911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 1 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Ҳақиқий севгини излаш - (Люкнинг ҳикояси. 1-қисм) Китоб Ўзбек тилидаHaqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Lyukning hikoyasi. 1-qism

Treysining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Lyukning hikoyasi. 2-qism

Treysining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Lyukning hikoyasi. 3-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


LYUKNING HIKOYASI. 1 QISM

Lyuk tepalikning yuqorisiga iloji boricha tezroq yetib borishni xohlardi, biroq planetariyga boradigan ravon egri yo‘lni bosib o‘tayotganda, yonida o‘tirgan do‘sti Treysi kechki shaharning manzarasi bilan zavqlanayotganini ko‘rib, tezlikni sekinlashtirdi. U Treysi sayrdan zavqlanishini istardi, chunki agar unga yaxshi bo‘lsa, u holda ularning uchrashuvi Lyukga ham ma’qul tushgan bo‘lardi.

- Bu yoqqa qara, Treysi! - Lyuk chap tomonda porlab turgan shahar chiroqlarini ko‘rsatdi. U kutganidek, Treysi Lyukning tomoniga, xavfsizlik kamarlari imkon bergan darajada engashdi. Uning tanasi va sochlaridan taralayotgan nozik, shirin hid naqadar yoqimli edi. U chap qo‘li bilan Lyukning bo‘yniga tegindi, o‘ng qo‘li uning oyog‘iga muloyimlik bilan tushdi, shu sabab Lyukni titroq va hayajon bosdi. Lyuk mashina haydab ketayotganini deyarli unutib qo‘ydi. U irodasini yig‘ib, o‘zini rulni mahkamroq ushlashga va yo‘lga qarashga majbur qildi. Avtomobil halokatga uchrab, bu ajoyib oqshomni buzishni u aslo istamasdi.

- Qanday ajoyib, Lyuk! Qara, ana u yerda stansiyadan poyezd chiqib kelayotganini ko‘ryapsanmi? - Treyci misoli qo‘shiqday gapirdi, iliq nafasi bilan qulog‘ini isitib, bundan Lyuk yana titrab ketdi.

- Ha, juda ham ajoyib, - deb javob berdi Lyuk oynadan tashqariga qarab, hech qanday poyezdni ko‘rmagan bo‘lsa-da.

- Bugungi ajoyib oqshomda meni bu yerga olib kelganing naqadar zo‘r bo‘ldi! - dedi Treysi. Unga yaqinlashib yuzidan o‘pdi va joyiga qaytib o‘rindiqqa suyandi. Lyuk yuragi tez urishni boshlaganini sezdi. Treysi har doim unda eng jo‘shqin tuyg‘ularni uyg‘otardi. Uning tashqi qiyofasi, xushbo‘y hidi va ayniqsa unga tegishlari... u Treysining yoqimli hidiga to‘yib nafas olishdan o‘zini to‘xtata olmasdi. Va u ham o‘ziga nisbatan xuddi shunday tuyg‘ularni his qilayotganiga deyarli amin edi.

Ushbu oqshomga Lyuk ko‘p pul sarf qilgan di. Treysi romantik uchrashuvlarni yaxshi ko‘rardi, shuning uchun Lyuk uni qimmat fransuz restoraniga, shamlar shu’lasida kechki ovqatga taklif qildi. Yaxshi ko‘rinishi uchun u ko‘ylak va galstuk sotib olgandi. Planetariydagi shou ham unga ancha pulga tushgandi. Yarim kun ishlaydigan yuqori sinf o‘quvchisi uchun bunday xarajatlar aniq cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmasdi...

Biroq, Treysini olib ketish uchun kelganida, Lyuk xarajatlar o‘zini oqlashini bilardi. Xushbichim qomatini ko‘rsatadigan ko‘ylakda Treysi maktab o‘quvchisidan ko‘ra, ko‘proq kino yulduziga o‘xshardi. Shu qiz tufayli keyingi haftada xarajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha ishlab, bo‘shab qolgan hamyonni to‘ldirsa bo‘ladi.

- Menga planetariyda bo‘ladigan shou haqida batafsilroq gapirib bergin, - dedi Treysi uning tizzasini ohista silab. - Bu yerda deyarli bir yil yashayapman va hozirgacha u yerda bo‘lmaganimga ishonmayman!

- Planetariy zalida baland gumbazli ship bor, - deya tushuntira boshladi Lyuk tizzasidagi Treysining qo‘liga chalg‘imaslikka harakat qilib. - Zalda chiroqlar o‘chirilganida, maxsus proyektor yordamida shipda yoritqichlar paydo bo‘ladi, ular yulduzlarga o‘xshaydi - xuddi haqiqiy tungi osmon kabi! Keyin esa ma’ruzachi yulduzlar turkumini, asteroidlarni, meteoritlarni namoyish etadi. Bu juda ham ajoyib!

- O, men astronomiyani yaxshi ko‘raman. Sabrsizlik bilan kutyapman! – deb, maftunkorlik bilan kulib yubordi Treysi. – Yulduzlar - bu romantika!

Lyuk deyarli sezdirmasdan jilmayib qo‘ydi: agar Treysi o‘zini "romantik" his qilsa, bu u yaxshi vaqt o‘tkazishini anglatadi.

Tepalikda havo sovuq edi va ular to‘xtash joyidan planetariy binosi tomon yo‘l olishdi, Lyuk Treysining belidan quchoqlab o‘ziga yaqinlashtirdi. Planetariyga kamida ikki yuztacha odam kelgandi, lekin Lyuk faqatgina Treysini ko‘radi, u esa sodir bo‘layotgan narsalardan zavqlanayotgan edi. Lyuk Treysining yumshoq kaftini qo‘lida ushlab, yonida bo‘lganidan zavqlanar edi. Lyuk uni o‘pib oldi, Treysiga bu aniq yoqdi.

Shou yakunlangandan keyin ular tashqariga chiqishib, shahar chiroqlarini tepalikdan tomosha qilish uchun o‘rindiqga o‘tirishdi. Lyuk pidjagini Treysining yelkasiga tashladi va uni quchoqladi. Ular birgalikda isinish uchun quchoqlashib o‘tirishdi. Lyuk ehtirosi tobora kuchayotganini sezardi. Treysi umuman qarshilik ko‘rsatmasdi va bu Lyukni ilhomlantirardi, uning o‘pichlari yanada ehtirosli edi. U Treysiga iloji boricha yaqinroq bo‘lishni xohlardi va tashqi ko‘rinishdan Treysi ham bunga qarshi emasdi.

Mashinaga qaytib kelishgach, ular quchoqlashib o‘pishishda davom etishdi, endi Lyuk o‘zini qiyinchilik bilan nazorat qilardi. U masihiy edi va poklikning muhimligini tushunardi. Uch yil muqaddam yoshlar oromgohida u Xudoga nikohdan oldin bokiralikni saqlab qolishga va’da bergandi va yuqori sinflarda o‘qiganida, u o‘z so‘ziga sodiq qolgandi. Bir necha oy oldin Treysi bilan uchrashgunga qadar bu umuman qiyin emas edi. U boshqa qizga nisbatan bunday tuyg‘ularni aslo his qilmagandi. Bu haqiqiy tashnalik edi va u kundan-kunga kuchayib borardi.

Uni qamrab olgan tuyg‘uga taslim bo‘lgan Lyuk Treysining yuzini bo‘sa bilan qopladi, uni ilgari hech erkalamaganday silab erkaladi. Treysi Lyuk unga bildirgan ehtirosli sevgi belgilarini zavq va xursandchilik bilan qabul qilayotganday edi. Xudoga bergan va’dasini buzmasligi uchun, Lyuk o‘zini aql bovar qilmaydigan irodasi bilan to‘xtatishga majbur qildi.

- Biz uyga ketishimiz kerak, - dedi u istamay undan uzoqlashib.

- Ha, menimcha, - tortinchoqlik bilan rozi bo‘ldi Treysi.

Ular yo‘lda jimgina ketishardi. Lyuk o‘zini zo‘rg‘a jilovlab olgandi, ehtirosiga erkinlik berib qo‘yganidan o‘zini noqulay his qilardi. Ammo unda boshqa qizga nisbatan bunday his-tuyg‘ulari nega bo‘lmagan? Nega u aynan Treysi bilan jinsiy aloqa qilishni bunchalik xohlab qoldi? U mashinasini shahar tomon haydab borar ekan, xayoliga ilk bora shunday fikrlar keldi: "Agar men Treysiga nisbatan bu kabi tuyg‘ularni o‘zimda his qilar ekanman, demak, uni chinakam sevib qolganman!"


Книга на Узбекском языке: Незапланированная беременность (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках настоящей любви.

Старшеклассники Люк и Трейси испытывают друг к другу чувства, каких никогда раньше не испытывали. Чем больше времени они проводят вместе, тем сильнее разгораются их чувства. Но долговременны ли они? Действительно ли эти чувства можно назвать настоящей любовью? Как узнать наверняка?

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, что такое настоящая любовь. Если ты, как Люк или Трейси, пытаешься разобраться в своих чувствах, то эта книга для тебя.

А если у тебя есть друг, который тоже находится в поисках настоящей любви, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь. Сначала прочитай эту книгу сам, а затем дай ее своему другу.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак