911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 6 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ҳақиқий севгини излаш - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаHaqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Lyukning hikoyasi. 1-qism

Treysining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Lyukning hikoyasi. 2-qism

Treysining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Lyukning hikoyasi. 3-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Ustozi Dag Shou bilan suhbati tufayli Lyuk Treysi unga aytgan dahshatli noxush xabarga tayyor edi. Suhbatlashayotgan paytda ularning ikkalasi ham Treysining kasalligi haqida hech narsa bilishmasdi, lekin Lyuk Treysining uyiga borganida, Dagning aytganini bajarish uning uchun og‘ir sinov bo‘ldi. Dagning taklifi nihoyatda sodda edi: sen Treysiga juda bog‘langan bo‘lsang va u ham senga shunday bog‘liq bo‘lsa, nega bu munosabatlarda Xudoning haqiqiy sevgisini qo‘llashga harakat qilib ko‘rmaysan?

Xudoning sevgisi qanday ta’riflanadi? "Men sevaman ... tamom" - bu Kalomiy ma’nodagi yagona haqiqiy sevgidir. Bu Xudoning O‘zi bizga ko‘rsatadigan sevgidir: hech qanday shartlarsiz, "agar" va "chunki" so‘zlarsiz. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: "Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi..." (Yuhanno 3:16); "Haqiqiy sevgi - bizning Xudoga bo‘lgan sevgimiz emas, balki Xudoning bizga ko‘rsatgan sevgisidir. Zero, Xudo bizni gunohlarimizdan poklash uchun O‘z O‘g‘lini qurbon qildi" (1Yuhanno 4:10); "Lekin biz hali gunohga botgan chog‘imizda, Masih biz uchun o‘ldi. Shu yo‘sinda Xudo bizga bo‘lgan O‘z mehr–muhabbatini namoyon qildi". (Rimliklar 5:8); Xudo gunohlarimizga va barcha zaif tomonlarimizga qaramay, bizni so‘zsiz sevadi.

Dag Lyukga o‘qigan Muqaddas Bitiklardagi parchalarga ko‘ra, haqiqiy, cheklanmagan sevgi boshqa odamning baxt-saodati, sog‘lig‘i va ruhiy o‘sishi biz uchun o‘zimiznikidek muhim bo‘lib qolganda namoyon bo‘ladi. Efesliklarga maktubida Pavlus shunday yozgan: "Hech kim hech qachon o‘z tanasini yomon ko‘rmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi..." (Efesliklarga 5:29). Vujudingizni oziqlantirishda va isitishda hech qanday xudbinlik yo‘q: bu o‘zingizga nisbatan bo‘lgan sog‘lom va tabiiy g‘amxo‘rlikdir.

Haqiqiy sevgi - bu o‘z-o‘zingga g‘amxo‘r bo‘lganing kabi, boshqani ham shunday isitishing va oziqlantirishing demakdir.

Oziqlantirish - o‘sish va yetuk bo‘lishga yordam berish demakdir. Masalan, bog‘ingizdagi gul yoki o‘simlikni "boqish" orqali siz uning o‘sishi va meva berishi uchun uni zarur miqdordagi quyosh nuri, suv va o‘g‘it bilan albatta ta’minlaysiz. Xuddi shunday, siz uchun qadrli bo‘lgan odamni "oziqlantirish" uning o‘sishi va etuk bo‘lishga yordam berish, o‘z ehtiyojlaringizni qondiganingizdek unga ham g‘amxo‘rlik qilish deganidir.

Isitish - zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday narsadan himoya qilish demakdir. O‘z polaponlarini sovuqdan va xavfdan himoya qilish uchun qanotlarining ostiga olayotgan qushni tasavvur qiling. Demak, mahbubingizni "isitish" uni har qanday xavfdan himoya qilganidek, unga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamma narsadan himoya qilishdir.

Mana haqiqiy sevgining eng oddiy ta’rifi: sevish - bu boshqa odamni himoya qilish va uning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qilish. Bu ta’rif Muqaddas Kitobda bizga aytilgan Xudoning sevgisini aks ettiradi. Bunday sevgining eng katta namunasi Iso Masihning O‘z jamoatiga bo‘lgan sevgisidir. U jamoatini himoya qiladi va uning manfaati uchun doim g‘amxo‘r bo‘ladi.

Haqiqiy sevgi endigina uchrashayotgan ikki yoshning munosabatlarida qanday namoyon bo‘ladi? O‘z so‘zlaringiz va harakatlaringiz bilan siz yigitingizni yoki qiz do‘stingizni himoya qilasiz va uning farovonligi haqida g‘amxo‘r bo‘lasiz. Misol uchun, harakat paytida siz mashinani ehtiyotkorlik bilan boshqarasiz, chunki uni baxtsiz hodisadan himoya qilishni xohlaysiz. Siz yaqiningiz bilan shubhali emas, balki foydali va yoqimli narsalar bilan shug‘ullanasiz. Va albatta, siz unga bosim o‘tkazib, uni jinsiy yaqinlikka majburlamaysiz, aksincha uni vijdon bilan murosa qilganda vujudga keladigan og‘riqdan xalos qilishga harakat qilasiz.

Demak, ko‘rib turganingizdek, haqiqiy sevgi siz uchun qadrli bo‘lgan kishiga mehr-muhabbatdan yoki iliq his-tuyg‘ulardan ko‘ra kattaroqdir.

Haqiqiy sevgi - bu qaror, bu harakat, bu boshqa odamning ehtiyojlariga javob berish. Yaqin odamingizning manfaatini o‘ylab, uni himoya qilish va g‘amxo‘rlik qilish bizning his-tuyg‘ularimizdan qat’iy nazar kuchli irodali harakatdir. Huddi shunday biz barchani sevishimiz kerak: oila a’zolarni, do‘stlarni, sinfdoshlarni, qo‘shnilar va hatto begona odamlarni ham.

Biz boshqalarning baxt-saodati, sog‘lig‘i va ruhiy o‘sishi, biz uchun yaqin bo‘lganlardan - bu oila a’zolari va do‘stlar - va biz hatto tanimaydigan odamlar haqida ham, doimo tashvishlanishimiz kerak. Bular boshqa davlatdagi odamlar bo‘lishi mumkin, biz ularga xayriya yo‘li bilan yordam bera olamiz.

Agar do‘stingiz yoki qiz do‘stingiz bo‘lsa, u sizning yaqin odamlaringiz doirasiga kiradi. Va agarda siz birovning farovonligi haqida g‘amxo‘r bo‘lishni va uni himoya qilishni o‘rganishni istasangiz, eng yaqin bo‘lgan odamingizdan boshlang. Sizning munosabatingiz sevimli mashg‘ulot, romantik sevgi yoki hatto jinsiy aloqa bilan boshlanishi mumkin. Va, ehtimol, munosabatlaringizda "men sevaman, agar..." yoki "men sevaman, chunki..." degan so‘zlar bordir. Shartli sevgi kamdan-kam hollarda boshqalarning manfaati uchun g‘amxo‘r bo‘ladi va uni himoya qiladi.

Agarda munosabatlaringiz Xudoning rejasi bo‘yicha rivojlanishini istasangiz, Xudoning sevgisining ta’rifiga ko‘ra harakat qiling: "sevaman... va tamom". Bunday sevgi, hech qanday sharoit bilan chegaralanmagan, boshqa odamga xizmat qilish va uni himoya qilishga intiladi.

Do‘stingiz yoki qiz do‘stingizning baxt-saodati, sog‘lig‘i va ruhiy o‘sishi siz uchun o‘zingizniki kabi muhim bo‘lsin. Va nihoyat sizning sevgingiz haqiqiyligini, siz bog‘lanib qolgan kishini himoya qilish va unga g‘amxo‘r bo‘lish istagi yonib turgandagina anglay olasiz.

Treysi kasalligi haqidagi dahshatli xabar, Lyukni atrofga hushyorlik bilan qarashga va ularning munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Ularning uchrashuvidan bir necha soat o‘tgach, savollar va shubhalar bilan qiynalgan Lyuk o‘zining ruhiy ustozi bilan suhbatlashishga qaror qildi.


Книга на Узбекском языке: Незапланированная беременность (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках настоящей любви.

Старшеклассники Люк и Трейси испытывают друг к другу чувства, каких никогда раньше не испытывали. Чем больше времени они проводят вместе, тем сильнее разгораются их чувства. Но долговременны ли они? Действительно ли эти чувства можно назвать настоящей любовью? Как узнать наверняка?

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, что такое настоящая любовь. Если ты, как Люк или Трейси, пытаешься разобраться в своих чувствах, то эта книга для тебя.

А если у тебя есть друг, который тоже находится в поисках настоящей любви, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь. Сначала прочитай эту книгу сам, а затем дай ее своему другу.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак