911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 3 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ҳақиқий севгини излаш - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаHaqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Lyukning hikoyasi. 1-qism

Treysining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Lyukning hikoyasi. 2-qism

Treysining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Lyukning hikoyasi. 3-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Lyuk bilan Treysi faqat bir necha oygina uchrashyaptilar, ammo ularning barcha o‘y-xayollarini sevgi chulg‘agan. Ular sevgi haqida o‘ylashlariga hayron kolmasa bo‘ladi – biz hammamiz tom ma’noda sevgiga berilib ketgan jamiyatda yashaymiz. Aslida sevgi – ko‘plab mashhur qo‘shiqlar, filmlar, kitoblar va teledasturlarning asosiy mavzusidir. Qayerga qaramang, hamma goh sevib qoladi, goh bir biridan soviydi, sevishganlar jinsiy yaqinlik qilishadi yoki sevgandek o‘ynashadi, sevgidan aziyat chekishadi yoki uning dastidan o‘lishadi.

Bizning dunyomizda sevgisiz hayot - bu yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yomon holatdir. Kimnidir sevish va sevimli bo‘lish - yurak urishi va nafas olish kabi oddiy hodisadir. Atrofimizdagi har bir inson abadiy qoladigan kuchli va teran chinakam sevgini orzu qiladi. Va shunga qaramay, bu haqiqiy sevgini izlash jarayoni odamlarga dunyodagi barcha urushlar va kasalliklardan ko‘ra ko‘proq azob va og‘riq keltirdi hamda keltiradi.

Demak, sevgi nima va aynan uni topganimizni qanday bilishimiz mumkin? Haqiqiy sevgini boshdan kechirish uchun (masalan, Lyuk va Treysi kabi) ko‘plab odamlar dunyodagi hamma narsasini berishga tayyor. Sevgi – dunyoni harakatga keltiradi deyishadi. Shunday bo‘lsada, ko‘plab yoshlar sevgini juda istashib, intizorlik bilan izlashsada, o‘ning o‘rniga qalb og‘rig‘ini va umidsizlikni boshdan kechirishadi, chunki ular nimani qidirishayotganini bilishmaydi. Ular boshqacha qayg‘urishlarni va hissiyotlarni sevgi deya qabul qilishadi va tabiiyki, hech sevgini his qilishmaydi, chunki uning nima ekanligini tushunishmaydi.

Ehtimol, Lyuk va Treysi hikoyasida siz o‘zingizni ko‘rgandirsiz. Ehtimol siz uchun ma’lum bir odam o‘ziga xos bo‘lib qolgan va "sevgi" so‘zi esa allaqachon tilingizda bo‘lsa kerak. Siz haqiqatan ham sevib qoldingizmi? Qanday qilib sevib qolganingizni tushundingiz? Balki siz hali ham bunday odam bilan uchrashmagan bo‘lishingiz mumkin, lekin bu sodir bo‘ladigan lahzaga tayyor bo‘lishni xohlaysizmi va sizning yoningizda paydo bo‘lganda uni tanib olish uchun haqiqiy sevgi nima ekanligini bilmoqchimisiz?

Eng avvalo, nima haqiqiy sevgi emasligini aniqlashingiz kerak.

Haqiqiy sevgi - ehtirosli tuyg‘u emas. Zamonaviy madaniyatda bu ikki tuyg‘uni ko‘pincha chalkashtirishadi. Aslida aksariyat filmlarda, sevgi haqidagi qo‘shiqlarda va romanlarda sevgi haqida emas, balki ehtiros haqida gap boradi. Farqi nimada deysizmi? Sevgi beradi, ehtiros esa oladi. Sevgi sherigini qadrlaydi, ehtiros undan foydalanaladi. Sevgi abadiy qoladi, ehtiros o‘tib ketadi. Ehtimol, Lyuk bu ikki tuyg‘uni chalkashtirib yuborgandir. Lyukga Treysining yonida bo‘lish yoqadi, chunki bu unga zavq bag‘ishlaydi va unda shahvoniy istaklarni uyg‘otadi. Lyuk unga doim g‘amxo‘r edi va juda e’tiborli bo‘lgan, chunki u qisman jismoniy yaqinlikka umid qilgan. Va uning ehtiroslari ularning pokligini xavf ostiga qo‘ydi.

Albatta, jismoniy istaklar haqiqiy sevgi alangasini yondiradigan uchqundir. Xudo bizni yaratdi, bizga jismoniy yaqinlik istagini va qobiliyatini berdi. Biroq, agar qarama-qarshi jins bilan muloqot faqat jismoniy istak va qoniqishga asoslangan bo‘lsa, unda ehtiros munosabatingizda sevgi o‘rnini egallaydi.

Haqiqiy sevgi - bu romantika degani emas. Lyuk va Treysi birga bo‘lishganida, ular go‘yoki sevgi musiqasini eshitgandek bo‘lishardi. Ular o‘pishganda, ularning har birida his-tuyg‘ular otashi paydo bo‘lardi.

Lyuk Treysiga romantik munosabatda bo‘lganida yoki sevgisi va bog‘liqligi haqida gapirganida, Treysi o‘zini malika kabi his qilardi. Va o‘z navbatida, Treysi uning ko‘zlariga mehr va sadoqat bilan qaraganida, Lyuk o‘zini nihoyatda kuchli va ahamiyatli sezardi: shamlar bilan kechki ovqat, yengil musiqa, yulduzlarga sochilgan tungi osmon – bularning bari ularda (ayniqsa Treysida) kuchli romantik his-tuyg‘ularni uyg‘otardi.

Erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlaridagi romantik his-tuyg‘ular tabiiy holdir: aslida Xudo bizni – boshqa jins vakillari bilan muloqot qilganimizda shularni his qilishimiz uchun yaratgan. Ehtimol, sen allaqachon uchrashuvda ichki kattiq ehtiroslarni va tuyg‘ularni his qilgandirsan? Biroq, bu tuyg‘uni va ehtirosni sevgi bilan tenglashtirish mumkin emas. Bu shunchaki romantik tuyg‘udir; haqiqiy sevgi esa – bundanda katta.

Haqiqiy sevgi - bu xushtorlik emas. Xushtorlik - bu qarama-qarshi jins vakiliga bo‘lgan alohida qiziqish, siz to‘satdan kun bo‘yi bu odam haqida o‘ylaysiz, kechasi u haqida xayol surayotganingizni sezasiz. Siz u bilan uchrashish uchun yoki muloqot qilish uchun vaqtingizni rejalashtirasiz. Aslida siz faqat u haqida o‘ylashingiz hamda xayol surishingiz mumkin va boshqa narsalarga e’tiboringizni qarata olmaysiz. Bunday xushtorlikni "kuchukcha sevgisi" deb aytadilar. Kuchukcha uchun bu sevgisi, ehtimol, haqiqiydir, lekin agar siz bundan boshqa hech qanday tuyg‘uni his qilmasangiz, ertami-kechmi bu "kuchukcha sevgisi" siz uchun it hayoti bilan tugaydi!

Odamlar bir qarashdagi sevgi yoki oddiy sevgi haqida gapirishganda, ular odatda xushtorlikni nazarda tutishadi. Aynan xushtorlik Treysini Lyuk haqida nafasini chiqarmasdan o‘ylashga, Lyukni esa – Treysini o‘ylab boshini yo‘qotishga majbur qilgandi. Ehtimol, siz ham shunga o‘xshash tuyg‘ularni boshdan kechirgandirsiz. Xushtorlikning yomon tarafi yo‘q, lekin uni sevgi bilan chalkashtirmaslik kerak. Xushtorlik odatda o‘ziga diqqatni qaratadi, sevgi esa – boshqaga.

Haqiqiy sevgi - jinsiy aloqa bilan bir xil narsa emas. Aslida ko‘pgina o‘smirlar (va kattalar ham) kuchli jinsiy aloqani sevgi bilan chalkashtirishadi. Shunday hodisa Lyuk bilan ham sodir bo‘ldi va u Xudoga bergan uylanmagunicha poklikni saqlash haqidagi va’dasini buzishiga oz qoldi. Uning Treysi bilan jinsiy aloqa qilishga bo‘lgan kuchli istagi, bu istakning asosida haqiqiy sevgining bor yoki yo‘qligi haqida o‘ylashga uni majbur qildi. Ehtimol, sen ham shunga o‘xshash lahzani boshdan kechirgan bo‘lishing mumkin.  

Jinsiy aloqada qandaydir yomonlik yo‘q. Xudo uni nikohda naslni davom ettirish va jismoniy qoniqish uchun yaratgan. Ammo jinsiy aloqa va sevgi – ikki xil tushunchadir. Sevmasdan jinsiy aloqa qilish mumkin va jinsiy aloqa qilmay turib sevish mumkin. Sevgi bu jarayon, jinsiy aloqa esa bu harakatdir. Sevgi ongli jarayondir, jinsiy aloqa esa tabiiy jarayon. O‘ylab ko‘rsak, sevgi doimiy e’tiborni talab qiladi, ammo jinsiy aloqa ko‘p harakatlarni talab qilmaydi. Sevgi vaqt o‘tishi bilan rivojlanib boradi va barkamol bo‘ladi, lekin jinsiy aloqa hech qanday vaqtni talab qilmaydi. Sevgi hissiy va ruhiy aloqani nazarda tutadi, jinsiy aloqa - faqat jismoniy aloqadir. Sevgi munosabatlarni yanada mazmunli qiladi, sevgisiz jinsiy aloqa esa bu munosabatlarni yo‘qqa chiqaradi.

"Agar sevgi - ehtiros, romantika, xushtorlik yoki jinsiy aloqadan ko‘ra muhimroq bo‘lsa, unda men chinakam sevib qolganimni qanday bilsam bo‘ladi?", - deb so‘rashingiz mumkin. Aslida, bu jiddiy savol, ayniqsa qarama-qarshi jinsga bo‘lgan qattiq qiziqishni sezgan bo‘lsangiz va doimiy ravishda kim bilandir uchrashib yurgan bo‘lsangiz. Demak, bu savolga javob berish uchun nima haqiqiy sevgi emasligini bilish shart emas. Siz uni nima ekanligini tushunishingiz lozim.

Va shu bilan birga ko‘pchilik odamlar sevgini ehtiros, romantika, xushtorlik va jinsiy aloqa bilan chalkashtirib yuborganlari kabi, sevgining bir nechta turi borligini bilishmaydi. Aytishimiz mumkinki, munosabatlarda odatda sevgi deb nomlanadigan uchta asosiy xulq-atvor turi mavjud.

"Sevaman, agar…" Bu sevgining shartli turi. Biz faqat ma’lum shartlar bajarilganda beradigan yoki oladigan sevgining turi. Bu kabi sevgiga erishishning yagona usuli - biron bir narsani qilishdir. Ba’zi ota-onalar farzandlarini aynan shunday sevadilar: agar ular o‘zini yaxshi tutishsa, maktabda yaxshi o‘qishsa va h.k.z., shunda ularni sevishadi. Kattalar orasidagi munosabatlariga kelsak, agar sherik muayyan ma’lum shartlarni bajara olmasa, sevgi yo‘qoladi. Shartli sevgining tabiati xudbinlikdir. U faqat uni taklif qilgan kishi xohlagan narsasi evaziga beriladi.

Ko‘pgina yoshlar: "Agar meni jinsiy qondirsang, men seni sevaman" yoki: "Agar o‘zingni menga hech bo‘lmaganda bir marta bersang, men seni sevaman" - deb aytadigan sevgidan boshqa sevgini aslo his qilishmagan. Bosim ko‘rsatish uchun, uchrashuvga boradigan barcha yoshlar jinsiy aloqada bo‘lishlari kerak degan odatiy (va xato) fikrlarni ko‘pincha keltirishadi: "Hamma buni qiladi, biz ham qilishimiz kerak, agar sen meni sevsang, sen ham men uchun buni qilasan". Bunday vaziyatda qizlar ko‘pincha yigitning sevgisiga erishish umidida uning shahvoniy talabiga rozilik bildirishayotganini tushunishmaydi, vaholanki, yigitning talabgor "sevgi"si – aslida haqiqiy sevgining shunchaki arzon taqlidi bo‘lib, u hech qachon qoniqish keltirmaydi va buning uchun to‘lanadigan narxga arzimaydi.  

Bunday sevgi har doim ba’zi shartlar bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu shartlar bajarilsagina, vaqtincha hamma narsa yaxshi bo‘lib tuyuladi. Ammo umidlar amalga oshmasa, sevgi tugaydi. Aksariyat nikohlar shu tufayli buziladi, chunki ular aynan shu sevgi turiga asoslangan bo‘ladi. Agar turmush o‘rtoqlardan biri yoki ikkalasi talab qilingan shartlarni bajara olmasa, "sevgi" umidsizlik va norozilikka aylanadi.

Demak, Lyukning hozirgi kungacha Treysiga bo‘lgan his-tuyg‘ularini shartli sevgi deb atash mumkin. Lyuk Treysi bilan o‘zini yaxshi his qilgunicha, Treysi unda taassurot qoldiradigan liboslarni kiygunicha, o‘zi bilan yaqinlikdan bahramand bo‘lishiga imkon bergunicha, Treysi Lyukni qiziqtiradi. Agar Treysi: "Bo‘ldi, endi biz o‘pishmaymiz hamda qo‘l ushlashmaymiz va albatta, mashinada quchoqlashmaymiz"- deb aytadigan bo‘lsa Lyukning sevgisi bilan nima yuz berar ekan? Lyukda Treysi bilan vaqt o‘tkazishga va qiyinchilik bilan ishlab topgan pulini uni aylantirish va qimmat restoranga taklif etish uchun sarflash istagi qolarmikan?

Shartli sevgi – haqiqiy sevgi emas. Agar siz birovning sevgisini qozonish uchun o‘zingizni muayyan bir tarzda tutishingiz kerak deb hisoblasangiz, unda munosabatlaringizni haqiqiy sevgi deb hisoblash mumkin emas.

"Sevaman, chunki..." Sevgining ikkinchi turi – birinchi turning yaqin qarindoshidir. Odamni, u kimdir bo‘lishi, nimagadir ega yoki nimadir qila olishi uchun sevishadi. Bu taxminan shunday yangraydi: "Men sizni sevaman, chunki siz juda go‘zalsiz", yoki: "Men sizni sevaman, chunki siz menga g‘amxo‘rlik qilyapsiz", yoki: "Sizni sevaman, chunki siz bilan menga maroqlidir". Treysining Lyukga bo‘lgan hissiyotlarini aynan shunday sevgining namunasi deb hisoblash mumkin, chunki Lyuk uni o‘ziga mehribon, diqqatli, romantik bo‘lgani uchun jalb qilgan.

Aslida, bunday sevgi odatdagidek ko‘rinishi mumkin. Deyarli har bir inson o‘zining kimligi yoki o‘ziga xos fazilatlari uchun sevilishni istaydi. Shubhasiz, bu kabi sevgi katta kuch talab qiladigan shartli sevgidan ancha afzalroqdir... Sizda allaqachon sizni sevishlari uchun, sevgiga loyiq nimadir borligini bilish juda yoqimlidir. Va bu albatta, sevgini qozonish uchun cheksiz urinishlardan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinadi.

Ammo Treysi Lyukdan ham ko‘ra mehribon, diqqatliroq va romantik odamni uchratsa, uning sevgisiga nima bo‘ladi? Agar Lyuk endi yoshlarning ta’sirchan yetakchisi bo‘lolmasa yoki Treysi uchun endi romantik uchrashuvlarni tashkil qilolmasa, u Lyukga qanday munosabatda bo‘lardi? Agar Treysining sevgisi faqat Lyukning yutuqlariga asoslangan bo‘lsa, uning hayotida salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilanoq, uning sevgisi yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Bunday sevgi haqiqiy sevgi emas, bu soxta sevgidir. Albatta, sizni kimdir o‘ziga xosligi, aql-zakovati, qobiliyati yoki jamiyatdagi mavqei tufayli jalb qilishi mumkin. Ammo agar sevgingiz boshqa hech narsaga asoslanmasa, u uzoq davom etmaydi.

"Sevaman... va tamom." Sevgining uchinchi turi - bu hech qanday shartlarsiz sevish. U shunday deydi: «Qalbingiz tubida qanday bo‘lishingizdan qat’iy nazar, men sizni sevaman. Siz qanchalik o‘zgarishingizdan va nima bo‘lishidan qat’iy nazar sizni sevaman. Meni sizni sevishdan to‘xtatishga majbur qilolmaysiz. Men sizni sevaman ... va tamom!"

Bunday sevgi ko‘r-ko‘rona sevgi emas. Sevadigan inson o‘z sevgilisi haqida ko‘p ma’lumotlarni bilishi mumkin (va bilishi kerak). Uning kamchiliklari, muammolari haqida bilishi mumkin va shunga qaramay, buning evaziga hech narsa talab qilmasdan qabul qilishi mumkin. Bunday sevgini majburan qozona olmaysiz va uni yo‘q bo‘lishga majbur qilolmaysiz. Bu hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan sevgidir.

Birinchi turdagi sevgidan farqli o‘laroq ("sevaman, agar..."), bunday sevgi hech qanday shartlarni qo‘ymaydi. Va ikkinchi turdan farqli o‘laroq ("sevaman, chunki..."), bu yaqin kishining har qanday jozibali fazilatlariga asoslanmaydi. Ehtiros, romantika, xushtorlik, jinsiy aloqa, "sevaman, agar...", "sevaman, chunki..." – bularning barchasi boshqa odamdan nimanidir olishga qaratilgan. Haqiqiy sevgi, aksincha, boshqaga nimanidir berishni xohlaydi. Lyuk bilan Treysi esa hali ham bir-biridan nimanidir olishni istashadi. Agar ular haqiqiy sevgi deb bilgan tuyg‘ulari haqiqatan ham sevgiga aylanishini xohlashsa, ular o‘zlarini bir-biriga to‘liq bag‘ishlashga o‘rganishlari kerak.


Книга на Узбекском языке: Незапланированная беременность (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках настоящей любви.

Старшеклассники Люк и Трейси испытывают друг к другу чувства, каких никогда раньше не испытывали. Чем больше времени они проводят вместе, тем сильнее разгораются их чувства. Но долговременны ли они? Действительно ли эти чувства можно назвать настоящей любовью? Как узнать наверняка?

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, что такое настоящая любовь. Если ты, как Люк или Трейси, пытаешься разобраться в своих чувствах, то эта книга для тебя.

А если у тебя есть друг, который тоже находится в поисках настоящей любви, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь. Сначала прочитай эту книгу сам, а затем дай ее своему другу.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак