911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 2 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Режалаштирилмаган ҳомиладорлик - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаRejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchiliklar 

Stefanining hikoyasi. 1–qism

Oylab korish uchun vaqt

Stefanining hikoyasi. 2–qism

Oylab korish uchun vaqt

Stefanining hikoyasi. 3–qism

Oylab korish uchun vaqt

Stefanining hikoyasi. 4–qism

Oylab korish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Stefani Kuperning muammosi kam uchraydigan hol emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili AQShda yigirma yoshgacha bo‘lgan millionga yaqin turmushga chiqmagan qizlar homilador bo‘lishadi. Ushbu homiladorlikning sakson besh foizi rejalashtirilmagan homiladorlikdir. Ularning yarmi tug‘ish, uchdan bir qismi abort, qolganlari bola tushishi bilan tugaydi. Ehtimol, bu kitobni siz Stefani kabi beixtiyor homilador bo‘lib qolgan turmushga chiqmagan qiz bo‘lganingiz uchun o‘qiyotgandirsiz. Sizda qarama–qarshi his–tuyg‘ular bo‘lishi mumkin, savollaringiz bor va siz qaror qabul qilishingiz kerakligini tushunyapsiz. Ushbu kitob sizga nima bo‘lganini va sizni kelajakda nima kutayotganini tushunishingizga yordam beradi.

Stefani hikoyasining birinchi qismidan sizga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir nechta fikrlarni ta’kidlash muhimdir.

Avvalo, rejalashtirilmagan homiladorlik natijasida siz turli xil his–tuyg‘ularni boshdan kechirishingiz mumkin: qayg‘u, umidsizlik, achinish, qo‘rquv va hatto g‘azabni ham. Va siz vaziyatdan, homiladan, jinsiy aloqada bo‘lgan yigitdan va hatto bu sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ygani uchun Xudodan g‘azablanishingiz mumkin. Siz hayotingizda hech qachon yig‘lamagandek yig‘lashingiz mumkin. Siz o‘zingizni emotsional jihatdan zaif his qilishingiz mumkin.

Bu his–tuyg‘ularning barchasi odatiy va tabiiy ekanligini tushunish muhimdir: Xudo sizni shunday yaratgan. His–tuyg‘ularingiz ichki klapanga o‘xshaydi, u orqali yurak og‘rig‘i chiqib ketishi kerak. Ularni tushunish va ularga dosh bera olish muhimdir. Albatta, ularni ifodalashning sog‘lom va nosog‘lom usullari bo‘lishi mumkin.

Inkor qilish. Stefani singari, siz ham homilador ekanligingizga ishonishdan bosh tortishingiz mumkin. Siz homiladorlik testini qilishni, shifokorga ko‘rinishni yoki bu haqida suhbatni, hatto dastlabki belgilar aniq bo‘lsa ham, doim kechiktirishingiz mumkin. Siz dalillarni e’tiborsiz qoldirishga harakat qilishingiz va hamma narsa o‘z–o‘zidan yo‘q bo‘lib qolishiga umid qilishingiz mumkin.

Qo‘rquv. Homiladorlikka nisbatan yana bir keng tarqalgan javob harakati – qo‘rquvdir. Siz ota–onangizning yoki sherigingizning homiladorligingizga nisbatan mumkin bo‘ladigan javob harakati haqida o‘ylaganingizda ko‘rqishingiz mumkin. Siz tanangizdagi o‘zgarishlardan yoki tug‘ruq paytida og‘riqdan qo‘rqishingiz mumkin. Siz do‘stlaringiz, oilangiz yoki jamoatingiz tomonidan rad etilishidan qo‘rqishingiz mumkin. Sizning qo‘rquvingiz kelajakda sizni nimalar kutayotganini bilmasligingizdan ham paydo bo‘lishi mumkin.

Aybdorlik hissi. Stefani singari, siz ham homilador bo‘lganingizdan o‘zingizni aybdor his qilishingiz mumkin. Siz nikohdan oldin Xudoning jinsiy aloqa qilish taqiqini buzganingizni tushunasiz. Aybdorlik hissi sizni shunchalik bog‘lab qo‘yishi mumkinki, siz boshqa hech narsa haqida o‘ylay olmaysiz.

Uyat. Homiladorlik atofdagilarga siz jinsiy aloqada bo‘lganligingiz haqida “xabar” berganligi tufayli, bu ko‘pincha sharmandalikka sabab bo‘ladi. Sizni beparvo yoki uni oson avrab olish mumkin bo‘lgan qiz deb hisoblashlarini xohlamaysiz. Bokiralik obro‘ingizni yo‘qotib qo‘yganingizdan uyalasiz. Va keyingi oylarda, homiladorligingiz tashqi ko‘rinishingizni o‘zgartirganda, bu sizning qilgan ishingiz haqida doimo eslatib turishidan qo‘rqasiz.

Afsus. Stefani singari, siz ham vaqtni orqaga qaytara olmaganingizdan va homiladorlikka olib kelgan sharoitlarni o‘zgartira olmaganingizdan afsuslanishingiz mumkin. Va buning iloji yo‘qligini tushunishingiz sizni chuqur pushaymon qilishingizga olib keladi. Siz hayotingizni yoki do‘stingizning hayotini barbod qildingiz, ota–onangizning obro‘sini jamoatda va o‘zingiz bilgan odamlar orasida yo‘q qildingiz deb o‘ylashingiz mumkin. Va hayotingizda birinchi marta siz duch keladigan va endi oldini olish mumkin bo‘lmagan jiddiy oqibatlardan og‘riqni his qilishingiz mumkin.

Ko‘p his–tuyg‘ularingiz bilan qanday kurashasiz? Jenni va Keytning oddiy maslahati mutlaqo to‘g‘ri edi: his–tuyg‘ularingizni bostirmang, ular tashqariga chiqsin. Jenni va Keyt Stefanining yoniga o‘tirishdi va u bilan birga yig‘lashdi. Bu munosabat Isoning so‘zlarini aks ettiradi: “Yig‘layotganlar baxtlidir, chunki ular tasalli topadilar.” (Matto 5:4). Yig‘lash – qalbingizni og‘riqdan xalos qiladigan jarayon. Siz qayg‘u va dardingizni boshqalar bilan bo‘lishing va ular dardingizni tushunib, siz bilan birga yig‘lashadilar. Shu orqali, Xudo sizni marhamatlashni va his qilinayotgan og‘riqni yumshatishni xohlaydi. Bu kabi vaziyatda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xil his–tuyg‘ularning barchasini boshdan kechirish juda muhim (va foydali).

Ikkinchi muhim masala – tasalli. Homiladorlik haqida bilganingizda, sizga tasalli kerak. Shuning uchun Jenni va Keyt, Stefani bilan vaqt o‘tkazishdi, uni tinglashdi va u bilan yig‘lashdi. Biz uchun og‘ir paytlarda, eng katta yengillik boshqalarning bu og‘riqni biz bilan baham ko‘rishidan keladi. Xudo bizni boshqa odamlar orqali yupatadi. Havoriy Pavlus shunday deb yozgan edi: “Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga, har turli tasallining manbai bo‘lgan Xudo – marhamatli Otaga hamdu sanolar bo‘lsin! Har xil azob–uqubatlarga uchraganimizda, Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz." (2Kor. 1:3-4). Tasalli – o‘zini tutib turish va ruhini cho‘ktirmaslikka da’vat etishni bildirmaydi. Tasalli – bu odamlarda nima uchun muammolar borligini tushuntirishga urinish emas. Tasalli – Xudo hammasini nazorat ostida ushlab turgani haqidagi "to‘g‘ri" so‘zlar to‘plami emas. Bularning barchasi o‘z vaqtida foydali bo‘lishi mumkin, ammo bu bizning tasalliga bo‘lgan ehtiyojimizni qondirmaydi.

Bizga asosan odamlar bizning og‘rig‘imizni his qilishlari va biz bilan birga qayg‘urishlari tasalli beradi. Iso do‘sti Lazar vafot etganida tasalli xizmatini ko‘rsatdi (qarang: Yuh. 11). Iso Lazarning opa –singillari Maryam va Martaning uyiga kelganida, ular bilan birga yig‘lab yubordi (qarang: Yuh. 11:33–35). Va buni esda tutish juda muhim, ayniqsa keyin nima qilganini nazarda tutsak: esingizda bo‘lsa U Lazarni tiriltirdi (qarang: Yuh. 11:38–44).

Nega Iso yuragi ezilgan Maryam va Martaga: "Yig‘lama, Lazar tez orada hayotga qaytadi", demadi? Chunki o‘sha paytda ular qayg‘usini o‘rtoqlashadigan odamga muhtoj edilar. Iso ular bilan yig‘lab, tasalliga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirdi. Va keyin U mo‘‘jiza yaratdi va ularning qayg‘usini quvonchga aylantirdi.

Agar biz qayg‘u paytida yolg‘iz emasligimizni bilsak, uni boshimizdan o‘tkazish biz uchun engilroq bo‘ladi. Havoriy Pavlus bizga shunday deb o‘rgatgan: "Xursand bo‘lganlar bilan xursand bo‘linglar va yig‘laganlar bilan yig‘langlar" (Rim 12:15). Siz qayg‘uda bo‘lganingizda, odamlar sizni yupatishni, sizni kuchli bo‘lishga undashni yoki nima uchun muammo yuz berganini tushuntirishni istab, tasalli berishga harakat qilishlari mumkin. Shubhasiz, bu odamlar sizga g‘amxo‘rlik qilishadi va qo‘lidan kelganicha harakat qilishadi. Lekin ular haqiqiy tasalli nima ekanligini bilmasliklari mumkin. Stefani bilan emotsional jihatdan uni tushunishga uringan Jenni va Keyt kerakli hatti-harakatni qilishib, unga chinakam tasalli berishdi. Jenni va Keytning xatti–harakatlari og‘ir sharoitlarda haqiqiy tasalli berishning yaxshi namunasidir.

Shuningdek, Stefani gunoh muammosiga duch keldi va siz bilan ham shunday bo‘ladi. Ammo nikohdan oldin jinsiy aloqa kechirilmaydigan gunoh emas. U qanchalik jiddiy va shu bilan birga, nafaqat o‘zingiz uchun, balki boshqalar, jumladan, sherigingiz va yaqinlaringiz uchun ham halokatli bo‘lmasin, albatta, tavba qilishingiz va kechirimni olishingiz kerak. "Bordi–yu, gunohlarimizni e’tirof etsak, sodiq va adolatli bo‘lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig‘ qiladi (1Yuh. 1:9). Kalomdagi bu so‘zlar biz uchun qanchalik jiddiy bo‘lishidan qat’iy nazar, har qanday gunohga tegishli. Sizni sevadigan va tasalli beruvchilar siz bilan birga ibodat qilishdan xursand bo‘lishadi, chunki siz gunohingizga iqror bo‘lib, Xudoning kechirimini qabul qilasiz.

O‘z his–tuyg‘ularingizni saralash, boshqalarning tasallisini qabul qilish, gunohingizni tan olish va Xudoning kechirimini qabul qilish – rejalashtirilmagan homiladorlikka javob berishda muhim qadamdir. Biroq, Jenni eslatganidek, e’tiborga olish kerak bo‘lgan boshqa jihatlar ham bor. U jihatlar farzandingizning tug‘ilishi hayotiga ta’sir qiladigan kishilarga bog‘liq.


Книга на Узбекском языке: Незапланированная беременность (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о незапланированной беременности и тем, как справиться с этой ситуацией.

Семнадцатилетняя Стефани Купер признаётся своей лучшей подруге, что беременна. Как ей сказать об этом родителям и отцу ребенка? Что делать дальше? Будущее кажется сложным и запутанным...

Авторы предлагают библейский ответ на вопрос, что можно сделать в подобной ситуации. Если ты столкнулась с проблемой нежелательной беременности, то из этой книги ты узнаешь, как решить ее наилучшим образом и что ожидает тебя в ближайшее будущее.

А если у тебя есть подруга, которая, подобно Стефани, оказалась в таком непростом положении, то в этой книги ты найдешь практические советы, как помочь ей принять правильные решения.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак