-chi? Bu holda yordamni o‘zingiz so‘rang. Muammoingizni ishonchli do‘stingiz, yoshlar hizmatkori yoki jamoat cho‘poni bilan bo‘lishish va yordam so‘rashning yomon joyi yo‘q. Misol uchun, agar Jenni Stefaniga onasi bilan gaplashib olishda yordamni taklif qilmaganida, qizning o‘zi bu haqda undan so‘rashi mumkin edi. Aksariyat hollarda odamlar yordam berishni xohlashadi, ular nima qilishni bilishmaydi. Sizga nima kerakligini aniq aytib berish orqali ularga sizni qo‘llab–quvvatlashga yordam bering.

Ikkinchidan, sizga dalda kerak. Boshqa odam sizni xursand qilish uchun biror narsa qilsa, bu yaxshi dalda bo‘lar edi. Stefani do‘stlarining u bilan uchrashishga va ibodat qilishga tayyorligidan ruhlanardi. Kelgusi haftalar va oylar davomida u har safar qo‘ng‘iroq qilib, uning ahvolini so‘rash, dalda beruvchi xabarlarni, Muqaddas Kitobdan so‘zlarni yuborib u bilan baham ko‘rish va uni quchoqlashlaridan dalda olardi. Bu dalda amaliy yordam ko‘rsatish kabi kuchli ko‘rinmasligi mumkin, ammo bu juda muhim.

 Shuningdek, agar siz kerakli dalda olmayotgan bo‘lsangiz - so‘rang. Sizdan xavotirda bo‘lgan odamga "Iltimos, meni quchoqlang" yoki "Bir muddat men bilan qoling" deyish tabiiy.

Uni sevadigan ikki kishidan tasalli, qo‘llab–quvvatlash va dalda olayotgan bo‘lsa-da, Stefani ba’zi savollarga o‘zi javob berishi kerak edi. U nafaqat uning hayotiga, balki tug‘ilmagan bolaning hayotiga ham ta’sir qiladigan qarorlar qabul qilishi kerak edi. Quyidagi savollar siz uchun yoqimli bo‘lmasligi mumkin va ularga javob berish siz uchun qiyindir. Biroq, muammoni hal qilish aynan o‘sha javoblardan boshlanadi. Siz ularga Jenni Shou yoki Keyt Xolms, jamoatning yoshlar bo‘yicha xizmatchisi, sodiq do‘stingiz, ota–onangiz yoki cho‘poningiz yordamida javob topishingiz mumkin.

Homilador ekanligingizga ishonchingiz komilmi? Sizda hayz ko‘rish davri buzilmaganmi, hayz ko‘rishingizda kechikish bormi? Homiladorlik testini o‘tkazdingizmi? Doktor sizni tekshirdimi? Agar siz hali ham shubhalanayotgan bo‘lsangiz, buni qiling. Agar sizga ushbu bosqichda yordam kerak bo‘lsa, buni do‘stingiz yoki jamoat cho‘ponidan so‘rang.

Homiladorligingiz haqida kim biladi? Jenni aytganidek, vaziyatingizni ota–onangizga, shuningdek, sherigingiz va uning oilasiga darhol oshkor qilishingiz juda muhim. Ota–onangiz bilan suhbatni qanday o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlarni ushbu kitobni o‘qish davomida topasiz. To‘g‘ridan–to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan boshqa odamlarga kelsak, bu haqida qachon va kimga aytishni o‘zingiz hal qilasiz.

Abort haqida o‘ylayapsizmi? Abort istalmagan homiladorlik muammosini nisbatan oddiy va tez hal qilish usulidek ko‘rinishi mumkin. Biroq, bunday qaror qabul qilishdan avval, siz o‘zingizda tirik odamni olib yurganingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Xudo uni allaqachon ko‘rib turibdi (qarang: Zabur 139:13–16) va sizni onangizning qornida bo‘lgan vaqtingizdan beri bilganidek, uni ham biladi (qarang: Yerem. 1:5). Farzandingizning yuragi allaqachon ura boshlagan bo‘lishi mumkin va tez orada u qimirlashni boshlaganini his qilasiz. U tug‘ilgunga qadar rivojlanadi, keyin esa voyaga yetguncha o‘sadi. Sizda paydo bo‘lgan hayot hozir rivojlanishning dastlabki bosqichida bo‘lishi mumkin, ammo bu inson hayoti. Abort qilish bilan siz odamni o‘ldirasiz.

Abort – inson hayotini yo‘q qilishning dahshatli usuli. Ko‘pgina abortlar vakuumli aspiratsiya usuli orqali amalga oshiriladi – homila elektr so‘rg‘ich bilan olib tashlashni o‘z ichiga oladi. Yana bir usul – dilatatsiya va kyuretaj (kengaytirish va qirib tashlash), bunda maxsus jarrohlik asbobi kyuretta yordamida embrion ajratiladi va bachadondan qirib tashlanadi. Yana bir usul – homilani asta–sekin zaharlash, ya’ni maxsus igna orqali homilaga tuzli eritma yuboriladi, shundan so‘ng sun’iy tug‘ilish uyushtiriladi.

Abort qilishni tanlagan va farzandiga nima qilganini anglagan ko‘plab ayollar, ko‘p yillar davomida og‘ir ruhiy va emotsional muammolarni boshidan kechirisharkan. Abort – bir kun kelib sizni ona deb ataydigan odamni o‘ldirish. Ayni damda homiladorlikka aloqador bo‘lgan keyinroq yuzaga keladigan qiyinchiliklar sizni tushkunlikka tushirsa-da, xatoingiz orqali vujudga kelgan begunoh homilani o‘ldirishdan ko‘ra, muammoni hal qilishning yaxshiroq usullari mavjud.

Turmush qurish haqida o‘ylayapsizmi? Bolaning otasi bilan turmush qurishni faqat homiladorligingizni “qonuniylashtirish”dan ko‘ra jiddiyroq sabablar bo‘lsagina ko‘rib chiqishingiz kerak. Agar quyidagi savollarning aksariyatiga “ha” deb javob bersangiz, bu variantni qo‘llab–quvvatlovchilar bilan muhokama qilishingiz mumkin.

  • Farzandingizning otasi bilan hozir turmush qurishni xohlaysizmi? Homiladorligingiz haqida bilishdan oldin turmushga chiqmoqchi edingizmi?
  • Siz va bo‘lajak farzandingizning otasi er va xotin, ota va onaning mas’uliyatini o‘z zimmangizga olish uchun aqliy, emotsional va ruhiy jihatdan yetukmisiz?
  • Agar hozir turmush qursangiz, bu sizning o‘qishingizga va kelajakdagi kasbingizga qanday ta’sir qiladi – siz va farzandingizning otasi? Bolani moddiy jihatdan ta’minlay olasizmi?
  • Oila a’zolaringiz va yaqin do‘stlaringiz nikoh siz va farzandingiz uchun eng yaxshi variant ekanligiga rozilarmi?
  • Agar turmush qurishga va farzand ko‘rishga qaror qilsangiz, qarindoshlaringiz va do‘stlaringiz sizga yordam berishadimi?

 

Farzandingizni yolg‘iz tarbiyalash haqida o‘ylayapsizmi? Quyidagi savollar bolangizni mustaqil ravishda tarbiyalash imkoniyatlaringizni baholashga yordam beradi.

  • Bolangizni o‘zingiz tarbiyalashga qaror qilsangiz, bu o‘qishingizga va kelajakdagi kasbingizga qanday ta’sir qiladi? Bu sizning bolangizga qanday ta’sir qiladi?
  • Siz qayerda yashaysiz va bolangizni moddiy jihatdan ta’minlay olasizmi?
  • Siz sinfda yoki ishda bo‘lganingizda chaqaloqqa kim g‘amxo‘rlik qiladi? Siz bolalar bog‘chasini mukammal variant yoki mutlaqo kerak emas deb hisoblaysizmi?
  • Agar bolangizni otasiz o‘stirmoqchi bo‘lsangiz, bu rolni qisman o‘z zimmasiga oladigan biron bir kishini (bu sizning otangiz, katta akangiz yoki boshqa katta yoshli masihiy bo‘lishi mumkin) bilasizmi?
  • Farzandingizni yolg‘iz tarbiyalash uchun aqliy, emotsional va ma’naviy yetukmisiz? Farzandingizga yetarlicha emotsional, jismoniy va ma’naviy rivojlanishni ta’minlay olasizmi?
  • Farzandingizni bir o‘zingiz tarbiyalashga qaror qilsangiz, qarindoshlaringiz va do‘stlaringiz sizga yordam berishadimi?

 

Farzandingizni asrab olishni istaganlarga berishni o‘ylayapsizmi? Agar siz ushbu variantni tanlasangiz, bolangiz boshqa oilada tarbiyalanadi. Ba’zi hollarda, farzand asrab olish tartibi ochiq, keyin siz potensial farzand asrab oluvchilar bilan uchrashasiz va ular bilan doimiy aloqada bo‘lasiz. Boshqa hollarda, siz ular haqida hech narsa bilmaysiz: na ularning ismlari, na yashash joylari. To‘g‘ri oilani topishingiz mumkinligiga asoslanib, siz bu variantni tanlaysizmi? Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.

  • Ushbu variantning afzalliklaridan xabardormisiz? Masalan, imtiyozlardan biri maktabni tugatish, biror kasbga ega bo‘lish imkoniyati bo‘ladi. Turli sohalardagi barcha afzalliklar va kamchiliklarni ko‘rib chiqing: ta’lim, moddiy ta’minot, emotsional, ma’naviy.
  • Barcha afzalliklar va kamchiliklarni hisobga olgan holda, bu variant boshqalar bilan qanday ko‘rinadi?
  • Oilangiz va katta yoshli do‘stlaringiz farzandingizni tarbiyalash uchun boshqaga berish - siz va u uchun eng yaxshi variant ekanligiga rozimi?

Bu qarorlarni soatlab yoki hatto kunlar davomida qabul qilishingiz shart emas. Bu haqida ibodat bilan mulohaza yuriting, oila a’zolaringiz va yaqin do‘stlaringiz bilan maslahatlashing hamda qaroringiz Xudoga ma’qul kelishiga va bu bola uchun eng yaxshi variant bo‘lishiga ishonch hosil qiling.

Bu jarayon odatda ota–onangizga homiladorligingiz haqida aytib berishdan boshlanadi. Stefani aynan shunday qilmoqchi.


Книга на Узбекском языке: Незапланированная беременность (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о незапланированной беременности и тем, как справиться с этой ситуацией.

Семнадцатилетняя Стефани Купер признаётся своей лучшей подруге, что беременна. Как ей сказать об этом родителям и отцу ребенка? Что делать дальше? Будущее кажется сложным и запутанным...

Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, что можно сделать в подобной ситуации. Если ты столкнулась с проблемой нежелательной беременности, то из этой книги ты узнаешь, как решить ее наилучшим образом и что ожидает тебя в ближайшее будущее.

А если у тебя есть подруга, которая, подобно Стефани, оказалась в таком непростом положении, то в этой книги ты найдешь практические советы, как помочь ей принять правильные решения.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак