Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ҳақиқий севгини излаш - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилида
«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан
Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob
MUNDARIJA
Minnatdorchilik
Lyukning hikoyasi. 1-qism
Treysining hikoyasi. 1-qism
O‘ylab ko‘rish uchun vaqt
Lyukning hikoyasi. 2-qism
Treysining hikoyasi. 2-qism
O‘ylab ko‘rish uchun vaqt
Lyukning hikoyasi. 3-qism
O‘ylab ko‘rish uchun vaqt
Mualliflar haqida
O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT
Haqiqiy sevgi hali endigina uchrashayotgan yoshlarning munosabatlarida qanday namoyon bo‘ladi? O‘ylaymanki boshqa har qanday munosabatlarda namoyon qilingandek, xuddi shu tarzda bular ham namoyon bo‘ladi, faqat bir biriga bog‘liqligi va birga o‘tkazgan vaqt yoshlar uchun muhimroqdir. Mana bir necha misol.
Haqiqiy sevgi boshqa odamni qo‘llab-quvvatlashga, tasalli va dalda berishga intiladi. Bu Dag va Jenni Lyukga sevgisini qanday ko‘rsatishni so‘raganida aytgan birinchi maslahat edi. Har birimiz, ayniqsa azob chekayotganimizda va ko‘nglimiz pir bo‘lganida, tasalli berishlarida, qo‘llab-quvvatlashlarida va dalda bo‘lishlarisa muhtojmiz. Tasalli berish - bu ruhingni tushirma degan gaplar emas. Tasalli - bu Xudo hamma narsani nazorat ostida ushlab turadigan "to‘g‘ri" so‘zlar to‘plami ham emas. Aslida, bularning barchasi o‘z vaqtida foydali bo‘lishi mumkin, ammo bu bizning tasalliga bo‘lgan ehtiyojimizni qondirmaydi.
Azoblarimizda yolg‘iz emasligimizni bilsak, biz uchun osonroq bo‘ladi. Havoriy Pavlus shunday yozgan: "Sevinayotganlar bilan birga sevininglar, yig‘layotganlar bilan birga yig‘langlar" (Rim 12:15). Jenni Lyukga Treysi va uning onasini quchoqlash bilan va ular uning yelkasida yig‘lash mumkinligi bilan taskin berishni maslahat berdi. Agar sening sevgan insoning biron bir sababga ko‘ra azob chekayotgan bo‘lsa, unga aytadigan muhim gaplar bu: "Men senga qanchalik qiyinligini bilaman", "Sen buni boshdan kechirayotganingdan juda afsusdaman", "Senga doim hamdardman". Uning his-tuyg‘ularini baham ko‘rmaguningcha, Muqaddas Kitobdan maslahat va nasihatlarni o‘zingda saqlab turgin. Shuning o‘zi Kalomiy ma’noda tasallidir.
Haqiqiy sevgi, shuningdek, boshqa odamni qo‘llab-quvvatlashga intiladi va unga amaliy yordam beradi, chunki havoriy Pavlus shunday da’vat etgan: "Boshingizga g‘am–tashvish tushganda, bir–biringizni qo‘llab–quvvatlanglar. Shunday qilsangizlar, Masihning amrlarini bajargan bo‘lasizlar" (Gal 6:2). Lyuk Treysi va uning onasiga yordam berish va shu bilan ularning yukini yengillashtirish uchun ko‘plab imkoniyatlarni topishi mumkin. Siz uchun qadrli bo‘lgan kishiga haqiqiy, amaliy yordam ko‘rsatib, shu bilan siz unga Muqaddas Kitobdagi sevgini namoyon etgan bo‘lasiz.
Amalda, har birimiz dalda olishga muhtojmiz va chinakam sevgi bu ehtiyojni qondirishga intiladi. Biz birovni ko‘nglini ko‘tarish uchun biron bir ish qilsak, shunda unga dalda bo‘lamiz. Lyukning Treysiga yozgan dalda beruvchi otkritkasi - buni amalga oshirishning oson usullaridan biridir.
Siz odamlarni otkritkalar, xatlar, telefon qo‘ng‘iroqlar orqali ko‘nglini ko‘tarishingiz mumkin. Dalda beruvchi inson, ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘lgan odamning hozirgi paytdagi muammolarini tushunishga harakat qilsa va bunga to‘liq e’tibor qaratsagina maqsadga erishadi.
Haqiqiy sevgi hech qachon boshqa odamning ishonchini suiiste’mol qilmaydi. O‘zingizning hissiy, jismoniy yoki jinsiy ehtiyojlaringizni qondirish uchun birovdan foydalansangiz - boshqalarning farovonligini himoya qiladigan, g‘amxo‘r, haqiqiy sevgining tamoyillarini qo‘pol ravishda buzgan bo‘lasiz. Faqat o‘z kayf-safoing uchun g‘amxo‘rlik qilish boshqa odamning baxtiga, sog‘lig‘iga va ruhiy o‘sishiga hissa qo‘shmaydi.
Haqiqiy sevgi boshqa odamni jinsiy munosabatlarga majbur qilmaydi. Zamonaviy madaniyat o‘smirlarga qattiq bosim o‘tkazib, odatdagi uchrashuv haqida gap ketganda ham ularni jinsiy aloqaga undaydi. Filmlar, musiqa, ommaviy axborot vositalari nikohdan tashqari jinsiy aloqani mumkindek ko‘rsatib, odatiy holga aylantirganlar. Biroq, Xudoning rejasidan tashqariga chiqqan jinsiy aloqa ko‘p yillar davomida hissiy va ruhiy chandiqlarni qoldirishi mumkin. Haqiqiy sevgi insonni aybdorlik va og‘riq tuyg‘usidan himoya qiladi, nikohdan oldin jinsiy aloqa uchun "yo‘q" deb aytadi.
Haqiqiy sevgi "eksklyuziv" munosabatlarni talab qilmaydi. Ba’zi o‘smirlar do‘stlariga shaxsiy mulk sifatida qarashadi, barcha vaqt va e’tiborni talab qiladilar. Boshqa odamning manfaati uchun himoya qilish va g‘amxo‘rlik qilish o‘rniga, bunday "sevgi" uning baxtiga to‘sqinlik qiladi, sog‘likka zarar yetkazadi va ruhiy o‘sishni to‘xtatadi. Haqiqiy sevgi sog‘lom munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Haqiqiy sevgi boshqa odamning sog‘ligiga, baxtiga va ruhiy o‘sishiga zarar yetkazadigan hech yomon ish qilmaydi. Haqiqiy sevgini topganingizni qanday tushunishingiz mumkin? Agar boshqa odamning sog‘ligi, baxt-saodati va ruhiy o‘sishi siz uchun muhim bo‘lsa, bunga amin bo‘lishingiz mumkin. Bu sevgan kishingizning manfaati uchun g‘amxo‘rlik qilish va uni himoya qilish demakdir. Quyidagi tavsiyalar do‘stingiz yoki qiz do‘stingiz bilan munosabatlarda buni amalga oshirishga yordam beradi.
- Iso Masih munosabatlaringizning markaziga aylansin.
- Bir-biringiz bilan rostgo‘y, adolatli va ochiq bo‘ling.
- Bir-biringizni barcha kamchiliklar va xatolar bilan to‘liq qabul qiling.
- Sizning munosabatingiz ota-onangiz tomonidan tasdiqlanishi uchun harakat qiling.
- Jinsiy poklik masalasida sizni murosaga keltiradigan har qanday narsadan qoching.
- Agar kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, ularni sevgi bilan tezda hal qiling.
- Munosabatlaringizning do‘stona qismiga e’tibor bering.
Lyuk va Treysining munosabatlari nikohga olib borishini aytish uchun hali erta deb o‘ylayman. Keyingi bir necha oy ichida bunga turli xil omillar ta’sir qiladi, ayniqsa Rabbiy ularni qayerga olib boradi, keyin o‘qish yoki martaba borasida qanday qarorlar qabul qilishadi. Ammo Lyuk Treysi bilan munosabatlarida allaqachon sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. U Dagning maslahatiga amal qilib Treysining farovonligi haqida o‘ylash va ular birgalikda bo‘lgan paytda uni himoya qilishga qaror qildi.
Bu ularning har biri uchun munosabatlaridagi g‘alabadir. Agar oxir-oqibat Lyuk va Treysi turmush qurishga qaror qilsalar, ular o‘z hayotlarini mustahkam poydevor asosida qura boshlaydilar, bir-birlarining farovonligi haqida g‘amxo‘r bo‘ladilar, bir-birlarini Xudoning sevgisi bilan himoya qiladilar va sevadilar.
Agar ularning hayotdagi yo‘llari bir-biridan farq qilsa, ular pushaymon bo‘lmasdan va afsuslanmasdan ajralib ketishlari mumkin, chunki ularning munosabatlari ularning sog‘lig‘iga, baxt-saodatiga va ruhiy o‘sishiga yordam berdi.
Ehtimol, sizda va do‘stingizda yoki qiz do‘stingizda ham kelajakdagi hayotingiz qanday bo‘lishi haqida aminlik yo‘qdir. Ammo, agar bir-biringizning farovonligingizni o‘ylab, himoya qilib, chinakam sevishga e’tiboringizni qaratsangiz, munosabatlaringiz sizlarga quvonch baxsh etishi mumkin.
Книга на Узбекском языке: Незапланированная беременность (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)
В этой книге речь пойдет о поисках настоящей любви.
Старшеклассники Люк и Трейси испытывают друг к другу чувства, каких никогда раньше не испытывали. Чем больше времени они проводят вместе, тем сильнее разгораются их чувства. Но долговременны ли они? Действительно ли эти чувства можно назвать настоящей любовью? Как узнать наверняка?
С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, что такое настоящая любовь. Если ты, как Люк или Трейси, пытаешься разобраться в своих чувствах, то эта книга для тебя.
А если у тебя есть друг, который тоже находится в поисках настоящей любви, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь. Сначала прочитай эту книгу сам, а затем дай ее своему другу.