911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 7 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Худонинг иродасини излаш - (Бобби ва Эшлининг ҳикояси) Китоб Ўзбек тилидаXudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Bobbining hikoyasi. 1-qism

Eshlining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbining hikoyasi. 2-qism

Eshlining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbi va Eshlining hikoyasi

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


BOBBI VA ESHLINING HIKOYASI

Nihoyat, yakshanba kuni kechqurun safardan uyga qaytgan Bobbi, darhol Eshliga qo‘ng‘iroq qildi. Axir u uch kun davomida uni juda sog‘inib qolgan edi va ular birgalikda vaqt o‘tkazishlari mumkinligiga umid qilardi. Eshli ham Bobbini sog‘inib, uning qo‘ng‘irog‘ini sabrsizlik bilan kutardi. Iliq quyoshli kun edi va ular ko‘plab jozibali gullar o‘sadigan bog‘da uchrashishga qaror qilishdi. Bobbi tog‘dagi sayohatga o‘zi bilan olgan kamerani olib kelishini aytdi. U plyonkani to‘liq ishlatish uchun yana bir nechta suratlar olmoqchi edi.

            Bog‘da sayr qilishib, ular dam olish kunlarini qanday o‘tgazishganini bir-biriga aytib berishdi. Bobbi baliq ovlaganini, Dag Shou va do‘stlari bilan qanday yaxshi vaqt o‘tkazganini so‘zlab berdi. Eshli esa unga Jennining uyiga tashrif buyurganini va do‘konlarga kirgani haqida gapirib berdi. Biroq, ularning hech biri jiddiy suhbatlar haqida eslatib o‘tmadi.

Eshli jiddiy mavzuga o‘tmoqchi bo‘lganida, Bobbi shunday deb qoldi:

- Biz gulxan atrofida o‘tirganimizda juda qiziqarli suhbat o‘tkazdik.

Eshli jilmayib:

- Beysbol va baliq ovi haqidami? – deb so‘radi. Bobbi kulib yubordi.

- Ha, bu haqda ham gaplashdik. Ammo men hayotimizdagi Xudoning irodasi kabi jiddiy narsalarni nazarda tutgan edim. Biz Dagdan Rabbimiz uni qanday qilib hozir shug‘ullanayotgan ishiga olib kelgani haqida aytib berishini so‘radik. Va biz bu haqda hatto ibodat qildik.   

Eshlining ko‘zlari hayratdan katta bo‘lib ketdi.

- Nahotki! Biz ham shu mavzuda gaplashdik va ibodat qildik, - dedi Eshli hayratlanib. - Biz ham Jennini bizga o‘z hikoyasini aytib berishga ko‘ndirdik. - Eshli uni nima qiziqtirgani, Jenni va Dag bir-biri bilan qanday tanishgani haqida batafsil gapirib berishni lozim ko‘rmadi.

Ular birgalikda "jiddiy suhbatlar"ning o‘xshashligi ustidan kulishdi. Bobbi Dagning kollejga pul topish uchun dengiz flotiga borganligini, keyin esa o‘z biznesini boshlash uchun yetarlicha mablag‘ to‘plaguncha otasining mebel do‘konida ishlaganini so‘zlab berdi. Eshli o‘z navbatida Jennining hikoyasi haqida bir ozgina so‘zlab berdi, atayin uning turmushi bilan bog‘liq barcha narsalarni chetlab o‘tdi. Bobbi va Eshli Dag va Jenni Shou Xudoning umumbashariy va aniq shaxsiy irodasi to‘g‘risida ko‘p narsalarni bilishlari va ularning hayoti buning yaqqol tasdig‘idir, degan fikrga kelishdi.

Nargis gullari bir necha daqiqa ularning e’tiborini tortdi va Bobbi Eshlining nafis gullar manzarasida bir nechta rasmini oldi, keyin ularni birgalikda suratga olishni yo‘lovchidan iltimos qildi. Ular aylanishni davom ettirar ekanlar, Eshli o‘zini yig‘ib oldida va bir yil davomida so‘rashga qo‘rqqan savolini berdi:

- Nima deb o‘ylaysan, Xudo sen uchun nimani xohlaydi - men kollejni, beysbolni va hayotinga taalluqli hamma narsani nazarda tutyapman? - Eshli "hayotingga taalluqli hamma narsa "deganda o‘zini nazarda tutganini angladi.

- So‘nggi paytlarda bu haqda ko‘p o‘yladim - axir maktab bir necha hafta ichida tugay deb qoldi u. Ko‘pchilik mening kollej va beysbol haqidagi qarorimni bilmoqchi!

- Axir sen beysbol va yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik bilan juda band eding - Eshli uning o‘rniga tushuntirishga urindi. - Bundan tashqari, sen jamoatdagi yoshlar guruhining rahbarisan.

- Ha albatta, oxirgi paytda men chindan ham juda band edim, ammo bu hali ham qaror qabul qilmaganimning sababi emas.

Eshli jim kutardi. U Bobbi o‘zi tayyor bo‘lganda hammasini gapirib berishini bilardi.  

            - Aslida, men bu savollarga qanday javob topishni bilmagan edim. Xudo mendan nimani xohlashini bilmagan edim. Dag menga bu mavzuda juda katta yordam berdi. Xudoning irodasini izlash haqida Muqaddas Kitobda nima deyilganini endi men yaxshiroq tushundim.

- Ha, aslida men ham tushundim, - dedi Eshli.

Ular sayrni sukutda davom ettirishdi, yo‘l chetida o‘rindiqni payqashmagunicha, Bobbi dam olish kunlardagi safardan keyin dam olish kerakligini aytib hazillashdi va o‘tirishni taklif qildi.

- Men hozir uchta narsa muhim ekanligini tushunaman, - dedi Bobbi Eshlining ko‘zlariga tikilib. - Birinchidan, bu Xudo. Ikkinchidan, bu sen, ya’ni biz, aslida bizlarning kelajagimiz demoqchiman. Uchinchidan, bu albatta beysbol. Maktabda men bularning barchasini bir biri bilan birlashtira olardim. Endi esa men ba’zi qarorlarni qabul qilishim kerak, shu vaqtgacha men nima qilishim kerakligini Xudo menga ochib berishini kutgan edim. Ammo bu dam olish kunlaridan keyin U men tomondan ham qandaydir harakatni kutishini tushundim.

- Bilasanmi, aslida men ham xuddi shunday o‘ylardim, - deb qo‘shdi Eshli. - Garchi men ota-onamning universitetga kirishim kerakligi haqidagi gaplari bilan rozi bo‘lsam ham, lekin hali qanday mutaxassislikni tanlashim kerakligimni bilmayman. Men ham Xudo bizga tanlov imkoniyatini berganidan hayratdaman.

- Agar biz Xudoning umumbashariy irodasini bajarsak va Uning aniq irodasini bilishga intilsak, albatta, - deb qo‘shimcha qildi Bobbi, Dagning gaplarini eslab.

- To‘g‘ri, - deb rozi bo‘ldi Eshli. - Xo‘sh, sen nimani istaysan, Bobbi? - birdaniga so‘radi Eshli. U nafasini sekinlashtirib, intiqib javob kutardi. Bobbi bir necha soniya o‘ylanib, osmonga tikildi. Nihoyat u shunday dedi:

- Tushundimki, hozircha men professional xizmatga chaqirilganimni his qilmayapman, shu sababdan masihiylar kolleji men uchun ustuvor vazifa emas. Balki kelajakda men u yerga o‘qishga kirarman, lekin hozir emas.

- Hmm... - Eshli, Bobbining bu javobidan mamnun edi. Endi hech bo‘lmaganda ushbu variantni ro‘yxatdan chiqarib tashlashlasa bo‘lardi.

- Professional sportga kelsak, - davom etdirdi Bobbi, - men hozir bunga tayyor emasman, deb o‘ylayman. Mening darajamdagi o‘yinchilar bir necha yillar davomida kichik ligalarda o‘ynaydilar, oilalaridan yiroqda ko‘p vaqt o‘tkazishadi, doimo jomadonlari tayyor holda yashashadi. Aslida, men uchun kollejda beysbol o‘ynab, diplomga ega bo‘lishim yaxshiroq deb o‘ylayman. So‘ngra, to‘rt yil o‘tgach, agar mutaxassislar hali ham menga qiziqish bildirishsa, bu masalaga qaytishim mumkin.

Eshli o‘zicha kulib qo‘ydi. Shu paytgacha ularning istaklari to‘liq mos kelardi.

- O‘zing qayerda o‘qishni xohlaysan? - so‘radi Eshli. - Senga axir, bir nechta kollejlar stipendiya taklif qilishgan.

Bobbi bosh irg‘adi. 

- Aynan bu bilan menga hayotimdagi boshqa ustuvor narsalarni aniqlashga yordam berishdi. Umid qilamanki, o‘qishdan bo‘sh vaqtimda men jamoatda biron bir xizmat qila olaman, shuningdek Dag keyingi yil, agar men hali shu yerda bo‘lsam, jamoatdagi yoshlar bilan ishlashni taklif qildi. Bu menga mos keladi. - Bobbi Eshlining qo‘liga sekin tegindi. - Bundan tashqari, men sen bilan ajrashishni istamayman. Agar Xudo menga shunday buyurganida, men buni albatta qilishim mumkin edi, lekin bu dam olish kunlari Xudo yuragimning istaklarini bajarishni xohlashini tushundim. Aslida yuragimning istagi - sen bilan birga bo‘lishdir.

Eshli uning qo‘lini mahkam qisdi va uning ko‘zlari quvonch yoshlariga to‘ldi. Bobbi davom etdirdi:

- Lekin, uzoq kelajakda bizni nima kutishini bilmayman, Eshli. Dag va Jenni aytganidek, Xudo odatda O‘zining irodasini asta-sekin ochib berar ekan. Ammo yaqin kelajakda biz birga bo‘lishimizni juda istayman. Bizning davlat universitetida beysbol jamoasi bor va ular menga oddiy stipendiya taklif qilishdi. Shuning uchun men sen bilan birga universitetda o‘qimoqchiman - agar sen ham buni xohlasang, albatta.

Eshlining yuzidan ko‘z yoshlari oqardi.

- Men eng muhimi Xudoning irodasi amalga oshishini istayman. Agar Uning irodasi yuragimning xohish-istagini bajarish bo‘lsa, unda men uchun sening qaroringni eshitishdan quvonchliroq narsa yo‘q - dedi Eshli.

Taxminan yana bir soat davomida ular bir-birlari bilan kelajak haqidagi orzulari bilan o‘rtoqlashdilar. Keyin, qo‘llarini ushlagancha ibodat qilishib, o‘z xohish-istaklarini va orzularini Xudoga ochib berishdi hamda bir-birlarini mahkam quchoqlashdi. Keyin esa ular ovqatlanib olishlari uchun Meksika taomlari restoraniga borish aynan hozir bu ular uchun Xudoning irodasi ekanligini kulishgancha tan olishdi.


Книга на Узбекском языке: Поиски Божьей воли (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках подростком Божьей воли.

Бобби Франклин, звезда школьной команды по бейсболу, ждет выпускного, с неуверенностью глядя в будущее. Следует ли ему, христианину, бросить любимый бейсбол и посвятить себя служению Богу? Или стать профессиональным спортсменом? И должен ли он жениться на своей подруге Эшли? Бобби стремится понять, чего хочет от него Бог, какова Его воля.

Если у тебя есть друг, который тоже стремится узнать Божью волю, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь.

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, как узнать Божью волю. Если ты как Бобби, задаешься этим вопросом, то эта книга для тебя.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак